Talaba.uz | Ta'lim portali
5.5K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Ana shunday gaplar. Sizlarga ta'zimdamiz ustozlar ☺️.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​Toshkentda yana bir xalqaro universitet tashkil etildi

Hukumat qarori bilan “Tashkent International University of Education” xalqaro universiteti tashkil etildi. Bu haqda Adliya vazirligi maʼlum qildi.


Qarorga muvofiq, yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalarining taʼlim dasturlarini joriy etish orqali respublika iqtisodiyoti real sektorining ehtiyojlarini hisobga olgan holda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash universitetning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Universitet masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi nodavlat oliy taʼlim tashkiloti hisoblanadi.

Universitetga oʻqishga qabul qilish uchun kirish imtihonlarini oʻtkazish va chet ellik yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish uchun xorijiy hamkor sifatida “The Times Higher Education World University Rankings” reytingidagi dunyoning 1000 talikka kiruvchi xorijiy oliy taʼlim muassasalarini belgilash va Universitet bazasida ularning filiallarini ochish huquqi berildi.

Universitetda oʻqish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Kadrlar tayyorlash kunduzgi, sirtqi, kechki, maxsus sirtqi va masofaviy taʼlim shakllari boʻyicha oʻzbek, ingliz hamda boshqa tillarda amalga oshiriladi.

Universitet bitiruvchilariga uning xorijiy hamkor universitetlarining Oʻzbekiston Respublikasida oliy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjati sifatida tan olinadigan xalqaro darajadagi yoki belgilangan namunadagi diplomi beriladi.

Universitetning magistratura taʼlim bosqichi bitiruvchilari Xalq taʼlim vazirligi hamda Vazirlari Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligining rahbar kadrlari zaxirasiga kiritiladi.

Bundan tashqari, Xalq taʼlimi vazirligiga istisno tariqasida universitet faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun eng yaxshi shartlarni taklif etgan potensial investorni tanlash hamda investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyat shartlarini belgilash huquqi berildi.

Batafsil ma'lumot⤵️
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Abituriyentlar diqqatiga!

Toshkent islom institutiga onlayn hujjat topshirayotganda pasport, diplom va 3x4 o‘lchamli fotosuratingizni talab etilgan shaklda yuboring, aks holda arizangiz rad etilishi mumkin.

Onlayn hujjat topshirish: qabul.muslim.uz

Ⓜ️ Oliy Mahad

Batafsil ma'lumot⤵️
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Fanlar majmuasi va baholash mezonlari (@eduuz).pdf
1.8 MB
#Muhim

Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi va ularni baholash mezonlari tasdiqlandi

Davlat komissiyasi majlisining 2020 yil 1-son bayoni bilan koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish talablariga muvofiq 2020/2021 o‘quv yili qabulida respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi.

Ⓜ️ Edu.uz

Batafsil ma'lumot⤵️
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
⚡️ Kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o‘tkazish tartibi belgilandi

Davlat komissiyasining 2020 yil 1-sonli bayoni bilan 2020/2021 o‘quv yili qabulida kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o‘tkazish yuzasidan vazifalar belgilab berildi.

✅ Unga ko‘ra:

👉 kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturlarini bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari xususiyatidan kelib chiqib soddalashtiriladi;

👉 abituriyent kasbiy (ijodiy) imtihon uchun bir marta keladi va ortiqcha vaqt sarflamasdan topshirishi ta’minlanadi;

👉 test sinovlari bilan bir qatorda o‘tkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihonlar joriy yilning 25 iyulgacha o‘tkaziladi;

👉 alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari kirish imtihonlarini 25 iyuldan 20 avgustgacha o‘tkaziladi;

👉 kasbiy (ijodiy) imtihonlar videokuzatuvlar orqali qat’iy nazorat qilinadi va internetda jamoatchilik kuzatuvi ta’minlanadi.

Ⓜ️ Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Batafsil ma'lumot⤵️
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oliy ta’lim muassasasiga qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga kirish istagida bo‘lgan xotin-qizlar hujjatlarini 24 iyundan 10 iyulga qadar Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining tuman, shahar bo‘limlarida tuzilgan ishchi guruhga taqdim etishlari mumkin.

Quyidagi videoda aynan qaysi mezonlarga ko‘ra, xotin-qizlarga tavsiyanomalar berilishi aytilgan.

Abituriyentlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Davlat komissiyasining 2020 yil 1-son bayoni bilan quyidagi 8 ta tumanda Davlat xizmatlari markazlari orqali 2020/2021-o‘quv yili qabulida oliy ta’lim muassasalariga kirish sinovlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat berildi:

1. Mo‘ynoq tumani DXM;
2. Konimex tumani DXM;
3. Tomdi tumani DXM;
4. Uzun tumani DXM;
5. Boysun tumani DXM;
6. So‘x tumani DXM;
7. Farg‘ona tumani DXM;
8. Sardoba tumani DXM.


Qolgan hududlardagilar esa hujjatlarni abitur.dtm.uz va my.gov.uz portallari orqali onlayn topshirishlari mumkin.

Abituriyentlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Qabul2020

⚡️ Magistraturaga kirish imtihonlari 2020 yil 3-20 avgust kunlari o‘tkaziladi

Davlat komissiyasi majlisining 2020 yil 1-son bayoniga muvofiq, istisno tariqasida, koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish chora-tadbirlaridan kelib chiqib, 2020/2021 o‘quv yili uchun magistraturaga kirish imtihonlari 2020 yil 3-20 avgust kunlari o‘tkaziladi.

❗️Eslatib o‘tamiz, joriy yilda magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi.

❇️ Hujjatlar 2020 yil 1 iyuldan 30 iyulgacha qabul qilinadi.

Ⓜ️ Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Batafsil ma'lumot⤵️
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Qani matematiklar bormi? 👀

Ozgina mantiqiyroq:


 5+3+2 = 151012
 9+2+4 = 183662
 8+6+3 = 482466
 5+4+5 = 202504

 7+2+5= ? ? ?


Javobni kim birinchi topsa 👏🏻 chalamiz 😄.

Do'stlaringizga ulashing👇👇

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Test sinovlari bilan bir qatorda kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Qabul2020

⚡️O‘qitish tojik tilida olib boriladigan ta’lim yo‘nalishlari uchun kirish imtihonlari test sinovlari orqali amalga oshiriladi

Davlat komissiyasi majlisining 2020 yil 1-son bayoniga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalarida tojik tilida ta’lim olib boriladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish imtihonlarini kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘rniga 2020/2021 o‘quv yili qabulidan test sinovlari orqali amalga oshiriladi.

Ⓜ️ Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Abituriyentlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Oqni oq, qorani qora deyish kerak degan gapni ko'p eshitganmiz. O'tgan asrda bu qoidaga zid bo'lgan holatni kuzatish mumkin edi. Odamlar X ni rangiga qarab emas, bajaradigan ishiga qarab shunday nomlashgan.

Diqqat savol: X ni Toping 🤔

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Kasbiy imthon (@eduuz).pdf
328.7 KB
#Qabul2020

Davlat komissiyasi majlisining 2020 yil 1-son bayoni bilan test sinovlarisiz, KASBIY (ijodiy) IMTIHONLAR orqali o‘qishga qabul qilish bo‘yicha ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi.

Ro‘yxatdan bakalavriatning 132 ta ta’lim yo‘nalishi o‘rin olgan.

Ⓜ️ Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Abituriyentlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Oliy harbiy taʼlim muassasalarining yoʻnalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari.

Abituriyentlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
⚠️ Telegram'dagi millionlab foydalanuvchilarning ma’lumotlari joylashgan baza darknetda tarqalib ketdi.

Ogohlantiramiz: Teleramning norasmiy dasturlarini ishlatmang!


Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
✅​2020/2021 o‘quv yili uchun qo‘shimcha grantlarga tavsiyanomalar kimlarga beriladi?

🔘 kam ta’minlangan oiladan chiqqan xotin-qizlar;
🔘 to‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni ota yoki onasi vafot etgan xotin-qizlar;
🔘 14 yoshgacha bo‘lgan ikki va undan ortiq farzandlarni tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida yashayotgan yolg‘iz ayol (erkak)larning qizlari;
🔘 shaxsiy uy-joyga ega bo‘lmagan, ijarada yashayotgan oilalar;
🔘 ota-onalardan biri yoki har ikkisi ishsiz bo‘lgan va ish qidiruvchi shaxs sifatida aholi bandligiga ko‘maklashish markazlarida hisobda turganlar;
🔘 nogironligi bo‘lgan farzandi bor oilalardan chiqqan xotin-qizlar;
🔘 oliy ma’lumotli xotin-qizlar bilan qamrab olish darajasi respublikaning o‘rtacha ko‘rsatkichlaridan ikki yoki undan ortiq marotaba past bo‘lgan tumanlar, shuningdek, olis va borish qiyin bo‘lgan hududlarda yashovchi oilalardagi qiz farzandlar (ularni o‘z hududida 3 yil ishlash sharti bilan).
Asos — Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida xotin-qizlarga tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berish va ularni o‘qishga qabul qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 402-sonli Qarori.

Abituryentlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
G'alati voqealar bo'layapti😂😂😂

Xabaringiz bor, 🏆 "Yoshlar ilm-fan uchun" kreativ videoroliklar tanlovi ancha oldin boshlangan edi... "Buyuk ajdodlar merosi" nominatsiyasi bo'yicha shuncha iqtidorlilarning videosi qolib, kinodan parcha birinchi o'rinni olibdi😂😂😂

Jonli efirda facebook orqali bo'lib o'tyapti👇👇
https://www.facebook.com/104174024524481/posts/150485423226674/


Eslatma: Kommentariyada so'kishlar ko'p😂.

Gapim so'ngida bir latifa esimga tushib ketdi. "Korrupsiyani yo'qotamiz" shiori ostida o'tkazilgan ko'rik tanlovda 250.000 so'm pul bergan ishtirokchi g'olib bo'ldi. Hullasda🤦‍♂😂

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA