Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Qishning birinchi kuni muborak bo'lsin!😊

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​#ĞURURIMIZGA_TEGMANG

Bugun erta tongdan daryo.uz saytida bir xabar tarqaldi. O'z holicha taqdim qilamiz.

《✅“Oila” markazining so‘rovida qatnashgan talaba yigitlarning 30 foizi xotini xiyonat qilsa, kechirishini bildirdi

“Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi Toshkent viloyatidagi to‘rtta oliy o‘quv yurtining 1200 nafar talabalari o‘rtasida oilaviy hayot mavzusida so‘rovnoma o‘tkazgan, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov. Talabalarga: “Oila nima?”, “Nechta farzandingiz bo‘lishini istaysiz?”, “Qaynota va qaynona bilan birga yashashni xohlaysizmi?”, “Turmush o‘rtog‘ingiz xiyonat qilsa, kechirasizmi?” kabi bir qator savollar bilan murojaat qilingan.
So‘rovnoma ishtirok etgan yigitlarning 70 foizi ayoli xiyonat qilsa, kechirmasligini bildirgan. Respondent qizlarning 92 foizi esa orzusi — qaynona va qaynotasi bilan birga yashamaslik ekanini ma’lum qilgan. “Aksariyat respondentlar 4—5 nafargacha farzandi bo‘lishini xohlashini bildirdi”, — dedi markazning Toshkent viloyati boshqarmasi rahbari Dilorom Mahamadaliyeva.

Dilorom Mahamadaliyeva respondentlarning oilaviy holati, jinsiy tarkibi, yoshi haqidagi ma’lumotlarni, shuningdek, aynan qaysi oliy ta’lim muassasalari talabalari ekanini ochiqlamagan.》


Hurmatli "Oila" ilmiy-amaliy tadqiqot markazi hodimlari!
Biznining oriyatimizga tegmang.
Talabada g‘urur yo‘qmi?
Qaysi da’yuslar ovoz berdi?

"Oila" markazidagilarning kuni shov-shuv ko‘tarish uchun shunaqa ahmoqona so‘rovnomalarga qoldimi?

Bu g‘ayriinsoniy so‘rovnomani o‘tkazganlardan izoh talab qilamiz❗️

Mutasaddilarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Diqqat haqqoniy so'rovnoma o'tkazamiz. Barcha holisona javob belgilasin.

"Hurmatli talabalar, xotiningiz sizga xiyonat qilsa, unu kechirgan bo'larmidingiz?"
Anonymous Poll
8%
Ha kechirar edim
92%
Hech qachon kechirmayman
O'zbekiston yoshlar ittifoqi tomonida tashkil qilingan "Talabalar festivali" ko'tarinki ruhda o'tkazilayapti.

Tan olish kerak, Yoshlar ittifoqi mana shunday tadbirlarni ko'paytirish kerak.

Yoshlar ittifoqi tashkilotini yangi qadami bilan tabriklaymiz!

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#TEZKOR

Adolat sotsial demokratik partiyasi mana shu yil oxirigacha OTMlar eski tabaqalashtirilgan stipendiya miqdoriga qaytishini aytib o'tdi.

Faqat qanchalik haqiqat bilmaymiz. Yilni oxirigacha yana kutamiz(

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​​​ОТМда форма эркин бўлиши керакми? Партиялар позициясини маълум қилди

28 ноябрь куни Тошкентдаги «Зарафшон» «Media Hall»ида сиёсий партиялар вакиллари иштирокида «Олий таълим тизими: Мавжуд муаммолар ва уларни ҳал қилиш йўллари»мавзусида «Демократик дебат» ток-шоусининг навбатдаги сони суратга олинди. 

Унда журналистлар томонидан дебат мавзусидан келиб чиққан ҳолда, Республикадаги аксарият ОТМларида форма масаласи ўқиш сифатидан кўра муҳимроқ масала бўлиб қолаётгани ҳамда бу борада партия вакилларининг фикри қандай эканлиги борасида савол берилди.

Бу масалада биринчи бўлиб «Адолат» СДП Марказий кенгаши раиси ўринбосари Фарход Ишанкулов сўз олди.

«Биз Халқ таълими тизимида барча ўқувчилар учун бир хил мактаб формаси ташкил қилиш тарафдоримиз. Нима учун? Сабаби, мактаб ўқувчиси – у ҳали мурғак. Биз ҳар хил форма билан ўқувчиларнинг қалбида бир-бирига нисбатан адоват руҳи уйғонишига йўл қўймаслигимиз керак.

Олий таълим тизимида эса форма масаласи ихтиёрий бўлиши керак. Чунки олий таълим муассасалари ёшларига бир хил форма кийдиришдан ҳеч қандай мантиқ йўқ.

Биз талабанинг кийимига эмас, олган баҳосига қараб баҳо берамиз.

Яқинда Тошкент давлат иқтисодиёт университетида шу тартиб жорий қилинди. Университетдаги бу ислоҳотни биз тўлиқ қўллаб-қувватлаймиз», дейди у.

Халқ демократик партияси Марказий Кенгаши бўлими бошлиғи Боймурод Юсупов Олий таълим муассасалари ёшлари миллий қадрият ва анъаналардан келиб чиқиб кийиниши кераклиги ҳақида гапирди.

«Биз миллий анъаналаримиз, қадриятларимиз, тарихимиз ва маънавиятимизни эсдан чиқаришимиз керак эмас. Қайтараман, биз улардан форма талаб қилаётганимизда шу жиҳатларни эсдан чиқаришимиз керак эмас.

Талаба университетга хоҳлаган кийимида келиши мумкин эмас. Олий таълим муассасаси бу – энг илоҳий, энг муқаддас даргоҳ. Шунинг учун таълим муассасаларида кийинишни эркин қўйиш билан бирга, бунга маълум тартиб асосида ёндашиш керак», деди у.

Миллий тикланиш партияси вакили, педагогика фанлари доктори, профессор Нодира Эгамбердиеванинг фикрича, партия таълим муассасаларида форма мажбурийлигини ёқламайди.

«Талаба бўлиш ёшига етган ҳар бир ёш бу масалага эркин, ақлан ва оқилона ёндашиши керак. Университетлар бу – таълим даргоҳи, талаба ҳам шунга хос ва мос кийимда бўлиши керак», дея фикр билдирди Нодира Эгамбердиева.

Савол юзасидан ЎзЛиДеП вакили, иқтисод фанлари доктори, профессор Нодир Жумаев ҳам ўз фикрларини билдирди.

«Қандай кийим кийиш масаласи эркин бўлиши керак. Таълимда маъно муҳим. Бизда таълимнинг ривожланиб кетолмаётганига ҳам сабаб шу, яъни, кийимга ва кўринишга қараяпмиз. Одам кастюм-шим кийиб, бўйинбоғ таққани билан ақлли бўлиб қолмайди.

Аслида, биз одамнинг ўз билимини ошириши, мустақил таълимга эътибор қаратишимиз керак.

Кийим ҳар томонлама инсонни ўзига қулай бўлиши керак. Мен ўзим Америка Қўшма Штатларида ўқиганман. У ерда кутубхонага кирардик ва керак бўлса, университет ҳовлисида ётиб ўқирдик. Бизда-чи, ҳамма бир хил формада бўлиши керак.

Мен либерал ғояни илгари сураётган Иқтисодиёт университети ректорини тўлиқ қўллаб-қувватлайман», деди у. 

Савол юзасидан сўнгги бўлиб фикр билдирган Экологик партия Марказий кенгаши ижро қўмитаси раиси ўринбосари Саидрасул Сангиновга кўра, масала синчиковлик билан, анализлардан келиб чиқиб ҳал қилиниши керак.

«Ихтисослашган таълим муассасаларида форма бўлиши бу зарурий масала.

Ихтисослашмаган таълим муассасаларида эса бу масалада ўзининг ва жаҳоннинг тажрибасидан келиб чиқиши керак», дейди Саидрасул Сангинов.

Эслатиб ўтамиз, сиёсий партиялар ўртасидаги дебатлар Ўзбекистон Электрон Оммавий Ахборот Воситалари Миллий Ассоциацияси томонидан ташкил қилинмоқда.

Талабаларга улашинг👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan qishki ta'til haqidagi ma'lumot feyk (yolg'on)mi?

@TalabaUz ma'muriyati kech bo'lsada juda katta xatolikni aniqladi!

Hujjatda O'zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri A.A.Aripovga deb keltirib o'tilgan, lekin qiziq tomoni shunda-ki, Bosh Vazirimizning to'liq ism shariflari Aripov Abdulla Nig'matovich.

Demak, bu xabar yo feyk (yolg'on) yoki mutasaddilar hujjatda juda katta xatolikka yo'l qo'yishgan!

P/S: Hurmatli talabalar qaror rasman tasdiqlangani yo'q. Ishonib qolmaslikni so'raymiz! Balkim aynan shu sanada qishki ta'til boshlanar. Bu yog'ini kutamiz)

Barcha yangiliklarni bizning kanalda kuzatib boring. Do'stlarga ulashing
⤵️

Talabalar kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#kayfiyat
📌 ADASHMANG! HAQIQATDAN YOLG‘IZMISIZ?

🔖 "Kun bo‘yi telefoningiz o‘zini eslatmasa - bu yolg‘izlik emas!
Bu yaxshi do‘stlarning yo‘qligidir"


🔖 Soatning chiq-chiq ovozi qulog‘ingizga o‘rnashib qoldimi? Bu yolg‘izlik emas!
Bu bo‘sh vaqtingizning ko‘pligidir!


🔖 Kutadigan hech kimingiz yo‘qmi? Bu yolg‘izlik emas! Bu - pessimizm!

🔖 Boshqa birovning hayoti bilan yashash baxt beryaptimi? Bu yolg‘izlik emas, bu o‘zingizga ishonchsizlikdir!

🔖 Bir xonaga kirib olib kun bo‘yi yig‘layapsizmi? Bu yolg‘izlik emas, bu depressiyadir.

🔖 Sizni hech kim tushunmaganligidan o‘zingizni yolg‘iz sezyapsizmi? Bu yolg‘izlik emas! Bu - egoizmdir!

🔖 Ichingiz to‘lib ketganidan to‘yib baqirgingiz kelyaptimi? Bu yolg‘izlik emas! Bu og‘riq!

​Do'stlarga ulashing😊👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Darsliklar ro'yxati.pdf
739.4 KB
2020 йилги тест саволлари тузиладиган дарсликларнинг
УМУМИЙ РЎЙХАТИ

Кўпчилик ДТМ сайтидан дарсликлар рўйхатини олишда муаммога дуч келаётгани учун, умумий рўйхатни битта файлда каналга жойлаяпман.

💾 PDF, 739 кб.
@xushnudbek

Каналга уланиш👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
🔥 #TONGI_MOTIVATSIYA

Hech qachon taslim bo'lmang. Bugun qiyin, ertaga undan ham yomonroq, ammo indinga hammasi yaxshi bo'ladi.

Do'stlarga ulashingl👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Abdullajon" kino filimidan o'sha eng mashxur joyi😂.

Kontraktlar ko'tarilayotgan bir vaqtda bizga Abdullajon kerak bo'layapti😂😂

Qolaversa sessiya eshik qoqmoqda))

Talabalar kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
📚Kitob Mutolaa qilishning 15 foydasi haqida!

👉 Mutolaa asabni tinchlantiradi.
👉 Mutolaa uyqusizlikdan qutulishga yordam beradi.
👉 Mutolaa qalbni yumshatadi.
👉 Mutolaa miya faoliyatini yaxshilaydi.
👉 Mutolaa tushkunlikka qarshi kurashishga yordam beradi.
👉 Mutolaa insonni go’zallashtiradi.
👉 Mutolaa hayotdagi maqsadini anglashga va qiyinchiliklarni yengishga yordam beradi.
👉 Kitob o’qiydigan insonlar hayotda faol bo’lishadi.
👉 Mutolaa xotirani va fikrlash qobiliyatini yaxshilaydi.
👉 Mutolaa so’z boyligini oshiradi.
👉 Mutolaa yozuvchilik qobiliyatini rivojlantiradi.
👉 Mutolaa chet tilini o’rganishni osonlashtiradi.
👉 Mutolaa tinglash qobiliyatini rivojlantiradi.
👉 Mutolaa ijodkorlik qobiliyatini rivojlantiradi.
👉 Mutolaa yaxshilik qilishga undaydi.

Talabalar kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Talabalar uchun maxsus chexol.😂

Talabalar kanali😎👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
4-dekabrdan sertifikatlarni berish boshlanadi

2019-yil 19-21-noyabr
kunlari bo’lib o’tgan Chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlaridan muvaffaqiyatli o’tgan talabgorlar o’z sertifikatlarini 4-dekabrdan boshlab olishlari mumkin.

Bunda talabgorlar ro’yxatdan o’tish vaqtida sertifikatni olish hududi sifatida qaysi hududni ko’rsatgan bo’lsa, shu hududda joylashgan Davlat test markazi yoki uning hududiy bo’limlaridan o’z sertifikatlarini olishi kerak bo’ladi.

Sertifikatni olish hududi sifatida Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatini tanlagan talabgorlar 4-dekabrdan boshlab Davlat test markazi binosidan, Qoraqalpog’iston Respublikasi yoki viloyatlardan birini tanlagan talabgorlar 6-dekabrdan boshlab hududlardagi Davlat test markazi bo’limlaridan shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan sertifikatlarini olib ketishlari mumkin.

Sertifikat pasport ko‘rsatilgan taqdirda, shaxsan talabgorga yoki talabgorning notarial tasdiqlangan ishonchnomasi asosida boshqa shaxsga beriladi.

❕Eslatma: Sertifikatlar ish kunlarida (dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma kunlari) tarqatiladi. Shanba va yakshanba kunlari Davlat test markazi va uning hududiy bo’limlari uchun dam olish kuni hisoblanadi.

Talabalar kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Forwarded from Edu.uz
#Эътибор

Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ҳамда “Меҳр-мурувват” Республика жамоат фонди ҳамкорлигида 3 декабрь – Халқаро ногиронлар куни муносабати билан юртимиз касб-ҳунар коллежларида таҳсил оладиган 69 нафар ногирон ўқувчиларнинг ҳар бирига 200 000 сўмдан, жами 13 млн 800 минг сўмлик бир марталик моддий ёрдам кўрсатилди.

Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг расмий телеграм каналига уланиш👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEX5-AudocFp7PIMcQ
Кириш имтиҳонида чет тилидан максимал балл олиш учун қайси даражага эга бўлиш керак?

2020/2021 ўқув йилидан бошлаб, фанлар мажмуасига чет тили киритилган бакалавриат таълим йўналишларига B2 ва ундан юқори даража талаб этилади.

Агар абитуриент В2 ва ундан юқори даражага эга бўлса, унга ушбу фандан белгиланган максимал балл берилади.

2019/2020 ўқув йилида чет тили биринчи фан бўлган таълим йўналишлари учун ДТМ томонидан берилган чет тилини билиш тўғрисидаги сертификат (миллий сертификат) ёки IELTS (5.5), TOEFL IBT (72 балл) халқаро имтиҳон тизимлари бўйича В2 ва ундан юқори тил билиш даражаси талаб қилинган.

Чет тили асосий фан бўлмаган таълим йўналишлари учун эса мос равишда IELTS имтиҳонидан 4.5, TOEFL IBT’дан 42 балл, СEFR имтиҳонидан В1 ва ундан юқори даража сўралган.

Бироқ 2020/2021 йилги кириш имтиҳонларида бу тартиб бироз ўзгарди.

Давлат раҳбарининг 2019 йил 13 майдаги «Олий таълим муассасаларига ўқишга қабул қилишда миллий ҳамда халқаро баҳолаш тизимлари сертификатларини татбиқ қилиши чора-тадбирлари тўғрисида»ги қарорига биноан, 2020/2021 ўқув йилидан бошлаб, тест синовлари мажмуасига чет тили киритилган барча бакалавриат йўналишлари учун тил даражаси бир хил этиб белгиланган.

Бунда барча бакалавриат йўналишларига инглиз тили учун миллий сертификат ёки IELTS (5.5), TOEFL IBT (72), Cambridge Assessment English FCE учун В2 ва ундан юқори даража талаб этилади.

Лекин истисноли ҳолат шундаки, 2019 йилга қадар ДТМ томонидан берилган миллий сертификатнинг амал қилиш муддати ушбу сертификатнинг амал қилиш муддати даврида сақлаб қолиниши ҳам қарорда кўзда тутилган.

Бу дегани В1 даражадаги 2019 йилга қадар ДТМ томонидан берилган миллий сертификат (амал қилиш муддати тугамаган бўлса) ҳам абитуриентга кириш имтиҳонида имтиёз бериши мумкин.

ДТМ матбуот хизмати ходими Жамшидбек Одиловнинг таъкидлашича, бу истисно халқаро сертификатларга нисбатан қўлланмайди. Чунки халқаро сертификатлар илк марта 2019 йилдан миллий ОТМга кириш учун имтиёз сифатида тан олинди. Шунинг учун 2019 йилдан олдин олинган B1 даражадаги халқаро сертификатларнинг имтиёзи 2020/2021 ўқув йили учун имтиҳонда абитуриентга максимал балл бермайди.

Демак, бундан буёғига биринчи ёки иккинчи фан эканидан қатъи назар чет тилидан имтиёз олиш учун ҳаракат қилиб IELTS имтиҳонини топширмоқчи бўлганлар 5.5, TOEFL’дан эса 72 балл, СEFR’дан B2 даража ва ундан юқори олиш учун ҳаракат қилишлари зарур.

«Агар болада саволлар варақасидаги тестни ишлашдан кўра билимим кучлироқ, ўзимни синаб кўраман, деган хоҳишда бўлса ва чет тили бўйича сертификат учун имтиҳон топшириб, олдиндан имтиёзга эга бўлса, унга чет тилидан максимал балл берилади.

Агар бу имтиёздан фойдаланмаса ҳам, бу – унинг ўз хоҳиши. Кириш имтиҳонида В1 даражадаги 30та тест топшириғини бажаради ва билимига мос балга эга бўлади», - дея ушбу тизимга изоҳ берди Давлат тест маркази бошқарма бошлиғи Севара Зупарходжаева.

Маълумот учун, Жаҳон иқтисодиёти ва дипломатияси университети 2019 йилдан олдинги В1 сертификатларини (амал қилиш муддати тугамаган бўлса ҳам), Тошкент давлат юридик университети эса writing (ёзиш) кўникмаси 5.5 баллдан паст IELTS сертификатларини қабул қилмайди.

Каналга уланиш👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Eng zo'r "budilnik" bu ona....😊😊😊

Xayrli tong, do'stlar!

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Messenjerlardagi “Rahmat”, “Ok” kabi keraksiz xabarlar ekologiyaga zarar yetkazishi ma’lum qilindi.

Messenjerlar orqali jo‘natiladigan keraksiz va ma’noga ega bo‘lmagan xabarlar atrof-muhitga zarar yetkazishi aniqlandi. OVO Energy kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan tadqiqot natijasida mazkur xavf haqida ma’lum qilingan.

So‘rov natijalariga ko‘ra, Buyuk Britaniya aholisining 72 foizi ularning ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlardagi yozishmalari uglerod oksidi gazlari ishlab chiqarilishiga sabab bo‘lishini bilmaydi. Uglerod gazlari ma’lum bir mahsulotni ishlab chiqarishda yuzaga keladigan zararli gazlar to‘plami bo‘lib, xabarlar jo‘natish jarayonida ularni yetkazib beruvchi serverlar ishlaydi va ular uglerod oksidi gazlarini ishlab chiqaradi.

Kompaniyaning hisob-kitoblariga ko‘ra, britaniyaliklar har yili “Rahmat”, “Oldim” “Ok” yoki “Lol” kabi 64 millionta keraksiz va mazmunsiz xabar jo‘natadi.

Buning uchun taxminan 23 475 tonna uglerod ketadi. Tashkilotning ma’lum qilishicha, agar Buyuk Britaniyaning har bir voyaga yetgan kishisi kuniga bittadan keraksiz xabar jo‘natishdan tiyilsa, zararli gazlar miqdori yiliga 16 433 tonnaga kamayadi. Taxminan shu miqdordagi uglerod oksidi gazlari Londondan Madridga uchadigan 81 152 ta reys yoki 3 334 ta ichki yonuv dvigatelli avtomobil tomonidan ishlab chiqariladi.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Jurnalist va otaxon suhbatidan.

Bir fermer otaxonning oq va qora mollari bor ekan. U otaxondan jurnalistlar intervyu olgani kelishibdi.
— Otaxon bu mollaringiz bir kunda qancha suv ichishadi?
— Oqimi qorasimi?
— Oqi?!
— 2 paqir suv ichadi kuniga...
— Qorasichi???
— U ham...
— Otaxon bu mollariz kuniga qancha hashak yeydi?
— Oqimi qorasimi?
— Oqi?!
— 4 tog‘oradan hashak yeydi..
— Qorasichi?
— U ham...
— Otaxon bu mollariz kuniga qancha sut beradi?
— Oqimi qorasimi?
— Oqi?!
— 15 litrdan sut beradi bolam...
— Qorasichi???
— U ham...
— Ey, otaxon odamni ezvordingiz. Savol bersak, oqimi qorasimi deysiz, oqi desak, mana buncha deysiz qorasichi desak u ham deysiz. Bu nimasi?
— Ey bolam oqi o'zimnikida.
— Ha tushunarli qorasichi, desa...
— U ham.... deyarmush. 😂

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA