Talaba.uz | Ta'lim portali
5.49K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
#Qabul2020
Eng ko‘p tanlangan ta’lim yo‘nalishlari

Abituriyentlar tomonidan ro‘yxatdan o‘tishda birinchi sifatida eng ko‘p tanlangan ta’lim yo‘nalishlari:

1️⃣ Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish – 9 013 nafar.

👉 OTM – Samarqand davlat universiteti;
👉 Ta’lim shakli – sirtqi;
👉 Ta’lim tili – o‘zbek.

2️⃣ Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish – 7 945 nafar.

👉 OTM – Qarshi davlat universiteti;
👉 Ta’lim shakli – sirtqi;
👉 Ta’lim tili – o‘zbek.

3️⃣ Maktabgacha ta’lim – 7 890 nafar.

👉 OTM – Samarqand davlat universiteti;
👉 Ta’lim shakli – sirtqi;
👉 Ta’lim tili – o‘zbek.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Qabul2020
Abituriyentlardan tushgan arizalar

2020-2021-o‘quv yili uchun abituriyentlardan tushgan arizalar haqida ma’lumot:

👉 Toshkent shahri – 399 415 nafar (29 ta OTM);
👉 Samarqand viloyati – 139 874 nafar (9 ta OTM);
👉 Farg‘ona viloyati – 114 992 nafar (7 ta OTM);
👉 Andijon viloyati – 106 697 nafar (4 ta OTM);
👉 Qashqadaryo viloyati – 99 925 nafar (6 ta OTM);
👉 Surxondaryo viloyati – 90 663 nafar (6 ta OTM);
👉 Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 82 397 nafar (9 ta OTM);
👉 Toshkent viloyati – 79 544 nafar (4 ta OTM);
👉 Namangan viloyati – 79 024 nafar (3 ta OTM);
👉 Jizzax viloyati – 72 761 nafar (3 ta OTM);
👉 Buxoro viloyati – 67 485 nafar (4 ta OTM);
👉 Xorazm viloyati – 60 314 nafar (3 ta OTM);
👉 Navoiy viloyati – 48 595 nafar (2 ta OTM);
👉 Sirdaryo viloyati – 42 399 nafar (2 ta OTM).

Bundan test sinovlarisiz, kasbiy (ijodiy) imtihonlar orqali o‘qishga qabul qilinadigan ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlardan 122 612 nafarni tashkil etdi:

👉 Kunduzgi ta’lim shakli – 69 228 nafar;
👉 Sirtqi ta’lim shakli – 52 413 nafar;
👉 Kechki ta’lim shakli – 971 nafar.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Ko‘pchilikni qiziqtirayotgan savollarga javoblar:

#abituriyent

❓ testga kirishda abituriyentning tana harorati baland bo‘lsa, unda nima bo‘ladi?

Javob: isitmasi borlar testga qo‘yilmaydi, ular uchun barcha test jarayonlari tugagandan keyin, 4 kun o‘tib, qayta test o‘tkaziladi.

❓ agar abituriyentda koronavirus aniqlansa, unda ular nima qiladi?

Javob: agar test kunigacha tegishli tashkilot uning sog‘ayganligi haqida ma’lumot bersa, testga qo‘yiladi. Yo‘qsa, testga kiritilmaydi.

❓ abituriyent ayrim sabablarga ko‘ra, karantinga olinib qolsa, unda nima bo‘ladi?

Javob: agar o‘zining test kunida karantinda bo‘lsa, barcha testlar yakunlangandan 4 kun o‘tib bo‘ladigan qo‘shimcha testga kirishi mumkin. Agar qo‘shimcha test kunida ham karantinda bo‘lsa, unda testdan qolib ketadi.

❓ koronavirusga chalingani yoki karantindaligi uchun testga kira olmay qolgan va o‘tgan yillarda bitirgan abituriyent tomonidan qilingan to‘lov qaytariladimi?

Javob: yo‘q, qaytarilmaydi. Chunki unga baribir tegishli xarajatlar qilib qo‘yilgan bo‘ladi.
Ⓜ️ Xushnudbek

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Bu yilgi eng yosh abituriyent 13 yosh, eng kattasi esa 95 yoshda

2020/2021 o‘quv yilida oliy ta'lim muassasasining bakalavriat ta'lim yo‘nalishlarida tahsil olish uchun hujjat topshirganlar ichida 13 hamda 95 yoshli abituriyentlar ham bor.

Bu haqda bugun, 22 iyul kuni Davlat test markazi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qilindi.

DTM direktori o‘rinbosari Sardor Rajabovning aytishicha, bu yil O‘zbekiston bo‘yicha 91 ta oliy ta'lim muassasacida o‘qish uchun 1 million 484 ming 85 abituriyent hujjat topshirgan (2019 yilda 1 million 66 ming 926). Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 417 ming 159 nafarga yoki 39,1 foizga ko‘p.

Rajabovning qo‘shimcha qilishicha, qabul komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olish jarayonlarida 13 yoshdan 95 yoshgacha bo‘lgan abituriyentlar ham qayd etilgan. Jumladan, eng yosh abituriyent 13 yosh (14 yoshga to‘lmagan) va eng yoshi katta abituriyent 95 yosh hisoblanadi.

Davlat test markazi axborot xizmati rahbari Orziqul Boboyevning Kun.uz muxbiriga ma'lumot berishicha, 14 yoshga to‘lmagan abituriyent Toshkent shahridan va 95 yoshli abituriyent esa Samarqand viloyatidan talabgor sifatida qatnashmoqda (iqtisodiyot yo‘nalishi uchun).
Ⓜ️ Kun.uz

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Abituriyentlar uchun ajoyib lifehack😄. Test javobini osongina topa olasiz 😉. Ishlaganlaringizni tekshirishga ham bemalol vaqt yetadi ☺️.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​#Elon

HURMATLI ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti – Belorussiya davlat informatika va radioelektronika universiteti axborot texnologiyalari qo‘shma fakulteti (TATU-BDIRU ATQF) bakalavriatning quyidagi ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qishga hujjatlarni qabul qiladi:

✅ Axborot texnologiyalarning dasturiy ta’minoti;

✅ Dasturlanadigan mobil tizimlar;

✅ Sun’iy intellekt.

Hujjatlarni qabul qilish onlayn rejimda (kechayu kunduz) amalga oshiriladi.


Ushbu fakultet bitiruvchilari ikki diplomga ega bo‘lishadi:

1⃣.Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Belorussiya davlat informatika va radioelektronika universiteti

2⃣.Eng yaxshi bitiruvchilar Belorussiya respublikasida ishga joylashishlari mumkin

Belorussiyada yotoqxona taqdim etiladi.
Toshkentda yotoqxona taqdim etilmaydi❗️

❗️Talabalarga stipendiya to‘lanmaydi

O‘qish uchun to‘lovlar quyidagilarni tashkil qiladi:

            - Birinchi bosqichda (TATU da 1-2 kurslar) – yiliga 1 500 AQSh doll.

            - Ikkinchi bosqichda (BDIRU da 3-4 kurslar) – yiliga 2 000 AQSh doll.

TANLOVDA QATNASHISH UCHUN:

1) TATU-BDIRU ATQF qabul komissiyasining tanlovida ishtirok etish uchun 25.07.2020 gacha onlayn ariza topshiring, hamda quyidagi hujjatlarni elektron ko‘rinishda GPEG yoki PNG formatida ilova qiling (hujjatlardagi ma’lumotlar o‘qish va ishda qo‘llash uchun tushunarli bo‘lishi kerak):

pasport (16 yoshga to‘lmaganlar uchun tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma) nusxasi

umumiy o‘rta ta’limni (11-sinf negizida) tugatganligi haqidagi hujjat yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat.

Onlayn ro‘yxatdan o‘tish Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti veb-saytida amalga oshiriladi va hujjatlarni Qabul komissiyasiga quyidagi manzil orqali yuboriladi:👉 http://abitur.tuit.uz 👈

2) KIRISH SINOVLARIDAN O‘TING.

Abituriyentlarni tanlashni tashkil qilishda ularning rus tili bilish darajasi asosiy shart hisoblanadi. Tanlov kirish imtihonlari (rus tilini bilish bo‘yicha suhbat va yozma test (matematika, fizika va informatika)) natijalari asosida amalga oshiriladi.

Tanlov har bir yo‘nalish uchun alohida o‘tkaziladi.

Kirish sinovlari Belorussiya davlat informatika va radioelektronika universiteti vakillari tomonidan o‘tkaziladii

*qabul komissiyaning qaroriga ko‘ra to‘lov-kontrakt asosida Respublika va xalqaro olimpiadalar va musobaqalar g‘oliblari hamda TATU-BDIRU ATQF tayyorlov ko‘rslarini muvofaqiyatli tugatgan fuqarolar tanlovdan tashqari hamda tanlangan ta’lim yo‘nalishiga ko‘ra qaror qabul qilinishi mumkin.

Kirish sinovlari 1 avgustdan 15 avgustgacha qabul komissiya tomonidan tasdiqlangan grafik asosida o‘tkaziladi.

O‘quv mashg‘ulotlar 2020 yil 2 sentyabrdan boshlanadi.

Qo‘shimcha savollar bo‘lsa, qabul komissiyasiga quyidagi telefon orqali murojaat qilishingiz mumkin:    
71 238-64-97
71 238-64-85
71 238-64-34
71 238-65-17
71 238-65-64

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Saytda texnik ishlar olib borilmoqda.

23-iyul kuni soat 15.00 dan 19.00 ga qadar http://magistr.edu.uz va http://transfer.edu.uz saytlarida ariza to'ldirish vaqtida JSHSHIR kiritishda uzilishlar bo'lishi mumkin. O'zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat Pеrsonallashtirish Markazi serverida texnik ishlar olib borilmoqda.

Noqulaylik uchun uzr so‘raymiz!
Ⓜ️
Digital education

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​Jizzaxda qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatgichlari doirasida xotin-qizlar hududlar kesimida qancha bo‘ldi?

Jamiyatimizda xotin-qizlarga e’tiborning yana bir misoli sifatida Vazirlar Mahkamasining "Oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatgichlari doirasida xotin-qizlarga tanlovda ishtirok etish to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida"gi qaroriga muvofiq joylarda amalga oshirilgan ishlarda ko‘rish mumkin.

Jizzax viloyat Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasining ham joriy yilning 25 iyunidan 10 iyuliga qadar tuman,shahar ishchi guruh lariga jami 1975 nafar Xotin-qizlardan murojaatlar kelib tushdi.

Shundan 1009 tasi Viloyat ishchi guruxi tomonidan ko‘rib chiqilib, 924 tasi nizom mezonlariga mos kelganligi sababli tanlab olindi. Qolgan 85 ta murojaatchining hujjatlari qabul qilinmadi hamda ularga asoslantirilgan xulosalar berilib rad etildi. Viloyat komissiyasi tomonidan tanlab olingan nomzodlarga tavsiyanomalar berildi va tumanlar kesimida quyidagicha taqsimlandi:
Arnasoy tumani 22 ta
Baxmal tumani 114 ta
Gʻallaorol tumani 62 ta
Sh.Rashidov tumani 156 ta
Do‘stlik tumani 45 ta
Zarbdor tumani 52 ta
Zafarobod tumani 34 ta
Zomin tumani 88 ta
Mirzacho‘l tumani 53
Paxtakor tumani 59 ta
Forish tumani 73 ta
Yangiobod tumani 25 ta
Jizzax shahri 141 ta


Eslatib o‘tamiz tavsiyanoma bu Oliy ta’limga kirish uchun kafolat emas.

Ⓜ️ Jizzax viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlashboshqarmasi

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Uzrli sabab bilan testda ishtirok etmagan abituriyentlarning to‘lovi qaytariladi

2020-yil 22-iyul
kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi binosida “2020-2021-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlari: raqamli ma’lumotlar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazilgan edi.

Unda test sinovi uchun to‘lovni qaytarib berish masalasi bo‘yicha savolga berilgan javob ijtimoiy tarmoqlarda noto‘g‘ri talqin qilinmoqda.

Test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirgan abituriyentlarning to‘lovi har qanday holatda ham qaytarilmaydi degan tushuncha butunlay xato.

Misol uchun, dastlab test sinovlari o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishiga ro‘yxatdan o‘tgan va to‘lovni amalga oshirgan, keyinchalik esa tanlagan ta’lim yo‘nalishini to‘liq ijodiy imtihon bo‘ladigan yo‘nalishga o‘zgartirgan abituriyentlarning yoki shu kabi to‘lovni noto‘g‘ri amalga oshirgan abituriyentlarning to‘lovlari hozirgi kunda Davlat test markazi tomonidan abituriyentlarga qaytarilmoqda.

Shunigdek, test sinovlaridan so‘ng, uzrli sabablarga ko‘ra test sinovlarida ishtirok eta olmagan abituriyentlarning to‘lovlari qaytarilishini ma’lum qilamiz.
Ⓜ️ DTM

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​⚡️Karantin cheklovlari uzaytiriladi. Imtihonlar ham kechiktiriladi!

Karantin cheklovlari uzaytirilishi haqda ayni daqiqalarda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida e’lon qilingan.

Kasallik yuqtirilishining oldini olish, o‘lim holatlarini keskin kamaytirish maqsadida Respublika maxsus komissiyasining amaldagi karantin cheklovlarini uzaytirish taklifiga rozilik bildirilgan.

Kecha bo‘lib o‘tgan brifingda DTM tomonidan imtihonni keyinga ko‘chirish bo‘yicha taklif berilgani, karantin cheklovlari qachon bekor qilinsa, test sinovi o‘shanda o‘tkazilishi aytilgan edi.

Aynan qaysi sanagacha karantin cheklovlari uzaytirilishga tez orada aniqlik kiritiladi!

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Bugun, 24 iyul O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tavallud topgan kun

Davlatimiz rahbari 63 yoshni qarshilamoqda.

Payg'ambar yoshi muborak bo'lsin👏

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Forwarded from Talaba.uz | Ta'lim portali
Assalomu alaykum! Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin!

——————
Do’stlarni tabriklashni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Kirish imtihonlari necha smenada boʻlishi hamon aniq emas.

“Bu yil 1,5 millionga yaqin abituriyent hujjat topshirgani va ularning soni keskin oshgani bois test sinovlari uch smenada o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Agar kirish imtihonlari 2 smenada tashkil qilinsa, 50 kunga yaqin, 3 smenada bo‘lsa, 30 kunga yaqin muddatda o‘tkazilishi prognoz qilinyapti. Hozir imtihon uchun ajratilgan binolarni har tomonlama o‘rganish ishlari ketmoqda. Abituriyentlarda test sinovlari necha smenada o‘tkazilishi muammo keltirib chiqarmaydi. Ularning ruxsatnomalarida smenasi, sanasi, soati ko‘rsatiladi. Imtihon bo‘lib o‘tadigan binolarni aniqlab olganimizdan keyin smena bo‘yicha alohida ma’lumot, albatta, beriladi”,
— dedi DTM boshqarma boshlig‘i Diyorbek Qo‘chqorov.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
DTM rasmiysi Barno Rajabovning aytishicha, abituriyentlarga ruxsatnomalar test sinovlari boshlanishidan kamida 10 kun avval berilishi ko‘zda tutilmoqda.

“Amaldagi tartiblar bo‘yicha imtihonlar 1-avgustdan boshlansa, abituriyentlarga ruxsatnomalar 29-iyuldan boshlab tarqatilishi kerak edi. Lekin koronavirus pandemiyasi va karantin tufayli hozirda imtihon o‘tkazish muddati aniq emas. Shu bois ruxsatnomalarni berish ham biroz kechikadi. Ammo biz rejalashtiryapmizki, test sinovlari boshlanishidan kamida 10 kun oldin ruxsatnomalar beriladi. Abituriyent o‘z ruxsatnomasini DTM sayti orqali bemalol olishi mumkin.

Yana bir narsani aytish kerakki, test muddatining orqaga surilishidan ota-onalar va abituriyentlar foydalanib qolishi kerak. Ularga tayyorgarlik uchun vaqt bo‘lyapti, bunga qo‘shimcha imkoniyat deb qarash lozim”,
— dedi Rajabov.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​O‘qishni ko‘chirish, magistraturaga qabul va ikkinchi ta’lim

❔ Hozirgi kunda fuqarolar tomonidan Davlat test markaziga o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash, magistraturaga hujjatlarni qabul qilish va kirish imtihonlarini o‘tkazish hamda ikkinchi ta’limga qabul bo‘yicha ko‘plab savollar kelib tushmoqda.

✅ Prezident qaroriga ko‘ra, davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish, shuningdek, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash uchun hujjatlarni topshirish jarayoni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-sayti (www.edu.uz) orqali amalga oshiriladi.

👨🏻‍💻 O‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash bo‘yicha hujjatlar 2020-yil 15-iyuldan 5-avgustgacha transfer.edu.uz sayti orqali, magistraturaga hujjatlar esa 2020-yil 1-iyuldan 30-iyulgacha magistr.edu.uz sayti orqali qabul qilinadi.

✅ Magistraturaga qabul Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan koronavirus pandemiyasi sharoitidan kelib chiqib, onlayn test o‘tkazish orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilangan davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida qabul parametrlariga muvofiq amalga oshiriladi.

❕ Shuni ma’lum qilamizki, o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash, magistraturaga hujjatlarni qabul qilish va kirish imtihonlarini o‘tkazish hamda ikkinchi ta’limga qabul Davlat test markazi vakolatiga kirmaydi.

Agar sizda mazkur masalalar bo‘yicha savollar bo‘lsa, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga murojaat qilishingiz maqsadga muvofiq.
Ⓜ️ DTM

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
World University Rankings-2021 e’lon qilindi

Yurtimizda Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education, Academic Ranking of World Universities kabi nufuzli agentliklar reytingida birinchi 1 000 o‘rinni egallagan xorijiy OTMlarning diplomlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri (sinovlarsiz) tan olinadi.

Yaqinda Quacquarelli Symonds (QS) reyting agentligining World University Rankings-2021 e’lon qilindi. Ushbu reytingdan dunyoning 80 ta davlatidan 1002 ta yetakchi oliy ta’lim muassasalari joy oldi.

QS tomonidan har yil e’lon qilinadigan reytingda OTMlar jami 6 ta indikator asosida baholanadi:

1. Akademik nufuz–40 %;
2. Ish beruvchilar o‘rtasidagi nufuzi–10 %;
3. Talabalar sonining universitet ilmiy-pedagogik tarkibiga nisbati–20 %;
4. Ilmiy-pedagogik kadrlar tarkibida xorijliklar ulushi–5%;
5. Xorijlik talabalarning umumiy talabalar soniga nisbati–5%;
6 Ilmiy nashrlardagi iqtiboslarning har bir xodimga nisbatan ulushi–20%.

Dunyo TOP-1000 taligidan o‘rin olgan OTMlar soni bo‘yicha AQSH 151 ta, Buyuk Britaniya 84 ta, Germaniya 45 ta va Yaponiya 41 ta OTM bilan yetakchilik qilgan. Shuningdek, Rossiyadan 28 ta va Qozog‘istondan 10 ta OTM dunyoning kuchli TOP-1000 taligidan o‘rin olgan.

Mazkur reytingda yetakchilikni ketma-ket to‘qqiz yildan buyon Massachuses texnologiya instituti (MIT) egallab kelmoqda. Navbatdagi o‘rinlarni mos ravishda Stenford va Garvard universitetlari band etishgan.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Qozondagi o‘zbekistonlik talabalar Shavkat Mirziyoyevga videomurojaat yo‘lladi. Avvalroq Tomskdagi talabalar shunday murojaatdan so‘ng O‘zbekistonga qaytarilgandi

Koronavirus sabab Rossiyada qolib ketgan talabalar O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘llab, o‘zlari uchun charter reys tashkillashtirilib berilishini iltimos qildi. Gap Tataristonning Qozon federal universitetining 300 dan ortiq talabalari haqida bormoqda.

Murojaat Qozon federal universiteti bosh korpusi qarshisida yozib olingan. Bir necha talaba navbat bilan so‘zga chiqib, O‘zbekiston Prezidenti va hukumatidan yordam so‘ragan.

“Assalomu alaykum hurmatli Shavkat Miromonovich, Abdulla Negmatovich va Abdulaziz Xafizovich!

Biz O‘zbekiston fuqarolari hozirda Tataristonning Qozon shahridamiz. Gap shundaki, 400 dan ortiq talaba Qozongdan mamlakatga qaytishi kerak bo‘lgan charter reysga yozilib qo‘ygan. Biroq parvoz qachon amalga oshirishidan bexabarmiz. Sizlardan bizga ham xuddi Sibir federal okrugi talabalariga ko‘rsatgan yordamni berishlaringizni so‘raymiz. Biz butun dunyodagi va yurtimizdagi epidemiologik vaziyatni tushunib turibmiz. Shunday bo‘lsa-da, sizlardan yordam so‘rab qolamiz”, — deyiladi murojaatda.

Ta’kidlanishicha, o‘quv yili tugaganligi sababli ko‘plab talabalar boshpanasiz qolib ketgan. Ijaraga xonadon olish uchun esa talabalarning yonida mablag‘ yo‘q, shuningdek, Rossiyada karantin rejimi bekor qilingani sabab ro‘yxatdan o‘tish, migratsiya kartasi va registratsiya, yotoqxonada yashash imkoniyati mavjud emas.

Avvalroq Tomskdagi o‘zbekistonlik talabalar bosh vazir Abdulla Aripovga videomurojaat yo‘llab, uylariga qaytish uchun charter reys tashkillashtirib berishni iltimos qilishgan edi. Shundan so‘ng, Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga binoan Rossiyaning Novosibirsk shahridan 200 ga yaqin o‘zbekistonlik talaba charter reys orqali Toshkentga olib kelingan edi.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
⚡️RASMAN: Qurbon Hayiti 31 iyulda nishonlanadi

Shavkat Mirziyoyev «Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2020 yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 31 iyul – juma kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qabul qilgan qarorini inobatga olib, mamlakatimizda 2020 yil 31 iyul Qurbon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanadi.

Mahalliy hokimliklar va tegishli tashkilotlar Qurbon hayitining karantin talablariga rioya qilgan holda, xalqimizning milliy va diniy an’analariga mos ravishda o‘tishi uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​⚡️ Joriy o'quv yili uchun imtihonlar qachon o'tkaziladi?

Batafsil:
http://oliygoh.uz/abituriyent/imtihon-qachon-otkaziladi

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA