This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!
Iydul Azho muborak, dindoshimiz!
Barchangizni biz uchun eng ulug‘ va eng qadrli bayram – Qurbon hayiti bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!
Qurbon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!
Shunday ulug‘ kunlarga sog‘-salomat yetkazgani uchun mehribon Allohga cheksiz hamdu sanolar va maqtovlar bo‘lsin! Haq taolodan barcha ibodatlarimizni qabul aylab, ezgu maqsadlarimizning amalga oshishini iltijo qilib so‘raymiz. Qurbon hayitining fayzu barakoti qalblarimizni va xonadonlarimizni munavvar aylasin ☺️.
🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA

O‘zbekiston oliygohlari dunyo reytingida nechchi minglatikka kiradi?
Google akaning aytishicha, O‘zbekiston bo‘yicha "nomer odin" oliy ta’lim muassasasi bo‘lgan O‘zMU dunyo bo‘yicha 4080-o‘rinda ekan.
Ikkinchi o‘rinda ToshPTI Nukus filiali 5715-o‘rinni egallagan. (Qoyil, ToshPTI qolib, uning filiali yuqorilab ketibdi)
Keyingi o‘rinlarda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti hamda Samarqand davlat universitetlari 7586 hamda 8630-o‘rinlarni egallagan.
Qolgan oliy ta’lim muassasalari esa bundan ham pastki o‘rinlarda bo‘lsa kerak. Har holda Google aka nimanidir bilmasa gapirmaydi
©
🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Google akaning aytishicha, O‘zbekiston bo‘yicha "nomer odin" oliy ta’lim muassasasi bo‘lgan O‘zMU dunyo bo‘yicha 4080-o‘rinda ekan.
Ikkinchi o‘rinda ToshPTI Nukus filiali 5715-o‘rinni egallagan. (Qoyil, ToshPTI qolib, uning filiali yuqorilab ketibdi)
Keyingi o‘rinlarda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti hamda Samarqand davlat universitetlari 7586 hamda 8630-o‘rinlarni egallagan.
Qolgan oliy ta’lim muassasalari esa bundan ham pastki o‘rinlarda bo‘lsa kerak. Har holda Google aka nimanidir bilmasa gapirmaydi
©
🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Ayrim noinsoflar spam bergani uchun 90 000ga yaqin norozi talabalar yig'ilgan guruh o'chib ketdi.
Guruhga spam berganlarga xudoni o'zi insof bersin. Kimlarnidir mehnatini bir pul qilishga uringanlarga ko'rsatib qo'yish uchun ham oxirigacha boraman. Hozircha telegram moderatorlariga bu masalada shikoyat yubordik.
Yangi guruh tashkil qilindi - @TalabalarHarakati_guruhi
Ⓜ️ Talabalar harakati
🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Guruhga spam berganlarga xudoni o'zi insof bersin. Kimlarnidir mehnatini bir pul qilishga uringanlarga ko'rsatib qo'yish uchun ham oxirigacha boraman. Hozircha telegram moderatorlariga bu masalada shikoyat yubordik.
Yangi guruh tashkil qilindi - @TalabalarHarakati_guruhi
Ⓜ️ Talabalar harakati
🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yashavooor. 11-sinf oʻquvchisi bir paytning oʻzida 32ta OTM talabasi boʻldi 😳.
🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Bugun 1-avgust!
Ha, bugun 1-avgust bo‘lishiga qaramasdan poytaxt ko‘chalari bum-bo‘sh, xuddi kinolardagi tashlab ketilgan shaharga o‘xshaydi.
Lekin 4-5 yil oldin 1-avgust bunaqa emas edi. Bu kunga alohida tayyorgarlik ko‘rilar edi. Taksistlar yo‘lkira narxini besh-olti barobarga oshirib olishar edi.
Yil bo‘yi birov ishi ham bo‘lmagan etikdo‘zning ishi yurishib ketar edi, uning vazifasi shippakning ichiga imkon boricha ustalik va butun san’atini ishga solib o‘ta mohirona telefonni joylashtirish edi. Odamlar sal qolsa etikdo‘zning qabuliga yozilish uchun navbatga turishar edi.
Zangiotada chala mullalar va lo‘lilarning ishi-ku, imtihondan bir hafta oldin boshlanib ketar edi.
- Ha, qayoqqa ketyapsan?
- Zangiotaga borib bir duo olib kelaylik.
- O‘qish-chi?
- O‘qish to‘xtab turadi, Zangiota ruhlarini shod qilmasak, o‘qishga kirolmas ekanmiz. 😂😂
Tilamchi lo‘lilarning ham duolarida o‘zgarishlar bo‘lar edi, “Eng katta o‘qishlarga kirib keting, imtihonda savollar oson tushsin, ko‘zingizni yumib ishlab chiqing” shunga o‘xshash 😂
Milisiya amakilar ham aynan shu kuni ishni qilib qolishar edi, hatto milisiyalargacha x-variant sotishar edi, ular ham ertalabdan o‘lja izlab ko‘chaga chiqqan yirtqichdek harakat qilishar edi.
Kimdir bunkerga kirib ketgan, kimdir x-variant izlagan, ota-onalar, bobo-momolar abituriyentlardan ko‘ra ko‘proq harakat qilishar edi.
Kimdir esa o‘sha chekka bir qishlog‘idan faqat bilimigagina ishonib kelgan va o‘sha x-variantchilarni ko‘ziga ko‘rsatib qo‘yar edi.
Ishqilib 1-avgust universitet farroshigacha pul qiladigan kun edi. Korrupsiya miqyosini tasavvur qilyapsizmi? Lo‘ligacha “leviy” qiladigan tizim yo‘q bo‘ldi.
To‘liq yo‘q bo‘ldi deb ayta olmayman, chunki hali DTM va Davlat qabul komissiyasining boshida o‘zgarishni xohlamaydigan, har qanday yangilikni o‘zlariga dushman deb biladigan “dinozavr”lar bor ekan, bu tizim hali ham kimlargadir katta daromad manbai bo‘lib qolaveradi.
Bugun 1-avgust - hech qanday kun. Uyda o‘tir. Pandemiya. Karantin. 😂
Ⓜ️ Tentakminds

Kontrakt narxini nega arzonlatish kerak?
Yangi o‘quv yilida ham darslar onlayn tarzda boshlanishi ortidan O‘zbekiston talabalari ijtimoiy tarmoqlarda "namoyish harakatlari"ni boshlab yuborishdi. Eng sara fikrlarni sizlar bilan baham ko‘ramiz:
M. Muhiddinovna
Ho‘sh... Bozorga chiqsak tovarni narxga mutanosibligiga e’tibor qilamiz. Pulimizni bekorga sovurmaymiz. Chunki ISRROF - HAROM ekanini yaxshi bilamiz.
Sifat narxga mos bo‘lmasa ham sotib oladigan odam yoki aqli rivojlanmagan yoki pulini qayerga qo‘yishini bilmaydigan (aslida puli cho‘ntagiga sig‘mayotganlar ham bunday qilmaydi) sog‘lom fikrga ega bo‘lmagan shaxsni ishi.
Bizchi? O‘qiyveramiz!
Oliy ma’lumot olish hammaga ham emas, davlatimizga ming rahmat! O‘qishga kirganimizga SHUKR! Bu kunlarga yetmaganlar qancha...?!
Ne ko‘yga solishsa ham bitirib ketsak, bir parcha diplomni olsak bo‘ldidaa!!!
Kimga kerak ortiqcha muammo to‘g‘rimi ?
Andishasizlikka yo‘ymanglaru, hammasi bir tiyinga qimmat! Gruppada abituriyentlar bo‘lsa takror-takror o‘qib oling, Oliy ta’lim tizimimiz uxlamasdan bedor bo‘lib o‘qishingizga, bezovtalanib o‘ylanishingizga , mobodo kira olmay qolsangiz dunyolarni ko‘zlaringizga tor bo‘lishiga ARZIMAYDI !!! ARZIMAYDI ARZIMAYDI!!!

BUGUN BRIFING!
Bugun AOKA binosida soat 13:00 vaqti Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot kotibi Farhod Babashev ishtirokidagi brifing bo‘lib o‘tadi.
Bugun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi vakolatidagi savollar, jumladan, magistratura qabul yakunlari, o‘qishni ko‘chirish va tiklash masalalari, shuningdek, ikkinchi va undan keyingi ta’limga qabulning qachon boshlanishi, ijodiy imtihonlardagi o‘zgarishlar hamda shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p muhokamaga sabab bo‘layotgan to‘lov kontraktni arzonlatish haqidagi eng muhim savollarga javob beriladi degan umiddamiz!
Brifing UzReport TV telekanalida to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatiladi.

#brifing
Magistraturaga eng ko'p xorijiy tillar, axborot texnologiyalar va iqtidodiyot yo'nalishlari bo'yicha hujjat topshirgan.
O'zbekiston Milliy universiteti eng ko'p hujjat qabul qilgan!

Magistratura imtihoni qachon bo'lib o'tadi?
Magistratura kirish imtihonlarining savollari qaysi fanlardan tuziladi?
Batafsil: oliygoh.uz/alw
🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Magistratura kirish imtihonlarining savollari qaysi fanlardan tuziladi?
Batafsil: oliygoh.uz/alw
🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Bugun AOKA huzuridagi shtabda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati rahbari Farhod Babashev ishtirokida brifing o‘tkazildi.
Savol: 30 iyul kuni magistr.edu.uz veb-sayti orqali magistraturaga ariza topshirish yakunlandi. Shu saytga qancha ariza kelib tushdi? Ularning tahlili bormi?
Javob: Magistraturaga kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun 78 000 dan ortiq onlayn ariza topshirildi. Bu 2018 yilga nisbatan 7 barobar, 2019 yilga nisbatan 3 barobar ko‘p.
✅ Eng katta tanlov — xorijiy tillar, axborot-kommunikasiya texnologiyalari va iqtisodiyot mutaxassisliklariga to‘g‘ri keladi.
📑 Masalan, Farg‘ona davlat universitetida xorijiy tillar mutaxassisligida bir o‘ringa — 105 ta hujjat topshirilgan. Toshkent axborot texnologiyalari universitetining kompyuter injeniringi mutaxassisligida — bir o‘ringa 68 ta hujjat topshirildi. Iqtisodiyotda — bir o‘ringa 45 ta talabgor hujjati topshirilgan.
📈 Eng ko‘p hujjat topshirilgan oliy ta’lim muassasalari — O‘zbekiston milliy universiteti (6077 ta), Samarqand davlat universiteti (3651 ta) va Termiz davlat universiteti (3403 ta).
Savol: Xorijda o‘qiyotgan talabaning o‘qishi ko‘chirilmasligiga nimalar sabab bo‘lishi mumkin?
Javob: O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasasiga quyidagi holatlarda o‘qishni ko‘chirishga ruxsat etilmasligi belgilab qo‘yilgan:
🔘 davlat akkreditasiyasidan o‘tmagan oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotganlarga;
🔘 masofaviy (onlayn) ta’lim shaklida tahsil olayotganlarga;
🔘 xorijda o‘qiyotgan oliy ta’lim muassasasi tomonidan talabaning o‘qishi to‘g‘risidagi so‘rovnomaga salbiy javob olingan taqdirda.
👨🏻💻 Kunduzgi, sirtqi, kechki ta’lim shakllari va qo‘shma dasturlar asosida tahsil olayotgan talabalarning o‘qishini ko‘chirishga oid ma’lumotlar vazirlik telegram kanalida yoritib borilmoqda.
Savol: O‘qishimni ko‘chirish uchun transfer.edu.uz saytiga hujjatlarim to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritdim. Ammo mening hujjatlarimni qaytarishdi. Nima qilishim kerak?
Javob: Tizimga kiritilgan har bir hujjat mutaxassislar tomonidan sinchiklab o‘rganilib, to‘g‘ri kiritilgan hujjat qabul qilinadi. Noto‘g‘ri kiritilgan hujjatlar qaytariladi.
🔻Aksariyat hujjatlar quyidagi sabablarga ko‘ra to‘g‘rilab qayta yuborish uchun qaytarilmoqda:
🔎 pasport nusxasida doimiy yashash manzili qayd etilgan sahifa to‘liq yoki sifatli yuklanmaganda. Zero, o‘qishni ko‘chirish to‘g‘risidagi murojaatlarni ko‘rib chiqishda talabaning doimiy yashash manzili asoslovchi sabablardan biridir;
🔎 OTMda o‘qiyotganlik (o‘qiganlik) to‘g‘risidagi belgilangan shakldagi hujjat (akademik ma’lumotnoma, reyting daftarchasi yoki transkript) nusxasi to‘liq yoki sifatli yuklanmagan;
🔎 o‘qigan (o‘qiyotgan) OTM yoki ta’lim yo‘nalishi nomi to‘liq kiritilmagan;
🔎 mavjud bo‘lmagan OTM yoki ta’lim shakli yoki ta’lim yo‘nalishiga ko‘chirish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tilgan.
✏️ O‘qishini ko‘chirish (tiklash) bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan ammo arizalari dastur orqali rad etilgan fuqarolardan qayd etilgan kamchiliklarni qisqa muddatda to‘g‘irlab qayta jo‘natishlari so‘raladi.
❗️Eslatib o‘tamiz: tizimga kiritilgan hujjatlarni o‘rganish 5 avgust kunidan keyin ham davom etadi. Ammo yangi hujjat qabul qilinmaydi.
👁🗨 Shu bilan birga, ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolardan o‘zlarining shaxsiy kabinetlariga kirib (ro‘yxatdan o‘tishdagi login va parol orqali) arizalarining ko‘rib chiqilish holatlarini doimiy kuzatib borishlari so‘raladi.

Avval ma’lum qilinganidek, bugun AOKA huzuridagi shtabda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati rahbari Farhod Babashev ishtirokida brifing o‘tkazildi.
Savol: Magistraturaga hujjat topshirdim. Kirish imtihoni to‘g‘risida batafsilroq axborot bersangiz.
Javob: Kirish imtihonlari mutaxassislik fani va xorijiy tildan — test ko‘rinishida bo‘ladi.
❗️Mutaxassislik fani imtihonida bakalavriatda o‘rganilgan mutaxassislik fanidan tashqari ilmiy-pedagogik layoqatni va IQ darajasini aniqlashga qaratilgan testlar ham kiritiladi.
⏳ Kirishi imtihonlarini 3 avgustdan boshlash rejalashtirilgan edi. Barchangizga ma’lum, pandemiya rejalarimizga o‘zgartirishlar kiritmoqda. Shu boisdan magistraturaga qabul imtihonlari vaqti ham Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Savol: O‘zbekiston fuqarosiman, xorijiy davlatda tahsil olaman. O‘qishimni O‘zbekistondagi OTMga ko‘chirishda amaliy yordam ko‘rsatishingizni so‘rayman.
Javob: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Transfer.edu.uz sayti orqali yoshlarni o‘qishlarini kuchirish uchun arizalarini onlayn qabul qilish yo‘lga qo‘yilgan.
🗓 Joriy yilning 5 avgustigacha Siz ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.
Savol: Men 1-bosqichni tamomlaganman. Boshqa oliy ta’lim muassasasiga o‘qishimni ko‘chirmoqchiman. Transfer.edu.uz platformasi orqali ma’lumotni to‘ldirayotganimda nechanchi bosqich deb tanlayman: 1-bosqichmi yoki 2-bosqichni tanlaymanmi?
Javob: Agar birinchi bosqichni tugatgan bo‘lsangiz, Transfer.edu.uz platformasi orqali ma’lumotni to‘ldirishda 2-bosqich deb tanlaysiz.
Ya’ni, talaba qaysi kursga o‘tgan bo‘lsa, shuni ko‘rsatadi.
📎 Misol uchun, 1-kursni tugatgan bo‘lsangiz, 2-kursni tanlaysiz, 2-kursni tugatganlar 3-kursni, uchinchi kursni tamomlaganlar esa 4-kursni ko‘rsatadi.

7 daqiqa bo'lib o'tgan brifing. Rekord o'rnatildi!
🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
G, E, H, LTE nimaligini bilmaganlar uchun ajoyib qõllanma 😄.
🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Oliy ta'lim vazirligi kar va ko'r tashkilot ekanligini hamma biladi. Shu sababli karantin sabab aholi daromadi yo'qolganini bilishsa ham kontrakt summasini tushurishmayapdi.
Ikkinchidan, masofaviy ta'lim sistemasi bizda qanday tashkillashtirilganligini hamma biladi. Bu shunchaki talabalarni ustidan kulish hisoblanadi. Moodle tizimi eng qoloq tizim davlat darajasidagi tashkilot uchun.
Uchinchidan, talabalar online tarzda o'zlarini o'zlari o'qitishmoqda, ya'ni ular universitetning infrastrukturasidan, domlalarini bilimidan umuman foydalanishmayapdi. Nega o'zini o'qitayotgan odam birovga pul to'lashi kerak qiziq.
To'rtinchidan, Oliy ta'limdagilar biladi ko'plab talabalar diplom uchungina pul to'lashini va shu sababli ham kontrakni ko'taraverishadi. Diplomli savodsizlarni bu xalqqa nima foydasi bor?
Beshinchidan, Oliy ta'lim vazirligini talabalar bilan debatga chorlashimiz kerak. O'tgan yilgi debatda demagoglar qochib qutilgandi bu safar yanada ezilgan talabalar endi osonlikcha ularni yolg'onlarini tinglamaydi.
Oltinchidan, barcha talabalar birlashib shunchaki umuman kontraktni to'lashmasagina yutib chiqishadi bu kurashda, boshqa yo'l yo'q. Norozilikning Gandicha usulini qo'llash lozim. Tinch norozilik teng kontraktni birlashib to'lamaslik.
P.S. o'z kontraktimni o'tgan yili to'lab qo'yganman 4-kursnikini ham to'liq. Men bu postda kambag'al qatlamni o'ylab yozdim. Hamma talabalar ham bunaqa qila olmaydi. Afsus bunga.
Facebookdan olindi

Qanday hollarda xorijda o‘qiyotgan talabalarning o‘qishi O‘zbekistonga ko‘chirilmaydi?
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati rahbari Farhod Babashevning aytishicha, xorijda o‘qiyotgan oliy ta’lim muassasasi tomonidan talabaning o‘qishi to‘g‘risidagi so‘rovnomaga salbiy javob olingan taqdirda va boshqa holatlarda O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga quyidagi holatlarda o‘qishni ko‘chirishga ruxsat etilmasligi belgilab qo‘yilgan:
👉 davlat akkreditasiyasidan o‘tmagan oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotganlarga;
👉 masofaviy (onlayn) ta’lim shaklida tahsil olayotganlarga;
👉 xorijda o‘qiyotgan oliy ta’lim muassasasi tomonidan talabaning o‘qishi to‘g‘risidagi so‘rovnomaga salbiy javob olingan taqdirda.
Oliy ta’lim vaziri matbuot kotibi Transfer.edu.uz sayti orqali o‘qishni ko‘chirish uchun arizalarni onlayn qabul qilish yo‘lga qo‘yilgani, talabgorlar 5 avgustigacha ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkinligini ma’lum qildi.
2020–2021-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishini ko‘chirish (tiklash) istagini bildirgan fuqarolardan arizalar (hujjatlar) onlayn qabul qilinmoqda. Qabul qilingan aksariyat hujjatlar quyidagi sabablarga ko‘ra kamchiliklarni to‘g‘rilab qayta yuborish uchun qaytarilmoqda:
👉 pasport nusxasi (doimiy yashash manziliga ro‘yxatga qo‘yilgan beti bilan birga) to‘liq yoki sifatli yuklanmagan (zero o‘qishni ko‘chirish to‘g‘risidagi murojaatlarni ko‘rib chiqishda talabaning doimiy yashash manzili asoslovchi sabablardan biridir);
👉 OTMda o‘qiyotganlik (o‘qiganlik) to‘g‘risidagi belgilangan shakldagi hujjat (akademik ma’lumotnoma yoki reyting daftarchasi yoki transkript) nusxasi to‘liq yoki sifatli yuklanmagan;
👉 o‘qigan (o‘qiyotgan) OTM yoki ta’lim yo‘nalishi nomi to‘liq kiritilmagan;
👉 mavjud bo‘lmagan OTM yoki ta’lim shakli yoki ta’lim yo‘nalishiga ko‘chirish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tilgan.
Oliy ta’lim vazirligi o‘qishini ko‘chirish (tiklash) bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan ammo arizalari dastur orqali rad etilgan fuqarolardan qayd etilgan kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etgan holda kamchiliklarni to‘g‘irlab qayta jo‘natishlarini so‘ragan. Shu bilan birga, ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolardan o‘zlarining shaxsiy kabinetlariga kirib (ro‘yxatdan o‘tishdagi login va parol orqali) arizalarining ko‘rib chiqilish holatlarini doimiy kuzatib borishlarini eslatib o‘tgan.

#Rasman
📌 Agrar sohadagi OTMda kredit-modul tizimi joriy etiladi
“Agrar ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–4795, 30.07.2020 y.) qabul qilindi.
🔰 Qarorga muvofiq, 2020/2021-o‘quv yilidan boshlab quyidagilar joriy etiladi:
🔸 agrar ta’limda bakalavriat yo‘nalishlarida kredit-modul tizimiga bosqichma-bosqich o‘tiladi. Bunda, ta’limning kredit tizimida haftada 5 kunlik o‘qish hamda shanba kunini mustaqil o‘zlashtirish kuni deb belgilash;
🔸 xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturlarining o‘quv rejalari va fan dasturlarini agrar soha OTMlari tomonidan xorijiy hamkorlar bilan kelishilgan holda mustaqil tasdiqlash;
🔸 qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish sohasi uchun magistraturada o‘qish muddatini 1 yil, ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi iqtidorli talabalar uchun 2 yil etib belgilash;
🔸 Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi OTMlarga sohada 5 yillik stajga ega bo‘lgan xodimlarni tavsiyanoma asosida o‘qishga tavsiya etilganda o‘qish muddatini sirtqi ta’lim shaklida 4 yil etib belgilash hamda to‘lov-kontrakt miqdorini kunduzgi ta’lim yo‘nalishidagi to‘lov-kontrakt (stipendiyasiz) miqdoriga tenglashtirish;
🔸 tajriba-sinov tariqasida, Toshkent davlat agrar universitetida bakalavriat yo‘nalishlarining sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha masofaviy ta’lim olish tizimini bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yish;
🔸 xorijiy fuqarolar uchun to‘lov-kontrakt miqdorini, istisno tariqasida, ikki barobarga kamaytirish;
🔸 bakalavriat yo‘nalishida kasbiy ta’lim bo‘yicha kadrlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish.
🏢 Shuningdek, qaror bilan, Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi “Agroinnovasiya” DUK va Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi “Gʻo‘za urug‘chiligi markazi” negizida Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar Milliy markazi tashkil etildi.
✅ Sohaga yangi ilmiy va innovasion yutuqlarni, raqamli texnologiyalarni joriy etish, qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar tizimi (AKIS) strategiyasini amalga oshirish Milliy markazning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

❓15-avgustdan keyin O‘zbekistonda karantin cheklovlari yumshatilishini kutish mumkinmi?
✅ Mazkur savolga Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov javob berdi.
❗️ Agar hammasi rejadagidek ketsa karantin cheklovlari yumshatiladi va katta ehtimol bilan, abituriyentlarning kirish imtihonlari ham 15-avgustdan keyin boshlanadi!
🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
✅ Mazkur savolga Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov javob berdi.
❗️ Agar hammasi rejadagidek ketsa karantin cheklovlari yumshatiladi va katta ehtimol bilan, abituriyentlarning kirish imtihonlari ham 15-avgustdan keyin boshlanadi!
🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Imtihonlar ochiq osmon ostidagi maydonlarda oʻtkazilishi mumkin!
Insayderlarning aytishicha, 15-avgustdan keyin karantin choralari yumshatilgach , kirish imtihonlari usti ochiq katta maydonlarda (masalan, stadionlar) 2 ta, ertalab va kechki smenada oʻtkazish yuzasidan tegishli loyiha tayyorlanmoqda.
Albatta karantin qoidalari asosida.
Umid qilamizki, oʻsha kunlarda yomgʻir yogʻib qolmaydi va ob-havoning injiqliklari kuzatilmaydi!
Bu loyiha har tomonlama eng optimal yechimdir. Yopiq binolardan koʻra, ochiq maydonlarda virus tarqalishining oldi olinish samarasi yuqoriroq. Avvalroq, Janubiy Koreyadagi sugʻurta agentliklari xodimlarining attestatsiya imtihonlari ochiq maydonda oʻtkazilgani haqida xabar bergandik . Huddi shu tartib DTM imtihonlarida ham joriy qilinishi kutilmoqda.
©@talimxabarlari

Ikki vazir diqqatiga:
"Biz o‘qishni istaymiz, yashashni ham!.. "
Hozir hech kimgayam oson tutib bo‘lmaydi. Qancha odam uyda ishsiz o‘tiribdi. Yana ko‘pchilik majburiy mehnat ta’tiliga chiqarib yuborilgan. Qora qozon esa qaynab turishi kerak...
Orzu-havaslar ortga surib qo‘yilganiga-ku ancha bo‘ldi. Biroq eng muhim ehtiyojlardan qochib bo‘larmidi?! Qolaversa, majburiyatlar ham bor. Shulardan biri --- kontrakt to‘lovlari.
O‘qish mavsumi yaqinlashgani sayin universitetu institutda farzand o‘qitayotgan aksariyat ota-onalarning xavotiri ortyapti.
Hatto yaqinda talabalar ijtimoiy tarmoqlarda #talabalarharakati ni boshlashibdi. Ularning talabi asosli --- OTMlarda ta’lim masofaviy shaklga o‘tkazilayotgan ekan, nega kontrakt to‘lovlari narxi tushirilmasligi kerak?!
Ayni shu masalada kanalimizga ham murojaatlar kelib tushmoqda. Ulardan birini qisqartirilgan holda e’tiboringizga havola qilyapmiz:
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim hamda moliya vazirlariga qaratilgan bu ochiq murojaatimiz ularning e’tiborini tortar, degan umiddamiz... Yaqinda kun.uz saytida o‘qib qoldim, Oliy ta’lim vazirligining hali kontrakt summasini o‘zgartirish niyati yo‘q emish.
Ikkinchi semestrni onlayn tugatdik. Dabdala bo‘ldi. Masofaviy ta’lim platformasida texnik nosozliklar bo‘lib turdi. Chekka hududlardagi talabalar internet sifati pastligidan onlayn mashg‘ulotlarga qatnasha olmadi ham.
Men Andijon viloyatidanman. Mana, yana masofaviy o‘qir ekanmiz. Lekin internet sifatini yaxshilamasdan turib, ta’limning onlayn shaklga o‘tkazilishi qanchalik to‘g‘ri?
Bundan tashqari, yangi o‘quv yili onlayn shaklga o‘tkazilar ekan, kontrakt summasini ham tushirish adolatdan bo‘ladi. Albatta, biz o‘qishni istaymiz, lekin yashashni ham!..
Chet el tajribasini o‘zlashtirishga usta rahbarlarimiz bu taklifimizni ham jiddiy o‘ylab ko‘rishar balki...
Ⓜ️ Platforma.uz