Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
O'zbekistondagi siyosiy partiyalarning asosiy farqlari.

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​#munosabat

✍️ TATU Samarqand filiali Matbuot xizmati kecha post qilib qoldirilgan tanqidiy maqolamizga munosabat bildirib o'tibdilar
___________________________
✅ Joriy yilning 15 noyabr kuni soat 23:00 lar atrofida Telegram ijtimoiy tarmog'idagi ayrim kanallarda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining "C" binosi holati to'g'risida tanqidiy post ommaga havola etildi.

✅ Bunga filial Matbuot xizmati quyidagicha izoh beradi:

- 2019 yil may oyida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialiga Samarqand Ijtimoiy Iqtisodiyot kolleji binosiga egalik qilish huquqi berildi.

✅ Hozirda TATU Samarqand filiali "Kompyuter injiniringi" fakultetining III va IV bosqich talabalari o'sha binoda tahsil olishmoqda.

✅ Tanqidiy postga keladigan bo'lsak, unda keltirilgan binoning holati tan olishimiz lozim ideal darajada emas. Ammo postda internet, elektr energiyasi, sinf honalar, bino atrof-muhiti borasida haddan tashqari bo'rttirib yuborilgan.

✅ Isitish tizimi va yotoqxona borasida muammolarimiz bor. Bu muammolarni halqilish hamda ushbu holatni ijobiy tomonga o'zgartirish borasida filial rahbariyati tomonidan bir qator ishlar olibborilmoqda.

✅ Ijodkor (post muallifi)ga keladigan bo'lsak, unga bosim o'tkazishga hechkimning haqqi yo'q. Biz haqiqatga tik boqishimiz lozim. Filialda hatto muallif kim ekanligi to'g'risida hechqanday surushtiruv ishlari ham olib borilgani yo'q.
__________________________

✍️ TATU Samarqand filiali
Matbuot xizmati


P/S: Tanqidni to'g'ri baholab, munosabat bildirgan TATU Samarqand filiali matbuot xizmatiga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz!
Va shu o'rinda muommolarni tez orada bartaraf etishadi deb o'ylaymiz.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Hurmatli talabalar! Sizlarni yangi kun hamda 17-noyabr "Xalqaro talabalar kuni" munosabati bilan muborakbod etamiz! O'qish va ishlarda omad va zafar yor tilab qolamiz! 👏👏

Talabalar kanali😎👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​Assalomu alaykum. Xayrli kun.

Barcha talabalarni bugungi bayram bilan @talabauz jamoasi chin qalbdan muborakbod etadi.

Elimizga, yurtimizga va vatanimizga foydasi tegadigan o'z kasbining oliy darajadagi yetuk mutaxasisi bo'lib yetishishingizni tilaymiz.

Barchasi biz yoshlarning qo'limizda ekanligini unutmagan xolda "Oltin davr"ni shunchaki bexuda o'tkazmang. O'qing, o'rganing va bu davrni qadriga yeting.

Barchangizga omad.

Talabalarga ulashing😎👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#BUGUN_BAYRAM

Kim nima desa desinu, lekin bugun bayram. Hamma ishlaringizni tashlang. Bir yilda bir marta keladigan ushbu kunni to'rt devor ichida o'tkazmasdan, talaba do'stlar bilan (oshib ketmaydigan darajada😉) bayramni nishonlang!

Bitiruvchi kurslarimiz, sizlar uchun talabalar bayrami bugun oxirgisi😉, agar magistraturaga kirib o'qishni davom ettirmasangiz)))

Hullas, bugun g'ayra-g'ayra bo'ladi,
..... bordim bo'ladi😁(hazil)

Hamma raqsga tushsin🥳🕺💃

Talabalarga yuboramiz)👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#glavniyga

Happy World Students Day!

Talabalarga ulashing😎👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Kontraktingiz kamayib stipendiyangiz ko'paysin. 😄

Talabalarga ulashamiz 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​ТАЛАБА

Талабалар
– Асосан билим юрти ҳудудларида вақт ўтказади. Кабинетдан- кабинетга гуруҳ-гуруҳ бўлиб ҳаракатланишади. Вазиятга тез мослашувчан, кези келганда айёр ва асосан дангаса бўлишади. Тунда ухлашни, тонгда уйғонишни ёмон кўради. Куннинг биринчи ярмида асосан уйқусираб, кўзлари қизариб юради. Кеч кириши билан яна активлашади.

Ташқи кўриниши – Топганини кияди (лекин дид билан). Бизнинг муҳитда асосан оқ-қора тусли либосларда бўлишади. Қўлида папка ёки ҳамма фан учун тутилган бир донагина дафтари бўлади (баъзан шуям бўлмайди).

Яшаш тарзи – Деярли ҳамма қатори. Стипендия чиқса 3 кун мазза қилиб яшайди, сўнг, яна кейинги стипендияни кута бошлайди. Талабалик даврини суриб юради. Баъзида эса талабалик даври ўзини суриииб-сурворади.

Ижтимоий табақаланиши – Асосан 3табақага бўлинади:
1 Оддий табақа – грантда ўқийди.
2 Сал миндееероқ табақа – контрактда ўқийди.
3 Крутой табақа – “супер-мупер” контрактда ўқийди (бу табақадагиларни кўрганда ҳамма Ў-ў-ў дейди).

Ухлаш тарзи – Шахсий ёки ижара уйи. Ётоқхона. Лекциялар зали...

Озиқланиш тарзи – Ой бошида кафема-кафе юриб, кейин гумма, роллтон ва топган-тутгани билан озиқланади

Шиори – Талабалик олтин даврим! (айрим манбаларда келтирилишича, ушбу давр отнинг калласидек контракти сабабли олтинга тенглаштирилади).

Ёмон кўради – Ҳеч “келишиб бўлмайдиган” домлаларни.

Ёқтиради – Дарсда ухлашни.

Қўрқади – Сессиядан.

Устунлик томони – 3 ой ялло қилиб юриб, имтиҳонга уч кун қолганда ўша фанни “қалпоқ” қилиб ташлайди.

Заиф томони – Дарс тугаши билан мавзуни эсдан чиқарворади.

Орзуси – Ўқишни битиргач ўз мутахассислиги бўйича катта ойликли ишга жойлашиш. (туя ҳоммомни... э нималар деяпман ўзимдан-ўзим?!). Орзуга айб йўқ.

Келажаги – Агар яхши ўқиса, қобилиятли бўлса, фанларни яхши ўзлаштирса, билими кучли бўлса - келажакда ё таксист ёки сотувчи бўлади. Мабодо миндееероқ жойда ишлайдиган таниши бўлса – унда бошқа гап. Масалан-да...
😂😂

Bugun har kungidan boshqacha kun😎👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#KUN_VIDEOSI

📹 TALABALAR | BIZNING FIKRIMIZ

✅ O'zbekistondagi bir xil stipendiya mashmashasi

✅ "Ta'limga emas, formaga e'tibor" yohud "paypoq" masalasi

✅ Diplom uchun universitetga borayotgan talabalar?!

✅ Turkiya davlatida o'qitish tizimi qanday?

Jurnalist va bloger Sanjar Said va WAYU Turkiya vakili Ergash Jumayev "BIZNING FIKRIMIZ" ko'rsatuvida.

You Tube orqali: https://youtu.be/P0937oUkGgE

P/S: 25 daqiqa vaqtingizni va 60 megabayt trafigingizni qizg'onmasdan ko'rishingizni so'rab qolamiz. O'z fikringizni @TalabaUz_MurojaatBot ga qoldirishni unutmang☝️

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
17-noyabr - "Xalqaro talabalar kuni". Andijon davlat universiteti talabalari ijrosida talabalikka bag‘ishlov

Talabalarga yuboramiz😎👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Talabalar kuniga atab mutasaddilarimiz stipendiya tarqatishmoqchimi?😁

Turqi yoqmadi, pulni😅 O'zimizni so'mni berishsin😢

Ushbu xabarni 100 kishiga yuboring, ertaga stipendiya tushadi😁👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Hurmatli kanalimiz a'zolari, barchangizni istiqlolimizning ramzi bo'lmish muqaddas bayrog'imizning qutlug' 28 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo'lsin😊

Kelinglar bayram munosabati bilan telegramdagi profilimizga asosiy rasm sifatida ushbu bayroq rasmini o'rnataylik!!!
(Albatta barcha o'z hohishiga ko'ra)

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Ko'chada o'ynab uyga kirmaganlar biladi buni mazzasini 😂.

O'ynab yurganlarga yuboramiz😎👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#tarixdabugun

18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun.

Davlat ramzlari har bir xalqning mustaqilligi, ozodligi, tinchligi va barqarorligi timsoli hisoblanadi. Buyuk ajdodlarimiz ham yurt bayrog‘ini muqaddas bilib, uni ardoqlaganlar, ko‘z qorachig‘idek asraganlar. Davlatchiligimiz tarixining qaysi davrini olib qaramaylik, bayroq ajdodlarimiz uchun ozodlik, kuch-qudrat, jasorat, g‘alaba timsoli bo‘lgan.

Vatanimiz mustaqillikka erishgach, Prezidentimiz Islom Karimovning tashabbusi bilan 1991 yilning 18 noyabrida O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi. Mazkur hujjatda ta’kidlanganidek, milliy bayrog‘imiz davlat suverenitetining ramzlaridan biridir.

U 28 yildan beri mamlakatimiz Prezidenti Devoni, Oliy Majlis palatalari, hukumat binosi, mahalliy boshqaruv idoralari, O‘zbekiston a’zo bo‘lgan xalqaro tashkilotlar, yurtimizning o‘nlab xorijiy davlatlardagi diplomatiya va savdo vakolatxonalari, konsullik muassasalarida hilpirab turibdi.

Yer yuzida ikki yuzdan ortiq davlat, va albatta, har bir davlatning o‘z ramzlari, bayrog‘i bor. Har bir bayroq ayricha rang va timsollarga ega. Ular bilan yonma-yon balqib turgan bayrog‘imiz hech kimdan kam emasligimiz va kam bo‘lmasligimizni ko‘rsatib turadi.

Prezidentimizning xorijiy mamlakatlarga rasmiy tashriflari davomida bayrog‘imiz o‘sha yurt ko‘chalarini bezaydi. Turli bayram tantanalarida, yurtimiz delegatsiyalari qatnashayotgan xalqaro miqyosdagi tadbirlarda, nufuzli sport musobaqalarida Vatanimizning sha’ni, xalqimizning g‘urur va iftixorini yorqin aks ettiradi. Yurtimizdagi bayram shodiyonalari, tantanalar chog‘ida ko‘chalarimizga ko‘rk bag‘ishlab turgan bayrog‘imiz har birimizda shukronalik hislarini uyg‘otadi.

Mamlakatimizda yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga qaratilayotgan ulkan e’tibor samarasi o‘laroq, xalqaro miqyosda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilishga qodir yoshlar safi tobora kengayib bormoqda. Ayniqsa, turli sport musobaqalarida g‘oliblikka erishgan yigit-qizlarimiz sharafiga yurt bayrog‘i baland ko‘tarilmoqda. Ana shunday lahzalarda qalblarimizda Vatan tuyg‘usi yanada kuchliroq jo‘sh uradi, xalqimizning salohiyati, kelajagimizga ishonch yanada mustahkamlanadi.

Davlatimiz bayrog‘idagi har bir rang, har bir belgi chuqur ramziy ma’noga ega.

Undagi moviy rang tiriklik manbai bo‘lgan obihayotni, musaffo osmonimizni, kuch-qudratimizni, yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va barqarorlikni aks ettiradi.

Oq rang – tinchlik, xotirjamlik, yorug‘lik ramzi. Shuningdek, bu rang o‘zida poklik, beg‘uborlik, botiniy go‘zallikni ifodalab kelgan. Demak, bayrog‘imizdagi oq rang xalqimizning pokiza orzu-umidlarini, yorug‘likka, ezgulikka eshligini o‘zida namoyon etadi.

Yashil – yasharish va yangilanish, navqironlik va shodumonlik ramzi, shuning barobarida ona tabiatimiz timsolidir. Qizil chiziqlar esa, tomirimizda jo‘shib oqayotgan ajdodlar qoni – hayotiy qudrat va davomiylik nishonasidir. Shuningdek, bunda Istiqlol, Ozodlik uchun qon to‘kkan erksevar ota-bobolarimizning orzu-armonlari mujassam.

Bayrog‘imizdagi yarim oy va yulduzlar tasviri tarixiy qadriyatlarimiz, umrboqiy an’analarimiz, ma’naviy kuch-qudratimiz bilan bog‘liq. Hilol qo‘lga kiritilgan mustaqillik, ozodlikni ifodalaydi.

Davlatimiz bayrog‘i – o‘tmish, bugun va kelajagimizning yorqin timsoli. Qonunda belgilanganidek, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek, O‘zbekistonda yashaydigan boshqa shaxslar bayrog‘imizni hurmat qilishlari shart. Zero, unda ruhiyatimiz, g‘urur va iftixorimiz, Vatanimiz va xalqimizga bo‘lgan cheksiz mehr-muhabbatimiz, kelajakka ishonchimiz mujassamdir.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Va nihoyat o'chdi. 😂

Stipendiyani kuta kuta uxlab qolgan talaba😁

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA