Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sifatsiz internet sabab onlayn darslarga qatnasha olmagan talabalar kursdan kursga qoladimi?

Do'stlarga ulashing
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Toshkent davlat transport universitetiga rektor tayinlandi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 16 iyundagi 385-son qarori bilan Odil Qalandarovich Abduraxmanov Toshkent davlat transport universitetining rektori etib tayinlandi.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Qabul2020

Oliy ta’lim muassasalariga abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tish qachon va qanday tartibda amalga oshiriladi?


Hamyurtlarimizdan 2020/2021 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq vazirlikka kelib tushayotgan navbatdagi savollarga javoblarni e’lon qilamiz.

Oliy ta’lim muassasalariga abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tish qachon va qanday tartibda amalga oshiriladi?

✅ 2020/2021 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalariga abituriyent sifatida onlayn ro‘yxatdan o‘tish 2020 yilning 20 iyunidan 20 iyuliga qadar (shu kuni ham):

👉 Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (www.my.gov.uz);
👉 Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali (www.dtm.uz);
👉 belgilangan hududlardagi Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshiriladi.

Ⓜ️: Eduuz

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yo‘riqnoma

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2020/2021 o‘quv yili qabuli uchun OTMlarda kasbiy (ijodiy) imtihonlarni tashkil etish bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqildi.

✅ Kasbiy (ijodiy) imtihonlarni tashkil etishda:

👉 abituriyent imtihonga shaxsiy pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishi lozim;

👉 abituriyentlar imtihonga tibbiy niqob va qo‘lqopda kiritiladi;

👉 imtihonga kirish oldidan har bir abituriyentning tana harorati o‘lchanadi. Tana harorati 37 darajadan yuqori bo‘lgan abituriyentlar imtihonlarga qo‘yilmaydi;

👉 ijodiy imtihonda bitta abituriyent uchun yarim soatdan bir soatgacha vaqt ajratiladi;

👉 imtihonlar to‘liq videokuzatuv ostida o‘tkazilib, imtihon jarayonlarining videoyozuvlari saqlanadi;

👉 Imtihon natijalari tegishli OTMning rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi.


Ⓜ️: Eduuz

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Abituriyentlar qanday hujjat topshirishlari lozim?

Joriy yilda abituriyentlar hujjatlari OTMga faqat onlayn qabul qilinadi. Bu haqda DTM rahbari Majit Karimov brifingda ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, avvalgi yillardagi bitiruvchilar uchun talab qilinadigan hujjatlar:
pasport;
diplom;
til bilishi sertifikati;

imtiyozi mavjud bo‘lganda, imtiyozni tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi. Biroq, 2020 yil bitiruvchilari uchun esa bu qoida biroz o‘zgargan bo‘lib, ularning pasport va bitiruv attestati qabul qiluvchilar tomonidan bazadan elektron tarzda olinadi.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Rasman

Magistraturaga va o‘qishni ko‘chirish uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi saytidan hujjat topshiriladi

Prezident qaroriga ko‘ra, davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish, shuningdek, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash uchun hujjatlarni topshirish jarayoni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-sayti (www.edu.uz) orqali amalga oshiriladi.

Magistraturaga hujjatlar 2020 yil 1 iyuldan 30 iyulgacha qabul qilinadi.

Shuningdek, qaror bilan Farg‘ona viloyatining So‘x tumani uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumiy belgilangan qabul ko‘rsatkichlariga nisbatan qo‘shimcha davlat granti asosidagi 500 ta o‘rin miqdoridagi maqsadli qabul parametrlari ajratildi.

Ⓜ️: Eduuz

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Imtiyozlar-2020.pdf
935.9 KB
📌 O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda qo‘llaniladigan imtiyoz turlari haqida ma’lumot

Do'stlarga ulashing
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
⚡️⚡️⚡️ 16 yoshga to‘lgan, lekin hali pasport olmagan abituriyentlar hujjat topshira olmaydi.

‼️ Ular tezroq pasport olishi kerak!

‼️ Mazkur yilda OTMlarga hujjatlarni qabul qilish onlayn shaklda Davlat test markazi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi. Ushbu onlayn qabul tizimi abituriyentlarning fuqarolik pasportidagi jismoniy shaxslarning identifikatsiya raqami (PiNFL) bilan bog‘lanadi. Shu bois, OTMlarga hujjat topshirishda 16 yoshga to‘lgan bitiruvchilar pasport olishlari muhim hisoblanadi.

‼️ Yurtimizda karantin cheklovlari joriy etilgani sababli pasport yoshiga (16 yosh) yetgan 41 000 dan ortiq bitiruvchilar fuqarolik pasportini o‘z vaqtida olish imkoniyatiga ega bo‘lmagan.

‼️ Xalq taʼlimi vazirligi ushbu bitiruvchilar va ularning ota-onalariga murojaat bilan chiqib, tezroq pasport olish masalasida Ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmalariga murojaat etishlarini so‘ramoqda.

‼️ Eslatib o‘tamiz, onlayn qabul jarayonlari joriy yilning 20 iyun kunidan boshlab 20 iyul kuniga qadar davom etadi.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Карантинда ОТМлардаги ижодий имтиҳонларни ўтказиш тартиби эълон қилинди

Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги томонидан 2020/2021 ўқув йили қабули учун ОТМларда касбий (ижодий) имтиҳонларни ташкил этиш бўйича йўриқномага кўра:

⏰ ОТМларда касбий (ижодий) имтиҳонларда битта абитуриент учун ярим соатдан бир соатгача вақт ажратилади.

📹 Имтиҳонлар тўлиқ видеокузатув остида ўтказилиб, имтиҳон жараёнларининг видеоёзувлари сақланади.

Шунингдек, Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ахборот хизмати хабар беришича:

📂 Абитуриент имтиҳонга шахсий паспорти ва абитуриент рухсатномаси билан келиши лозим.

🧤 Абитуриентлар имтиҳонга тиббий ниқоб ва қўлқопда киритилади.

🌡 Имтиҳонга кириш олдидан ҳар бир абитуриентнинг тана ҳарорати ўлчанади. Ҳарорати 37 даражадан юқори бўлган абитуриентлар имтиҳонларга қўйилмайди.

📱 Бундан ташқари, имтиҳон натижалари тегишли ОТМнинг расмий веб-сайтларида эълон қилинади.

📢
Яқинларингиз ва абитуриент дўстларингизга ҳам улашинг!

Батафсил👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#online_festival

Talabalar festivali onlayn bo‘lib o‘tadi

📌 Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, vazirlik huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan an’anaviy talabalar festivali joriy yil 25-29 iyun kunlari onlayn tarzda tashkil etiladi.

🔖 Festival doirasida:

🧑💻 “Zakovat” intellektual turniri;

📸 “Yurtim jamoli” rasmlar tanlovi;

🎬 “Biz sevgan adib” videoroliklar namoyishi;

💻 “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi veb-sayti” taqdimoti;

💪 “Mehnat-daromad” videoroliklar tanlovi;

🎙 “Notiqlik, o‘tkir qalam sirlari” audioinsholar tanlovi bo‘lib o‘tadi.

❗️Festivalda barcha talaba-yoshlar yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z ijodiy ishlari bilan ishtirok etishlari mumkin.

Festival haqidagi to‘liq ma’lumotlarni http://vuz24.uz sayti orqali olishingiz mumkin.

☎️ Murojaat uchun: (71) 246-64-09

Yorqin lahzalarga boy yoshlik bayramida biz bilan birga bo‘ling!

Ⓜ️: Eduuz

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu videoni barcha bitiruvchilarga yuboring😃🔥

Talaba va abituriyentlar kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​Oliy harbiy ta'lim muassasalariga tanlov tadbirlari qisqartiriladi. Imtihonlar avgust oyida o‘tkaziladi

Oliy harbiy ta'lim muassasalariga qabul tartibi ma'lum qilindi. Endi harbiy OTMlarga ham test sinovlari avgust oyida o‘tkaziladi, harbiy OTMga hujjat topshirgan abituriyentlarga 5 tagacha yo‘nalishni tanlash huquqi beriladi.
Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Behzod Musayev 2020-2021 o‘quv yili uchun oliy harbiy ta'lim muassasalariga qabul jarayonlarida bo‘ladigan o‘zgarishlar haqida ma'lumot berdi. Unga ko‘ra, oliy harbiy ta'lim muassasalariga tanlov tadbirlari joriy yilda istisno tarzida qisqartirilmoqda. «Dastlabki tanlash tadbirlari tumanlarning o‘zida iyun-iyul oylarida o‘tkaziladi. Tibbiy ko‘rik jarayonlari ikki marta – tumanda va viloyatda o‘tkaziladi. Harbiy-professional tanlov tadbirlari bekor qilinadi.
Test sinovlari boshqa OTMlar bilan birga avgust oyida o‘tkaziladi»


Shuningdek, bu yil oliy harbiy ta'lim muassasalariga kirish uchun hujjat topshirgan abituriyentlar ham 5ta ta'lim yo‘nalishini tanlashi mumkin bo‘ladi.

Batafsil ma'lumot👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Har bir insonning o‘z vaqti bor. Hech qachon men ulgurmadim, endi kech, hammasi tamom, nega qolganlarda o‘xshab, menda o‘xshamadi demang hurmatli bitiruvchilar. Sizning ham o‘z vaqtingiz albatta keladi. Siz shunchaki izlanishda davom eting.

Shunchaki tomosha qiling, fikr qiling!

Talaba va abituriyentlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
"8694 ta imtiyozli grant emish🤨

Hammasidan kam ta'minlanganlarga ajratilayotgan grantlarni o'qib, eee xullas mahalla raislariniyam ko'ksiga shamol tegadigan bo'lyapti-da deb qo'ydim😝
#4ungan_4undi"

©Madina Qurbonova

Mahalla raislariga yuboramiz😁👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
No comment)))

Abituriyentlarga ulashing👇👍
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Forwarded from Talaba.uz | Ta'lim portali
Qabul–2020. Eng muhim ma’lumotlar

▪️Bu yil 1 million 270 mingdan ortiq abituriyent hujjat topshirishi kutilmoqda

▪️Test sinovlari 3 smenada bo‘ladi

▪️Har bir smenada 25 ming abituriyent test topshiradi, abituriyentlar orasi 3 metr bo‘ladi

▪️Kirish imtihonlari (test) 25-iyuldan 20-avgustgacha o‘tkaziladi

▪️Imtihon jarayoni onlayn ravishda internet va TV orqali jonli efirga uzatiladi

▪️Avvalgi yillarda bitirgan
abituriyentlardan 111,5 ming soʻm "минималка" olinadi.

▪️Ushbu to‘lov I va II gurux nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda davlat ta’minotidagi chin yetimlardan undirilmaydi.

🎓 Ijodiy va kasbiy imtihonlar bor yo‘nalishlarda sinov qanday bo‘ladi?

▫️OTMga hamma abituriyent kelib yig‘ilmaydi

▫️OTMlar hududiy imtihon komissiyasini tashkil qiladi

▫️Abituriyentlar o‘z hududida ijodiy imtihon topshiradi

▫️Imtihonlar 1 soat bo‘ladi

▫️Abituriyent imtihonga faqat bir marta keladi. Shu bir kelganda barcha imtihonini topshirib ketadi

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​#Болаликка_чипта

— Салом, менга чипта беринг. Бир томонга, фақат уёққа.
— Бир томонга бўлмайди. Бориш-келиш.
— Хўп, бўлмаса бориш-келишга беринг. Бугунга!
— Бугунга йўқ.
— Бўлмаса қачонга бор? Энг яқин вақтга жуда керак!
— Энг яқини... Кечиринг, ўн йил кейинга бор.
— Беринг. Тўла бир кунга!
— Бир кунга йўқ!
— Илтимос, ҳеч бўлмаса бир соатга.
— Фақатгина бир минутга бор.
— Майли, бир минутга бера қолинг.
— Мана ушланг. Сизнинг болалик даврингизга чиптангиз!
— Катта раҳмат!
— Ҳмм... Сўрасак майлими?
— Aлбатта.
— Бор-йўғи бир минутда сиз болалигингизда нима қилмоқчисиз? Нима қилишга улгурасиз?
— Мен ота-онамни қаттиқ-қаттиқ қучоқлайман, икковини, бир вақтда!!!


Сизчи? Агар 1 дақиқа болаликка қайтсангиз нима қилишга улгурасиз? Комментарияда ўз фикрингизни қолдиринг.👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​Davlat test markazi ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi

2020-yil 22-iyun
kuni soat 15:00 da O‘zbekiston milliy matbuot markazida Davlat test markazi vakillari ishtirokida “2020-yilda oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga kirish test sinovlarini pandemiya sharoitidan kelib chiqqan holda tashkil etish, qo‘yilayotgan talablar, o‘zgarishlar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Matbuot anjumani davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarini bugungi sharoitdan kelib chiqqan holda tashkil etish va o‘tkazish, abituriyentlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida test sinovi jarayonlarini soddalashtirishga oid amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlanadi.

Tadbirga barcha ommaviy axborot vositalari vakillarini taklif etamiz.

Batafsil ma'lumot👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#tezkor
📌 KARANTIN SABAB TOSHKENT FARMASEVTIKA INSTITUTIDA 2020/2021 O‘QUV YILI UCHUN TO‘LOV-KONTRAKT SUMMASI ARZONLASHTIRILADI

Toshkent farmasevtika instituti ham 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab, to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan talabalar uchun to‘lov-kontrakt qiymati miqdorlarini bir talabani bir yillik o‘qitish xarajatlaridan kelib chiqgan xolda belgilash rejalashtirilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, koronavirus karantini sababli to‘lov-kontrakt miqdori kamaytirilmoqda va taxminiy 14 million so‘m miqdorida bo‘ladi. Ta’kidlanishicha, agar real xarajatlar hisobga olinsa 14 million so‘mdan anchagina ko‘p bo‘ladi.

✅ Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tgan oliy ta’lim muassasasida to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati xam tomonlarning o‘zaro kelishuv bilan shartnoma asosida belgilanadi.

Institut matbuot xizmati

P/S: O'zini o'zi moliyalashtirmayotgan OTMlar ham tezroq kontrakt miqdorini kamaytirsa yaxshi bo'lar edi.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Karantin boshlangandan keyin jizzaxlik talabalarning dardi...😂😂

Talabalarga ulashamiz😁👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA