Talaba.uz | Ta'lim portali
5.49K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Hurmatli abituriyentlar!

Pasport ma’lumotlarini olishda uzilishlar bo’layotganligi sababli 2020-yil 13-iyul kuni 12:00 ga qadar abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish tizimi (abitur.dtm.uz sayti)da vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Noqulaylik uchun uzr so‘raymiz!
Ⓜ️Davlat test markazi

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​Bilimsiz va qobiliyatsiz odam mansab kursisiga qattiqroq yopishar ekan.

U bu yo‘lda har qanday razolatga qo‘l uradi. Sababi, kursisi bo‘lmasa, u hechkim emasligini yaxshi anglaydi.

Siyosatdonlar bundaylardan ko‘p foydalanishadi.

Chunki mansab ilinjida ular o‘ta sadoqatli bo‘lishadi.

O‘qimishli va farosatli odam ko‘p imtiyozlardan osongina voz kechadi.

Chunki u boshqa yerda yo‘lini osongina topa oladi.

Bundaylar bilan ishlash rahbariyat uchun shu sababli qiyin va xatarlidir.

Xullas, amaldorlarning saviyasizligi va maddoh-laganbardorlarning ko‘pligidan ajablanmang!

© Mubashshir AHMAD

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Rasmiy bayonot

Abitur.dtm.uz sayti orqali abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish dasturi 2020-2021-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul test sinovlari jarayonlarini soddalashtirish, qulaylik yaratishning eng yaxshi tizimidir.

Mazkur tizim yordamida abituriyent uyidan tashqariga chiqmagan holda ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratilgan. Shuningdek, tizim bilan ishlashda murakkabliklar yo‘q.

Shunday bo‘lsa-da, keyingi kunlarda yangi pasport olgan abituriyentlar tomonidan Davlat test markaziga pasport ma’lumotlarini kiritishda muammo bo‘layotganligiga doir, xususan, pasport ma’lumotlari, seriya va raqamlari avtomatik ravishda chiqmayotganligi to‘g‘risida murojaatlar bo‘lib turibdi. Bunday holatlar haqida turli internet nashrlarida ma’lumotlar e’lon qilinmoqda.

Hurmatli dastur foydalanuvchilari! Masalani hal etish o‘zining vakolatiga kirmasa-da va holatga befarq emasligi, pasport ma’lumotlari dasturda avtomatik tarzda yuklanishi ta’minlanganligini hisobga olib, Davlat test markazi tomonidan masala mohiyati va uni hal etish yuzasidan vakolatli davlat organlariga, jumladan, Ichki ishlar vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markaziga rasmiy xat orqali murojaat qilindi.

O‘z navbatida qayd etish kerakki, Davlat test markazi ushbu muammoga uchrayotgan abituriyentlar haq-huquqining to‘la tan olinishi, e’tirof etilishi va ta’minlanishi tarafdoridir hamda vakolatli organlar tomonidan ushbu masala tezkorlik bilan ijobiy hal etilishiga umid bildiradi.
Ⓜ️ DTM

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
2020-2021-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2020-yil 13-iyul 18:00 holatiga)

Jami ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 865 153 nafar.
Shundan, joriy yil bitiruvchilari 397 373 nafar (45,93 %).


✅ Ta’lim shakli bo‘yicha:

👉 Kunduzgi ta’lim shakli – 514 904 nafar;
👉 Sirtqi ta’lim shakli – 333 492 nafar;
👉 Kechki ta’lim shakli – 16 757 nafar.

✅ Tillar kesimida:

👉 O‘zbek tili – 760 314 nafar;
👉 Rus tili – 80 685 nafar;
👉 Qoraqalpoq tili – 22 219 nafar;
👉 Boshqa tillar – 1 935 nafar.

✅ Abituriyentlar tomonidan eng ko‘p tanlanayotgan OTMlar:

👉 Samarqand davlat universiteti – 47 037 nafar;
👉 Andijon davlat universiteti – 38 238 nafar;
👉 Qarshi davlat universiteti – 33 998 nafar;
👉 Namangan davlat universiteti – 32 536 nafar;
👉 Toshkent davlat pedagogika universiteti - 32 077 nafar.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Farg‘onada o‘quvchilar kasb hunar maktablariga majburan topshiriltirilmoqda

Saytimizga Farg‘ona viloyati Buvayda tumanidan murojaat kelib tushdi. Murojaatda tuman Xalq ta’limi bo‘limi mudiri Axmadjon Umarov tomonidan maktab direktorlari 9 sinf bitiruvchilarini kasb hunar maktablariga majburan kiritish uchun majburlashlari talab etilmoqda.

Manbaga ko‘ra, tuman uchun reja berilgani va ana shu reja bajarilishi kerakligi, shu bois o‘quvchilarni KHMlariga “Yo‘naltirish” lozimligi aytiladi.
Ⓜ️ Human.uz

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Tezkor #Rasman
⚡️⚡️⚡️Litseylarga kirish imtihonlari noma’lum muddatga qoldirildi

Universitetga kirish imtihonlari ham avgust oxirida yoki sentyabr oyining boshida o‘tkazilishi kutilmoqda.

Batafsil, tez orada...

🎓Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yangiliklar 24 | Akademik liseylarga saralash imtihonlari noma’lum muddatlarga qoldirildi

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Ustoz pir-u komil shogirdidan soʻradi:
- Aytchi shogird inson olamdan o‘tgach uni nima deb eslashadi?

Shogird javob berdi:
- Vsegda Offlayn.

Shunda ustoz:
- Tur yoʻqol koʻzimga koʻrinma 🤬

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
O‘zbek san’atida og‘ir judolik!

Yana bir san’at arbobi, o‘z ro‘li bilan oʻzbek kino va teatr ixlosmandlarining yuragidan joy olgan, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Abdurayim Abduvahobov 57 yoshida olamdan o‘tdi.

Abdurayim Abduhavobov xalqimizga “Shum bola” va boshqa bir necha oʻzbekkinolar orqali tanish.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Milliy matbuot markazida onlayn matbuot anjumani

2020-yil 14-iyul kuni soat 17:00 da O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “Fuqarolik pasporti: 2020-2021-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga onlayn ro’yxatdan o’tish muammolari” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Matbuot anjumanida Ichki ishlar vazirligi, Davlat personallashtirish markazi va Davlat test markazi mutaxassislari ishtirok etadilar.

Matbuot anjumani UzReport TV telekanalai orqali jonli efirga uzatiladi.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OTM_yangiliklari

Yangiliklar 24 | Toshkent davlat pedagogika universitetida qabul jarayonlari

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 9️⃣0️⃣0️⃣ 0️⃣0️⃣0️⃣ dan oshdi

2020-2021-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2020-yil 14-iyul 18:00 holatiga)


Jami ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 938 952 nafar.
Shundan, joriy yil bitiruvchilari 418 558 nafar (44,58 %).


✅ Ta’lim shakli bo‘yicha:

👉 Kunduzgi ta’lim shakli – 551 257 nafar;
👉 Sirtqi ta’lim shakli – 368 916 nafar;
👉 Kechki ta’lim shakli – 18 779 nafar.

✅ Tillar kesimida:

👉 O‘zbek tili – 825 036 nafar;
👉 Rus tili – 87 071 nafar;
👉 Qoraqalpoq tili – 24 787 nafar;
👉 Boshqa tillar – 2 058 nafar.

✅ Abituriyentlar tomonidan eng ko‘p tanlanayotgan OTMlar:

👉 Samarqand davlat universiteti – 50 434 nafar;
👉 Andijon davlat universiteti – 40 656 nafar;
👉 Qarshi davlat universiteti – 36 981 nafar;
👉 Namangan davlat universiteti – 34 922 nafar;
👉 Toshkent davlat pedagogika universiteti - 34 452 nafar.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
⚡️ YANGILIK! Oliygoh.uz sayti orqali ham tushgan arizalar sonini ko‘rish imkoniyati yaratildi!

✅ Buning uchun saytning "Oliygohlar" bo'limiga kirish va kerakli oliy ta’lim muassasasi hamda ta’lim tilini tanlash kifoya.

Bu orqali quyidagi ma'lumotlar bilan tanishishingiz mumkin:

▫️ qabul kvotasi (davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida);
▫️ hujjat topshirgan abituriyentlar soni;
▫️ abituriyentlarning tanlov ko‘rsatkichi.

✅ Abituriyentlardan tushgan arizalar sonini doimiy bilib borish manzili: http://oliygoh.uz/oliygohlar

❗️ Barcha abituriyentlarga tarqating.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔹 SAVOL:

❓ Ayni vaqtgacha 900 mingta (soat 17.00) abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tgan. Bu ko‘rsatgich avvalgi yillarga solishtirganda shu davrga nisbatan teng ko‘rsatgichmi, kammi yo ko‘pmi?

🔸 Savolga Davlat test markazi yuridik bo‘lim boshlig‘i Guljahon Madrahimova javob berdi.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA.
Matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Xabar
berilganidek, 2020-yil 14-iyul kuni soat 17:20 da O‘zbekiston Milliy matbuot markazida Davlat test markazi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat personallashtirish markazining vakillari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

“Fuqarolik pasporti: 2020-2021-o‘quv yilida OTMlarga onlayn hujjat topshirish muammolari” mavzusida tashkil etilgan matbuot anjumani davomida jamoatchilik tomonidan @MARKAZ16Uz ga kelib tushgan dolzarb va muhim savollarga mutaxassislar javob berishdi.

Tadbirda onlayn ro‘yxatdan o‘tishda yuzaga kelgan barcha muammolar bartaraf etilganligi bo‘yicha chuqur tushuntirishlar, shuningdek, bu kabi muammolarga to‘qnash kelinganda, IIV, DPM tomonidan e’lon qilingan telefon raqamlari, botlar orqali murojaat qilinishi, ular zudlik bilan hal etilishi bo‘yicha maslahatlar berildi.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Bugun O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “Fuqarolik pasporti: 2020/2021 yilda OTMlarga onlayn hujjat topshirish muammolari” mavzusida anjuman bo‘lib o‘tdi.

🔸 Matbuot anjumanida “Davlat personallashtirish markazida hech qanday muammo yo‘q. Hozirda abituriyent ma’lumotlar yig‘ish punktidan olgan pasportini shu vaqtning o‘zida DTM saytiga kirib ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin” deb bayonot berildi.

🔸 Davlat personallashtirish markazi mas’uli xodimi Eldor Shukurov

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❓ Bilamizki, OTMlarga hujjat topshirish 20 iyundan 20 iyulgacha qilib belgilangan. Lekin 20 iyulgacha OTMga hujjatlarni onlayn ravishda topshirishga ulgura olmasa, DTM ro‘yxatga olish sanasini cho‘za oladimi?

🔸 Savolga Davlat test markazi yuridik bo‘lim boshlig‘i Guljahon Madrahimova javob berdi.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA