⭕️☑️SUPER-KONTRAKT
❗️ Bugun super-kontrakt miqdori maʼlum boʻldi: 46 milliondan 229 million soʻmgacha.
🗞 Menimcha, super-kontrakt bizning oliy taʼlim tizimimizning qoloqligi, ikkiyuzlamachiligi va mutlaq ojizligining isboti. Davlat rasman tan oldi: ustunlik har doim oʻz bilimsizligi uchun qoʻshimcha pul toʻlaydigan odamlarda boʻladi.
🧾 Barcha abituriyentlarning atigi 10 foizi oʻqishga kira oladi. Shunga qaramay, davlat yetarli ball toʻplay olmagan, ammo toʻlashga tayyor boʻlganlar uchun qoʻshimcha joy ajratishini qarang.
Taxminan shunday koʻrinadi:
“Yurist yoki shifokor boʻlishni xohlaysizu, yetarli ball toʻplash uchun miyangiz ishlamaydimi? Marhamat, 17-23 ming dollar toʻlang va oʻqing! Siz uchun alohida joylarimiz bor!”
📌 Boshqa tomondan, bu davlat test markazining boʻlajak talabalar bilimlarini toʻliq baholay olmasligining isbotidek. Bir nechta Franklinlar esa abituriyentlarning kelajakdagi kasbiga mosligini “qayta baholashi” mumkin.
Bularning barchasi tizimga boʻlgan nafrat va jirkanishdan boshqa narsani keltirib chiqarmaydi.
📍 SUPER-KONTRAKT - bu korrupsiyaga qarshi kurashda mamlakatimiz tomonidan koʻtarilgan oq bayroq. Korrupsiya gʻalaba qozondi. Xalq yutqazdi. Yana bir marta.
Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

#breaking_news #тайинлов
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori lavozimida faoliyat yuritgan Babaxodjayev Sarvar Nadjimovich TATU rektori lavozimiga tayinlandi.
TATU rektori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Teshabayev To‘lqin Zakirovich Toshkent moliya instituti rektori etib tayinlangani bois hozirgi lavozimidan ozod etildi.
Talabalarga ulashing 👇👇

Bu yil super-kontrakt narxi arzonroq bo‘lmoqda
▪️Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining xabariga ko‘ra, bu yil OTM tomonidan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari tasdiqlangan minimal miqdordan oshirilmaydi.
Biroq o‘zini-o‘zi moliyalashtiruvchi OTMlar super-kontrakt narxini oshirishi mumkin. Bular: UrDU, SamDChTI, SamISI, TDYuU, TDIU, TMI, TDSHU, ToshFarmI, O‘zDJTU, TTYMI - hozirgi Transport universiteti.
O‘quv yilining birinchi yarmi uchun super-kontraktning kamida 50 foizi 1-dekabrdan, ikkinchi yarmi uchun 1-martdan kechiktirmay to‘lanishi kerak.
Eslatib o'tamiz, abituriyentlarga 5ta yo'nalishdan birida tabaqalashtirilgan to'lov-kontrakt asosida o'qish imkoni berilgan.
➡️Talabalarga ulashing 👇👇

Prezident qarori bilan (PQ–4857, 08.10.2020) “A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” Federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi (Universitet)ning Toshkent shahridagi filiali tashkil etildi.
Qarorga ko‘ra, Filial:
❇️ barcha darajadagi mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiradi;
❇️ ta’lim jarayonini rus tilida, keyinchalik boshqa tillarda ham olib boradi;
❇️ kadrlar tayyorlashni kunduzgi, keyinchalik sirtqi ta’lim shaklida olib boradi;
❇️ bitiruvchilarga O‘zbekistonda oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan Universitetning belgilangan namunadagi diplomini beradi.
❗️Respublikadagi jami oliy ta’lim muassasalari soni 126 taga, jumladan, xorijiy OTMlar filiallari 24 taga yetdi.
➡️Talabalarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Qarorga ko‘ra, Filial:
❇️ barcha darajadagi mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiradi;
❇️ ta’lim jarayonini rus tilida, keyinchalik boshqa tillarda ham olib boradi;
❇️ kadrlar tayyorlashni kunduzgi, keyinchalik sirtqi ta’lim shaklida olib boradi;
❇️ bitiruvchilarga O‘zbekistonda oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan Universitetning belgilangan namunadagi diplomini beradi.
❗️Respublikadagi jami oliy ta’lim muassasalari soni 126 taga, jumladan, xorijiy OTMlar filiallari 24 taga yetdi.
➡️Talabalarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
O‘zbekistondan necha kishi grin-karta yutadi?
2017 yilda O‘zbekiston fuqarolaridan 1,8 millionta, 2018 yilda 1,7 millionta, 2019 yilda esa 466 480 ta ariza kelib tushgan. O‘tgan yili dastur qoidalari o‘zgargach, O‘zbekiston fuqarolaridan xorijga chiqish pasportini olish talab etilgan edi.
Lotereyada g‘olib deb topilganlarga kelsak, 2016 yil may oyida 4501 nafar, 2017 yil mayida 4494 nafar o‘zbekistonlikka yutuq chiqqan. Ammo g‘oliblarning barchasiga ham grin-karta nasib etavermaydi. 2017 yilda 3199 nafar, 2018 yilda 2058 nafar, 2019 yilda 823 nafar O‘zbekiston fuqarosi DV dasturi orqali AQShda doimiy yashash huquqini qo‘lga kiritgan.
2010-2019 yillarda (10 yil ichida) 27 563 nafar o‘zbekistonlikka grin-karta berilgan, bu yiliga o‘rtacha 2755 kishi demakdir (bu yerda aynan DV lotereyasi orqali olingan grin-kartalar haqida gap ketmoqda; ma'lumot uchun, grin-karta olishning boshqa yo‘llari ham bor).
Omadini sinab ko‘rmoqchi bo‘lganlar belgilangan davrda dvprogram.state.gov sayti orqali ariza-anketa to‘ldirib, shu orqali o‘yin ishtirokchisiga aylanadi. Bu mutlaqo bepul.
Doʻstlarga ulashing 👇👇

Endilikda super kontraktda oʻqishni istaganlar 5 ta yoʻnalishdan birini tanlashlari mumkin
O‘zR ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining bayoni qarori bilan o‘qishga kirolmagan abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tish mobaynida tanlagan ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi yoki beshinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tabaqalashtirilgan ("SUPERKONTRAKT") to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga ruxsat berildi.
Bunda, OTMlar tomonidan talabalikka qabul qilish tanlov bo‘yicha birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida e’lon qilingan test sinovlari natijalariga ko‘ra, abituriyentlarning to‘plagan balini asos sifatida qabul qilib, murojaat etgan abituriyentlarning arizalariga muvofiq, to‘plagan ballari qat’iy ketma-ketligiga rioya etgan holda amalga oshiriladi.
Batafsil ma'lumot👇

#MANDAT_2020
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga hujjat topshirgan abituriyentlar diqqatiga!!! Va nihoyat ijodiy imtihonlar natijalari e'lon qilindi.
http://uzdjtsu.uz/pages/114
👆👆👆
Mazkur havola orqali O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Kasbiy (ijodiy) imtihonlarda abituriyentlar talabalikka tavsiya etilgan yoki tavsiya etilmaganligingizni, to‘plagan balingiz va nechanchi o‘rinda turganingizni bilib olishingiz mumkin!
Batafsil👇👇

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#fakt
Bir dona oshiq-moshiqning yetishmasligi butun miya faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi.

Talabalar murojaati: oliy taʼlim muassasalarida Prezident farmoni ijrosi taʼminlanmayapti
Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5953 sonli farmoniga asosan, 2020/2021-oʻquv yilidan boshlab, talabalar toʻlov-kontrakt pulini toʻrtga bo‘lib to‘lashi mumkin.
Bu haqida biz koʻp marotaba maʼlum qilgan edik. Biroq birorta oliy taʼlim muassasasi toʻlov-kontraktni toʻrtga boʻlib toʻlashning imkoni mavjudligini tan olmayapti va faqatgina ikkiga boʻlib toʻlash mumkinligini aytmoqda.
Oʻrganishlarimiz natijasida oliy taʼlim muassasalari bu haqida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligidan rasmiy xat olmaganini, vazirlikning bu haqidagi rasmiy xati boʻlmasdan turib, hech qanday yangilik qila olmasligini aytmoqda.
Ayni shu masala yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan ham bogʻlandik. Adliya vazirligidagilarning ham taʼkidlashicha, bu gʻirt byurokratiya va Prezident farmoni ijrosini taʼminlash uchun vazirlikning hech qanday rasmiy xati boʻlishi shart emas, oʻz nomi bilan u Prezident farmoni va ijrosi taʼminlanishi shart!
Endi savol tugʻilmoqda: Prezident farmoni ijrosini taʼminlamagan, farmonga bepisand boʻlgan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda vazirlikning rasmiy xatisiz nafas ham olmay turadigan oliy taʼlim muassasalari talabaning fikrini, uning murojaatini qanday eshitsin? Qanday amalga oshirsin? Bular Prezident farmoni ijrosini taʼminlamayapti-ku, oddiy talabaning talabini qanday bajaradi?
Ochigʻi vazirlikni ham, oliy taʼlim muassasalarini ham gapirib odam charchadi. Toʻlov-kontraktni toʻrtga boʻlib toʻlash boʻyicha Prezident farmoni talabalarga, ularning ota-onalariga yengillik va qulaylik yaratadi. Nega endi buning ijrosi taʼminlanmasligi kerak?
Soʻnggi soʻz oʻrnida bir gap aytmoqchimiz. Hurmatli Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligidagilar hamda oliy taʼlim muassasalari! Siz Prezident farmoniga shunchalik bepisandmisiz?
❗️Toʻlov-kontraktni toʻrtga boʻlib toʻlashning huquqiy asosi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5953 sonli farmoni: 👉🏻 https://www.lex.uz/docs/4751561
‼️ P.S.: Bu holat boʻyicha bizda yetarlicha dalillar, audioyozuvlar mavjud va gap Prezident farmoni haqida ketayotgan ekan, barcha dalillarni kerakli joylarga, albatta, taqdim etamiz!
Ⓜ️ masofatalim
Mutasaddilarga yetkazamiz😒👇

#Tezkor
Yaqin kunlarda Oliy ta'lim muassasalari an'anaviy darslarga qaytadi!
Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi hamda Sog'liqni saqlash vazirligi hamkorlikda pandemiya sharoitida an'anaviy darslarni tashki qilish to'g'risida vaqtinchalik tavsiyalari tasdiqlangan qaror bizning qo'limizga kelib tushdi.
Ushbu qarorda OTMlarni va Talabalar turar joylarini har kuni dezinfektsiya qilish. Darslarni 08:00dan 17:30 oralig'ida tashkil qilish to'g'risida yozilgan.
Va shuni unutmangki, qarorning 40-bobida uzoq hududda yashayotgan talabalar o'z hohishiga ko'ra masofaviy ta'lim olishlari mumkinligi aytib o'tilgan.
Qaysi sanadan an'anaviy darslar boshlanishi haqida aniq ma'lumot yo'q!

O‘qishni ko‘chirish imtihonidan qolib ketganlarga 14-15 oktyabr kunlari qayta onlayn test sinovlari o‘tkaziladi
2020/2021 o‘quv yiliga xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha joriy yilning 5-6 sentyabr kunlari o‘tkazilgan onlayn test sinovlarida ishtirok eta olmagan fuqarolar uchun 2020 yil 14-15 oktyabr kunlari onlayn test sinovlari o‘tkaziladi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.
Onlayn test sinovlari o‘tkaziladigan manzil va aniq vaqti onlayn test sinovlarida ishtirok etish uchun beriladigan “ruxsatnoma”da qayd etiladi.
Joriy yilning 5-6 sentyabr kunlari o‘tkazilgan onlayn test sinovlarida ishtirok eta olmagan fuqarolar “ruxsatnoma”larni joriy yilning 11 oktyabr kuni soat 12:00 dan boshlab o‘zlarining shaxsiy kabinetlari orqali olishlari mumkin.
✅ Test sinovlarida ishtirok etuvchi fuqarolardan onlayn test sinovlarida ishtirok etish uchun belgilangan joylarga o‘z vaqtida fuqarolik pasporti (asli) hamda shaxsiy kabinetiga yuborilgan “ruxsatnoma” bilan kelishlari talab etiladi.

DIQQAT!!!
Kuni kecha kanalimizda o'qishlar tez kunlarda an'anaviy boshlanishi to'g'risida ma'lumot joylagan edik.
Ishonchli manbalarning aytishicha, yuqoridagi qaror faqat 2020-2021 o'quv yilida o'qishga qabul qilingan 1-kurs talabalari uchun ekan. Ya'ni, an'anaviy darslar faqat 1-kurslarga yo'lga qo'yilar ekan.
Undan yuqori kurslar uchun an'anaviy darslar qachon boshlanishi to'g'risida ma'lumot yo'q!
Demak, hurmatli yuqori kurs talabalari, yurakni keng qilib masofaviy ta'lim olishni davom ettiramiz)!
Talabalarga ulashing👇👇

Koʻcha futboli haqida ikki ogʻiz soʻz 😄.
Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 MAQSAD *ruhlantiruvchi video*
👤 #Shaha_Dolimov
Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👤 #Shaha_Dolimov
Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Super-kontrakt narxlari (kunduzgi) @xushnudbek.pdf
236.7 KB
⭕️☑️Super-kontraktning belgilangan minimal miqdorlari oshirilmaydi
📌 Davlat qabul komissiyasining qaroriga ko‘ra, tasdiqlangan super-kontrakt narxlarini OTMlar oshirmasligi belgilab qo‘yildi. O‘tgan yildan buyon OTMlar super-kontrakt narxlarini o‘zi mustaqil belgilay olar edi, Davlat qabul komissiyasi esa minimal narxlarni belgilardi xolos.
📍 Joriy yilda pandemiya sharoitini inobatga olib, belgilangan minimal narxlar oshirilmaydigan bo‘ldi. Bu ham o‘qishga kira olmagan abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun yordam bo‘ladi.
🔖 Izoh: lekin bu qoida o‘zini o‘zi moliyaviy ta’minlaydigan 10 ta OTM uchun istisno qilinadi.
👆🏻 Yuqoridagi faylda kunduzgi ta’lim uchun super-kontrakt narxlari keltirilgan.
🔘Doʻstlarga ulashing 👇👇

Magistraturaga imtihon topshirgan, biroq o‘qishga kirolmaganlar diqqatiga
Bugun, 12-oktyabrdan boshlab magistraturaga test sinovlarida ishtirok etgan, biroq imtihon natijalariga ko‘ra o‘qishga kira olmagan talabgorlar o‘zi hujjat topshirgan oliygohiga kelib qo‘shimcha o‘rinlarga ariza topshirishlari mumkin.
Bunda talabgor test sinovlarida mutaxassislik fanlari bo‘yicha to‘planishi lozim bo‘lgan maksimal ballning 55%ini yig‘gan bo‘lishi lozim.
Batafsil ma'lumot👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Bugun, 12-oktyabrdan boshlab magistraturaga test sinovlarida ishtirok etgan, biroq imtihon natijalariga ko‘ra o‘qishga kira olmagan talabgorlar o‘zi hujjat topshirgan oliygohiga kelib qo‘shimcha o‘rinlarga ariza topshirishlari mumkin.
Bunda talabgor test sinovlarida mutaxassislik fanlari bo‘yicha to‘planishi lozim bo‘lgan maksimal ballning 55%ini yig‘gan bo‘lishi lozim.
Batafsil ma'lumot👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
O‘zbekiston turizm politsiyasining sinovdan o‘tkazilayotgan yangi formasi.
O‘zbekistonda ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalari xodimlari (turizm politsiyasi)ning yangi forma kiyim-boshlari bo‘yicha namunalar loyihasi ishlab chiqildi.
Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
O‘zbekistonda ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalari xodimlari (turizm politsiyasi)ning yangi forma kiyim-boshlari bo‘yicha namunalar loyihasi ishlab chiqildi.
Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Statistika
Qo‘shni davlatlarda necha nafar O‘zbekistonlik talabalar tahsil olishmoqda?
Xabaringiz bor, bahorda qo‘shni davlatlarda o‘qiyotgan talabalarning hujjatlarini O‘zbekistonga ko‘chirilishiga ruxsat berilgan edi.
O‘shanda Tashqi ishlar vazirligi bergan dastlabki ma’lumot bo‘yicha, bizda yigirma sakkiz yarim mingga yaqin talaba qo‘shni davlatlarda o‘qiydi degan ma’lumot bor edi.
Uchta qo‘shni davlat – Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikistondan hujjatlar qabul qilinishi boshlangandan keyin ma’lum bo‘ldiki, 55 mingdan ortiq hujjat келиб тушган.
Bu raqamlar faqatgina qo‘shni davlatlardagi yurtdoshlarimizning soni edi holos. Butun dunyo bo‘yicha tahsil olayotgan o‘zbek talabalari soni aqlni shoshirishiga shubha yo‘q!

⚡️⚡️⚡️ 2020/2021 oʻquv yiliga xorijiy oliy taʼlim muassasalaridan Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishini koʻchirish uchun roʻyxatdan oʻtgan ammo ayrim sabablarga koʻra onlayn test sinovlarida ishtirok eta olmagan fuqarolar DIQQATIGA !
⚠️2020/2021 oʻquv yiliga xorijiy oliy taʼlim muassasalaridan oʻqishni koʻchirish boʻyicha joriy yilning 5-6 sentyabr kunlari oʻtkazilgan onlayn test sinovlarida ishtirok eta olmagan fuqarolar uchun 2020 yil 14-15 oktyabr kunlari onlayn test sinovlari oʻtkaziladi.
✅ Onlayn test sinovlari oʻtkaziladigan MANZIL VA ANIQ VAQTI onlayn test sinovlarida ishtirok etish uchun beriladigan “ruxsatnoma”da qayd etiladi.
✅ Joriy yilning 5-6 sentyabr kunlari oʻtkazilgan onlayn test sinovlarida ishtirok eta olmagan fuqarolar “ruxsatnoma”larni joriy yilning 11 oktyabr kuni soat 12:00 dan boshlab oʻzlarining shaxsiy kabinetlari orqali olishlari mumkin.
❗️Test sinovlarida ishtirok etuvchi fuqarolardan onlayn test sinovlarida ishtirok etish uchun belgilangan joylarga oʻz vaqtida fuqarolik PASPORTI (asli) hamda shaxsiy kabinetiga yuborilgan “RUXSATNOMA” bilan kelishlari talab etiladi.
Batafsil ma'lumot👇👇

⭕️☑️Talabalar kontraktini toʻlaganda daromad soligʻidan ozod boʻladimi ❓
Xushnudbek Xudoyberdiyev bu haqida tushuncha berib o'tdi
Hozir talabalarning kontrakt toʻlash jarayonlari boshlangan. Ushbu jarayonlar mobaynida koʻpchilik soliq imtiyozi haqida savol bermoqda.
Soliq kodeksining 378-moddasi 16-bandiga binoan, Oʻzbekistonning oliy oʻquv yurtlarida taʼlim olish (oʻzining, 26 yoshga toʻlmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) taʼlim olishi) uchun yoʻnaltiriladigan soliq solinishi lozim boʻlgan ish haqi va boshqa daromadlariga soliq solinmaydi.
Demak, quyidagi 3 toifaning kontrakti uchun oʻtkazilgan ish haqlaridan daromad soligʻi ushlanmaydi:
1) fuqaro oʻzining kontraktiga oʻtkazsa;
2) ota-onalar 26 yoshga toʻlmagan farzandining kontraktiga oʻtkazsa;
3) er yoki xotin turmush oʻrtogʻining kontraktiga oʻtkazsa.
Bu nima degani?
Masalan, ota oʻz farzandining kontrakti uchun ish haqining bir qismini, aytaylik 1 mln soʻmini toʻgʻridan-toʻgʻri institut hisobiga oʻtkazadi deylik. Buning uchun institutdan shartnoma (hisob-raqam) olib, tashkilot buxgalteriyasiga ariza berib qoʻyish kerak. Bunday vaziyatda agar ota 3 mln soʻm oylik olsa, demak farzandining kontrakti uchun oʻtkazgan 1 mln soʻmdan 12%lik daromad soligʻi ushlanmaydi, faqat qolgan 2 mln soʻmdan soliq olinadi.
Izoh: yuqoridagi 3 ta toifadan boshqalarning, masalan, aka-ukasi, opa-singlisi, kelini yoki boshqa shaxslarning kontrakti uchun ish haqidan toʻlov oʻtkazilsa hech qanday imtiyoz qoʻllanmaydi.