Talaba.uz | Ta'lim portali
5.51K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
ASSALOMU ALAYKUM!

Jilmayib tong otdi, o‘zgacha bu kun,
Umid qil, Rahmondan degandek bugun.
Ming kundan afzaldir, ming kundan uzun,
Alloh muborak qilgan JUMAdir bugun!

🌙 JUMA MUBORAK!

——————
Do’stlarni tabriklashni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​#OTM_yangiliklari

TDYuUda ham bitiruv malakaviy ishlar himoyasi boshlandi.

Toshkent davlat yuridik universiteti 4-kurs talabalari 1 iyundan boshlab bitiruv malakaviy ishlarini topshirmoqdalar.

Bitiruv malakaviy ishlari masofaviy ta’lim shaklida qabul qilinib, turli tashkilot va idoralar vakillaridan iborat tarkibda shakllantirilgan komissiya tomonidan baholanib borilmoqda.

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌 O'qishni ko'chirish onlayn tarzda amalga oshirilishi mumkinmi?

To'liq video
— https://www.youtube.com/watch?v=SqOuCX4HrQ0&feature=youtu.be

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
SAMARQAND VILOYATIDA 2 TA OLIY TAʼLIM MUASSASASI TASHKIL ETILADI

"Samarqand viloyatida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini kengaytirish va yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasiga asosan Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali hamda Toshkent davlat transport universitetining Kattaqo‘rg‘on filialini tashkil etish ko‘zda tutilgan.

👉 SamDUning Kattaqo‘rg‘on filiali va Transport universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali taʼlim faoliyati 2020/2021 o‘quv yilidan boshlanadi.

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Qabul2020 #RASMAN ❗️

Abituriyentlarda uchta ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati saqlanadi

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Bexzod Musayev rahbarligida 2020/2021 o‘quv yili qabul jarayonini tashkil etish yuzasidan dolzarb vazifalarga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi.

Unda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.Madjidov, Xalq ta’limi vaziri Sh.Shermatov, Davlat test markazi direktori M.Karimov va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.

Brifingda yangi o‘quv yiliga qabul jarayonlarini tashkil etish va test sinovlarini o‘tkazishga oid barcha savollarga aniqlik kiritildi.

Jumladan, 2020/2021 o‘quv yilida abituriyentlar uchun test blokidagi fanlar tarkibi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan 3 ta ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati saqlanib qolinadi.

Alohida iqtidor talab etiladigan hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon mavjud ta’lim yo‘nalishlariga kirishda abituriyentlar faqatgina bitta ta’lim yo‘nalishida tanlovda ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
STUDENT BO'LDINGMI?

Student bo'ldingmi, orqaga yo'l yo'q!
Eng avval ko'chirish san'atin o'rgan!
Axir oson emas domlani aldash -
U ham sendaylardan mingtasin ko'rgan!

Student bo'ldingmi, orqaga yo'l yo'q,
Majbursan qo'lingga kitob olishga.
Yoqmasligi mumkin ma'ruzalar sal,
Faqat o'rganmagin uxlab qolishga!

Student bo'ldingmi, orqaga yo'l yo'q,
Kamgap, kamsuqumlik bunda ketmaydi.
Hech yo'q domladan hol-ahvol so'rab tur,
Yo'qsa oxirida baling yetmaydi!

Student bo'ldingmi, orqaga yo'l yo'q,
Internet kafega navbatga yozil.
Besh o'nta referat, taqdimot qilish,
Bilib qo'ygin, senga emasdir hazil!

Student bo'ldingmi, orqaga yo'l yo'q,
Shularni o'ylaymiz, bedor tunimiz.
Ilohim, bizlarga havas qilganning,
Boshlariga tushsin bizning kunimiz!...
😂😄👍🤗🤭🧐😆

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#hazil

"Talaba ham odammi?"

O'qituvchilar hamda hazilga tushunmaydigan talabalar ko'rishi qat'iyan man qilinadi!

Talabalarga yuboramiz😂👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangiliklar 24 | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan nutq nuqsonlarini bartaraf etishda yordam beruvchi dastur ishlab chiqildi.

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
📌 Ehtiyot bo'ling Moodle tizimida hackerchalar paydo bo'ldi!

Shu kungacha talabalar o'zining shaxsiy profiliga boshqa birovlar kirib testlarni noto'g'ri yechgani va aksincha stratni bosib qo'yib umuman test yechmay chiqib ketib limitlaridan foydalangani haqida yozishmoqda. Surishtiruv natijalariga ko'ra ushbu hackerchalar Fakultetning telegram guruhi va kanaliga joylangan talabalarining umumiy login parollari saqlanadigan exel fayllaridan olib ro'yxatdagi talabaning profiliga kirib noqonuniy harakatlarni amalga oshirgani ma'lum bo'ldi.

Hurmatli hackerchalar siz qaysi qurilmadan qaysi profilga kirganingiz rahbariyatga ko'rinib turadi. Ya'ni siz kimningdir login paroli yordamida uning profiliga kirib u ruhsat bermagan amallarni bajarganingizda, talaba ushbu holat yuzasidan dekanatga shikoyat qilganida, dekan ushbu profilga qaysi qurilmadan va qaysi IP Adressdan kirganini aniqlab hackerni oson topadi. Bunday holatlar yuzasidan ichki nizomda ko'rsatilgan tartibda javobgarlikka tortiladi.

❗️Eslatma: Talabalar moodle tizimiga kirish uchun olgan login parollarini profilga kirishi bilanoq o'zgartirishlari kerak edi. Kim almashtirmagan bo'lsa, hoziroq parollarini o'zgartirishi maslahat beriladi.

Yoshlarni qo'llab quvvatlash ma'muriyati

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Yangi o‘quv yilida ham onlayn ta’lim davom etadimi?

Xalq ta’limi tizimida onlayn ta’lim berish faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 2020/2021 yilgi o‘quv mavsumida onlayn darslarni davom ettirish va takomillashtirish ko‘zda tutilgan.

Loyihada aytilishicha, onlayn maktabni davom ettirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tomonidan berilgan. Vazirlar mahkamasi tomonidan ushbu taklifga rozilik berilgan. Yangi o‘quv yili uchun videodarslarni tasvirga olish ishlari joriy yilning avgustidan boshlanadi.

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
TOSHKENTDA YANA BIR XORIJIY OLIY TA‘LIM MUASSASASINING FILIALI OCHILMOQDA

“Toshkent shahrida Federal davlat byudjet oliy taʼlim muassasasi “Sankt-Peterburg davlat universiteti" filialini tashkil etish to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti  qarori loyihasida belgilanishicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligining taklifi va 2020 yil 13 martdagi 28-15-91-sonli kelishuvga asosan Toshkent shahrida Oliy taʼlim Federal davlat byudjet taʼlim muassasasi “Sankt-Peterburg davlat universiteti" (SPbDU) (Rossiya Federatsiyasi) filialini tashkil etish ko‘zda tutilgan. 
Filial Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining Toshkent shahri, Mirobod tumani, M.Oybek ko‘chasi, 16-A-uy manzilida joylashgan binosiga joylashtiriladi.
Filialning davlat grantlari asosida taʼlim olgan bitiruvchilari besh yil muddatdan kam bo‘lmagan keyingi majburiy ishlab berish uchun respublika muassasalariga ishga taqsimlanadi.
Toshkent shahrida Federal davlat byudjet oliy taʼlim muassasasining “Sankt-Peterburg davlat universiteti" (SPbDU) filialida kadrlarni tayyorlash bo‘yicha taʼlimning asosiy yo‘nalishlari (mutaxassisliklari)
1. Filologiya (sharq tillari bo‘yicha)
2. Mamlakatshunoslik va xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti (sharq mamlakatlari bo‘yicha)
3. Biotibbiyot (kimyo, biologiya, fizika, psixologiya va boshqalar.)
Izoh. Taʼlim yo‘nalishlari ro‘yxatiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligining Oliy taʼlim Federal davlat byudjet taʼlim muassasasi “Sankt-Peterburg davlat universiteti" (SPbDU) bilan kelishuvi asosida kadrlar ehtiyojini hisobga olgan holda o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Qonunchilik_yangiliklari

Xalqaro islom akademiyasining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi belgilandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 5 iyunda "O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga o‘qishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 358-sonli qarori qabul qilindi.

✅ Qaror bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining bakalavriatiga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Unga ko‘ra,

👉 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab Akademiyaning bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun hujjat topshirgan abituriyentlar uchun dastlabki imtihondan o‘tish tartibi joriy etiladi;

👉 dastlabki imtihon natijalariga ko‘ra abituriyentlarni kirish imtihonlarining keyingi bosqichlariga (kasbiy (ijodiy) imtihon va test sinovlari) o‘tkazish yoki o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilinadi;

👉 dastlabki imtihon har yili Akademiyaning qabul komissiyasi belgilaydigan muddatlarda o‘tkaziladi;

👉 imtihonni o‘tkazish jadvali imtihondan kamida 10 kun avval Akademiyaning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi;

👉 hujjatlarni qabul qilish, abituriyentlar bilan suhbatlashish, dastlabki imtihonni topshirish jarayoni video va audio vositalar yordamida yozib olinadi;

👉 dastlabki imtihon yozma shaklda o‘tkaziladi. Imtihon uchun ajratilgan vaqt, shu jumladan tashkiliy qism va ishlarni topshirish vaqti 3 soatni tashkil etadi;

👉 dastlabki imtihonni qayta o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi;

👉 imtihon o‘tkazilgandan keyin 2 kun davomida natijalari e’lon qilinadi.

Akademiyaga qabul davlat granti hamda to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari asosida amalga oshiriladi.

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
📌 Bir guruh Jizzax Davlat Pedagogika instituti talabalari Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligiga ariza bilan murojaat qildilar.

Ushbu arizani quyida tahrirsiz havola etamiz:

A R I Z A
Arizamizning mazmuni shundan iboratki, 2019-2020 yillarda OTM-larda bitiruvchilari o’z xohishlariga ko’ra ixtiyoriy BMI (Bitiruv malakaviy ish)larni qilishi va BMIlarni qilishga majbur emasliklari haqidagi yoki uning o’rniga davlat attestatsiya testi topshirishi haqidagi rasmiy ma’lumotlarga asoslanib A.Qodiriy nomidagi “Chet tillar fakulteti” “Ingliz tili va adabiyoti” yo’nalishi IV-bosqich talabasi o’z murojaatimni yo’llamoqdaman. Jizzax davlat pedagogika instituti rektori Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 18-may 87-03-1606 sonli xatiga asoslanib 301-O va 345-U buyruq’larini chiqardi: unga ko’ra (Bitiruv malakaviy ish)larni online himoya qilish topshirilgan qisqa muddat ichida (10-15 kun).
Dastlab pandemiya munosabati bilan bizlarga dekanat tomonidan chamasi 2 oylar oldin bitiruv malakaviy ishlari o’rniga online Yakuniy davlat attestatsiyasini topshirishimiz aytilgan edi va shu asosda talabalar BMI-larning himoyasi uchun tayyorgarlikni to’xtatishgan.
Sizdan BMI himoyasini bekor qilishingizni va uning o’rniga YaDA topshirishimizga ruhsat berishingizni so’raymiz. Bunga asosiy sabablar:
1. Hozirgi pandemiya vaqtida esa ko’pchilik OTMlarda BMI (Bitiruv malakaviy ish)larning o’rniga YaDAK bilan kifoyalanish yo’lga qo’yilgan va bu haqida vazirlik vakillarining Kun.uz rasmiy sahifasida bergan intervyularidan ham ko’rishimiz mumkin.
2. Ko’pchilik talabalarning BMI-larni qisqa muddatda qilishlarini, tayyorgarlik ko’rishlarining imkoni yo’q himoya uchun, chunki o’quv yili davomida qilinadigan topshiriqni 10-15 kunda bajarish mushkuldir.
3. BMI-larni kontentini, qay tarzda to’g’ri bajarilayotganligini tekshirtirish uchun institutga pandemiya vaqtida birma-bir borib kelishni iloji yo’q va bu karantin qoidalariga zid. Ayniqsa, boshqa viloyatlarda yashaydigan ko’pchilik talabalarni hisobga olsak.
4. BMI-larni tayyorlashda hamma talabalarda ham birdek imkoniyat yo’q ya’ni kompyuter, internet va kompyuter bilan ishlash malakasi (doc, pdf va boshqalar bilan).
5. Online himoya uchun yuqori internet tezligi, texnik imkoniyatlar, zarur shart-sharoitlar, Zoom yoki Google meeting ilovalari bilan ishlash, uni qo’llash ko’nikmasi kerak, ammo bunday imkoniyat va tashkiliy texnik ta’minotga hamma ham birdek ega emas va ko’pchilikda sharoit yo’q.
Sizlardan ushbu masalaga jiddiy qarashingizni va tez fursatda hal qilib berishingizni so’rab qolamiz. BMI-larni o’rniga faqat YaDAK bilan kifoyalansin. Sizlarga ilova tariqasida Kun.uz saytidan bu boradagi quyidagi ilovalar va linklarni taqdim qilayapmiz.
— Карантин тартиби давом этган тақдирда талабаларни битирув малакавий ишини топшириши қандай тартибда амалга оширилади?
Абдували Холиқов: Бизда якуний давлат аттестацияларини ўтказиш бўйича меъёрий ҳужжат бор. Унда бакалавр босқичини битираётган талабаларнинг битирув малакавий иши қилишга мажбур эмаслиги белгиланган.
Улар давлат имтиҳонларини топшириш орқали ҳам битиришлари мумкин.
Биз шу тартибдан келиб чиққан ҳолда, таълим муассасаларига талабалардан битирув малакавий иши ўрнига мутахассислик фанлардан онлайн тест шаклида якуний давлат имтиҳонларини олиш бўйича ҳам топшириқ берганмиз.
Талаба карантин муддати тугагач якуний битирув малакавий иши ёки имтиҳонни топшириши мумкин.
https://kun.uz/36996767 - maqolani o’qish.
https://www.youtube.com/watch?v=40NrWQs33qA – videoni ko’rish.

P/S: Ularning arzlarida jon bor Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri o'rinbosari Sarvar Buzrukxonovning xabariga tayanib shuni aytishim mumkinki Bitiruvchi talaba BMI yoki DAK topshirishni o'z sharoitidan kelib chiqqan holda tanlashi kerak. Hozirgi pandemiya sharoitida rektorlardan imkonsiz narsani talab qilmasliklarini so'rab qolamiz.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​#DOLZARB

📌 Onlayn imtihonlarda xatolik yuz bersa kimga murojaat qilish kerak?

Agar moodle tizimidagi oraliq yoki yakuniy testlarida o'qituvchi yohud tizim administratsiyasi tomonidan xatoliklarga yo'l qo'yilgan taqdirda, talaba 24 soat ichida fakultet dekani nomiga ushbu xatolikning dalil isboti(skrinshot, foto, video) bilan apelyatsiyaga ariza yozishi kerak. Qisqa muddat ichida ushbu ariza ichki nizomga asosan atroflicha o'rganib chiqilgach, o'qituvchi yoki tizim administratsiyasi tomonidan xatolik o'tgani ma'lum bo'lsa, ariza yozgan talabaga har bir noto'g'ri test uchun, ushbu testlarni to'g'ri yechganda berilishi kerak bo'lgan ball beriladi. Bunda o'qituvchiga ham, tizim administratsiyasiga ham hech qanday chora ko'rilmaydi. O'qituvchi tomonidan talabaga tahdid va tazyiq o'tkazilmaydi. Agar fakultet dekani ariza qabul qilishdan bosh tortsa yoki ariza yuzasidan hech qanday amaliy ish olib bormasa, talaba o'zi ta'lim olayotgan muassasaning o'quv ishlari bo'yicha prorektoriga murojaat qilishi mumkin. Agar shunda ham hech qanday ish chiqmasa Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligiga ushbu masala yuzasidan ham dalil isbot bilan murojaat qilishi tavsiya etiladi.

Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi
matbuot rahbari Farhod Babashevning
Yoshlarni qo'llab quvvatlash ma'muriyatiga
bergan axboroti

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
⚡️⚡️⚡️Xalqaro islom akademiyasiga o‘qishga kirish imtihonlari isloh qilinadi

2020/2021 o‘quv yili qabulidan boshlab O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun hujjat topshirgan abituriyentlar uchun dastlabki imtihondan o‘tish tartibi joriy etiladi.

Dastlabki imtihon yozma shaklda o‘tkaziladi va quyidagilarni belgilovchi savollarning uch blokidan iborat bo‘ladi:

✅ intellektual daraja (40 ball), mantiqiy va keng fikrlash, turli tushunchalar, faktlarni taqqoslash hamda ularning o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni topish;

✅ maʼnaviyat va maʼrifat asoslari bo‘yicha bilim darajasi (30 ball), maʼnaviyat asoslari, milliy g‘oya va mafkura, huquq va siyosat, adabiyot, tarix, islomshunoslik va dinshunoslikka taalluqli va boshqa masalalar yuzasidan savodli va asosli tushuntirish qobiliyati;

✅ xorijiy tillarni (ingliz, fransuz va nemis tillari) bilish darajasi (30 ball), O‘zbekiston madaniyati, sanʼati, tarixi, geografiyasiga taalluqli va boshqa sohalarga oid masalalar yuzasidan savodli va asosli tushuntirish qobiliyati.


Dastlabki imtihonning maksimal ballari miqdori 100 ballni tashkil etadi. Abituriyent kirish test sinovlariga (keyingi bosqichga) ruxsat berilishi uchun biletdagi barcha savollar bo‘yicha umumiy ballar miqdorining kamida 50 foizini to‘plashi zarur.

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​💥💥💥 Janubiy Koreya oliy taʼlim tajribasi o‘rganib chiqiladi

Davlatimiz rahbari Farg‘ona shahridagi O‘zbekiston-Koreya xalqaro universitetida bo‘ldi.

Mazkur taʼlim muassasasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 avgustdagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Bu yerda o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida ilg‘or o‘quv rejalari va dasturlari bo‘yicha o‘zbek, koreys va ingliz tillarida olib boriladi.

Universitet 4000 talabani qabul qilish imkoniyatiga ega. Tugayotgan o‘quv yilida birinchi kursda 720 nafar yigit-qiz taʼlim oldi. Koreya Respublikasidan 11 nafar tajribali pedagog jalb qilingan bo‘lib, kelgusida 43 nafarga yetadi.

Joriy yilda mazkur xalqaro taʼlim dargohi uchun yangi bino qurildi. Buning uchun 10 million dollardan ziyod xorijiy investitsiya jalb etilgan.

Shavkat Mirziyoyev universitet rektori Pak Jun Xu va koreyalik o‘qituvchilar bilan suhbatlashdi. O‘quv dasturi va mazmuni, yoshlarning fanlarni o‘zlashtirishi bilan qiziqdi.

Muassasada gumanitar hamda texnik-muhandislik yo‘nalishlarida taʼlim beriladi. Xususan, turizm menejmenti, maktabgacha taʼlim, menejment va kompyuterlashtirilgan buxgalteriya hisobi, koreys tili va adabiyoti fanlari o‘qitiladi. Shuningdek, mashinasozlik muhandisligi, kelajak avtomobilsozligi injiniringi, elektrotexnika va elektronika muhandisligi, arxitektura muhandisligi, kompyuter muhandisligi, energetika va kimyo muhandisligi bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlanadi.

- Bizda 1-kursda umumiy fanlar o‘qitilib, maktab dasturi qaytariladi, - dedi Shavkat Mirziyoyev. - Yoshlar bir yil umrini yo‘qotib, qiziqishi so‘nib ham qoladi. Rivojlangan davlatlarda bunday emas, birinchi yildan mutaxassislik fanlariga o‘tib, amaliyotga muhim o‘rin beriladi. Natijadagi farqni hayot ko‘rsatib turibdi.

Mutasaddilarga Janubiy Koreya universitetlaridagi o‘quv dasturlari va soatlarini o‘rganib, mamlakatimiz oliy taʼlim tizimini qayta ko‘rib chiqish, talabalarni amaliyotga maksimal yo‘naltirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Manba: Prezident matbuot xizmati

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Koreya oliy ta’lim tajribasini o‘rganib, O‘zbekiston oliy ta’lim tizimini qayta ko‘rib chiqish ko‘rsatma qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona shahridagi O‘zbekiston-Koreya xalqaro universitetida bo‘ldi.

Mazkur ta’lim muassasasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 avgustdagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Bu yerda o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida ilg‘or o‘quv rejalari va dasturlari bo‘yicha o‘zbek, koreys va ingliz tillarida olib boriladi.
Universitet 4000 talabani qabul qilish imkoniyatiga ega. Tugayotgan o‘quv yilida birinchi kursda 720 nafar yigit-qiz ta’lim oldi. Koreya Respublikasidan 11 nafar tajribali pedagog jalb qilingan bo‘lib, kelgusida 43 nafarga yetadi.
Joriy yilda mazkur xalqaro ta’lim dargohi uchun yangi bino qurildi. Buning uchun 10 million dollardan ziyod xorijiy investisiya jalb etilgan.
Shavkat Mirziyoyev universitet rektori Pak Jun Xu va koreyalik o‘qituvchilar bilan suhbatlashdi. O‘quv dasturi va mazmuni, yoshlarning fanlarni o‘zlashtirishi bilan qiziqdi.

Muassasada gumanitar hamda texnik-muhandislik yo‘nalishlarida ta’lim beriladi. Xususan, turizm menejmenti, maktabgacha ta’lim, menejment va kompyuterlashtirilgan buxgalteriya hisobi, koreys tili va adabiyoti fanlari o‘qitiladi. Shuningdek, mashinasozlik muhandisligi, kelajak avtomobilsozligi injiniringi, elektrotexnika va elektronika muhandisligi, arxitektura muhandisligi, kompyuter muhandisligi, energetika va kimyo muhandisligi bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlanadi.
«Bizda 1-kursda umumiy fanlar o‘qitilib, maktab dasturi qaytariladi. Yoshlar bir yil umrini yo‘qotib, qiziqishi so‘nib ham qoladi. Rivojlangan davlatlarda bunday emas, birinchi yildan mutaxassislik fanlariga o‘tib, amaliyotga muhim o‘rin beriladi. Natijadagi farqni hayot ko‘rsatib turibdi», - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Mutasaddilarga Janubiy Koreya universitetlaridagi o‘quv dasturlari va soatlarini o‘rganib, mamlakatimiz oliy ta’lim tizimini qayta ko‘rib chiqish, talabalarni amaliyotga maksimal yo‘naltirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kirish imtihonlariga juda oz vaqt qoldi! Kitoblarni hali to‘liq o‘qishga ulgurmagan baʼzi abituriyentlarning (kitobni miyaga joylash) orzu-umidlarini ushbu bolakay o‘zida amalga oshirmoqda!

❗️Barcha abituriyentlarga tarqating

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​❗️ Mustaqil ish topshirish majburiymi?

"Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risida"gi nizomining III-bob 17-bandiga ko'ra "Talabalarning o‘quv fani bo‘yicha mustaqil ishi, joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar jarayonida tegishli topshiriqlarni bajarishi va unga ajratilgan ballardan kelib chiqqan holda baholanadi". III-bob 19-bandiga ko'ra esa "Fan bo‘yicha joriy va oraliq nazoratlarga ajratilgan umumiy ballning 55 foizi(38.5 ball) saralash ball hisoblanib, ushbu foizdan kam ball to‘plagan talabalar yakuniy nazoratga kiritilmaydi....... joriy va oraliq nazoratlarning har biriga ajratilgan ballning 55 foizi(38.5 ball) va undan yuqori foizidagi ballni to‘plagan talabalar ushbu fan bo‘yicha yakuniy nazoratga kiritiladi."

Ya'ni talaba joriy va oraliq nazoratlaridan umumiy 38.5 balldan yuqori, 39.0 ball to'plagan taqdirda mustaqil ish topshirmasa ham yakuniy nazoratiga kiritiladi. Mustaqil ishlar talabaning mustaqil o'rganish ko'nikmalarini rag'batlantirish va uni bilimini to'g'ri baholash maqsadida, o'qituvchi yuqori baho qo'yishi uchun istisno tariqasida kiritilgan qo'shimcha yuklama hisoblanadi. Talaba ushbu yuklamani bajarib o'zi uchun qo'shimcha ball jamg'arishi va aksincha bajarmay qo'shimcha ball jamg'armasligi o'z ixtiyorida.

Agar talaba oraliq va joriy nazoratidan 39 va undan yuqori ball to'plasa ham fan o'qituvchisi tomonidan mustaqil ish topshirilmagani vaj qilinib yakuniy nazoratiga kiritilmasa, "Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risida"gi nizomining III-bob 19-bandini buzgan hisoblanadi.

❗️Eslatma: Ushbu nizom OTMlarda modul tizimida ta'lim olayotgan talabalarga tegishli. Kredit modul tizimidagi talabalarga taalluqli emas. Ularning o'zini ichki nizomi bor.

Yoshlarni qo'llab quvvatlash ma'muriyati

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
👍1
💥💥💥 DENOVDA TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI OCHILADI

✅ Termiz davlat universiteti Denov filiali negizida Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tashkil etiladi.

✅ Institut – Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi tizimida faoliyat yurituvchi davlat oliy taʼlim muassasasi. U 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab eshiklarini ochadi. TerDU Denov filiali talabalari tahsil olayotgan bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha institutda o‘qishni davom ettiradi. Umuman olganda talabalar har yili tasdiqlanadigan respublika oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilish parametrlaridan kelib chiqqan holda davlat buyurtmasi va to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

✅ Institutda 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab ilg‘or xorijiy, shu jumladan Turkiya oliy taʼlim muassasalari bilan kelishuv asosida qo‘shma taʼlim dasturlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash hamda talabalar almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi. Hudud yoshlari uchun tadbirkorlik va startap loyihalarini amalga oshirish ko‘nikmalarini shakllantirish hamda talabalarning amaliyotlarini tashkil etish uchun «Yosh tadbirkorlar» biznes-inkubatori tashkil etiladi.

✅ Institutga yuqori salohiyatga, shu jumladan fan nomzodi, falsafa doktori hamda fan doktori ilmiy darajasiga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar jalb qilinadi. Institutni salohiyatli pedagoglar bilan taʼminlash maqsadida mamlakatimizning yetakchi oliy taʼlim muassasalarida tegishli sohalar bo‘yicha 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab magistratura mutaxassisliklari, 2021 yildan boshlab esa tayanch doktoranturada kadrlar maqsadli tayyorlanadi. Institut professor-o‘qituvchilari va xodimlariga mehnatga haq to‘lashda mos ravishda YaTS razryadlariga ko‘ra tarif koeffitsiyentlari va bazaviy lavozim maoshlari 1,5 baravar miqdorda hisoblanadi.

✅ Institutning Vasiylik kengashi tarkibi tasdiqlandi. SamDU institutni otaliqqa olib, taʼlim jarayonini tashkil etish masalalarida unga ko‘mak beradi. O‘z navbatida, institut Surxondaryo viloyatining Denov, Sariosiyo, Uzun, Sho‘rchi va Qumqo‘rg‘on tumanlaridagi umumtaʼlim maktablari, o‘rta maxsus taʼlim muassasalarida chet tili va aniq fanlar bo‘yicha dars mashg‘ulotlarini olib boruvchi o‘qituvchilarga ilmiy-uslubiy yordam ko‘rsatib boradi.

✅ Islom taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan «Oliy taʼlim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash» loyihasi doirasida institut axborot-texnologiyalari, biologiya, kimyo va fizika bo‘yicha zamonaviy laboratoriya uskunalari bilan jihozlanadi. Ilgari TerDU Denov filialiga berilgan Denov qurilish va transport kasb-hunar kollejining bino va inshootlari institutda saqlab qolinadi.

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA