Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
​​#ОТМ_янгиликлари

ТАТУда ОТМлар орасида биринчи ўқув медиа-маркази очилди

2017 йил 6 декабрда
Ўзбекистон Республикаси ҳамда Япония ҳукуматлари ўртасида “Тошкент ахборот технологиялари университетининг ўқув медиа-маркази фаолиятини ташкил етиш тўғрисида”ги ноталар алмашинуви ва грант келишуви имзоланганди.

Шунга асосан Муҳаммад ал-Хоразмий номидаги Тошкент ахборот технологиялари университетида Ўзбекистон ОТМлари орасида ягона бўлган, умумий қиймати 1,6 млн. АҚШ долларини ташкил этадиган ўқув медиа-маркази очилди.

Ўқув медиа-марказининг асосий мақсади таълим тизимида энг сўнгги замонавий технологияларни қўллаш, талабаларга нафақат назарий билимлар бериш, балки амалий кўникмаларни ривожлантириш, бу орқали эса юқори тажрибага эга бўлган мутахассисларни тайёрлашдир.

Медиа ўқув марказида техник қурилмаларни етказиб бериш ва ўрнатиш ишлари Япониянинг Марубени компанияси томонидан амалга оширилди. Марказда ТВ дастурларни сёмка қилиш, аудио-видео студия, рақамли фотостудия, видео монтаж, аудио ёзиш қурилмалари ўрнатилган.

©Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Hech narsadan baxt shunday yasaladi.

Do'stlarga ulashish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​O‘g‘ri bankdagi barchaga baqirdi:
“Qimirlamang. Pul davlatniki. Jon esa sizniki”.

Bankdagi barcha odam jimgina yerga yotib oldi. Bunga “Fikrni chalg‘ituvchi usul” deyiladi. Odatiy fikrlardan chalg‘itish.

Bir ayol borib stolning ustiga yotib oldi, shunda o‘g‘ri unga baqirdi: “Uyat-e! Bu yerga o‘g‘rilik uchun keldik. Ishrat uchun emas!” Bunga “Mohirlik” deyiladi. Faqat qoyillatib qiladigan ishingiznigina bajarishga qasd qiling!

Bank o‘g‘rilari uyga qaytishganda, kichik o‘g‘ri katta o‘g‘ridan so‘radi:
“Aka, qancha o‘g‘rilaganimizni bir sanamaymizmi?”

Katta o‘g‘ri yoqtirmay javob berdi:
“Ahmoq. Shuncha pulni qachon sanab bo‘lamiz? Kechroq televizorda qancha o‘g‘rilaganimizni o‘zlari aytishadi”. Bunga “Tajriba” deyiladi.

Bugungi kunda hayotiy tajriba qog‘ozda bitilgan malakadan ko‘ra ancha muhim. O‘g‘rilar bankdan chiqib ketishganida bank rahbari ishchisiga tezroq militsiya chaqirishni tayinlaydi. Ammo ishchi rahbariga:
“To‘xtang! Keling bankdan o‘zimiz uchun yana 10 million olib, avval bankdan o‘margan 70 millionga qo‘shib qo‘yamiz”.

Bunga “Oqimga qarab suzish” deyiladi. Har qanday qiyinchilikni o‘z foydasiga burib olish!

Ishchi yana:
“Qani edi har oy shunaqa o‘g‘rilik bo‘lib tursa” dedi. Bunga “Ko‘ngilxushlik” deyiladi. Ichki quvonch ishdan muhim.

Keyingi kun, Televizorda bankdan 100 million o‘g‘irlangani aytildi. O‘g‘rilar ishonmay pullarini sanab chiqishdi, ammo ulardagi pul 20 million edi. O‘g‘rilarning jahli chiqib shunday dedi:
“Biz hayotimizni xavfga qo‘yib atigi 20 million oldik. Bank rahbari ko‘z ochib yumguncha 80 million o‘mardi-ya! Bunaqa o‘g‘ri bo‘lgandan ko‘ra, o‘qimishli o‘g‘ri bo‘lganim yaxshi edi!” Bunga “Bilim oltindir!” deyiladi.

Bank rahbari mamnun. Uning qilmishlarini mazkur o‘g‘rilik qoplagan edi. Bunga “Vaziyatdan unumli foydalanish” deyiladi. Haqiqiy o‘g‘ri kim?

Do'stlarga ulashish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​«Nogiron bolalarning yaqinlari ulardan uyalishi mutlaqo noto‘g‘ri» – ko‘zi ojiz sayyoh O‘zbekistonda.

Rossiya Federasiyasining 20ta hududi va MDH davlatlarida har yili o‘tkazilib kelinayotgan «Ta’limdagi innovasiyalar: xalqaro hamkorlik yo‘nalishi» forumi 31 oktyabr kuni ilk bora O‘zbekistonda ham o‘tkazildi.

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, forumda Maktabgacha ta’lim vazirligi mutaxassislari, davlat va nodavlat MTTlar rahbarlari, pedagoglar ishtirok etib, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar bilan shug‘ullanishga yordam beradigan turli innovasion metodlar bilan tanishdilar.

Rossiyalik ko‘zi ojiz sayyoh, bolaligidan mutlaqo ko‘rmaydigan bloger va trener Vladimir Vaskevich ham Toshkentdagi forumda qatnashib, imkoniyati cheklangan bolalar bilan qanday qilib samarali ishlash mumkinligi va ularga MTTdan universitetga qadar yo‘l bosib o‘tishga yordam berish kerakligi haqida so‘z yuritdi.

«Men 24 yoshdaman. Garchi ko‘zlarim ojiz bo‘lsa-da, shu kunga qadar dunyoning 20dan ortiq davlatida bo‘lganman. O‘zbekistonning ham ko‘pgina joylarini bilaman», – deydi Vladimir Vaskevich.

U zalda o‘tirgan yuzdan ortiq odamlarni bir muddat ko‘zlarini yumgan holda dunyoni tasavvur qilib ko‘rishga chaqirdi.

«Ko‘rib turganingizday, hech narsa siz kutganday qo‘rqinchli emas. Men mana shu qorong‘u dunyoda yashab, bolaligimdan futbol o‘ynashni, yaxtalarga chiqishni o‘rganganman, prezident bo‘lishni xohlaganman», – dedi u forum ishtirokchilariga qarata.

Vladimir Vaskevichning so‘zlariga ko‘ra, imkoniyati cheklangan bolalar ham boshqalar qatori katta narsalarni orzu qilishga, o‘rganishga haqli. Bu borada maktabgacha ta’lim muassasalari hal qiluvchi rol o‘ynaydi.

«Imkoniyati cheklangan bolalarga texnologiyalardan foydalanishni chuqurroq o‘rgatish kerak. Ular bu orqali ta’lim olishi, barcha qatori ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi, o‘z bloklarini yuritishi mumkin.

Shuningdek, texnologiyalar imkoniyati cheklangan odamlarga ishlash, oilasini ta’minlash imkonini ham beradi
», - deydi Vladimir.

«Chegarasiz sayohat» kitobi muallifi bo‘lgan Vladimir Vaskevichning ta’kidlashicha, ota-onalarning imkoniyati cheklangan yoki biror kamchiligi bor bolalarini qabul qila olishlari va imkon boricha ertaroq ular bilan shug‘ullanishiga ko‘p narsa bog‘liq.

«Biroq, afsuski, bizda ko‘pincha imkoniyati cheklangan bolalar yoki shaxslarning yaqinlari ulardan uyalishi holatlarini ko‘proq kuzatish mumkin. Bu butunlay noto‘g‘ri. Mana shunday holatda bunday insonlarga hayot chegaralanib qoladi.

Aksincha, ular uchun qulay hayotni topish va qo‘llab-quvvatlash orqali imkoniyati cheklanganlarning o‘z-o‘zidan rivojlanishiga erishishimiz mumkin
», – deya ta’kidladi Vladimir Vaskevich.

Do'stlarga ulashish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Do'slikni buzar niqob taqqan kimsalar...

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Forwarded from Talaba.uz | Ta'lim portali
🕌 Juma tongi muborak bo'lsin!

Ezgu orzu - umidlar ila boshlagan yangi kuningiz xayrli, barokatli, foydali o'tsin!

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Hayot senlarning urushingdan kuchli!

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​#TEZKOR
#YANGILIK

Oliy ta’lim vaziri: Talabalarga olgan bahosiga qarab stipendiya to‘lanadi


31 oktyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Davlat dasturining 2019 yil III choragida bajarilishining borishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining hisoboti tinglandi.

Majlisda deputat Rasul Kusherbayev oliy ta’lim muassasalarida stipendiyaning baholar kesimida emas, hammaga bir xil miqdorida – 400 ming so‘m etib belgilanayotgani jamoatchilik o‘rtasida keskin norozilik keltirib chiqarayotgani, yaxshi o‘qigan talabalar rag‘batlantirilishi kerakligi, yangi tartibga ko‘ra buning aksi bo‘layotgani, natijada talabalar darslardan keyin ishlashga majbur bo‘layotgani, bu esa ta’lim sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini inobatga olib, Hukumatdan mazkur masalani qayta ko‘rib chiqishni so‘radi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidovga ko‘ra bu masala kun tartibida turibdi. Normativ huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida shu yilning 23 sentyabrdan 6 oktyabrgacha muhokama etilgan Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta’lim muassasalari talabalariga stipendiya to‘lash tartibi va miqdorlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi yuzasidan juda ko‘plab takliflar kelib tushgan. Ularning ichida eng ko‘p so‘ralgani – differensiasiyalash, ya’ni talabalarning o‘qishi natijalari inobatga olingan holda stipendiya miqdorini belgilash ustida ishlandi.

«Bildirilgan takliflar ko‘pligi bois hujjat loyihasi jamoatchilik takliflaridan kelib chiqib to‘ldirilyapti. Tez orada bu borada nizom qabul qilinadi. Nizomda talabalarga o‘qishi natijalari inobatga olingan holda stipendiya belgilash ko‘zda tutilgan. Xuddi oldingi tizimda bo‘lgani kabi. Hozir ham bir xil emas. Haliyam differensiasiyalashgan tizim amalda. Talabalar bahosiga qarab oshirilgan miqdorda stipendiya olishlari mumkin», deydi Inomjon Majidov.
Avvalroq to‘lov kontrakti asosida o‘qiyotgan talabaning stipendiyasiz to‘laydigan 6 million so‘mlik shartnoma puli uning uchun sarflanadigan bir yillik xarajatni to‘liq qoplamasligi, qolgan miqdor esa davlat tomonidan qoplab berilishi aytilgandi.

Jurnalist Karim Bahriyev millatimizning kelajagi kerak bo‘lsa, to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan, ammo darslarni yaxshi o‘zlashtirayotgan talabalarni keyingi semestrdan byudjetga (grant) o‘tkazishni taklif etgandi.

Muhokamalar avjida payti Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori Shuhrat Sirojiddinov ham bu masalaga munosabat bildirib, tabaqalashtirilgan stipendiya talabalarning bilim uchun emas, baho uchun o‘qishlariga turtki bo‘lgani, bu o‘z navbatida korrupsion harakatlarning yuzaga kelishiga zamin yaratishini ta’kidladi. Rektorning fikricha, talabaning individual qobiliyatlarini hisobga olmasdan, uning faqat qaydnomadagi «5»lari evaziga haq to‘lash amaliyoti o‘zini oqlamagan.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
OLIY TA’LIM TIZIMIDA "KORRUPSIYASIZ SOHA" LOYIHASI AMALGA OShIRILMOQDA.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida oliy ta’lim tizimida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirishga qaratilgan videoselektor shaklidagi seminar tashkil etildi.

Mazkur seminar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

Seminarni o‘tkazishdan asosiy maqsad O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5729-son Farmoni hamda oliy ta’lim tizimida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning ijrosiga bag‘ishlanadi.

Darhaqiqat, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5729-son Farmoni asosida korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ishlar mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarildi.

Seminarni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Kongratbay Sharipov boshlab berdi. Ular nutqlarida oliy ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan ishlar hamda “Yo‘l xaritasi” 7 ta bo‘limni, ya’ni umumiy tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar, qabul jarayoni, ta’lim berish va talabalar bilimini baholash, o‘qishni ko‘chirish, o‘qishga tiklash va nostrifikasiya, OTMlar faoliyatini takomillashtirish, professor-o‘qituvchilarning ijtimoiy himoyasi, byudjet mablag‘laridan maqsadli foydalanishni o‘z ichiga olishi, shuningdek, 42 ta band ijrosiga vazirlik mas’ul etib belgilangani to‘g‘risida so‘z yuritdi. Qolaversa, vazirlik tomonidan “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan hozirgi kunga qadar amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ham batafsil bayon qildi.

Shu bilan birgalikda, seminarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Matmurodov Batir Djoldasovich oliy ta’lim tizimida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” yuzasidan umumiy ma’lumot berib, unda belgilangan har bir vazifaning ijrosini o‘z vaqtida to‘liq va sifatli bajarish, shuningdek, Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga Vazirlik rahbarlari tomonidan beriladigan axborotni puxta tayyorlash zarurligi to‘g‘risida ta’kidladi.

Shu tartibda, Bosh prokuratura Akademiyasi Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta’lim markazi boshlig‘i Ismailov Boxodir Islamovich “Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida davlat siyosati”, ushbu markaz katta prokurori Xudayberdi Tursunbekov “Oliy ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishni takomillashtirish va “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning mazmun-mohiyati”, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Ichki audit va moliyaviy nazorat boshqarmasi boshlig‘i Toshmatov Salohiddin Zayniddinovich “Ta’lim tizimida byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishini ta’minlash” mavzularida ma’ruza qildilar.

Seminarda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi rahbar xodimlari, boshqarma va bo‘limlar boshliqlari, respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalari rektorlari va prorektorlari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamda uning Akademiyasi xodimlari ishtirok etdi.

Seminar yakunida bu muhim masalada belgilangan vazifalarni hamma mas’ul va manfaatdor tomonlar, ishchi guruh a’zolari bilan birgalikda sidqidildan bajarishga va qo‘yilgan maqsadga erishish uchun tizimning barcha salohiyatini safarbar etishga kelishib olindi.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​​752,312 so'm (5 baxo)
564,294 so'm (4 baxo)
376,156 so'm (3 baxo)

Kutganlar bormi? 😂

⚪️ HA 😀
🔴 YO'Q 😏
🔵 FARQI YO'Q 😕

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​Кеча палатанинг ялпи мажлисида талабаларнинг стипендияси масаласида кўп минг сонли талабалар ва уларнинг ота оналари номидан Ҳукуматга мурожаат билан чиқдим.
Умид қиламанки, Ҳукумат талабаларни рози қиладиган қарор қабул қилади.

©Deputat Rasul Kusherbayev

Батафсил тез орада👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
@TalabaUz kanali a'zolari uchun maxsus!

Post, video va rasmlarga kommentariya qoldirish qanday bajariladi?

Ushbu videoni ko'rib, batafsil tushunib olishingiz mumkin!

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Juda ham sermazmun kitob. 😃

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Forwarded from Talaba.uz | Ta'lim portali
Maqsad qo'ying!

Kunlik, xaftalik, oylik, yillik boringki 20-30 yillik.
Jarayonga emas natijaga e'tiboringizni qarating.
Chunki manzilni bilmasdan yo'lga otlanishda mantiq yo'q.

Assalomu alaykum, xayrli tong😊

KANALGA ULANISH👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Agarda jurnalda birinchida tursang. 😂

Kimga yuborishni bilasiz😉

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​Kompyuter sichqonchasi haqida siz bilmagan qiziqarli faktlar.

Quyida kompyuter sichqonchasi haqida qiziqarli faktlar keltirilgan:

Kompyuter sichqonchasiga NASA tomonidan buyurtma berilgan. Koinot agentligi hisoblash tizimlari bilan ishlashni soddalashtirish usulini izlagan. Biroq sichqoncha agentlik mutaxassislarini qoniqtirmagan, chunki u bilan vaznsizlikda ishlashning iloji bo‘lmagan.

Engelbart unda sichqonchani yaratish g‘oyasi paydo bo‘lishidan avval boshning harakatlariga monand kursorni harakatlantiruvchi maxsus niqobni qo‘llashni taklif qilgan.

Engelbart sichqonchaga patent olgan, biroq patent muddati uning ixtirosi ommaviy ravishda ishlab chiqarila boshlanishigacha tugab bo‘lgan. Biroq qahramon mukofotsiz qolib ketmagan. 1997 yilda Engelbart ixtirochilarga beriladigan  Lemelson mukofoti (500 ming dollar) va “kompyuter sohasidagi Nobel mukofoti” deb e'tirof etiluvchi Tyuring mukofotini (250 ming dollar) olgan.

Engelbart o‘z sichqonchasiga bitta tugmani joylashtirgan, biroq uning o‘zi har bir barmoq uchun bittadan tugma joylashtirishni istagan.

Inglizcha mouse (sichqoncha) so‘zining ko‘plikdagi shakli mice ko‘rinishida yoziladi. Biroq gap kompyuter sichqonchalari haqida ketganda Oksford lug‘ati mouses so‘zini qo‘llashga ruxsat beradi. 

Sichqoncha 1980-yillarda unga huquqni Apple kompaniyasi sotib olgandan keyin ommalashgan. Sichqoncha konstruksiyasi soddalashtirilib, “Makintosh” kompyuteri bilan birga ishlatila boshlangan. 

Sichqonchani ishlatish mumkin bo‘lgan ilk kompyuter 1970-yilda ishlab chiqarilgan Xerox Alto bo‘lgan. Bu kompyuter shuningdek grafik interfeysga ega bo‘lgan birinchi kompyuter hisoblanadi.

Sichqoncha kursori nega vertikal yoki gorizontal emas, balki yonboshlatib tasvirlangani sababini bilasizmi? Chunki past ko‘rsatish sifatiga ega bo‘lgan ilk monitorlarda uni shunday shaklda topish oson bo‘lgan. 

Ilk optik sichqoncha 1980-yilda paydo bo‘lgan, biroq 1999-yilda uning narxi cho‘ntakbop ko‘rinishga kelgandan keyingina keng qo‘llana boshlangan.

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Ahvolimiz 🤦‍♂

O'tirgan stollarimizning bag'ri keng😁

©Jizzax Politexnika instituti

Do'stlarga ulashamiz👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Deputat: “Yaxshi o'qiyotgan talabalar ish qidirishga majbur bo'lmoqda...”

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Doniyor uchun xayriya

Assalomu alaykum azizlar Doniyor ukamizda 4-5 kun oldin jigar sirrozi degan kasallik aniqlandi. Doktorlar zudlik bilan jigarni transplantatsiya qilish kerakligini va bu operatsiya uchun Hindistonga borish kerakligini aytishdi. Buning uchun taxminan 35000 dollar($) pul kerakligini aytishdi. Hozirgi sharoitimizdan kelib chiqib sizlardan yordam so'rashga majbur bo'ldik. Sizlardan iltimos qilib shu ukamizga yordam berishingizni so'raymiz...

8600 3104 9682 9581 Abdukarimova Dilnoza nomida.

Tel: 993669351 Dilnoza (opasi)
995393475 Doston (akasi)

https://t.me/joinchat/N7ofmVJXGwWwYIBcY97B1g