Talaba.uz | Ta'lim portali
5.49K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Magistraturaga topshirmoqchi bo'lgan talabalar diqqatiga❗️

Magistratura qabuli jarayonlarida muammoli savollarga javob topish, qabul jarayonlariga to'g'ridan to'g'ri yordam berish maqsadida Respublika talabalari uchun maxsus MAGISTRATURA QABULI telegram guruhi ochildi!

Guruhga qo'shilish:
@magistratura_qabul2020

🎓Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#DIQQAT #TEZKOR
📌 Imtihonlar onlayn bo'lishi mumkin.

Koronavirusga qarshi kurash shtab a’zosi Habibulla Oqilov:


"Hujjat topshirishlar onlayn bo'lyapti, imtihonlarni ham onlayn qilmoqchimiz, bularning barchasi yangi o'quv yilini sentabrdan boshlash uchun qilinmoqda. Bu masalada ta'lim vazirliklari brifingda batafsil xabar berishadi"

🎓Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Davlat test markazining rasmiy bayonoti

2020
-yil 8-iyul kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining axboroti yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Mazkur matbuot anjumanidan so‘ng turli manbalarda davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari onlayn bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi.

Shuni eslatib o‘tish joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi PQ-4319-son “Oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, baholash mezonlari, test topshiriqlari soni hamda test sinovlarini o‘tkazishning aniq muddatlari O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi.

Hozirgi kunda Davlat test markazi tomonidan test sinovlarini har yilgi shaklda, katta sig‘imli binolarda, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilgan holda o‘tkazish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Shuni ma’lum qilamizki, davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarini o‘tkazish tartibi o‘zgarmagan.

Ⓜ️ Davlat test markazi

🎓Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
2020-2021-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2020-yil 8-iyul 18:00 holatiga)

Jami ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 566 387 nafar.
Shundan, joriy yil bitiruvchilari 291 891 nafar (51,54 %).


✅ Ta’lim shakli bo‘yicha:

Kunduzgi ta’lim shakli – 353 562 nafar;
Sirtqi ta’lim shakli – 203 549 nafar;
Kechki ta’lim shakli – 9 276 nafar.

✅ Tillar kesimida:

O‘zbek tili – 496 547 nafar;
Rus tili – 54 591 nafar;
Qoraqalpoq tili – 13 707 nafar;
Boshqa tillar – 1 542 nafar.

✅ Abituriyentlar tomonidan eng ko‘p tanlanayotgan OTMlar:

Samarqand davlat universiteti – 32 961 nafar;
Andijon davlat universiteti – 27 847 nafar;
Namangan davlat universiteti – 22 385 nafar;
Toshkent davlat pedagogika universiteti - 21 890 nafar;
Qarshi davlat universiteti – 21 873 nafar.

🎓Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Ajoyib lifehack 😄

Banan po‘chog‘ini tashlashga shoshilmang....

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Qabul2020

2020/2021 oʻquv yilida respublika oliy taʼlim muassasalari bakalavriati boʻyicha yangi ochilgan taʼlim yoʻnalishlari.

🎓 Talabalar rasmiy kanali
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Bugun soat 16:00 da AOKA anjumanlar zalida brifing bo‘lib o‘tadi

Mavzu: Karantin davrida ta’lim tizimidagi cheklovlar, qabul jarayonlari va sohaga oid boshqa o‘zgarishlar

🔹 Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi
🔹 Xalq ta’limi vazirligi
🔹 Maktabgacha ta’lim vazirligi
🔹 Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
🔹 Davlat test markazi

🎥 Brifing UzReport TV telekanali orqali onlayn efirga uzatiladi.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​#Qabul2020

Yolg‘on xabarlarga aldanib qolmang!

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda imtihonsiz oliy ta’lim muassasasiga grant asosida o‘qishga kirishga taklif qilingan yolg‘on xabarlar tarqatilmoqda. Unda Toshkent shahridagi “MEI” universitetiga qabul boshlangani hamda talabgorlar davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinishi haqida ma’lumot berilgan.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi rasman shuni ma’lum qiladiki, O‘zbekistondagi barcha oliy ta’lim muassasalariga qabul belgilangan tartib bo‘yicha, kirish imtihonlari asosida amalga oshiriladi.

Bugungi kunda yurtimizda jami 121 ta, shundan 91 ta mahalliy, 22 ta xorijiy va 8 ta nodavlat oliy ta’lim muassasasi qonuniy faoliyat yuritadi. Mazkur oliy ta’lim muassasalarining qabul jarayonlariga oid rasmiy xabarlar vazirlik tomonidan keng jamoatchilikka havola qilinadi.

Abituriyentlar va ularning ota-onalaridan ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilayotgan har qanday xabarlarga ishonib qolmaslikni, axborotlarni rasmiy manbalar orqali tekshirib ko‘rishni tavsiya qilamiz.

Ⓜ️ Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Qabul2020 #Brifing #Live

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida "Karantin davrida ta’lim tizimidagi cheklovlar, qabul jarayonlari va sohaga oid boshqa o‘zgarishlar"ga bag’ishlangan brifing boshlandi.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Qabul2020 #Brifing #Live

Bugun soat 14:00 ga qadar respublika bo‘yicha jami 621 829 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.

Shundan, joriy yil bitiruvchilari 312 016 nafarni (50,18 %) tashkil etmoqda.

✅ Ta’lim shakli bo‘yicha:

👉 Kunduzgi ta’lim shakli – 384 351 nafar;
👉 Sirtqi ta’lim shakli – 227 003 nafar;
👉 Kechki ta’lim shakli – 10 475 nafar.

✅ Tillar kesimida:

👉 O‘zbek tili – 546 298 nafar;
👉 Rus tili – 58 808 nafar;
👉 Qoraqalpoq tili – 15 106 nafar;
👉 Boshqa tillar – 1 617 nafar.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Qabul2020 #Brifing #Live

Davlat test markazi direktori Karimov Madjit Malikovich:

🗣 Hozirgi vaqtda turli axborot manbalarida bu yil kirish imtihonlari onlayn shaklda o‘tkazilishi va onlayn ro‘yxatdan o‘tish 10 kunga qisqartirilishi bo‘yicha xabarlar tarqaldi.

👨🏻‍💻 Rasman qayd etish kerakki, onlayn ro‘yxatdan o‘tish muddati belgilanganidek 20-iyulgacha davom etadi.

✅ Shuningdek, test sinovlarini har doimgi shaklda, katta sig‘imli binolarda, sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etilgan holda o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy ishlar olib borilmoqda.

❕ Demak, rasman ma’lum qilish mumkinki, davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarini o‘tkazish tartibi o‘zgarmagan.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Qabul2020 #Brifing #Live

Davlat test markazi direktori Karimov Madjit Malikovich:

🏫 Bugungi kunga qadar oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari o‘tkaziladigan 70 ta binoda tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Binolarni jihozlash ishlari 20-iyulga qadar yakunlash rejalashtirilgan.

🙍‍♂️ Binolarda bir vaqtda 840 ta guruh uchun, ya’ni ijtimoiy masofani saqlagan holda 25 200 nafar abituriyentga joy tayyorlanmoqda.

✅ Abituriyentlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga dezinfeksiya yo‘lakchasi orqali, tana harorati tekshirilib, tibbiy niqob va rezina qo‘lqopda kiritiladi.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yangiliklar 24 | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Oliy ta’lim muassasalaridagi yangidan ochilgan ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxatini e’lon qildi

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
2020-2021-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2020-yil 9-iyul 18:00 holatiga)

Jami ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 643 952 nafar.
Shundan, joriy yil bitiruvchilari 319 071 nafar (49,55 %).


✅ Ta’lim shakli bo‘yicha:

Kunduzgi ta’lim shakli – 396 270 nafar;
Sirtqi ta’lim shakli – 236 681 nafar;
Kechki ta’lim shakli – 11 001 nafar.


✅ Tillar kesimida:

O‘zbek tili – 566 077 nafar;
Rus tili – 60 603 nafar;
Qoraqalpoq tili – 15 628 nafar;
Boshqa tillar – 1 644 nafar.


✅ Abituriyentlar tomonidan eng ko‘p tanlanayotgan OTMlar:

Samarqand davlat universiteti – 36 955 nafar;
Andijon davlat universiteti – 30 981 nafar;
Qarshi davlat universiteti – 25 651 nafar;
Namangan davlat universiteti – 25 305 nafar;
Toshkent davlat pedagogika universiteti - 24 643 nafar.


🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Mana endi toʻgʻri boʻlibdi :)
Ⓜ️ trolluz

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Sirtqi ta’lim to‘liq masofaviy bo‘ladi — vazir.

Yangi o‘quv yilidan sirtqi ta’lim to‘liq masofaviyga o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.

“Sirtqi ta’lim to‘liq masofaviyga o‘tkaziladi. Kechki ta’lim shakli bo‘yicha ishlarni rejalashtirganmiz, qanday vaziyat bo‘lishidan qat’iy nazar, 50 foiz masofaviyga o‘tadi.

Kunduzgi ta’lim borasida qanday yo‘l tutilishi karantin sharoitidan kelib chiqib belgilanadi”
, — dedi Inomjon Majidov.

O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq ilk holat qayd etilganidan keyin – joriy yilning 16 mart kunidan boshlab mamlakatdagi barcha ta’lim muassasalari yopildi. O‘qish onlayn tarzda davom ettirildi.

Biroq, mamlakatda internet sifatining pastligi, ayrim hududlarga umuman internet yetib bormagani bu sohada qator muammolarni suv yuzasiga chiqardi. Agar muammolar bartaraf etilmas ekan, o‘quvchilar va o‘qituvchilar sentyabrdan yana xuddi shu muammolarga duch keladi.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Diqqat savol!

Bugun Respublika miqyosida qanday kun? 🧐

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Forwarded from Talaba.uz | Ta'lim portali
ASSALOMU ALAYKUM!

Jilmayib tong otdi, o‘zgacha bu kun,
Umid qil, Rahmondan degandek bugun.
Ming kundan afzaldir, ming kundan uzun,
Alloh muborak qilgan JUMAdir bugun!

🌙 JUMA MUBORAK!

——————
Do’stlarni tabriklashni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA