Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Ishlamasa internet,
Uch kun bir yonsa svet,
Ishlab bo‘lmasa hech test,
Talaba nima qilsin?!

“Online dars” dedilar,
“Darsni yetqaz” dedilar,
Sho‘rlik umrin yedilar,
Talaba nima qilsin?!

El ichida bor u ham,
Ko‘rmoqda ozor u ham,
“ H+ ”ga zor u ham,
Talaba nima qilsin?!

Boshida og‘riq har kun,
Tom kezar svyaz uchun.
Besh yuz hajmlik darsin
Talaba nima qilsin?!

“Jahonda shu!”- urmang do‘q,
Siz shaharda, ko‘ngil to‘q.
Yo qishloq jahondamas,
Yo jahonda qishloq yo‘q!
Talaba nima qilsin?!

Oraliqlar davrida,
2G ning jabrida.
Qoyil lekin, sabriga,
Talaba nima qilsin?!

Qishloq - kurort emasdir,
Birov “bor, yot” demas bir.
Rostlolmasa nafas bir -
Talaba nima qilsin?!

Men ham oddiy talaba,
“Help me” shu masalada.
Yursa tuz-u dalada,
Talaba nima qilsin?!

To‘g‘ri, ta’lim birinchi,
Tushunmasa uy ichi,
Tushuntirib ko‘ringchi:
Talaba nima qilsin?!

Bir o‘y bag‘rimni tilar,
Tunlar uyqum qochirar:
Ey vazirlikdagilar,
Talaba nima qilsin?!

© Kamoliddin Azzamov

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Тошкент давлат шарқшунослик университети ташкил этилди

Шавкат Мирзиёев бугун имзолаган қарорга биноан, Тошкент давлат шарқшунослик институти негизида Тошкент давлат шарқшунослик университети ташкил этилди.

2020/2021 ўқув йилидан бошлаб:

- Университетга таълим стандартларини ишлаб чиқиш, малакавий талаблар, ўқув режалари ва дастурларини ишлаб чиқиш ва тасдиқлаш ҳуқуқи берилади;

- Университетда таълим жараёни босқичма-босқич кредит-модуль тизими асосида амалга оширилади;

- хорижий ОТМлар билан ҳамкорликда ташкил этиладиган қўшма таълим дастурларининг ўқув режалари ва фан дастурлари мустақил тасдиқланади;

- жорий йилда Университетга ўқишга қабул қилишда шарқ тилларидан (турк, араб, форс, дари, ҳинд, урду, хитой, корейс, уйғур, япон тиллари) топшириладиган кўп балли тизим бўйича имтиҳонлар ўрнига тест синовлари ўтказилади;

- кейинги ўқув йилидан, яъни 2021/2022 ўқув йилидан бошлаб ушбу тажриба бошқа тиллар (испан, итальян, тожик, қозоқ, туркман, қирғиз тиллари ва бошқалар) бўйича республикадаги барча давлат ОТМларига ўқишга қабул қилишда жорий этилади.

- Тошкент автомобиль йўлларини лойиҳалаш, қуриш ва эксплуатацияси институтининг Тошкент шаҳри, Миробод тумани, Амир Темур шоҳ кўчаси, 20а-уй манзилида жойлашган бино ва иншоотлари тегишли ҳудуди билан биргаликда Университетга оператив бошқарув ҳуқуқи асосида беғараз ўтказиб берилади;

- Иқтисодий тараққиёт ва камбағалликни қисқартириш вазирлиги, Молия вазирлиги, Қурилиш вазирлиги, Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ҳамда Тошкент шаҳар ҳокимлиги 2021 йил 1 августга қадар мазкур бандга мувофиқ Университетга берилган ҳудудда Университетнинг янги 9 қаватли биноси ва спорт мажмуасини қуриш ва фойдаланишга топширади.
Манба: @eduuz

Батафсил👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Forwarded from Talaba.uz | Ta'lim portali
ASSALOMU ALAYKUM!

Jilmayib tong otdi, o‘zgacha bu kun,
Umid qil, Rahmondan degandek bugun.
Ming kundan afzaldir, ming kundan uzun,
Alloh muborak qilgan JUMAdir bugun!

🌙 JUMA MUBORAK!

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Қонунчилик_янгиликлари

Наманган ва Хива шаҳарларида шарқ тиллари бўйича техникумлар ташкил этилади

“Шарқшунослик соҳасида кадрлар тайёрлаш тизимини тубдан такомиллаштириш ва илмий салоҳиятни ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент қарори қабул қилинди.

Қарорга мувофиқ, шарқ тиллари соҳасида ўрта бўғин профессионал кадрларни тайёрлаш, шунингдек, истеъдодли ёшлар селекциясини амалга ошириш мақсадида Наманган ва Хива шаҳарларида шарқ тиллари бўйича техникумлар ташкил этилади.

Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги томонидан 2020 йил 1 августга қадар мазкур техникумларни шарқ тилларини ўқитишга мослаштириш, малакали педагог кадрлар билан тўлдириш ва моддий-техника базасини мустаҳкамлаш чоралари кўрилади.

Шу муддатда ушбу техникум битирувчиларга қўйиладиган малака талаблари, ўқув режа ва дастурлари ишлаб чиқилади.

Манба: Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг расмий телеграм канали: eduuz

Do'stlarga ulashing
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#ОТМ_янгиликлари

ЖИДУ профессори Марказий банк бошқарувининг мустақил аъзоси бўлди


Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлис Сенати Кенгашининг тегишли қарори билан Жаҳон иқтисодиёти ва дипломатия университети профессори Нишанбай Сиражиддинов Марказий банк Бошқарувининг мустақил аъзоси этиб тасдиқланди.

Манба: Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг расмий телеграм канали: eduuz

Do'stlarga ulashing
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
OTMga kirish imtihonlari soddalashtiriladi - Prezident qarori loyihasi.

Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari yanada soddalashtiriladi

Prezidentning “Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini yanada soddalashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligining quyidagi takliflari ma’qullanishi mumkin:

♻️ 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab, O‘zbekistonda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining bitiruvchilari yakuniy davlat attestasiyasi hamda respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish sinovlarini birlashtirib, majburiy fanlar va maktab bitiruvchisi tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos ikkita fan bo‘yicha yagona test sinovlarini aprel – may oylarida o‘tkazish;

♻️ test sinovlari natijalarini o‘tkazilgan kunning ertasiga Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilish;

♻️ test sinovlari natijalarini maktab bitiruvchilari umumiy o‘rta ta’lim dasturlarini to‘liq o‘zlashtirgandan keyin o‘tkaziladigan yakuniy davlat attestasiyasida hamda oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tanlovida inobatga olish.

Belgilab qo‘yilishicha:

♻️ maktab bitiruvchilari uchun test sinovi topshiriladigan fanlar, baholash mezonlari, topshiriqlar soni, test sinovlari va tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishning aniq muddatlari O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi;

♻️ Xalq ta’limi vazirligi test sinovi fanlari bo‘yicha natijasini umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi attestatga qo‘yish va yagona ma’lumotlar bazasiga kiritish uchun minimal ko‘rsatkichni (qoniqarlilik darajasini) belgilaydi, maktab bitiruvchilari haqidagi tegishli ma’lumotlarni har yili 1 fevralga qadar Davlat test markazining maxsus dasturiga kiritilishini ta’minlaydi hamda test sinovlarini belgilangan talablar asosida tashkil etilishida mas’ul hisoblanadi;

♻️ maktab bitiruvchilari majburiy uchta fan va o‘zi tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos ikkita fandan test sinovlarini topshiradi;

♻️ maktab bitiruvchisi tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos ikkita fanning har biridan o‘tkazilgan test sinovi natijasi qoniqarli bo‘lganda, ularning natijasi umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi attestatiga baholash mezoniga muvofiqlashtirilgan holda qo‘yiladi va qo‘shimcha test sinovlarisiz belgilangan tartibda test sinovi topshirgan mos o‘quv tili va ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda qatnashadi;

♻️ maktab bitiruvchisi tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos ikkita fanning kamida biridan test sinovi natijasi qoniqarsiz bo‘lganda, u maktab tomonidan o‘tkaziladigan yakuniy davlat attestasiyasida majburiy ravishda ishtirok etadi;

♻️ test sinovlarida ishtirok etmagan yoki unda qoniqarsiz baholanganlarga belgilangan tartibda, barcha abituriyentlar qatori iyul-avgust oylarida test sinovlarida qatnashish huquqi beriladi.

Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha, test sinovlari o‘tkaziladigan binolarni zarur qurilmalar bilan jihozlaydi.

Batafsil👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Qanday qilib bir yilda hayotni yaxshi tomonga o'zgartirish mumkin.

1. Sizni yuqoriga emas aksincha pastga tortuvchi odamlardan uzoqlashing.

2. Barcha ishlarni sidqidildan bajaring.

3. Xatolardan xulosa chiqaring.
4. Bilimlaringizni oshirib o'z ustingizda ishlang.

5. Jimlikda harakat qiling faqat muvaffaqiyatli ishlaringiz siz haqingizda gapirsin.

6. O'zingizga investitsiya qiling.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Himoya vositalari sizni qanchalik asraydi ?

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#RASMAN

Kecha 1-iyuldan barcha OTMlarga ta'til e'lon qilinishini aytganimizda ko'pchilik ishonmagan edi...

Ayrim kanallar raddiya ham chiqarishdi, ishonmanglar deb))

Balkim endi ishonarsiza? Mana sizlarga buyruq, 1-iyuldan ta'til!!!

Kanalimizda yolg'on ma'lumot bo'lmag'ay😌😌

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Kech bo'lganda "kallamga" bir zo'r taklif kelib qoldi. Shu barcha talabalarni qiynab o'tirmasdan, keyingi kursga o'tkazib yuborishsa nima deysizlar?😄

Nasib qilsa keyingi yildan yaxshi o'qiymiz) Baribir tizim mukammal emas, kamchiliklar hali beri tugamaydi. Tarixda qolib, hech narsa topshirmay keyingi kursga o'taylik. Ertaga nevaralarimizga maqtanib o'tiramiz😁😁

Nima deysizlar, ushbu taklifga?😌

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Talaba.uz | Ta'lim portali
Kech bo'lganda "kallamga" bir zo'r taklif kelib qoldi. Shu barcha talabalarni qiynab o'tirmasdan, keyingi kursga o'tkazib yuborishsa nima deysizlar?😄 Nasib qilsa keyingi yildan yaxshi o'qiymiz) Baribir tizim mukammal emas, kamchiliklar hali beri tugamaydi.…
O‘quv muassasalari masofaviy ta’limga tayyor emasliklarini, shunga ko‘ra barcha talabalarga joriy o‘quv yilida avtomatik tarzda o‘tish bali qo‘yilishini ma’lum qilamiz.

©️Ispaniya ta’lim vazirligi

P.s: Mana, Ispaniyaga yetib boribdi taklifimiz))))

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Moodle tizimiga eng ko'p kirayotgan OTMlar ro'yxati!!!

1-o'rinda
Toshkent davlat Pedagogika universiteti (ko'rishlar bo'yicha 2-o'rin)

2-o'rinda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (ko'rishlar bo'yicha 1-o'rin)

3-o'rin O'zbekiston Milliy universiteti (ko'rishlar bo'yicha ham 3-o'rin)

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Brifing

Chetdan perevod qilganlar masofaviy ta'lim olish uchun nima qilishi kerak?

©Farhod Babashev, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Axborot xizmati rahbari

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Brifing

Talabalarning stipendiyasi nima sababdan kechikmoqda?

©Farhod Babashev, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Axborot xizmati rahbari

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Onlayn

Talabalar masofadan o‘qishayapti, ularning kontrakt pulida o‘zgarish bo‘ladimi?

Farhod Babashev,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Axborot xizmati rahbari:

Bugungi karantin kunlarida oliy ta’lim muassasalari xodimlari va professor-o‘qituvchilariga oylik maoshlari, ta’til pullari va talabalarga stipendiyalar mos ravishda davlat byudjeti va oliy ta’lim muassasalari talabalari tomonidan o‘qish uchun to‘langan kontrakt mablag‘lari hisobidan to‘lab berilmoqda.

Shuningdek, 2020 yilning 1 aprelidan boshlab, oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun masofaviy ta’lim berish joriy etilganligi munosabati bilan uni tashkil etish va moddiy bazasini yaratishga oliy ta’lim muassasalari tomonidan qo‘shimcha mablag‘lar sarflanmoqda. Masofaviy ta’lim bevosita (muloqotdagi auditoriya mashg‘ulotlari) o‘quv jarayoni grafigining ikki oyi bo‘yicha kiritilayapti.

Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, talabalar tomonidan joriy o‘quv yili uchun belgilangan kontrakt to‘lovlari to‘liq amalga oshirilishi lozim.

Shu bilan bir qatorda, karantin davrida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlarga ish haqlari va mehnat ta’tili pullari,shuningdek, talabalarga stipendiya to‘lovlari belgilangan tartibda to‘lab berilishi yuzasidan vazirlik tomonidan OTMga tegishli ko‘rsatmalar berilgan va bu masalada doimiy nazorat o‘rnatilgan.

©️Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Talabalarga ulashing
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
⚡️⚡️Toshkent davlat stomatologiya institutida koronavirus aniqlangan.

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Axborot xizmati rahbari Farhod Babashev ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Brifingda ma’lum qilinishicha, Toshkent davlat stomatologiya institutida koronavirus aniqlangani bois institut bugungi kunda karantinga yopilgan.

Manba: koronavirusinfouz

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

⚡️ Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tashkil etildi

“Surxondaryo viloyatida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini kengaytirish va yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“ Prezident qarori (PQ-4681-son, 17.04.2020 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Termiz davlat universiteti Denov filiali negizida Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tashkil etildi.

Institut yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimiga kiradi.

Institutning ta’lim faoliyati 2020/2021 o‘quv yilidan boshlanadi.

Qarorga ko‘ra, institut professor o‘qituvchilari va xodimlariga mehnatga haq to‘lashda tarif koeffisiyentlari va bazaviy lavozim maoshlari 1,5 baravar miqdorda hisoblanadi.

Qaror bilan institut Vasiylik kengashi tarkibi tasdiqlandi.

❗️Samarqand davlat universiteti zimmasiga institutni otaliqqa olish vazifasi yuklandi.

Manba: Huquqiyaxborot

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA