Talaba.uz | Ta'lim portali
5.44K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
🏢 O'zbekiston Milliy Universiteti an'anaviy ta'limga o'tishni Noyabr-Dekabr oylariga rejalashitirmoqda

Bu haqida universitet o'quv-uslubiy boshqarma boshlig'i Voxidjon Topildiyev online vebinarda ma'lum qildi.

P/S: Boshqa OTMlar ham vaziyatga qarab an'anaviy ta'limga qaytish haqida bosh qotirayotgan bo'lsa ajab emas

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#oliy_talim

Talaba-yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish uchun http://iq.edu.uz/ sayti ishga tushirildi

Bu haqida Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri o‘rinbosari Yusuf Absoatov o‘z facebook sahifasida e'lon qildi.

"Har qanday (!) fanni o‘zlashtirishda mantiqiy fikrlash juda muhim. O‘quvchining mantiqiy fikrlashini o‘stirib borish orqali uning fanlarni o‘zlashtirishi osonlashishiga erishiladi.

Bir qator xorijiy o‘quv yurtlariga kirish uchun mantiqiy imtihon joriy qilingan. Ayrim kompaniyalar ishga qabul qilishda ham xodimning IQ sini sinovdan o‘tkazadi. Nega? Chunki ular jahon tajribasidan juda yaxshi bilishadiki, mantiqiy mushohadasi kuchli kishi ma’lumotlarni qiyinchiliksiz o‘zlashtiradi, voqeaga tanqidiy mushohada bildira oladi.

O'z IQ (intellektual qobiliyat) ingizni tekshirib ko'ring va sertifikatga ega bo'ling. Saytda ishlar davom etmoqda, kamchiliklari bo'lsa yoki taklifingiz bo'lsa izoh qoldiring, - deyiladi vazir o‘rinbosari xabarida.

Xabarda eslatilishicha berilgan sertifikat kirish imtixonlariga qo'shimcha ball yoki baholash me'zonlariga asos bo‘lmaydi.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Juma kunida shunday bir soat bor-ki, unda duolar albatta ijobat bo'lajak.
Balki, o'sha soat hozirdir...

Juma muborak azizlarim! 😊

Allohumma solli a'la sayyidina Muhammad 📿

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://t.me/TalabaUz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kontrakt to‘lovi miqdori borasida qanday "yangilik" bo‘lishi kutilayapti?

"Yuksalish" umummilliy harakati tashabbusi bilan senatning fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi tomonidan davra suhbatida mutasaddilar jurnalistlar tomonidan berilgan keskin savollarga javob berishdi.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
⚡️Ertaga, 22 avgustdan abituriyentlarga ruxsatnoma berish boshlanadi

Bu haqda Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov AOKA zalida o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#XX_ASR_TAQDIRLARDA_AKS_ETGAN_TARIX
#YOSIR_AROFAT

Falastin yetakchisining o’zi bir necha bor o’sha yilning 4-avgustida Quddusi sharifda dunyoga kelganligini aytgan. Uni keyinchalik Yosir deb atay boshlashgan («yosir» so'zi arabchada «yengil» degan ma’noni bildiradi). Falastin davlat arbobi, 1994 yildan Falastin muxtoriyati ma'muriyatining boshligi, 1969 yildan Falastinni Ozod qilish Tashkiloti (FOQT) Ijroiya qo’mitasining raisi, 1989 yili Falastin davlati Prezident deb e'lon qilingan. Nobel mukofoti laureat ( 1994).

🔥Batafsil o'qish uchun: https://telegra.ph/ENG-MASHHUR-FALASTINLIK-08-21

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Abituriyentlarga ham qiyin. Kunning issiq bo'lishiga qaramay imtihon topshirmoqda😄👍

Barchaga omad)

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Karantin davrini hisobga olgan holda, har kuni kechki vaqtda kanalimizda #tungi_mutolaa heshtegi ostida kichik, hikoyalar berib borilishini xohlaysizmi?
Anonymous Poll
27%
Yo'q, shart emas
52%
Yaxshi bo'lardi
21%
Menga umuman farqi yo'q
TDTU.zip
2.9 MB
📕Toshkent Davlat Transport Universiteti barcha yo'nalishlari bo'yicha savollar to'plami

Manbani topishga yordam berayotgan obunachilarimiz va Oliygoh faollariga katta rahmat aytib qolamiz!😁

Eslatma❗️❗️❗️
Boshqa kanal adminlari ma'lumotlarni tarqatishda, bizning kanalni manba sifatida ko'rsatishlarini so'rab qolamiz.✅

Bu fayl .zip kengaytmasi bilan tashlangan iloji boricha kompyuterda ochishga harakat qilib ko'rasizlar, bo'lmasa Play Marketdan .zip fayl ochadigan programma oling✅

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Test sinovlarini o‘tkazish muddatlari

Test sinovlari 2-sentabrdan boshlanadi va kuniga 2 marta, havo salqin paytda o‘tkaziladi.

Bunda, test sinovlari:

1️⃣-smenada 08:00 dan 11:00 gacha,
2️⃣-smenada 17:00 dan 20:00 gacha bo‘ladi.

Abituriyentlarni kiritish:

1️⃣-smenada 06:30 dan,
2️⃣-smenada 15:30 dan boshlanadi.

Shuning uchun, abituriyentlar test sinovlari o‘tkaziladigan hududga test sinovlari boshlanishidan 1-1,5 soat oldin kelishlari kerak bo‘ladi.

Test sinovlari davomiyligi bo‘yicha eng ko‘p Andijon, Surxondaryo, Qashqadaryo, Navoiy, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahrida 12 kun, eng kam Farg‘ona viloyatida 10 kun davom etadi.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

🔖 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni shaxsiy kabinet (abitur.dtm.uz)laridan olishlari mumkin.

👨🏻‍💻 Abituriyentlardan ruxsatnomalarni avgust oyi yakuniga qadar yuklab olib, chop etib olishlarini so‘raymiz.

✅ Mazkur ruxsatnoma test sinovlarida ishtirok etadigan abituriyentlarga beriladi.

❕ “Abituriyent ruxsatnomasi” test sinovlarisiz to‘liq kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘ladigan ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga berilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, abituriyentlar test sinovlariga fuqarolik pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari lozim.

Fuqarolik pasporti bo‘lmagan taqdirda abituriyent ruxsatnomasi haqiqiy deb hisoblanmaydi.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Ilmiy pedagogik layoqatni aniqlash bo'yicha manbaalar.zip
7.8 MB
#Magistratura_yordam

📕Ilmiy pedagogik layoqatni aniqlash bo'yicha manbaalar

Eslatma❗️❗️❗️
Boshqa kanal adminlari ma'lumotlarni tarqatishda, bizning kanalni manba sifatida ko'rsatishlarini so'rab qolamiz.✅

Bu fayl .zip kengaytmasi bilan tashlangan iloji boricha kompyuterda ochishga harakat qilib ko'rasizlar, bo'lmasa Play Marketdan .zip fayl ochadigan programma oling✅

Kanalimiz
: https://t.me/TalabaUz
Botga murojaat: @TalabaUz_MurojaatBot
#XX_ASR_TAQDIRLARDA_AKS_ETGAN_TARIX
#JULIO_ANDREOTTI

1968-1972 yillarda deputatlar palatasida Xristian-demokratik partiya fraksiyasining raisi. 1995 yili mafiya bilan aloqada ayblanib, sudga tortilgan. 1946 yili saylangan Ta'sis majlisi a'zosi sifatida u premer-ministr Alchida de Gasperining kotibi lavozimini egalladi, va to 1953 yilgacha ana shu vazifada qoldi. Juzeppe Pella Liberal partiya asosida unga markaz hukumatini tuzganida o’z siyosiy qarashlarida yangi premer-ministrga nisbatan so’lroq, bo’lgan Andreotti ishsiz qoldi. Pekin 1954 yildayoq, Julio Andreotti Amintori Fanfani kabinetiga Ichki ishlar ministri sifatida kirdi. Keyinchalik u Moliya ministri (1955 yildan 1958 yilgacha), xazina boshlig’i (1958— 1959), Yustitsiya ministri (1959— 1966, 1974) lavozimlarini egallagan, shuningdek, 1966— 1968 yillari Aldo Moro hukumatida Sanoat va savdo ministri bo’lgan.

🔥Batafsil o'qish uchun: https://telegra.ph/ITALIYA-SIYOSATINING-QARI-TULKISI-08-22

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Tezkor #intervyu

“Yoshlarni qo’llab-quvvatlash” loyihasi asoschisi Egamnazar Abulboqiyev blogging olamini tark etmoqda.

Biz u bilan nega bunday qarorga kelgani, unga nisbatan tahdidlar, Oliy ta’lim vazirligiga munosabatlar kabi mavzularda suhbatlashdik. 

Batafsil oʻqing 👉 https://clck.ru/QTiWA

⭕️ Barcha talabalar uchun✅✅
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#nima_deysiz😂😂😂😢

Uch farzandini kontraktda o‘qitgan Eshmat otani tez yordam mashinasida shifoxonaga olib ketishdi. Otaning polda yotgan telefonida to‘rtinchi farzandidan kelgan quyidagi sms xabari ochiq qolgandi:

—Dada, tabriklang! Kontrakt asosida o‘qishga qabul qilindim.

Do'stlarga yuboring😁👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Kasamxadjayeva Farangiz Hasan qizi 2006-yil 24-yanvarda Toshkent shahrida tuĝilgan. Ayni paytda Uchtepa tumani Chòponota mahallasida istiqomat qilar edi. 20- avgust kuni soat 9-10 larda chiqib ketgan uyidan. Shundan beri yo'q iltimos yordam beringlar. Ko'rgan bilganlar shu nomerga telefon qilsin.
+998998233556

Imkon darajasida guruh va kanallarda tarqatinglar!
❗️Test sinovlari oʻtkazilishiga doir muhim maʼlumotlar

1️⃣ Pandemiya sababli ota-onalar uchun kutish joyi tashkil etilmaydi va ota-onalar test sinovlariga kelmasligi tavsiya etiladi. Test sinovlarini TV orqali, shuningdek, test2020.uz sayti orqali onlayn kuzatish mumkin boʻladi;

2️⃣ Test sinovlari 2-sentabrdan kuniga 2 marta, havo salqin paytda o‘tkaziladi.
🔹Test sinovlarining boshlanishi:
1-smena
08:00 da boshlanadi va 11:00 da yakunlanadi. 2-smena 17:00 da boshlanadi va 20:00 da yakunlanadi.
🔹Abituriyentlarni kiritish:
1-smenada
06:30 dan, 2-smenada 15:30 dan boshlanadi.

3️⃣ Abituriyentlar imtihonga faqat pasporti va «Abituriyent ruxsatnomasi» bilan kelishi shart. Pasportning oʻrnini bosuvchi boshqa hujjat (pasport nusxasi va haydovchilik guvohnomasi) oʻtmaydi. Pasporti yoʻq abituriyent imtihonga kiritilmaydi.

4️⃣ Abituriyentlarning uyidan test sinoviga kelishi va uyiga qaytib ketishi uchun hokimliklar va ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda bepul transport tashkil etiladi. Tashkil etilgan transportda test sinoviga borib-kelish majburiy emas.

5️⃣ Test sinovlariga tayyorgarlik jarayoni 30-avgustgacha nihoyasiga yetkaziladi. Test sinovi boʻladigan hududlar 30-avgustdan 15-sentabrgacha yopiladi.

6️⃣ Agar test o‘tkaziladigan kun ob-havo tufayli, qattiq shamol va yog‘ingarchilik kuzatilsa, shu kungi test boshqa kunga, ya’ni barcha imtihonlar tugagandan keyingi kunlarga ko‘chiriladi.

7️⃣ Abituriyentlar ertaga, 22-avgustdan boshlab, abitur.dtm.uz saytidan «Abituriyent ruxsatnomasi»ni yuklab olishlari mumkin. Test sinoviga «Abituriyent ruxsatnomasi»ni qogʻozda chiqarilgan shaklda olib kelish shart. Ruxsatnomasiz kelgan abituriyentlar test sinoviga kiritilmaydi. Bundan tashqari, «Abituriyent ruxsatnomasi» test sinovlarisiz to‘liq kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘ladigan ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga berilmaydi.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg