Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
#Расман
#Давлат_дастури2020

2020 йилда ҳудудларда етакчи ОТМлар филиалари ташкил этилади

“2017-2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича Ҳаракатлар стратегиясини “Илм, маърифат ва рақамли иқтисодиётни ривожлантириш йили”да амалга оширишга оид давлат дастури тўғрисида”ги Президент фармони қабул қилинди.

Унга кўра, 2020 йилда ҳудудларда олий таълимнинг талаб юқори бўлган йўналишларида ўқитишни ташкил этиш, шу жумладан, Тошкент шаҳрида жойлашган етакчи олий таълим муассасаларининг филиаллари очилади.

✅ Шунингдек, 2020/2021 ўқув йилидан бошлаб:

👉 олий таълим муассасаларида асосий мутахассисликка алоқаси бўлмаган фанлар сони икки бараварга қисқартирилади;

👉 Ўзбекистон Республикасининг олий таълим муассасаларига давлат гранти асосида ўқишга қабул қилиш бўйича давлат буюртмаси параметрлари босқичма-босқич икки бараварга оширилади.

2020 йилда камида 5 та олий таълим муассасаси конкурс асосида танланиб, нуфузли хорижий олий таълим даргоҳлари билан ҳамкорликда уларни трансформация қилиш чоралари кўрилади.

©Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

Батафсил👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Давлат_дастури2020

Учта университетда тажриба тариқасида масофавий ўқитиш шакли жорий этилади

2020/2021 ўқув йилидан
бошлаб Муҳаммад ал-Хоразмий номидаги Тошкент ахборот технологиялари университети, Тошкент давлат юридик университети ва Тошкент давлат педагогика университетида тажриба тариқасида босқичма-босқич масофавий ўқитиш шакли жорий этилади.

✅ Ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш, Адлия ҳамда Олий ва ўрта махсус таълим вазирликлари томонидан 2020 йил 1 августга қадар:

👉 масофавий ўқитиш шаклини амалга ошириш тартиби белгиланади,
👉 дастурий-аппарат комплекси яратилади;
👉 тегишли ОТМларнинг ўқув жараёнига масофавий ўқитиш платформасини жорий этилади ва зарур бўлган ускуналар билан жиҳозланади.

Шунингдек, 2020 йилда математика, кимё-биология, геология каби йўналишларда фундаментал ва амалий тадқиқотлар фаоллаштирилиб, олимларга барча шарт-шароитларни яратиш чоралари кўрилади.

2020 йил 1 сентябрга қадар илм-фаннинг ишлаб чиқариш билан фаол интеграциялашувини таъминлаш мақсадида фундаментал ва инновацион тадқиқотлар учун мақсадли грант маблағларини ажратиш механизми тубдан қайта кўриб чиқилади.

©Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

Батафсил👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Universitet
(2-jahon urushi davri)


Abituriyent - urushga otlangan, lekin uning dahshatini hali his qilmagan ko'ngilli;

Talaba - nima uchun jang qilayotganini bilmagan askar;

Guruh sardori (starsta) - omon qolishni istaganlardan sigaret puli yig'ib, orqa safga qo'yuvchi serjant;

Guruh nazoratchisi (kuratori) - urush ketayotganini yashirmoqchi bo'lgan musiqachi leytenant;

Kafedra mudiri - askarga tanksiz bir ish chiqarolmasligini tushuntiruvchi mayor;

Dekan - tanklar yo'nalishini boshqaruvchi polkovnik;

Prorektor - qo'lga olingan tanklarni hisobdan chiqaruvchi general;

Rektor - o'zini oppoq qilib ko'rsatuvchi dushman.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Talaba qiz madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovdan o‘zi o‘qiydigan institut dekanini lavozimidan ozod etishini so‘radi.

Dekanni hamma yomon ko‘radi shekilli, zaldagilar qizning bu harakatini olqishlab turishdi.👏

P.s: Endi bu qizni o'qishdan haydavorishmasa bo'lgani. Haqiqatni gapirgani uchun

Talaba.uz|official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Forwarded from AYC TEAM (@AsianYouthConference)
​#konferensiya #xalqaro

"Asian Youth Conference"

🗓 1-2-may, 2020
📍 Toshkent shahri
👩‍🎓👨‍🎓 350 delegat, 50 nafar xalqaro delegatlar
💳Kamaytirilgan to'lov fevral oyi uchun: 135,000 so'm.

Yo'nalishlar:

🔰 Yoshlar Parlamenti O'zbek tilida 60 nafar delegat
🔰Tibbiyot O'zbek tilida 60 nafar delegat
🔰 Ekoturizm O'zbek tilida 60 nafar delegat
🔰 Raqamli Iqtisodiyot Ingliz tilida 60 nafar delegat
🔰 Ta'lim ingliz tilida 60 nafar delegat
🔰 I.T axborot texnologiyalar Ingliz tilida 25 nafar delegat
🔰 Ekoturizm rus tilida 25 nafar delegat


"Osiyo Yoshlar xalqaro anjumani" ga ro'yxatdan o'tish uchun quyidagi ma'lumotlarni yaxshilab sinchkovlik bilan o'qib chiqing!

▪️Anjuman delegatlari quyidagi huquqlarga ega bo'ladilar:

🔘 Ikki kunlik qiziqarli hamda kreativ g'oyalarga boy anjumanda qatnashish imkoniyati
🔘Xalqaro Yoshlar bilan birgalikda Loyihalar ishlab chiqish konikmalarini xosil qilish
🔘 AYC logosi asosida har bir delegat uchun maxsus sovg'alar
🔘 Har bir delegat uchun Ota-Ona nomiga Tashakkurnoma hamda Maxsus QR kodli Sertifikat
🔘 Ikki kunlik Tushlik, Ikki kunlik Picnic Time
🔘 "Yoshlar Karnavali" ijtimoiy bazmi
🔘 "Disco show"
🔘 "Muzqaymoqlar ulashamiz" nomli qisqa tanaffus vaqti
🔘 Toshkent shahar bo'ylab sayohat

▪️Eng yaxshi Loyihalar yaratgan guruhlar uchun:

🥇Maxsus Kubok hamda 1,000,000 so'm pul mukofoti(guruh bo'yicha)
🥈Ikkinchi darajali diplom hamda 800,00 so'm pul mukofoti (guruh boyicha)
🥉Uchinchi darajali diplom hamda 700,000 so'm pul miqdori (guruh bo'yicha)

▪️Nominatsiyalarda qatnashish imkoniyati:

✅Eng yaxshi delegat nominatsiyasi bo'yicha har bir yo'nalishdan bittadan bir martalik "AYC Prezidenti Stipendiyasi" ga sazovor bo'ladilar
✅Eng yaxshi Viderolik
✅Eng yaxshi maqola
✅Eng yaxshi rais nominatsiyalari uchun maxsus sovg'alarga ega bo'ladilar

✍Ro'yxatdan o'tish uchun: @AsianYF ga telegram orqali yoki +998907881202


@AsianYouthConference
Join us👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFTX5dl-gUH1QHivAw
#Расмий

Тўлов-контракт маблағларини тўлаш муддати жорий йилнинг 20 мартига қадар узайтирилди

Ўзбекистон Республикаси таълим муассасаларига ўқишга қабул қилиш бўйича Давлат комиссиясининг 2020 йил 28 февралдаги 13-сон баёни билан 2019/2020 ўқув йилининг биринчи ярим йили учун тўлов-шартнома шартларини бажариш муддати узайтирилди.

✅ Унга кўра, 2019/2020 ўқув йилида:

👉 ОТМлар бакалавриат таълим йўналишлари (кундузги, сиртқи, кечки, махсус сиртқи таълим шакллари)га ҳамда магистратура мутахассисликларига тўлов-контракт асосида талабаликка тавсия этилган (шу жумладан, табақалаштирилган тўлов-контракт асосида ўқиш истагини билдирган) абитуриентлар;

👉 ўқиши кўчирилган ва қайта тикланган талабалар;

👉 хорижий фуқаролар ўқиши учун тўлов-контракт маблағларини биринчи ярмини ўтказиш ва уларни талабалар сафига қабул қилишни расмийлаштиришнинг сўнгги муддати 2020 йил 20 март (шу куни ҳам киради) этиб белгиланди.

Батафсил👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ingliz tiliga qiziqadiganlar uchun ajoyib yangilik ! 😳

Ingliz tilini qanday o'rganishni bilmayapsizmi? Unda ushbu kitoblar to'plami aynan siz uchun. Endi siz uydan chiqmay turib ham ingliz tilidagi kitoblarni o'qish orqali o'z darajangizni oshirishingiz mumkin !

Kitobni sotib olish uchun 7ta sabab ☺️

1) Juda arzon narxlarda 🤑
2) O'rganish uchun ko'plab qulayliklarga ega 😎
3) Kitoblarning audio varianti ham taqdim etiladi 🤩
4) Yangi so'zlarni yodlash uchun qulayliklar, notanish so'zlarni yozib qo'yish uchun maxsus joy 😍
5) Har bir bob so'ngida mustahkamlovchi savol va javoblar to'plami 🤓
6) Dunyo tan olgan eng mashhur va qiziqarli asar va ertaklar to'plami 🤗
7) Asosiysi, ketgan vaqtingizga umuman afsuslanmaysiz 😇

Ta'lim muassasalarini hamkorlikka taklif qilamiz🤝

Murojaat uchun: +998977776778

Talaba.uz|official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​Qalblarni larzaga solgan maktub...

Singapurdagi maktab direktori o‘quvchilarning ota-onalariga butun internet foydalanuvchilarini o‘ylantirib qo‘ygan maktubni bitdi. Unda rahbar hattoki eng qaysar ota-onaning qalbiga yo‘l topa oluvchi juda muhim haqiqatlarni bayon qilgan. All Singapore Stuff nashri ana shu xatni taqdim etdi.

«Qadrli ota-onalar, tez kunlarda farzandlaringizning imtihonlari boshlanadi. Ularning imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tishlaridan xavotirda ekanligingizni yaxshi bilaman.

Biroq, iltimos, yodingizda bo‘lsin: bu imtihonda o‘quvchilar orasida matematikani batafsil tushunish zarurati bo‘lmagan rassom, tarix va adabiyot fanlariga ehtiyoji yo‘q tadbirkor, kimyo fani kerak bo‘lmagan musiqachi, shuningdek fizikadan ko‘ra jismoniy tarbiya fani muhim ahamiyat kasb etuvchi sportchi bo‘ladi.

Farzandlaringiz yaxshi baho olishsa, juda yaxshi, albatta. Biroq siz kutganingizdek bo‘lmasa, ularni o‘ziga bo‘lgan ishonch hissidan mahrum qilmang.

Bolalarga hammasi yaxshi, bu shunchaki imtihon ekanini ayting. Ular hayotda undan-da ahamiyatli narsalar uchun yaralishgan.

Iltimos, shunday qiling va ularning dunyoni zabt etishini kuzating. Birgina imtihon yoki past baho ularning orzusi va iste`dodini olib qo‘ymaydi.

Eng ezgu tilaklar bilan, maktab direktori».


Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolari davlat granti asosida o'qishga qabul qilinadi!

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 914-son qarorida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolariga tavsiyanomalar berilishi va ta’lim muassasalariga imtiyozli qabul qilinishi belgilangan.

Mazkur qarorga muvofiq:
- tavsiyanomalar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tizimidagi sardorlarga, boshlang‘ich tashkilotlardagi yo‘nalish yetakchilariga, ikki yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan fidoyi yoshlarga beriladi;
- tavsiyanomalarga ega bo‘lgan yoshlar doimiy yashash joyidagi oliy ta’lim muassasalarining pedagogika ta’lim yo‘nalishlariga tanlovdan tashqari test sinovlarisiz va kasbiy (ijodiy) imtihonlarsiz davlat grantlari asosida o‘qishga kirish imtiyoziga ega bo‘ladi;
- tavsiyanomalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bir nafardan (jami 14 nafat) yoshlariga taqdim etiladi.

Nomzodlar tavsiyanomaga ega bo‘lish uchun quyidagi uch bosqichda saralab olinadi:

1-bosqich
— O‘zbekiston Respublikasining tuman va shaharlarida tuman (shahar) komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
2-bosqich — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida hududiy komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
3-bosqich — yakuniy bosqich bo‘lib, respublika komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Respublika komissiyasi tanlov natijalariga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bir nafardan (jami 14 nafar) eng munosib yoshlar ro‘yxatini tasdiqlaydi hamda 10 kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasiga taqdimnoma kiritadi.

✳️ Tavsiyanoma faqat taqdim etilgan yil uchun amal qiladi.
❕Tavsiyanomalar O‘zbekiston Respublikasida joylashgan xorijiy oliy ta’lim muassasalariga tatbiq etilmaydi.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 914-son qarori.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tezkor
#SamDu

Hozirgina @TalabaUz_MurojaatBot imizga obunachimiz tomonidan video kelib tushdi.

O'qishni qo'shni davlatdan perevod qilayotgan talabalarning ota-onalari
Samarqand davlat universitetida sarsonlikda
..

"Qo’shni davlatdan o’qishlarini (perevod ) ko’chirib kelayotgan talabalar va ularning ota-onalari. Ayrim hujjatlarda yolg’ondan kamchiliklar xaqida o’ylab topib qaytarishmoqda va rektor bilan uchrashmoqchi bo’lishganimizda ular rektorning bunaqa mayda chuyda narsalarga vaqti yo'qligini prorektorga borishimizni aytishdi prorektor esa men qabul qilmayman sizlarni meni qabul qiladigan vaqtim bor deb eshikni urib yopib qo'ydi bu yerda 20-30 odam kelganmiz iltimos desak ham kirgizishmadi xonasiga xattoki eshitishni xam xoxlashmadi.
15- martda qabul tugaydi odamlar Qozog’iston Tojikiston Qirg’iziston davlatlariga borib kelaverib charchadi"


Mutasaddilarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Bir kuni geografiya o‘qituvchisi globusni ko‘rsatib:⠀
— Soliyev, Afrika qani? - des
Soliyev:⠀
— Men olmadim ustoz - debdi.⠀
O‘qituvchi yana so‘rabdi:⠀
— Soliyev Afrikani menga topib ber!⠀
Soliyev:⠀
— Ustoz rostini aytyapman, men olmadim.⠀
Shunda o‘qituvchi:⠀
— Bor, dadangni chaqirib kel! - debdi.
Dadasi kelgach:⠀
— O‘g‘lingizga Afrikani ko‘rsat, qani deb so‘rasam, men olmadim deydi. Bunga nima deysiz? - debdi.⠀
Dadasi o‘g‘liga o‘girilib:⠀
— O‘g‘lim, olgan bo‘lsang, qaytib ber! - dermish.
Aqldan ozay degan ustoz ota-bolani qo‘shnisini ko‘chada ko‘rib qolibdi-da, bo‘lgan voqeani gapirib bersa, qo‘shnisi:⠀
— O‘zi bular shunaqa, olgan narsasini qaytarib berishmaydi - dermish. 😂😂😂

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tezkor

Toshkent shahridagi Respublika xotin qizlar qo'mitasi ZULFIYA nomidagi davlat mukofotiga tasdiqlangan qizlarni yashirincha tayyorlashmoqda. Vaholanki qaror tasdiqlanishi bilan OAV keng yoritilishi kerak edi. Lekin ishtirokchilar ham kim olganini bilmaydi.

PS: AFSUSKI XALI XAM KORRUPSIYA VA TANISH BILISHCHILIKLAR BO'LYAPTI.😏

Mutasaddilarga yuboramiz👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#NDPI (Nukus Davlat pedagogika instituti)

Biz an'analarimizga sodiq qolgan holda ota - bobolarimiz o‘qigan partalarda òqiyapmiz 😅

"Ha deb tanqid qilaverma, hammasi ham birdaniga bo'lavermaydi" degan gaplarni yana 100 yillar ishlatamizmi?🤔

Mutasaddilarga yuboramiz👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
— Xotin, bayraminga nima oberay?
— Oʻz qo‘lingiz bilan tayyorlangan narsani o‘zi yetadi!

#8mart

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
“Talaba.uz” telegram kanalida tarmoqqa joylashtirilgan “O'qishni qo'shni davlatdan perevod qilayotgan talabalarning ota-onalari Samarqand davlat universitetida sarsonlikda..” sarlavhali videotasvirli xabarga RADDIYA

Batafsil: http://samdu.uz/news/547

Talaba.uz|official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​O‘zbekiston koronavirus yo‘q bo‘lgan eng go‘zal 19 mamlakat ro‘yxatiga kiritildi

O‘zbekiston The Telegraph nashri tomonidan koronavirus yo‘q bo‘lgan eng go‘zal 19 mamlakat ro‘yxatiga kiritildi.

Britaniyaning nufuzli The Telegraph nashri koronavirus mavjud bo‘lmagan eng chiroyli 19 ta mamlakatning reytingini tuzib chiqdi. Mazkur reytingda O‘zbekiston 14-o‘rinni egalladi.

The Telegraph ro‘yxatida O‘zbekiston hududi jihatdan Ispaniyadek keladigan kattaligi va go‘zalligi bilan ajralib turadigan mamlakat sifatida tavsiflangan. Uchta diqqatga sazovor tarixiy shahar - Buxoro, Xiva va Samarqand alohida tilga olingan.

Koronavirus mavjud bo‘lmagan, dunyoning eng chiroyli 19 mamlakati:

Argentina
Namibiya
Kuba
Turkiya
Mo‘g‘uliston
Madagaskar
Peru
Maldiv orollari
Malta
Laos
Botsvana
Janubiy Afrika
Chili
O‘zbekiston
Polsha
Kolumbiya
Vengriya
Boliviya
Tanzaniya

Talaba.uz|official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Ogohlik-davr talabi!😜😷

Ogohlantiramiz barchani😬👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
TATUda yangi mutaxassislik yo‘nalishi ochilishi mumkin.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida «Kosmik aloqa va tizimlar injiniringi bo‘yicha yangi ta’lim dasturlari — SPACECOM» ERASMUS+ loyihasining birinchi seminar-uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar SPACECOM loyihasining maqsadi va kutilayotgan natijalar bilan tanishib chiqishdi. Shuningdek, loyihani amalga oshirishdagi jamoaviy ishlarni olib borish bo‘yicha muzokaralar tashkil qilindi.

Loyihadan kutilayotgan asosiy natijalar esa quyidagilar:

kosmik texnika va texnologiyalar sohasida yangi magistratura mutaxassisligini tashkil qilish;

kosmik texnika va texnologiyalar sohasida magistratura mutaxassisligi uchun yangi o‘quv dasturlarni ishlab chiqish;

kosmik texnika va texnologiyalar sohasida o‘quv-ilmiy tadqiqot laboratoriyasini tashkil etish;

TATU va uning filiallaridagi professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish;

yangi o‘quv va o‘quv-metodik qo‘llanmalar yaratish.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, loyiha ishtirokchilari — TATU, Berlin texnika universiteti (Germaniya), Sarbona universiteti (Fransiya), Artesis-Plantijn University of Applied Sciences (Belgiya), Sofiya texnika universiteti (Bolgariya), EXOLAUNCH (Germaniya), Coursento (Germaniya), TATU Qarshi filiali, TATU qoshidagi pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi, Farg‘ona politexnika instituti, Toshkent davlat texnika universiteti, O‘zbekiston milliy universiteti, O‘zR FA huzuridagi Astronomiya institutlari hisoblanadi.

Talaba.uz|official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
— Kimning tugʻilgan kuni ekan?
— Nima farqi bor?!

Talaba.uz|official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA