Talaba.uz | Ta'lim portali
5.49K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
​​Akkauntni o‘chirish

Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish tizimi (abitur.dtm.uz sayti)ga “Akkauntni o‘chirish” funksiyasi qo‘shildi.

Mazkur funksiya “Shaxsiy ma’lumotlar” bo‘limida joylashgan.

✅ Akkauntni o‘chirish uchun quyidagi qadamlarni bajarish zarur:

1️⃣-qadam: Parol kiritiladi va “Akkauntni o‘chirish” tugmasi bosiladi.

2️⃣-qadam: Telefon raqamiga kelgan SMS kod kiritilib, tasdiqlanadi.

Ushbu qadamlar bajarilgandan so‘ng akkaunt to‘liq o‘chirib yuborilgan hisoblanadi.

✅ Akkaunt o‘chirilganda:

👉 Foydalanuvchining barcha ma’lumotlari tizimdan o‘chiriladi;

👉 Abituriyent 2020-2021-o‘quv yili uchun kirish imtihonlarida qatnashish huquqini yo‘qotadi.

👨🏻‍💻 Akkauntni o‘chirgan abituriyentlar 20-iyulga qadar qayta ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

👨‍🔧 Shuningdek, abituriyentlar imtiyozlarini xato kiritgan taqdirda imtiyozlar bo‘limiga kirib, o‘z imtiyozlarini o‘chirishi yoki o‘zgartirishi mumkin.

❕Eslatib o‘tamiz, abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tish muddati tugagun (20-iyul)ga qadar doimiy yashash manzilini, tugatgan ta’lim muassasasini, imtiyozlarini va tanlagan ta’lim yo‘nalishlarini o‘zgartirish imkoniyatiga ega.

Batafsil ma'lumot⤵️
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Forwarded from Talaba.uz | Ta'lim portali (Nodirbek Ashirov 04:04)
Forwarded from Talaba.uz | Ta'lim portali (Nodirbek Ashirov 04:04)
​​Moliya instituti rektori o‘zgardi

Toshkent Moliya instituti rektori Ulug‘bek Azizov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan, uning o‘rniga shu vaqtgacha prorektor lavozimida ishlab kelgan Sultonali Mehmonov institut rektori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan.


«O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus talim vazirinining buyrug‘iga ko‘ra Mehmonov Sultonali Umaraliyevich - Toshkent moliya institutining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektoriga institut rektori vazifasini vaqtincha bajarish yuklatildi», deyiladi institut matbuot xizmati tomonidan Kun.uz’ga berilgan ma'lumotda.
Sultonali Mehmonov 1974 yilda tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

1996-2006 yillarda Toshkent davlat agrar universitetida rektor yordamchisi, kafedra assistenti, dotsenti, bosh hisobchi, fakultet dekani o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 2006-2017 yillarda Toshkent moliya institutida kafedra dotsenti, kafedra mudiri bo‘lgan.
U 2017-2018 yillarda I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali direktori o‘rinbosari (o‘rindoshlik asosida Toshkent moliya instituti kafedra professori) lavozimida faoliyat ko‘rsatgan, 2018-2019 yillarda Toshkent moliya instituti kafedra professori lavozimida ishlagan.
2019 yil oktyabridan buyon Toshkent moliya instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.
2018 yil sentyabridan buyon oliy ta'lim muassasasiga rahbarlik qilib kelgan Ulug‘bek Azizov hozirda qaysi ishga o‘tgani haqida ma'lum qilinmadi.

Batafsil ma'lumot⤵️
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
2020-2021-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2020-yil 30-iyun 18:00 holatiga)

Jami ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 286 115 nafar.
Shundan, joriy yil bitiruvchilari 166 655 nafar (58,25 %).

✅ Ta’lim shakli bo‘yicha:

👉 Kunduzgi ta’lim shakli – 190 927 nafar;
👉 Sirtqi ta’lim shakli – 90 884 nafar;
👉 Kechki ta’lim shakli – 4 304 nafar.

✅ Tillar kesimida:

👉 O‘zbek tili – 249 990 nafar;
👉 Rus tili – 29 268 nafar;
👉 Qoraqalpoq tili – 5 889 nafar;
👉 Boshqa tillar – 968 nafar.

✅ Abituriyent tomonidan eng ko‘p tanlanayotgan OTMlar:

👉 Samarqand davlat universiteti – 18 541 nafar;
👉 Andijon davlat universiteti – 16 813 nafar;
👉 Toshkent davlat pedagogika universiteti - 11 433 nafar;
👉 Termiz davlat universiteti – 11 353 nafar;
👉 Namangan davlat universiteti – 11 049 nafar.

Batafsil ma'lumot⤵️
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Beshikdan qabrgacha ilm izla

Surxondaryo viloyati Angor tumanida yashovchi Mamatqul ota Berdialiyev talaba bo‘lish orzusi bilan Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filialiga hujjat topshirdilar.

O‘tgan yili ham mazkur ta’lim muassasasining kunduzgi bo‘limiga test sinovlari topshirgan ekanlar. Shu bois 79 yoshli otaxon bir yil davomida kerakli fanlardan chuqur tayyorlanib, agronomiya mutaxassisligi bo‘yicha sirtqi ta’lim yo‘nalishiga hujjat topshiribtilar.

Do'stlarga ulashing👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​💥💥💥 MAGISTRATURA QABULI BOSHLANMOQDA

Joriy yilning 1 iyulidan​​​​magistraturaga qabul onlayn tarzda boshlanadi.

Magistratura qabuli haqida ba’zi ma’lumotlarni eslatib o‘tamiz:

👉 Hujjatlar magistr.edu.uz portali orqali faqat onlayn qabul qilinadi, abituriyentlar hujjat topshirish uchun OTMga kelmaydi;

👉 Magistraturada abituriyentlarga 5 ta mutaxassislik yo‘nalishini tanlash imkoniyati berilmaydi. Faqat 1 ta yo‘nalish tanlanadi;

👉 Kirish imtihonlari mutaxassislik hamda chet tili fanidan bo‘ladi. Boshqa fanlardan bo‘lmaydi;

👉 Magistratura imtihonlarida maksimal to‘plash mumkin bo‘lgan ball - 250 ballni tashkil etadi.

📚Diplom bali - 100 ball;
📚Mutahassislik test bali - 100 ball;
📚Chet tili test bali - 50 ball.


👉 Chop etilgan maqolalar uchun kirish imtihonlarida ball berilmaydi;

👉 Hujjatlar qabul qilish 1 oy davom etadi, ya’ni 1 iyuldan boshlanib, 30 iyulgacha davom etadi;

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligi mexanizasiyalash muhandislari instituti Qarshi filiali 2020/2021-o‘quv yilida quyidagi bakalavriatura yo‘nalishlari kunduzgi va sirtqi bo‘limlariga hamda magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga taklif qiladi:

✅ Bakalavriatura (kunduzgi):
Suv xo‘jaligi va meliorasiya;
Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish;
Geodeziya, kartografiya va kadastr (funksiyalari bo‘yicha);
Yer kadastri va yerdan foydalanish;
Qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalashtirish;
Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha);
Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish;
Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar bo‘yicha);
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo‘yicha).

✅ Bakalavriatura(sirtqi)

Batafsil ma’lumot uchun:
• 75 224-19-45
• 75 224-19-87
• 75 224-19-48
• 75 224-19-69

🎩Talaba.uz 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Ko‘p berilayotgan savollardan biri:

Davlat granti asosida OTMni bitirgan talaba ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha o‘qishga hujjat topshira oladimi?

Yo‘q, topshira olmaydi. “O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi ta’limni olish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning (13.08.2008) 4-bandida ikkinchi va undan keyingi oliy (o‘rta maxsus, kasb-hunar) ma’lumot olmoqchi bo‘lgan shaxslar ta’lim muassasasining qabul komissiyasiga oliy (o‘rta maxsus, kasb-hunar) ma’lumot to‘g‘risida davlat namunasidagi diplomning asl nusxasini ilovasi bilan topshirishi belgilangan.

Demak, 3 yil majburiy ishlab bermagan va hali diplomining asl nusxasini olmagan talabalar ikkinchi mutaxassislikka hujjat topshira olmaydi.

🎩Talabalar rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Online hujjat topshirishda ko'maklashamiz💻

❓ Internet sifati pastmi?
❓ Hujjat topshirishda muammolarga duch kelmoqdamisiz?

Biz sizga Online hujjat topshirishda ko'maklashamiz🤝

✅ Ma'lumotlaringizni yuboring;
✅ Bir necha daqiqa ichida muammoyingizni hal eting!

Xizmatlarimiz narhi 10.000 so'mni tashkil qiladi.
To'lovni Click yoki Paynet orqali amalga oshirishingiz mumkin.

Agar imkoniyatingiz bo'lmasa, shunchaki indamang va ma'lumotlaringizni bizga yo'llang, biz topshirib beramiz.

Biz bilan aloqa👇🏻
@DTM_norasmiy_bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✅Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filiali 2020/2021 o'quv yili uchun bakalavryatning kunduzgi ta'lim shakli uchun jami 13 ta, sirtqi ta'lim shakli uchun 5 ta ta'lim yo'nalishlarida abuturiyentlarni o'qishga chorlaydi. 9 ta mutaxassislikda magistraturaga qabul jarayonlari boshlanganligini ma'lum qiladi va sizni o'qishga taklif qiladi.

✅Batafsil ma'lumot olish uchun:
☎️ 0-365-228-94-41
☎️ 0-365-228-67-73
☎️ 0-365-228-94-61
☎️ 0-365-228-94-32
☎️ 0-365-228-94-08

❗️Shuningdek, qabul jarayoniga oid ma’lumot va natijalar TIQXMMI Buxoro filialining (www.tiiamebb.uz) veb sayti orqali berib boriladi.

🎩Talaba.uz 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​#DOLZARB
📌 Avgust oyida o'zini o'zi moliyalashtirishga o'tmagan OTMlarda kontrakt narxi oshishi kutilmoqda.

Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi hamda hukumat yuqori doiralaridagi bir-biridan mustaqil manbalarimizning Yoshlarni qo'llab quvvatlash ma'muriyatiga bergan xabariga ko'ra avgust oyidan boshlab budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori o‘rta hisobda 1,12 (12 foiz) baravar oshiriladi.

Amaldagi hisoblashning bazaviy miqdorlari quyidagicha:

- mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 679 330 so‘m;

- pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 238 610 so‘m;

- eng kam yoshga doir pensiyalar – oyiga 466 680 so‘m;

- bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa – oyiga 466 680 so‘m;

- zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – oyiga 286 390 so‘mdan iborat.

- talabalar stipendiyasining bazaviy miqdori – oyiga 428 000 so'm

Shuningdek, bazaviy hisoblash miqdori – 223 000 so‘mni tashkil qiladi.

❗️Blogerlar manbasiz ma'lumot tarqatib boshingiz baloga qolgach aybni kanal ma'muriyatiga to'nkamang!
Manba

Do'stlaringizga ulashing
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Savolni qarang!!!!

Bu yilgi test savollarida bunaqasi uchramaydi, degan umiddamiz...

🎩TalabaUz rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​#Korrupsiya

5000 dollar evaziga o‘qishga kiritmoqchi bo‘lgan o‘qituvchi ushlandi

Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti o‘qituvchisi 5000 AQSH dollari evaziga oliygohga o‘qishga kiritishni va’da qildi. Ammo uning o‘ylagan rejasi amalga oshmay qoldi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Joriy yilning 16 iyun kuni Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasiga 1987 yilda Samarqand tumanida tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qiladi. U o‘z arizasida Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti o‘qituvchisi 5000 AQSH dollari evaziga oliygohga o‘qishga kiritishni va’da qilayotgani, oldindan 2000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni berishini so‘rayotganini, qolganini o‘qishga kirgandan keyin olishini bildirayotganini ma’lum qiladi. Unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘raydi.
Mazkur arizaga asosan, 2020 yil 16 iyun kuni Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv boshqarmasi korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi hamda DXX viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkaziladi. Ushbu fuqaro ariza muallifidan 2000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanadi.

Batafsil ma'lumot⤵️
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
2020-2021-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2020-yil 1-iyul 18:00 holatiga)

Jami ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 315 920 nafar.
Shundan, joriy yil bitiruvchilari 181 992 nafar (57,61 %).


✅ Ta’lim shakli bo‘yicha:

👉 Kunduzgi ta’lim shakli – 209 304 nafar;
👉 Sirtqi ta’lim shakli – 101 836 nafar;
👉 Kechki ta’lim shakli – 4 780 nafar.

✅ Tillar kesimida:

👉 O‘zbek tili – 276 229 nafar;
👉 Rus tili – 32 047 nafar;
👉 Qoraqalpoq tili – 6 592 nafar;
👉 Boshqa tillar – 1 052 nafar.

✅ Abituriyentlar tomonidan eng ko‘p tanlanayotgan OTMlar:

👉 Samarqand davlat universiteti – 20 336 nafar;
👉 Andijon davlat universiteti – 18 030 nafar;
👉 Toshkent davlat pedagogika universiteti - 12 557 nafar;
👉 Termiz davlat universiteti – 12 451 nafar;
👉 Namangan davlat universiteti – 12 168 nafar.

Batafsil ma'lumot⤵️
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekiston Respublikasi Gerbi qabul qilinganligining 28 yilligi munosabati bilan, Londonda tahsil olayotgan talaba yoshlarimizdan ajoyib tabrik.

Ⓜ️ O`zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi

🎓Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Chet elda oʻqish haqida...!

✅ Chet elda oʻqishning foydali tomonlari bormi...? Agar oʻgʻlim yoki qizim boʻlsangiz shunday maslahat berar edim...

✅ Osilsangiz baland dorga osiling. Chet elda oʻqiy olmadingizmi? Unda hech boʻlmasa... Agar oilaviy sharoitingiz boʻlsa va boshqa muammolar boʻlmasa...

✅ 5 ta universitet siz tanlab chaqirsa, siz esa... Haqiqiy muvaffaqiyat siri ham shunda...! Oʻgʻlimga kaptiva olib beraymi, yoki... Oʻgʻlim qanday yoʻl tutgan edi?

"Hasan va Husan Mamasaidov"lar tomonidan chet elda oʻqishning foydali tomonlari haqidagi video, koʻring va ulashing

Ⓜ️ VoronkaUz

🎓Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
📌 Masofadan o‘qiy olmagan talabalar uchun Iyul-avgust oylarida darslar tashkillashtiriladi

«Hozirda masofaviy ta'limda ishtirok eta olmagan talabalar ro‘yxati shakllantirilmoqda. Iyul-avgust oylarida ular uchun o‘quv mashg‘ulotlari tashkil qilinadi.

Talaba «yashil» hududda bo‘lsa, OTMga chaqirtirilib joylashtiriladi, pedagoglar tomonidan tarqoq holda darslar o‘tiladi.

Talaba «qizil» zonada bo‘lsa, universitet yoki tumandagi kollejlar orqali kompyuterdan foydalanish, internetga kirish uchun imkoniyat yaratib beriladi. Ular bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri emas, masofaviy tarzda mashg‘ulotlar olib boriladi», – dedi Majidov.

Vazir talabalar turar joylarining foydalanilmagan davri uchun to‘lov masalasiga ham to‘xtaldi.

«Talabalar turar joyidan karantin davrida foydalanilmagani bois shu davr uchun qilingan to‘lov qaytarib beriladi. Agar talaba keyingi o‘quv yilida ham talabalar turar joyida yashashni istasa, yashalmagan davr uchun mablag‘ni keyingi yilga o‘tkazib yuborishi ham mumkin»


🎩Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
OLIY TA’LIM VAZIRLIGI: tarix fani olib tashlanishi bo‘yicha fikrlar mavjud, lekin hali bu bo‘yicha vazirning buyrug‘i chiqmagan

Ijtimoiy tarmoqlarda oliy ta’lim muassasalaridan tarix fani darsligi chiqarib tashlanayotgani haqida turli xil fikrlar bildirilmoqda.

Tarixchi olima Shohistaxon O‘ljayeva “Oliy ta’lim muassasalarida «O‘zbekiston tarixi» fanini o‘tish yoki undan voz kechish kerakmi?” sarlavhali maqolasini ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilgan.

Unda “Yaqinda bildikki, nomutaxassis yo‘nalishlaridagi oliy ta’lim muassasalari o‘quv yuklamalaridan «O‘zbekiston tarixi» fani olib tashlandi”, degan fikr bayon etilgan.

“O‘z tarixini bilgan va undan quvvat olgan inson hech qachon o‘z yurtiga xiyonat qilmaydi. Uni takror o‘qitish bizga faqat va faqat foyda keltiradi. Uni eslatadi, ongni charxlaydi. Men qiziqish bilan boshqa respublikalardan o‘z vatanlari tarixlarini o‘tishlarini surishtirdim. Xususan Qozog‘istonda ham barcha nomutaxassis yo‘nalishlarda «Qozog‘iston tarixi» o‘tiladi.

Biz ko‘p narsalarda boshqalardan andoza olishga harakat qilib keldik, ammo milliy mentalitetimiz, bugungi global dunyodagi xavflarni, agar milliy tariximiz olib tashlansa yoshlar ongidan milliy o‘zlikni anglash hissiyotlariga putur yetishini, oradan 10-15 yil o‘tib o‘z vataniga emas, o‘zi yoki boshqalar foydasiga ishlaydigan, shu zaminni muqaddas, deb hisoblamaydigan yoshlar ko‘payib ketishi mumkinligini inobatga olmadik. Buyuk texnokratlar yetishtiradigan davlatga aylanib qolmasak, deb qo‘rqaman. Agar tarixni tarixga mahkum etsak, yurak va qalb sohasida oqsab qolish xavfi paydo bo‘lib qolmaydimi?”


Olimaning bu dolzarb ahamiyatga molik mulohazalari ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan keng muhokama etilgan.

Tursunoy Hamroqul qizi «Xalqning kelajagi porloq bo‘lsin, millat yo‘qolmasin, degan har qanday progressiv inson bu fan o‘qitilishini talab qilib bong ursin! Tarixni mensimaslik -ma’naviy ko‘rlikdir. Bu fanlarning o‘qitilishi ham qarz, ham farzdir!», deb yozgan.

Xayrullo Salomov esa «Tarixiy xotirasizlik loqaydlikni, manqurtlikni keltirib chiqaradi. Tarixni hech bo‘lmaganda umumiy tarzda bilish mutlaqo zarur! Siyosiy bilimlarni bilmay turib tuman, viloyat yoki katta korxona rahbarni tasavvur qilayapsizmi? Ijtimoiy yo‘nalishdan boshqa yo‘nalishlardagi oliy o‘quv yurtlaridan juda ko‘plab rahbarlar chiqishini o‘ylasangiz, bu kaltabinlikdan boshqa narsa emas», deb fikr bildirgan.

Bir necha kundan beri muhokamalar markazida bo‘lgan ushbu masalaga aniqlik kiritish uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mutasaddilari bilan bog‘landik.

Vazirlik boshqarma boshlig‘i Saidmurod Niyozbekovning O‘zAga ma’lum qilishicha, oliy ta’lim tizimidagi o‘quv yurtlarining ayrim yo‘nalishlaridan tarix fani olib tashlanishi bo‘yicha fikrlar mavjudligini ma’lum qildi. Lekin hali bu bo‘yicha vazirning buyrug‘i chiqmagan.

Mas’ulning aytishicha, tarix fani barcha oliy o‘quv yurtlaridan emas, balki yarmiga yaqinidan olib tashlanishi mumkin.
Ⓜ️ OʻzA

🎓Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA