Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugundan Buxoro davlat tibbiyot institutida an'anaviy darslar boshlandi!

Sog'liqni saqlash vazirligi xabar berganidek tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida an’anaviy ta’limga o‘tishga ruxsat berilgan edi, shu sababli faqat tibbiyot yo'nalishidagi OTMlarida an'anaviy ta'lim boshlandi.

Boshqa yo'nalishdagi talabalar esa onlayn tarzda ta'lim olishda davom etishlari mumkin

Talaba.uz rasmiy kanal 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
"TA'LIM KREDITI" - MUOMMOLAR!

O’zbekistonda oylik maoshlarining u qadar yuqori emasligi, ish o’rinlarining yetarli emasligi har yili endi talabalik baxtiga musharraf bo’lganlar, “faxriy” talabalar va ularning ota-onalari oldiga kontrakt masalasini ko’ndalang qo’yadi.

Oliy ta’lim olish uchun safarbar qilinadigan boshqa harajatlar ham borligini hisobga olsak, kontrakt to’lash muammosi qaysidir oilalarda oila mol-mulkining sotilishiga, qaysidir oilalarda oila boquvchisining chet davlatga ishlashga ketishiga olib kelayotgani bor gap.

Ha, hozir xayolingizga kelganidek, kontrakt to’lashda yengilliklar bo’layotgani, kontraktni bir necha qismga bo’lib to’lash, stipentiyasiz kontrakt, talaba krediti kabilar joriy qilinganligi ham bor gap.


Lekin, lekini ham bor-da! Hozirgi qisqa maqolamizni yozishdan asosiy maqsad talaba krediti masalasiga kech jamoatchilik e’tiborini qaratish. Tahririyatimizga kelib tushgan ma’lumotlarga ko’ra, Qashqadaryo viloyatida talabalar ta’lim krediti bilan bog’liq muammolarga duch kelmoqdalar. Ya’nikim, hech qaysi bank “keling, sizga talaba krediti beramiz” deb ularga bag’rini ochmayapti. Bank xodimlari bunday kredit turi borligidan bexabar ekanliklarini ta’kidlashyapti.

Balki bizning murojaatchilarimiz talaba krediti olaman deb yugurib yurib, uni ololmagan sanoqli 1% talabalardir. Talaba krediti qolgan 99% talabaning joniga oro kirgandir. Bunisi bizga qorong’u.

Keling, shu post ostida talaba krediti olgan, ololmagan va kredit haqida ma’lumotga ega kishilar izohlar qoldirsin, xulosani birga chiqaraylik.

Qashqadaryodagi, umuman, respublikadagi talaba krediti berish tizimi yo’lga qo’yilgan banklar, agar tanqidimiz sizga qattiq teggan bo’lsa, buning uchun uzr so’raymiz. Biz bilan aloqaga chiqing va sizda ushbu tizim bor va ishlayotganligi haqida xabar bering. Biz bu haqida kontrakt pulini qayerdan topaman deb bosh qashilab turgan ahli talabalarga beminnat xabar berishdan mamnunmiz.

©Nodirbek Ashirov

Talaba.uz rasmiy kanal 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
"TA'LIM KREDITI" - MUOMMOLAR! O’zbekistonda oylik maoshlarining u qadar yuqori emasligi, ish o’rinlarining yetarli emasligi har yili endi talabalik baxtiga musharraf bo’lganlar, “faxriy” talabalar va ularning ota-onalari oldiga kontrakt masalasini ko’ndalang…
💥💥💥‼️ Ta’lim krediti olishning tartibi haqida

🔹Ta’lim kreditlari tijorat banklari tomonidan oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi bo‘limlariga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan talabalarning o‘qishi uchun ularning o‘ziga, ota-onalariga yoki vasiylariga berilishi mumkin.

❗️Ta’lim kreditlari, oliy ta’lim muassasalarida o‘qish davri hisobga olingan holda, bakalavriatga qabul qilingan talabalarga — 10 yilgacha, magistratura bosqichi talabalariga — 5 yilgacha bo‘lgan muddatga beriladi.

💻 Hozirgi karantin davrida ta’lim krediti ajratish xizmatini masofaviy ravishda ko‘rsatilishi tijorat banklari tomonidan mustaqil belgilanadi.

Ta’lim kreditini olish uchun qarz oluvchi bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

✅ a) ta’lim krediti berish to‘g‘risidagi ariza;

✅ b) talaba va oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi to‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma. Ushbu shartnomada o‘qishning belgilangan muddati va bir yil uchun to‘lov miqdori ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.

✅ g) kreditni qaytarishning ta’minlanishi to‘g‘risida hujjat;

✅ d) imtiyozli ta’lim kreditlari olish huquqiga ega bo‘lgan chin yetimlar, “Mehribonlik uylari”da tarbiyalanganlar, bolalikdan I va II guruh nogironlari, kam ta’minlangan oila farzandlari tegishli tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadilar.

Kredit qaytmasligi xavfining oldini olish maqsadida qarz oluvchi quyidagi ta’minlash shakllaridan birini bankka taqdim etishi lozim:

▫️mol-mulk yoki qimmatli qog‘ozlarni garovga qo‘yish;

▫️uchinchi shaxs kafilligi;

▫️sug‘urta kompaniyasining qarz oluvchi kreditni qaytara olmasligi xavfi sug‘urta qilinganligi to‘g‘risidagi sug‘urta polisi;

▫️fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining kafilligi (bu hujjat faqat chin yetimlar va “Mehribonlik uylari”da tarbiyalanganlar, bolalikdan I va II guruh nogironlari va kam ta’minlangan oilalardan chiqqanlar uchun so‘raladi).

📎 Ta’lim kreditini olish tartibi to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlar Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 26 iyuldagi 318-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy o‘quv yurtlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlari berish to‘g‘risidagi nizom”da va tijorat banklarining rasmiy veb-saytlarida keltirilgan.

Talaba.uz rasmiy kanal 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
"TA'LIM KREDITI" - MUOMMOLAR! O’zbekistonda oylik maoshlarining u qadar yuqori emasligi, ish o’rinlarining yetarli emasligi har yili endi talabalik baxtiga musharraf bo’lganlar, “faxriy” talabalar va ularning ota-onalari oldiga kontrakt masalasini ko’ndalang…
Yuqoridagi postimizga javoban NBU (O'zbekiston Milliy banki) mutasaddisi aloqaga chiqishdi!

O‘zbekiston Respublikasi Oliy o‘quv yurtlari kunduzgi bo‘limlariga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan talabalarning o‘qishi uchun "TA'LIM KREDITI" beriladi.

Kredit
shartlari
Bakalavriatga kunduzgi o‘qishga qabul qilingan talabalar uchun ta’lim krеditlari

3 yilgacha bo‘lgan muddatga yillik 20%
5 yilgacha bo‘lgan muddatga yillik 22%

Magistraturaga o‘qishga qabul qilingan talabalarga

3 yilgacha bo‘lgan muddatga yillik 20% bеriladi

Кredit miqdori – to'lov shartnomasi summasi miqdorida (bazaviy hisoblash miqdorining 100 barobarigacha bo‘lgan kreditlar uchinchi shaxs kafilligi yoki kredit qaytmaslik xatarini sugurta polisi, undan yuqori miqdordagi kreditlar mol-mulk garovi bilan ajratiladi).

Kredit ta'minoti
Krеdit summasining 125 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda quyidagi ta’minot turlari taqdim etilishi mumkin:

Mol-mulk garovi;
Uchinchi shaxs kafilligi;
Kredit qaytmaslik xatarini sugurta qilinganligi bo‘yicha sugurta polisi.

Kerakli hujjatlar
-Qarz oluvchining pasporti;
-Ish haqi to‘g‘risida ma’lumotnoma;
-talaba va oliy o‘quv yurti o‘rtasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish to‘g‘risidagi o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt);
-Krеdit qaytarilishi ta’minotiga doir hujjatlar.


P.s: Misol uchun siz 15.000.000 so'm miqdorda 2 yilga kontraktingiz uchun ta'lim krediti oldingiz.

Siz 2 yil har oy 763.437 so'mdan to'lab borasiz va qutilasiz. Shunda 15.000.000 so'm kredit uchun 18.322.488 so'm to'lagan bo'lasiz!

Talabalarga ulashing
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#kayfiyatni_kotaramiz

Onlayn darslardan toza zerikkan shekilli!
Bo'laman degan bola shunaqa bo'ladi! 😁

Oxiri talabalarimiz ham shunaqa holatga kelib qolmasa bo'ldi🤭

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
⚡️⚡️⚡️Qaytish: anʼanaviy taʼlim shaklida tahsil olayotgan Toshkent tibbiyot akademiyasining 1-kurs talabalari 3-noyabrdan boshlab masofaviy (onlayn) shaklda oʻqishni davom ettiradilar.

Toshkent tibbiyot akademiyasi maʼmuriyatining maʼlum qilishicha, tibbiyot akademiyasining 1-kurs talabalari uchun oʻqish 3-noyabrdan boshlab, anʼanaviy taʼlim shaklidan masofaviy taʼlim shakliga oʻtkazilmoqda.

Shuningdek, Toshkent tibbiyot akademiyasining 6-kurs talabalari anʼanaviy (offlayn) mashgʻulotlarini davom ettirishadi. 2-5-kurs talabalarlar uchun anʼanaviy taʼlim shaklining aniq boshlanish sanasi nomaʼlum ekani xabar qilindi.

Talabalarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ta'lim tizimini rosa "prikol" qilib tashlashdi bu "masxarabozlar".

Qish kelyapti hali ham hech qanaqa qaror tasdiqlangani yo'q. Olis viloyatlardan shaharga kelib, o'qish boshlanishiga umid qilib kvartira topib qo'ygan talabalarga sabr tilaymiz...

Online davom etadimi yoki aksincha? Qarorni chiqarish kerak tamom vassalom!

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent davlat pedagogika universiteti online ta'lim olish uchun ochilgan sahifasi!

Nima sizlar talabalarni ustidan kulyapsizlarmi? Yoki sabrini sinab ko'ryapsizlarmi? Bu pullarni kimni qorniga ketadi?

Nima endi talabalar bahosini bilish uchun ham haq to'laydimi? 3700 so'm to'g'ri katta pul emas, lekin plastikda puli yo'qlar nima qilishsin??? Pul to'lamasa davomatdan ham o'tkazmas ekan 😂

Talaba yozyapti: "Iltimos hech bo'lmasa paynet qilib beraylik" deb.

Kunlaring talabalarni puliga qoldimi? Yetib keldik, bo'lmasam!!!

Mutasaddilarga tarqating👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
Toshkent davlat pedagogika universiteti online ta'lim olish uchun ochilgan sahifasi! Nima sizlar talabalarni ustidan kulyapsizlarmi? Yoki sabrini sinab ko'ryapsizlarmi? Bu pullarni kimni qorniga ketadi? Nima endi talabalar bahosini bilish uchun ham haq…
Xabarni tahrirladim. Qaytadan bir o'qib chiqinglar.

Bunisini hozir aytib qolishdi. Nima emish, 3700 so'mdan pul to'lamasa, davomatdan ham o'tkazmas ekan.😂😂 Kulishniyam, yig'lashniyam bilmaysan kishi🤦‍♂ . Insoflaringga qurt tushsin, teshib chiqadi)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Videoni oching va shokka tushing)

TDPU Texnologik ta'lim yo'nalishda o'tgan oy 13.600 so'm bo'lgan, noyabr oyi uchun 100 so'mga ko'payibdi... Bu fakultetda boylar o'qiydi shekilli)

"Universitetimizni masxara qilmang" deb yozayotgan talabajonlar, hech kim masxara qilgani yo'q. Sizlar bir - ikki nafarsizzlar. Muommo qilib yozayotgan talabalar eaa juda ko'p. Ho'sh kimni gapiga ishonaylik?

Tanqid bor joyda o'sish bo'ladi.

Bu tizim bugun ertan yo'q bo'ladi degan umiddamiz.)

Mutasaddilarga tarqating👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Yuridik texnikumlarga o‘qishga qabul qilish tartibi belgilandi

“O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari faoliyatini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (677-son, 30.10.2020 y.) qabul qilindi.

🔰 Qarorga ko‘ra, 2021/2022 o‘quv yilidan yuridik texnikumlarga hujjatlarni qabul qilish:

● davlat xizmatlari markazlari;
● Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali;
● Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi.


✅ Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik liseyni tamomlagan 56 va undan yuqori natijalarga ega bitiruvchilar hamda respublika OTMlarida “yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha test sinovlarida umumiy ballning 60 va undan yuqori foizni to‘plagan abituriyentlar yuridik texnikumlarga kirish imtihonlarisiz, to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

📋 Qaror bilan yuridik texnikumlarga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

📊 Nizomga ko‘ra, yuridik texnikumlarga o‘qishga qabul qilish to‘lov-kontrakt asosida qabul parametrlariga muvofiq to‘plangan ballarning reyting tizimi bo‘yicha amalga oshiriladi.

🔰 Kirish sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan:

● kam ta’minlangan oilalar a’zolari bo‘lgan abituriyentlar;
● “Mehribonlik uyi” va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari;
● I guruh nogironligi bo‘lgan, shu jumladan ko‘zi ojiz abituriyentlar qo‘shimcha qabul parametrlari asosida davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.


✅ Kirish sinovlari 25-30 avgustda quyidagi shaklda o‘tkaziladi:
👉 O‘zbekiston fuqarolari uchun – test sinovlari;
👉 xorijiy fuqarolar uchun – og‘zaki suhbat;
👉 ko‘zi ojizlar uchun – tanlov asosida.


🏢 Test sinovlari Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladi.
Ⓜ️ Huquqiy axborot

Talaba.uz rasmiy kanal 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
Videoni oching va shokka tushing) TDPU Texnologik ta'lim yo'nalishda o'tgan oy 13.600 so'm bo'lgan, noyabr oyi uchun 100 so'mga ko'payibdi... Bu fakultetda boylar o'qiydi shekilli) "Universitetimizni masxara qilmang" deb yozayotgan talabajonlar, hech kim…
TDPU talabalarining yozishicha, kechagi postlarimizdan keyin universitetning online ta'lim uchun ochilgan sayti endi pul so'ramaydigan bo'libdi.

Balkim vaqtinchalikdir, balkim butkul yo'q bo'lgandir... Lekin, talabalarni og'irini yengil qilishdi.

Tanqid-kelajak mevasi! Muommoga to'g'ri baho berib, uni hal qilishgan bo'lsa hursandmiz!

Talabalarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❌ Xorijdagi oʻqishni Oʻzbekistonga koʻchirish qanday holatda rad etiladi?

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-son qarori 3-ilovasida “Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisida” Nizom mavjud.

✅ Mazkur Nizomoliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibini belgilaydi.

➡️ Nizomning 9-bandida belgilanishicha, quyidagi holatlar fuqaroning oʻqishini koʻchirish va qayta tiklash haqidagi arizasiga rad javobi berilishiga asos boʻladi:

1) xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega boʻlmagan oliy taʼlim muassasalarida yoki ularning filiallarida oʻqiganlarga;

2) respublika oliy taʼlim muassasalaridagi mavjud taʼlim shaklidan oʻzga (boshqa) taʼlim shaklida oʻqiganlarga;

3) oliy taʼlim muassasalarining markazlari, boʻlimlari, oʻquv-maslahat punktlari va boshqalarda oʻqiganlarga;
birinchi kursning birinchi semestriga birinchi semestr tugallanmagan holatda oʻqishni koʻchirishga (talabaga kasallik tufayli akademik taʼtil berilgan holatlar, oʻqigan taʼlim yoʻnalishi mavjud boʻlmaganda koʻchirib tiklash holatlari bundan mustasno);

4) oliy taʼlim muassasasida mos (turdosh) taʼlim yoʻnalishi (mutaxassisligi) yoki taʼlim shakli mavjud boʻlmasa;

5) namunaviy oʻquv rejalaridagi umumkasbiy va ixtisoslik (mutaxassislik) fanlari boʻyicha farqlar 4 tadan oshganda;
toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etilganlar toʻlovni belgilangan muddatda amalga oshirmaganda;

6) talabaning shaxsiy yigʻma jildi (akademik maʼlumotnoma) belgilangan muddatlarda taqdim etilmaganda;

7) oliy taʼlim muassasasiga davlat granti asosida koʻchirish va qayta tiklash davlat granti asosida taʼlim oluvchilar soni (qabul kvotalari) doirasida boʻsh oʻrinlar mavjud boʻlmasa;

8) oliy taʼlim muassasasi moddiy-texnika bazasining imkoniyati cheklanganda;

9) maqsadli qabul qilinganlar boshqa taʼlim yoʻnalishi yoki taʼlim shakliga, boshqa oliy taʼlim muassasasiga;
kechki (smenali) taʼlimdan sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimga hamda kechki (smenali) taʼlimning bir taʼlim sohasidan ikkinchi taʼlim sohasiga;

10) sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimdan kunduzgi taʼlimga hamda sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimning bir taʼlim sohasidan ikkinchi taʼlim sohasiga;

11) bir taʼlim shaklidan maxsus sirtqi taʼlim shakliga hamda maxsus sirtqi taʼlim shaklidan boshqa taʼlim shakliga;

12) talaba Oʻzbekiston va xorijiy oliy taʼlim muassasalarining oʻzaro kelishuvi asosida qabul qilinib qoʻshma taʼlim dasturlari asosida tahsil olgan yoki tahsil olayotgan boʻlsa (mazkur qoʻshma dasturning oʻzi bundan mustasno);

Talabalarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
⚖️Юридик техникумларга кириш учун тест синовлари натижалари эълон қилинди.

▶️Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги юридик техникумларига ўқишга кириш учун тест синловларида иштирок этган абитуриентлар диққатига.

✅Давлат тест маркази томонидан Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги юридик техникумларига ўқишга кириш учун ўтказилган тест синловлари натижалари эълон қилинди.

🔰Натижалар билан қуйида ҳар бир юридик техникум кесимида танишишингиз мумкин:

➡️1. Қорақалпоғистон Республикаси юридик техникуми
➡️2. Андижон вилояти юридик техникуми
➡️3. Бухоро вилояти юридик техникуми
➡️4. Жиззах вилояти юридик техникуми
➡️5. Қашқадарё вилояти юридик техникуми
➡️6. Навоий вилояти юридик техникуми
➡️7. Наманган вилояти юридик техникуми
➡️8. Самарқанд вилояти юридик техникуми
➡️9. Сирдарё вилояти юридик техникуми
➡️10. Сурхондарё вилояти юридик техникуми
➡️11. Фарғона вилояти юридик техникуми
➡️12. Хоразм вилояти юридик техникуми
➡️13. Тошкент вилояти юридик техникуми
➡️14. Тошкент шаҳар юридик техникуми
➡️15. Имтиёзга эга бўлган абитуриентлар

Талабаларга улашинг 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Aytishlaricha, Toshkent tibbiyot akademiyasining sobiq rektori Laziz To‘ychiyev Prezidentga maslahatchi etib tayinlangan..

Talabalarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#So'rovnoma

Hurmatli talabalar! O'qituvchilar masofaviy ta'limda ham konspekt yozishni talab qilishyaptimi? Navbatdagi postimizni albatta o'qing!
Anonymous Poll
53%
Ha, bizda talab qilyapti
47%
Yo'q, bizda majburiy emas
​Onlayn ta’lim va daftarga yoziladigan konspektlar

Ta’lim tizimimizda shunday ajoyib xususiyatlar borki, ularga kulishni ham, yig’lashni ham bilmaydi odam. Tasavvur qiling, sizga epidemiologik vaziyat iziga tushmaguncha onlayn ta’lim olishingizni bildirishdi va undan so’ng sizdan 5-7-10 varaqlab konspekt yozib, uni rasmga tushirib yuborishni talab qilishdi.

Biz konspekt haqida ilgari ham ko’p va xo’p yozganmiz. Mavzuning birinchi so’zidan boshlab to belgilangan limitga yetguncha oqizmay-tomizmay ko’chirib olish metodi barchamizga tanish bo’lsa kerak. Bu haqida — konspekt tizimidan voz kechish maqsadga muvofiqligi haqida — rasmiy doiralarda ham bir necha marotaba so’z ketdi. Lekin bizning miyasiga eski stereotiplar o’rnashib qolgan faxriy ustozlarimiz konspektdan ozuqa oladigan ko’rinishadi. Aks holda, hattoki onlayn so’zi qo’shilgan ta’limda konspekt talab qilisharmidi? Yozmayman desa, jabr talabaning bechora joniga.

Biz ta’lim tizimiga havas qiladigan va andaza olishga harakat qilib kelgan g’arb oliygohlari, qo’yingki, o’zimizda O’zbekiston bilan hamkorlikda ochilgan xorijiy oliygohlarda bu ahmoqgarchilik bormi? Yo’qligi tayin! Endi shu oliygohlar talabasi yo o’qituvchisiga ahvolni tushuntiringchi, masxarasini qay tarzda izhor qilar ekan?

Umuman, daftarga konspekt yozib, uni rasmga tushirib, o’qituvchiga yuborish ahmoqona ishligini anglab yetish uchun shunchalik ko’p aql kerakmi? Axir bu shunchaki kulgili, o’ta kulgili-ku. Onlayn ta’lim degani shumi endi?

Bizda NamDUning mehri daryo o’qituvchilari tomonidan talabalarga konspekt yozish topshirig’i berilgan skrinshotlar bor. Ularni talabalarning ismlarini ochiqlamagan holda sizga taqdim qilamiz. Shu o’rinda bir savol: sizdan ham konspekt so’rashdimi? Bizga skrinshotlar yuboring, kommentlarda izoh qoldiring. Ko’raylikchi, bu maynavozchilik qaysi OTMlarda va qancha OTMda davom etyapti ekan...

©Nodirbek Ashirov

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
– Tila tilagingni ey talaba!
– Sen kimsan, talaba ekanimni qayerdan bilding?
– Men shu telefonning quliman. Uning ekranini silaganding, men uygʻondim! Uchta istagan tilagingni bajo keltiraman!
– Unday boʻlsa birinchi tilagim, yap-yangi daftarim boʻlishini xohlayman!
– Amringiz bajo keltirildi!
– Ikkinchisiga yangi ruchka istayman!
– Bunisi ham bajarildi!
– Oxirgisiga shuni tilayman-ki, internet sal yaxshiroq ishlab tursin karantin tugaguncha.
– Barcha tilaklaring bajo keltirildi ey sohibim. Ammo nega bularni soʻrading?
– Hozir karantin! Men esa konspekt yozib domlamga joʻnatishim kerak.


– (Ahmoq, sal "shustriy" boʻlganingda oʻzim yozib berardim! 🤦🏻‍♂)

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
TDPU talabalarining yozishicha, kechagi postlarimizdan keyin universitetning online ta'lim uchun ochilgan sayti endi pul so'ramaydigan bo'libdi. Balkim vaqtinchalikdir, balkim butkul yo'q bo'lgandir... Lekin, talabalarni og'irini yengil qilishdi. Tanqid…
#odam_bolmas_ekanda

TDPU da pul ishlashni o'zgartirilgan usuli.

Oldin narxlar yozilgan bo'lsa, hozir esa clickka ulangan raqamingizga sms keladi. 3700 so'm o'tkazish to'g'risida.

Kanalimizning muhokamalar chatida universitet o'qituvchisi (yoki Matbuot kotibi edi) ma'lumot bergandi.
"Афсуски, охирги вақтда кимлардир (биз ўқитувчилармиз - дастурчи эмасмиз, шунинг учун айнан нима бўлаётганлигини тушунишимиз қийин бўлаяпти) платформанинг дастурий таъминотига кириш йўлини топган ва хозирги холатни келиб чиқишига, яхши ишлаб турган платформанинг ишига путур етказишга харакат қилмоқда. Бунинг учун университет жамоасини айбдор деб қараш жуда хам нотўғри. Ушбу платформани йўлга қўйган ва ишга туширган дастурчилар билан музокаралар олиб борилаётганлигини биламиз. ва ишонамизки тез вақтда хаммаси аввалгидай ўз ўрнига тушиб кетади"

Bunaqa holat boshlanganiga sal kam 5 oydan oshdi. Nahotki bitta tizimni joyiga qo'yish muommo bo'lsa?

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
DIQQAT, kanalimiz auditoriyasiga bir kosa suv olib chiqilsin!

Albatta, hazil. Ozgina jiddiylikdan uzoqlashib, miyyamizni charxlashga nima deysiz?😅

SamDu filialogiyasi talabasi tomonidan zakovat intellektual o'yiniga yuborilgan ajoyib savol.

Hurmatli kanalimiz a'zolari, bir daqiqadan keyin kommentariyalarda javobingizni kutib qolamiz)

Demak, vaqt ketdi!

Talabalarga ulashamiz👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg