Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETINING IXTISOSLASHTIRILGAN FILIALIGA KIRISH UCHUN TOPSHIRILADIGAN HUJJATLAR TO‘PLAMI VA KIRISH SHARTLARI

TDYU Ixtisoslashtirilgan filiali qabuli bo‘yicha maʼlumot:
• o‘qish kunduzgi taʼlim shaklida amalga oshiriladi; 
• o‘qish muddati uch yil;
• filialda o‘qitish davlat granti asosida amalga oshiriladi;
Qabul kvotasi yiliga 255ta, shundan o‘zbek guruhiga 230 nafar (210 nafar o‘g‘il bola, 20 nafar qiz bola ), rus guruhiga 25 nafar (20 nafar o‘g‘il bola, 5 nafar qiz bola). 
Tanlovda ishtirok etish uchun talabgorga qo‘yilgan talablar:

• yoshi 18 yoshdan kichik va 25 yoshdan katta bo‘lmaslik;
• bo‘yi erkaklar uchun 165 santimetrdan va ayollar uchun 160 santimetrdan past bo‘lmaslik;
• sudlanmagan bo‘lishi;
• jismonan sog‘lom bo‘lishi.

Talab qilinadigan hujjatlar:
• Pasport nusxasi (aslini ko‘rsatgan holda); 
• O‘qishga kirishda imtiyozlardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (agar mavjud bo‘lsa);
• Umumiy o‘rta taʼlim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat (ilovasi bilan birga)ning asl nusxasi;
• Asli ko‘rsatilgan holda harbiy xizmatga chaqiriluvchining qayd etilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma (chaqirilish muddati uzaytirilgan holda) nusxasi yoki harbiy guvohnoma nusxasi;
• Doimiy propiska joyi bo‘yicha belgilangan namunadagi sog‘lig‘ining holati haqida maʼlumotnoma (bo‘y parametri ko‘rsatilgan holda);
• 3.5x4.5 sm o‘lchamdagi 6 dona rangli fotosurat (bosh kiyimsiz);
• Sudlangan yoki sudlanmaganlik holati bo‘yicha maʼlumotnoma (Davlat xizmatlari markazidan).

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​💥‼️ Bitiruvchilari oliy taʼlimga kam kirgan tuman mutasaddilariga chora ko‘riladi

❗️ Qaysi tumandan, qaysi maktabdan bitiruvchilarning oliy taʼlimga kirish ko‘rsatkichi past bo‘lsa, o‘sha tuman va maktab mutasaddilariga nisbatan chora ko‘riladi.

Bu haqda Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov maʼlum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Xalqaro press-klubning Farg‘ona viloyatidagi sayyor sessiyasida chiqish qilgan Sherzod Shermatovning so‘zlariga ko‘ra, maktablar faoliyatini ikki qismga bo‘lish mumkin – oliy taʼlimga tayyorlov va kasbga yo‘naltirish.

«Birinchi yo‘nalishdagi faoliyat – oliy taʼlimga, universitetga tayyorlash. Qaysi tumanda maktab bitiruvchilarining oliy taʼlimga kirish darajasi past bo‘lsa, demak, o‘sha tuman boshqarmasi yaxshi ishlamagan, ularga nisbatan chora ko‘riladi. Keyingi yildan boshlab taʼlim boshqarmalari mehnat faoliyati samaradorligini baholashning asosiy yo‘nalishi shu bo‘ladi.

Farg‘onaning o‘zida 942ta maktab bo‘lsa, 100taga yaqinidan bironta bitiruvchi oliy taʼlimga kirmagan. Buning natijasida qator muammolar kelib chiqadi – mahallada oliy maʼlumotli odam bo‘lmaydi, eng oddiy mutaxassislar ham yetishmaydi. Shu bois bitiruvchilari oliy taʼlimga kirmagan maktab direktoriga, shu tuman boshqarmasiga chora ko‘riladi. Bitta ham bitiruvchisi universitetga kira olmasligi mumkin emas.

Ikkinchi yo‘nalishdagi faoliyat haqida. Bitiruvchilarning 20 foizi institutga kirsa, 20 foizi kasb-hunar maktablariga borsa, qolgan 50-60 foizichi?

7-sinfdan boshlab proforiyentatsiya – kasbga yo‘naltirish jarayoni boshlanishi kerak. O‘quvchi qaysi yo‘nalishni tanlaydi? Oliy taʼlim bo‘lsa, universitetga tayyorlanadi, o‘ziga qiziq bo‘lgan sohaga kerakli fanlar chuqurlashtirib o‘qitiladigan dastur bilan shug‘ullanadi.

Qaysi kasblar borligini ham maktablarda o‘qitmas ekanmiz. O‘quvchilar qaysi kasblar borligini bilmaydi.

Hamma sektor rahbarlariga asosiy vazifa qilib qo‘yildi – o‘quvchi 10-sinfni bitirib, yozgi taʼtilga chiqqanida sektor rahbarlari ularni kimgadir shogirdlikka, qaysidir yo‘nalishga ishga qo‘yadi. Maktabni bitirayotganda kasbga moslashib, pul topishni o‘rganib chiqadi. Biron jinoyatchilikka, noqonuniy harakatga, xorijda qiynalib, kam maoshli ishga ketishiga hojat qolmaydi», deya Shermatovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​#Rasman

Yangi o‘quv yilidan ayrim oliygohlarda masofaviy o‘qitish joriy etiladi


Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti va Toshkent davlat pedagogika universitetida masofaviy o‘qitish shakli joriy etiladi, deb xabar bermoqda Davlat test markazi.

2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlandi.

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti va Toshkent davlat pedagogika universitetida tajriba tariqasida bosqichma-bosqich masofaviy o‘qitish shakli joriy etiladi.

Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish, Adliya hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari tomonidan 2020 yil 1 avgustga qadar:

— masofaviy o‘qitish shaklini amalga oshirish tartibi belgilanadi;

— dasturiy-apparat kompleksi yaratiladi;

— tegishli OTMlarning o‘quv jarayoniga masofaviy o‘qitish platformasini joriy etiladi va zarur bo‘lgan uskunalar bilan jihozlanadi.

Shuningdek, 2020 yilda matematika, kimyo-biologiya, geologiya kabi yo‘nalishlarda fundamental va amaliy tadqiqotlar faollashtirilib, olimlarga barcha shart-sharoitlarni yaratish choralari ko‘riladi.

“2020 yil 1 sentyabrga qadar ilm-fanning ishlab chiqarish bilan faol integrasiyalashuvini ta’minlash maqsadida fundamental va innovasion tadqiqotlar uchun maqsadli grant mablag‘larini ajratish mexanizmi tubdan qayta ko‘rib chiqiladi”,—deyiladi xabarda.

Batafsil👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​#OTM_yangiliklari

Toshkent davlat stomatologiya instituti bitiruvchilar bilan onlayn xayrlashdi

Toshkent davlat stomatologiya institutida bu yilgi magistratura bitiruvchilarini tantanali qutlash marosimi onlayn tarzda bo‘lib o‘tdi.

Joriy o‘quv yilida institutning magistratura bosqichini 6 ta mutaxassislik bo‘yicha 34 nafar yigit-qizlar tamomladi.

Bitiruvchilar orasida Ibn Sino stipendiyasi g‘olibi, startap loyihalar sovrindorlari, xorijiy va respublika miqyosida o‘tkazilgan tanlov g‘oliblari, rasionalizatorlik takliflar va patentlar hammualiflari bor.

Shuningdek, Fransiya, Germaniya, Janubiy Koreya, Rossiyaning yetakchi oliygohlarida o‘z bilim va malakalarini oshirib qaytgan magistrlar ham mavjud.

Institut mavqeini ko‘tarishga o‘z hissasini qo‘shgan, o‘qishda va jamoat ishlarida faol ishtirok etgan 3 nafar bitiruvchining ota-onasiga institut jamoasi nomidan “Tashakkurnoma” taqdim etildi.

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
🌐Yevropada o'qish boshqacha 😁

❗️ Barcha talabalarga tarqating.

Do'stlaringizga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Mashxur Millader olim Bill Geyts restoranda ovqatlanayotgan edi. Ovqatlanib bo'lgach hisobdan so'ng ofitsiantga 5$ choychaqa berdi. Ofitsiant buni ko'rib ensa qotirdi. Bill Geyts undan: "Biror nima xato bo'ldimi?" - deb so'radi.
- O'tgan gal qizingiz choychaqa uchun 500 $ bergan edi. Siz esa dunyoning eng boy odami bo'la turib atiga 5$ beryapsizmi?
Bill Geyts kulib javob berdi:
- U dunyoning eng boy kishisining qizi, men esa bor yo'g'i yog'och kesuvchining o'g'liman xolos!

Do'stlaringizga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Kasbiy(ijobiy) imtihonlar dasturlari va baholash mezonlari soddalashtiriladi

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Inomjon Majidovning soʻzlaridan iqtibos keltirmoqda vazirlik rasmiy telegram kanali.

Unga koʻra, kasbiy (ijodiy) imtihonlar karantin, sanitariya-gigiyena talablariga qatʼiy rioya etilgan holda:

• test sinovlari bilan bir qatorda kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkaziladigan taʼlim yoʻnalishlari uchun 11-iyuldan 20-iyulgacha;

• alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishlari uchun 25-iyuldan 10-avgustgacha oʻtkaziladi.

• Karantin cheklovlari davom etgan taqdirda kasbiy (ijodiy) imtihonlarni oʻtkazish muddatlariga oʻzgartirish kiritilishi mumkin.

• Kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturlari va baholash mezonlari soddalashtirilgan tarzda tuziladi. Bunda:

• bir abituriyentga imtihonda bir soatdan ortiq vaqt sarflamaslik;

• abituriyentning oliy taʼlim muassasasiga bir marta kelib ketishini taʼminlash inobatga olinadi.

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
OLIY HARBIY INSTITUTLARGA QABUL 1 FEVRALDAN 1 APRELGACHA EDI. KARANTIN SABABLI QABUL SURILADIMI?

Mudofaa vazirligiga qarashli oliy harbiy taʼlim muassasalariga abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish uchun tuman mudofaa ishlari bo‘limlarida (karantin sababli joriy etilgan cheklov choralariga ko‘ra qizil hudud etib belgilangan tumanlardan tashqari) ayni paytda saralash tadbirlari ijtimoiy masofani saqlagan holda davom ettirilmoqda. Jarayon 20 maydan boshlangan.

Saralashning keyingi, yaʼni viloyat bosqichi 8 iyundan – 30 iyungacha viloyat mudofaa ishlari bo‘limlarida o‘tkaziladi.
Uchinchi bosqich – harbiy-kasbiy tanlov bosqichi oliy harbiy taʼlim muassasalarida 1 iyuldan – 25 iyulgacha o‘tkazilishi ko‘zda tutilmoqda.

Karantin sababli respublikamizdagi vaziyat o‘zgarsa, mazkur rejaga ham o‘zgartirishlar kiritiladi va bu haqda abituriyentlikka nomzodlar mudofaa ishlari bo‘limlari tomonidan xabardor qilinadi.


Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​Universitetlar soni yana bittaga ko‘paydi

“Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tizimida Geologiya fanlari universiteti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, geologiya sohasida ta’lim, ilmiy-tadqiqot va amaliyot integrasiyasiga ixtisoslashgan, Davlat geologiya qo‘mitasi ta’sischiligida davlat muassasasi shaklidagi Geologiya fanlari universiteti (Universitet) tashkil etildi va uning asosiy vazifalari belgilandi.

Universitet Davlat geologiya qo‘mitasi, tog‘-kon sanoati korxonalari va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari uchun geologiya yo‘nalishidagi malakali kadrlar tayyorlash hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bo‘yicha respublikaning ixtisoslashgan oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi.

Universitetga talabalar Davlat geologiya qo‘mitasi buyurtmalariga asosan shakllantiriladigan va har yili tasdiqlanadigan respublika OTMlariga o‘qishga qabul qilish parametrlaridan kelib chiqqan holda davlat buyurtmasi hamda to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

Talabalar O‘zbekistonning davlat ta’lim standartlari asosida geologiya va konchilik yo‘nalishidagi yetakchi xorijiy OTMlari, shu jumladan, Sankt-Peterburg konchilik universitetining qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha, ular bilan erishiladigan kelishuvlarga muvofiq o‘qitiladi.

Qaror bilan Universitetning Geoinnovasion texnologiyalar markazi tashkil etildi, shuningdek Universitetning Vasiylik kengashi tarkibi tasdiqlandi.

Batafsil
👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Rasman ❗️

📌 Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri Inomjon Majidov Talabalar uchun o'qishlar 1-iyul butunlay yakunlanishini aytib o'tdi.

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
⚡️ Test sinovlarini o’tkazish rejalashtirilgan binolar ro’yxati e'lon qilindi.

2020-2021-o‘quv yili qabulida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun test sinovlarini o’tkazish rejalashtirilgan binolar ro’yxati:

👉 https://dtm.uz/post/view/binolar-ro-yxati

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tish

Youtube orqali ko'rish (HD formatda)

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
💥Davlat test markazi, uning hududiy bo‘limlariva masʼul xodimlar

✅ Toshkent shahri
📍 Toshkent shahri, Bog‘ishamol ko‘chasi 12.
Tel: +998712351914
Faks: +998712347184
email: info@dtm.uz

✅ Toshkent viloyati
Toshpo‘latov Begzod Ulug‘murodovich
Tel: +998712351914
Faks: +998712347184
email: vakil13@dtm.uz

✅ Namangan viloyati
Abdulxafizov Bunyod Xakimjonovich
Tel: +998972308085

✅ Andijon viloyati
Tashtemirov Nizamitdin Najmiddinovich
Tel: +998902541208

✅ Farg‘ona viloyati
Shokirov Ismoilxon Ergashevich
Tel: +998916611011

✅ Sirdaryo viloyati
Bahromov Alisher Norboboyevich
Tel: +998911004466

✅ Jizzax viloyati
Xotamov Ibrohim Mustafoyevich
Tel: +998915965235

✅ Samarqand viloyati
Sirliboyev Voxid Xayrullayevich
Tel: +99897 922 09 30
Tel: +998662321493, +998662322507

✅ Qashqadaryo viloyati
G‘aniyev Bexruz Ixtiyor o‘g‘li
Tel: +998902888788

✅ Surxondaryo viloyati
Karimov Yoqubjon Ziyodullayevich
Tel: +998915184420

✅ Buxoro viloyati
Sevinchov Neʼmat Gulboyevich
Tel: +998914108221

✅ Navoiy viloyati
Bekniyozov Nurxon Mardonovich
Tel: +998913080139

✅ Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Abdullayev Muzaffar Atajanovich
Tel: +998977885755

✅ Xorazm viloyati
Yakubov Baxtiyor Sabirovich
Tel: +998911909405

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Abituriyentlar uchun yo'riqnoma!

Diqqat barcha abituriyentlar ushbu videoni ko'rib chiqishi shart!

Barchaga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oliy ta'limdagi muammolar haqida

«Cambridge» o‘quv markazi tarmog‘i asoschisi, tadbirkor Jahongir Po‘latov «1%» ko‘rsatuvida O‘zbekistondagi oliy ta'lim muassasalaridagi imtihon qilish tizimidagi kamchiliklar haqida gapirdi.

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

⚡️ I.M. Gubkin nomidagi universitetning Toshkent filialiga qabul kvotalari tasdiqlandi

"2020/2021 o‘quv yili uchun I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft' va gaz universitetining Toshkent shahridagi filialiga qabul to‘g‘risida" Hukumat qarori (363-son, 08.06.2020 y.)
qabul qilindi.

✅ Qarorga muvofiq, 2020/2021 o‘quv yili uchun I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft' va gaz universitetining Toshkent shahridagi filialiga (Filial) talabalarning qabul kvotasi 345 (kunduzgi ta'lim shakli bo‘yicha – 225, kechki ta'lim shakli bo‘yicha – 120) o‘rin miqdorida belgilandi.

❗️Filialga qabul kunduzgi ta'lim shakli yo‘nalishlari bo‘yicha 40 foizi – davlat granti, 60 foizi – to‘lov-kontrakt, kechki ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha esa to‘liq to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

☑️ Universitetning Qashqadaryo viloyatidagi hududiy tayyorlov bo‘linmasi bitiruvchilarini Filialga maqsadli qabul qilish, tayyorlov bo‘linmasi bitiruvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan alohida tanlov natijalari bo‘yicha amalga oshiriladi. Tanlovdan o‘tmagan tayyorlov bo‘linmasi bitiruvchilari Filialga kirish uchun umumiy talablar asosida imtihon topshirish huquqiga ega.

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETIDA IJODIY IMTIHONLAR QANDAY O‘TADI?

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida abituriyentlar imtihonlarni qay tartibda topshirishi ma’lum qilindi.
Pandemiya davrida karantin, sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etilgan holda test sinovlari bilan bir qatorda kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlari uchun imtihonlar 11 iyuldan 20 iyulga qadar, alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari uchun 25 iyuldan 10 avgustgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida o‘tkaziladi. Karantin cheklovlari davom etgan taqdirda kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o‘tkazish muddatlariga o‘zgartirish kiritilishi mumkin. 
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida imtihonlar kasbiy (ijodiy) hamda «kasbiy (ijodiy) + test» yo‘nalishida tashkil etiladi. To‘liq ijodiy imtihon asosida talabalikka qabul qilinadigan yo‘nalishlarda abituriyentlar shu paytga qadar maxsus va umumiy jismoniy tayyorgarlikdan tashqari suzish bo‘yicha ham imtihon topshirib kelishar edi. Joriy yilgi qabul mavsumida abituriyentlar faqat maxsus va umumiy jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha imtihon topshiradi, suzish yo‘nalishi majburiy imtihonlardan olib tashlanadi.
Ijodiy va test imtihonlari (pedagogik ta’lim yo‘nalishi) asosida talabalikka qabul qilinadigan yo‘nalishlarda esa ijodiy imtihonlarning faqat bittasi (maxsus jismoniy tayyorgarlik) saqlab qolinadi va qo‘shimcha test topshiriladi. Bu holatda ijodiy imtihon uchun abituriyentlar maksimal 93 ball, testdan esa 96 ball jamg‘arishi mumkin.
Ma’lumot uchun, abituriyentlar ijodiy
imtihonlarni faqat bir kun va uzog‘i bir soat ichida topshirishadi.

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
✅ Javoblar varaqasi bilan ishlash bo‘yicha qo‘llanma

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA