Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
#õqish_davrlarini_eslab😢

–darsda domla mavzu qolib hayoti haqida so‘zlab o‘tirsa
–yagona biladigan savoling aytilsa-yu lekin boshqa doskaga chiqsa
–butun guruh telefon o‘ynab o‘tirasa-yu domla faqat seni ko‘rsa
–sessiyaga yaqin jurnal yo‘qolib qolsa
– imtohon kuni interneting o‘chgan bo‘lsa
–uxlamay tayyorlangan mavzuingni sendan oldin boshqa birov gapirib qo‘ysa
–30 varaq “otrabotka”ni qo‘lda yozsang

Imtohon kuni ertalab uyg‘onganingda kechasi telefoningni quvvatlashni unutgan bo‘lsang yomon alam qiladi…🥴😅

🏛BuxMTI 612-17EN Raxmatov G'afur.

Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
🎓 @TALABAUZ 🇺🇿
💪 Energiyamizni ko'paytiramiz

⚡️ Muammolarga yechim topish:

Yechimi topilmagan, sizni qiynayotgan vazifalarning yechimini toping. Qaysi ish, masala, vaziyatni eslasangiz, ichingiz qiynalyabdi? O'shalarning ro'yhatini tuzingda, birma-bir hal qiling. Hal qilganingiz sari, yengillashib boraverasiz. Bu masalalar ichingizdagi energiyani yeyishni to'xtatadi.

⚡️ Odamlarga foydangiz tegsin:

Odamlar sizga hayolan minnatdorchilik bildirsalar ham, energiyaga to'laverasiz. Qo'lingizdan kelgancha hayrli ishlar qiling! Hayrli ishlarga qancha ko'p energiya sarflasangiz ham, sizga 10 barobar bo'lib qaytadi!

⚡️ Maksimum xarakat:

Tana xarakatda bo'lsa, qon yaxshi aylanadi va tana energiyaga to'ladi. Maksimum xarakat deganda, atrofdagi barcha xarakat imkoniyatlaridan unumli foydalanib qolish degani, masalan:
Liftda emas, zinadan chiqish;
Taksida emas, piyoda yurish va hokazo. Yoki har kuni sport bilan shug'ullaning!

⚡️ Meditatsiya:

30 daqiqa ko'zlarni yumib, qalbda yuz berayotgan jarayonlarni kuzatish ya'ni jim-jitlikda o'tirish ham, eng samarali energiyaga to'ldiradigan meditatsiya hisoblanadi. Yoki boshqa o'zingiz hohlagan meditatsiyangizni bajaring.

⚡️Maqsad qo'yib, uni amalga oshirish:

Kuniga atigi 6 ta kichkina maqsad qo'yib, kun davomida amalga oshiring. Aslida maqsadlar, har doim o'ziga yarasha energiya bilan beriladi.

️ ⚡️ Ayni damda yuragingiz jiz etgan ishni qiling:

Juda ham hohlayotgan ishingizni qilishingiz, bajarishni hohlamayotgan ishingizni qilish uchun energiya beradi. O'zi aslida, bajarishni hohlamayotgan ishlarni umuman qilmaslik lozim. Bajarmaslik yo'lini toping. Hal qiling. Ko'nglingizga yoqgan ish bilan
shug'ullaning

➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​Самарқанд давлат тиббиёт институтида «Замонавий тиббиётнинг долзарб масалалари» мавзусида халқаро илмий-амалий конференцияси ўтказилди.

15 май куни Самарқанд давлат тиббиёт институтида «Замонавий тиббиётнинг долзарб масалалари» мавзусида талаба-шифокорлар ва ёш олимлар иштирокида анъанавий 74-халқаро илмий-амалий конференцияси ўтказилди. Бу йилги анжуман карантин сабаб онлайн тарзда ўтказилди. Карантин бўлганига қарамай, конференцияда қатнашиш учун мамлакатимиз ва 7та хорижий давлатлардан жами 550 муаллифдан 900дан ортиқ илмий тезислар ва мақолалар келиб тушди.

СамДТИ ташкил этган бу йилги илмий-амалий конференция Ўзбекистонда «2020 йил – Илм-маърифат ва рақамли иқтисодиётни ривожлантириш йили» давлат дастури ижросига мувофиқ институтнинг 90 йиллик юбилейи арафасида ўтказилди.

Конференцияни ўтказишдан асосий мақсад ёш олимлар ва талабаларни илмий-тадқиқот ишларига жалб қилиш, тадқиқот натижаларини тақдим қилишга ўргатиш ва мулоқот доираларини кенгайтириш орқали инновацион ишланмаларни амалиётга жорий қилишга кўмаклашиш бўлди.

Халқаро илмий-амалий конференциянинг ялпи мажлиси ягона телекўприк орқали боғланган ва якдил жамоа сифатида бирлашган ҳолда бошланди. Ялпи мажлис ишини институт ректори профессор Жасур Ризаев табрик сўзи билан очиб берди ва олиб борди. Ялпи мажлисда Ўзбекистон ва МДҲ мамлакатларининг 10та олий тиббий ўқув юртларидан 500дан ортиқ олимлар ва талабалар қатнашиб, ташкилотчилар ва институт раҳбариятига ўзларининг энг илиқ сўзларини йўлладилар.

Конференциянинг ялпи мажлиси ва 8та шўъба мажлисларида Беларусь, Россия, Қозоғистон, Украина, Жанубий Корея ва Тожикистондан 12та ва мамлакатимизнинг 6та тиббиёт олийгоҳларидан 150дан ортиқ талаба ва ёш олимлари бевосита чиқиш қилди. Ҳар бир шўъба мажлисида 200га яқин иштирокчи қатнашди. Энг долзарб ва қизиқарли ишлар муаллифлари диплом билан тақдирландилар.

Конференциянинг барча материаллари СамДТИ чоп этиладиган «Биология ва тиббиёт муаммолари» илмий журналида нашр қилинади. Умид қиламиз, конференцияда билдирилган фикрлар, таклиф ва хулосалар мамлакатимизда тиббиёт ривожига, соҳага инновацияларни киритиш, моҳир тиббиёт кадрларини вояга етказиш ва халқимизга малакали тиббий ёрдам кўрсатиш сифатини кўтаришга хизмат қилади.

Самарқанд давлат тиббиёт институти ахборот хизмати

➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
Дўстларга улашишни унутманг !

Каналга уланиш 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2020 - yilda kutilayotgan SESSIYA😁(Hazil tariqasida)

Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
📌 Pasporti yo‘qolgan yoki almashtirish uchun topshirgan abituriyentlar nima qiladi?

Ayrim hollarda abituriyentlar pasportini bexosdan yo‘qotib qo‘yadi, yoki turli sabablar bilan pasport almashtirish (yangisini olish) uchun hujjat topshirgan bo‘ladi.

Abituriyent hujjatlarini “pasport stol”ga topshirgan bo‘lsa-yu, lekin hali yangi pasporti tayyor bo‘lmagan va eng asosiysi hujjat topshirishning eng so‘ngi sanasigacha (15 iyul) tayyor bo‘lishiga ko‘zi yetmasa, unda quyidagi tartibda hujjat topshirishi zarur:

1) pasport almashtirish uchun ariza topshirgan “pasport stolga” yuzaga kelgan vaziyat to‘g‘risida murojaat qilinadi;
2) IIB haqiqatdan pasport almashtirish uchun topshirganligini tasdiqlab, maxsus 09-shakl (Forma-09) ko‘rinishidagi ma’lumotnoma to‘ldirib beradi;
3) 09-shaklda fuqaroning surati va pasportda ko‘rsatilishi zarur bo‘lgan ma’lumotlar (identifikasiya raqami, pasport seriyasi va raqami) aks ettirilib, ushbu ma’lumotnoma maxsus muhr bilan tasdiqlanadi;
4) tayyor bo‘lgan 09-shakl vaqtinchalik pasport o‘rnini bosadi;
5) ushbu hujjat bilan bemalol OTMga hujjat topshirish mumkin.

Bu hujjat topshirgungacha bo‘lgan vaziyat uchun taalluqli javob.

Lekin boshqa vaziyatlarda, ya’ni abituriyent ro‘yxatdan pasport orqali o‘tgan bo‘lsayu, ammo testgacha pasportini yo‘qotib (o‘g‘irlatib, shikast yetkazib) qo‘ygan bo‘lsa, unda 09-shakl bilan test sinovlariga kiritiladimi yoki yo‘qmi, degan savolga menda aniq javob yo‘q.

Shuningdek, yuqoridagi holatning teskarisi bo‘lishi mumkin, ya’ni 09-shakl bilan ro‘yxatdan o‘tib, testgacha pasporti tayyor bo‘lgan bo‘lsa, pasport bilan kirishi mumkinmi yoki 09-shakl bo‘lishi shartmi?

Menimcha, ikkala holatda ham testga kirishda muammo bo‘lmasa kerak. Yana ham rasmiylar bu vaziyatga oydinlik kiritishlarini so‘rab qolamiz.

Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Vapshe_malades

🇺🇿 O‘zbekistonda 11 may kuni «Vapshe malades bola» MChJ ro‘yxatdan o‘tkazildi.

❗️ Eslatib o‘tamiz, bundan bir yil avval «Lyubaya biznes xorosha» deb nomlangan firma ham ro‘yxatdan o‘tkazilgan edi 😁

Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​Самарқанд иқтисодиёт ва сервис институтида масофавий таълим асосида янгича ёндашув

Короновирус пандемияси даврида барча таълим муассасаларида ўқишлар масофавий тарзда ташкил этилиши белгилангандан сўнг, талабаларга зарурий билим ва кўникмаларни ўз вақтида бериш мақсадида Самарқанд иқтисодиёт ва сервис институтида ҳам Вазирликнинг тегишли буйруғида белгиланган талаблар асосида масофавий таълим бўйича ўқув жараёни йўлга қўйилди.
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
Дўстларга улашишни унутманг !

Каналга уланиш 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Koronavirus sababli O‘zbekistondagi diniy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari ham soddalashtiriladi.

Koronavirus sababli O‘zbekistonda 2020-yilda oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalarida abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish onlayn shaklda amalga oshiriladi, kirish imtihonlari esa soddalashtiriladi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalarida tasdiqlangan qabul nizomiga ko‘ra, o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalarida abituriyentlardan hujjat qabul qilish 15-iyundan 5-iyulgacha, oliy diniy ta’lim muassasalarida esa 15-iyundan 15-iyulgacha o‘tkazilishi belgilangan.

Hozirgi vaziyatdan kelib chiqib, koronavirus kasalligi tarqalishining oldini olish maqsadida diniy ta’lim muassasalarida 2020/2021-o‘quv yili uchun abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish yuqorida qayd etilgan muddatlarda onlayn shaklda amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, o‘tgan yillarda qabul imtihonlari o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalarida uchta fan — chet tili, tarix, ma’naviyat va ma’rifat bo‘yicha test sinovi shaklida o‘tkazilgan. Toshkent islom instituti va Mir Arab oliy madrasasida arab tili fani bo‘yicha ijodiy imtihon, fiqh va aqoid, O‘zbekiston tarixi fanlari bo‘yicha test sinovi bo‘lib o‘tgan. Hadis ilmi maktabida hadis va mustalahul hadis, arab tili fani bo‘yicha ijodiy imtihon, O‘zbekiston tarixi fanidan test sinovi o‘tkazilgan.

Mamlakatda karantin tartiblari davom etayotgani va abituriyentlarga qulayliklar yaratish maqsadida, 2020/2021-o‘quv yili uchun diniy ta’lim muassasalariga kirish test imtihonlari fanlarni istisno tariqasida qisqartirish bo‘yicha takliflar ham ko‘rib chiqilmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan ta’kidlanishicha, o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalariga umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasasini tugatganligi haqida hujjat (diplom)ga ega bo‘lgan fuqarolar, oliy diniy ta’lim muassasalariga esa o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalarini tamomlagan bitiruvchilar qabul qilinadi.

Qayd etilishicha, kirish imtihonlari o‘tkazishning tasdiqlangan tartibi va qabul jarayonlariga oid ma’lumotlar O‘zbekiston musulmonlari idorasining muslim.uz sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali berib boriladi.

➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Tashabbus

Talabalarni xalqaro matematika olimpiadalariga saralash onlayn loyihasi boshlandi

Talabalarning xalqaro matematika olimpiadalarida munosib ishtirok etishi va iqtidorli talabalarni saralash maqsadida O‘zbekiston Milliy universiteti va V.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti hamkorlikda “Mathematical olympiads of Uzbekistan for University Students” onlayn loyihasini amalga oshirishni boshladi.

Ushbu loyihada xalqaro matematika olimpiadalarga tayyorlash bo‘yicha topshiriqlar, ilmiy faoliyatga yo‘naltirish bo‘yicha onlayn darslar tashkil etiladi va har oyda ishtirokchilarning natijalar hamda topshiriqlarning yechimlari e’lon qilinadi.

Loyihada ishtirok etishni hohlovchi talbalar va yosh tadqiqotchilar @analizningnostandartmasalalari telegram manzili orqali guruhga qo‘shilishlari mumkin.

Loyiha rahbari: Karim Rahimov, Italiyaning Piza unviyersiteti matematika bo‘yicha falsafa doktori (PhD, 2020).

© Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
Do‘stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
2020-yil 17-may “Onlayn-maktab” telekanllarida quyidagi yo’nalishlarda efirlarni tomosha qiling.

Do‘stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#karantin #2020
So'nggi qo'ng'iroqsiz o'qishni tomomlayotganlarga yuboramiz! O'quvchining dardini eshitib ko'rmaysizmi? #respect 🤣

Do‘stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
📌 Ro‘zaning yigirma to‘rtinchi kuni 17-may

Toshkent vaqti bilan 03:28

RO‘ZA TUTISH (OGʻIZ YoPISH) DUOSI

نَوَيْتُ أَنْ أَصُومَ صَوْمَ شَهْر رَمَضَانَ مِنَ الْفَجْرِ إِلَى الْمَغْرِبِ، خَالِصًا لِلهِ تَعَالَى أَللهُ أَكْبَرُ

Navaytu an asuvma sovma shahri ramazona minal fajri ilal mag‘ribi, xolisan lillahi ta’aalaa Allohu akbar.

Ma’nosi: Ramazon oyining ro‘zasini subhdan to kun botguncha tutmoqni niyat qildim. Xolis Alloh uchun Alloh buyukdir.

Quyoshning chiqish va botish vaqtidagi farqlar (daqiqa hisobida)

➖TOSHKENTDAN oldin:

Qo‘qon-7, Namangan -10, Farg‘ona -10, Marg‘ilon -10, Andijon -11.

➖TOSHKENTDAN keyin:

Bekobod +4, Jizzax +6, Guliston +2, Denov +7, Jomboy +7, Samarqand +9, Shahrisabz +10, Qarshi +12, Kattaqo‘rg‘on +12, Nurota +14, Navoiy +19, Buxoro +21, Xiva +35, Nukus +42.

♻️TARQATING ALLOH ROZI BO‘LSIN SIZDAN!

Do‘stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Agar Sen biror narsani chin dildan istasang, ushbu orzuyingni amalga oshirishga butun olam madadkor bo'ladi.

Paulo Koelo

Barchaga Assalomu Alaykum, hayrli tong.🌞 Kuningiz mazmunli va barakali o’tishini tilab qolamiz, 🌸Erta tongdan ajoyib motivatsiyani ilinishni hohladik🙂o’qib, kuningizni ajoyib kayfiyat va “shijoat” bilan boshlang !

Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​O‘zbekistonda mahkumlarning OTMlarda o‘qishi uchun maxsus o‘quv guruhlari tashkil etilishi mumkin.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi “Jinoiy jazoni ijro etish tizimida ta’limni tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasi muhokamaga qo‘ydi.

Ta’kidlanishicha, jinoiy jazoga hukm qilingan shaxslarda qonunga itoatkor xulq-atvorni va jamiyatda yurish-turish qoidalariga hurmat munosabatini shakllantirish, ularni ijtimoiy moslashtirish, yangi jinoyat sodir etishining oldini olishda ta’lim olishiga va kasb-hunar o‘rganishiga ko‘maklashish asosiy vositalardan hisoblanadi.

Qaror loyihasiga ko‘ra, umumta’lim muassasalari va kasb-hunarga o‘qitish markazlari faoliyat ko‘rsatmayotgan jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlarning umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishi uchun, shuningdek, barcha jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlarning oliy ta’lim olishi uchun imkoniyat va sharoitlarni yaratish, shuningdek probatsiya xizmati uchun kadrlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish zarurati yuzaga kelgan.

2019—2021-yillarda O‘zbekiston jinoyat-ijroiya qonunchiligini takomillashtirish konsepsiyasi ijrosini ta’minlash, shuningdek, ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan shaxslarning masofaviy ta’lim shakli orqali umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim olishi uchun imkoniyat va sharoitlarni yaratish maqsadida 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan shaxslarning masofaviy ta’lim shakli orqali oliy ta’lim muassasalarida maxsus o‘quv guruhlari tashkil etish taklif qilinmoqda.

Unga ko‘ra, maxsus o‘quv guruhida ta’lim oluvchilar soni 30 kishidan ortiq bo‘lmaydi, maxsus o‘quv guruhlarida ta’lim oluvchilarning soni oliy ta’lim muassasalarining belgilangan umumiy qabul kvotalari soniga kirmaydi va davlat budjetidan moliyalashtiriladi.

Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining tashkiliy shtat tuzilmasiga Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi boshlig‘ining ta’limni tashkil etish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi kiritilib, uning zimmasiga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan shaxslarning ta’lim olishini samarali tashkil etish va ta’lim muassasalari bilan uzviy hamkorlikni ta’minlash uchun shaxsiy javobgarlik yuklanadi.

Bosh prokuratura bir oy muddatda Jinoyat va Jinoyat-ijroiya kodekslarining yangi tahrirdagi loyihalarida quyidagilar bo‘yicha aniq huquqiy mexanizmlar belgilanishini ta’minlaydi:

* jinoiy jazoga hukm qilingan shaxslarni ta’lim olishiga va kasb-hunar o‘rganishiga ko‘maklashishni ularni resotsializatsiya qilishning asosiy vositalaridan etib belgilash;

* ta’lim olish va kasb-hunar o‘rganishga vijdonan munosabatda bo‘lishni jinoiy jazoga hukm qilingan shaxslarning asosiy majburiyatlariga kiritish;

* jinoiy jazoga hukm qilingan shaxslarning har oyda kamida bitta tavsiya etilgan adabiyotni o‘qishini tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish shakllariga kiritish;

* jinoiy jazoga hukm qilingan shaxslarning xulq-atvorini baholashda, jazosini yengilroq jazoga almashtirishda, jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilishda ularning ta’lim olish va kasb-hunar o‘rganishga vijdonan munosabatda bo‘lganligini hisobga olish;

* masofaviy ta’lim shakli orqali ta’lim olayotgan ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan shaxslar uchun fanlarni o‘zlashtirishiga ko‘maklashish maqsadida haftaning bir kunini ta’lim kuni sifatida belgilash va ushbu kunda ularni mehnatga jalb qilinmasligini ta’minlash.


➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​#OTM_yangiliklari

Buxoro davlat tibbiyot institutida Germaniya universiteti bilan hamkorlikda PhD tayyorlanadi

Buxoro davlat tibbiyot institutida 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab Frankfurt amaliy fanlar universiteti bilan hamkorlikda Germaniya akademik almashinuv xizmati (DAAD) tomonidan moliyalashtiriladigan “Giyohvandlikka tobelikni davolashda ijtimoiy hamkorlik va NNTlarni rivojlantirish (SOLID – Social work and strengthening of NGOs in development cooperation to treat drug addiction) loyihasi doirasida uch nafar PhD hamda bir nafar tadqiqotchi (Post-doc) tayyorlanadi.

Ushbu loyiha Frankfurt amaliy fanlar universiteti bilan hamkorlikda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston hamda XXR tibbiyot OTMlari o‘rtasida amalga oshirilib, har bir mamlakatda uch nafardan doktorantura (PhD) hamda bir nafardan tadqiqotchilarni (Post-doc) tayyorlashni nazarda tutadi.

Loyiha doirasida giyohvandlik va uni davolash sohasida hamkorlikdagi ilmiy tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yish, ushbu yo‘nalishda bakalavr hamda magistratura (klinik ordinatura) talabalari uchun o‘quv dasturi hamda elektron platforma ishlab chiqiladi.

BuxDTI va Germaniya universiteti o‘rtasida imzolangan shartnomaga muvofiq, nomzodlar tanlov asosida tanlab olinadi va dasturni muvaffaqiyatli tugatgan izlanuvchilarga Frankfurt amaliy fanlar universitetining PhD darajasi beriladi.

Loyihaning barcha xarajatlari Germaniya akademik almashinuv xizmati (DAAD) tomonidan qoplanadi.

Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
💥💥💥 Tibbiyot sohasidagi oliy ta'lim muassasalari

"2020/2021 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasiga asosan bu yil tibbiyot sohasidagi oliygohlarga bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha jami 5414 talabani qabul qilish rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 2017 ta davlat grantini tashkil etadi.

Hozirgi kunda Respublikamizda tibbiyot sohasi bo‘yicha quyidagi oliy ta‘lim muassasalari faoliyat yuritmoqda:

🔻 Toshkent tibbiyot akademiyasi;
🔻 Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali;
🔻 Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali;
🔻 Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali;
🔻 Toshkent tibbiyot pediatriya instituti;
🔻 Toshkent tibbiyot pediatriya instituti Nukus filiali;
🔻 Toshkent farmatsevtika instituti;
🔻 Toshkent davlat stomatologiya instituti;
🔻Andijon tibbiyot instituti;
🔻 Buxoro tibbiyot instituti;
🔻 Samarqand tibbiyot instituti;

Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​​​#savol #test

Bu yigit ishga kirish oldidan suhbatga chaqirilgan.
Sizningcha u qaysi holatda o‘tirganda boshliqqa ko‘proq yoqqan bo‘lar edi? Bu yerda faqat tana tili (jestikulyasiya) muhim omil sifatida hisobga olinadi.

Javobini tez orada e'lon qilamiz.

Boshqalar bilan ham muhokama qilib ko‘ring.
​

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
📌 2020-yil 1-mart holatiga kontrakt miqdorlari:

✅Pedagogika, gumanitar fanlar, matematika, amaliy matematika va informatika, satsialogiya va psixologiya, jurnalistika va axborot, texnika, qishloq xo‘jaligi, ijtimoiy ta’minot, sport faoliyati, atrof-muxit muhofazasi, transport ta'lim yo'nalishlari uchun ➖ stipendiyali - 11.548.600 so'm, stipendiyasiz - 6.412.600 so'm

✅ San'at, arxitektura ta'lim yo'nalishlari uchun➖ stipendiyali - 12.907.300 so'm, stipendiyasiz ➖ 7.771.300 so'm

✅ Sharq filologiyasi, turkiy tillar filologiyasi, roman-german filologiyasi, tarjima nazariyasi va amaliyoti, o‘zbek-ingliz tarjima nazariyasi va amaliyoti, Qurilish, Xizmat ko‘rsatish sohasi, Kompyuter texnologiyalari ➖ stipendiyali - 12.227.900 so'm, stipendiyasiz - 7.091.900 so'm

✅ Jahon siyosati, Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar, Huquq ta'lim yo'nalishlari uchun ➖ stipendiyali - 14.945.300 so'm, stipendiyasiz - 9.809.300 so'm

✅ Iqtisod, Sog‘liqni saqlash, axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment ➖ stipendiyali - 14.265.900 so'm, stipendiyasiz - 9.129.900 so'm

P/S: Ko'pchilik kontrakt miqdori haqida so'ragani uchun kanalga joyladim, to'lamaganlar belgilangan summaning yarimini to'laydi.

Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​​​Institutda matematika fanidan dars bo‘lmoqda. O‘qituvchi doskaga X→Y=∞ deb yozib, darsga e’tiborsiz o‘tirgan bir talabani turg‘izib:
— Menga bu tenglamani matematika tilida o‘qib ber qani?
Shunda kallasida hech nima yo‘q, darsni chap qulog‘i bilan tinglab o‘tirgan talaba:
— X Yga nayza olib yugurgan edi, sakkiz qo‘rqqanidan yotvoldi, dermish!..

©2×2=5

Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​​​Sizningcha u qaysi xolatda o‘tirganida ko‘proq boshliqqa yoqqan bo‘lar edi?

Keling, xolatlarni birma-bir ko‘rib chiqamiz:

1⃣ Chapdagi xolatda yigit tabassum qilmoqda, bu ko‘pchilikka yoqadi, ammo bu yerda yigitning tabassumi soxta, biroz kibrlangan. Qo‘l qovushtirib o‘tirganligi hayajondan bo‘lishi mumkin. Lekin bu suxbatdoshni to‘liq nazorat qilish niyati borligini ham bildiradi. Qolaversa kaftini tashqi tomonini emas ichki tomonini ko‘rsatib o‘tish samimiylikka yaqin xolat.

2⃣ Ikkinchi xolatda qo‘llar pastga tushirilgan, yuzda bilinar bilinmas, ammo samimiy tabassum aks etgan. Qo‘llar pastda bo‘lganligi yigitni sirliroq ko‘rsatadi. Biroz sirlilik boshqalarning sizga qiziqib qolishiga sabab bo‘ladi. Aynan qo‘llar pastga bo‘lganida va bosh biroz yonga egilganda yaxshi tinglovchi sifatida namoyon bo‘ladi.

✅ Demak, to‘g‘ri javob: yigit o‘ngdagi xolatda o‘tirganda ko‘proq boshliqqa yoqadi!

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA