Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent davlat pedagogika universiteti online ta'lim olish uchun ochilgan sahifasi!

Nima sizlar talabalarni ustidan kulyapsizlarmi? Yoki sabrini sinab ko'ryapsizlarmi? Bu pullarni kimni qorniga ketadi?

Nima endi talabalar bahosini bilish uchun ham haq to'laydimi? 3700 so'm to'g'ri katta pul emas, lekin plastikda puli yo'qlar nima qilishsin??? Pul to'lamasa davomatdan ham o'tkazmas ekan 😂

Talaba yozyapti: "Iltimos hech bo'lmasa paynet qilib beraylik" deb.

Kunlaring talabalarni puliga qoldimi? Yetib keldik, bo'lmasam!!!

Mutasaddilarga tarqating👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
Toshkent davlat pedagogika universiteti online ta'lim olish uchun ochilgan sahifasi! Nima sizlar talabalarni ustidan kulyapsizlarmi? Yoki sabrini sinab ko'ryapsizlarmi? Bu pullarni kimni qorniga ketadi? Nima endi talabalar bahosini bilish uchun ham haq…
Xabarni tahrirladim. Qaytadan bir o'qib chiqinglar.

Bunisini hozir aytib qolishdi. Nima emish, 3700 so'mdan pul to'lamasa, davomatdan ham o'tkazmas ekan.😂😂 Kulishniyam, yig'lashniyam bilmaysan kishi🤦‍♂ . Insoflaringga qurt tushsin, teshib chiqadi)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Videoni oching va shokka tushing)

TDPU Texnologik ta'lim yo'nalishda o'tgan oy 13.600 so'm bo'lgan, noyabr oyi uchun 100 so'mga ko'payibdi... Bu fakultetda boylar o'qiydi shekilli)

"Universitetimizni masxara qilmang" deb yozayotgan talabajonlar, hech kim masxara qilgani yo'q. Sizlar bir - ikki nafarsizzlar. Muommo qilib yozayotgan talabalar eaa juda ko'p. Ho'sh kimni gapiga ishonaylik?

Tanqid bor joyda o'sish bo'ladi.

Bu tizim bugun ertan yo'q bo'ladi degan umiddamiz.)

Mutasaddilarga tarqating👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Yuridik texnikumlarga o‘qishga qabul qilish tartibi belgilandi

“O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari faoliyatini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (677-son, 30.10.2020 y.) qabul qilindi.

🔰 Qarorga ko‘ra, 2021/2022 o‘quv yilidan yuridik texnikumlarga hujjatlarni qabul qilish:

● davlat xizmatlari markazlari;
● Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali;
● Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi.


✅ Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik liseyni tamomlagan 56 va undan yuqori natijalarga ega bitiruvchilar hamda respublika OTMlarida “yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha test sinovlarida umumiy ballning 60 va undan yuqori foizni to‘plagan abituriyentlar yuridik texnikumlarga kirish imtihonlarisiz, to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

📋 Qaror bilan yuridik texnikumlarga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

📊 Nizomga ko‘ra, yuridik texnikumlarga o‘qishga qabul qilish to‘lov-kontrakt asosida qabul parametrlariga muvofiq to‘plangan ballarning reyting tizimi bo‘yicha amalga oshiriladi.

🔰 Kirish sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan:

● kam ta’minlangan oilalar a’zolari bo‘lgan abituriyentlar;
● “Mehribonlik uyi” va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari;
● I guruh nogironligi bo‘lgan, shu jumladan ko‘zi ojiz abituriyentlar qo‘shimcha qabul parametrlari asosida davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.


✅ Kirish sinovlari 25-30 avgustda quyidagi shaklda o‘tkaziladi:
👉 O‘zbekiston fuqarolari uchun – test sinovlari;
👉 xorijiy fuqarolar uchun – og‘zaki suhbat;
👉 ko‘zi ojizlar uchun – tanlov asosida.


🏢 Test sinovlari Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladi.
Ⓜ️ Huquqiy axborot

Talaba.uz rasmiy kanal 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
Videoni oching va shokka tushing) TDPU Texnologik ta'lim yo'nalishda o'tgan oy 13.600 so'm bo'lgan, noyabr oyi uchun 100 so'mga ko'payibdi... Bu fakultetda boylar o'qiydi shekilli) "Universitetimizni masxara qilmang" deb yozayotgan talabajonlar, hech kim…
TDPU talabalarining yozishicha, kechagi postlarimizdan keyin universitetning online ta'lim uchun ochilgan sayti endi pul so'ramaydigan bo'libdi.

Balkim vaqtinchalikdir, balkim butkul yo'q bo'lgandir... Lekin, talabalarni og'irini yengil qilishdi.

Tanqid-kelajak mevasi! Muommoga to'g'ri baho berib, uni hal qilishgan bo'lsa hursandmiz!

Talabalarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❌ Xorijdagi oʻqishni Oʻzbekistonga koʻchirish qanday holatda rad etiladi?

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-son qarori 3-ilovasida “Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisida” Nizom mavjud.

✅ Mazkur Nizomoliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibini belgilaydi.

➡️ Nizomning 9-bandida belgilanishicha, quyidagi holatlar fuqaroning oʻqishini koʻchirish va qayta tiklash haqidagi arizasiga rad javobi berilishiga asos boʻladi:

1) xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega boʻlmagan oliy taʼlim muassasalarida yoki ularning filiallarida oʻqiganlarga;

2) respublika oliy taʼlim muassasalaridagi mavjud taʼlim shaklidan oʻzga (boshqa) taʼlim shaklida oʻqiganlarga;

3) oliy taʼlim muassasalarining markazlari, boʻlimlari, oʻquv-maslahat punktlari va boshqalarda oʻqiganlarga;
birinchi kursning birinchi semestriga birinchi semestr tugallanmagan holatda oʻqishni koʻchirishga (talabaga kasallik tufayli akademik taʼtil berilgan holatlar, oʻqigan taʼlim yoʻnalishi mavjud boʻlmaganda koʻchirib tiklash holatlari bundan mustasno);

4) oliy taʼlim muassasasida mos (turdosh) taʼlim yoʻnalishi (mutaxassisligi) yoki taʼlim shakli mavjud boʻlmasa;

5) namunaviy oʻquv rejalaridagi umumkasbiy va ixtisoslik (mutaxassislik) fanlari boʻyicha farqlar 4 tadan oshganda;
toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etilganlar toʻlovni belgilangan muddatda amalga oshirmaganda;

6) talabaning shaxsiy yigʻma jildi (akademik maʼlumotnoma) belgilangan muddatlarda taqdim etilmaganda;

7) oliy taʼlim muassasasiga davlat granti asosida koʻchirish va qayta tiklash davlat granti asosida taʼlim oluvchilar soni (qabul kvotalari) doirasida boʻsh oʻrinlar mavjud boʻlmasa;

8) oliy taʼlim muassasasi moddiy-texnika bazasining imkoniyati cheklanganda;

9) maqsadli qabul qilinganlar boshqa taʼlim yoʻnalishi yoki taʼlim shakliga, boshqa oliy taʼlim muassasasiga;
kechki (smenali) taʼlimdan sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimga hamda kechki (smenali) taʼlimning bir taʼlim sohasidan ikkinchi taʼlim sohasiga;

10) sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimdan kunduzgi taʼlimga hamda sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimning bir taʼlim sohasidan ikkinchi taʼlim sohasiga;

11) bir taʼlim shaklidan maxsus sirtqi taʼlim shakliga hamda maxsus sirtqi taʼlim shaklidan boshqa taʼlim shakliga;

12) talaba Oʻzbekiston va xorijiy oliy taʼlim muassasalarining oʻzaro kelishuvi asosida qabul qilinib qoʻshma taʼlim dasturlari asosida tahsil olgan yoki tahsil olayotgan boʻlsa (mazkur qoʻshma dasturning oʻzi bundan mustasno);

Talabalarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
⚖️Юридик техникумларга кириш учун тест синовлари натижалари эълон қилинди.

▶️Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги юридик техникумларига ўқишга кириш учун тест синловларида иштирок этган абитуриентлар диққатига.

✅Давлат тест маркази томонидан Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги юридик техникумларига ўқишга кириш учун ўтказилган тест синловлари натижалари эълон қилинди.

🔰Натижалар билан қуйида ҳар бир юридик техникум кесимида танишишингиз мумкин:

➡️1. Қорақалпоғистон Республикаси юридик техникуми
➡️2. Андижон вилояти юридик техникуми
➡️3. Бухоро вилояти юридик техникуми
➡️4. Жиззах вилояти юридик техникуми
➡️5. Қашқадарё вилояти юридик техникуми
➡️6. Навоий вилояти юридик техникуми
➡️7. Наманган вилояти юридик техникуми
➡️8. Самарқанд вилояти юридик техникуми
➡️9. Сирдарё вилояти юридик техникуми
➡️10. Сурхондарё вилояти юридик техникуми
➡️11. Фарғона вилояти юридик техникуми
➡️12. Хоразм вилояти юридик техникуми
➡️13. Тошкент вилояти юридик техникуми
➡️14. Тошкент шаҳар юридик техникуми
➡️15. Имтиёзга эга бўлган абитуриентлар

Талабаларга улашинг 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Aytishlaricha, Toshkent tibbiyot akademiyasining sobiq rektori Laziz To‘ychiyev Prezidentga maslahatchi etib tayinlangan..

Talabalarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#So'rovnoma

Hurmatli talabalar! O'qituvchilar masofaviy ta'limda ham konspekt yozishni talab qilishyaptimi? Navbatdagi postimizni albatta o'qing!
Anonymous Poll
53%
Ha, bizda talab qilyapti
47%
Yo'q, bizda majburiy emas
​Onlayn ta’lim va daftarga yoziladigan konspektlar

Ta’lim tizimimizda shunday ajoyib xususiyatlar borki, ularga kulishni ham, yig’lashni ham bilmaydi odam. Tasavvur qiling, sizga epidemiologik vaziyat iziga tushmaguncha onlayn ta’lim olishingizni bildirishdi va undan so’ng sizdan 5-7-10 varaqlab konspekt yozib, uni rasmga tushirib yuborishni talab qilishdi.

Biz konspekt haqida ilgari ham ko’p va xo’p yozganmiz. Mavzuning birinchi so’zidan boshlab to belgilangan limitga yetguncha oqizmay-tomizmay ko’chirib olish metodi barchamizga tanish bo’lsa kerak. Bu haqida — konspekt tizimidan voz kechish maqsadga muvofiqligi haqida — rasmiy doiralarda ham bir necha marotaba so’z ketdi. Lekin bizning miyasiga eski stereotiplar o’rnashib qolgan faxriy ustozlarimiz konspektdan ozuqa oladigan ko’rinishadi. Aks holda, hattoki onlayn so’zi qo’shilgan ta’limda konspekt talab qilisharmidi? Yozmayman desa, jabr talabaning bechora joniga.

Biz ta’lim tizimiga havas qiladigan va andaza olishga harakat qilib kelgan g’arb oliygohlari, qo’yingki, o’zimizda O’zbekiston bilan hamkorlikda ochilgan xorijiy oliygohlarda bu ahmoqgarchilik bormi? Yo’qligi tayin! Endi shu oliygohlar talabasi yo o’qituvchisiga ahvolni tushuntiringchi, masxarasini qay tarzda izhor qilar ekan?

Umuman, daftarga konspekt yozib, uni rasmga tushirib, o’qituvchiga yuborish ahmoqona ishligini anglab yetish uchun shunchalik ko’p aql kerakmi? Axir bu shunchaki kulgili, o’ta kulgili-ku. Onlayn ta’lim degani shumi endi?

Bizda NamDUning mehri daryo o’qituvchilari tomonidan talabalarga konspekt yozish topshirig’i berilgan skrinshotlar bor. Ularni talabalarning ismlarini ochiqlamagan holda sizga taqdim qilamiz. Shu o’rinda bir savol: sizdan ham konspekt so’rashdimi? Bizga skrinshotlar yuboring, kommentlarda izoh qoldiring. Ko’raylikchi, bu maynavozchilik qaysi OTMlarda va qancha OTMda davom etyapti ekan...

©Nodirbek Ashirov

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
– Tila tilagingni ey talaba!
– Sen kimsan, talaba ekanimni qayerdan bilding?
– Men shu telefonning quliman. Uning ekranini silaganding, men uygʻondim! Uchta istagan tilagingni bajo keltiraman!
– Unday boʻlsa birinchi tilagim, yap-yangi daftarim boʻlishini xohlayman!
– Amringiz bajo keltirildi!
– Ikkinchisiga yangi ruchka istayman!
– Bunisi ham bajarildi!
– Oxirgisiga shuni tilayman-ki, internet sal yaxshiroq ishlab tursin karantin tugaguncha.
– Barcha tilaklaring bajo keltirildi ey sohibim. Ammo nega bularni soʻrading?
– Hozir karantin! Men esa konspekt yozib domlamga joʻnatishim kerak.


– (Ahmoq, sal "shustriy" boʻlganingda oʻzim yozib berardim! 🤦🏻‍♂)

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
TDPU talabalarining yozishicha, kechagi postlarimizdan keyin universitetning online ta'lim uchun ochilgan sayti endi pul so'ramaydigan bo'libdi. Balkim vaqtinchalikdir, balkim butkul yo'q bo'lgandir... Lekin, talabalarni og'irini yengil qilishdi. Tanqid…
#odam_bolmas_ekanda

TDPU da pul ishlashni o'zgartirilgan usuli.

Oldin narxlar yozilgan bo'lsa, hozir esa clickka ulangan raqamingizga sms keladi. 3700 so'm o'tkazish to'g'risida.

Kanalimizning muhokamalar chatida universitet o'qituvchisi (yoki Matbuot kotibi edi) ma'lumot bergandi.
"Афсуски, охирги вақтда кимлардир (биз ўқитувчилармиз - дастурчи эмасмиз, шунинг учун айнан нима бўлаётганлигини тушунишимиз қийин бўлаяпти) платформанинг дастурий таъминотига кириш йўлини топган ва хозирги холатни келиб чиқишига, яхши ишлаб турган платформанинг ишига путур етказишга харакат қилмоқда. Бунинг учун университет жамоасини айбдор деб қараш жуда хам нотўғри. Ушбу платформани йўлга қўйган ва ишга туширган дастурчилар билан музокаралар олиб борилаётганлигини биламиз. ва ишонамизки тез вақтда хаммаси аввалгидай ўз ўрнига тушиб кетади"

Bunaqa holat boshlanganiga sal kam 5 oydan oshdi. Nahotki bitta tizimni joyiga qo'yish muommo bo'lsa?

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
DIQQAT, kanalimiz auditoriyasiga bir kosa suv olib chiqilsin!

Albatta, hazil. Ozgina jiddiylikdan uzoqlashib, miyyamizni charxlashga nima deysiz?😅

SamDu filialogiyasi talabasi tomonidan zakovat intellektual o'yiniga yuborilgan ajoyib savol.

Hurmatli kanalimiz a'zolari, bir daqiqadan keyin kommentariyalarda javobingizni kutib qolamiz)

Demak, vaqt ketdi!

Talabalarga ulashamiz👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
DIQQAT, kanalimiz auditoriyasiga bir kosa suv olib chiqilsin! Albatta, hazil. Ozgina jiddiylikdan uzoqlashib, miyyamizni charxlashga nima deysiz?😅 SamDu filialogiyasi talabasi tomonidan zakovat intellektual o'yiniga yuborilgan ajoyib savol. Hurmatli kanalimiz…
📢 Javob topildi.

Samarqand Davlat chet tillari instituti talabasi Hulkar Sultonova birinchi bo'lib to'g'ri javob berdilar👏👏 Tabriklaymiz)

Javobi: Kosadagi suvni qizga ichirishgan, bundan sabab esa kelgan sovchilar uning buqog'i bormi yoki yo'q shuni tekshirishgan edi😅

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
"Talabalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi"ni tashkil etish taklif etilmoqda

So‘nggi vaqtlarda ko‘plab yoshlarning oliy o‘quv yurtlarida o‘qish uchun kontrakt to‘lovlarini to‘lashda qiyinchiliklarga uchrayotganliklari haqida murojaatlar bo‘lmoqda.

Bu o‘z o‘rnida ta’lim kreditlarini berish tartibini qayta ko‘rib chiqish va qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmlarini joriy etishni taqazo etmoqda.

Og‘riqlisi bir qator talaba yoshlar mablag‘i bo‘lmaganligi sababli o‘qishni tashlab ketishga ham majbur bo‘lishmoqda. Ushbu masala pandemiya sharoitida yanada dolzarb bo‘lib borayapti.

Amaldagi tartiblarga ko‘ra, tijorat banklari tomonidan berilgan ta’lim kreditlari bo‘yicha:

chin yetimlarga, "Mehribonlik uylari"da tarbiyalanganlarga hamda bolalikdan I va II guruh nogironlariga  nol foiz stavkasi (foizsiz kredit);

talabalarning qolgan toifalariga - 2020 yil 1 yanvardan boshlab foiz xarajatlarining bir qismini "Yoshlar - kelajagimiz" jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kompensasiya qilish mexanizmidan foydalanish imkoniyati bilan bozor stavkalari belgilanadi.

Ta’lim kreditlari bo‘yicha foiz stavkasi va tijorat banklari tomonidan qo‘shiladigan foizlar uchun to‘lovlar miqdori Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi o‘zgarishiga qarab o‘zgarishi mumkin, bu kredit shartnomasida qayd etilishi kerak.

Shuningdek, kam ta’minlangan oilalardan bo‘lgan talabalar uchun kredit bo‘yicha qo‘shilgan foizlarning 50 foizi tuman Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tomonidan Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘laridan to‘lanadi.

Ko‘rsatib o‘tilgan imtiyozga ega bo‘lgan oilalar kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq (Vazirlar Mahkamasining 44-son qaroriga 1-ilova) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan aniqlanadi.

Biroq, amaliyotda ta’lim krediti bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismini "Yoshlar - kelajagimiz" jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kompensasiya qilish mexanizmidan foydalanishda qiyinchiliklar mavjud, qancha qismini kompensasiya qilinishi aniq belgilanmagan.

Shuningdek, kam ta’minlangan oila ekanligini isbotlash jarayoni ham oson emas.

Talabalarga ta’lim kreditlari ajratilishini ko‘paytirish, yengillashtirish hamda belgilanadigan imtiyoz shartlarini umumlashtirish maqsadida biz alohida “Talabalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi”ni tashkil etish kerak, degan taklifni ilgari surmoqchimiz.

Ushbu jamg‘armaning moliyaviy manbalari etib oshirilgan kontrakt to‘lovlarining, oliy ta’lim muassasalarida bo‘sh turgan mablag‘larni depozitga qo‘yishdan tushgan foydaning 5-10 foizi, xayriya mablag‘lari, shuningdek, "Yoshlar - kelajagimiz" jamg‘armasi,  Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tomonidan Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘larining ta’lim krediti foizlarini kompensasiya qilishga yo‘naltirilgan qismi;

qoldiq mablag‘lar shuningdek, zarur bo‘lganda byudjet mablag‘lari etib belgilash;

jamg‘arma mablag‘larini to‘lov shartnomasi asosida o‘qiyotgan birinchi va ikkinchi bosqich talabalarining 25 foiziga, bitiruvchi bosqich talabalarining 75 foiziga qolgan bosqichlarda o‘qiyotgan talabalarning esa 50 foiziga tijorat banklari tomonidan ajratilgan ta’lim kreditlari foizlarining yarmini, chin yetimlarga, "Mehribonlik uylari"da tarbiyalanganlarga hamda bolalikdan I va II guruh nogironlarga esa to‘liq to‘lashga yo‘naltirish kerak bo‘ladi.

Ushbu taklifning qo‘llab-quvvatlanishi talaba yoshlarga yordam berish borasida davlat rahbari boshchiligida O‘zbekistonda olib borilayotgan ishlarning yana bir amaliy natijasi bo‘ladi, degan umiddamiz.

Rasul Kusherbayev, Jaxongir Mamajonov,
Abdurashid Abduqodirov  


Batafsil ma'lumot 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
PROFESSORNING SABOGʻI

Professor suv to‘ldirilgan stakanni oldi. Qo‘llarini oldinga uzatib talabalardan so‘radi:

— Stakanning vazni qancha deb o‘ylaysizlar?

Sinfga jon kirdi, har kim o‘zicha taxmin qildi.
- Ikki yuz gramm chiqar-ov. Balki uch yuz grammdir. Bor-e, ana besh yuz gramm bo‘lsin.
— Tortib ko‘rmaguncha, aniq vaznini baribir bilib bo‘lmaydi. Lekin hozir bu muhim emas. So‘ramoqchi bo‘lganim: agar idishni shu holda bir necha daqiqa ushlab tursam, nima bo‘ladi?
— Hech narsa.
— To‘g‘ri, hech narsa bo‘lmaydi, dedi professor. Deylik, ikki soat ushlab tursam-chi, unda nima bo‘ladi?
— Qo‘llaringiz og‘rib ketadi.
— Bir kun tutib tursam-chi?
— Qo‘llaringiz uyushib, tamom bo‘ladi. Mushaklaringiz shikastlanishi ham mumkin. Balki davolanishingizga to‘g‘ri kelar.

— Kun bo‘yi ushlab tursam, stakanning vazni o‘zgaradimi?
— Aslo yo‘q!
— Xo‘sh, bu ahvoldan qutulish uchun nima qilishim kerak?
— Idishni qaytarib stol ustiga qo‘ying!
— Yashanglar!
– yuziga kulgi yugurib javob berdi professor. Hayotda uchraydigan qiyinchiliklar ham shunga o‘xshaydi. Agar muammolar haqida bir necha daqiqa o‘ylasangiz, ular sizga yaqinlashadi. Fikringizni bir necha soat ular bilan band qilsangiz, tinkangizni qurita boshlaydi.
Kun bo‘yi shu muammolar dardi bilan yursangiz bormi, miyangiz falajlanib qolishi – to‘g‘ri qaror qabul qilolmaydigan holga kelishi aniq. Muammolar haqida o‘ylayverish biron-bir yaxshi natijaga olib bormaydi. Bu bilan muammoning “vazn”i ham o‘zgarib qolmaydi. Ular bilan kurashishning yagona yo‘li – harakat qilish.


Muammoni hal qiling yoki bir chetga surib qo‘ying. Yuragingizga yuk bo‘lib tushadigan og‘ir toshlarni qayg‘uli o‘y-xayollarni ko‘tarib yurish yaramaydi.

"Baxtli hayot sari" kitobidan.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tasarrufidagi professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari

2020-yil 5-noyabr kuni Andijon, Farg‘ona, Buxoro, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm va Toshkent viloyatlarida hamda Toshkent shahrida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tasarrufidagi kollej va texnikumlarga kirish test sinovlari boshlandi.

Test sinovlari 5-7-noyabr kunlari katta sig‘imli binolarda sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilingan holda 3 smenada o‘tkaziladi.

Bunda hududga kirish joylarida nomzodlarning tana harorati o‘lchanib, ular tibbiy niqob va qo‘lqop bilan ta’minlanadi.

Test sinovlari 22 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi.

Test olinadigan fanlar 2 blokdan iborat bo‘lib, har bir fan bloki 20 tadan, umumiy 40 ta test topshirig‘ini o‘z ichiga oladi.
Ⓜ️ Davlat test markazi

Batafsil ma'lumot 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Bizda tarmoqli marketing keng tarqalgan. Ular asosan talaba va pensionerlarni jalb qilib, millioner bo‘lib ketishlarini va’da qilishadi.

Undan ko‘ra o‘z vaqtingizni ta’limga sarflab, biror sohada mahoratingizni oshiring. Tushunarsiz tashkilotlar bugun bor, erta yo‘q, bilim esa xech qayerga yo‘qolmaydi.
© Abdusattor

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Bazi joylarda an'anaviy darslar boshlanganligi hammamizga sir emas. Talabajonlar qachondir an'anaviy darslar boshqa hududlarda boshlangan taqdirda ham sizlar o'zingiz bu narsani xohladingizmi? o'z sog'ligingizga o'zingiz javob berasiz.

Karantin tartib qoidalariga ham rioya qilish o'zingizga bog'liq bo'ladi.

P/S: Talaba degani o'zi juda dangasa har qanday vaziyatda ham o'zini foydasiga ishlaydigan, na issiqqa na sovuqqa ko'nadigan bo'ladida... Barcha OTMlarda an'anaviy darslar boshlangan taqdirda ham bizga bunday shikoyatlardan ko'p kelib tushsa kerak.

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mehringiz birdek barchaga boʻlsin,
Qalbingiz iymon nuriga toʻlsin.
Kuningiz doim quvonch-la oʻtsin,
Juma ayyomingiz muborak boʻlsin.

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg