Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
100 ta savolga 100 ta javob | Orifjon Bozorov - Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti rektori
#COVID19

Manba: Eduuz

Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Prezident: «Tezkor mobil internet qamrovi yil yakunigacha 90 foizga yetkazilsin»

Yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev: «Bu ishlarni kelgusi 2-3 yilda to‘liq amalga oshirmasak, har bir kechikkan yilimiz mamlakatimizni 10 yil orqaga tortadi», deya ta’kidladi.

Manba: terabaytuz

Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Tezkor #Rasman
📌 Rasman Kirish imtihonlari 2ta mutaxassislik fanidan bo'ladi!

"Joriy yilning 30-aprel kuni Prezidentimiz rahbarligida o‘tgan yig‘ilishda belgilangan topshiriqlar va tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirlik, idora, tashkilotlar tomonidan kiritilgan takliflar asosida hamda abituriyentlarni qiynab qo‘ymaslik maqsadida faqat 2020-2021-o‘quv yili uchun istisno tariqasida qabul test sinovlari majburiy fanlarsiz, 2 ta mutaxassislik fanlaridan o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Ushbu 2 ta mutaxassislik fanlari 2019-yil dekabr oyida belgilangan tartibda tasdiqlanib, keng jamoatchilikka e’lon qilingan edi" deyiladi dtm.uz rasmiy sahifasida.

Barcha abutiryentlarga ulashing

Manba: YQQUZB_KANAL

Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
⚡️⚡️⚡️ DTM o‘z saytida test sinovlari 2 ta fandan bo‘lishi haqidagi rejani maʼlum qildi

«Koronavirus pandemiyasi sharoitidagi karantin abituriyentlarimizning o‘qishga kirish tayyorgarligiga ham jiddiy taʼsir ko‘rsatmoqda», - deyiladi DTM saytidagi xabarda.

«Ana shunday cheklovlar davrida abituriyentlarimiz o‘zlari xohlaganlaridek tayyorgarlik ko‘ra olmadilar. Bunaqa paytda ularga yordam berish, yengilliklar yaratish, faqat bitiruvchilar uchun emas, balki abituriyentlar uchun ham foydalidir.

Bu yil abituriyentlarning uyidan chiqmagan holda ro‘yxatdan o‘tishini tashkil etish, test topshiriqlarini soddalashtirish, kirish test sinovlarini sodda shaklda va qisqa vaqt ichida o‘tkazish kabi yengilliklar yaratish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Joriy yilning 30 aprel kuni Prezidentimiz rahbarligida o‘tgan yig‘ilishda belgilangan topshiriqlar va tasarrufida OTMlari mavjud bo‘lgan vazirlik, idora, tashkilotlar tomonidan kiritilgan takliflar asosida hamda abituriyentlarni qiynab qo‘ymaslik maqsadida faqat 2020-2021-o‘quv yili uchun istisno tariqasida qabul test sinovlari majburiy fanlarsiz, 2 ta mutaxassislik fanlaridan o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Ushbu 2 ta mutaxassislik fanlari 2019 yil dekabr oyida belgilangan tartibda tasdiqlanib, keng jamoatchilikka eʼlon qilingan edi.

Alohida taʼkidlash kerakki, infeksiya butunlay bartaraf etilmagan sharoitda abituriyentlarning 1000 o‘rinlik binolarda 3-4 soat qolib ketishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham mazkur o‘quv yilida test sinovlari o‘tkaziladigan binolarda ko‘pi bilan 700 tagacha o‘rin tayyorlanadi, har bir abituriyent uchun kamida 3 kv.m joy ajratiladi, sanitariya-gigiyena talablariga binoan, ularda niqob, qo‘lqop bilan testda ishtirok etishi taʼminlanadi. Abituriyentning tana harorati o‘lchangach, binoga kiritiladi. Binolar kamida 4 marotaba dezinfeksiya qilinadi. Bularning bari test topshiruvchilar, guruh nazoratchilari va jarayonga jalb etilgan boshqa shaxslarning salomatligini himoyalash maqsadida amalga oshiriladi.

Qayd etilgan ushbu jarayon ham karantin cheklovlari butunlay olib tashlangandan so‘ng amalga oshiriladi.

Keyingi o‘quv yilidan boshlab, hamma jarayon belgilangan tartib-qoidalar asosida bo‘lishini takroran eslatib o‘tamiz».

Manba: Xushnudbek Xudoyberdiyev telegram kanali

Do’stlarga ulashishni unutmang !


Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Tezkor #Rasman

🇺🇿 Prezident farmoni bilan ID-kartani berish tartibi tasdiqlanadi.

Unga ko‘ra, ID-karta O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga tug‘ilganidan boshlab beriladi. O‘zbekiston Respublikasi hududida yashovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari 18 yoshdan ID-kartaga ega bo‘lishlari shart.

❗️ ID-karta fuqarolarga quyidagi amal qilish muddatlariga beriladi:
• tug‘ilgan kunidan boshlab bir yoshgacha – ikki yil muddatga;
• bir yoshdan 16 yoshgacha – 5 yil muddatga;
• 16 yoshdan oshgan shaxslarga – 10 yil muddatga.

⚡️Fuqaro 14 yoshdan boshlab ID-karta rasmiylashtirishda barmoq izlarini topshirishi shart.

Fuqaro doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlariga (MvaFRB) ID-kartani olish uchun 18 yoshga to‘lgandan so‘ng bir oydan kechikmasdan murojaat etishi lozim

Manba: Militsiya_Uzb

Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
📌 Ro‘zaning yigirmanchi kuni 13-may

Toshkent vaqti bilan 03:34

RO‘ZA TUTISH (OGʻIZ YoPISH) DUOSI

نَوَيْتُ أَنْ أَصُومَ صَوْمَ شَهْر رَمَضَانَ مِنَ الْفَجْرِ إِلَى الْمَغْرِبِ، خَالِصًا لِلهِ تَعَالَى أَللهُ أَكْبَرُ

Navaytu an asuvma sovma shahri ramazona minal fajri ilal mag‘ribi, xolisan lillahi ta’aalaa Allohu akbar.

Ma’nosi: Ramazon oyining ro‘zasini subhdan to kun botguncha tutmoqni niyat qildim. Xolis Alloh uchun Alloh buyukdir.

Quyoshning chiqish va botish vaqtidagi farqlar (daqiqa hisobida)

➖TOSHKENTDAN oldin:

Qo‘qon-7, Namangan -10, Farg‘ona -10, Marg‘ilon -10, Andijon -11.

➖TOSHKENTDAN keyin:

Bekobod +4, Jizzax +6, Guliston +2, Denov +7, Jomboy +7, Samarqand +9, Shahrisabz +10, Qarshi +12, Kattaqo‘rg‘on +12, Nurota +14, Navoiy +19, Buxoro +21, Xiva +35, Nukus +42.

♻️TARQATING ALLOH ROZI BO‘LSIN SIZDAN!

Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Robert Kiosakidan ruhlantiruvchi so‘zlar:

"Men doimo hamma narsaga umidsizlik bilan qaraydigan insonlarga hayron qolaman. Ular bu hayotda hech narsaga erishilib bo‘lmasligini va muvaffaqiyat faqat tanlangan kishilarga tegishli deb ishonishadi. Hullas, aziz umidsizlar. Uyda yotib, pivani ichib, millionlar haqida hayol suradiganlarga muvaffiqat kelmaydi. Muvaffaqiyat - harakat qilgan, hech voz kechmagan va qattiq ishlagan insonga keladi.”

Xayrli tong, do‘stim!

Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Intervyu

Yoshlarni ilm-fanga yo‘naltiruvchi yangi loyiha ishga tushdi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan yurtimiz hududida tug‘ilib ilm-fan rivojiga munosib hissa qo‘shgan mumtoz allomalarimiz faoliyatini kengroq yoritish maqsadida www.moziy.edu.uz sayti ishga tushirildi.

Ushbu sayt va unda e’lon qilinadigan loyihalar bo‘yicha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Yusuf ABSOATOV O‘zA muxbiri savollariga javob berdi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/2103

Manba: Eduuz

Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​Karantinda uyda o'tirib charchab kettim, deysizmi?! Rasmni ko'rib shukur qiling va uyaling (!). Siz uyda hechnima qilmasdan charchabsiz, shifokorlar kuni bo'yi koronavirusga chalinganlarning hayoti, yashab qolishi uchun kurashib, o'zlarini ayashmayapti.

Rasmdagi shifokor va hamshiralar - Italiyadagi ayni kun qahramonlaridir. Ular ish smenalari tugagach niqoblarini yechib selfi qilishgan xolos. Yuzda qolgan og'riqli izlarni ko'ryapsiza? Shuning uchun sizni yuzingizni yupqa matoli niqob qichitsa, rezinasi qulog'ingizning ga'shiga tegsa, mana shu rasmni bir ko'rib, eslab shukur qiling.

"Taqsa o'zini virusdan himoya qilishga tayapti, menaga nima?!", -demang. Agar shifokorlar kasallikni yuqturib olsa, bemorlarni kim davolaydi? Hozir ular o'zlari va oilasidan ko'ra bemorlarni oyoqqa turg'izish hamda kasallikka qarshi haqiqiy jang qilish haqida ko'proq o'ylab siqilishyapti.

O'ylab ko'ring va shukur qiling. Yordam beraman, desangiz uyda qoling.
Bu meni shaxsiy fikrim va sizga beradigan oddiy tavsiyam.

💬 Jaloliddin Mirzayev.

Manba: Hashtaguz

Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Kun tarixi!

Bugun 13 may, chorshanba.


🇺🇿 2016 — Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tashkil etildi.

🇺🇸 1501 — Amerigo Vespuchchi boshchiligidagi ekspedisiyaning Gʻarbga sayohati boshlandi;

🇧🇷 1888 — Braziliyada qullik bekor qilindi;

➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
📌 Abituriyentlarga qo'shimcha ma'lumot

Alohida ta’kidlash kerakki, infeksiya butunlay bartaraf etilmagan sharoitda abituriyentlarning 1000 o‘rinlik binolarda 3-4 soat qolib ketishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.

Ko‘za kunda emas, kunida sinadi. Bu bejizga emas, albatta. Shuning uchun ham mazkur o‘quv yilida test sinovlari o‘tkaziladigan binolarda ko‘pi bilan 700 tagacha o‘rin tayyorlanadi, har bir abituriyent uchun kamida 3 kv.m joy ajratiladi, sanitariya-gigiyena talablariga binoan, ularda niqob, qo‘lqop bilan testda ishtirok etishi ta’minlanadi. Abituriyentning tana harorati o‘lchangach, binoga kiritiladi. Binolar kamida 4 marotaba dezinfeksiya qilinadi. Bularning bari test topshiruvchilar, guruh nazoratchilari va jarayonga jalb etilgan boshqa shaxslarning salomatligini himoyalash maqsadida amalga oshiriladi.

Qayd etilgan ushbu jarayon ham karantin cheklovlari butunlay olib tashlangandan so‘ng amalga oshiriladi.

Amalga oshiriladigan ishlar va jarayonlar bo‘yicha keng jamoatchilikka ma’lumot berib borilmoqda.

Keyingi o‘quv yilidan boshlab, hamma jarayon belgilangan tartib-qoidalar asosida bo‘lishini takroran eslatib o‘tamiz.

Manba: dtm.uz

Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#bilasizmi? 🤔

Soat:

🕕 6:00 — Tanani uyg‘otish uchun kortizol ishlab chiqarish ortadi;

🕖 7:00 — Melatonin ishlab chiqarilishi to‘xtaydi;

🕙 10:00 — Aqliy faollikning eng yuqori nuqtasi;

🕝 14:30 — Xarakatlar koordinasiyasining eng yaxshi darajasi;

🕞 15:30 — Reaksiyaning eng yaxshi vaqti;

🕔 17:00 — Yurak qon-tomir tizimi va muskullarning elastiklik darajasining eng yaxshi vaqti;

🕖 19:00 — Qon bosimi va tana xaroratining eng yuqori darajasi;

🕘 21:00 — Tanani uyquga tayyorlash uchun melatonin ishlab chiqarila boshlaydi;

🕙 22:00 — Tana uyquga tayyorlanib ovqat xazm qilish tizimi tinchlanadi;

🕑 2:00 — Eng qattiq uyqu vaqti;

🕓 4:00 — Tananing eng past xarorati.

➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Toshkent shahridagi Yodju texnika institutida qabul jarayoni boshlandi

Batafsil👇
https://kun.uz/60560892

Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Facebookdagi eng yosh dasturchi

Maykl
Sayman hozirda 17 yoshda va Facebookning eng yosh dasturchilaridan biri. Maykl dastlab, AppStore uchun oddiygina o'yin dasturini yasaydi va bir necha kunda Top 1 o'ringa chiqib oladi. Chunki o'sha paytda AppStoreda atigi 1500 ta ilovalar bo'lgan. Mayklning oilasi qiyin sharoitda bo'lgani tufayli AppStore uchun to'lovni o'zi ishlab topadi.

Uning dasturi tez orada butun AppStoreda 1-o'ringa chiqib oladi va Facebookni ham e'tiborini tortadi. Mayklga esa ular yozgi amaliyot uchun ish taklif qilishadi va oyiga $6000 ishlab topishini aytadi.

💻Dasturchi bo'lish har doim ham yosh tanlamaydi. Faqatgina kuchli xohish va harakat kifoya.

Manba: GreatCoders

Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​Kitob oʻqishning 10 ta foydasi:

Agar siz har kuni kitob oʻqiyotgan boʻlsangiz?

1. Aqliy ragʻbatlantirish
2. Stressni davolash
3. Bilim. Uni tortib olish mumkin emas
4. Soʻz boyligini kengaytirish
5. Xotirani yaxshilash
6. Analitik fikrlash qobiliyati
7. Diqqatni oshirish va konsentratsiya
8. Yozish qobiliyati
9. Tinchlik
10. Bepul zavqlanish

➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​​​#Diqqat❗️

❗️Rossiya oliy o‘quv yurtlari kunduzgi bo‘limlarida tahsil olayotgan Oʻzbekistonlik talabalarga  12130 rubl miqdorida yordam puli berilmoqda!

2020-yil 14-maydan O‘zbekistonning Moskva shahridagi Elchixonasi va Rossiya hududlaridagi bosh konsulxonalari Elchixona ochgan xayriya hisob raqamiga kelib tushgan mablag‘lar hisobidan, Rossiya Federatsiyasida bo‘lib turgan hamda COVID-19 virusi pandemiyasi sababli joriy qilingan karantin va cheklov choralari tufayli og‘ir vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga bir marta beriladigan moddiy yordamni to‘lab berishni boshlaydi.

Bir martalik moddiy yordam Rossiya Federatsiyasi hududida bo‘lib turgan quyidagi toifadagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga to‘lab beriladi:

1. Nogironlar – tegishli tasdiqlovchi hujjat (ma'lumotnoma) taqdim etilgan taqdirda;

2. Qaramog‘ida 2 yoshgacha farzandi bo‘lgan hamda homilasi 7 oylikdan oshgan ayollar – zarur tasdiqlovchi hujjatlar (bolaning tug‘ilganligi haqidagi guvohnoma, tibbiyot muassasidan ma'lumotnoma) taqdim etgilgan holda;

3. COVID-19 virusi tasdiqlangan shaxslar – tegishli tasdiqlovchi hujjat asosida;

4. Rossiya oliy o‘quv yurtlari kunduzgi bo‘limlarida tahsil olayotgan talabalar – o‘qish joyidan tegishli ma'lumotnoma asnosida.

Mazkur yordam Rossiyada belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan(12 130 рублей) kelib chiqqan holda bir martalik pul mablag‘ini to‘lab berish shaklida amalga oshiriladi.

✅Moliyaviy yordamni olish uchun Elchixona tomonidan maxsus ishga tushirilgan o‘zbek va rus tillaridagi “мехр.рф” (https://xn--e1annt.xn--p1ai/) elektron portali orqali murojaat yuborish lozim.

Elchixona xayriya bank raqamiga moliyaviy mablag‘lar o‘tkazgan homiylar va sheriklarimizga minnatdorlik bildiramiz. Vatandoshimiz, taniqli tadbirkor va homiy Alisher Usmonovga u ko‘rsatgan keng ko‘lamli yordami uchun alohida minnatdorlik izhor etamiz.

Ehtiyojmand fuqarolarga moliyaviy mablag‘larni ajratish jarayoni shaffofligini ta'minlash maqsadida, Elchixona har hafta o‘z rasmiy saytida hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida tegishli hisobotlar e'lon qilib boradi.

❗️♻️Barcha Rossiyada oʻqiyotgan yordamga muhtoj talabalarga tarqating!

Manba: Abituriyent

Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
📌 Kelajakda magistraturada ham o'qish istagi borlar uchun MAGISTRATURAGA HAM BIR NECHTA YO'NALISH BO'YICHA HUJJAT TOPSHIRISH AMALYOTINI JORIY ETISH bo'yicha petitsiyada qatnashib,👍 ovoz bering.


https://petition.gov.uz/uz/petitions/view/3706

P/S: Menimcha bu ish amalga oshsa ko'pchilik magistraturaga o'qishga kirish ehtimoli bir necha marotabaga oshadi

Manba: YQQUZB_KANAL

Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Nobel mukofoti sovrindorlari qancha mukofot olishadi?

Nobel mukofoti eng obro'li xalqaro mukofotlardan biri bo'libgina qolmasdan, mukofot egasiga mo'maygina pul berillishi bilan ajralib turadi.

2019-yilda mukofot puli $1.1 mln dollarni tashkil etgan!

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Kun_tarixi

13 - may

1991 yil 13 mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-207-sonli Farmoniga ko‘ra , Toshkent xalq xo‘jaligi institutining Moliya-kredit va Hisob-iqtisod fakultetlari negizida Toshkent moliya instituti tashkil etilgan.

Bugungi kunda oliy ta’lim muassasasidagi 8 ta fakultetda 24 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi, 15 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.

Institutda 5339 nafar talabaga 439 nafar professor-o‘qituvchi ta’lim berib kelmoqda.

Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA