Talaba.uz | Ta'lim portali
5.46K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
📌 Qaysi OTMlarda an'anaviy o'qishlar boshlangani aniq bo'ldi

🏫Toshkent tibbiyot akademiyasi va uning filiallari,

🏫 Toshkent tibbiyot pediatriya instituti,

🏫Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti,

🏫Toshkent farmasevtika instituti,

🏫Toshkent davlat stomatologiya instituti,

🏫Andijon davlat tibbiyot instituti,

🏫Buxoro davlat tibbiyot instituti,

🏫Samarqand tibbiyot institutining
bakalavriat yo‘nalishini bitiruvchi bosqich talabalari hamda magistratura va klinik ordinatura (rezidentura) talabalari uchun an’anaviy shaklda o‘qishlar boshlanmoqda.

Batafsil ma'lumot
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Ichakdek "cho‘zilayotgan" magistratura javoblari

Juda ko‘pchilik tomonidan magistraturaga imtihon topshirganlardan natijalar qachon chiqishi haqida paydar-pay savollar kelmoqda. Men natijalar haqida biror ma’lumotga ega emasman.

Javobni kutayotganlarda nega bezovtalik? Nega natija chiqishi cho‘zilayotgani ularni xavfsiratmoqda? Damni olib, ishlarni qilib yuravermaydimi? Mana shu savollarga lekin javob bera olaman:

- avvalo bu O‘zbekiston. Mamlakatdagi ta’lim korrupsiya yetoviga shu qadar chuqur shung‘iganki, nafaqat magistratura balki bolalar bog‘chalari-yu, koronavirus bilan kasallanganlar ortidan ham "soqqa" qilinadi. Nega xavfsiramasin?!

- kutish eng yomon holat. Chunki u atrofingdagilar oldida o‘ng‘aysiz vaziyatga soladi.

- haminqadar ishni ham shu taxlit cho‘zilishi ta’lim sohasida operativlik yo‘q degan ichkin xulosalar keltirib chiqaradi.

Muxtasar aytganda, o‘tayotgan har bir kun oraga gumon o‘rlataveradi. Natijalar tezroq chiqqani durust.
Ⓜ️ Bahodir Ahmedov

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
⚡️Kontraktga o‘tish ballari ham o‘zgardi

DTM saytidagi o‘tish ballari sahifasida ham o‘zgarish yuz bergan. Masalan, Toshkent davlat yuridik universiteti misolida oladigan bo‘lsak, avval davlat granti uchun o‘tish ballari 2 ta fakultetda ko‘rsatilmagan, shunchaki chiziqcha qo‘yilgan edi. Chunki o‘sha yo‘nalishlarda kvota doirasida sportchilar imtiyozli qabul qilingandi. Ana endi ular kvotadan tashqariga olib o‘tilgandan keyin, davlat granti uchun o‘tish bali 189 ball deb belgilangan. Demak, 189 ball olganlarning barchasi grantga qabul qilingan.

Yana bir muhim tomoni, kontrakt uchun ham kirish ballari biroz pastlagan. Ya’ni sportchilar kvotadan tashqariga olib o‘tilgani natijasida kontrakt chizig‘ining tagida turgan va ozgina bali yetmay qolgan abituriyentlar mandat chizig‘ida yuqoriga ko‘tarilib, kontrakt asosida qabul qilingan.

Shuning uchun mandat chizig‘i tagida turgan abituriyentlar yana bir bor o‘z natijalarini qayta tekshirib qo‘yishlarini so‘ragan bo‘lar edim.

©Xushnudbek Xudoyberdiyev

@TalabaUz
SAVE_20201003_123028.jpg
5 MB
⚡MANDAT- 2020: Oliygohlar umumiy mandat natijalarini eʼlon qilishmoqda

🏛OTM nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Ushbu fayl orqali oliygohga kirish uchun test topshirgan abituriyentlar talabalikka qabul qilingan yoki yoʻqligini, qancha ball toʻplagani va nechanchi oʻrinda turganini bilishlari mumkin.

⚠ Barchaga tarqating! Qolgan oliygohlarniki ham eʼlon qilinmoqda

Batafsil ma'lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
TTA_Qabul_natijalari_2020.pdf
225.7 MB
⚡MANDAT- 2020: Oliygohlar umumiy mandat natijalarini eʼlon qilishmoqda (225 mb)

🏛OTM nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi

TTA vakili tomonidan bizga taqdim etilgan ushbu fayl orqali oliygohga kirish uchun test topshirgan abituriyentlar talabalikka qabul qilingan yoki yoʻqligini, qancha ball toʻplagani va nechanchi oʻrinda turganini bilishlari mumkin.

⚠ Barchaga tarqating! Qolgan oliygohlarniki ham eʼlon qilinmoqda

Batafsil ma'lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
📌2020-2021 o‘quv yili uchun talabalikka tavsiya etilgan abiturientlar diqqatiga

Bakalavriatning kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllari (o‘zbek va rus guruhlari) bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etgan abiturientlarning imtihon natijalari e’lon qilindi.

Ushbu oliygohlarga kirish uchun test topshirgan abiturientlar talabalikka qabul qilingani yoki yo‘qligini, qancha ball to‘plagani va nechanchi o‘rinda turganini bilish uchun quyidagi havolalar orqali tanishishlari mumkin:

Toshkent Moliya instituti👇
https://tfi.uz/uz-Latn/page/Test-natijalari-2020-21

O'zbekiston Milliy universiteti👇
https://nuu.uz/uzc/press/news/events/ev-admission/1413

⚠ Barchaga tarqating! Qolgan oliygohlarniki ham eʼlon qilinmoqda

Batafsil ma'lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
⚡Mandat natijalari oliygohlarning rasmiy saytlarida eʼlon qilinmoqda

Roʻyxat toʻldirilmoqda. Hozirda saytga joylashtirilgan mandatlar bilan tanishing:

1. Oʻzbekiston milliy universiteti

2. Toshkent tibbiyot akademiyasi

3. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

4. Toshkent moliya instituti

5. Toshkent davlat stomatologiya instituti

6. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti

7. Samarqand veterinariya tibbiyot instituti

Qolgan oliygohlarniki ham eʼlon qilinmoqda. Tez orada kanalga joylaymiz!

Batafsil ma'lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
387-натижа ПДФ.pdf
726.5 KB
Samarqand Veterinariya Instituti Toshkent Filiali 2020-21 yil oʻquv yili uchun talabalikka qabul qilingan Abiturientlar roʻyxatini eʼlon qildi!

Jami 449 nafar Abiturient talabalikka qabul qilingan!
Shundan:
317 nafari kunduzgi
132 nafari sirtqi taʼlim shakliga

Batafsil ma'lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#talabalik

TALABA BO'LDIM, ONA

Ortda qoldi g'amlarim,
Issiq-sovuq damlarim,
To'ldi barcha kamlarim,
Talaba bo'ldim, ona!

Tunni tongga ulardim,
Kitob bilan uxlardim,
O'z holimga kulardim,
Talaba bo'ldim, ona!

Uyqusiz tunlar xayr,
Tushliksiz kunlar xayr,
Boshlandi OLTIN DAVR
Talaba bo'ldim, ona!

Quvildi dildan alam,
Baxtim ham bo'ldi bekam,
Budjetga kirdim men ham,
Talaba bo'ldim, ona!

Quvonchim osmon qadar,
Boshim ko'klarga yetar,
Yig'lamangda shu safar,
TALABA bo'ldim, ona!

Hamrohim bo'lib kitob,
Tegdi ko'ksimga oftob,
Eng baxtliman men shu tob:
TALABA BO'LDIM, ONA!..

✍ Muallif: Umida Rahmonova

Talabalarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
⭕️☑️Toshkent davlat yuridik universitetiga grantga kirish uchun 189 ball toʻplash shart edi!

🗞 2020-2021 oʻquv yili kirish imtihonlarida Toshkent davlat yuridik universiteti kunduzgi taʼlim oʻzbek tili yoʻnalishidagi barcha yoʻnalishlarda grant uchun oʻtish balli bir xilda maksimal 189 ballni tashkil etgan.

🧾 Atigi 1 ta testda xato qilgan abituriyent bir umr oʻzini kechirmasa kerak!

📍 Kontrakt narxi: 14 mln 945 min soʻm
10% chegirma bilan: 13 mln 964 ming soʻm

Batafsil ma'lumot
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🎓 Sessiya, seminar, o'qish tashvishlar
✍ Leksiya yozishlar, darsdan qochishlar
😍 Umrning mazmuni ushbu damlarim
👨‍🎓 Talabalik davrim - oltin damlarim!

Safimizga qo'shiling👇

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Dunyo ta'lim tizimidagi o'ziga xos qoidalarni bilasizmi?

Ajoyib audio 🎧

Biz bilan bo'ling😎👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
- Oʻqishga kirish uchun sizga nima yordam berdi?
- Yulduzlarning joylashuvi.
- Qanday joylashuv? Tushunmadim.
- Dadamning yelkasidagi yulduzlarda.

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Ijodiy imtixon natijalari chiqa boshladi

Siz natijalarni o'zingiz imtixon topshirgan OTM rasmiy saytidan olishingiz mumkin .

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡ DTM oldida yuzlab norozi abituriyentlar to‘planishdi!

Bugun Harbiy imtiyozli abituriyentlar va ularning ota onalari DTM tomonidan imtiyoz balli qo‘shib berilmaganidan norozi bo‘lib DTM bosh binosi oldida to‘planishdi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
⚡️⚡️⚡️ Respublika oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan abituriyentlar DIQQATIGA !

❗️2020/2021 o‘quv yiliga respublika oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari tegishli oliy ta’lim muassasalarining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilindi.

👉 Respublika oliy ta’lim muassasalarining alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga abituriyent sifatida hujjat topshirib, kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etgan abituriyentlar o‘zlarining talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmaganligi to‘g‘risidagi natijalar bilan tegishli oliy ta’lim muassasasining RASMIY VEB-SAYTI sayti orqali tanishishlari mumkin.

Ⓜ️ Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
⚡ DTM oldida yuzlab norozi abituriyentlar to‘planishdi! Bugun Harbiy imtiyozli abituriyentlar va ularning ota onalari DTM tomonidan imtiyoz balli qo‘shib berilmaganidan norozi bo‘lib DTM bosh binosi oldida to‘planishdi. Bizni kuzatishda davom eting! Doʻstlarga…
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Otangga bor, onangga bor

Yohud tavsiyanomasi bo‘lsa ham, o‘qishga kira olmagan abituriyentlar mashmashasi

"O‘zbekiston 24" telekanali muxbirlari tomonidan kechagi DTM binosi oldida to‘plangan norozi abituriyentlar bilan bog‘liq maxsus reportaj taqdim etildi.

DTM hodimlari aybni bizda emas, mudofaa vazirligida deya iddao qilishmoqda va norozi abituriyentlarga faqatgina kutish kerakligini tavsiya qilishmoqda.

🔥Voqealar rivoji davom etadi! Ko‘ramiz, ushbu abituriyentlar o‘qishga qabul qilinarmikan? Adolat tiklanarmikan yoki yo‘q?

Doʻstlarga ulashing
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prezident farmoni asosida, pandemiyaga qarshi kurashishda aholi salomatligini himoya qilish, ularga zarur ma’lumotlar va resusrlarni tezkor yetkazib berishda ko‘rsatgan jonbozligi uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda oliy ta’lim muassasalarining 28 nafar xodimi “Mehr-saxovat” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Ⓜ️ Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg