Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
#Dolzarb
#DEPUTATLARGA

Ish haqi oshdi desa talabalar yuragini ushlaydigan, bo‘m-bo‘sh cho‘natigini kavlaydigan bo‘lib qoldi.

Yaqinda xabar chiqdi. 1-yanvardan oylik ish haqi qanchadir % ga oshadi. Bu xabar keltirib chiqargan savollarning eng old qatori sizga ma’lum: “Kontrakt-chi?”

Kontrakt, ya’ni bitim. Oliy ta’lim bilan tuzilgan bitimdan farqli o‘laroq, bitimning xarakteristikasiga ko‘ra, uning shartlari o‘zgarmas bo‘ladi. Unda keltirilgan shartlar belgilangan muddatgacha so‘zsiz bajariladi va hokazo.

Talaba o‘qishga kirgan yili belgilangan kontrakt u o‘qishni bitirgungacha o‘zgarmasligi eng odilona qaror, nazarimda.

To‘g‘ri, oramizda kontrakt pulini ko‘zini yumib to‘lab yuboradiganlar bor. Kam emas. Lekin yillik daromadi zaruriy ehtiyojlardan ortmaydigan, hatto ba’zan yetmaydigan oilalar ham bor. Kam emas!

Iqtisoddan yaxshi xabardor emasman. Kontraktni oshirish orqali nimaga erishishimizni yoki kontrakt miqdorini muzlatib nimani yo‘qotishimizni baholay olmayman. Lekin kontrakt pulini 15-sanagacha to‘lay olmay butun guruh oldida izza bo‘lib “zamdekan”dan gap eshitganlarni, “charity box” tutgancha o‘rtog‘ining kontraktini to‘lashga yordamlashaman deb eshikma-eshik pul yig‘ib yurganlarni, xuddi shu muammo bilan dars qilishga vaqti qolmagan, kafe-restoranlarda ishlagan talabalarni, bolam o‘qisin deb yeyich-ichishidan tiygan ota-onalarni, ota-onamni qiynayapman deb ich-etini yeganlarni, kontraktga kirgani uchun o‘qiy olmay yana bir yil xor bo‘lib tayyorlanganlarni yoki umuman tashlab ketganlarni ko‘rganman. Ko‘p ko‘rganman.

Ochig‘i, menda taklif yo‘q. Men xalqman. Lekin siz, tepadagilar, deputatlar bekorga u yerda emassiz-ku. Nimadir o‘ylab toping. Nimadir qiling. Xalqni ortiq bo‘g‘mang. Yolg'on gapirmang. Iltimos!

Agar qaysidir partiya ushbu saylovda g'olib bo'ladigan bo'lsa, mana shu eng katta muommoni ham ko'rib chiqishingizni so'raymiz!

©@TalabaUz kanali ma'muriyati!

Do'stlarga ulashing👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👆👆👆
Yuqoridagi postni o'qib ko'rdingizmi?

Mana Adolat sotsial demokratik partiyasi mana shu yil oxirigacha OTMlar eski tabaqalashtirilgan stipendiya miqdoriga qaytishini aytib o'tgani to'g'risda fakt!

Agar bu ham shunchalik va'dabozlik bo'lsa, o'sha gap! Lekin, mabodo saylovda g'olib bo'lmasangiz, demak bularni bajarmaysizlarmi?🤔

Adolat sotsial demokratik partiyasidan javob xati kutamiz!

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Talaba.uz | Ta'lim portali
#Dolzarb #DEPUTATLARGA Ish haqi oshdi desa talabalar yuragini ushlaydigan, bo‘m-bo‘sh cho‘natigini kavlaydigan bo‘lib qoldi. Yaqinda xabar chiqdi. 1-yanvardan oylik ish haqi qanchadir % ga oshadi. Bu xabar keltirib chiqargan savollarning eng old qatori sizga…
Iltimos yuqoridagi postni o'qib ko'rib, kommentariyada o'z fikringizni qoldiring! Pastdagi videoga esa munosabatingizni bildiring!

OMTlarda eski tabaqalashtiriligan stipendiya miqdoriga qaytadimi?

Unutmang partiya a'zolari bizni kuzatishmoqda)
Adolat qani?🤔

Bunaqa qiynalib o'qiyotgan talabalar juda ko'p! Agar biz talabalarni himoya qilib, eski tabaqalashtirilgan stipendiya miqdoriga qaytarish to'g'risida rasmiy fakt bilan chiqsangiz, biz talabalarni sizlarni qo'llab-quvvatlaymiz!

Talabalarni kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Хушнудбек Худойбердиев: «Сайловга боришим керакми?» деб иккиланаётганлар учун яна бир бора тавсия қилмоқчиманки, кунимиз «қовунчиларга» қолмаслиги учун ҳам сайловга бориб, нисбатан яхшироқ номзодларга овоз бериб келинг.

Ўтган сайловларда келмаган фуқаролар ўрнига сайлов участкадагиларнинг ўзи ўзлари истаган номзодга овоз бериб, пачкалаб бўш бюллетенларни тўлдириб ташлашар эди. Бу йил қанақа бўлади, Худо билади, лекин ҳеч бўлмаса ўрнимизга бошқалар овоз бера олмаслиги учун ҳам сайловга борайлик.

Агар кимлардир, масалан ҳокимтўраларнинг одамлари, қинғир йўллар билан сайланишни умид қилиб юрган бўлса, ўша ноинсофларнинг ишини оғирлаштириш учун ҳам сайловларга бориб, нисбатан яхшироқ номзодга овоз бериб ёки жуда истасангиз ҳеч кимга овоз бермасдан келайлик.

Тўлиқ видео: https://youtu.be/m4Ba1dknris

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
👍1
Mediklar uchun 😁
Yana hali magistratura bor 😆


Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
👍1
10 daqiqadan keyin saylov oldi so'rovnomalar va muhokamalar tugatiladi!

Hurmatli talabalar, ayni vaqtda ko'p blogerlar "Adolat sotsial demokratik partiyasi"ga ovoz bermoqchi. Sababi, xalqni o'ylaydigan blogerlar ham o'z nomzodini qo'yishgan!

Biz talabalarga "stipendiya miqdorini qayta ko'rib chiqish to'g'risida" va'da berishgan, aynan shu partiyadagilar!

Demak, biz ham saylovda qatnashib, "Adolat"ga ovoz beramiz😊

Adolat qaror topgay😉💪

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Assalomu_alaykum

O'qish tugaganiga talabalardan ham ko'proq xursand bo'lganlar, xayrli tong🙊😂

Tarqatamiz👇😁
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Муҳим_хабар

Контракт тўлаш муддати узайтирилди

Ўзбекистон Республикаси таълим муассасаларига ўқишга қабул қилиш бўйича Давлат комиссиясининг 2019 йил 20 декабрдаги 6-сон баёни билан олий таълим муассасаларининг бакалавриат таълим йўналишларига (кундузги, сиртқи, кечки, махсус сиртқи таълим шакллари) ҳамда магистратура мутахассисликларига тўлов-контракт асосида талабаликка тавсия этилган (шу жумладан, табақалаштирилган тўлов-контракт асосида ўқиш истагини билдирган) абитуриентлар, ўқиши кўчирилган ва қайта тикланган талабалар ҳамда хорижий фуқаролар ўқиши учун тўлов-контракт маблағларининг биринчи ярмини ўтказиш ва уларни талабалар сафига қабул қилишни расмийлаштиришнинг сўнгги муддати этиб 2019 йил 31 декабрь (шу куни ҳам) белгиланди.

©@eduuz - Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

Каналга уланиш👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​#Муҳим_хабар

Тест синови топшириладиган фанлар мажмуаси, топшириқлар сони ҳамда уларни баҳолаш мезонлари тасдиқланди

Ўзбекистон Республикаси таълим муассасаларига ўқишга қабул қилиш бўйича Давлат комиссиясининг 2019 йил 20 декабрдаги 11-сон баёни билан 2020/2021 ўқув йили қабулидан республика олий таълим муассасаларининг бакалавриат таълим йўналишларига мос тест синови топшириладиган фанлар мажмуаси, тест топшириқлари сони ҳамда баҳолаш мезонлари тасдиқланди.

✅ Унга кўра, 2020/2021 ўқув йили қабулидан тест синови топшириладиган фанлар мажмуаси икки бўлимга ажратилади:

👉 Биринчи бўлимга – барча тест топширувчилар учун мажбурий учта фан – она тили (ўзбек, рус ёки қорақалпоқ тили), математика ва Ўзбекистон тарихи фанлари киритилади.

Мазкур учала фандан 15 тадан жами 45 та тест топшириғи берилади. Ҳар бир тўғри жавобга 2,1 балл берилади, максимал балл – 94,5 балл.

👉 Иккинчи бўлимга – абитуриент танлаган бакалавриат таълим йўналишларига мос иккита фан киритилади.

Ҳар бир фандан 30 тадан жами 60 та тест саволи берилади. Ҳар бир тўғри жавоб 3,1 балл билан баҳонлади. Максимал балл – 186 балл.

Кейинги ўқув йили қабулида абитуриентга 5 та фан бўйича жами 105 та тест топшириғи берилади. Тўплаш мумкин бўлган максимал балл – 280,5 балл.

Батафсил👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kayfiyatingiz ko'tarilishi aniq😂
Sessiyaga oz qoldi
O'zingizni yoki do'stingizni tanidingizmi?😉😅


Kanalga ulanish👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Saylov_2019

Assalom alaykum hurmatli yurtdoshlar, sizga shuni maʼlum qilamizki, 22-dekabr Oʻzbekiston respublikasi hududidagi barcha saylov okruglarida saylovchilar oʻzlari xohlagan munosib nomzodlarga ovoz berishlari uchun barcha sharoitlar yaratiladi.
Siz qaysi saylov okrugiga borishingiz kerakligini bilmayabsizmi? Unda sizga ushbu linkga 👇 kirishingiz orqali pasport seriyasi va raqamini, hamda tugʻilgan kun, oy, yilni(29-09-1996) kiritasiz, yuqorida koʻrsatilgan arifmetik kodni kiritasiz va siz oʻzingiz borishingiz kerak boʻlgan saylov okrugini bilib olasiz!

👇👇
http://elections.uz/uz/site/polling-station

Do'stlarga ulashing
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Test-2020.pdf
11.4 MB
2020/2021 ўқув йили қабулида тест синови топшириладиган
ФАНЛАР МАЖМУАСИ

Ўзбекистон Республикаси таълим муассасаларига ўқишга қабул қилиш бўйича Давлат комиссиясининг 2019 йил 20 декабрдаги 11-сон баёни билан тасдиқланган.

Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

Батафсил👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​Талабалар ўқишини кўчириш (кўчириб тиклаш) бўйича аризаларни қабул қилиш бошланди

2019 йил 20 декабрдан
бошлаб республиканинг барча ҳудудларида республика олий таълим муассасаларига ўқишини кўчириш (кўчириб тиклаш) тўғрисидаги аризалар қабул қилувчи Ишчи гуруҳлар ўз фаолиятини бошлади.

Аризалар ҳудудий Ишчи гуруҳлар томонидан келгуси йилнинг 20 январига қадар ҳар куни соат 9:00 дан 17:00 гача (якшанба – дам олиш куни; шанба – соат 9:00 дан 15:00 гача) қабул қилинади.

✅ Тақдим этиладиган ҳужжатлар:

1️⃣ Ариза (ҳудудий ишчи гуруҳ томонидан берилади, жойида тўлдирилади);

2️⃣ Паспорт нусхаси;

3️⃣ Рейтинг дафтарчаси ёки белгиланган шаклдаги академик маълумотномадан нусха.

Талабалар ўқишини баҳорги семестрда ўқув машғулотлари бошланишидан олдин кўчиришда узрли сабаблар инобатга олинади.

Жумладан, республиканинг бир ҳудудидан иккинчи ҳудудига доимий яшаш учун ёки турмушга чиқиш муносабати билан турмуш ўртоғи доимий яшайдиган (паспорт бўйича доимий рўйхатдан ўтган) ҳудудга кўчиб ўтганда, турмуш ўртоғи ёки ота-онаси ҳарбий хизмат ўташ жойини ўзгартирганда, ёхуд ота-онаси (турмуш ўртоғи) хориждаги давлат хизматидан қайтганда ўқишни кўчириш ( кўчириб тиклаш)га рухсат берилиши мумкин.

Ўқишни кўчириш бўйича келиб тушган аризалар 2020 йил 25 январдан 15 февралга қадар кўриб чиқилади ва тегишли қарор қабул қилинади.

@eduuz Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

Батафсил👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
ASSALOMU ALAYKUM!

Hurmatli talabalar, qishki ta'tilni bekor ketkazishni istamasangiz, sizlar uchun ajoyib kanalni tavsiya qilamiz!

🏛ALI Business Academy jamoasi Sizlarga yaxshi kayfiyat tilagan holda o'z faoliyatini boshlaydi.

🙃Ba'zilarda yaxshi g'oyalari bor-u, imkoniyat yo'q.
Boshqalar esa imkoniyatga ega-yu, yaxshi bir g'oyaga muxtoj.


😎Biz, Sizga har kuni yangidan yangi, hayotiy, aniq hisoblangan biznes rejalar taqdim qilib boramiz.

🤨Yoqqanini amalga oshirib ko'ring, yoki imkoni bor tanishlaringizga yuboring.

☝️O'z Biznes loyihasini ommaga taqdim etish istagida bo'lganlar ism-shariflari, o'qish/ish joylari bilan @Ali_TijoratBot ga chiroyli matn qilib jo'nating.

📨Bizga kelib tushgan Biznes rejalarni muallif Ism-sharifi bilan 5 kun davomida kanalga joylaymiz.

📅 6-kun Seshanba kuni eng yaxshi Biznes rejaga ovoz berish jarayonini o'tkaziladi.

♻️ Har Chorshanba kuni esa haftaning eng yaxshi Biznes rejasi sohibiga $100 mukofot taqdim etiladi. Ha bu haqiqat 100$🤗

👨‍💻Bu oyda $300 mablag' bilan boshlasa bo'ladigan ishlar haqida tanlov qilamiz.

🙆‍♂Roppa Rosa Bir oydan Keyin $500, Keyin $1000, Keyin $3000, $5000...

Yaxshi Ishlarni yoyish kerak, Yaqinlaringiz bilan baham ko'ring👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFWlvblIPGlvuXCSfA
​​AQSh odamni bir soatda Yerning istalgan nuqtasiga yetkazuvchi texnologiyaga ega - iste’fodagi general.

Amerikalik iste’fodagi general-leytenant Stiven Kvast Xillsdeyl kollejidagi nutqi vaqtida AQSh odamni Yerning istalgan nuqtasiga bir soat ichida yetkazuvchi texnologiyaga egaligini aytdi. San-Antoniodagi bazada aviasiya qo‘mondonligining rahbari bo‘lgan Kvastning bu so‘zlariga The Drive nashri e’tibor qaratdi.

“Bu texnologiya bugunoq yaratilishi mumkin. U istalgan odamni Yerning istalgan nuqtasiga bir soat ichida yetkazish imkonini beradi”, deb aytgan general.

Biroq sobiq harbiy ushbu texnologiya qanday ishlashiga oydinlik kiritmagan.

Nashrning ta’kidlashicha, generalning bu bayonoti boshqa amerikalik harbiylarning ba’zi tushunarsiz hodisalar mavjudligi haqidagi bayonotlari ortida yangragan.

Kvast joriy sentyabrda iste’foga ketgan. Nashrning ta’kidlashicha, bunga sobiq harbiyning koinot texnologiyasi masalalari bo‘yicha aytganlari sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

2018 yil aprelda SpaceX kompaniyasi prezidenti Gvinn Shotvell Big Falcon Rocket (BFR) transport tizimi yaqin kelajakda ishlay boshlashi va u odamni bir soatdan kamroq vaqt ichida sayyoramizning istalgan nuqtasiga yetkaza olishini ma’lum qilgandi.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Umumiy 71.1 % fuqaro saylovda ishtirok etishgan!

Do'stlarga ulashing👇👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA