Talaba.uz | Ta'lim portali
5.46K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
​​Аngliyada O‘zbekiston “Yilning eng yaxshi boks mamlakati" deya e‘tirof etildi.

Аngliyaning thefight-site.com sport sayti Oʼzbekistonni “Yilning eng yaxshi boks mamlakati” deya eʼtirof etdi.

Maqolada havaskor boksda dunyoning eng yaxshi sportchilari va boshqa nominatsiyalar bo‘yicha kuchlilar nomi eʼlon qilingan.

Eʼtiborlisi, boks bo‘yicha turli yo‘nalishlarning g‘oliblari sifatida O‘zbekistonlik bokschilar eʼtirofga sazovor bo‘lishdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi xabar berdi.

Maqola muallifi Teylor Uxigginsning keltirishicha, “Yil bokschisi”, deya Osiyo va Jahon chempioni Mirazizbek Mirzaxalilov eʼtirof etilgan bo‘lsa, undan keyingi o‘rinlarda kubalik Endi Kruz Gomes va Bahodir Jalolov nomlari qayd etilgan.

Jahon boksida “Qiziqarli janglar olib boruvchi” sifatida hamyurtimiz Аbdumalik Halakov keltirilgan. “Yil nokauti” sifatida esa Bahodir Jalolovning Richard Torres ustidan qozongan g‘alabasi ko‘rsatilgan. Ushbu maqola so‘ngida O‘zbekiston – “Yilning eng yaxshi boks mamlakati”, deya eʼtirof bilan yakunlangan.

Qani olg'a, biz sizlarga ishonamiz 😃

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Audio
Talabalarni ko'ring endi, rolton yeb o'tiribdi yonida iPhone 😂

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#ibrat_vaqti

Telefonimga singlimdan SMS keldi "Akajon, tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklayman. Uzoq umr ko‘ring" deyilgandi unda. Jaxlim chiqib, ukamga qo‘ng‘iroq kildim.
- Bitta-yu bitta singlimiz akajonining tug‘ilgan kuni qachonligini bilmas ekan , dedim. -Meni tabriklab, SMS yuboribdi. Yozda tug‘ilganimni yetkazib qo‘y! Ukam biroz sukut saqlab turdi-da, so‘ng javob berdi:
- Menga ham SMS yuboribdi . Tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklayman, debdi
- Nima? Senga xam yuboribdi?... Nega?
- Tushunmadingizmi? - xo‘rsindi ukam. - Aslida men bilan sizning emas, singlimizning tug‘ilgan kuni ekan!
Hech nima deya olmadim. Uyatdan yuzlarim lovullardi
...

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda “Yoshlar” teleradiokanali tomonidan yangi loyiha yo‘lga qo‘yildi.

“Talaba.uz” radiodasturining mualliflari – respublika oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan barcha talabalardir.

Talaba-yoshlar bu dasturda o‘zlari tahsil olayotgan OTM yangiliklari, muhim voqea-hodisalar va ularni qiynayotgan muammolar haqida ovozli xabar yuborishlari mumkin.

“Talaba.uz” – iqtidorli yoshlar uchun o‘z ijodini namoyon qilishga zo‘r imkoniyat.

Dastur har haftaning chorshanba kunlari "Yoshlar" radiokanali (FM 104.0)da soat 16:15 dan efirga uzatiladi.

P/S: Vazirlik bizning kanalimiz nomidan ajoyib radioloyiha boshlashibdi. Bizda ham qiziq voqealar bor, efirga uzatisharmikan?😉

Talabalar kanali😎👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Kontrakt.docx
17 KB
♨️Ikkinchi yarim yillik uchun to‘lov-kontrakt narxlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 31 dekabrdagi Qarori bilan 2020 yil 1 fevraldan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar, nafaqalar hamda kam ta’minlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam miqdori 7 foizga oshirildi.


Bilasiz, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi to‘lov-kontrakt miqdorlarini mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga bog‘lagan.

Shunday bo‘lsada, vazirlik o‘quv yilining ikkinchi yarim yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari o‘zgarishi mumkinligini, kontrakt narxlari oshganda qo‘shimcha ma’lumot beramiz dedi.

Agar to‘lov-kontrakt miqdorlari MHTEKMga nisbatan o‘zgaradigan bo‘lsa, keyingi yarim yillik uchun narxlar taxminan quyidagicha ko‘rinish oladi.
@talimxabarlari

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
• Aytishlaricha baxtni yaratish uchun kimnidir kõmagi kerak ekan..

• Bu tõğri gap..
Men õsha kimnidir taniyman, siz ham taniysiz..
Kim ekan deb xayron bõlyapsizmi?
Bu SIZSIZ!
Ha, Ha! Aynan siz!
Shu xabarni õqiyotgan INSON!

• BAXTNI ÕZINGIZ YARATASIZ!

• Siz Baxtsiz!

• Sizni borligingiz Baxt!

• Sizni tabassumingizdan, shirin nafasingizdan, beğubor va samimiy duolaringizdan,

• SIZDAN yaraladi BAXT!

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Долзарб

Самарканд ветеринария медитцинаси институти талабалари номидан @TalabaUz канали админига

Мурожаатнома!


«Биз 2016-2017 йил собиқ Самарқанд қишлоқ хўжалиги институтининг «Агроинжинерия», «Агрономия», «Менежмент» факултетларига ўқишга қабул қилинган эдик.
2017 йили биз ўқиб турган институт негизида Самарқанд ветеринария медицинаси институти ташкил этлди, яъни номи ўзгарди. Янги институт ташкил этилиши билан, биз ўқиётган факультетлар тугатилишга юз тутди ва бу таълим йўналишларига талабалар қабул қилинмай қўйди.
Шундан кейин Ўзбекистон Республикаси президентининг 2019 йил 19 августдаги ПК-4421 сонли «Тошкент давлат аграр университети фаолиятини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида»ги қарор қабул қилинганини эшитиб, қарор билан танишиб чиқдик.
Қарорда Тошент давлат аграр университети Самарқанд филиали фаолиятини ташкил этиш тўғрисида қайд этиб ўтилган, шу билан бирга, «2 ой ичида тегишли мутасадди ташкилотлар Вазирлар Маҳкамасига таклиф киритсин», деб белгилаб қўйилган.
Биз бундан жуда ҳам хурсанд бўлдик ва тез фурсат ичида Вазирлар Маҳкамасининг
7075 сонли қарори лойиҳаси regulation.gov.uz муҳокамалар порталида кенг оммага эълон қилинди.
Ушбу қарор лойиҳасининг 7-банди ва 4-иловасида шундай дейилган: 2019-2020 ўқув йилидан СамВМИнинг бакалавриат таълим йўналишларида таҳсил олаётган 3–4 босқич талабалар контингенти ҳамда мос равишда профессор-ўқитувчилари таркибини филиалга ўтказиш бўйича маълумот илова килинди

Яъни, бизнинг мутахассислигимиз, таълим олаётган йўналишларимиз қайд этилган. Албатта, биз бу қарор лойиҳасини тўлиқ қўллаб-қувватлаймиз.
Ҳақиқатан ҳам, биз Самарқанд қишлоқ хўжалиги институтига ўқишга қабул қилиниб, Самарқанд ветеринария медицинаси институтини битиришимиз туфайли иш фаолиятимизни бошлашга тўсиқликларга учрашимиз мумкин. Ахир биз қишлоқ хўжалиги ходимлари агрономлар ва қишлоқ хўжалиги механизаторларимиз. Биз ўз ўрнимиз, ўз жойимизни топишимиз зарур.
Шу пайтгача Самарқанддаги MAN-Auto заводида талабаларимиз ишлаб чиқариш амалиётида мунтазам қатнашиб келишган. Ўқув даргоҳимиз Ветеринария медицинаси институтига айлангач, бундай муҳим амалиётдан ҳам воз кечилди. Қўпол қилиб айтганда, мол дўхтирига машина заводида нима бор?
«Менежмент» йўналишини битирган талабаларимиз эса турли банкларга, хусусан «Агробанк»да ишга жойлашар эди. Энди бу янги институт дипломи билан уларнинг ишга жойлашишида ҳам муаммолар кўзга ташланмоқда.
Хуллас, ушбу қарор лойиҳаси қабул қилинишини ва бизнинг тақдиримизга барча мутасадди ташкилот ва вазирликлар бефарқ бўлмасликларини сўраймиз. Биз барча талабалар ушбу арзномамизни масъул мутасадди раҳбарлар кўриб чиқишини хоҳлаймиз.

Ҳукумат қарори лойиҳасини қабул қилиш кечикаётганидан хавотирдалигимизни билдирамиз ва тез фурсатларда қабул қилинишида амалий ёрдам беришингизни сўраймиз» биз аросатда колдик 1000-2000 талабанинг такдирига хеч ким кизикишмаяпти.

Мутасаддиларга юборинг👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Tezkor

Eronda qulagan Ukraina layneri bortida bo'lgan odamlarning bari halok bo'lgan. Bu haqida Eron televideniyasiga asoslanib, Reuters agentligi xabar berdi.

ALLOH o'zi asrasin bunaqa falokatlardan!

Inna lillahi va inna ilayhi roji'un.🤲
​​Toshkentda Yaponiya raqamli universiteti ochiladi.

Toshkentda Yaponiya raqamli universiteti ochiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2019-yil 28-dekabr kuni imzolangan “O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida so‘z boradi.

Qiymati 5 million dollar bo‘lgan loyiha Yaponiyaning Digital Knowledge kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi. Yanvar oyida Yaponiya universitetlari va kompaniyalarining vakillarini O‘zbekistonga tashrifi rejalashtirilgan.

Mart oyining oxiriga esa oliy ta’lim muassasasini ochish bo‘yicha konsepsiya tayyor bo‘lishi lozim. Iyun oyiga qadar universitetning ochilishiga doir normativ hujjatlar tasdiqlanadi.

OTMga talabalarni qabul qilishning aniq muddati qarorda ko‘rsatilmagan.

Universitetni ochish masalasi Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov boshchiligidagi delegatsiyasiyaning Tokioga tashrifi vaqtida muhokama qilingandi.

Digital Kvowledge — 1995-yilda ochilgan bo‘lib, elektron ta’lim sohasiga ixtisoslashgan texnologik kompaniya.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Ikki ko‘ngilli o‘qituvchi Nyu-Dehlidagi qashshoq bolalarga bepul dars o‘tishmoqda, Hindiston.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Nigora nimadir" dedi qolganini tushunmadim😁😁😁

Kayfiyatni ko'taramiz😃

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​Viloyat hokimi 110 nafar talabaning “kontrakt”ini to‘lab beradi, ammo...

Xayrullo Bozorov 2020 yildan boshlab Namangan viloyatida hayotga tatbiq etiladigan yoshlar masalalariga oid yangi dasturni e’lon qildi.

Viloyat hokimi talab yuqori bo‘lgan va mutaxassislar yetishmayotgan yo‘nalishlar bo‘yicha respublika oliygohlarida ta’lim olayotgan 100 nafar namanganlik talabaning shartnoma puli mahalliy byudjet hisobidan, chet elda aniq fanlar yo‘nalishida o‘qiyotgan 10 nafar talabaning kontrakti esa hokimlik zaxirasidan to‘lab berilishini aytdi.

Bunday imtiyoz taqdim etilgan yoshlar bilan o‘qishni tamomlagach viloyat hududida va o‘z sohasida 5 yil ishlab berish yuzasidan shartnoma imzolanadi.

Viloyatda yoshlarning malakali kasb egallashi uchun Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindiston bilan hamkorlikda kasb-hunar va zamonaviy til o‘rgatish markazlari tashkil etiladi.

Xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblariga yengil avtomobillar taqdim etiladi.

Tahririyatdan: “Ilmga e’tibor – kelajakka e’tibor” deydilar. Talabaga yordam berish yaxshi ish. Ammo bu ham bizda odat bo‘lib qolganidek, tanish-bilishlarga o‘tib ketmasmikan? Yordam haqiqiy muhtoj talabaga yetib boradimi? Mablag‘larni tayinlash va kimlarga berish masalasiga vijdonli, odil kishilar qo‘yilsa, ko‘ngildagi ish bo‘lardi. Yana, o‘qishni bitirib kelgan odamga munosib maosh tayinlanadimi? Nima bo‘lganda ham bu ishning samarasi xayrli bo‘ladi, degan umiddamiz.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
To‘lov-kontraktning 50 foizini to‘lagan abituriyentni OTMga o‘qishga qabul qilish taklif etilmoqda.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi, deb xabar beradi O‘zA.

Loyihaga asosan “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga quyidagicha o‘zgartirishlar kiritiladi:

- Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni ish faoliyatiga mos bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlarining sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish belgilangan tartibda amalga oshiriladi;

- Oliy ta’lim muassasalarining takliflariga muvofiq ularning imkoniyatlaridan kelib chiqib, Davlat komissiyasi qarori asosida abituriyentlar belgilangan kvotadan tashqari qo‘shimcha va oshirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi mumkin.
Oliy ta’lim muassasalari qo‘shimcha qabulni Davlat komissiyasi qarori bilan belgilangan ko‘rsatkichlarga muvofiq to‘plagan ballari Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan minimal balldan kam bo‘lmagan va tanlagan yo‘nalishlari bo‘yicha asosiy qabul chegaralariga 4 ballgacha yetmagan abituriyentlar orasidan ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshiradi.

Bunda to‘lov-kontrakt miqdori amalda o‘rnatilgan miqdorga nisbatan quyidagicha belgilanadi:

- to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul kvotalari chegarasiga bir ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun – 1,5 barobar;

- 1,1 balldan 2 ballgacha yetmaganlar uchun – 2,0 barobar;
2,1 balldan 3 ballgacha yetmaganlar uchun – 2,5 barobar;

- 3,1 balldan 4 ballgacha yetmaganlar uchun – 3,0 barobar.

Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlarda ushbu miqdorlar bo‘yicha to‘lov-kontrakt shartlari birinchi o‘quv yili uchun kamida 50 foizi bajarilgandan so‘ng abituriyent oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘i bilan o‘qishga qabul qilinadi.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#obunachilardan

Bu yil meni yilim. TATUga topshiraman.

Mana yetib keldim TATUga ham.🐭

Do'stlarga ulashing😃👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​#Раддия
СамДУ психология ва ижтимоий фанлар факультети бу йил замонавий бинога эга бўлади

“Talaba.uz” телеграмида исм-шарифи кўрсатилмаган талабалар СамДУнинг психология ва ижтимоий фанлар факультетида ўқиш учун шарт-шароит ёмонлиги ҳақида ёзишди. Ҳақиқатдан ҳам икки ой муқаддам мазкур факультет талабалари сонининг кескин ошганлиги сабабли янги бинога кўчирилган эди.
Биз ташкилий гуруҳимиз билан талабалар ётоқхонаси учун қурилган ва мослаштирилган бинодаги факультетда бўлиб, мавжуд аҳвол билан яқиндан танишдик. Айни пайтда бу ерда 1050 нафардан зиёд талаба ўқимоқда. Аудиторияларда иситиш тизими ўртача. Ҳаво ҳароратининг совуқлиги боис табиий газ босими пасайган. Электр таъминотидан ҳеч ким нолимади. Айрим ўқув хоналарида ёритгич усканалари тўлиқ ишламаётган эди. Ҳозир улар янгисига алмаштирилган.

Қайд этилганидек, иккинчи қаватга чиқиладиган зина ночор ҳолатда бўлган. Бу борада ҳам қисман таъмирлаш ишлари бажарилган. Стол-стуллар, дераза ойналари яроқлисига алмаштирилган. Университет мутасадди раҳбарлари бу муамммоларни қисқа муддатда ҳал этишга ваъда беришди.
Яна бир жиҳат, айрим гуруҳлардаги талабалар билан суҳбатлашганимизда, ҳозирги шароитга тўғри баҳо бериб, аноним (исм-шарифини кўрсатмай шикоят йўллаган тенгдошлари борлигига ишонишмади) хат ёзганларнинг фикрини маъқулламади. Улар шарт-шароитлар яхшиланишидан умидвор.

Факультет масъулларининг айтишича, 2019-2020 ўқув йилида СамДУ психология ва ижтимоий фанлар факультетида талабалар сони кескин кўпайган. Шу муносабат билан ушбу факультет Самарқанд давлат университети тасарруфига ўтказилган Самарқанд 1-педагогика коллежи биносига кўчирилган. Жорий ўқув йилида коллежни сўнгги курс ўқувчилари битиради ва бино тўлиқ факультет ихтиёрига ўтади. Бундан ташқари, СамДУ раҳбарияти йил якунига қадар мазкур факультетни замонавий ўқув биносига кўчириш чораларини кўради.

СамДУ матбуот хизмати

P/s: СамДу мутасаддилари @TalabaUz каналимизда чиқарган танқидий мақолага муносабат билдиришибди. Бефарқликдан қочиб, тегишли ҳулоса чиқарганликлари учун каналимиз маъмурияти ташаккур билдиради. Tез орада барча камчиликлар бартараф этилади деб ўйлаймиз!

Дўстларга улашинг👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#YANGILIK

Stipendiya avvalgi xoliga qaytmoqda. Mana buni yangilik desa bo'ladi)

Deputat Rasul Kusherbayev o'z sahifasida yozib qoldiribdilar👍👍

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
ASSALOMU ALAYKUM!

Jilmayib tong otdi, o‘zgacha bu kun,
Umid qil, Rahmondan degandek bugun.
Ming kundan afzaldir, ming kundan uzun,
Alloh muborak qilgan JUMAdir bugun!

🌙 JUMA MUBORAK!

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​O‘zbekistonda talabalarga “beshlik” va “to‘rtlik” stipendiya berish qayta yo‘lga qo‘yiladi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev o‘zining Telegram’dagi kanali orqali “beshlik” va “to‘rtlik” stipendiyalar yana qaytishi mumkinligini ma’lum qildi.

Bugun bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov bilan talabalarga stipendiya tayinlash tartibi bo‘yicha hukumat qarori loyihasini muhokama qildik.

Ko‘pchilik talabalarning murojaatlarini inobatga olgan holda bildirilgan takliflar ham loyihada aks ettirilib, ushbu qaror qabul qilinishi bilan a’lochi, faol, besh bahoga o‘qiyotganlar ilgarigidek yuqori, to‘rtga o‘qiyotganlar esa o‘z nomi bilan to‘rtlik, uch bahoga o‘qiganlar esa uchlik stipendiya olishi kutilmoqda.

Oddiy aytganda har kim o‘z intilishi va izlanishiga qarab stipendiya oladi.

Loyihada yana bir qator yaxshi yangiliklar bor. Yaxshisi tez kunlarda qabul qilingach bilib olamiz.

Nasib bo‘lsa hujjat tez kunlarda qabul qilinadi.

Rasul Kusherbayev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

Rasul Kusherbayev avvalroq ham Oliy ta’lim tizimida kontrakt, stipendiya talabalar uchun hayot-mamot darajasidagi masalalarda barqarorlikning yo‘qligi ta’lim sifati qolib, talabalarda ta’limga bo‘lgan ixlosning qaytishiga olib kelishi mumkinligini, 400 ming so‘m hech nimaga yetmasligini ma’lum qilib, mutasaddilarga “Siz talaba bo‘lmaganmisiz?” deya savolni o‘rtaga tashlagandi.

Shuningdek, bakalavriat, magistratura va ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar kontrakt miqdorini stipendiyali yoki stipendiyasiz holda to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin bo‘ldi.

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#motivatsiya
"Keng miqyosda fikrlang va ulkan narsalarni orzu qiling.
O‘zingizga tinmasdan
“MEN QILA OLAMAN!”, deya har doim ta’kidlang."

КАНАЛГА УЛАНИШ👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#fakt

Quloqchinlarda musiqa eshitadigan quloq har soatda 700 barobarga bakteriyalar sonini ko'paytiradi

Do'stlarga ulashish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA