Talaba.uz | Ta'lim portali
5.48K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
#eslatma

​​📌 Anglashilmovchiliklar bo'lmoqda. Yuqori kurslarga onlayn, qolganlarga an'anaviy dars bo'lar ekan degan tushuncha paydo bo'lmoqda.

Yuqori kurslar deganda bakalavrning 2-3-4-kurslari, magistraturaning 2-kurslari nazarda tutilgan. Chunki birinchi kurslar hali o'qishga qabul qilingani yo'q, ularga imtihon bo'lib o'tgani yo'q. Qachon bo'lishi noma'lum, balki kuzda bo'lar. Shuni hisobiga hozirda talaba hisoblangan barcha, sentabrdan o'qishini onlayn boshlaydi.

🎓 Talabalar rasmiy kanali
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​​​O‘qishini ko‘chirish uchun onlayn ariza topshirgan talabalar diqqatiga!

☝Xabaringiz bor, kecha o‘qishni ko‘chirish, tiklash hamda ko‘chirib tiklash bo‘yicha ariza topshirishning oxirgi kuni edi. Bugun juda ko‘pchilik talabalar ushbu savol bilan murojaat qilishmoqda:

“Transfer.edu.uz platformasida mening shaxsiy kabinetimda shunday yozuv 4 kundan buyon turipti. Bu nima degani mening arizam ko‘rib chiqildimi? Agar 5 avgustdan so‘ng xujjatlarda kamchilik bor deyilsa uni o‘zgartira (to‘g‘rilay) olamanmi?”

✅ JAVOB: Hozirgi vaqtda topshirilgan hujjatlar mutaxassislar tomonidan dastlabki ekspertizadan o‘tkazilmoqda. Sodda qilib aytganda, talab etilgan hujjatlar nusxasi to‘liqligi, to‘g‘riligi va nusxa sifati ko‘rib chiqilmoqda.

Masalan,
👉 pasportingiz 1-sahifasi bor, biroq propiska belgilangan sahifasi yo‘q;
👉 sinov daftarchasi nusxasi, akademik ma’lumotnoma yoki transkript o‘rniga boshqa hujjat yuklangan;
👉 hujjatlar sifatsiz nusxalangan, ulardagi ma’lumotlarni o‘qish qiyin va boshqalar.

Izoh: Yuqorida sanab o‘tilgan kamchiliklar mavjud bo‘lmagan, 5-avgust 23:59 ga qadar topshirilgan arizalar “qabul qilinadi”, kamchiliklari mavjud bo‘lgan arizalar esa sabablari ko‘rsatilgan holda “rad etiladi" statusiga o‘tkaziladi.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
⚡️⚡️⚡️ Imtihonlar sentyabr oyida bo‘lishi mumkin!

Aytishlaricha, kirish imtihonlari 5-20 sentyabr kunlarida o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

❗️Xabarni maksimal hammaga tarqating, bizni kuzatib boring!

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​​​Esimda, Shavkat Mirziyoyev o‘z chiqishlaridan birida «Biz ongli ravishda odamlarni ongsiz qilishga urindik», deb aytib o‘tgan edi. Bugungi holatni o‘sha siyosatning davomi deb baholashga haqimiz bor. Millatning kelajagiga befarq bo‘lgan rahbarlargina talabalarning kontrakt narxlarini otning kallasidek qilib qo‘yadi. XTV negizidagi har qanday islohot, har qanday harakat va mehnat, toki kontrakt summalari normallashtirilmagunicha, qadri bilinmaydi. Buni tushunish uchun professor bo‘lish shart emas, nazarimda.

Tushunaman, deputatlarimizning bunaqa mayda ishlar bilan shug‘ullanishga vaqtlari va toqatlari yo‘q, ular ayni vaqtda ham ko‘p ehtimollar bilan qandaydir muhim ishlar bilan band bo‘lishlari mumkin. Masalan, Ramzan Kadirov tushirilgan yangi futbolkani topib kiyish yoki qaysidir blogerni qoralash kampaniyasida qo‘ldan kelgancha yordam berib ishtirok etish, yoxud karantin davrida hukumatimiz tomonidan olib borilgan oqilona xatti-harakatlar to‘g‘risida katta konspekt yozish... Shunday bo‘lsa-da, o‘zimda jur’at topib, ularni biroz turtib qo‘yishga ijozat so‘ramoqchiman.

Hurmatli, xalq vakillari! Sizlar bexabar qolib ketganga o‘xshaysizlar, bugungi kunlarda yurtimiz bo‘ylab bir necha mingta talabalar Telegramda «Talabalar harakati» nomli gruppada birlashib, hukumatga kontrakt narxlarini arzonlashtirish borasida murojaat bilan chiqishmoqda. Ular tushkunlikka tushgan, bugungi siyosatdan qattiq g‘azabda. Talabalar — yurt kelajagi! Ularga yordam bering. Shu masalani kun tartibiga ko‘taring. Hukumatga kontraktlar narxlarini arzonlashtirish bo‘yicha aniq va ravshan takliflar kiriting.

Men bu haqda yozmas edim, zero oldinlari ham ta’kidlaganimdek, o‘zim tushunmagan mavzularga aralashishni yoqtirmayman. Ammo bugun ijtimoiy tarmoqlarda ushbu guruh adminlariga bosim bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Shundan so‘ng men har doimgidek, inson huquqlari poymol bo‘layotgani to‘g‘risida yozishga ahd qildim. Tanqid va e’tirozlarni to‘g‘ri qabul qila olmaydigan hukumat hech qachon fuqarolik jamiyatini qura olmaydi. Yo asling kabi ko‘rin, yoki ko‘ringaning kabi bo‘l...
Ⓜ️ fayzboguz

P.S: Afsus talabalarni sindirishdi. Guruh ham yopildi kanal ham. Rahmat sizlarga kattakon tepada kursisiga yopishib qolganlar.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Forwarded from Talaba.uz | Ta'lim portali
ASSALOMU ALAYKUM!

Jilmayib tong otdi, o‘zgacha bu kun,
Umid qil, Rahmondan degandek bugun.
Ming kundan afzaldir, ming kundan uzun,
Alloh muborak qilgan JUMAdir bugun!

🌙 JUMA MUBORAK!

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oliy ta'lim muassasalariga qabul jarayonlari haqida

Bu yil imtixonlar markaziy stadionlarda bo'lib o'tadi.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
XOR BO‘LGAN ISTEʼDODLAR

1980 yillar. Bir yigit Leningrad Davlat Universitetini bitirib aspiranturaga topshiradi. O‘sha vaqtlarda aspirantlarga beriladigan stipendiya miqdori — 100 rubl edi. Kirov nomli zavoddagi oddiy chilangar yoki tokarning oladigan oyligi esa aspirantning stipendiyasidan bir necha barobar ortiq edi.
Pulsizlik va yosh xotinining xarxashalari nihoyat aspirantning joniga tegib, u aspiranturani tashladi. O‘sha zavodga borib ishga joylashmoqchi bo‘ldi.
Odatga ko‘ra, zavodning kadrlar bo‘limida undan ma’lumoti haqida hujjat so‘rashdi. Unda esa bor-yo‘g‘i sakkizinchi sinfni bitirganlik haqida attestat bor edi xolos. U davrlar ma’lumot olish uchun «jiddiy» qaralar edi. Shuning uchun yigitni kechki maktabga majburan o‘qishga yuborishdi. Qaxramonimiz bu taklifga qarshilik ham qilib o‘tirmadi. Haftada bir marta oylik to‘lanadigan dam olishning hech zarari yo‘q edi-da.
Ammo, buning bitta «lekin»i bor edi. Kechki maktabda aspirant o‘zini ovsarga solib olishiga to‘g‘ri kelardi. Bu ishni esa, «kamchatka»da o‘tirib olib amalga oshirish unchalik ham qiyin emas edi. Uning yonida piyonista-bog‘bon o‘tirar edi. U dars davomida doim uxlashni yaxshi ko‘rar edi.

Bir kuni o‘qituvchi aylananing maydoni «Pi»ning radius kvadratining ko‘paytmasiga teng kelishini tushuntirayotgan edi. Sobiq aspirant esa o‘qituvchini eshitmas edi. O‘qituvchi unga alohida dars berib qo‘ymoqchi bo‘ldi. Unga asta yaqinlashib baland ovozda so‘radi:

-- Doiraning maydoni nimaga teng ekan?

O‘zining aspirantlik ilmiy ishi bilan fikri band bo‘lib turgan aspirant yigit kutilmagan bu savoldan sal dovdirab: «Pi...» deya gap boshladi. (bu aslo ruscha so‘kish so‘zi emasdi aslida. Bu grekcha «Pi» harfi bo‘lib, aylananing uzunligini radiusga nisbatini belgilagan). Sinfdagilar ro‘baro‘laridagi sinfdoshlarining bu so‘zini ahmoqlikka yo‘yib, mazza qilib xoxolab kulishdi.

O‘qituvchining uni jinniga chiqargudek noma’qul tanbehlaridan, hatto uni shu maktabga o‘qituvchi o‘laroq badarg‘a qilgan Yaratuvchiga til tekkizib koyishlaridan g‘azabga kelgan yigit chidab turolmadi. Shartta o‘rnidan turib doskaga yaqinlashdi. Melni qo‘liga olib, doskaning bir chetidan boshlab ikki va uch integralli misollar bilan integral belgisi ostida nihoyatda mohirlik bilan aylananing yuzasini topish formulasini tasvirladi va aylana-doiraning maydoni aslida PiEr kvadrat emas, aynan «Pi» ekanini, buni o‘rta maktab o‘quv qo‘llanmalarida xato yozilganini ajoyib tarzda isbotlab berdi. Sinfdagi ishchi-o‘quvchilar go‘yo gipnoz qilingandek, doskada yozilgan tushunarsiz formula va terminlarga tikilgancha qotib qoldilar. Shok holatiga tushgan o‘qituvchi esa, bazo‘r ovozini chiqarib pichirladi: «Nahotki bu mumkin bo‘lsa?» U bu so‘zni u yerdagilarga emas, havoga aytayotgandek edi.

Shu payt, hozirgina hurrak otib uxlayotgan aspirantning bog‘bon partadoshi, doskaga jahl bilan urilayotgan melning ovozidan uyg‘onib ketdi shekilli, boshini ko‘tarib doskadagi yozuvlarga tez ko‘z yugurtirib chiqdi va dedi:
-- Birodar, ho‘v anavi uchinchi qatorning chap tomonidagi ikkilik integral belgisining ostidagi nihoyaviy o‘tishning bunday usuli taqiqlangan. U bu misolga mos kelmaydi....

Aspirant bog‘bon sherigining g‘oyat o‘rinli tanbehini to‘g‘ri qabul qildi va doskadagi formulani to‘g‘rilab qo‘ydi...
©Shoolim Shomansur tarjimasi. Facebookdan olindi.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​Prezident Shavkat Mirziyoyev 6-avgust kuni joriy yilda oliy ta’lim muassasalariga qabulni tashkil qilish va 2020-2021-o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilishda test sinovlarini abituriyentlar va nazoratchilar uchun epidemiologik xavfsizlikni ta’minlash imkonini beradigan joyda o‘tkazish kerakligi qayd etildi.

Test sinovlarini Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar markazlaridagi stadionlarda tashkil etishga topshiriq berildi.

Test sinovlari kuniga 2 marta (havo salqin paytda) o‘tkazilib, taxminan 12-14 kunda yakunlash mumkinligi qayd etildi.

Mutasaddi vazirlik va idoralarga stadionlarni test sinovlariga puxta tayyorlash, ularning dislokatsiyasi bo‘yicha abituriyentlarni to‘liq xabardor qilish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Davlatimiz rahbari imtihonlarning sanasini Sog‘liqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologiya xizmatining epidemiologik vaziyat borasidagi xulosasidan kelib chiqqan holda belgilash, aholi salomatligiga xavfsizligini ta’minlash lozimligini ta’kidladi.

Test sinovlarini shaffof holda o‘tkazish uchun, yoshlarni ortiqcha sarson qilmaslik maqsadida Ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi, hokimliklar, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Davlat xavfsizligi xizmati tomonidan zarur choralar ko‘rilishi belgilandi.
Ⓜ️ DTM

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oliy ta’lim tizimidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi

Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Rasman
📌 Test sinovlari 2-sentabrdan boshlanadi. 14 kun davom etadi.

Bu haqda AOKA zalida bo‘lib o‘tayotgan matbuot anjumanida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri birinchi o‘rinbosari O‘ktam Salomov ma’lum qildi.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Oliy ta’lim muassasalariga qabulni tashkil qilish masalalari bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

2020-yil 7-avgust kuni soat 16:00 da Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi binosida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Matbuot anjumani Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 6-avgust kuni bo‘lib o‘tgan joriy yilda oliy ta’lim muassasalariga qabulni tashkil qilish va 2020-2021-o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish masalalari bo‘yicha yig‘ilishda belgilangan vazifalarga bag‘ishlandi.

Unda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Davlat test markazi vakillari ishtirok etdi.

Matbuot anjumanida joriy yilda oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlar qabulini tashkil qilish va 2020-2021-o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish masalalari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.

Jumladan, test sinovlari Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlaridagi stadionlarda tashkil etiladi.

Jarayonlar videokuzatuv ostida onlayn translatsiya qilinib, shaffoflik ta’minlangan holda o‘tkazilaladi. Shuningdek, abituriyentlarni kiritishda va shaxsini aniqlashda shaxsni identifikatsiyalash vositalari (videofiksatsiya, barmoq izi skaneri) dan foydalaniladi.

Test sinovlari 2-sentabrdan boshlanadi va kuniga 2 marta (havo salqin paytda) o‘tkazilib, 14 kunda yakunlanadi.

Abiturientning test sinovida to‘plagan ballari haqidagi ma’lumot test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasiga, uning talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani bo‘yicha belgilangan tartibda tasdiqlangan tanlov natijasi test sinovlarini o‘tkazish jarayoni to‘liq yakunlangandan keyin bir hafta muddat ichida Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Matbuot anjumani yakunida OAV vakillarining savollariga batafsil javob berildi.
Ⓜ️ DTM

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#achchiq_haqiqatlar
#abituriyentlarga

⚫️ 5-sinf bola men kelajakda Diplomatiyaga topshiraman deb matematikani, kimyoni, biologiyani “yig‘ishtirib”, o‘zini 3ta blokdan tayyorlanishga uradi.

⚫️ Yaqinda tarix kitobimni qo‘limga olib, hayron qoldim. Nahotki ularda shuncha siyosiy bilim jamlangan? Men kitobni o‘qimagan, shunchaki testga tushsa deb ko‘r ko‘rona yodlagan ekanman. Esiz umrim. Esiz umrlar...

⚫️ Nimaga biz “O‘tkan kunlar”ni ma’naviy ozuqa uchun emas Otabekning onasining ismi testga tushib qolar, deb o‘rgandik?

⚫️ Nimaga o‘zi meditsinaga qiziqqan qiz ota-onasi istagani uchun inyazga topshiryapti? Test yodlab, o‘qishga kira olyapti? Endi davolash uchun yaratilgan xilqat yaralaydimi?

⚫️ Nimaga ingliz tilidan 80% to‘g‘ri javob topgan talaba o‘sha tilda 2 ta gap gapirishga kelganda oqsaydi?

⚫️ Tarix kitobni yodlash uchun 10 marta o‘qishga ketgan vaqtda nimalar qilish, nimalarni o‘qish mumkin?

⚫️ Nimaga testlar bir kunga belgilanadi? Men yo‘nalishim bo‘yicha test o‘tadigan kun kasal bo‘lib qolib testga bora olmasam, bir yil o‘zimni so‘kib o‘tishim kerakmi?

⚫️ Nimaga maktabda, litsey yo kollejda, jami 12yil o‘qib turib, o‘qishga kirish uchun yana 3-4yil millionlar to‘lab repititorga borishim kerak?

⚫️ O‘zingizning hozirgi harakatingiz bilan talabalikka loyiq deb hisoblaysizmi? Men hisoblamayman!

⚫️ Nimaga biz o‘qishga kirguncha “o‘qiymiz”?

🔴 Test tizimi bilimni o‘stiradimi yo o‘ldiradi? Kim o‘ylaydi bularni? Qachon o‘ylaydi? O‘zgartirish kerak bo‘lsa, kim o‘zgartiradi?

Talaba.uz | official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
⚡️⚡️⚡️Bepul o’qish uchun grant!

AQShda joylashgan Emory Universiteti tarkibidagi Oxford College tomonidan taqdim etiladigan Dean’s Scholars grantlariga arizalar qabul qilinmoqda.

Oxford College bakalavr kurslari ro’yxati bu yerda berilgan.

Dean’s Scholars grantini yutib olgan talaba 4 yillik bakalavr kursida bepul o’qish imkoniyatiga ega bo’ladi.

Grantni yutib olish uchun Emory universiteti bakalavr kurslaridan biriga hujjat topshirish kerak.

Agar hujjatlarni 2020-yil 15-noyabrgacha topshirsangiz, grant uchun nomzodlikka qo’yilasiz. Arizani to’ldirishda grantga oid qismini ham qo’shib to’ldirsangiz kifoya.

Ariza to’ldirishda AQSh bakalavr kurslariga hujjat topshirishda foydalaniladigan Common Application yoki Coalition Application arizalaridan birini to’ldirish kerak bo’ladi. Hujjat topshirish uchun bu yerga bosing.

Bakalavr kurslariga qabul haqida qo’shimcha ma’lumot uchun yoki savollaringiz bo’lsa admission@emory.edu elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.
——————————————————-

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Bugun, 8-avgust soat 17:00 da AOKA zalida «Oliy ta’lim muassasalarida 2020-2021 o‘quv yiliga tayyorgarlik, kirish imtihonlarining tashkil etilishi bilan bog‘liq masalalar» mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Ishtirokchilar:

🔹Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi
🔹Davlat test markazi rahbariyati va mas’ul xodimlari.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
✅ Oliy o‘quv yurtlari bugungi kunda kontrakt miqdorini o‘zgartirmaydi. Kamaytirmaydiyam, ko‘paytirmaydiyam. Birinchi kurslar uchun o‘qish 1-oktabrdan boshlanishi rejalashtirilyapti.

Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tayotgan brifingda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov ma’lum qildi

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
📍 Agar karantin 15-avgust yoki 30-avgustda bekor qilinsa, test sinovlari 2-sentyabrda boshlanadi. Biz 2-sentyabrgacha pandemiya bilan bog‘liq vaziyat barqarorlashidan umidvormiz.

Agar karantin uzaytirilsa, albatta test qoldiriladi. Chunki birinchi navbatda abituriyentlar salomatligi turadi», — Majid Karimov, Davlat test markazi direktori.


📍 Test sinovlari uchun abituriyentlarga 3 soat emas 2 soat vaqt beriladi.

Ertabgi smenalar soat 8:00da boshlanib, 10:00da tugaydi, kechki smenalar esa soat 17:00da boshlanib, 19:00da yakunlanadi.

Abituriyentlarga bir martalik himoya vositalariga qo‘shimcha ravishda kepkalar ham tarqatiladi.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
"Ijodiy imtixonlarda test bo'lishi mumkinmi" degan savolga tushunarsiz va mantiqsiz javob!
Oldi qochdi gaplar.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
📌 Kontrakt to‘lay olmasa talaba endi o‘qishdan chetlatilmasligi mumkin

AOKAdagi brifingda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov bu haqida ma’lum qildi.

Agar talabaning vaziyati og‘ir bo‘lsa, talabaning qurbi to‘lashga yetmasa, oliy o‘quv yurti vaziyatni o‘rganib chiqib, shu talabaga yordam berib, kontraktni qoplash chorasi ko‘riladi. Talaba endilikda kontraktni to‘lay olmasa, u chetlatilmaydi, balki kursdan-kursga qoldirilishi masalasi ko‘rib chiqiladi.

Ma’lumot uchun, bunda OTM tomonidan vaziyat to‘liq o‘rganilgach, qaror qabul qilinadi.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Ikkinchi mutaxassislikka arizalarni qabul qilish 10 avgustdan boshlanadi

Bu haqda AOKAda bo‘lgan brifingda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda O‘zA muxbiri.

Ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha bugungi kunda Davlat qabul komissiyasiga taklif kiritilgan. 10 avgustdan boshlab hujjat qabul qilish boshlanadi va bu jarayon ham xuddi bakalavr yoki magistratura kabi onlayn bo‘lib o‘tadi. Hujjatlar avgust oyining oxirigacha qabul qilinadi.

Ikkinchi mutaxassislikka kvotalar belgilanmaydi. OTMga kelib tushgan arizalar sonidan kelib chiqib, qabul yoki suhbat asosida tashkil etiladi, yoki agar talabgorlar soni kam bo‘lsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri (imtihonlarsiz) qabul qilinishi ham mumkin.
Ⓜ️ Xushnudbek

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💥💥💥 Test savollari murakkablik darajasi pasaytiriladi

💥⁉️ Savol: Test savollarini yechishga kam vaqt ajratildi, bu abituriyentlarga qiyinchilik tug‘dirmaydimi?

✅ Majid Karimov javob berdi: Aslida o‘tgan yili uchta fandan test topshirish uchun uch soat vaqt ajratilgan, bu yil esa 2 fan uchun 2 soat vaqt ajratildi.

Maʼlumki, test savollarini murakkablik darajasi 4 xil. Avvalgi yillarda eng qiyin yaʼni 4-murakkablik darajasidagi savollar 6 ta berilardi. Bu yil bu murakkablik darajasidagi savollar umuman olib tashlandi.

Avval oltita bo‘lgan eng sodda 1-murakkablik darajasidagi savollar 12 taga ko‘paytirilib, 2-murakkablik darajasidagi savollar 12 ta, 3-murakkablik darajasidagi savollar 6 ta qilib belgilandi.

Umuman olganda bu yil testlarning murakkablik darajasi keskin pasaytirildi, bu esa abituriyent uchun qulaylik yaratadi.

❗️ Barcha abituriyentlarga tarqating

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA