Talaba.uz | Ta'lim portali
5.47K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nogironligi bor abituriyentlarga qanday imtiyozlar bor?

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 25 iyundagi 417-sonli qarorida nogironligi bo‘lgan shaxslarga 2 foizlik kvotalar ajratilishi va ularni qabul qilishda 30 foiz eng quyi chegara etib belgilangan.

Ya’ni, abituriyent 30 foiz ball to‘plagan, belgilanggan kvota bo‘yicha ball yig‘a olgan bo‘lsa, grant asosida o‘qishga qabul qilinadi. Aks holda boshqa abituriyentlar qatori qo‘shimcha yoki orttirilgan kontrakt asosida o‘qishi lozim bo‘ladi.

DTM Bosh boshqarma boshlig‘i Barno Rajabov javob berdi.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
DIQQAT!

Test ballari e'lon qilindi! Hayajonli daqiqalar.😉
1) abitur.dtm.uz saytidagi shaxsiy kabinetga kirib, "Natija-2020" bo'limi orqali

2) @Imtihon_JavoblariBot ushbu botga /start bosib, rasmda ko'rsatilgan o'zingizning QR kodingizni yuboring.
3) Abituriyent ruxsatnomasining pastki tomonidagi QR kodni
@qr_scanner_bot shu botga rasmga tushirib yuboring

ILTIMOS LOGIN - PAROLNI O'RNIGA QR KODNI RASMGA OLIB YUBORING. TEZROQ JAVOBINI BILIB OLASIZ!

Abituriyentlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​📌 Mana sizlarga korruptsion "parllax"

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti va DXXning Qo‘qon shahar bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Qo‘qon davlat pedagogika instituti yoshlar yetakchisi B.X. va fakultet dekani V.X.lar firibgarlik yo‘li bilan daromad orttirish maqsadida oldindan til biriktirib, fuqaro Z.S.ning ishonchiga kirib, uning tanishi A.ni mazkur institutga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 3 ming AQSH dollar olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Departamentning Shayxontohur tuman bo‘limi tomonidan Toshkent shahar IIBB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro J.P. fuqaro B.X.ning ishonchiga kirib, uning o‘g‘lini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali O‘zbekiston Milliy universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 8 ming AQSH dollar talab qilib, shundan, 3 ming dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Departament va IIBning Samarqand shahar bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Samarqand davlat universiteti prorektori yordamchisi U.E. universitet talabasi S.ning ishonchiga kirib, uning o‘qishini vazirlikda yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali, Urganch davlat universitetiga ko‘chirib berishi evaziga 800 dollarni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi va 28, 211-moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

P/S: Hozirgi zamonda o'qishga kiritib qo'yish evaziga OTM vakillariga pul berish uchun odam tupoy bo'lishi kerak. Hammasi DTMni qo'lidaku.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Abituriyent2020 #Muhim #Diqqat
🌟 Imtihon-2020: Abituriyentlar uchun ayrim muhim sanalar:

👉 Respublikamizning barcha hududlarida 13-sentabr kuni test sinovlari toʻliq yakunlanadi.
👉 Tana harorati 37°C dan yuqoriligi sabab oʻz vaqtida test sinovida qatnasha olmagan abituriyentlar uchun barcha hududlarda test sinovlari 4 kundan soʻng, yaʼni 17-sentabr kuni boʻlib oʻtadi.
👉 Abituriyentlarning toʻplagan bali boʻyicha nechanchi oʻrinda turganini koʻrsatuvchi sayt —
mandat.dtm.uz sayti kamida 18-sentabrdan boshlab ishlay boshlaydi.
👉 Test sinovlarining soʻnggi natijalari yaʼni abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani (mandat) 24-sentabrgacha eʼlon qilinadi.
👉 Toʻplagan balidan norozi abituriyentlar 24-sentabrdan boshlab apelatsiya berishi mumkin boʻladi.

Abituriyentlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Har bir insonning o‘z vaqti bor. Hech qachon men ulgurmadim, endi kech, hammasi tamom, nega qolganlarda o‘xshab, menda o‘xshamadi demang hurmatli bitiruvchilar. Sizning ham o‘z vaqtingiz albatta keladi. Siz shunchaki izlanishda davom eting.

Shunchaki tomosha qiling, fikr qiling!

Talaba va abituriyentlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Nukuslik talabamizdan abituriyentlar uchun maxsus sh'er.

Ajoyib she'r sizlarga ham yoqadi degan umiddamiz👍😅

Abituriyentlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Ko‘pchilik abituriyentlar bir xil ball to‘plansa, lekin kvota soni kam bo‘lsa nima bo‘ladi?

⁉️ Agar bir nechta abituriyent grant yoki kontraktning eng oxirgi chizig‘ida bir xil ball to‘plasa, unda ulardan qaysi biri grant yoki kontraktga kirgan deb hisoblanadi?

✅ JAVOB QUYIDAGIChA:

☑️ davlat grantiga 10 ta joy ajratilgan deylik. 9, 10, 11-o‘rinlardagi 3 nafar abituriyent bir xil ball to‘plagan. Bunday vaziyatda uchalasi ham davlat grantiga qabul qilinadi, davlat granti uchun qo‘shimcha joy ajratiladi;

☑️ kontraktda ham xuddi shunday vaziyat. Kirish chizig‘ining oxirida kvotadan ko‘proq bo‘lgan abituriyentlar bir xil ball to‘plagan bo‘lsa, ularning barchasi o‘qishga kirgan deb hisoblanadi va qo‘shimcha joy ajratiladi;

☑️ xuddi shu qoida bakalavr uchun ham, magistratura uchun ham birdek amal qiladi.

Batafsil ma'lumot👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
​📌 Mana sizlarga korruptsion "parllax" Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti va DXXning Qo‘qon shahar bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Qo‘qon davlat pedagogika instituti yoshlar yetakchisi B.X. va fakultet…
​​ SamDU bugun Xushnudbekning manbaalariga tayanib yozilgan axborotimizga raddiya beribdi:

“Talaba.uz” telegram kanalida 2020-yil 10-sentyabr kuni “Mana sizlarga korruptsion "parllax"” sarlavhasi ostida axborot berilgan.

Sizga shuni ma’lum qilamizki, axborotda keltirilgan U.E. ism - sharifli shaxs SamDUda ishlamaydi.

Huquq-tartibot idoralari hamda OAV ma’lumot tarqatishda qonunchiligimizda belgilanganidek, to‘liq tekshirilgan, asosli manbalarga tayansalar, maqsadga muvofiq bo‘lardi. Aslida SamDUga umuman aloqasi bo‘lmagan shaxsni, shtatlar jadvalida yo‘q lavozim bilan atash, jamoatchilikni chalg‘itishga, ortiqcha gap-so‘zlar ko‘payishiga olib keladi.

Mazkur e’tirozlarni inobatga olib, ushbu axborotga tegishli tartibda tuzatish berishingizni so‘rayman.

©Samarqand davlat universiteti Matbuot xizmati.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Onam aytardi:

"Armiyaga borsang general bo'lasan, cherkovga borsang rim papasi bo'lasan."
Men esa rassomchilik maktabiga bordim va Pikasso bo'ldim.

® Pablo Pikasso

Qaysi sohani tanlashing muhim emas, muhimi tanlagan sohangda eng zo'ri bo'l.
Shunday bo'lginki, o'sha sohani odamlar eslaganda, Seni noming hayolga birinchi bo'lib kelsin ! Quruvchimisan, jurnalistmi, taksistmi, qo'shiqchimi, qorovulmi farqi yo'q !
Shu sohani tanladingmi, cho'qqida o'z nomingni qoldir !


Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
DIQQAT!

Test ballari e'lon qilindi! Hayajonli daqiqalar.😉
1) abitur.dtm.uz saytidagi shaxsiy kabinetga kirib, "Natija-2020" bo'limi orqali

2) @Imtihon_JavoblariBot ushbu botga /start bosib, rasmda ko'rsatilgan o'zingizning QR kodingizni yuboring.
3) Abituriyent ruxsatnomasining pastki tomonidagi QR kodni
@qr_scanner_bot shu botga rasmga tushirib yuboring

ILTIMOS LOGIN - PAROLNI O'RNIGA QR KODNI RASMGA OLIB YUBORING. TEZROQ JAVOBINI BILIB OLASIZ!

Abituriyentlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
"Oybek" dan qutilgandik, "MDIST" ga tutildik😂😂😂

Odamlarga nimadir bo'lyaptimi? Boshqa o'qishga kirgan ekansan, borma imtihonga😑

Yana 80.9 ball to'plabdiye
)

Abituriyentlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Assalomu alaykum!

Juma ayyomingiz muborak boʻlsin 😊

🎓Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Bobir Akilkhanov Oʻzbekistondagi NAPA Texnoparkini sotib oldi!

NAPA TEAM kompaniyasi Jarayonlarni avtomatlashtirish milliy assotsiatsiyasi bo‘lib, axborot texnologiyalari, innovatsiyalar va taʼlim sohasida faoliyatini olib bormoqda, ayniqsa IT sohasidagi milliy kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish masalasiga jiddiy diqqat qaratiladi.

Batafsil:👉 https://bit.ly/32knnvD
❓Bilasizmi?

🔹Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 iyundagi PQ-4359-son qaroriga muvofiq “2019/2020 oʻquv yilidan boshlab: oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga QOʻSHIMCHA QABUL oliy taʼlim muassasalarining mavjud quvvatlari, moddiy-texnik bazasi hamda professor-oʻqituvchilari tarkibidan kelib chiqib, boʻysunuviga koʻra vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda oliy taʼlim muassasalari tomonidan mustaqil ravishda belgilanadigan magistratura mutaxassisliklariga bazaviy toʻlov-kontrakt boʻyicha QOʻSHIMCHA QABUL parametrlari asosida amalga oshiriladi.”.

⚠️Yuqoridagi iqtibosni soddaroq tushuntiramiz.

✅Bakalavriatga qoʻshimcha qabul bormi?
Bor. Faqat, toʻlov-kontrakt miqdori toʻplangan ballga koʻra tabaqalashtirilgan darajada (“dopkontrakt”, “superkontrakt”) hisoblanadi. Masalan: bazaviy kontraktga nisbatan 1,5 barobar, 2 barobar, ...., 10 barobar va hokazo.

✅Magistraturaga qoʻshimcha qabul bormi?
Bor. Toʻlovi - oddiy, bazaviy kontrakt miqdorida. Hech qanday oshirilgan miqdor yoʻq.

Batafsil ma'lumot⤵️
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalaridan turdosh ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishi ko‘chirish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan TALABALAR DIQQATIGA!

✅ O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalaridan turdosh ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishi ko‘chirilishi RUXSAT ETILGAN talabalar ro‘yxati tegishli oliy ta’lim muassasalariga yuborilgan.

❗️O‘qishini ko‘chirilishiga ruxsat etilgan talabalar ro‘yxati bilan 2020-yil 11-sentyabr kuni soat 12:00 dan boshlab tegishli oliy ta’lim muassasasining rasmiy veb sayti orqali tanishish mumkin.

‼️Mazkur ro‘yxatdagi talabalardan tegishli oliy ta’lim muassasasiga murojaat qilishlari so‘raladi.

👉 Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti;
👉 Oʻzbekiston milliy universiteti;
👉 Oʻzbekiston milliy universiteti Jizzax filiali;
👉 Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti;
👉 Toshkent davlat texnika universiteti;
👉 Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali;
👉 Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali;
👉 Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filiali;
👉 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;
👉 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali;
👉 Toshkent moliya instituti;
👉 Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti;
👉 Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti;
👉 Toshkent kimyo-texnologiya instituti;
👉 Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali;
👉 Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali;
👉 Toshkent davlat pedagogika universiteti;
👉 Toshkent davlat pedagogika universiteti Termiz filiali;
👉 Toshkent davlat pedagogika universiteti Shahrisabz filiali;
👉 Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti;
👉 Andijon mashinasozlik instituti;
👉 Andijon davlat universiteti;
👉 Buxoro davlat universiteti;
👉 Buxoro muhandislik-texnologiya instituti;
👉 Guliston davlat universiteti;
👉 Jizzax politexnika instituti;
👉 Qoraqalpoq davlat universiteti;
👉 Qarshi davlat universiteti;
👉 Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti;
👉 Namangan davlat universiteti;
👉 Namangan muhandislik-qurilish instituti;
👉 Namangan muhandislik-texnologiya instituti;
👉 Samarqand davlat universiteti ;
👉 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti;
👉 Samarqand davlat chet tillar instituti;
👉 Samarqand iqtisodiyot va servis instituti;
👉 Termiz davlat universiteti;
👉 Fargʻona davlat universiteti;
👉 Fargʻona politexnika instituti;
👉 Urganch davlat universiteti;
👉 Navoiy davlat pedagogika instituti;
👉 Nukus davlat pedagogika instituti;
👉 Jizzax davlat pedagogika instituti;
👉 Qoʻqon davlat pedagogika instituti;
👉 Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti;
👉 Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti;
👉 Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filiali;
👉 oshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filiali.
@talimxabarlari

Batafsil: 👇👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​​​Oʻzbekiston Respublikadagi nodavlat oliy taʼlim muassasalari soni nechta?

Respublikada amaldagi qonunchilik boʻyicha oʻrnatilgan tartibda tashkil etilgan nodavlat oliy taʼlim muassasalari roʻyxati:

1. Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti;
2.Akfa universiteti;
3.Qoʻqon universiteti;
4.Fargʻona shahridagi Koreya xalqaro universiteti;
5. “Tashkent International University” xalqaro universiteti;
6. TEAM universiteti;
7. Toshkent shahridagi Britaniya menejment universiteti;
8. “Tashkent International University of Education” xalqaro universiteti.

Eslatma: mazkur roʻyxatda xorijiy oliy taʼlim muassasalarining respublikamizdagi oʻrnatilgan tartibda tashkil etilgan filiallari keltirilmagan.

Batafsil ma'lumot⤵️
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Bir necha fanlarni imtihonlaridan o'ta olmaganman, lekin do'stim hamma fanlardan a'lo baholarga o'tgan....

Hozir o'sha do'stim "Microsoft"da injiner lavozimida ishlamoqda....

Men esa "Microsoft" egasiman

© Bill Gates

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Ming so'mlik kupyuralar shpargalka uchun qurbon qilindi😂🤦‍♂

🎓Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​​​#Ijodiy_imtihon

Qoraqalpoq davlat universitetida kasbiy va ijodiy imtihonlar yakunlandi

Joriy yilning 2-10 sentyabr kunlari Qoraqalpoq davlat universitetiga oʻqishga kirish uchun kasbiy va ijodiy imtihonlar boʻlib oʻtdi.

Imtihonlarni shaffof, adolatli oʻtkazish maqsadida onlayn video kuzatuv qurilmalari hamda epidemiologik xavfsizlik talablariga muvofiq profilaktika vositalari taʼminlandi.

Kasbiy va ijodiy imtihonlarga ishtirok etish uchun jami 2298 nafar abituriyent roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, ulardan 1956 nafari (85.1%) imtihonlarda ishtirok etdi. 342 nafar (14.9%) abituriyent turli sabablarga koʻra imtihonlarda qatnashmadi. Murojaatlar asosida oʻz vaktida qatnasha olmagan 11 nafar talabgorga qayta topshirish uchun imkoniyatlar yaratildi.

Maʼlumot oʻrnida mazkur imtihonlar universitetning 8 ta taʼlim yoʻnalishida kunduzgi va sirtqi taʼlim shakllari uchun oʻtkazildi.

Batafsil ma'lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Yilning eng omadli abituriyenti. Bunaqasi kamdan kam bo'ladi.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg