Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
#Tezkor #Tarqating

🇺🇿 BUGUN 21 iyun kuni — O‘zbekistonning hamma hududida noyob hodisa, qisman Quyosh tutilishi kuzatiladi.

Toshkent vaqti bilan ushbu hodisa soat 10:01 da boshlanadi va Quyosh tutilishi 2 soat 59 daqiqa davom etadi.

❗️Tutilishni o‘tkazib yubormaslik uchun barcha gruppalarga tarqating quyosh tutilishini guvohi bo‘lishsin.👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Quyosh tutilishi

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Quyosh tutilishi (2-rasm)😍

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
OTMlar murojaat markazlari.pdf
415.6 KB
Davlat oliy ta’lim muassasalari qo‘ng‘iroqlar (koll) markazlari raqamlari

❗️Hurmatli abituriyentlar va ota-onalar!

2020-2021-o‘quv yilida davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabul test sinovlari o‘tkazish muddati tobora yaqinlashib kelmoqda. 20-iyundan boshlab, onlayn ro‘yxatdan o‘tish boshlandi. Shuningdek murojaatlar oqimi keskin ko‘payib bormoqda.

Shularni hisobga olib, abituriyentlarga yordam sifatida davlat oliy ta’lim muassasalarining qo‘ng‘iroqlar (koll) markazlari raqamlari ro‘yxati e’lon qilindi. Barcha tegishli masalalar yuzasidan ro‘yxatda keltirilgan telefon raqamlari orqali bevosita bog‘lanishingiz va savollaringizga to‘liq javob olishingiz mumkin.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
21.06.2020.pdf
606.5 KB
2020-2021-o’quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni (2020-yil 21-iyun 18:00 holatiga)

Jami ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 31 896 nafar.
Shundan joriy yil bitiruvchilari 13 431 nafar.

✅ Ta’lim shakli bo‘yicha:

👉 Kunduzgi
ta’lim shakli – 19 872 nafar;
👉 Sirtqi
ta’lim shakli – 11 412 nafar;
👉 Kechki
ta’lim shakli – 612 nafar.

✅ OTMlar joylashgan hudud bo‘yicha:

👉 Andijon viloyati – 2 934 nafar;
👉 Buxoro viloyati – 1 261 nafar;
👉 Farg‘ona viloyati – 1 808 nafar;
👉 Jizzax viloyati – 852 nafar;
👉 Namangan viloyati – 1 642 nafar;
👉 Navoiy viloyati – 1 061 nafar;
👉 Qashqadaryo viloyati – 1 403 nafar;
👉 Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 891 nafar;
👉 Samarqand viloyati – 3 149 nafar;
👉 Sirdaryo viloyati – 838 nafar;
👉 Surxondaryo viloyati – 1 749 nafar;
👉 Toshkent shahri – 11 747 nafar;
👉
Toshkent viloyati – 1 846 nafar;
👉 Xorazm viloyati – 715 nafar.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
‼️Abiturientlar uchun maxsus video ✅

Hammaga Assalomu Alaykum! 😊🙌

Har yilgi Universitetga kirish imtixonlari va an’anaviy IELTS imtixonlari yaqinligi sababli o’quvchilarimiz bilan imtixon oldi maslahatlar bilan ulashdim! O’ylaymanki barcha abituriyentlar uchun foydali bo’ladi 🔥🚀

⭕️ Videoni tamosha qiling va do’stlaringiz bilan ulashing!

#hammani_ruhlantiramiz🚀
Ⓜ️ Jahongir Pulatov

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
📌 Pasporti yo‘qolgan yoki almashtirish uchun topshirgan abituriyentlar nima qiladi?

Ayrim hollarda abituriyentlar pasportini bexosdan yo‘qotib qo‘yadi, yoki turli sabablar bilan pasport almashtirish (yangisini olish) uchun hujjat topshirgan bo‘ladi.

Abituriyent hujjatlarini “pasport stol”ga topshirgan bo‘lsa-yu, lekin hali yangi pasporti tayyor bo‘lmagan va eng asosiysi hujjat topshirishning eng so‘ngi sanasigacha (20 iyul) tayyor bo‘lishiga ko‘zi yetmasa, unda quyidagi tartibda hujjat topshirishi zarur:

1) pasport almashtirish uchun ariza topshirgan “pasport stolga” yuzaga kelgan vaziyat to‘g‘risida murojaat qilinadi;
2) IIB haqiqatdan pasport almashtirish uchun topshirganligini tasdiqlab, maxsus 09-shakl (Forma-09) ko‘rinishidagi ma’lumotnoma to‘ldirib beradi;
3) 09-shaklda fuqaroning surati va pasportda ko‘rsatilishi zarur bo‘lgan ma’lumotlar (identifikasiya raqami, pasport seriyasi va raqami) aks ettirilib, ushbu ma’lumotnoma maxsus muhr bilan tasdiqlanadi;
4) tayyor bo‘lgan 09-shakl vaqtinchalik pasport o‘rnini bosadi;
5) ushbu hujjat bilan bemalol OTMga hujjat topshirish mumkin.

Bu hujjat topshirgungacha bo‘lgan vaziyat uchun taalluqli javob.

Lekin boshqa vaziyatlarda, ya’ni abituriyent ro‘yxatdan pasport orqali o‘tgan bo‘lsayu, ammo testgacha pasportini yo‘qotib (o‘g‘irlatib, shikast yetkazib) qo‘ygan bo‘lsa, unda 09-shakl bilan test sinovlariga kiritiladimi yoki yo‘qmi, degan savolga menda aniq javob yo‘q.

Shuningdek, yuqoridagi holatning teskarisi bo‘lishi mumkin, ya’ni 09-shakl bilan ro‘yxatdan o‘tib, testgacha pasporti tayyor bo‘lgan bo‘lsa, pasport bilan kirishi mumkinmi yoki 09-shakl bo‘lishi shartmi?

Menimcha, ikkala holatda ham testga kirishda muammo bo‘lmasa kerak. Yana ham rasmiylar bu vaziyatga oydinlik kiritishlarini so‘rab qolamiz.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Yangi o‘quv yili uchun qabul jarayonlari boshlandi. Quyida “Qabul-2020” bilan bog‘liq savollarga javob berilgan.

🔹Toshkent islom institutiga kimlar hujjat topshira oladi?

- Toshkent islom institutiga madrasani bitirganlar topshira oladi.

🔹Maktab, litsey, kollej, institut va universitetlarni bitirganlar Toshkent islom institutiga topshira oladimi?

- Topshira olmaydi, sababi faqat madrasani bitirganlar qabul qilinadi.

🔹Bu yilgi qabul qachon boshlanadi?

- 2020 yil 15 iyunda boshlanib, 15 iyulgacha davom etadi.

🔹Bu yilgi qabulga hujjatlar onlayn topshiriladimi?

– Ha, http://qabul.muslim.uz portali orqali onlayn qabul qilinadi.

🔹Abituriyentlar qabul hay’atiga qaysi hujjatlarni taqdim etadi?

– pasport (elektron shaklda);
– o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi (madrasa)ni tamomlaganlik to‘g‘risidagi hujjat (diplom) elektron shaklda.
– 3×4 o‘lchamli rasm.


🔹Toshkent islom institutiga kirish uchun qaysi fanlardan imtihon topshiriladi?

– “Fiqh va aqoid” (test) 30 ta savol, har bir to‘g‘ri javobga 3.1 ball beriladi, jami 93 ball;
– “Arab tili” (ijodiy imtihon) 63 ball;
– “O‘zbekiston tarixi” (test) 30 ta savol, har bir to‘g‘ri javobga 1.1 ball beriladi, jami 33 ball.


🔹Bu yilgi kirish imtihonlari qanday o‘tkaziladi?


- Imtihonning qanday o‘tkazilishi karantinning bekor bo‘lishi, yumshashi yoki qattiqlashishiga bog‘liq. Qaror qabul qilingach aniq ma’lumot e’lon qilinadi.

🔹Karantin sababli bu yilgi qabul imtihonlari soddalashtiriladimi?

- Pandemiya, karantin sababli soddalashtirish rejalashtirilgan.

🔹Toshkent islom institutida o‘tgan yili qabul kvotasi nechtani takshil qildi?

- 50 ta o‘g‘il bolalar, 10 ta ayol-qizlar o‘qishga qabul qilindi.

🔹Men oliy ta’lim muassasalarining birida ta’lim olaman. O‘qishimni Toshkent islom institutiga ko‘chirsam bo‘ladimi?

- Ko‘chira olmaysiz. Bu oliy diniy ta’lim hisoblanadi.

🔹Men oliy ta’lim muassasalaridan birini tugatganman. Toshkent islom institutiga ikkinchi mutaxassislikka kira olamanmi?

- Yo‘q, kira olmaysiz. Toshkent islom institutida ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha qabul mavjud emas.

🔹Men oliy ta’lim muassasalaridan birini tugatganman. Toshkent islom institutiga sirtqi bo‘limga kira olamanmi?

- Sirtqi bo‘limga o‘qishga kira olmaysiz, chunki Toshkent islom instituti sirtqi bo‘limiga o‘qishga kirish uchun madrasani bitirgan bo‘lishingiz kerak va 5 yil diniy sohada ishlagan bo‘lishingiz kerak.

🔹Chet el fuqarolari Toshkent islom institutiga kira oladimi?

- Yo‘q, chet ellik fuqarolar qabul qilinmaydi.

🔹Bir vaqtning o‘zida bir nechta diniy o‘qishga hujjat topshirsam bo‘ladimi?

- Bir vaqtning o‘zida bir nechta diniy ta’lim muassasalariga hujjat topshira olmaysiz.

🔹Toshkent islom institutiga necha yoshgacha bo‘lgan fuqarolar hujjat topshira oladi?

- 18 yoshdan boshlab va undan yuqori istalgan yoshdagi fuqarolar qabul qilinadi, yosh cheragasi mavjud emas.

🔹Men Toshkent islom universitetiga yoki Islom akademiyasiga o‘qishga kirmoqchiman, nima qilay?

- Bu Toshkent islom instituti, boshqa o‘qishlar haqida bizda ma’lumot yo‘q. Islom akademiyasi haqida http://iiau.uz sayti orqali ma’lumot olishingiz mumkin.

🔹Toshkent islom institutining litseyi bormi?

- Yo‘q.

🔹Madrasalarga kirish uchun qaysi hujjatlar topshiriladi?

– pasport (elektron shaklda);
– attestat yoki diplom (akademik litsey, o‘rta maxsus kasb-hunar kollejini tamomlaganlik to‘g‘risida) elektron shaklda;
– til bilishi to‘g‘risidagi sertifikat (attestat yoki diplomida yozilgan chet tilidan boshqa xorijiy tilda topshirmoqchi bo‘lganlar uchun) elektron shaklda.


🔹 Madrasalarga qabul qachon boshlanadi?

– 2020 yilning 15 iyunida boshlanadi va 5 iyuligacha (shu kuni ham) davom etadi.

🔹 Madrasalarga kirish uchun qaysi fanlardan imtihon bo‘ladi?

– 1-blok “Chet tili” 30 ta savol, har bir to‘g‘ri javobga 3.2 ball beriladi, jami 96 ball;
– 2-blok “Tarix” 30 ta savol, har bir to‘g‘ri javobga 3.1 ball beriladi, jami 93 ball.
Qabul imtihonlari test sinovi shaklida o‘tkaziladi.
Ⓜ️
islaminstitut.uz

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Diqqat

“2020-yilda oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga kirish test sinovlarini pandemiya sharoitidan kelib chiqqan holda tashkil etish, qo‘yilayotgan talablar, o‘zgarishlar” mavzusida matbuot anjumani boshlandi. Instagram sahifamizda kuzatib borishingiz mumkin👇👇
https://www.instagram.com/talabauz_live
#Savol

Agar abituriyent imtixon vaqtida karantinga tushib qolsa, imtixon topshirishga imkoni bo'ladimi?

#Javob:
Davlat komissiyasi bu bo'yicha hujjat rasmiylashtirib, qo'shimcha vaqt beradi.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Nogironligi bor abituriyentlar uchun imtixon vaqtida barcha sharoit yaratib beriladi.

Imtiyozlar: 2068 ta o'rin ajratilgan.

Mehribonlik uyini tarbiyalanuvchilari uchun 1035 ta o'rin ajratilgan

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Qizlar uchun ajratilgan 4 foizli kvota faqat vazirlik tavsiyasi asosida beriladi.

Kunduzgi, sirtqi ta'limga ham beriladi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Ma'rifat gazetasida berib borilayotgan savollar, davlat test markazi bilan hamkorlikda berilib borilmoqda...

Imtixonda ixtiyoriy tanlash orqali ma'rifat gazetasidagi savollar ham tushib qolish ehtimoli katta...

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Ilg‘or xalqaro imtihon tizimlari (TOEFL, IELTS, CEFR, SAT General, SAT Subject va hokazo) sertifikatlariga ega bo‘lgan abituriyentlar uchun tanlagan yo'nalishida ingliz tili fani bo'lsa, abituriyent ingliz tilidan imtixon topshirmaydi.

Ular shu blok bo'yicha maksimall ballga ega bo'lishadi...

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Abituriyent hujjat topshirgan 5 ta ta'lim yo'nalishning barchasiga ham o'qishga qabul qilinsa, birinchi tanlagan ta'lim yo'nalishida o'qishni davom ettiradi.

Shu sababdan, birinchi ustuvor yo'nalishingizni e'tibor bilan tanlang...

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzini-oʻzi moliyalashtirishga oʻtgan OTMlarida toʻlov kontrakt miqdori oshirilmaydi

Batafsil ma'lumot⤵️

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
22.06.20 (@eduuz).pdf
290.9 KB
#Қабул2020

2020-2021-ўқув йили учун рўйхатдан ўтган абитуриентлар сони ҳақида маълумот (2020 йил 22 июнь 18:00 ҳолатига).

©Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

Батафсил👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Qabul2020

Qabul-2020: 63 481 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi

2020 yil 22 iyun soat 18:00 holatiga respublika bo‘yicha jami 63 481 nafar (joriy yilgi bitiruvchilar 33 167 nafar) abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.

✅ Shundan, ta’lim shakli bo‘yicha:

👉 kunduzgi – 42 077 nafar;
👉 sirtqi – 20 310 nafar;
👉 kechki – 1093 nafar.


✅ Hududlar miqyosida:

1️⃣ Toshkent shahri – 20 028 nafar;
2️⃣ Andijon viloyati – 7176 nafar;
3️⃣ Samarqand viloyati – 6610 nafar;
4️⃣ Namangan viloyati – 4062 nafar;
5️⃣ Surxondaryo viloyati – 3969 nafar;
6️⃣ Farg‘ona viloyati – 3898 nafar;
7️⃣Toshkent viloyati – 3509 nafar;
8️⃣Qashqadaryo viloyati – 2807 nafar;
9️⃣Buxoro viloyati – 2180 nafar;
🔟 Sirdaryo viloyati – 2090 nafar;
1️⃣1️⃣ Jizzax viloyati – 1966 nafar;
1️⃣2️⃣ Navoiy viloyati – 1938 nafar;
1️⃣3️⃣ Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 1774 nafar;
1️⃣4️⃣ Xorazm viloyati – 1473 nafar.


✅ Tillar kesimida:

👉 o‘zbek tilida –53 780 nafar (81,6 %)
👉 rus tilida – 8691 nafar (16,9 %)
👉 qoraqalpoq tilida – 792 nafar (1,2%)
👉 boshqa tillarda – 217 nafar (0.3%).

✅ Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan OTMlar:

👉 Andijon davlat universiteti – 3945 nafar;
👉 Samarqand davlat universiteti – 3305 nafar;
👉 Toshkent davlat pedagogika universiteti – 2983 nafar;
👉 Namangan davlat universiteti – 2730 nafar;
👉 Termiz davlat universiteti – 2613 nafar.


Eslatib o‘tamiz, abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish joriy yilning 20 iyuliga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi.

Ⓜ️ Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
🔹 Diniy ta’lim muassasalari qabul hay’ati bilan qanday bog‘lansa bo‘ladi?

Toshkent islom instituti:
▫️Telefon raqami: 71-227-23-47
▫️Sayti:
www.Islaminstitut.uz
▫️Telegram kanali:
https://t.me/oliymahad

Mir Arab oliy madrasasi:
▫️Telefon raqami: 95-604-45-97
▫️Sayti:
www.mirarab.uz
▫️Telegram kanali:
https://t.me/mirarabuz

Hadis ilmi maktabi
▫️Telefon raqami: 66-240-20-51
▫️Sayti:
www.hadith.uz
▫️Telegram kanali:
https://t.me/hadithuz

Ko‘kaldosh
▫️Telefon raqami: 71-249-30-90
▫️Sayti:
www.kukaldosh.uz
▫️Telegram kanali:
https://t.me/kukaldoshuz

Xadichai Kubro
▫️Telefon raqami: 71-299-24-11
▫️Sayti:
www.xadicha.uz
▫️Telegram kanali:
https://t.me/xadichauz

Sayyid Muhyiddin Maxdum
▫️Telefon raqami: 99-971-12-08
▫️Sayti:
www.maxdum.uz
▫️Telegram kanali:
https://t.me/maxdumuz

Hidoya
▫️Telefon raqami: 69-226-60-60
▫️Sayti:
www.hidoya.uz
▫️Telegram kanali:
https://t.me/hidoyauz

Xoja Buxoriy
▫️Telefon raqami: 75- 542-72-25
▫️Sayti:
www.xojabuxoriy.uz
▫️Telegram kanali:
https://t.me/Xojabuxoriy

Imom Termiziy
▫️Telefon raqami: 97-389-06-50
▫️Sayti:
www.termiziy.uz
▫️Telegram kanali:
https://t.me/termiziylar

Mir Arab
▫️Telefon raqami: 95- 600-45-97
▫️Sayti:
www.mirarabmadrasa.uz
▫️Telegram kanali:
https://t.me/mirarabmadrasa

Jo‘ybori Kalon
▫️Telefon raqami: 65-221-77-44
▫️Sayti:
www.juyborikalon.uz
▫️Telegram kanali:
https://t.me/juyborikalon

Faxriddin ar-Roziy
▫️Telefon raqami: 95-602-70-21
▫️Sayti: www.
arroziy.uz
▫️Telegram kanali:
https://t.me/arroziyuz

Muhammad al-Beruniy
▫️Telefon raqami: 61-229-03-20
▫️Sayti:
www.alberuniy.uz
▫️Telegram kanali:
https://t.me/alberuniyuz
Ⓜ️ islaminstitut.uz

Do'stlaringizga ulashing👇👇

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​#Muhim

Magistraturaga kirish imtihonlari 2020 yil 3-20 avgust kunlari oʻtkaziladi

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining tashabbbusi bilan:

❇️ 2020 yil 25 iyunga qadar magistraturaga kirish sinovlari uchun tegishli mutaxassisliklar sohalarida talabgorlarning ilmiy-pedagogik layoqati (yoki ilm olish qobiliyati)ni hamda xorijiy tilni bilish darajasini aniqlaydigan testlar bazasi (toʻplami) shakllantiriladi.

❇️ Istisno tariqasida, koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish chora-tadbirlaridan kelib chiqib, 2020/2021 oʻquv yili uchun magistraturaga kirish imtihonlari 2020 yil 3-20 avgust kunlari oʻtkaziladi.

❗️Eslatib oʻtamiz, joriy yilda magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining rasmiy veb-sayti (www.edu.uz) orqali amalga oshiriladi.

❇️ Hujjatlar 2020 yil 1 iyuldan 30 iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil ma'lumot⤵️
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA