Talaba.uz | Ta'lim portali
5.47K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
❗️O‘QISHINI KO‘ChIRISH (TIKLASH) ISTAGINI BILDIRGAN
FUQAROLAR DIQQATIGA !



✅ 2020/2021 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishini ko‘chirish (tiklash) maqsadida onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolarning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi. Ayrim arizalar ma’lum bir sabablarga ko‘ra RAD ETILDI.

⏰ Rad etilgan arizalarni kamchiliklarini bartaraf etgan holda tahrirlashning SO‘NGGI MUDDATI bugun soat 23:59gacha.

⚠️Ushbu muddatdan so‘ng kamchiliklarni bartaraf etishga (arizani tahrirlashga) yo‘l qo‘yilmaydi.
Ushbu muddat ichida kamchiliklari bartaraf etilmagan ARIZALAR KO‘RIB ChIQILMAYDI.

‼️Ro‘yxatdan o‘tgan barcha fuqarolardan o‘zlarining shaxsiy kabinetlariga kirib (ro‘yxatdan o‘tishdagi login va parol orqali) arizalarining ko‘rib chiqilish holatlarini doimiy kuzatib borishlari so‘raladi.

⛔️Shu bilan birga, 2020 yilning bahorgi semestrida qo‘shni davlatlardan respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishi ko‘chirilishiga ruxsat etilgan ammo belgilangan tartibda buyruq asosida talabalikka qabul qilinmagan talabalar o‘qishini qayta ko‘chirilishiga ruxsat etilmaydi.

Qabul qilingan aksariyat hujjatlar quyidagi sabablarga ko‘ra qayta tahrirlash uchun qaytarildi:

🔹 pasport nusxasi (doimiy yashash manziliga ro‘yxatga qo‘yilgan beti bilan birga) to‘liq yoki sifatli yuklanmagan (zero o‘qishni ko‘chirish to‘g‘risidagi murojaatlarni ko‘rib chiqishda talabaning doimiy yashash manzili asoslovchi sabablardan biridir);
🔹 OTMda o‘qiyotganlik (o‘qiganlik) to‘g‘risidagi belgilangan shakldagi hujjat (akademik ma’lumotnoma yoki reyting daftarchasi yoki transkript) nusxasi to‘liq yoki sifatli yuklanmagan;
🔹 o‘qigan (o‘qiyotgan) OTM yoki ta’lim yo‘nalishi nomi to‘liq kiritilmagan;
🔹 mavjud bo‘lmagan OTM yoki ta’lim shakli yoki ta’lim yo‘nalishiga ko‘chirish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tilgan.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Yuridik texnikumlarda SUPER KONTRAKT miqdori qancha?

Abituriyentlar belgilangan kvota bo‘yicha o‘qishga kirolmagan taqdirda "super-kontrakt" asosida qabul qilinishi mumkin.

🏛 O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida 2020/2021 o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan bir nafar o‘quvchini amalda o‘rnatilgan to‘lov kontrakt miqdoriga nisbatan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt («super-kontrakt») shaklida o‘qitish miqdorlari (baravar hisobida)💰

1️⃣ Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilari (55 foiz va undan yuqori natijalarga ega) - 1.0 baravar, ya’ni 6793300 (olti million yetti yuz to‘qson uch ming uch yuz)

2️⃣ "Yurisprudensiya” yo‘nalishi bo‘yicha respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kira olmagan, to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 60 foizi undan yuqori (ushbu yilda 189*0.6=113.4) ballni to‘plagan abituriyentlar - 1.0 baravar, ya’ni 6793300 (olti million yetti yuz to‘qson uch ming uch yuz) so‘m

3️⃣ Yuridik texnikumning qabul parametrlari chegarasiga bir ballgacha yetmagan abituriyentlar - 1.2 baravar, ya’ni 8151960 (sakkiz million bir yuz ellik bir ming to‘qqiz yuz oltmish) so‘m

4️⃣ Yuridik texnikumning qabul parametrlari chegarasiga 1.1-2 ballgacha yetmaganlar - 1.5 baravar, ya’ni 10189950 (o‘n million bir yuz sakson to‘qqiz ming to‘qqiz yuz ellik) so‘m

5️⃣ Yuridik texnikumning qabul parametrlari chegarasiga 2.1 balldan 3 ballgacha yetmaganlar - 2 baravar, ya’ni 13586600 (o‘n uch million besh yuz sakson olti ming olti yuz) so‘m

6️⃣ Yuridik texnikumning qabul parametrlari chegarasiga 3.1 balldan 4 ballgacha yetmaganlar - 2.5 baravar, ya’ni 16983250 (o‘n olti million to‘qqiz yuz sakson uch ming ikki yuz ellik) so‘m

7️⃣ Yuridik texnikumning qabul parametrlari chegarasiga 4 balldan ortiq yetmagan va shu bilan birgalikda 56.7 balldan kam bo‘lmagan holda, qo‘shimcha ravishda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar - 5 baravar, ya’ni 33966500 (o‘ttiz uch million to‘qqiz yuz oltmish olti ming besh yuz) so‘m

8️⃣ Kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra 56.7 balldan kam ball to‘plagan, qo‘shimcha ravishda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar - 10 baravar miqdorida, ya’ni 67933000 (oltmish yetti million to‘qqiz yuz o‘ttiz uch ming) so‘m

‼️ Eslatib o‘tamiz, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning miqdori faqat birinchi o‘quv yili uchun belgilanadi.

Batafsil ma'lumot👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
OTMlarda sirtqi va kechki ta'lim shaklida tahsil oluvchi talabalar kontrakt puliga 10 foizli chegirma berilishidan foydalana olmaydi.

Bugun AOKA huzuridagi shtabda bo'lib o'tgan brifingda Oliy va o'rta maxsus ta'lim ta'limi vazirligi axborot xizmati rahbari Farhod Babashev yangi o'quv yiliga tayyorgarlik va sohaga oid savollarga javob qaytardi:

Nega faqat kunduzgi talim shaklida o'qiyotgan talabalarga 10% kontrakt puliga chegirma berildi? Sirtqi ta'limga bu yil o'tgan yilga nisbatan ko'proq hujjat topshirilganku?

OTMlarda sirtqi va kechki ta'lim shaklida tahsil oluvchi talabalar asosiy ish o'rni va o'zlarini moddiy ta'minlash imkoniyatiga ega bo'lganligi sababli ushbu chegirmadan foydalana olmaydi.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Endilikda talabalar koʻplab norozi boʻlgan, talabalarga sifatsiz dars bergan oliy taʼlim muassasalarining oʻqituvchilari bilan mehnat shartnomasi bekor qilinadi.

«Talabalar bilan ishlay olmaydigan, ularga sifatli dars bera olmaydigan oʻqituvchilarga oliy taʼlim muassasasida joy yoʻq», - deb aytmoqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi matbuot xizmati rahbari Farhod Babashev.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Test sinovlari bo‘lib o‘tadigan hududlarga press-tur

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga yangi rektor tayinlandi

Sosiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Azizov Ulug‘bek Botirovich O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori etib tayinlandi. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar berdi.

U.Azizov 2016 yildan hozirga qadar O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti prorektori lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Ma’lumot o‘rnida, universitetning avvalgi rektori Gʻanisher Rahimov aprel oyida Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori etib tayinlangan edi.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
📌 Toshkent davlat stomatologiya institutiga rektor tayinlandi

Tibbiyot fanlari doktori Nodir Qodirovich Haydarov Toshkent davlat stomatologiya institutiga rektor etib tayinlandi.

N.Haydarov 2010 yilda Buxoro davlat tibbiyot institutini tamomlagan. Toshkent davlat stomatologiya instituti “Nevrologiya ” kafedrasi mudiri, Toshkent davlat stomatologiya instituti bolalar stomatologiyasi fakulteti dekani lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2019 yilda Xalq deputatlarining Toshkent shahar kengashi deputati etib saylangan.

Institutning avvalgi rektori Jasur Rizayev fevral oyida Samarqand davlat tibbiyot institutining rektori etib tayinlangan edi.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Toshkent davlat yuridik universiteti moliyaviy hisobotlarini ochiq e’lon qildi

2019-moliyaviy yilida universitet daromadlari jami 79 mlrd 323,7 mln. so‘mni, xarjatlari esa 72 mlrd 502,2 mln. so‘mni, sof foyda 6 mlrd 821,5 mln. so‘mni tashkil etdi.

Daromadlarning asosiy qismi o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan bo‘lib 67 mlrd 729,2 mln. so‘mni (85,4%) tashkil qildi. Shu jumladan tabaqalashtirilgan (super-kontrakt) to‘lov kontrakt shaklidan 36 mlrd 608,6 mln. so‘m.

Eng katta xarajatlar ish haqi fondiga sarflangan bo‘lib, ushbu xarajatlar 42 mlrd 086,1 mln. so‘mni (58,0%) tashkil etdi.

Talabalar uchun stipendiya to‘lovlariga 10 mlrd 816,5 mln. so‘m (14,9%), kommunal xarajatlar hamda saqlab turish va joriy ta’mirlash, shuningdek ijara uchun 3 mlrd 569,9 mln. so‘m (4,9%), tovar va xizmatlar hamda asosiy vositalarga hisoblangan eskirishlarga 6 mlrd 375,7 mln. so‘m (8,9%) va boshqa xarajatlarga 8 mlrd 939,8 mln. so‘m (12,3%) sarflangan.
Ⓜ️ Xushnudbek

Batafsil ma'lumot👇
@talabauz
📌 Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligidan MUHIM E’LON:

❗️Kasb va mutaxassisliklarni egallash istagida bo‘lgan shaxslar shu jumladan 11-sinf bitiruvchilari 2020/2021 o‘quv yili uchun vazirlik va idoralar tizimida bo‘lgan kollej va texnikumlarga 2020 yil 25-avgustdan 25-sentyabrga qadar (25- sentyabr kuni ham) o‘qish uchun hujjatlarini ONLAYN topshirishlari mumkin.

✅2020/2021 o‘quv yili uchun kollejlarga jami 77 mingdan ortiq (shundan davlat granti asosida 12 762 nafar), texnikumlarga esa jami bo‘lib 68 mingdan ortiq (shundan 9199 nafari davlat granti asosida) o‘quvchilarni qabul qilish rejalashtirilgan.

👉 Vazirliklar va idoralar tizimidagi kollejlarga www.kollej.edu.uz elektron platformasida orqali abituriyentlarni 171 tadan ortiq kasblar va mutaxassisliklar bo‘yicha;

👉 Texnikumlarga www.texnikum.edu.uz elektron platformasi orqali abituriyentlarni 103 tadan ortiq kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha hujjatlar qabul qilish tashkil etiladi.

Kollej va texnikumlarga elektron platforma orqali quyidagi hujjatlar qabul qilinadi:

1️⃣ Elektron ariza;
2️⃣ Umumta’lim maktabining 11-sinfni tugatganligini tasdiqlovchi attestat (elektron) nusxasi yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasasini tamomlaganligi to‘g‘risidagi diplom (elektron) nusxasi;
3️⃣ 3x4 fotosurat.

📲 Professional ta’lim muassasalariga qabul jarayonlari bo‘yicha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida 71-246-11-92 “Koll markaz” tashkil etilgan.

👉 2020/2021 o‘quv yili uchun vazirliklar va idoralar tizimidagi KOLLEJLARGA QABUL PARAMETRLARINI KO‘RISH:
https://t.me/otm_info/355

👉 2020/2021 o‘quv yili uchun TEXNIKUMLARGA QABUL PARAMETRLARINI KO‘RISH:
https://t.me/otm_info/348

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Toshkent islom institutida kirish imtihonlarini o‘tkazish sanasi aniq bo‘ldi

Pandemiya sharoitida mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020-2021 o‘quv yili uchun qabul imtihonlarini ochiq maydonlarda o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Shundan kelib chiqqan holda O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalarida qabul imtihonlarini karantin talablariga qat’iy amal qilish, ijtimoiy masofani saqlash, abituriyentlarning uzoq vaqt bir joyda o‘tirib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, qabul imtihonlari uchta fandan ikkita fanga o‘tkazildi, ijodiy imtihonlar qisqartirildi. Qabul imtihonlarini karantin talablaridan kelib chiqqan holda ochiq maydonlarda o‘tkazish belgilandi.

Hadis ilmi maktabi bo‘yicha:

2020 yil 3 sentyabr “Hadis va mustalah al-hadis” (ijodiy imtihon).

Imtihon o‘tkazish joyi – Toshkent islom instituti binosi ayvon qismi.

2020 yil 4 sentyabr “O‘zbekiston tarixi” (test sinovi).

Imtihon o‘tkazish joyi – Toshkent islom instituti binosi hovlisi.

Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti bo‘yicha:

2020 yil 7 sentyabr “Fiqh va aqoid”, “O‘zbekiston tarixi” fanlari (test sinovi).

Imtihon o‘tkazish joyi – Hazrati Imom majmuasi ochiq maydon qismi.

Mir Arab oliy madrasasi bo‘yicha:

2020 yil 10 sentyabr “Fiqh va aqoid”, “O‘zbekiston tarixi” fanlari (test sinovi).

Imtihon o‘tkazish joyi – Mir Arab oliy madrasasi binosi ochiq ayvon qismi.

Abituriyentlar karantin talablaridan kelib chiqqan holda quyidagi tartibda qabul imtihonlariga kiritiladi:

– dizenfeksiya tonnelidan o‘tkaziladi;

– tana harorati masofadan o‘lchash qurilmasi orqali o‘lchanadi;

– tibbiy niqob, qo‘lqop va kepka bilan ta’minlanadi.

Abituriyentlarni test sinovlari o‘tkaziladigan joyga kiritish ertalab soat 6:00 dan 6:30 gacha davom etadi, 6:30 dan 7:00 gacha savollar kitobchalari va javoblar varaqasini tarqatish, javoblar varaqasini to‘ldirish tartibi tushuntiriladi.

Test sinovlari ertalab 7:00 dan 9:20 gacha davom etadi, test sinovlari boshlangandan keyin kelgan abituriyent imtihonlarga kiritilmaydi.

Abituriyentlar qabul imtihonlariga shaxsini tasdiqlovchi pasporti va imtihonga kirish ruxsatnomasi bilan kelishi shart. Mazkur hujjatlardan biri bo‘lmagan taqdirda abituriyent imtihonlarga qo‘yilmaydi.

Imtihonga kirish ruxsatnomasi qabul.muslim.uz portali orqali abituriyent tomonidan chiqarib olinadi.

Eslatib o‘tamiz, qabul imtihonlari o‘tkaziladigan joylarda abituriyentalarning ota-onalari va yaqinlari uchun alohida joylar tayyorlanmaydi.

 O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Ta’lim va ilmiy-tadqiqot bo‘limi


🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Singlimizni operatsiyasi uchun katta miqdorda pul mablag'i kerak ekan. Qo'li ochiq, savob talab insonlar bo'lsa qo'ldan kelgancha hayri ehson qilishlarini so'rab qolaman.

Hayriya ushbu kartaga yig'ilmoqda 👇
9860 0401 1800 3447 Irodaxon nomida.

Imkoningiz bo'lmasa, imkoni borlarga tarqatib yordam qiling va shifo so'rab duo qiling 🤲

+998 93 4480411
​​Test sinovlarini o‘tkaziladigan stadionlar va xiyobonlar

Davlat test markazining rasmiy veb-saytida “Stadionlar va xiyobonlar” bo‘limi tashkil etilib, unga 2020-2021-o‘quv yili qabulida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun test sinovlari o‘tkaziladigan stadionlar va xiyobonlar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildi.

Unda quyidagi ma’lumotlar aks etgan:

✅ Stadion yoki xiyobonning rasmi;
✅ Hududga kirish joylari;
✅ Stadion yoki xiyobon nomi;
✅ Stadion yoki xiyobon manzili;
✅ Sektor raqami;
✅ Test topshiradigan guruhlar;
✅ Stadion yoki xiyobonning google xaritadagi geolokatsiyasi.

Test sinovlarini o‘tkaziladigan stadionlar va xiyobonlar:
👉 https://dtm.uz/page/stadionlar_2020

Mazkur sahifadan tegishli hududni tanlab, mazkur hududdagi test sinovlari o‘tkaziladigan stadionlar va xiyobonlar bo‘yicha ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​Abituriyent ruxsatnomasini olish endi yanada oson

📝 Abituriyentlar tomonidan telefon raqami yo‘qolganligi, telefon raqami ishdan chiqqanligi yoki shaxsiy kabinetga kirish parolini unutib qo‘yganligi bo‘yicha ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda.

👨🏻‍💻 Davlat test markazi tomonidan mazkur murojaatlar inobatga olingan holda, abitur.dtm.uz sayti orqali “Abituriyent ruxsatnomasi”ni yuklab olish uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratildi.

🔖 Endi “Abituriyent ruxsatnomasi”ni shaxsiy kabinetga kirmasdan ham olish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, ruxsatnoma olish uchun telefon raqam va parol shart emas.

✅ Bunda “Abituriyent ruxsatnomasi”ni yuklab olish uchun quyidagi ma’lumotlar kerak bo‘ladi:

👉 pasport seriyasi;
👉 pasport raqami;
👉 jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR).

Mazkur imkoniyatdan quyidagi havola orqali foydalanish mumkin:
https://abitur.dtm.uz/allow

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Test sinovlarini o‘tkazish tartibi

2020-2021-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibi

Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining bir guruh tadqiqotchilari O‘zbekiston Innovasion rivojlanish vazirligi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturining ko‘magida COVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq holda o‘zini-o‘zi izolyasiya kilish paytida aholining jismoniy faolligi va hissiy holatini aniqlash maqsadida so‘rov o‘tkazmoqda.

Sizdan 5 daqiqa vaqt ajratishingizni va savollarga bemalol va samimiy javob berishingizni so‘raymiz.

So‘rov natijalari umumlashtiriladi. So‘rov yakunlanganidan so‘ng, "Korzinka.uz" supermarketida 3 ishtirokchi uchun tasodifiy tartibda sertifikatlar o‘ynaladi.
Oldindan rahmat!

So'rovnomada ishtirok etish:⤵️
https://docs.google.com/forms/d/1dXCDDGeRz1ICyAC6ddKOtF7eNikZOpjw3oNoxYXQH7M/edit

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Python dasturlash tilini o'rganmoqchimisiz? Unda marhamat, "Oddiy kod" ilovasi ayan siz uchun.
"Oddiy kod" ilovasi bilan Pythonni o'zbek tilida o'rganing !

P.s: Python dasturlash tilini barcha talabalarga tavsiya qilamiz💪 Qaysi sohada faoliyat yuritishizdan qat'iy nazar qo'shimcha kasb zarar qilmaydi🙃

Yuklab olish uchun⤵️
https://play.google.com/store/apps/details?id=ahmedov.learn.oddiykod