#tavsiya
Zo‘r bo‘ling, o‘zingiz hurmat qiladigan insonlar oldida tekinga qadriyat berib xizmatini qiling, shunda Siz kattaroq narsa olasiz.
✍ Hasan Mamasaidov
Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA

2020 йил 14 апрель соат 10:00 ҳолатига кўра, Ўзбекистонда коронавирус инфекцияси қайд этилганлар сони 1054 нафарни ташкил қилмоқда.
Oliygohlarga kirish imtihoni bo‘lmaydimi?
So‘nggi kunlarda menga juda ko‘p odamlar: oliygohlarga kirish imtihonlari qoldirilar ekan, bu yil shunaqa kvota berilar ekan degan gaplar rostmi? - deya murojaat qilishmoqda. Men ham bu mavzuni yaxshilab o‘rganib chiqdim. Hurmatli dangasa, ishyoqmas, piyonista abituriyentlar! (Shurik kinosidan ☺️) Sizlarni xursand qiladigan yangilim yo‘q, chunki siz o‘ylab yurgan xomxayollar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Buni quyidagi omillar bilan isbotlab beraman:
1. Respublika miqyosida yiliga BIR MILLION abituriyent oliygohlarga hujjat topshiradi, oliygohlarimiz esa yiliga 100 000 talabani qabul qilishga imkoniyati bor. Yana 900 000 talabaga o‘quv xonalari, yotoqxonalar, o‘qituvchilar yetkazib berish uchun bitta karantin aniq kamlik qiladi.
2. Keyingi yildan bir abituriyent bir vaqtning o‘zida OLTITA oliygohga hujjat topshirishiga ruxsat berilishi ko‘zda tutilmoqda, o‘tgan yili uchta edi. Bundan kelib chiqadiki, endi past balli oliy o‘quv yurtlarida ham raqobat ancha kuchayadi. Mobodo unisiga kirolmasam, bunisiga kiraman degan xomxayollarni yig‘ishtiring. Chunki ko‘pchilik abituriyentlar uyida o‘tirib tayyorgarlikni kuchaytirmoqda, oldin maktab, kollej, lisyey o‘quvchilarida tayyorlanishga kam vaqt qolar edi va ko‘p vaqtini o‘zlari tahsil oladigan o‘quv muassasasiga borish va uyerdagi darslarda ishtirok etish uchun sarflar edi. Hozir ularda ham tayyorgarlik ko‘rish uchun ancha yaxshi imkoniyat yaratildi.
3. Karantin sababli bolasini chet elga jo‘natmoqchi bo‘lgan ota-onalarda ham hadik paydo bo‘ldi, chet elga o‘qishga ketgan talabalarning ham ko‘pchiligi qaytib keldi, endi chet elga o‘qishga jo‘natish qo‘rquvi yaqin ikki yil ichida yo‘qolmaydi, endi chet el oliygohlariga kirish uchun tayyorgarlik ko‘radigan o‘quvchilarning ham mahalliy universitetlarga topshirish ehtimoli kuchayadi. Qarabsizki, yana raqobat ortadi.
4. Karantindan chiqqan ko‘pchilik oilalar qiyin ahvolga tushadi va oldingidek super kontrakt qancha ekan, mana biz to‘laymizda deydigan boyvuchchalar ham sal uyoq-buyog‘iga qarab gapiradigan bo‘lib qolishadi, bu degani raqobat yanada kuchayadi. Hamma iloji boricha pul sarflamasdan o‘qishga kirish payiga tushadi. Karantin yana ikki oy davom etsa, otangiz ham, o‘g‘lim, sharoitingni o‘zing qilaver, yaxshilab tayyorlanaver, hozir ro‘zg‘ordan pul orttirishim qiyinroq deganini o‘zi ham bilmay qoladi.
Ana shunaqa gaplar, har kim gapirgan gapga ishonib ketavermang, sal mantiqni ishlatib o‘ylab ko‘ring. Birov tomdan tashla desa, tashlab yuboravermang.
Manba: TentakMinds

Tafakkur qiling!
Yong‘oq qurti o‘zi sig‘adigan teshik ochib, yong‘oqni ichiga kirib mag‘zini yeydi. Yegan sari to‘yib semiradi. Yong‘oq ichida hech nima qolmagach, tashqariga chiqishga harakat qiladi. Tabiiyki, chiqa olmaydi. Chunki teshik kichkina u esa semirib ketgan. Eng yomoni esa yong‘oq oftobda qurib yanada kichraya boshlaydi. Teshikni esa kengaytirish imkoni qolmaydi. Birgina chora ochlik va ozish. U majburlikdan ozib eski zaif holiga keladi va qaytib tashqariga chiqadi.
Chiqqanda esa mavsum tugagan. Qurigan yong‘oqlardan boshqa hech narsa qolmagan bo‘ladi. Ba’zilar ham xuddi shunday yashaydi. Tafakkur qiling!

Уйда қолган талаба нима билан банд?
Отабек Бозоров, Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бошқарма бошлиғи:
Ассалому алайкум!
Яхшимисиз? Соғ-омон, зерикмай ўтирибсизми?
Тўғрисини айтсам, бундай вақтда нимани ёзишни ҳам билмай қолар экансан. Ёзмай десанг, одам ўзини худди бир чеккада қўл қовуштириб ўтиргандек ҳис қилади. Уйдаги альбомни варақлаб, талабалик давримизни эсладик.
Олтин давр воқеаларини эслаб ўтирган эдим, бирдан хаёлимга “Ўзи бугун талабалар нима билан банд экан?” деган савол келди. Шу сабаб бўлиб, уларнинг нима қилаётганини кўрсатиб берадиган видеолавҳалар тайёрлаб, битта телеграмм каналига жойлаб бориш керак деган фикр туғилди.
Олий таълим муассасаларидаги масъулларга эълон юбордик. Барака топишсин. Биринчи куннинг ўзида 100 дан ортиқ видеолавҳа келиб тушди. Бугун эса уларнинг сони кунига 500 тадан кам эмас.
Ана шу талабалар кундалигидан айримларини сиз билан ҳам бўлишгимиз келди. Ахир, видеони юклаб олиб кўришга мегабайт сарфлагандан кўра, матнни ўқиган ҳам маъқулми, дейманда, а лаббай?
Батафсил: https://edu.uz/uz/news/view/2044
Дўстларга улашинг👇👇

#ОТМ_янгиликлари
Тошкент давлат педагогика университети ректори минглаб талабаларни қизиқтираётган саволларга жавоб берди
Олий ва ўрта махсус таълим вазири Иномжон Мажидов бошчилигида 13 апрел куни соат 15:00 да республикамиздаги барча ОТМлар ректор ва проректорлари иштирокида онлайн тарзда видеосеминар ўтказилди.
Видеосеминар масофавий таълим назоратини олиб бориш механизмлари мавзусига бағишланди. Вазир томонидан барча ОТМлари ректор ва проректорларига ОТМларда масофавий таълим жараёнини ташкил этиш бўйича тегишли кўрсатма ва таклифлар берилди.
Видеосеминарда иштирок этган ТДПУ ректори Алишер Умаров масофавий таълимга бағишланган онлайн учрашув якунига етиши билан “Yangi Davr” информацион дастури ижодкорларига онлайн интервью берди.
ТДПУ ректори интервью давомида вазир бошчилигида ўтказилган видеосеминар тафсилотлари, олий таълим тизимидаги янгиликлар, Т-университет лойиҳаси, университетда масофавий дарслар, маънавий-маърифий, илмий ва молиявий йўналишларда амалга оширилаётган ишлар ҳақида атрофлича маълумот берди.
Интервьюни томоша қилиш: https://www.youtube.com/watch?v=m1eWsbLPrjM.

YouTube
ТДПУ ректори минглаб талабаларни қизиқтираётган саволларга жавоб берди
Олий ва ўрта махсус таълим вазири Иномжон Мажидов бошчилигида 13-апрел куни соат 15:00 да республикамиздаги барча ОТМлар ректор ва проректорлари иштирокида онлайн тарзда видеосеминар ўтказилди. Видеосеминар масофавий таълим назоратини олиб бориш механизмлари…
#ОТМ_янгиликлари
Самарқанд давлат чет тиллар институти профессор-ўқитувчилари иштирокида инглиз тилидан телевизион дарслар бошланди
Самарқанд давлат чет тиллар институти ва "Samarqand" телеканали ҳамкорлигида янги лойиҳа амалга оширилмоқда.
Институт профессор-ўқитувчилари инглиз тилини ўрганишни хоҳловчи барча ёшдагилар учун мўлжалланган “Инглиз тилини бошланғич даражада ўрганувчилар учун” теледарсини олиб боришмоқда.
Теледарсларни сифатли ташкил этиш мақсадида унга институтнинг кўп йиллик илмий-педагогик тажрибага эга, етакчи хорижий олий таълим муассасаларида малака оширган ҳамда тил ўргатиш бўйича илғор тажрибалардан хабардор профессор-ўқитувчилар жалб этилган.
Теледарслар ҳар куни “Samarqand” телеканалида соат 17:40да эфирга узатилмоқда.
Курсда олиб борилаётган видеодарслар билан институтнинг телеграм канали ва веб-сайтида танишиш мумкин.

Telegram
AXBOROT XIZMATI
Samarqand davlat chet tillar instituti va "Samarqand" telekanali hamkorligida yangi loyiha amalga oshirildi
_________________
✅1-dars: O'qish qoidalari (Spelling rules in English)
✅Kurs nomi: "Ingliz tilini boshlang'ich darajada o'rganuvchilar uchun"
Endilikda…

Қаҳрамонларни давр яратади...
Бу жумлани аввал қаердадир ўқигандим. Аммо ўшанда мазмунини жиддийроқ ўйлаб кўрмаган эканман. Дунёда юзага келган вазият ўзимиз, ўзлигимиз, табиат, жамият ва инсон ҳақида мушоҳада юритишга мажбур қиляпти. Ҳақиқатан, ниҳоятда таранг, олдиндан бир нарса дейиш қийин бўлган тарихий даврни бошдан кечирмоқдамиз. Қарийб бир миллион йил давомида оламга ҳукмронлик қилган инсоният насли хавф остида қолгандек. Шундай таҳликали пайтда ҳам атрофимизда қаҳрамонлар яшаётганини ўйлаш кўнгилдан илиқ кечинмалар ўтказади.
...Мен у кишини танимайман. Аммо кунда бўлмаса ҳам кунора унга дуч келаман, десам муболаға эмас. Эҳтимол, бу касбни мен туғилмасимдан анча аввал бошлагандир. Гап эрта тонгда туманимиз кўчаларини супуриб юрадиган аёл ҳақида боряпти.
У Жомбойни ўзига тегишли, деб ўйлайди. Виждонан ўйлаб кўрсам, аслида ҳам шундай экан. Мен ва менга ўхшаган минглаб ёшлардан кўра, туманимизга унинг нафи кўпроқ тегяпти...
Бола эдик. Адашмасам, 4-5 синфда ўқиб юрган кезларим. “Жомбой тонги” таҳририятига илк қораламаларимни олиб боргандим. Ёзганларим хом эканми, муҳаррир талабчанлик билан таҳрир қилди. Негадир, бундан қаттиқ таъсирландим. Кўчага чиқдиму, энди ҳеч қачон шеър ёзмайман, деб қарор қилдим. Дафтаримни ғижимлаб йўл четига улоқтирдим. Фаррош аёл билан илк бор ўшанда танишганман.
У бир менга қараб қўйдию, яна ишини давом эттирди. Кейинчалик ижод менинг тақдирим эканини тушуниб етдим. Қизиқ, ўша аёл ҳам касбини шунинг учун тарк этолмаса керак. Чиндан ҳам у энг фидойи инсон эди. Бунга кўп йил бўлди. Фаррош аёл ёшроқ, навқиронроқ эди...
Карантин сабаб ўқишдан таътилга чиқдик. Тунов куни дўконга чиқишимга тўғри келди. Ўша аёлга яна дуч келдим. Кексайибди...
Одамлар хасталик юқтириб олмаслик учун яқинларидан ҳам ўзини тортган бир пайтда у туманимиз озодалиги учун ҳамон чиқиндиларни тозалаяпти. Жомбойликман деган номга мендан кўра, у ҳақлироқ эканини дилдан туйдим...
Бугун тиббиёт ходимларини давр қаҳрамонлари, деяпмиз. Ҳеч муболаға йўқ. Юзлаб шифокору ҳамширалар хасталик юқтириб олган юртдошларимизни даволаш учун жонларини хавфга қўйишаётгани рост. Шу билан бир қаторда ободончилик тизими ходимларини ҳам қаҳрамонлар қаторига қўшсак, арзийди.
Кеча онам бир гап айтиб қолди. Қўшнимиз эҳтиёжмандлар учун бепул тиббий ниқоб тикиб бераётган экан. Бир қарашда оддий ҳолдек, туюлади. Бугун юрт бошига синов тушганда хайрияга бел боғлаган саховатпеша инсонлар шукурки, кўп. Аммо... ўша қўшнимиз ўзи ногирон...
Онамнинг айтишича, туман ҳокимлигига мурожаат қилибди. Агар хомашё етказиб беришса, ҳақ олмай ниқоб тикиб беришини айтибди. Негадир бу ҳол менга ўзгача таъсир қилди. Кимлардир вазиятдан фойдаланиб, нархни оширишдай пасткашликка қўл ураётган бир пайтда имконияти чекланган аёлнинг фидойилик кўрсатиши ҳаммамизга ибрат эмасми? Давр ўз қаҳрамонларини яратгани шу аслида!
Кўп ўйладим. Хўш, менчи?!
Айни пайтда ёшмиз. Бизнинг қўлимиздан келадиган бирдан бир иш уйда қолиб, дуо қилиш. Ҳукумат томонидан белгиланган қоидаларга бўйсуниш энг катта қаҳрамонлик.
Аммо кўнглим тўлмади. Қўл қовуштириб тургим келмади. Ҳеч бўлмаса, ҳақиқий фидойилик кўрсатаётган юртдошларим ҳақида нимадир ёзиб, уларга миннатдорчилигимни шу йўсин билдирай дедим. Бу менинг синов пайтида халқим бирдамлигига қўшган ҳиссам бўлсин.
©Нилуфар ОМОНОВА.
Узбекистон Миллий университети, 1 курс талабаси
Каналга уланиш👇👇

Garvard universiteti ajoyib ish qildi, o‘zining yana 64 ta onlayn kursidan bepul foydalanish huquqini berdi.
Bu kurslarning narxi boshqa payt otning kallasidek narxda edi!
Nima boʻlganda ham sizlarga foydali resurslar topib berishdan biz mamnunmiz ☺️
Ha aytgancha sayt manzili 👉 https://bit.ly/2K3LHb5
Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Bu kurslarning narxi boshqa payt otning kallasidek narxda edi!
Nima boʻlganda ham sizlarga foydali resurslar topib berishdan biz mamnunmiz ☺️
Ha aytgancha sayt manzili 👉 https://bit.ly/2K3LHb5
Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Diqqat yangilik. Endilikda Telegram messengeridan rasman o'zbek tilida foydalanishingiz mumkin.
Telegram messengeri foydalanuvchilari endilikda o'zbek tilidagi interfeys bilan ishlashlari mumkin. Oldin Plus va shunga oʻxshash messengerlarda oʻzbek tili mavjud edi.
O'zbek tilini oʻrnatish 👉https://t.me/setlanguage/uz
Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Telegram messengeri foydalanuvchilari endilikda o'zbek tilidagi interfeys bilan ishlashlari mumkin. Oldin Plus va shunga oʻxshash messengerlarda oʻzbek tili mavjud edi.
O'zbek tilini oʻrnatish 👉https://t.me/setlanguage/uz
Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
2020/2021 ўқув йили олий таълим билан қамров даражасини 25 фоизгача, давлат гранти асосидаги давлат буюртмаси параметрлари 2 баробаргача ошириш режалаштирилмоқда.
“Илм, маърифат ва рақамли иқтисодиётни ривожлантириш йили”да амалга оширишга оид давлат дастури тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Президенти Фармони лойиҳаси ва 2020-йил Давлат дастури лойиҳаси жамоатчилик муҳокамасига тақдим этилди.
👉 Жумладан, фармон лойиҳасида
✅ 2020/2021 ўқув йили учун ўқишга қабул қилишнинг давлат буюртмаси параметрларини олий таълим билан қамров даражасини 25 фоизгача етказган ҳолда белгилаш;
✅ давлат гранти асосидаги давлат буюртмаси параметрларини 2019/2020 ўқув йилига нисбатан босқичма-босқич 2 баробарга ошириш;
✅ хотин-қизлар учун алоҳида грантлар ажратиш режалаштирилмоқда.
Батафсил👇

Qanday qilib blog yuritib u orqali pul topish mumkin? Sherlok Holms blogdan qanday foyda ko‘rgan?
G‘oyalarni doimiy tarzda blogda yozib borishning ko‘pgina foydali taraflari mavjud: fikrlaringizni ma’lum bir shaklga keltirish, intizomni, kuzatuvchilar bilan muloqotda bo‘lish va tanqidlarga munosabat bildirishni o‘rganasiz.
Agar sizda blog ochish fikri tug‘ilgan bo‘lsa, bu maqola aynan siz uchun. Quyida sizga aynan qanday blog ochish kerakligi, u orqali qanday qilib pul topish mumkinligi va foydali taraflari haqida suhbatlashamiz.
Blog orqali pul topish mumkinmi?
Pul topish uchun blog ochishingiz bilan siz biznes bilan shug‘ullana boshlaysiz. Reja o‘ylab toping, platformaga sarmoya kiriting, kontent yarating va targ‘ib qiling, turli reklama vositalaridan foydalaning.
Foydali narsalar yozib borish barobarida SEO bilan shug‘ullaning, foydalanuvchilarni jalb qiluvchi sarlavha, rasmlar qo‘llang. Blog orqali turli usullar bilan pul topish mumkin: biror mahsulot yoki blogni reklama qilish, pullik maqola yozish, hamkorlik qilish va boshqalar.
Blog – sinov maydoni.
O‘z g‘oyalaringizni sinovdan o‘tkazish uchun ajoyib maydon hisoblanadi. Maqolalar uchun turli shakl, dizayn o‘ylab topishingiz mumkin. Shuningdek, blogni qanday sohada bo‘lsa ham o‘z iqtidorini foydalanuvchilar bilan bo‘lishishni istagan inson ochishi mumkin.
Blog – xobbi.
Kimdir ishi sababli, kimdir shunchaki qiziqqani uchun, ba’zilar esa sevimli mashg‘ulotini boshqalar bilan bo‘lishish imkoni bo‘lgani uchun ham blog yuritadi. Siz u yerda sayohatlaringiz, o‘qigan yoki o‘qimoqchi bo‘lgan kitoblaringiz, farzandlaringiz va sport mashg‘ulotlari haqida yozishingiz mumkin.
“Juli va Julia” filmini ko‘rganmisiz? Film bosh qahramoni kunduzi operator bo‘lib ishlaydi, kechroq esa taomlar tayyorlab bu haqida o‘z blogida yozib boradi. Bu biografik hikoya – Juli blogi asosida kitob nashr qilinishi bilan mashhur bo‘lgan va shundan keyin kitob asosida film yaratiladi. “Sherlok Holms” filmida ham doktor Vatsonning Holms bilan bajargan ishlari haqida yozib boriladigan blogi esingizdami? Doktor Vatson o‘z blogida har bir qotillik hikoyasi uchun nom o‘ylab topadi. Blog mashhur bo‘lgani sayin Sherlokning muhlislari ham ortib boradi.
Qanday blog ochish mumkin?
Blog ochib, uni yuritishni juda xohlasangiz-u aynan qaysi mavzuda yozishni bilmasangiz nima qilish kerak? Qanday bloglar yuritish tavsiya qilinadi?
“Chellenjlar”
Biror heshteg (#) ostida oylik, yillik maqsadlar qo‘yib, shularni amalga oshirish davomida blog yuritiladi va maqsadning amalga oshishi bo‘yicha kundalik izohlar yozib boriladi. Ammo bu mavzuda blog yuritish davomida kuchli intizom talab qilinadi. Foydalanuvchi va o‘quvchilaringiz oldida uyalib qolmaslik uchun ham oldinga qo‘yilgan maqsadingizga, albatta, erishishingiz kerak. Buning foydali tomoni esa foydalanuvchilaringiz “keyin nima bo‘lar ekan”, deb natijaga qiziqishadi va sizni muntazam kuzatib borishadi.
“Kundalik”
Blogni kundalik sifatida yuritishning ijobiy taraflari ko‘p: aynan bir mavzu tanlanmaydi, kundalik ishlar va o‘ylaringiz istalgan mavzuda yozib boriladi. Ammo auditoriya yig‘ish bunda biroz murakkabroq bo‘ladi.
Onlayn-kundalik qiziqarliroq bo‘lishi uchun o‘zingizning “fishka” – o‘zgacha yozish yoki fikrlash uslubingiz bo‘lishi kerak. Masalan, hayotga tanqidiy ko‘z bilan qaraydigan, pessimist yoki hayotning barcha jabhalarida faqat yaxshilikni ko‘radigan optimist va boshqalar.
“Izoh”
Dolzarb mavzularga izoh berish orqali ham blog yuritish mumkin. Dunyoda va atrofingizda bo‘layotgan voqea va yangiliklarga doimiy tarzda o‘z fikrlaringizni izoh sifatida berib borish.
“Sharh yozish”
Kitob, yangi yuklab olgan dasturingiz, kosmetika va ish qurollarini sinab ko‘rib, ularga sharh yozish. Ammo sinab ko‘rish uchun ko‘p vaqt ketishi mumkin: kitobni o‘qib chiqish, rasmga olish, taassurotlarni yozish…
Blog yaratish uchun, avvalo, uni qaysi mavzuda yutirishni belgilab olish kerak. Siz o‘zingizga mavzu tanlang.
✍ Guljahon Sanjarbekova

Toshkentdagi Vebster universitetida 2020-2021 o‘quv yili uchun hujjatlarni onlayn qabul qilish boshlandi
Toshkent shahridagi Vebster universitetiga kirish to‘liq onlayn rejimda amalga oshirilganligi uchun yangi o‘quv yiliga abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish boshlandi.
Topshirish muddati - 2020 yil 1 avgustgacha.
Nomzodlar ariza topshirish uchun onlayn portalda o‘z profilini yaratib, anketani to‘ldirgan holda zarur hujjatlarni elektron formatda (PDF, JPG, PNG) yuklaydilar.
"Hujjatlar notarial tasdiqlangan ravishda ingliz tiliga tarjima qilinishi lozim.
✅ Bakalavriatura bosqichi uchun talab etiladigan hujjatlar:
👉 TOEFL sertifikati (kamida 80), IELTS (kamida 6.0) yoki ingliz tili bilim darajasini aniqlovchi boshqa standartlashtirilgan test natijasi;
👉 Rasmiy diplom va transkript, umumiy o‘rta ball kamida 2,5 (4 ballik tizim bo‘yicha);
👉Pasport nusxasi.
❗️ Vebster universitetiga kirish imtihonlari o‘tkazilmaydi!
Qabul jarayoni onlayn amalga oshirilib, rasmiy veb-sayt orqali hujjat topshiriladi va Sent-Luisdagi (AQSH) qabul komissiyasi tomonidan nomzodlar ko‘rib chiqiladi. Natijalar ikki haftadan so‘ng nomzodning elektron manziliga yo‘llanadi.
✅ Batafsil ma’lumot uchun:
- BS in Business dasturi bo‘yicha: (90) 927 3300
- BA in Economics dasturi bo‘yicha: (90) 986 3300
- BA in Media Studies bo‘yicha: (90) 975 3300
- Magistratura ta’lim dasturlari (MA TESL & MBA): (90) 927 3300
Hujjat topshirish jarayoni bilan batafsil tanishish: https://youtu.be/F-DrML2D0BQ
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 martdagi PQ-4245-sonli qarori bilan Toshkent shahrida AQSHning Vebster universiteti filiali tashkil etilgan bo‘lib, bu Markaziy Osiyoda tashkil etilgan birinchi AQSH universiteti filiali hisoblanadi.
©Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги
Батафсил👇👇

#Bilasizmi
Tibbiy ta’lim sohasidagi yangiliklar raqamlarda
Batafsil👇👇

#obunachimizdan
"KONTRAKT PULINI ZUDLIK BILAN TO'LAB QO'YING" yohud arosatda qolgan talabalar...
Karantinda ham "pul-pul" deb talabalarni tinch qo'ymarkansizda🤔
Talaba ham odam! Hech bo'lmasa, karantin tugaguncha kontrakt pulini so'ramay turinglar, iltimos!!!
Talabalarga yuboring👇👇

Профессор-ўқитувчилар учун фан йўналишларида масофавий илмий семинарлар ташкил этилмоқда
Ўзбекистонда СОVID-19 коронавирус пандемиясига қарши кураш ва карантин режими даврида профессор-ўқитувчиларнинг илмий фаоллигини ошириш мақсадида Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ташаббуси билан масофавий илмий семинарлар ташкил этилмоқда.
Мазкур семинарлар Тошкент давлат педагогика ва Самарқанд давлат университетлари томонидан фан йўналишлари бўйича “Фанларни ўқитишда инновацион методикалар” мавзусида шу йилнинг 20 апрелидан 2 майгача ўтказилади:
✴️Математика фанидан - 20 апрель соат 14.00;
✴️Физика фанидан - 21 апрель соат 14.00;
✴️Информатика фанидан - 22 апрель соат 14.00;
✴️Ўзбек тили фанидан - 23 апрель соат 14.00
✴️Тарих фанидан - 25 апрель соат 14.00
✴️Биология фанидан - 27 апрель соат 14.00
✴️Кимё фанидан - 28 апрель соат 14.00
✴️География фанидан- 29 апрель соат 14.00
✴️Инглиз тили фанидан - 30 апрель соат 14.00
✴️Рус тили фанидан - 1 май соат 14.00
✴️Бошланғич таълим фанидан - 2 май соат 14.00
Ушбу семинарларда маъруза билан иштирок этишни истаган профессор-ўқитувчилар seminar2020info@mail.ru электрон манзилига илмий мақола юбориши мумкин.
Семинарда республикамиз ва хорижий таълим муассасалари педагог ходимлари, профессор-ўқитувчилари, докторантлар, магистрантлар ва талабалар ZOOM дастурида қуйидаги ҳавола орқали иштирок этишлари мумкин:
https://us04web.zoom.us/j/4010784768?pwd=U1l4dXdVanVHN2srbXRGTkIrb1NOQT09
✅Идентификатор рақами: 401 078 4768
✅Парол: 3wIwX9
✅Мурожаат учун телефон: (93) 3846565

Zoom Video
Join our Cloud HD Video Meeting
Zoom is the leader in modern enterprise video communications, with an easy, reliable cloud platform for video and audio conferencing, chat, and webinars across mobile, desktop, and room systems. Zoom Rooms is the original software-based conference room solution…
❗️Kontrakt pulini to'lamagan talabalar imtixonga kirgizilmaydimi?
#Javob:
"Hozirgi vaziyatda bunday insofsizlikka yo'l qo'ymayabmiz, biz birifingda rasmiy tarzda kontraktni karantindan keyin to'lasa bo'ladi deb aytganmiz, shu gapimizda turamiz. Kanallarga joylanayotgan suratlarga ishonmaymiz, bizga aniq fakt tashlang talabalarni imtihonga kiritmaslik va chetlatish bilan tahdid qilayotganlari to'g'risida, to'liq ma'lumot bering biz chora ko'ramiz bundaylarga."
©Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi
P.s: Kommentariyada o'z fikringizni qoldirishingiz mumkin!
Talabalarga ulashing👇👇

Sherzod Shermatov karantin vaqtida internet orqali qonuniy pul topish mumkinligini aytdi
Батафсил👇
https://bit.ly/3cjC5oL
Батафсил👇
https://bit.ly/3cjC5oL
Telegraph
Sherzod Shermatov karantin vaqtida internet orqali qonuniy pul topish mumkinligini aytdi
Foto: “Daryo” Uning aytishicha, hozirgi vaqtda ko‘pchilik uyda ekanini inobatga olib, uyidan turib internet orqali pul topishni o‘rganish juda muhim. Ko‘pchilikka bu juda qiyindek ko‘rinishi mumkin. “Lekin internet orqali pul topish mumkin bo‘lgan platformalardan…
Карантин шароитда олий ва ўрта махсус, профессионал таълим тизими профессор-ўқитувчилари ва ишчи-ходимлари ҳуқуқини ҳимоя қилиш ҳамда уларга муқобил иш шароитини яратиш бўйича тавсиялар берилди
Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Ташкилий-кадрлар бошқармаси томонидан тизимдаги таълим муассасаларида фаолият кўрсатаётган профессор-ўқитувчилар ва ишчи-ходимлар фаолиятини самарали ташкил этиш юзасидан тавсиялар ишлаб чиқилди.
Тавсияларда тизимдаги раҳбарларга карантинга оид чоралар амал қилиши даврида ходимларни масофавий иш усулида, мослашувчан иш графигида ёки уйда ишлашга ўтказиш тартибига қатъий риоя қилиш кўрсатилган.
Жумладан, масофавий таълим жараёнига жалб этилган профессор-ўқитувчилар, шу жумладан ўриндошлик асосида ишлаётганлар ва ишчи-ходимларни уларнинг розилиги билан меҳнат қонунчилигига асосан белгиланган тартибда таътилдан чақиртириб олиш ҳамда масофавий иш режимига ўтказиш лозимлиги қайд этилган.
Шунингдек, тавсияларда раҳбарларга профессор-ўқитувчилар ва ишчи-ходимларни ижтимоий ҳимоя қилиш ҳамда уларнинг ҳуқуқлари бузилишига зинҳор йўл қўймаслик зарурлиги алоҳида таъкидланган.
Тавсиялар билан танишиш - https://edu.uz/uz/news/view/2060