Talaba.uz | Ta'lim portali
5.49K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
​​O'qishni ko'chirish va qayta tiklash ishlari transfer.edu.uz web sayti orqali amalga oshiriladi. Kirib tanishib chiqishingiz mumkin. Tizim test rejimida ishlamoqda, hozichq to'liq ishga tushmadi.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Talaba.uz | Ta'lim portali
​​O'qishni ko'chirish va qayta tiklash ishlari transfer.edu.uz web sayti orqali amalga oshiriladi. Kirib tanishib chiqishingiz mumkin. Tizim test rejimida ishlamoqda, hozichq to'liq ishga tushmadi. 🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇 https://telegram.me/joinch…
Diqqat rasman!

Respublikadagi davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishini ko‘chirish va tiklash uchun onlayn ariza yuborish axborot tizimi ishga tushirildi.

Tizimga mana bu havola orqali o‘ting: transfer.edu.uz

Diqqat, tizim hozircha test rejimida.

Mas’ullarning xabar berishlaricha tizim 15.00. dan boshlab to‘laqonli ishlaydi.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Davlat test markazi ishtirokida brifing

✅ Bugun, 2020-yil 15-iyul kuni soat 14:00 da AOKA huzuridagi shtabda Davlat test markazi ishtirokida brifing bo‘lib o‘tadi.

📣 Brifingda 2020-2021-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlari bo‘yicha fuqarolardan kelib tushgan savollarga javoblar beriladi.

Brifing UzReport TV telekanali orqali jonli efirga uzatiladi.
Ⓜ️ DTM

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Fuqarolik pasporti: 2020-2021-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga onlayn ro‘yxatdan o‘tish muammolari.

2020-yil 14-iyul kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida jonli efirda bo‘lib o‘tgan “Fuqarolik pasporti: 2020-2021-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga onlayn ro‘yxatdan o‘tish muammolari” mavzusida matbuot anjumani videosi.
Ⓜ️ DTM

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#SavollargaJavoblar #Brifing #Live
❓ Savol: Abituriyentlar hozirda bitirganlik haqida diplomlarni qo‘lga olgani yo‘q, bu hujjat topshirish uchun to‘sqinlik qilyapti. Agar 20-iyulgacha diplomni olmasa nima bo‘ladi?

✅ Javob: Yurtimizda karantin cheklovlari joriy etilganligi sababli, joriy yil bitiruvchilariga shahodatnoma va diplomlar elektron shaklda yetkazilishi, asl nusxalari esa epidemiologik vaziyat yaxshilanganidan keyin topshirilishi belgilandi.

Joriy yil bitiruvchilariga qulaylik yaratish maqsadida ularning tugatgan ta’lim muassasasi bo‘yicha ma’lumotlari tegishli vazirliklardan, ya’ni, umumta’lim maktablari bitiruvchilarining ma’lumotlari Xalq ta’limi vazirligidan, akademik litsey va kasb-hunar-kollejlari bitiruvchilarining ma’lumotlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligidan olinmoqda.

Ular ro‘yxatdan o‘tishda tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritmaydi.

- - -

❓ Savol: Qizim kasb-hunar kollejini bu yil bitirdi. Diplomiga xato ketgan ekan, uni to‘g‘irlashdi. Ammo onlayn ro‘yxatdan o‘tishda diplomning oldingi xato seriyasi kiritilgan. Diplomning yangi seriyasini kiritish muammo bo‘lyapti.

✅ Javob: Yuqorida aytib o‘tilganidek joriy yil bitiruvchilari ro‘yxatdan o‘tishda tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritmaydi. Chunki ularning ma’lumotlari tegishli vazirliklardan olinmoqda.

Hozirda tugatgan ta’lim muassasasida xatolik mavjud bo‘lgan abituriyentlarning ma’lumotlari tegishli vazirliklar tomonidan tuzatilmoqda.

Ro‘yxatdan o‘tish yakunlangunga qadar mazkur ma’lumotlar Davlat test markazi bazasiga qayta yuklanadi.
Ⓜ️ DTM

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#SavollargaJavoblar #Brifing #Live
❓ Savol: Oliy harbiy ta’lim muassasalariga nomzodlar fanlar ketma-ketligiga mos yana beshta bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha uchta ta’lim shakli (kunduzgi, kechki, sirtqi)dan istalgan birini tanlashi mumkinmi? Yoki faqat kunduzgi ta’lim bo‘yicha hujjat topshiradimi?

✅ Javob: Davlat komissiyasining 1-son bayoniga muvofiq nomzodlarga oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishda test topshiradigan fanlari majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan harbiy bo‘lmagan oliy ta’lim muassasalarining beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlash huquqi beriladi.

Bunda nomzodlar beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini uchta ta’lim shakli (kunduzgi, kechki, sirtqi)dan istalgan biri bo‘yicha tanlashlari mumkin.

- - -

❓ Savol: Men topshirayotgan yo‘nalishdan faqat ikkitagina universitet chiqayabdi qolganlari chiqmayabdi, nima qilishim kerak?

✅ Javob: Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan 2020-2021-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlari ta’lim shakli, ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlangan.

Abitur.dtm.uz saytida abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish mazkur qabul parametrlari asosida amalga oshiriladi.

Bunda oliy ta’lim muassasasi uchun qabul parametrlari ajratilgan bo‘lsa, dasturda avtomatik chiqadi.

Agar oliy ta’lim muassasasi uchun qabul parametrlari ajratilmagan bo‘lsa, dasturda chiqmaydi.
Ⓜ️ DTM

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#SavollargaJavoblar #Brifing #Live
❓ Savol: Otasi yo‘q, onasi bilan yog‘iz yashaydigan yoshlarga nisbatan imtiyozlar bormi?
Savol: Mening ota-onam vafot etishgan. Menga imtiyoz bormi?

✅ Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-apreldagi
PQ-4296-son “Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaroriga asosan oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilishning umumiy sonidan «Mehribonlik» uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar uchun qo‘shimcha ravishda bir foizgacha davlat granti asosidagi qabul kvotalari ajratiladi.

Shuningdek, ular test sinovlari uchun to‘lovdan ham ozod etilgan.

Agar ular «Mehribonlik» uyi yoki Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lsa, mazkur imtiyozlardan foydalanishlari mumkin.

- - -

❓ Savol: Men IELTS dan 4 ball olganman, imtiyoz sifatida foydalansam bo‘ladimi?

✅ Javob: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 395-son qaroriga muvofiq test sinovlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) majmuasiga chet tili fani kiritilgan barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun milliy yoki xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori bo‘lgan sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi.

Bunda ingliz tilidan maksimal ball berish uchun IELTS 5,5 dan kam bo‘lmasligi lozim.

- - -

❓ Savol: Abituriyent maqsadli qabulga topshirsa, lekin unda ichki ishlar farzandlariga beriladigan imtiyozi mavjud bo‘lsa imtiyoz hisobga olinmaydimi?

✅ Javob: Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlari uchun qo‘shimcha uch foizli davlat granti asosida qabul ko‘rsatkichlari ajratilgan.

Qabul ko‘rsatkichlari oliy ta’lim muassasalari kesimida ajratilgan bo‘lib, abituriyent maqsadli qabulni tanlagan bo‘lsa ham imtiyozi saqlanib qoladi.
Ⓜ️ DTM

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#SavollargaJavoblar #Brifing #Live
❓ Savol: Men bu yil abituriyentman, lekin hozir fuqarolik pasportim yo‘q, yaqindagina 16 yoshga to‘lganlarga 10 kun ichida fuqarolik pasporti berilsin, degan qaror qabul qilingan edi. Pasport stolga borsam, karantin tufayli ishlamayapti, deyishdi. Men nima qilay?

✅ Javob: Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan Ichki ishlar vazirligi tomonidan 2020-2021-o‘quv yilida maktab, akademik litsey hamda kasb-hunar kollejlarining 16 yoshga to‘lgan bitiruvchilari pasport olish uchun murojaat qilganda, ularga navbatlarsiz, belgilangan tartibda pasport berilishi ta’minlanishi belgilangan.

Agar sizda pasport olishda muammolar yuzaga kelayotgan bo‘lsa, Ichki ishlar vazirligining 71 231 50 35 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.

- - -

❓ Savol: Men Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanida yashayman. Maktabni bu yil bitirdim. Hozir menda pasport yo‘q. Pasport olishga 5 iyun kuni hujjat topshirdim, hali javobi kelmadi. Nima qilsam bo‘ladi?

✅ Javob: Abituriyentlarda pasport bilan bog‘liq qandaydir muammo bo‘ladigan bo‘lsa, o‘z tumanidagi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga murojaat qilishlari kerak.

Bundan tashqari, Ichki ishlar vazirligining 71 231 50 35 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishlari ham mumkin.
Ⓜ️ DTM

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#SavollargaJavoblar #Brifing #Live
❓ Savol: 6-iyul kuni onlayn hujjat topshirdim. To‘lovni 7-iyul kuni amalga oshirdim. Ro‘yxatga olingan, olinmaganligimni qanday bilsam bo‘ladi?

✅ Javob: To‘lov muvaffaqiyatli amalga oshirilganini “Shaxsiy kabinet”dagi “Qabul-2020” bo‘limiga kirib bilib olish mumkin.

Bunda, abituriyent qayd varaqasining quyi qismida “To‘lovingiz muvaffaqiyatli amalga oshirildi!” degan xabar chiqadi.

- - -

❓ Savol: To‘lovni qaysi kungacha amalga oshirish mumkin?

✅ Javob: Abituriyentlar test sinovlari uchun to‘lovni ro‘yxatdan o‘tish yakunlangun (20-iyul)ga qadar amalga oshirishlari lozim.

Belgilangan muddatda to‘lovni amalga oshirmagan abituriyent ro‘yxatdan o‘tmagan hisoblanadi va test sinovlarida ishtirok eta olmaydi.

- - -

❓ Savol: Har bir ta’lim yo‘nalishiga qancha odam ro‘yxatdan o‘tganini qanday bilish mumkin?

✅ Javob: Davlat test markazi tomonidan qabul.dtm.uz sayti ishga tushirilgan bo‘lib, mazkur sayt orqali har bir oliy ta’lim muassasasi bo‘yicha yo‘nalishlar kesimida ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni va tanlov ko‘rsatkichini ko‘rish mumkin.
Ⓜ️ DTM

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​Gretsiyalik talaba reyslar bekor qilingani sabab Shotlandiyadan uyiga 48 kunda velosipedda yetib keldi.

Koronavirus pandemiyasi vaqtida Aberdin universitetining 20 yoshli talabasi Kleon Papadimitriu Shotlandiyada qolib ketgan. U o‘zining Afinadagi uyiga qaytishni istagan, biroq barcha reyslar bekor qilingan. Kutilmagan vaziyat Kleonni to‘xtatib qolmagan va u o‘z oilasining bag‘riga velosipedda qaytishga qaror qilgan, deb xabar beradi CNN.

Shotlandiya va Gretsiya orasidagi masofa 3,5 ming kilometrni tashkil etadi. Talaba ushbu masofani 48 kunda bosib o‘tgan.

“Hozirgina bu naqadar ulkan natija ekanligini anglab yetdim. Men o‘zim haqimda, ichki imkoniyatlarim, kuchli va kuchsiz tomonlarim haqida ko‘p narsalarni bilib oldim. Ushbu safar hech bo‘lmaganda yana bir kishini o‘zining qulay zonasidan chiqishga va keng ko‘lamli biror yangilikni sinab ko‘rishga undashiga umid qilaman”, — deydi Kleon.

Papadimitriu universitetning ikkinchi bosqichini tamomlamoqda. Epidemiya boshlangach, talabaning ko‘plab do‘stlari uyiga qaytgan, u esa darslarni o‘tkazib yubormaslik maqsadida Shotlandiyada qolgan. Yigit vataniga qaytadigan uchta reysga ro‘yxatdan o‘tishga uringan, biroq ularning barchasi bekor qilingan.

“1-aprelga kelib Aberdinda karantinga kamida bir oy qolib ketishimni bilardim”, — deydi u. Shunda Kleon velosipedda sayohatga chiqishga qaror qilgan.

Avvaliga Kleon o‘z g‘oyasini “uddalab bo‘lmas orzu” deb baholagan, biroq oxir-oqibat barcha zarur narsalarni (velosiped, uxlash uchun mo‘ljallangan to‘shak, palatka va hokazo) xarid qilgan va o‘z rejasini oilasiga aytgan.

Talaba 10-may kuni yo‘lga chiqqan. Uning so‘zlariga ko‘ra, u har kuni 55-120 kilometr oralig‘ida yo‘l bosgan. Dastlab u Niderlandiyaga, bir necha kundan so‘ng Germaniyaga, Avstriyaga va Italiyaning sharqiy qirg‘oqlariga qadar yetib borgan. Gretsiyaning Patri portida u qayiqqa o‘tirib, Afinaga qadar suzib borgan.

Kleon o‘zining palatkasini o‘rmon va keng dalalarga qurgan. Bundan tashqari, Yevropaning turli mamlakatlarida do‘stlari bilan aloqada bo‘lib turgan, ular esa Kleonga boshpana va yuvinib olishi uchun sharoit yaratib bergan.

Talaba 27-iyun kuni uyiga kirib kelganida uni oilasi, ko‘plab do‘stlari hamda uning sayohatini ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib borgan mutlaqo notanish insonlar kutib olgan.
Ⓜ️ Daryo.uz

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
«Kecha o‘qituvchim edi, bugun esa bemorim!» — Bu gapni jarroh aytayabdi va ustozining qo‘lidan o‘pib, boshiga surib, jarrohlik amaliyotiga kirishdi.

Izoh: Suratga ozgina tikilib, biroz fikr yuritdim – O‘lim to‘shagidagi muallim bir vaqtlar o‘zi o‘qitib, tarbiya bergan o‘quvchisining qo‘lida. Nimani o‘rgatgan? Nimani o‘qitgan? Harholda, o‘quvchi ayni ustozidan o‘rgangan ilmiga ko‘ra ish tutadi...

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Qudratimizga shubhang bormi?
Marhamat diplomlarimizga boq!


🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​📌 Xotin-qizlar uchun beriladigan tavsiyanomaga ega abituriyentlar diqqatiga!

Davlat
komissiyasining 1-son bayoni bilan 2020-2021-o‘quv yili uchun xotin-qizlarga ajratilgan to‘rt foizli qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti tasdiqlangan.

Unga ko‘ra, xotin-qizlar uchun oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakliga qo‘shimcha davlat granti asosida hududlar kesimida jami 940 ta kvota ajartilgan.

Shuningdek, mazkur bayon bilan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan 2020-yil 15-iyulga qadar tegishli tavsiyanomalarni xotin-qizlarga berish va 20-iyulga qadar tavsiyanoma berilgan talabgorlarning yakuniy ro‘yxati Davlat test markaziga taqdim etilishi belgilangan.

Ya’ni, tavsiyanomaga ega xotin-qizlar haqidagi ma’lumotlar Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan Davlat test markaziga taqdim etiladi va mazkur ma’lumotlar asosida abituriyentlarga imtiyoz qo‘llaniladi.

Shuning uchun, bunday tavsiyanomaga ega abituriyentlar onlayn ro‘yxatdan o‘tishda tavsiyanoma ma’lumotlarini dasturga kiritmaydi.

❕ Eslatib o‘tamiz, xotin-qizlar uchun qo‘shimcha kvota faqat kunduzgi ta’lim shakli uchun ajratilgan bo‘lib, sirtqi va kechki ta’lim shakllari uchun tatbiq etilmaydi.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
2020-2021-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2020-yil 16-iyul 18:00 holatiga)

Jami ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 1 090 397 nafar.
Shundan, joriy yil bitiruvchilari 459 061 nafar (42,10 %).

✅ Ta’lim shakli bo‘yicha:

👉 Kunduzgi ta’lim shakli – 624 895 nafar;
👉 Sirtqi ta’lim shakli – 442 297 nafar;
👉 Kechki ta’lim shakli – 23 205 nafar.

✅ Tillar kesimida:

👉 O‘zbek tili – 956 892 nafar;
👉 Rus tili – 100 574 nafar;
👉 Qoraqalpoq tili – 30 585 nafar;
👉 Boshqa tillar – 2 346 nafar.

✅ Abituriyentlar tomonidan eng ko‘p tanlanayotgan OTMlar:

👉 Samarqand davlat universiteti – 57 118 nafar;
👉 Andijon davlat universiteti – 45 472 nafar;
👉 Qarshi davlat universiteti – 42 888 nafar;
👉 Namangan davlat universiteti – 39 577 nafar;
👉 Toshkent davlat pedagogika universiteti - 39 047 nafar.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Sirtqi ta’limdan kunduzgiga o‘qishni ko‘chirish mumkinmi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.06.2017 yildagi 393-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan, 15 iyuldan boshlab talabalarning o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash bo‘yicha arizalar qabul qilish jarayoni boshlandi. Arizalar 5 avgustgacha qabul qilinadi.

Joriy yilgi pandemiya bilan bog‘liq vaziyatni hisobga olib, talabalardan o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash bo‘yicha arizalar http://transfer.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilinmoqda.
Shu o‘rinda ko‘pchilik talabalar bir savolga oydinlik kiritishimizni so‘rab, murojaat qilishmoqda. Ya’ni sirtqi ta’limda tahsil olayotgan talaba kunduzgi ta’limga o‘qishini ko‘chirishi mumkinmi?

Javob: ha, mumkin.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 yanvardagi 59-sonli qarorining 8-bandida Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) va kechki (smenali) ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida» 2017 yil 21 noyabrdagi 930-son qaroriga 1-ilovaning 12-bandi quyidagi tahrirda bayon etilishi begilangan:

«12. Sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limdan kunduzgi ta’limga hamda sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limning bir ta’lim sohasidan ikkinchisiga ko‘chirishga ruxsat beriladi».

Mazmundan ko‘rinib turibdiki, ushbu o‘zgarish asosida joriy yildan boshlab sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limdan kunduzgi ta’limga ko‘chirishga ruxsat berilgan.

Muammo: Ta’kidlash joiz, yuridik texnika nuqtai nazaridan mazkur o‘zgarish kiritilayotganda qaror loyihasini tayyorlaganlar bir kichik jihatni unutib qoldirishgan. Talabalarning o‘qishini ko‘chirish bilan bog‘liq jarayonlar Vazirlar Mahkamasining maqolamiz avvalida eslab o‘tilgan umuman boshqa bir qarori asosida tartibga solinadi. Ammo sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limdan kunduzgi ta’lim shakliga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilganligiga oid o‘zgarish o‘sha asosiy qarorga kiritilmay qolgan. Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 9-bandiga haligacha o‘zgarish kiritilmagan va bu bandda sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limdan kunduzgi ta’limga hamda sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limning bir ta’lim sohasidan ikkinchi ta’lim sohasiga o‘qishni ko‘chirish haqidagi arizalarga rad javobi berilishi belgilangan.

Yechim: Ko‘rib turganingizdek, Vazirlar Mahkamasining qarorlarida 2 xil qoida belgilangan, birida sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limdan kunduzgi ta’limga o‘qishni ko‘chirishga mumkin deyilgan, ikkinchisida mumkin emas, deyilgan. Bunaqa vaziyatda yechim qanday bo‘ladi? Ya’ni qaysi qaror amalda qo‘llanilishi kerak?

Buning javobini «Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi Qonundan topamiz. Mazkur qonunning 16-moddasiga ko‘ra, teng yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar o‘rtasida tafovut bo‘lgan taqdirda keyinroq qabul qilingan hujjat qoidalari amal qiladi. Biz ko‘rib chiqayotgan masalada farq mavjud bo‘lgan ikkala hujjat ham «teng yuridik kuchga ega», ya’ni ikkalasi ham Vazirlar Mahkamasining qarori. Agar mabodo biri Vazirlar Mahkamasining qarori, ikkinchisi Prezident qarori bo‘lganda, unda shubhasiz Prezident qaroridagi qoida amal qilgan bo‘lar edi. Bu shunchaki ma’lumot uchun.

Qonun talabidan kelib chiqsak, keyinroq qabul qilingan hujjat qoidalari amal qilishini bilib oldik. Demak, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 yanvardagi 59-sonli qarori bilan belgilangan qoida kuchga ega bo‘ladi.

Xulosa: talabalar joriy yildan boshlab belgilangan tartiblarga amalga qilgan holda sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limdan kunduzgi ta’limga hamda sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limning bir ta’lim sohasidan ikkinchisiga o‘qishini ko‘chirishi mumkin.
Ⓜ️ UzA

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Forwarded from Talaba.uz | Ta'lim portali
ASSALOMU ALAYKUM!

Jilmayib tong otdi, o‘zgacha bu kun,
Umid qil, Rahmondan degandek bugun.
Ming kundan afzaldir, ming kundan uzun,
Alloh muborak qilgan JUMAdir bugun!

🌙 JUMA MUBORAK!

——————
Do’stlarni tabriklashni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
4%li kvota uchun tavsiyanoma olgan abituriyentlar diqqatiga!

Davlat test markazi bu bo‘yicha ayrim ma’lumotlarni berdi. Qisqacha mazmuni quyidagicha:

➖ DTM saytidan onlayn ro‘yxatdan o‘tayotganda tavsiyanoma ma’lumotlarini joylashtirish shart emas. Tavsiyanomaning seriyasi va raqamini yoki uning skaner variantdagi rasmini saytga yuklash talab etilmaydi;

➖ Kimga tavsiyanomalar berilgani vazirlik tomonidan taqdim etilgan ro‘yxat asosida avtomatik bazaga kiritiladi;

➖ Agar Siz ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsangizu, lekin shaxsiy kabinetingizda «Imtiyoz mavjud emas» degan yozuv chiqayotgan bo‘lsa, xavotir olmang. Hali butun respublikadagi ma’lumotlar kiritilmadi. 20 iyulgacha barcha ma’lumotlar kiritib chiqiladi;

➖ Xotin-qizlar uchun beriladigan ushbu imtiyoz faqat kunduzgi ta’lim uchun amal qiladi. Sirtqi va kechki uchun kvota ajratilmagan.


Ⓜ️ Xushnudbek

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA