Talaba.uz | Ta'lim portali
5.5K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
#shunchaki
Ona tili darsi.

O‘qituvchi:
- Qani kim antonimlarga misol aytadi?

- baland-past ✅
- issiq-sovuq ✅
- katta-kichik ✅
- rahbar-adolat 🙄🤔....✅✅✅✅

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​📌 Bugun 14-iyun Xalqaro blogerlar kuni.

Shu munosabat bilan xalq manfaatlari yo'lida postlar yozib, 15 sutkalarga qamalib, vazirlik, rahbariyat, IIB, DXX, Prokuratura, Hokimiyat podvallarida tuni bilan kaltak yeyib chiqqan ashaddiy haqiqatparastlarni chin ko'ngildan muborakbot etaman. Turli foydali bloglar tayyorlab, xalqni zamon bilan hamnafas yashashiga ko'maklashayotgan blogerlarni ham qutlayman.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Aytishlaricha, Toshkent texnika universiteti mashinasozlik fakulteti 3-kurs talabalari
o'quv reja bo'yicha kurs loyiha qilishi kerak ekan. Lekin Moodle' tizimida har bir bo'lim uchun telegramda guruhlar ochilib, talabalarga vazifalar berilayotgan bir paytda kurs loyiha uchun Moodle'da bo'lim ham, telegram guruh ham ochilmagan. Endi esa bir kun ichida kurs loyihani yopinglar, aks holda qayta topshirish uchun kuzga qolasizlar deyishayotgan ekan (vazifa bugun topshirilishi kerak). Ammo buning yo'li bor ekanini dallollar orqali ma'lum qilishibdi. Har bir talaba 300 ming so'mdan bersa, hammasi joyida bo'lar ekan.

P/S: Talabaning ma'lum qilishicha, Moodle'dagi darslar ichida kurs loyiha haligacha yo'q. Lekin kurs loyiha uchun muddat allaqachon tugagan. Pul to'lamagan talabalar esa nima qilishni bilmay hayron.
Xo'sh, bunga universitet ma'muriyati qanday munosabat bildiradi?

©Hazrati kursdosh

Do'stlarga ulashing
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
O‘zbekistonda ertadan boshlab “sariq” va “yashil” hududlarda quyidagi tarmoqlar ish faoliyati qayta tiklanadi:

- Qaxvaxona va restonalar;
- Bolalar bog‘chalari;
– Kiyim – kechak bozorlari;
– Fitnes-klublar.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#DOLZARB
📌 Bitta guruhdan 5 ga davogarlar 4 % bo'lishi kerak xolos!

Oliy ta'lim muassasalarida talabalarni baholash to'g'risidagi nizomda yozilmagan bir qoida bor: 5 ga da'vogarlar kam bo'lishi kerak! Eng qizig'i shu yozilmagan qoidaga juda ko'pchilik professor-o'qituvchilar amal qilishadi, vaholang-ki ular yozilgan qoidalarga tupurishgan. Shunday domlalar bor guruhda a'lochi talabalar ortib ketmasligini nazorat qilib dekanat bilan birgalikda balansni saqlab turishadi, ya'nikim ta'lim inspeksiyasi ko'ziga ko'rinib qolmasligi uchun. Ularni nazarida a'lochilar ko'payib ketsa, ta'lim inspeksiyasining e'tiborini tortadi va uni qanday baholaganini tekshirish uchun barcha hujjatlarini ko'tarishadi. Natijada uni qolgan kirdikorlari fosh bo'lib qoladi.

Aslini olganda o'qituvchi o'ziga to'g'ri bo'lsa, o'ziga ishonsa hech qanday konspekt ham, mustaqil ish ham talab qilmaydi, a'lochilar soniga ham chegara qo'ymaydi. Lekin ayrim noinsoflar sabab a'lochi talabalar dekanat hamda kafedra qurboni bo'lishadi.

Yaqin kunlardan beri murojaat botimizga talabalardan shikoyatlar kelib tushmoqda. Fan o'qituvchisi tomonidan a'lo baholarga o'zlashtiruvchilar soniga cheklovlar qo'yilgan. Ularning aytishicha, onlayn testlarni a'lo bahoga yechgan barcha talabalar qaytadan topshirishga majbur bo'lmoqda. Domla esa talabalarni testni g'irromlik yo'li bilan yechganlikda ayblab, baholarini tushirib yubormoqda. Shu o'rinda ularga savol berging keladi: bu semestrda nimani o'qitib qo'ydingki,talabang bu darajada fanni o'zlashtirganini tan olmayapsan? To'g'ri, ko'p o'qituvchilar dars o'tmadi, talabalar tizimdagi va internetdagi ma'lumotlarni mustaqil o'rganib fanlarni topshirmoqda. Shunda ham talabaga kun yo'q, baribir ayrim noinsof o'qituvchilar yillar davomida talabani qiynash degan illatga ruju qo'yishgan.

O'zingiz o'ylab ko'ring, necha yillardan beri pastga qarab ketayotgan talabalarni qo'lidan ushlab tepaga tortishmaydi, vedimostga qolsa ham ariza olishdan boshqasiga yarashmaydi. A'lo bahoga o'zlashtirmoqchi bo'lganlarni esa doim pastga tortishadi. Kafedrayu, dekanatu rektoratlarda 5 ga, 4ga yopmoqchi bo'lganlarning familiyalari og'izlarda aylanib yuradi. Tanishing bo'lmasa kafedra eshigi yonida yuzlab talabalar bilan bir dona 4 bahoni 5 qilaman deb kitobni suv qilib ichib, kunlab navbat poylashardi.

Bir necha oy oldin kanalimizdagi kommentga bir talaba ushbu moodle tizimida beshga yopuvchilar soni cheklanmagan ekan, menga shu afzalligi yoqdi deb izoh qoldirgan edi. Lekin oradan hech qancha vaqt o'tmay murojaat botimizga, o'sha fan o'qituvchisi unga va guruhdoshlariga yakuniy testlarini 100% to'g'ri ishlab qo'yishganini, va bu holat reallikdan yiroqligini aytib barcha natijalarini bekor qilib qaytadan test olgan. Ikkinchi urinishda ham shu holat ro'y bergach domla talabalarga bahoni havodan olib qo'yib yuborgan.

Siz shu kabi atrofingizda bo'layotgan voqealardan xabaringiz yo'q, doim befarqsiz. O'zingizni haqqingizni talab qila olmaysiz, agar talab qilib chiqsangiz bilasizki hech kim tarafingizni olmaydi, chunki atrofingizdagilar ham befarq. Bizni murojaat botimizga o'qituvchi domlalar, dekan va rektorat mas'ullari tomonidan jabr ko'rgan, nohaqlik ko'rgan ko'plab talabalar murojaat qiladi. Ularning aksariyatining qo'lida isboti bor, lekin hech kimga taqdim qila olmaydi. Sababi OTMlarda yana bir yozilmagan qoida borki: "O'qituvchi-vsegda prav". Agar o'qituvchi ustidan arz qilsa rahbariyatga tushuntirish xati yozib qutiladi, lekin talaba tutiladi.

Gapirish kerak bo'lsa gap ko'p, lekin xa deb bir kishi gapiraversa ham to'g'ri kelmaydi. O'zingizni haqqingizni talab qilishni o'rganib, o'zingizni hurmat qiling. Ushbu maqola barcha professor-o'qituvchilarga tegishli emas, faqat ayrimlariga atab yozilgan xolos. Maddohlik qilib darrovda ularning himoyasiga otlanmang, hozirgi zamon o'qituvchilari qandayligini men juda yaxshi bilaman. Ularga bahoni o'zim beraman mingta noinsof emas.

(c) Yoshlarni qo'llab quvvatlash


Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
📌 Karantin 1-avgustgacha uzaytirildi, katta ehtimollik bilan OTMlarga kirish imtihonlari 1-avgustdan keyin boshlanadi.

Ⓜ️: YQQUZB_KANAL

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​📌 Domla falsafasi:

Onlayn yakuniy nazorat olish kuni:

Xushyor bo'ling talabalar, testga bir marta imkon beriladi. Nechchi ball olsangiz,o'sha muhrlanadi, keyin umuman o'zgartirib bo'lmaydi. Bizni kuzatishyapti, nazoratdamiz.
O'zgartirishga haqqimiz yo'q!

Xuddi shu domla yakuniy imtihondan so'ng:

Hurmatli talabalar, bunaqasi ketmaydi: 30 ta talabadan 15 tasi 100% to'g'ri ishlagan, bu reallikdan yiroq holat, shularning natijalarini hozir o'chirib tashlayman, boshqatdan topshiradi!

P/S: Hurmatli obunachi, bu vaziyatdan nima xulosa chiqaryapsiz?

Ⓜ️: YQQUZB_KANAL

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Ta’limga oid internet resurslari

1. uzedu.uz – Xalq ta’limi vazirligining rasmiy veb sayti.
2. ziyonet.uz – Ta’lim tarmog‘i portali.
3. eduportal.uz – Xalq ta’limi vazirligi axborot ta’lim portali.
4. cict.uz – Xalq ta’limi sohasidagi AKTni rivojlantirish markazi.
5. utube.uz – Ta’lim videoportali.
6. xt.uzedu.uz – Maktab ta’lim jarayonini boshqarish tizimi.
7. avloniy.uz – Avloniy nomidagi XTTRMXQTMOI.
8. masofa.uz - Avloniy nomidagi XTTRMXQTMOI masofadan o‘qitish portali.
9. Qt.masofa.uz - Avloniy nomidagi XTTRMXQTMOI masofadan qayta tayyorlash kurslari.
10. akt.uzedu.uz – Axborot kommunikasiya texnologiyalaridan samarali foydalanish tizimi.
11. tanlov.uzedu.uz – Xalq ta’limi tizimidagi ko‘rik tanlovlarni o‘tkazish dasturi.
12. forum.uzedu.uz - O‘zbekistonRespublikasi Xalq ta’limi vazirligiforumi.
13. Mfond.uz – O‘zbekistonRespublikasi maktab xayriya fondi.
14. www.uz – Milliy axborot qidiruv tizimi.
15. gov.uz – O‘zbekiston Respublikasi Xukumatportali.
16. my.gov.uz – Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali.
17. lex.uz – O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi
18. prezident.uz – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb – sayti
19. pm.gov.uz - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi
20. http://parliament.gov.uz - o‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi
21. www.press-service.uz – O‘zbekistonRespublikasi Prezidentining matbuot xizmati
22. strategy.uz –Taraqqiyot strategiyasi markazi
23. regulation.gov.uz – O‘zbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlarining muhokamasi
24. meningfikrim.uz - Jamoatchilik tashabbuslari yagona platformasi
25. manaviyat.uz/ - Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi
26. meros.uz – O‘zbekiston madaniyat me’rosi
27. kultura.uz – O‘zbekiston madaniyat yangiliklari
28. marifat.uz - «Ma’rifat» gazetasi tahririyati.
29. stateartmuseum.uz - O‘zbekiston davlat san’at muzeyi.
30. temurid.uz – Temuriylar tarixi muzeyi.
31. aloqamuzeyi.uz – Aloqa muzeyi.
32. 365.gov.uz/uz - Voqealar va tadbirlar portali.
33. http://e-adabiyot.uz – Adabiyot bo‘stoni.
34. http://www.natlib.uz/ - O‘zbekiston milliy kutubxonasi.
35. http://kitob.uz/ - Respublika Bolalar Kutubxonasi.
36. hunar.uz - "Hunarmand" uyushmasi.
37. taqvim.uz – Respublika Bolalar Kutubxonasi.
38. afisha.uz – Afisha Tashkenta.
39. eticket.railway.uz - O‘zbekiston temir yullari, elektron chiptalar.
40. uzairways.com - O‘zbekiston havo yullari, elektron chiptalar.
41. ek.uz - Kommunal xo‘jalik va uy-joy fondi portali.
42. tickets.uz - Avia chiptalarni bron qilish.

Xorjiy davlatlar ochiq axborot ta’lim resurslari
43. http://intuit.ru/ - Nasionalnыy otkrыtыy universitet INTUIT
44. http://kopilkaurokov.ru O‘qituvchilar uchun sayt.
45. www.yaklass.ru – Maktab o‘quvchilari uchun ta’limiy internet resursi.
46. www.intuit.ru – Milliy ochiq universitet, Rossiya.
47. www.dnevnik.ru – Raqamli ta’lim platformasi, Rossiya.
48. https://www.edx.org/ - onlayn kurslar.
49. https://www.coursera.org/ - onlayn kurslar.
50. https://www.udacity.com/ - onlayn kurslar.

Ⓜ️: innovatsiyalar

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#DOLZARB #eslatma

📌 Konspekt yozmaslik yakuniy nazoratiga kiritmaslikka sabab bo'la oladimi?

Konspekt yozish aslida hech qanday me'yoriy hujjatlarda ham ichki nizomda ham keltirilmagan. Avvallari internet, qo'l telefoni, ma'lumot tashuvchi flesh xotiralar bo'lmagani sabab, o'qituvchilar o'tkan darslar talabalar tomonidan konspekt qilib borilgan va ushbu konspektlarga asosan imtihonlarga tayyorgarlik ko'rilgan. Hozirgi kunga kelib esa o'qituvchilar tomonidan talabalarga konspekt qildirishni go'yoki qonun talab qilayotganidek konspekt qilmagan talabalarga o'zboshimchalik bilan cheklovlar qo'yishmoqda. Konspekt qilishning hech qanday yomon tarafi yo'q, talaba o'z xohishiga ko'ra ma'ruza matnlarini yozib borishi va o'qituvchi buning uchun qo'shimcha ball berishga haqli.

Lekin talaba konspekt qilmagani uchun ma'ruzachi uni yakuniy va oraliq nazoratlariga kiritmaslik huquqiga ega emas. Shu o'rinda talaba joriy nazoratidan o'ta olmagan taqdirda ham ma'ruzachi uni oraliq nazoratiga kiritmaslik huquqiga ega emas. Oldin ham keltirib o'tkanimizdek mustaqil ish topshirmaslik talabani yakuniy nazoratiga kiritmaslikka sabab bo'la olmaydi, shu o'rinda konspekt ham. O'quv semestri davomida talaba joriy va oraliq nazoratlarini hech qanday cheklovlarsiz o'zlashtirib, topshirib boradi. Semestr so'ngida talaba 2ta joriy nazorati va 2ta oraliq nazoratidan umumiy 70 ballning 55 foizi (38.5 ball) va undan yuqori foizidagi ballni to‘plagan talabalar ushbu fan bo‘yicha yakuniy nazoratiga kiritiladi.

Fan o'qituvchisi tomonidan talaba konspekt yozmagani va mustaqil ish topshirmagani vaj qilinib yakuniy nazoratiga kiritilmasa, "Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risida"gi nizomining III-bob 19-bandini buzgan hisoblanadi.

📌 Prezident topshirig'iga ko'ra keyingi o'quv yilidan boshlab konspekt, mustaqil ish, kurs ishi va shu kabi o'zini oqlamagan majburiyatlardan voz kechiladi va qonun bilan belgilab qo'yiladi.

❗️Eslatma: Ushbu nizom OTMlarda modul tizimida ta'lim olayotgan talabalarga tegishli. Kredit modul tizimidagi talabalarga taalluqli emas. Ularning o'zini ichki nizomi bor.

P/S: Ushbu post konspekt yozib, uni rasmga olib professor-o'qituvchilarning telegramiga yuborayotgan talabalarning bu masala yuzasidan huquqiy asos so'ragani sabab yozildi.

Yoshlarni qo'llab quvvatlash ma'muriyati

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
💥⁉️ Savol: Bu yilgi kirish test sinovlarida abituriyentlar binoga qo‘lqop, niqob bilan kiritiladi, deyilmoqda. Ushbu himoya vositalarini o‘zimiz tayyorlab qo‘yamizmi yoki taʼminlanadimi?

✅ Javob: Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash butun dunyoda, shu jumladan O‘zbekistonda ham davom etib turgan bir sharoitda 16 martdan O‘zbekistonda koronavirus tarqalishiga qarshi karantin choralari eʼlon qilingan bo‘lsa, 25 martdan eʼtiboran Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar jamoat joylariga niqobsiz chiqqan holat qayd etilsa, bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida, mazkur holat yana qaytariladigan bo‘lsa – tegishli choralar qo‘llanilishi belgilab qo‘yilgan. Bundan kelib chiqib joriy yilda kirish test sinovlarida ishtirok etuvchi abituriyentlar tibbiyot qo‘lqopi va niqob(maska)lar bilan kelishlari lozim bo‘ladi.

‼️ Manba:
Davlat test markazi rasmiy veb sayti

P.S. Jamoat joyida niqob (maska) majburiyligi tushunarli, hech bo‘lmaganda tibbiyot qo‘lqoplarini kirish joylarida tekinga qo‘yishsa yaxshi bo‘larmidi?

Har holda abituriyentlar ham hujjat topshirish jarayonida 115.000 so‘mdan to‘lashmoqda
.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Maktab bitiruvchilari uchun yagona imtihonni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda

Davlat test markazi va Xalq ta’limi vazirligi boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020 yil 1 sentyabrga qadar tegishli takliflarni ishlab chiqishi va O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Administrasiyasiga kiritishi belgilandi.

O‘zbekistonda maktab bitiruvchilarining yakuniy davlat attestasiyasi va OTMga kirish imtihonlarini unifikasiya qilish va yagona imtihonni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “2020/2021 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi qarorida aytilgan.

Hujjatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi va Xalq ta’limi vazirligi boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020 yil 1 sentyabrga qadar umumta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestasiyasi hamda oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini unifikasiya qilish va yagona imtihonni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishi va O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Administrasiyasiga kiritishi belgilandi.
Shuningdek, belgilab qo‘yilishicha, 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab kadrlar buyurtmachilarining ehtiyojlari to‘liq avtomatlashtirilgan tarzda “quota.mineconomy.uz” axborot tizimi orqali shakllantiriladi.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
❗️Toshkent yuridik universitetining monopoliyasi yakunlandi!

✅ Yurisprudensiya sohasidagi bo'lajak yuristlar (kod: 5240100) yuridik universitetga qo'shimcha ravishda yana kamida 5 ta universitetdan birini tanlash imkoniyati mavjud:

1) Samarqand davlat universiteti
2) Termiz davlat universiteti
3) Namangan davlat universiteti
4) Qoraqalpoq davlat universiteti
5) Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti

❇️ Toshkent davlat yuridik universitetida 4 ta yangi yo'nalish ochiladi.

Oldingi yillarda ushbu universitetda abituriyentlar hujjatni faqat bitta yo'nalishda – yurisprudensiya bo'yicha topshirishgan. Shuningdek, ikkinchi yildan so'ng, ular tanlagan besh sohadan birini tanladilar.

📌 Yangi yo'nalishlar (ularning kodlari bir xil: 5240100):

1. huquqshunoslik: xalqaro va qiyosiy huquq;
2. yurisprudensiya: davlat huquqiy faoliyati
3. yurisprudensiya: jinoiy-huquqiy faoliyat
4. yurisprudensiya: fuqarolik va biznes huquqi

Bu yil mazkur 4 yo'nalishda jami 600 nafar abituriyent talabalikka qabul qilinadi.

⁉️ Ushbu yo'nalish bo'yicha imtihonlar tarix fanidan (3,2 ball) va chet tilida (3,1 ball) bo'lib o'tadi.

🔆 Yuqoridagi faktlar, o'z navbatida, huquqshunoslikka kirishni istagan abituriyentlar uchun 5 ta yo'nalish tanlash huquqini beradi.

Eslatib o'tamiz, sirtqi va kechki bo'limlar mavjud emas.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
⚡️Abituriyentlarga yordam: uyda qolib, bepul “onlayn-repetitor” orqali testlarga tayyorlaning!

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov bugundan boshlab TV orqali “Online-repetitor” loyihasi boshlanganini ma’lum qildi.

Hammaning ham hozirgi yozgi taʼtil vaqtida repetitorga borish imkoni yo‘q.

Shuning uchun “Online-maktab” kanalida (5-8-sinflarnikini o‘rniga) bugundan boshlab “Online-repetitor” rukni ostida testga tayyorlash kurslari boshlandi. Endi mamlakatimizning istalgan joyidan bemalol uyda o‘tirib Davlat test markazining testlariga tayyorgarlik ko‘rsa bo‘ladi.

“Online-repetitor” loyihasini kuzatib boring va TV orqali testlarga bepul tayyorlaning!

Manba: xushnudbek

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev rahbarligidagi qabul jarayonlariga bag‘ishlangan brifing boshlandi.

Brifing mavzusi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 iyundagi PQ–4749-son qarori bilan kiritilayotgan yangiliklar.


Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Qabul_2020
📌 Joriy yilda quyidagi toifadagi abituriyentlar uchun alohida davlat granti asosida kvota ajratiladi:

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun - 2068 o‘rin;

Harbiy qo‘mondonlik tavsiyanomasi bo‘lgan shaxslar - 928 o‘rin;

Harbiylarning farzandlari uchun - 2068 o‘rin;

Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari uchun - 551 o‘rin;

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun - 1035 o‘rin;

Ijtimoiy kam ta’minlangan toifadagi xotin-qizlar uchun - 940 o‘rin;

So‘x tumanida yashovchi bitiruvchilar - 500 o‘rin.

Imtiyozli shartlarda davlat granti asosida jami 8694ta o‘rin ajratilmoqda (o‘tgan yili qariyb 5 mingta edi).

Ⓜ️: Xushnudbek

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Qabul_2020
📌 Test sinovlarini karantin tugagach 1-avgustdan boshlash rejalashtirilmoqda.

“Dastlab 5 avgustdan boshlamoqchi edik, lekin keyinchalik bor imkoniyatlarimizni ishga solib, testlarni 1 avgustdan boshlashga qaror qildik”
, - dedi Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev.

P/S: Qat'iy karantin ham 1-avgustgacha davom etishi haqida maxsus komissiya qaror qabul qilgan edi.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Qabul_2020

🎓 Magistratura bo‘yicha

⁃ Hujjatlar magistr.edu.uz portali orqali faqat onlayn qabul qilinadi, OTMga kelmaydi;

⁃ Hujjatlar qabul qilish 1 iyuldan boshlanib, 30 iyulgacha davom etadi;

⁃ Imtihonlar 3-15 avgust kunlari o‘tkaziladi.

Ⓜ️: Xushnudbek

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Qabul_2020
📌 Oliy harbiy ta'lim muassasalariga tanlab olish

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Qabul_2020
📌 Bu yilgi sinovlarda testlar tarkibiga ham o‘zgartirish kiritilmoqda.

“Bu yil savollar tarkibiga ham alohida e’tibor qaratdik. Odatda 30 ta savol quyidagicha taqsimlangan, ya’ni 6 ta oson, 18 ta o‘rta va 6 ta qiyin. Bu yilgi testlarda oson savollar 3 taga ko‘paytirildi, qiyin savollar esa 3 taga kamaytirildi. Ya’ni abituriyentga 9 ta oson, 18 ta o‘rta, 3 ta qiyin savol tushadi”, - dedi Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA