Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
#Tezkor

Dekan ayol talabalarni an'anaviy o'qishga qarshi chiqishga da'vat qildi.

P.s: Yuqoridagilar har tomonlama o'ylab, to'g'ri qaror qabul qilishadi deb o'ylaymiz...

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Ona tilim o‘lmaydi!

Notiq dedi:
“Taqdir shul,
Bu jahoniy iroda.
Tillar yuqolur butkul,
Bir til qolur dunyoda.

“Ey voiz, pastga tushgin,
Bu gap chiqdi qayerdan!”
Navoiy bilan Pushkin
Turib keldi qabrdan.

Kim darg‘azab, kim xayron,
Chiqib keldilar qator:
Dante, Shiller va Bayron,
Firdavsiy, Balzak, Tagor.

“Va’zingni qo‘y, birodar,
Sen aytganing bo‘lmaydi.”
Barcha dedi barobar:
“Ona tilim o‘lmaydi!”

“Xey, bu qanday aqida?”
Qo‘lida tabarruk jom.
Go‘zal forsiy haqida
Ruboiy aytdi Xayyom.

Extirosli, otashdil
Baranje so‘rdi nolon:
- Nahotki farangi til,
Yo‘qolgisi bir zamon”

Neruka, Lorka turdi,
Servantesning yoniga:
- Kim qasd etib tig‘ urdi,
Ona tilim joniga.

Fuzuliy yondi: - Ozar
Tili guldek so‘lmaydi.
Barcha dedi barobar:
“Ona tilim o‘lmaydi!”

Kamalakdek rango-rang
Bo‘lsin deb san’at tillar.
Asrlarcha jang qildik,
Armon qildik ming yillar.

Beqadr bo‘lsa nahot,
Tillardagi tarovat.
Yo‘qoldi bu kun, hayhot,
Qabrlarda halovat!

“Faust” yondi gurullab,
“Xamsa” o‘tga tutashdi.
Bir sado jahon bo‘ylab,
Taraldi, qirlar oshdi.

Bu sado yangrar hamon,
Sira ado bo‘lmaydi.
Olam aytar: Hech qachon
Ona tilim o‘lmaydi!

✍ Erkin Vohidov

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Oʻzbekiston xalqiga bayram tabrigi

Muhtaram vatandoshlar!

Siz azizlarni, sizlar orqali butun xalqimizni bugungi qutlug‘ ayyom – O‘zbek tili bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

1989 yil 21 oktyabrda, g‘oyat murakkab ijtimoiy-siyosiy sharoitda yurtimizda “Davlat tili haqida”gi qonunning qabul qilinishi milliy mustaqillik sari qo‘yilgan muhim qadam bo‘lganini barchamiz yaxshi eslaymiz.

Jamoatchiligimiz, xalqimizning xohish-istaklarini inobatga olib, o‘tgan yili ushbu tarixiy sanani O‘zbek tili bayrami kuni sifatida belgilash to‘g‘risida qonun qabul qilganimizdan hammangiz xabardorsiz. Bugun mamlakatimizda birinchi marta keng nishonlanayotgan ana shu bayram ma’naviy hayotimizdan mustahkam va munosib o‘rin oladi, deb ishonaman.

Toʻliq oʻqish.

Talaba.uz rasmiy kanal 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​​​Oʻzbekiston Respublikadagi nodavlat oliy taʼlim muassasalari soni nechta?

Respublikada amaldagi qonunchilik boʻyicha oʻrnatilgan tartibda tashkil etilgan nodavlat oliy taʼlim muassasalari roʻyxati:

1. Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti;
2.Akfa universiteti;
3.Qoʻqon universiteti;
4.Fargʻona shahridagi Koreya xalqaro universiteti;
5. “Tashkent International University” xalqaro universiteti;
6. TEAM universiteti;
7. Toshkent shahridagi Britaniya menejment universiteti;
8. “Tashkent International University of Education” xalqaro universiteti.

Eslatma: mazkur roʻyxatda xorijiy oliy taʼlim muassasalarining respublikamizdagi oʻrnatilgan tartibda tashkil etilgan filiallari keltirilmagan.

Batafsil ma'lumot⤵️
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
⚡️Olingan maʼlumotlarga koʻra, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi anʼanaviy taʼlimga qaytish borasida ota-onalar va talabalarning fikrini oʻrganish uchun oʻtkazgan soʻrovnomada 2-noyabrdan anʼanaviy taʼlimga qaytish varianti koʻproq ovoz toʻplagan.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Shaxsiy fikr: Agar 2-noyabrdan an'anaviy darslar boshlanadigan bo'lsa, yuragini hovuchlab o'tirgan ota-onalar farzandlarini shahar yo viloyatlarga o'qishga yuborarmikan? Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi buni inobatga olgan deb o'ylaymiz... Taklifim: kim online ta'limni hohlasa online, an'anaviy ta'limni hohlasa an'anaviy o'qishi kerak...

Aks holda ko'plab e'tirozlarga olib kelishi hech gap emas)

Talaba.uz official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Talabalikda vaqtni boshqarish - Hikmat Abdurahmonov | Abdullo Nasullayev
Ⓜ️ Modul 5

Talaba.uz rasmiy kanal 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Milliy test tizimi bo‘yicha matbuot anjumani

✅ Bugun, 22-oktabr kuni soat 11:00 da Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Milliy test tizimi bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

📣 Mavzu: Vazirlar Mahkamasining “Umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyati

Ishtirokchilar:

🎙 Davlat test markazi;
🎙 Xalq ta’limi vazirligi;
🎙 Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi.


OAV xodimlari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif qilamiz.

Matbuot anjumaniga savollarni @aokapressa ga jo‘natishingiz mumkin.

📹 Matbuot anjumani «UzReport TV» va «O‘zbekiston 24» telekanallari orqali onlayn yoritiladi.

Talaba.uz rasmiy kanal 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚠️ Firibganlardan ogoh bo‘ling!

Qirg‘izistondagi O‘sh davlat universitetiga 1350$ evaziga o‘qishga kiritib qo‘yaman degan noqonuniy faoliyat olib borayotgan firibgar qo‘lga tushdi

Talaba.uz rasmiy kanal 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
⚡️Sertifikat uchun testlar faqat variantning o‘zidan iborat bo‘lmaydi — DTM

Milliy sertifikat uchun savollar oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonidan qanday farq qilishi haqidagi savolga Davlat test markazi xodimi Guljahon Madrahimova izoh berdi.

❗️Sertifikat uchun talabgor faqat A, B, C, D variantli topshiriq ishlamaydi. Uning og‘zaki bilimi, yozish ko‘nikmasi ham tekshiriladi.

📝 «Har bir fan xususiyatlari hisobga olinib, savollar tuziladi. Hozircha sertifikat uchun imtihonlar qog‘oz ko‘rinishida, keyinchalik esa onlayn shaklda ham o‘tkaziladi», — dedi DTM vakili.

Talaba.uz rasmiy kanal 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​Qorako‘ldagi maktabning siri nimada?

Qorako‘l xalqaro matematika maktabining o‘qituvchilari bilimlimi yoki o‘quvchilari? Maktab direktori Temir Ro‘ziyevning jurnalist Zuhra Abduhalimovaga bergan intervyusida aytishicha, maktabning asosiy yutug‘i o‘quvchilarni qabul qilishda adolatli tizim joriy etilganida ekan. U hech qanday tanish-bilishchilikka yo‘l qo‘ymasdan, faqat bilimli o‘quvchilar uch bosqichda sinovdan o‘tkazilib, maktabga qabul qilinishini aytdi.

👉 Shuningdek, ishga kirayotgan o‘qituvchilar ham saralab olinadi.

Rost-da, ta’lim tizimida adolat, shaffoflik bo‘lsa, sifat o‘z-o‘zidan oshadi. Ta’lim sifatini zo‘rma-zo‘rakilik bilan ko‘tarib bo‘lmaydi. Ayniqsa, matematika va fizika fanlarini o‘zlashtirishda bu jihatga alohida e’tibor qaratish zarur.

Talaba.uz rasmiy kanal 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📃 Harbiy imtiyozga ega abituriyentlar kimdan aniq javob olishni bilmay sarson bo'lmoqda

100 nafardan ortiq abituriyentlar mustaqillik maydonidan Vazirlar Mahkamasi kengashi raisi Abdulla Aripov qarorgohi tomon harakatlanmoqda.

Talaba.uz rasmiy kanal 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
2020/2021 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalari talabalariga to‘lov-kontrakt miqdorlarini o‘quv yili davomida teng ulushlarda to‘rt bo‘lib to‘lash imkoniyati berildi

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar o‘qish uchun to‘lovlarni teng ulushlarda to‘rt bo‘lib, quyidagi muddatlarda amalga oshirishlari mumkin.

✅ Jumladan:

➖belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 15 sentyabrgacha yoki O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha hamda ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar uchun 1 oktyabrgacha yoki oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan uzaytirilgan muddatgacha;

➖belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1 yanvargacha, 75 foizi 1 aprelgacha va 100 foizi 1 iyulgacha yoki oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan uzaytirilgan muddatlargacha;

➖xorijiy fuqarolar uchun oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan belgilangan muddatlargacha;

➖ tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga o‘quv yilining birinchi yarmi uchun to‘lovlarni amalga oshirish muddati va miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan va qolgan qismi oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan belgilangan muddatlargacha amalga oshiriladi.

Talaba.uz rasmiy kanal 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
⚡️⚡️⚡️Aytishlaricha, 1-kurs talabalari uchun 2020-yil 2-noyabrdan, 2- va 3-kurs talabalari uchun 16-noyabrdan anʼanaviy taʼlimning boshlanishi xabar qilindi.

Xabarning aniqligi rasmiy manbalarimizdan oʻrganilmoqda.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Bitiruvchi kurslar

2020-2021 o‘quv yilining kuzgi semestrida 4-kurs talabalari uchun o‘quv mashg‘ulotlari 14-noyabrda tugashini va tugashiga oz muddat qolganligini hisobga olib, bular uchun o‘quv jarayonini onlayn tugatish va 2 haftalik yakuniy nazorat sinovlari o‘tkazilgandan so‘ng ularni 30 noyabrdan 2 oylik (48 kunlik) pedagogik amaliyotga jo‘natishi mumkin...

Eslatib o'tamiz, xabar rasman tasdiqlangani yo'q!

Batafsil, tez orada👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
📌 Bizga yetib kelgan ma'lumotlarga ko'ra an'anaviy darslar boshlanishi aniq bo'ldi

Noyabr oyidan boshlab barcha OTMlarning barcha talabalariga bosqichma-bosqich an'anaviy darslarga ruxsat beriladi. Bu haqida qarorni OTM rektori vaziyatdan kelib chiqib qaror qabul qiladi. Yotoqxona masalasi hamon yopiqligicha qolmoqda.

An'anaviy darslarga qatnashish majburiy yoki ixtiyoriyligi haqida ma'lumot yo'q. Lekin ixtiyoriy bo'lishi ehtimoli katta.

Bir gap bilan OTMlar ochilishi aniq. Rasmiy xabar kutyabmiz.

Batafsil, tez orada👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Aytishlaricha, Namangan Muhandislik-Texnologiya instituti talabalari uchun rektorning taklifi ekan

Hamma OTMda har xil bo'ladi shekilli😑

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Samarqand Davlat universiteti bo'yicha...

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Goʻzal jannat bizga boʻlmasin armon,
Tark etmasin sira qalblarni iymon.
Bu kun savoblaridan nasib aylasin,
Juma ayyomingiz muborak boʻlsin!

Talaba.uz rasmiy kanal 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg