Talaba.uz | Ta'lim portali
5.49K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Forwarded from Talaba.uz | Ta'lim portali
Qadrdonim uyg'oning. Ro'zaga turing.😊😊

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
❗️Texnikum bitiruvchilari tibbiyot oliy o‘quv yurtiga imtihonsiz II kursga qabul qilinadi

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab 47 ta tibbiyot kolleji Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatli texnikumlari etib qayta tashkil etiladi. Bu Prezidentning 7 apreldagi qarorida nazarda tutilgan, deya "Xalq so‘zi" yozmoqda.

Hujjatga muvofiq
Samarqandda – 7 ta,
Farg‘onada – 5 ta,
Andijonda – 4 ta,
Namanganda – 4 ta,
Surxondaryoda – 4 ta,
Toshkent viloyatida – 4 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 3 ta,
Buxoroda – 3 ta,
Jizzaxda – 3 ta,
Qashqadaryoda – 3 ta
Toshkent shahrida – 3 ta,
Navoiyda – 2 ta,
Sirdaryoda – 1 ta,
Xorazmda – 1 ta tibbiyot kolleji qayta tashkil etiladi.

Texnikumlarda moddiy-texnika bazasi yanada kuchaytiriladi, amaliyot xonalari belgilangan normativlarga asosan jihozlanadi, o‘quv-simulyasion auditoriyalar tashkil etiladi.

Bu yerda valeologiya, tibbiy psixologiya, nutrisiologiya diyetologiya farmakologiya kineziologiya, reabilitologiyava profpatologiya fanlari chuqurlashtirilgan holda o‘qitiladi.
O‘quv rejalari va fan dasturlari ilg‘or xorijiy tajribalar asosida ishlab chiqiladi. Texnikumlarda dars mashg‘ulotlari tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining yuqori malakali professor-o‘qituvchilarini jalb qilgan holda masofaviy ta’lim orqali o‘tkaziladi.

Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar o‘z sohasiga mos tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qishini davom ettiradilar. Ular kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali o‘qishga qabul qilinadi.


Joriy saqlash, faoliyat yuritish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash va kadrlar tayyorlash xarajatlari Sog‘liqni saqlash vazirligining byudjetdan tashqari mablag‘lari, o‘quvchilarni davlat buyurtmasi va to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar, shuningdek taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
👍1
Forwarded from Talaba.uz | Ta'lim portali
✅ Qabul 2020/2021 yangiliklari

“Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetim bolalar uchun davlat granti asosida alohida 1319 ta kvota ajratilgan bo‘lib, bu kvotalarning umumiy (101 555 ta) kvotaga umuman aloqasi yo‘q.

Bu kvotalar taqsimoti quyidagi ko‘rinishga ega:

✅ kunduzgi - 1016

✅sirtqi - 259

✅kechki - 44


✅ Quyidagilar uchun qabul qilish parametrlari talabgorlar sonidan kelib chiqib alohida qarorlar (bayonnomalar) bilan o‘rnatiladi:

✅ Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari va musobaqalari g‘oliblari;
✅ «Temurbeklar maktabi» bitiruvchilari;
✅ Isʼhoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatning butun o‘qish davrini aʼlo baholarga o‘qigan bitiruvchilari;

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡Joriy yilda abituriyentlar test sinovlariga qatnashish uchun DTM veb sayti orqali ham onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin!

Bu borada maxsus abitur.dtm.uz sayti ishga tushirilgan. Hozirdan boshlab ushbu sayt orqali ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha malakaga ega bo‘lib borishingiz mumkin.

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Rasman
📌 Abituriyentlarga o'qishga kirish imtihonlari onlayn bo'lmaydi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori M.M. Karimovning aytishicha:

O'tgan yili imtihon olinadigon pavelionlarda 2 kvadrat metr masofa saqlangan bo'lsa, bu yil 3 kvadrat metr masofa saqlangan holda imtihonlar olinadi.

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​​​Toshkentda yana bir xalqaro universitet ochiladi

Toshkent shahridagi Britaniya menejment universiteti tashkil etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaror loyihasida keltirib o‘tilgan.

Hujjatda belgilanishicha:

👉 Universitet nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi;
👉 Universitet ta’lim jarayoni London, Reding universitetlari hamda xorijiy tajriba asosida ishlab chiqilgan malaka talablari, o‘quv reja va fan dasturlari asosida amalga oshiradi;
👉 Universitetda o‘qitish O‘zbekiston Respublikasida amalda mavjud ta’lim shakllari hamda ingliz tilida to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi;
👉 bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga qabul parametrlari respublika mehnat bozori ehtiyojlari hamda Universitetning moddiy-texnik imkoniyatidan kelib chiqqan holda Universitet tomonidan belgilanadi;
👉 Universitetda dastlabki bosqichda “Loyihalarni boshqarish”, “Logistika va yetkazib berish zanjirlarini boshqarish”, “Tadbirkorlik va innovasiyalar”, “Xalqaro elektron tijorat”, hamda “Raqamli iqtisodiyot” yo‘nalishlari bo‘yicha abituriyentlar qabuli amalga oshiriladi;
👉 Universitetga abituriyentlarni qabul qilish tartibi va qoidalari Universitet tomonidan belgilanadi;
👉 Universitetda ta’lim faoliyati 2020-2021 o‘quv yilidan boshlanadi;
👉 Universitet bitiruvchilariga Buyuk Britaniyada tan olinadigan hamda O‘zbekiston Respublikasida oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida e’tirof etiladigan belgilangan namunadagi diplom beriladi.

Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Globalfreelance.ua - Ilm-fan freelancerlari uchun dunyo bo'ylab buyurtmalar.
Vazifalar fan bo'yicha bo'linadi. Ro'yxatdan o'tish jarayonida siz ko'rsatgan fan va sohalarda testdan o'tishingiz kerak. Bu nima qilishni bilmaydigan odamlarni saralaydi.
Aniq va tabiiy fanlar - matematika, fizika, dasturlash, kimyo, biologiya, iqtisodiy nazariya va boshqalar bo'yicha o'quv vazifalarini bajarish;
Gumanitar fanlar bo'yicha ilmiy ishlar yozish - tarix, falsafa, madaniyatshunoslik, psixologiya, adabiyot, huquq va boshqalar.

Manba: ITbusiness_school

Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
❗️Ta’lim sohasida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun beriladigan ayrim imtiyozlar

Test sinovlari bo‘ladigan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan nogiron abituriyentlardan test sinovlarida ishtirok etish uchun to‘lov undirilmaydi.

Harbiy xizmat vazifalarini bajarishda nogiron bo‘lib qolgan Qurolli Kuchlarning kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilari farzandlariga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar beriladi.

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, nogironligi bo‘lgan bo‘lgan bolalar oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha ikki foizli davlat granti asosida qabul qilinadi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bolalari bog‘chalarga joylashtirishda imtiyozli ro‘yxatga kiritiladi.

✅ Ota-onalardan biri yoki har ikkisi ham birinchi I va/yoki II guruh nogironi bo‘lgan oilalar, nogiron bolasi (bolalari) bo‘lgan oilalar iqtidorli farzandlari quyidagilar bilan ta’minlanadi:

👉 zamonaviy yagona maktab formasi;
👉 asosiy turdagi o‘quv qurollari;
👉 badiiy kitoblar;
👉 bolalar gazeta va jurnallariga obuna qilish;
👉 respublika oromgohlarida dam olishini tashkil etish;
👉 respublika bo‘ylab sayohatga borish va kelish xarajatlarini qoplash.

Davlat grantlari bo‘yicha ta’lim olgan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar oliy ta’lim muassasalaridan akademik ta’til olganida o‘qishga davlat grantlari asosida qayta tiklanishi mumkin.

Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#hazil_time

Geografiya fakultetida oʻqiydigan talabalar va domlalarning saharligi 🤭

Geogrflarga ulashing 😄👇

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
📌 Talabalar diqqatiga! Yakuniy qaror.

- Respublikamiz OTMlarida 2019-2020 o'quv yilining bahorgi semestri joriy yilning 1-iyul kuniga qadar to'liq yakunlanishi kerakligi, talabalarning ta'tilga chiqish munosabati bilan o'qish muddati iyul, avgust oylariga o'tkazilmasligi belgilandi;

- Shu sababli barcha talabalar 2019-2020 o'quv yilining bahorgi semestrini o'quv rejada ko'rsatilgan fanlar bo'yicha o'zlashtirishlari masofaviy ta'lim tizimi asosida bajarilishi belgilandi;

- Buning uchun talabalarning fanlarni o'zlashtirishlari ularning masofaviy ta'lim platformasiga muntazam ravishda tashrif buyurishi va u yerda qo'shilgan topshiriq va ko'rsatmalarni o'z vaqtida bajarishlariga bog'liq bo'ladi;

- Agarda talabalar masofaviy ta'lim platformasiga tashrif buyurmasa, va belgilangan fanlardan o'zlashtira olmasa, u holda 2019-2020 o'quv yilining bahorgi semestrida o'zlashtirmagan hisoblanadi hamda u fanlardan akademik qarzdor bo'lib, kursdan-kursga ko'chirilmaydi;

- Yuqorida ko'rsatib o'tilgan barcha topshiriq va ko'rsatmalar qo'shni davlatlardan ko'chirib kelgan barcha talabalar uchun ham taalluqlidir;

- Kontrakt to'lovini onlayn tarzda vaqtida amalga oshirish kerak;

- Bitiruv imtihonlari onlayn tarzda o'tkaziladi;

- Zerikarli ma'ruzalar va konspekt to'ldirishda voz kechiladi.

Do'stlaringizga ulashing
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Atrofimizdagi insonlarni qanday o'zgartirishimiz mumkin?

https://t.me/joinchat/AAAAAEk4I5VI6V8IFf9Y0A
Forwarded from Talaba.uz | Ta'lim portali
✅ BU YILGI ABITURIYENTLAR UCHUN TEST TOPSHIRIQLARI SODDALASHTIRILADI.
⠀
📑 Abiturientlar test topshiriqlarini tezda tushunishlari, fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirishlari uchun, shuningdek, chet (ingliz, nemis, fransuz) tilli fanlaridan vaziyatni oson tavsiflashda rasmli test topshiriqlari soni oshadi.
⠀
📗 Bu topshiriqni bajarish ancha osonlashishini anglatadi.
Shuningdek biologiya va kimyo fanlari bo'yicha rasmli test topshiriqlari soni ham ko'payadi. Kimyo fanidan nazariy savollar sonini ko'paytirish va test topshiriqlari tuzilishida laboratoriya ishlari uchun test savollarini yaratish jarayoni davom etmoqda.
⠀
📘 Bundan tashqari, ona tili va adabiyotidan mustaqil o'qish uchun tavsiya etilgan badiiy asarlar, mavzular bo'yicha rasmli test topshiriqlarini ko'paytirishga harakat qilinmoqda.
⠀
📕 Fizika fanidan ham soddalashtirish ishlari olib borilmoqda:
• murakkablikning birinchi darajasidagi (eng oson) test topshiriqlari soni 6 tadan 10 taga ko'payadi;
• test topshiriqlarining umumiy hajmida nazariy test topshiriqlarining ulushi ortadi;
• abituriyentlarga qulay bo'lishi uchun test jarayonida taqdim etiladigan "Doimiy fizik kattaliklar jadvali" ishlab chiqilgan.

Abituriyentlarga yetkazing !

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​#Qonunchilik_yangiliklari

Toshkent davlat transport universiteti tashkil etildi

«Transport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Prezident qarori e’lon qilindi.

Qarorga muvofiq, Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti, Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatasiyasi instituti hamda Toshkent davlat texnika universitetining aviakosmik texnologiyalari fakulteti birlashtirilib, Toshkent davlat transport universiteti tashkil qilinadi.

Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
2020/2021 o‘quv yili uchun talabalar o‘qishini ko‘chirish jarayoni qanday tartibda o‘tkaziladi?

Inomjon MAJIDOV, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri:

- 2020/2021 o‘quv yiliga respublika oliy ta’lim muassasalariga talabalar o‘qishini ko‘chirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

2020 yilning 15 iyulidan 5 avgustiga qadar hujjatlar qabul qilinadi (hujjatlarni onlayn tarzda topshirish imkoniyati yaratiladi);
6 avgustdan 30 avgustga qadar arizalar ko‘rib chiqilib qaror qabul qilinadi.

Hozirgi kundagi karantin tadbirlari sababli o‘qishni ko‘chirish jarayonlari muddatlarida o‘zgarishlar bo‘lgan taqdirda vazirlikning rasmiy sayti (www.edu.uz) orqali e’lon beriladi.

Manba: eduuz
________

Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ibrat

Olimga haydovchi bo‘lgach...

Eynshteyn ko‘p joylarda ma’ruza qilar, ularga hamisha xos haydovchisining ulovida borardi. Haydovchi uning ma’ruzalarini har safar tinglovchilar bilan birga o‘tirib eshitardi. Shunday kunlardan birida: “Janob Eynshteyn, – deb qoldi haydovchi, – ma’ruzalaringizni uzoq vaqtdan beri eshitib kelaman. Shu darajaga yetdimki, nima deyishingizni so‘zma-so‘z bilaman”.

– Yaxshi, – dedi olim. – Hozir borayotgan joyimizda meni tanishmaydi. Palto va bosh kiyimlarimizni almashtiramiz, ma’ruzani sen qilasan.

Kelishuvga binoan haydovchi gapirdi. Aytganidek, “dars”ni yaxshi o‘zlashtirgan edi. Bir kishi turib oldin hech kim so‘ramagan savol berib qolgunicha ishlar silliq ketayotgandi. Lekin haydovchi gangib qolmadi:

– Shu oddiy narsani bilmasligingiz juda g‘alati, – dedi xotirjamlik bilan. – Hozir orqa qatorda o‘tirgan haydovchimni chaqiraman, savolingizga javobni undan olasiz.

Do'stlarga ulashing😌👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Muomala

"Kofe bering!" deb murojaat qilsangiz, kofe narxi 5 yevro bo‘ladi.

"Iltimos, kofe bering!" deb murojaat qilsangiz, kofe narxi 3 yevro bo‘ladi.

"Xayrli tong. Bitta kofe bering, iltimos! Rahmat sizga!" deb murojaat qilsangiz, kofe narxi 2 yevro bo‘ladi.

Hayrli tong azizlar, kuningiz barakali va sermazmun o’tsin

Do’stlarga yuborishni unutmang😊👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
❗️Olmaliq shahrida xalqaro oliygoh qoshidagi maktab quriladi.

2020 — 2022-yillarda Toshkent viloyatining Olmaliq shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasi Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS” Olmaliq shahar filiali huzurida 500 o‘ringa mo‘ljallangan yangi umumiy o‘rta ta’lim maktabini tashkil etiladi.

________

Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
⚡️​​Harbiy xizmatchilarning farzandlariga beriladigan imtiyozlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi PQ-3726-son qarorida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining farzandlariga oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun imtiyozlar belgilangan.

Mazkur qarorga muvofiq:

Mamlakat mudofaa qudratini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shgan, jangovar xizmatda va ilmiy faoliyatda muayyan natijalarga erishgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar (idoralar)da harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarning farzandlari oliy ta’lim muassasalariga kirishda ajratilgan besh foizli qabul ko’rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etadi.

Tavsiyanoma blankasining shakli
Harbiy xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan hamda harbiy xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida yaradorlik, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogiron bo‘lib qolgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar (idoralar)ning harbiy xizmatchilarining farzandlari oliy ta’lim muassasalariga kirishda belgilangan qabul ko’rsatkichlaridan tashqari tanlovsiz davlat granti asosida o‘qishga tavsiya etiladi.

Tavsiyanomalarning amal qilish muddati uch yil.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi PQ-3726-son qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-iyundagi 462-son qarori bilan tasdiqlangan nizom

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
📌 O‘zbek tili va adabiyoti universitetida yangi o‘quv yo‘nalishlari ochiladi

“Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan 2020/2021 o‘quv yilida universitetda quyidagi vazifalar amalga oshirilishi belgilangan:

✅ 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab respublika hududlarida o‘zbek tilini yanada rivojlantirish, ushbu yo‘nalishda respublika ta’lim muassasalarida ona tili va adabiyoti o‘qituvchilariga bo‘lgan ehtiyojni to‘liq qoplash va uzoq hududlardan o‘qishga qabul qilingan talabalar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida davlat universitetlari hamda pedagogika institutlarida o‘zbek tili va adabiyoti bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi va kechki ta’lim shaklida o‘qitishni tashkil etish;

✅ 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab “Sinxron tarjima” va “Kompyuter lingvistikasi” magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha talabalarni o‘qishga qabul qilish;

✅ 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich “Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik (etnologiya)”, “Kompyuter lingvistikasi”, “Psixologiya”, “Sotsiologiya”, “Tarjima nazariyasi va amaliyoti (tillar bo‘yicha)”, “Folklorshunoslik va shevashunoslik”, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda “Badiiy tarjima”, “Ilmiy-texnik tarjima” va “Tarjima nazariyasi va amaliyoti (tillar bo‘yicha)” magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash choralarini ko‘rish;

✅ 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab Universitetda hamkor xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma ta’lim dasturlari doirasida kadrlar tayyorlashni tashkil etsin.

Manba: uzabt

Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA