Talaba.uz | Ta'lim portali
5.49K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
#Брифинг

Олий таълим муассасаларида янги ўқув йили қандай бошланади?

Бугун, 25 июль куни АОКА ташкил этилган штабда Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ахборот хизмати раҳбари Фархад Бабашев иштирокида брифинг ўтказилиб, ҳамюртлармиз саволларига жавоб берилди.

Олий таълим муассасаларида 2020/2021 ўқув йили қандай бошланади? Масофавий таълим давом этаверадими?

Фархад Бабашев, Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ахборот хизмати раҳбари:

- Аввал ҳам брифингларда шунга ўхшаш саволларга жавоб берилган эди. Умуман, анъанавий таълим шаклида ўқув йилини бошлаш режалаштирилган эди.

Республикада эпидемиологик вазиятнинг барқарорлашиш шароитидан келиб чиқиб, олий таълим муассасаларининг бакалавриат ва магистратурасининг юқори курс талабалари ҳамда академик лицейларнинг 2-курс ўқувчиларига янги ўқув йилини жорий йилнинг сентябрь ойидан масофавий шаклда бошлашга ҳам тайёргарлик кўрилмоқда.

©Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

🎓 Талабалар расмий канали👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Брифинг

Бугун, 25 июль куни АОКА ташкил этилган штабда Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ахборот хизмати раҳбари Фархад Бабашев иштирокида брифинг ўтказилди.

Унда вазирлик матбуот котиби ҳамюртлармизнинг ўқишни кўчириш, магистратурага онлайн ҳужжат топшириш ва бошқа мавзулардаги саволларига жавоб берди.

Магистратурага кириш имтиҳонларида иштирок этиш учун онлайн ариза топширишда magistr.edu.uz веб-сайти, талабалар ўқишини кўчириш ва тиклаш учун онлайн ариза юбориш ахборот тизими (transfer.edu.uz) иш фаолиятидаги техник носозликлар юзасидан фуқароларнинг эътирозлари билдирилмоқда.

Магистратурага кириш имтиҳонларида иштирок этиш учун онлайн ариза топшириш magistr.edu.uz веб-сайти орқали амалга оширилмоқда. Жорий йилнинг 25 июль11:00 ҳолатига абитуриентлар томонидан келиб тушган аризалар сони 37 935 тани ташкил этади.

Маълумот учун: 2018/2019 ўқув йили бўйича жами 11 999 та, 2019/2020 ўқув йилида 25 913 та ариза келиб тушган эди. Демак бугунги кунда магитратура босқичида таҳсил олиш истагини билдирган талабалар сони деярли 3 баробарга ошган.

Талабалар ўқишини кўчириш ва тиклаш учун онлайн ариза юбориш ахборот тизими transfer.edu.uz веб-сайти орқали амалга оширилмоқда. Жорий йилнинг 25 июль ҳолатига талабгорлар томонидан келиб тушган аризалар сони 8286 тани ташкил этади. Ушбу ахборот тизими Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги давлат Персоналлаштириш маркази маълумотлар базаси билан интеграция қилинган.

Жорий йилнинг 20-23 июль кунлари transfer.edu.uz ахборот тизими орқали аризаларни рўйхатда ўтказишда Давлат персоналлаштириш маркази маълумотлар базасидан онлайн режимда фуқароларнинг ЖШШИР (жисмоний шахснинг шахсий идентификация рақами) орқали паспорт маълумотларини олишда узилишлар юзага келган. Ҳозирги кунда барча муаммолар бартараф этилди.

Ушбу тизимларда кузатилган ноқулайликлар учун фуқароларимиздан узр сўраймиз.

©Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

🎓 Талабалар расмий канали
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Брифинг

Магистратурага онлайн ҳужжат топширишда мутахассисликни ўзгартириш мумкинми?

Бугун, 25 июль куни АОКА ташкил этилган штабда Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ахборот хизмати раҳбари Фархад Бабашев иштирокида брифинг ўтказилиб, ҳамюртлармиз саволларига жавоб берилди.

Жорий йил 17 июль куни ТДТУ магистратурасига онлайн ҳужжат топширдим. Ҳужжатларимни бошқа мутахассисликка қайтадан топширишим мумкинми?

Фархад Бабашев, Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ахборот хизмати раҳбари:

- Мумкин, бунинг учун сиз ҳужжат топширган ОТМга рўйхатдан ўтказилганингизни бекор қилиш тўғрисида мурожаат қиласиз ва бекор қилингач, бошқа ОТМ ёки мутахассисликка топширасиз.

©Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

🎓 Талабалар расмий канали👇👇

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Tezkor #Rasman
Bakalavriat va magistraturaning yuqori kurs talabalari yangi o‘quv yilini sentyabrdan masofaviy (onlayn) shaklda boshlaydi.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​​​ Tibbiyot OTMlarini davlat granti asosida bitirganlar 1 yilgacha vaziyat og‘ir bo‘lgan hududlarga jalb qilinadi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi yangi farmonni imzoladi.

O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash borasida quyidagi kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

‼️ Sohada kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish, xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini soddalashtirish maqsadida:

- 2 hafta muddatda qishloq vrachlik punktlari, oilaviy poliklinikalar va ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalardagi mavjud kichik va o‘rta tibbiy xodimlar vakant joylarini tibbiyot ta’lim muassasalari bitiruvchilari, pensionerlar va boshqa tibbiyot mutaxassisligiga ega bo‘lgan shaxslar orasidan to‘liq to‘ldirilishini ta’minlash;

- 10 kun muddatda Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi bilan birgalikda tibbiyot muassasalari umumiy klinik laboratoriyalarining vrach-laborantlarini virusologiya laboratoriyalarida faoliyat ko‘rsatishi uchun tayyorlash, shu jumladan amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha qisqa muddatli kurslarni tashkil qilish;

- 15 kun muddatda respublikadagi oliy ta’lim muassasalarining «Biologiya» ta’lim yo‘nalishini tugatgan bitiruvchilarini Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi va uning hududiy filiallari, Toshkent tibbiyot akademiyasi va uning hududiy filiallari, Andijon, Buxoro va Samarqand tibbiyot institutlarida virusologiya laboratoriyasining vrach-laboranti mutaxassisligi bo‘yicha bir oylik qayta tayyorlash kurslarini yo‘lga qo‘yish; (Natijada: birgina 2019-2020 o‘quv yilida «Biologiya» ta’lim yo‘nalishini 1 mingga yaqin bitiruvchilar tamomlagan bo‘lib, qisqa muddatli va qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish orqali mavjud kadrlar salohiyatidan unumli foydalanib, Respublika bo‘yicha mavjud 16 ta virusologiya laboratoriyalariga kadrlar yetishtirib beriladi).

- Koronavirus pandemiyasini bartaraf etish bo‘yicha e’lon qilingan karantin tadbirlari yakuniga qadar barcha tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining davlat granti asosida tahsil olgan bitiruvchilarini 1 yilgacha bo‘lgan muddatga vaziyat og‘ir bo‘lgan hududlarga jalb qilish. Bunda vaziyat og‘ir bo‘lgan hududlarga jalb qilinayotgan mutaxassislar uchun uy-joy va boshqa qulay sharoitlar yaratish bilan bog‘liq xarajatlarni tegishli mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshirish;

- 10 kun muddatda Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi hududiy bo‘linmalarining tibbiy xodimlarini «valeolog» mutaxassisligiga qayta ixtisoslashtirish bo‘yicha bir oylik qisqa muddatli onlayn kurslarni tashkil qilish; (natijada: valeologiya yo‘nalishi bo‘yicha qishloq vrachlik punktlari (817 ta), oilaviy poliklinikalarda (984 ta) faoliyat olib boradigan hamshiralar, psixologlar va ijtimoiy xodimlar malakasi oshiriladi)

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Saytda texnik ishlar olib borilmoqda.

26-iyul kuni soat 13.30 dan 14.30 ga qadar http://magistr.edu.uz va http://transfer.edu.uz saytlarida ariza to'ldirish vaqtida JSHSHIR kiritishda hamda saytlarning ishlashida uzilishlar bo'lishi mumkin.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​Ko‘pchilik abituriyentlar bir xil ball to‘plansa, lekin kvota soni kam bo‘lsa nima bo‘ladi?

Agar bir nechta abituriyent grant yoki kontraktning eng oxirgi chizig‘ida bir xil ball to‘plasa, unda ulardan qaysi biri grant yoki kontraktga kirgan deb hisoblanadi?

✅ JAVOB QUYIDAGICHA:

• davlat grantiga 10 ta joy ajratilgan deylik. 9, 10, 11-o‘rinlardagi 3 nafar abituriyent bir xil ball to‘plagan. Bunday vaziyatda uchalasi ham davlat grantiga qabul qilinadi, davlat granti uchun qo‘shimcha joy ajratiladi;

• kontraktda ham xuddi shunday vaziyat. Kirish chizig‘ining oxirida kvotadan ko‘proq bo‘lgan abituriyentlar bir xil ball to‘plagan bo‘lsa, ularning barchasi o‘qishga kirgan deb hisoblanadi va qo‘shimcha joy ajratiladi;

• xuddi shu qoida bakalavr uchun ham, magistratura uchun ham birdek amal qiladi.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
@TalabaUz da muhim so'rovnoma:

"Bu yil sirtqi, kechgi ta'lim doimiy masofaviy ta'limga o'tkazilsa, hujjat topshirganlarni imtixonsiz qabul qilishiga munosabatingiz qanday?"
Anonymous Poll
51%
Qo'llab-quvvatlayman
49%
Yo'q, bu fikrga qarshiman
​​DTM – daromad topish manbai(mi?)

UzA nashrida quyidagi mazmundagi maqola chop etildi:

Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi «O‘zbekistonda Adolat» guruhi foydalanuvchisi Matsur Zohirov ​tomonidan «Adolat degani shu bo‘lsa kerak» sarlavhasi ostida post joylashtirdi. Unda «KORONAVIRUS SABAB IMTIHONDA QATNASHA OLMAGAN ABITURIYENTGA TO‘LAGAN PULI QAYTARILMAYDI – DTM» mazmunidagi ma’lumot qayd etilgan. Ushbu shaxsiy fikrga juda ko‘pchilik yurtdoshlarimiz o‘z munosabatini bildirishdi. Ulardan ayrimlarini e’tiboringizga havola etamiz.

Dilorom Ahadjonova:

- Davlatimiz bitiruvchilarga tadbirkorlik, hunar bilan shug‘ullanishlari uchun foizsiz kredit, sarmoya beryapti 20 sotixdan yer beryapti.

To‘lqin Toshev:

- DTMniyam to‘g‘ri tushuninglar. Imtihon bo‘lmasa, bunkerlar, «rektorskiy» gruppalar, x-variantlardan keladigan pullardan mahrum bo‘lishdi. Hech bo‘lmasa shu yo‘l bilan pul ishlasin.

Rahima Xodjayeva:

- Bularni kechagi gapi bugunga to‘g‘ri kelmaydi, kechagina isitmasi bo‘lsa qo‘yilmaydi, imtihon tugagandan keyin 3, 4 kun o‘tib topshiradi degan edi.

Xurshida Holiqova:

- Imtihonga qo‘yilmaganlarni pulini qaytarib berish kerak! Kelmagan bo‘lsa boshqa gap.

Muhabbat Qodirova:

- Adolatsizlik ota onalar qancha qiynalib to‘lagan u pullarni. Farzandimni o‘qitaman deb.

Nargiza Karimova:

- Nimalar deyapsiz hurmatli amaldor? Yoshlarni ruhini sindirib nima qilasiz???

Dilshod Fayz:

- Nahotkiii... ”Koronavirus sabab imtihonda qatnasha olmagan o‘quvchilar ro‘yxati shakllantiriladi, ma’lum bir muddatdan so‘ng ular uchun maxsus imtihon tashkillashtiriladi. Har ikki holatda ham qatnasha olmagan o‘quvchilarning pullari qaytarib beriladi!” - degan tartibni joriy qilish, o‘ylab topish va amalga oshirish shunchalik qiyin bo‘lsa?!

Umida Yerimova:

- Qiziq, bu pullar qayerga borib to‘xtarkan, kim egalik qilarkan? Ko‘pchilik oxirgi tiyinlarini to‘lagan, bu aniq fakt!

Said Komilovich:

- Unaqa demanglar janoblar!! Men kollejda o‘qituvchiman. Shu to‘loviniyam zo‘rg‘a to‘lab, hujjatlarini muddatni oxirida zo‘rg‘a topshiradigan o‘quvchilarim bor. Men ular bilan 3 yil ishlab, oilaviy sharoitini juda yaxshi bilaman! Bir narsani tadbiq qilayotganda sal quyidan chiqib baho beringlar! Iltimos!!!

Olimjon Rahimov:

- Yemagan somsaga pul to‘lash shunaqa bo‘ladi, mana senga adolat! Bunday fikr bildirganlar Vatan xoini deyiladi, negaki odamlarda nafrat, ishonchsizlikni uyg‘otadi.

Mavzu yuzasidan aytar so‘zimiz, dastlab bitiruvchining o‘zi kimligini teran anglab olishimiz shart. U ota ona qaramog‘idagi fuqaro. Ammo har biri o‘qishni niyat qiladi. Kunlik daromad topadigan qanchadan qancha oila vakillari bugungi vaziyatda qiyin ahvolga tushib qolishgan. To‘lov uchun puli yetmagan qanchadan qancha abituriyentlar hujjat topshirolmadi. Imtihonga qatnasholmaydigan abituriyentning pulini qaytarib berish shart deb hisoblaymiz.

Siz nima deysiz?

Eslatib o‘tamiz, DTM ushbu xabarlar ortidan rasmiy munosabat bildirib o‘tdi. Aytilishicha, uzrli sabab bilan testda qatnasha olmagan abituriyentlarga pullari qaytariladi. Lekin qanday sabablar DTM uchun "uzrli" toifaga kirish haqida aniq ma’lumotlar ochiqlanmagan.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
«DTM o‘zgarmasa, foydasi yo‘q» - ta'limdagi ikki imtihon birlashtirilishi haqida ekspert bilan suhbat

O‘zbekistonda umumta'lim maktablari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi va oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlarini unifikatsiya qilish va yagona imtihonni joriy etish rejalashtirilmoqda.

Bu bo‘yicha e'lon qilingan prezident qarori loyihasida 2021-2022 o‘quv yilida tajriba sinov tariqasida Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan hududdagi umumiy o‘rta maktab va akademik litsey, 2022-2023 o‘quv yilidan esa barcha imtihonlar unifikatsiya qilinib, yagona test sinovlarini o‘tkazish yo‘lga…
Batafsil

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Prezident qarori loyihasi

✅ 2020-yil 24-iyul kuni “Umumta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi hamda oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini unifikatsiya qilish va yagona imtihonni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Unga ko‘ra:

👉 umumta’lim muassasalarining joriy yil bitiruvchilari yakuniy davlat attestatsiyasi imtihoni sifatida uchta fan — ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va O‘zbekiston tarixi (keyingi o‘rinlarda – majburiy fanlar) fanlaridan test sinovlarini topshiradi;

👉 majburiy fanlar bo‘yicha test sinovi natijalari umumta’lim muassasasi bitiruvchilarining umumiy ta’lim to‘g‘risidagi hujjati (shahodatnoma, diplomi)ga qo‘yiladi;

👉 oliy ta’lim muassasalariga kirish istagini bildirgan umumta’lim muassasalari bitiruvchilari shaxsiy tanloviga ko‘ra, ixtiyoriylik asosida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos fanlardan test sinovlarini topshiradi;

👉 2022-yildan boshlab, avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatganlar belgilangan muddatlarda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos fanlar va majburiy fanlardan test sinovlarini topshiradi;

👉 test sinovlari natijalari (fan bo‘yicha to‘g‘ri javoblar soni) o‘tkazilgan kunning ertasiga Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi;

👉 test sinovlari natijalari oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun o‘tkaziladigan tanlovda baholash mezonlariga muvofiq inobatga olinadi;

👉 abituriyentga test sinovi topshirilgan fani bo‘yicha 3 yil muddatda amal qiladigan abituriyent elektron sertifikati beriladi. Abituriyentga elektron sertifikatining amal qilish muddati tugamasdan ushbu fan bo‘yicha test sinovini belgilangan tartibda qayta topshirish huquqi beriladi;

👉 fanni bilish darajasi bo‘yicha Davlat test markazi tomonidan berilgan milliy sertifikatga, shuningdek, chet tili fani bo‘yicha xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan abiturentlarga mazkur fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball berish huquqi saqlanadi.

Loyiha bilan to‘liq tanishish uchun:
https://regulation.gov.uz/uz/document/20241
Ⓜ️ DTM

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
TDTUning Termiz filialiga o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 5 ming dollar olgan shaxs ushlandi

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Termiz filiali o‘quv bo‘limi xodimi A.O. fuqaro S.R.ni yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Tadbir jarayonida A.O. qilgan ishidan pushaymonlik bildirib, jinoyatni fosh etishda faol yordam ko‘rsatishi haqidagi murojaatiga asosan tezkor tadbir davom ettirilganda, filial o‘quv bo‘limi assistenti J.D. fuqaro S.R.ni o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan universitet xodimi A.O. va assistenti J.D.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi «b» bandi va 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Poraxoʻrlarga alangalik salomlar 🤬

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​​​Nima sababdan xorijda davom etayotgan magistratura bosqichida o‘qishni yurtimizga ko‘chirish mumkin emas?

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot kotibi Farhod Babashev AOKA huzuridagi shtabda bo‘lgan brifingda bu savolga javob berdi.

- Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 232-bandiga muvofiq xorijiy oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar o‘qishini O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirilishiga ruxsat etilmasligi belgilangan.

Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 36-son qarori bilan tasdiqlangan Magistratura to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq magistratura talabalariga birinchi o‘quv yilining birinchi ikki oyida magistrlik dissertatsiyalari mavzulari va ularga biriktirilgan ilmiy rahbarlar tasdiqlanadi.

Magistratura talabalarining magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlash jarayoni birinchi kursning birinchi semestridan boshlanadi. Magistratura talabalari o‘qishining ko‘chirilishi natijasida ularning qolgan muddatda magistrlik dissertatsiyalarini yangidan belgilangan talablar darajasida tayyorlash imkoni mavjud emas. Yuqoridagilarga ko‘ra, magistratura bosqichida talabalar o‘qishini ko‘chirish maqsadga muvofiq emas deb hisoblanadi.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Forwarded from Talimxabarlari.uz
#Қабул2020 #DoubleDegree

Республика олий таълим муассасаларида 2020/2021 ўқув йили қабули учун хорижий олий таълим муассасалари билан ҳамкорликда ҚЎШМА ТАЪЛИМ дастурлари асосида кадрлар тайёрлаш бўйича қабул кўрсаткичлари

👉 Ўзбекистон жаҳон тиллари университети – 160 та:

- бакалавриат – 100 та
- магистратура – 60 та.

👉 Тошкент давлат педагогика университети – 175 та (бакалавриат);

👉 Тошкент давлат юридик университети – 160 та (бакалавриат);

👉 Тошкент давлат транспорт университети – 150 та (бакалавриат);

👉 Тошкент давлат стоматология институти – 348 та:

- бакалавриат – 290 та
- магистратура – 58 та.

👉 Тошкент архитектура ва қурилиш институти – 260 та:

- бакалавриат – 220 та
- магистратура – 40 та.

👉 Тошкент молия институти – 110 та:

- бакалавриат – 75 та
- магистратура – 35 та.

👉 Тошкент ахборот технологиялари университети ва филиаллари – 475 та:

- Тошкент шаҳри – 375 та;
- Самарқанд филиали – 25 та;
- Қарши филиали – 25 та;
- Нукус филиали – 25 та;
- Фарғона филиали – 25 та;
- Урганч филиали – 25 та.

👉 Тошкент вилояти Чирчиқ давлат педагогика институти – 60 та (бакалавриат);

👉 Самарқанд давлат университети - 374 та:

- бакалавриат – 240 та.
- магистратура – 134 та.

👉 Тошкент давлат иқтисодиёт университети Самарқанд филиали – 75 та (бакалавриат);

👉 Самарқанд давлат тиббиёт институти – 275 та:

- бакалавриат – 205 та
- магистратура – 70 та.

👉 Андижон давлат университети – 184 та:

- бакалавриат – 180 та
- магистратура – 4 та.

👉 Андижон машинасозлик институти – 181 та:

- бакалавриат – 175 та
- магистратура – 6 та.

👉 Бухоро муҳандислик-технология институти – 300 та:

- бакалавриат – 250 та
- магистратура – 50 та.

👉 Навоий давлат педагогика институти – 50 та (бакалавриат);

👉 Қарши давлат университети – 115 та:

- бакалавриат – 100 та
- магистратура – 15 та.

👉 Жиззах давлат педагогика институти – 100 та (бакалавриат);

👉 Жиззах политехника институти – 180 та (бакалавриат).

❗️Қўшма таълим дастурларида ўқитиш тўлов-контракт асосида амалга оширилади.

Каналга уланиш: 👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEj41EN3tdu0PU1Byg
​Magistratura kirish imtihonlarida mutaxassislik fan blokida 55 balldan kam to‘plangan abituriyent avtomatik yiqiladi

Hattoki, unda IELTS 9.0 sertifikati bo‘lsa ham mutaxassislik testida belgilangan balldan kam to‘plangan abituriyentlar tanlovda ishtirok eta olmaydilar.

Ho‘sh, joriy yilda magistratura imtihonlari qay tarzda bo‘lib o‘tadi?

Bu yilgi magistraturaga kirish imtihonlari 100% onlayn test ko‘rinishida o‘tkaziladi.

Aytishlaricha, imtihonlar 3-20 avgust kunlari oralig‘ida viloyatlar kesimida ma’lum bir oliy ta’lim muassasining belgilangan binosida kompyuterda onlayn test topshirish orqali amalga oshiriladi.

Imtihon vaqtida mutaxassilik fanidan 30 ta, ilmiy salohiyatni aniqlash bo‘yicha 10 ta va chet tilidan 25 ta, jami 65 ta test savoli tushishi kutilmoqda. Bunda abituriyentga bir vaqtning o‘zida 65ta test savoli ko‘rinadi va test yakunlangandan so‘ng yig‘gan bali ekranda paydo bo‘ladi.

Umumiy hisobda, 65 ta test savoliga 130 daqiqa vaqt beriladi.

Mutaxassislik fanidan har bir to‘g‘ri javob uchun 2,3 ball, ilmiy salohiyatni aniqlash bo‘yicha har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 ball va chet tilidan har bir to‘g‘ri javob uchun 2 baldan berilishi hamda jami maksimal 150 ball yig‘ish imkoniyati yaratilishi rejlashtirilgan. Diplom balli bilan birgalikda maksimal 250 ball yig‘ish mumkin.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​Janubiy Koreya Respulikasi talabalari Sud jarayonida mamlakatning 42 universitetidan 3500 dan ortiq talabalar ishtirok etishdi va to‘langan kontrakt pullarini 25% qaytarilishini talab qilishdi!

❓Bizning talabalarchi? Kontrakt pullari qaytariladimi?

‼️ Albatta yoʻq !


Jahon tajribasiga ko‘ra, masofaviy onlayn ta’limning kontrakt to‘lovi oflayn ta’limdan ko‘ra anchayin arzon yuradi. Lekin karantin davridagi onlayn ta’limga o‘tgan O‘zbekiston oliygohlarida kontrakt narxi 1 so‘m ham arzonlashmadi. Ho‘sh, adolatli yechim aslida qanday bo‘lishi kerak?

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
⚡️AQSH universitetlari «kontrakt to‘lovlari»ni kamaytirmoqda!

O‘zbekistonda esa narxlarni yanayam oshirmaymiz deyishdi.

O‘z talabalariga masofaviy ta’limga o‘tishni taklif etayotgan Amerika universitetlari jamoatchilik va talabalarning bosimiga duch kelyapti — ular ta’lim uchun to‘lov pulini kamaytirishni talab qilishyapti. Masofadan o‘qitishga o‘tishi munosabati bilan Jorjtaun universiteti, jamoatchilik va talabalar bosimi ostida, to‘lov pulini 10 foizga qisqartirdi. Bu haqda «Financial Times» xabar berdi.

Qariyb ikki ming nafar talaba universitet rahbariyatiga petisiya kiritgandi. Petisiyada masofadan o‘qitish fakultativ yoki amaliy mashg‘ulotlar qisqarishi yoki bekor qilinishi, talabalarning universitet kampusi resurslaridan foydalanish imkoniyati keskin qisqarishiga olib kelishi ta’kidlangan. Shunga qaramay, universitet yillik 58 ming dollarlik to‘lov tartibini saqlab qolgandi.

Petisiya mualliflarining nazarida, bunday sharoitda 58 ming dollar talab qilish borib turgan talonchilik.
Talabalarning «isyoni» oshkor bo‘lib ketgach, universitet rahbariyati to‘lov pulidan 10 foizini chegirib tashlashga majbur bo‘ldi. Prinston universiteti ham xuddi shunday chegirmani iyul oyi boshida tatbiq etgandi.

«Masofaviy ta’lim bilan kampusdagi ta’lim o‘rtasida farq borligini, albatta, tushunib turibmiz», — iqror bo‘lgandi Prinston universiteti prezidenti Kristofer Aysgruber.

Massachusetsdagi Uilyams kolleji barcha yig‘imlarni 15 foizga, ta’lim pulini esa 10 foizga qisqartirgan.
Nufuzli universitetlar esa yon bermoqchi emas: Garvard universiteti to‘lovlar kamaytirilishi haqida gap ham bo‘lishi mumkinmasligini ma’lum qilgan, Yel universiteti esa yillik to‘lovni 55,5 mingdan 57,7 ming dollarga oshirgan.

Bu kabi talabalarning noroziliklari Janubiy Koreyada ham kuzatilganligi haqida avvalroq xabar bergandik.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston oliygohlari yangi o‘quv yilida to‘lov-kontrakt narxlarini tushirish uyoqda tursin, hattoki oshirmasliklarini ta’kidlashgan.

🎓
Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
🔖Tibbiyot OTMlarida davlat granti asosida o‘qiganlar vaziyat og‘ir hududlarga yuboriladi

Respublikadagi OTMlarning «Biologiya» ta’lim yo‘nalishini tugatgan bitiruvchilar Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, Toshkent tibbiyot akademiyasi va ularning hududiy filiallari, Andijon, Buxoro va Samarqand tibbiyot institutlarida virusologiya laboratoriyasining vrach-laboranti mutaxassisligi bo‘yicha onlayn tarzda bir oylik qayta tayyorlash kurslarini o‘taydi.

Karantin tadbirlari yakuniga qadar barcha tibbiyot OTMlarining davlat granti asosida tahsil olgan bitiruvchilari 1 yilgacha bo‘lgan muddatga vaziyat og‘ir bo‘lgan hududlarga jalb qilinadi.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Abituriyent ruxsatnomasi

Hozirgi kunda abituriyentlar tomonidan Davlat test markaziga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni olish bo‘yicha ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda.

Ma’lumki, abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi” taqdim etiladi.

🔖 Unda abituriyentning shaxsiy ma’lumotlari bilan birga, test topshirish hududi, test topshiriladigan sana va vaqt, test o‘tkaziladigan bino, test topshirish smenasi va guruh raqami kabi bir qator ma’lumotlar aks etgan bo‘ladi.

❕ Ruxsatnomani shakllantirish va abituriyentlarga yetkazish uchun test sinovlarini o‘tkazish muddatlari belgilangan bo‘lishi kerak.

📅 Eslatish joizki, yurtimizda karantin cheklovlari davom etayotganligi sababli, oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish test sinovlarini o‘tkazishning aniq muddatlari hali belgilanmadi.

✅ Test sinovlarini o‘tkazish muddatlari yurtimizdagi epidemiologik vaziyat barqarorlashgandan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi.

👨🏻‍💻 Test sinovlarini o‘tkazish muddatlari belgilangach, “Abituriyent ruxsatnomasi” shakllantiriladi va abituriyentlar Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (abitur.dtm.uz) orqali ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.

📣 Test sinovlarini o‘tkazish muddatlari belgilanganda, Davlat test markazining rasmiy veb-sayti, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari va ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilinadi.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA