Talaba.uz | Ta'lim portali
5.49K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
- Қаёққа кетяпсан Матқовул?
- Ғиз этиб бозорга ўтиб келай...😅


Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Iltimos eshikni yop. 😂🤭

Sizda ham shundaymi? 🤔

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Ilon Maskdan muvaffaqiyatingiz kaliti nimada deb so’rashganda, u judayam oddiy javob beradi.

«Men ko’p kitob o’qiyman».

ILON MASKNI ILHOMLANTIRGAN 14 KITOB

1. Uzuklar hukmdori. J.R.R. Tolkien
2. Koinotda avtostop bilan
3. Benjamin Franklin. Biografiya. Uolter Aysekson
4. Eynshteyn. Uning hayoti va olami U. Aysekson
5. Konstrukciyalar yohud narsalar nimaga buzilib ketmaydi. J. Gordon
6.’Ignition!: An Informal History of Liquid Rocket Propellants’J.D.Klark
7. ‘Sun’iy (super) aql. Bosqich, tahlika va strategiyalari’. Nik Bostrom
8. ‘Noldan birgacha.Startaplardan bitiklar yohud kelajakni qanday o’zgartirish mumkin’. Piter Til
9. ‘Hovard Hyuz. Uning hayoti va fojeaviy yakuni’. Donald Barlett va Jeyms Stil
10. ‘Shubha savdogarlari’. Naomi Orestes va Erik Konuey
11. The ‘Foundation’ trilogiyasi. Ayzek Azimov
12. ‘Oy — shafqatsiz mezbon’. Robert Haynlayn
13. ‘Madaniyat’ seriyali kitob. Ien M. Benks.
14. ‘So’nggi ixtiro’. Jeyms Barrat.Ilon

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​#Ректор_минбари

Масофавий таълим – давр талаби

Обиджон ҲАМИДОВ
, Бухоро давлат университети ректори:

- Мамлакатимизда олий таълим тизимида онлайн ва масофавий ўқитиш махсус сиртқи таълим шаклида ҳамда қайта тайёрлаш ва малака ошириш курсларида қўлланилаётганлигига ҳали кўп бўлгани йўқ. Шу нуқтаи назардан бизда бу борада катта тажриба тўпланган, деб бўлмайди.

Масофавий таълим кўпчилик олий таълим муассасалари қатори университетимиз учун ҳам илк тажриба. Одатдаги шароитда бунга узоқ муддат ҳар томонлама тайёргарлик кўрилади. Бироқ ҳозир кутиб турадиган вақт эмас. Талабаларга ўқув маълумотларини етказиб бериш, уларнинг саволларига жавоб бериш, талабалар бажарган топшириқларни текшириш ва баҳолашдан ташқари уларни психологик қўллаб-қувватлаш каби масалаларни ҳам самарали ҳал қилишимиз лозим.

Онлайн ва масофали ўқитиш учун авваламбор бир қанча шартлар бажарилиши керак. Буларнинг энг биринчиси интернет алоқасининг мавжуд бўлиши ва бошқа техник шарт-шароитлар ҳисобланади. Университетда ҳозирги вақтда умумий интернет тезлиги 300 Мб/с ни ташкил қилади ҳамда бу маълумотларнинг асосий қисми олий таълим муассасидаги серверларда жойлаштирилганда ҳам нормал ахборот алмашинувини йўлга қўйиш имконини беради.

Батафсил: https://edu.uz/uz/news/view/2052

Бухоролик талабларга юборамиз😊👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Ovchi va qushlar.

Bir ovchi daraning chekkasiga to‘rdan tuzoq qo‘yibdi. To‘r tagidagi don-dunlarga aldangan bir to‘da qushlar tuzoqqa ilinib qolibdi.
Ovchi to‘r tuzoqlaridan xabar olgani kelsa, unga ilingan qushlar gurr etib, to‘rni ham ko‘tarib, uchib ketishibdi. Qushlarning bir tan, bir jon bo‘lib, ustiga-ustak, to‘r tuzoqni ham ko‘tarib uchishlariga lol qolgan ovchi orqalaridan quva boshlabdi.
Yo‘lda bir odamga duch kelibdi. Ovchidan nega buncha hovliqib chopayotganini so‘rabdi. Ovchi esa, osmonda uchib borayotgan qushlarni ko‘rsatib, ularni tutmoqchi ekanini aytibdi. Haligi odam kulibdi:
– Senga Alloh aql bersin, hech jahonda uchib ketayotgan qushlarga yugurib yetib bolarkanmi? – debdi.
Ovchi:
– Yetsa bo‘ladi, – debdi. – Tuzoqda bittagina qush bo‘lsa edi, yeta olmasdim, ammo, ko‘rib turibsanki, ular ko‘p. Shuning uchun yetib olaman.

Ovchi aytgandek bo‘libdi. Oqshom tushib, osmon ham qorong‘ulashgani sari qushlarning har biri o‘z uyasiga ketmoqchi bo‘libdi. Birlari tuzoqni o‘rmonga tortsa, boshqalari ko‘l tomon tortar emish. Ba’zilari tog‘ga, yana boshqalari changalzorga talpinarmish. Oqibatda hech qaysisining aytgani bo‘lmabdi. Tuzoqqa o‘ralib, hammasi yerga qulabdi.
Ovchi kelibdi-da, ularning hammasini tutib olibdi.
Bechora qushlar “Birlashgan o‘zar, birlashmagan to‘zar”, degan maqolni bilganlarida edi, hammalari bir tomonga uchar va ovchi qo‘liga tushmas edilar.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Forwarded from Talaba.uz | Ta'lim portali
#sörovnoma

Assalomu alaykum, hurmatli talabalar!

Bugun #koronavirüs pandemiyasi barchaning diqqat markazida turgan global muammodir.

Ushbu infeksiyaga qarshi kurashda kasallik haqidagi ma'lumotlardan aholining xabardorligi juda muhim hisoblanadi.

Buning uchun esa infeksiya haqidagi xabarlar, ma'lumotlar va tavsiyalarning barcha uchun tushunarli bo'lishi muhimdir. Shu maqsadda "Koronavirus Info" Telegram-kanali misolida xabar va tavsiyalarning sifati, tushunarlilik darajasini aniqlash uchun ushbu anketa savollarini tuzib chiqdik.

Sizlardan savollarni diqqat bilan o'qish hamda xolis javob berishingizni iltimos qilib qolamiz.

Barchangizga sog'lik tilab, karantin vaqtida uyda qolishingizni so'rab qolamiz. E'tiboringiz va befarq bo'lmaganingiz uchun katta rahmat!

Anketa savollari quyidagi havolada:⤵️
https://forms.gle/sZQ3PCL1jzVocHvs6

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Qanday qilib pul tanqisligini o‘ylamay turib ham quvonib yashash mumkin?

Pul, pul, pul... U haqidagi o‘ylar ba’zida insonni aqldan ozdirib qo‘yadi. U ayrimlarning hayot mazmuni! Pul tugab borayotganini sezgan inson hatto quvonchini yo‘qotib qo‘ygandek bo‘ladi. Shunday emasmi?
Biroq inson hayotida eng muhimi pul bo‘lmasligi kerak, deydi dunyo psixologlari. To‘g‘ri, pulsiz yashab bo‘lmaydi, ammo unga qattiq bog‘lanib qolish xato! Dunyoda pulga sotib olib bo‘lmaydigan, pul bilan ham erishib bo‘lmaydigan narsalar bor... Ushbu maqolada pul sarflashdan va yoqotishdan qo‘rqmay yashash va hayotdan bahra olish haqida suhbatlashamiz...

1. Yuz so‘ming bo‘lmasin, ammo yuzta do‘sting bo‘lsin!

Ushbu fikrda haqiqatdan ham jon bor! Muvaffaqiyatga eltuvchi eng yoqimli yo‘l bu do‘stlarning quvvat-quvvatlashidir. Yaxshi inson bo‘lsangiz, atrofingizni doim yaxshilar qurshaydi. Shunda pulingiz kamayib borayotganligini ham sezmaysiz, ham qo‘rqmaysiz. Yaxshi do‘stlar yaxshi-yomon kuningizda yoningizda turadi. Cho‘ntagingizda pul kam bo‘lsa ham, yaxshi do‘stlar mo‘may daromad keltiradigan ishni topishga ko‘maklashadi, kerakli yo‘l-yo‘riqlarni ko‘rsatishadi. Do‘stsiz boshim, tuzsiz oshim, deganlaridek, yaqin do‘stlar bilan hayot ta’mi lazzatli bo‘ladi.

2. Nostandard pul topish yo‘llarini toping.

“Pul yo‘q”, deb nolib o‘tirishdan foyda ham yo‘q! Ish yo‘q, pulni qayerdan olaman, deb harakatsiz o‘tirish sizga hech qachon daromad keltirmaydi. Internet rivojlangan bir davrda ish topolmaslik bu uyat! Ish topishga ko‘maklashuvchi istagan saytni ochingda, o‘zingizga to‘g‘ri kelganini toping. Qo‘limdan bu ish kelmaydi, deb o‘tirish eng yomoni! O‘zingizni sizga hali notanish bo‘lgan sohalarda ham sinab ko‘ring. Balki, omadingiz kelar va bu sizga daromad keltirar. Axir siz nima bo‘lishini bilmaysizku! Ko‘z qo‘rqoq, qo‘l botir! Hamma ish qo‘lingizdan keladi, faqat xohish bo‘lsa bas.

3. Pulga emas, baxt sari harakat qiling.

Pul siz uchun nima? Ayrimlar uchun bu baxt so‘zining ma’nodoshi! Aslida esa, pul baxtga erishish uchun vosita. Uning yordamida yaxshilik yoki yomonlik qilishingiz mumkin. Ulardan qay birini tanlash vositaning qanday inson qo‘lida ekanligiga bog‘liq.
Birgina pul baxt sari yetaklamaydi. O‘ylab ko‘ringchi, sizni nima baxtli qila oladi? Muhabbatmi? Uni ham pulga sotib olib bo‘lmaydi-ku! Yoki, sayohatmi? Balki bilimdir? Nimani tanlashingizdan qat’iy nazar pulning kamlik qilishi kulfat emas! Agar insonda aql ustunlik qilsa, u istagan narsasiga erisha oladi.

4. Reja qilishni o‘rganing.

Qo‘lingizga qog‘oz va ruchka oling. Endi butun bir hafta davomida bajarish kerak bo‘lgan yumushlaringiz ro‘yxatini yozib chiqing: uyqu, jismoniy mashq, uy ishlari, ishxona, o‘qish vaboshqalar... Ayrimlar divanda yotib olgancha, ortiqcha say-harakatlarsiz boylik haqida hayol surishadi. Ishoning, hayolning o‘zi bilan boylik topa olmaysiz! Real hayotda qo‘l va aql bilan ishlasangizgina boylik qo‘lingizga keladi. Har doim shunday bo‘lgan va bo‘ladi ham...

Manba: Xabardor.uz

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Самарқанд давлат тиббиёт университети ташкил этилиши мумкин.

Самарқанд давлат тиббиёт институти негизида тиббиёт университети ташкил этилиши мумкин. Самарқанд вилояти саломатликни тиклаш шифохонаси негизида Реабилитология ва спорт тиббиёти илмий тадқиқот институти ташкил этилиши кутилмоқда.

Самарқанд давлат тиббиёт институти негизида Самарқанд давлат тиббиёт университетини ташкил этилиши мумкин. Ушбу таклиф Соғлиқни сақлаш вазирлиги томонидан муҳокамага жойлаштирилган президент қарорининг лойиҳасида билдирилган.

Лойиҳага кўра, Самарқанд давлат тиббиёт институти биринчи ва иккинчи клиникалари негизида Университет клиникаси ташкил этилади.

Самарқанд вилояти саломатликни тиклаш шифохонаси негизида Реабилитология ва спорт тиббиёти илмий тадқиқот институти ташкил этилиши кутилмоқда.

Университет клиникаси бош шифокори, Реабилитология ва спорт тиббиёти илмий тадқиқот институти директори Университет илмий кенгашининг тақдимномасига кўра, Ўзбекистон Республикаси соғлиқни сақлаш вазири томонидан лавозимга тайинланади ва лавозимдан озод этилади.

Университет, унинг ўқув бинолари, клиникалари ва симуляцион марказларининг моддий — техник базаларини такомиллаштириш учун, хорижий давлатларда ишлаб чиқариладиган ўқув жиҳозлар, тиббий асбоб — ускуналар ва қурилмалар, илмий — лаборатория жиҳозлари ва бошқа моддий — техника ресурслари келтиришида божхона тўловларидан ҳамда барча турдаги солиқлардан ва мажбурий ажратмалардан 2025 йилнинг 1 январигача озод этилиши таклифи билдирилган.

Маълумотга кўра ушбу ташаббус Ҳаракатлар стратегияси ҳамда Олий таълим тизимини ривожлантириш концепциясида назарда тутилган «Университет 3.0» ислоҳотларининг қисми ҳисобланади.

Олдинроқ, Ўзбекистонда тиббиёт соҳасидаги кадрларни тайёрлашга оид президент қарори имзоланган эди.

Батафсил 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Mushukni topinglar 👆😁

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida inspektor lavozimi joriy etilish taklif qilindi

Батафсил👇

https://bit.ly/3a3cSxw

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Контракт суммасини мобил телефондан тўлаш усули.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Янги Ўзбекистон иқтисодиётининг макроиқтисодий барқарорлигини таьминлаш: муаммолар, таҳлиллар ва натижалар

Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги, Иқтисодий тараққиёт ва камбағалликни қисқартириш вазирлиги, Тошкент Давлат иқтисодиёт университети, Прогнозлаштириш ва Макроиқтисодий Тадқиқотлар Институти ва Research Support Center (Илмий тадқиқотларга кўмаклашиш маркази) ҳамкорлигида республика миқёсида онлайн конференция ўтказишни режалаштирилганлиги ҳақида хабар берган эдик.

Профессор-ўқитувчилар ва тадқиқотчилар томонидан мазкур Конференцияга қизиқиш юқорилигини, қисқа муддат ичида кўплаб тезислар келиб тушаётганлигини инобатга олган ҳолда, тақдим қилинаётган тезисларнинг сифатини ошириш, илмий тадқиқотчилар ўртасида рақобатни шакллантириш ва уларни рағбатлантириш мақсадида:

👉 ҳайъат аъзолари қарорига кўра ҳар бир шуъба бўйича энг яхши ёзилган тезислар муаллифларига ташкилотчи вазирликларнинг махсус ДИПЛОМлари топширилади;

👉 конференция тўпламида тезислари чоп этилган ҳар бир муаллифга ташкилотчилар томонидан сертификатлар берилади;

👉 конференция якунлари бўйича илмий асосланган энг яхши таклифлар Иқтисодий тараққиёт ва камбағалликни қисқартириш вазирлигига кўриб чиқиш учун тақдим қилинади.

Тезисларга қўйиладиган талаблар билан танишиш - https://t.me/researchsupportcenter/54

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Озиқ-овқат маҳсулотларини харид қилиш бўйича тавсиялар

Бош прокуратура ҳузуридаги Департаментнинг Қашқадарё вилоят бошқармаси ва вилоят прокуратураси, Давлат санитария эпидемиология назорат маркази ҳамкорлигида тайёрланди.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Иш ҳақи, пенсия, стипендия ва бошқа тўловлар 100 фоиз пластик карталарга ўтказилади

Ҳозирги кунда нақд пул коронавирус инфекцияси тарқалишининг манбаларидан бири бўлиб қолмоқда.

Шунга кўра, мамлакатимизда коронавирус инфекцияси тарқалишининг олдини олиш, санитария-эпидемиологик осойтишталикни таъминлаш, карантин даврида иш ҳақи, пенсия, нафақалар, стипендия ва бошқа тўловларни 100 фоиз пластик карталар орқали тўлаш тизимига ўтилмоқда.

Бундан ташқари, савдо ва хизмат кўрсатиш объектларида тўлов терминалларининг узлуксиз ишлаши таъминланиши назорат қилиб борилади.

Бизни кузатишда давом этинг👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ОТМ_янгиликлари

ТерДУ профессор-ўқитувчилари вилоят телеканали орқали талабаларга дарс ўтмоқда

Термиз давлат университети ва "SURXONDARYO" телеканали ҳамкорлигида талаба-ёшлар учун “Теледарс” лойиҳаси йўлга қўйилди.

Ҳар куни 17:00дан бошлаб "SURXONDARYO" телеканалида университет профессор-ўқитувчилари иштирокида барча фанлардан телевизион дарслар эфирга узатилмоқда.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Ўзбекистон мусулмонлари идораси Уламолар кенгашининг Рамазон ойини ўтказиш ҳақидаги БАЁНОТИ

➡ https://bit.ly/2VoVwpn

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#tavsiya

Zo‘r bo‘ling, o‘zingiz hurmat qiladigan insonlar oldida tekinga qadriyat berib xizmatini qiling, shunda Siz kattaroq narsa olasiz.

✍ Hasan Mamasaidov

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA