Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Diqqat!!! Ertaga festival!😍

18 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kunga bag‘ishlab “Vatanimiz bayrog‘i – faxrimiz, g‘ururimiz!” shiori ostida festival o‘tkaziladi. Ushbu festival soat 10:00 da poytaxtimizdagi “Ashxabat” bog‘i oldidagi ulkan bayroq yonida Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiyaga qarashli harbiy texnikalar, otliq bo‘linmalar motosikllarda harbiy xizmatchilar hamda faol yoshlar ishtirokidagi tantanali parad bilan boshlanadi.

Festival ishtirokchilari Amir Temur xiyoboni bo‘ylab harakatlanib, Xalqlar do‘stligi san’at saroyi yonida jam bo‘ladilar. Soat 11:00da Xalqlar do‘stligi san’at saroyi oldida harbiy texnikalar va qurol-aslahalar ko‘rgazmasi, harbiy xizmatchilarning jangovar chiqishlari, san’atkorlarning konsert dasturlari bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, 18 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kunga bag‘ishlab Mudofaa vazirligi tomonidan “Vatanimiz bayrog‘i – faxrimiz, g‘ururimiz!” shoiori ostida poytaxtimizdagi “Gʻalaba” bog‘i majmuasida katta bayram tadbiri tashkil etiladi.

Tantanali tadbirda “Vatanga qasamyod” marosimining namoyishi, “Turon” harbiy davlat teatri tomonidan sahna ko‘rinishlari, Markaziy ashula va raqs ansamli hamda harbiy orkestrning konsert dasturlari, Mudofaa vazirligining Faxriy qorovulining chiqishlari, harbiy xizmatchilarning qo‘l jangi namoyishi, zamonaviy qurol aslahalar ko‘rgazmasi namoyish etiladi.

Hurmatli talabalar ushbu bayramona festivalga sizlarni @TalabaUz kanali taklif etadi😉

Ertaga talabalar kunini ham nishonlash uchun ayni vaqti☺️

Do'stlarga ulashishni unutmang👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Hurmatli kanalimiz a'zolari, barchangizni istiqlolimizning ramzi bo'lmish muqaddas bayrog'imizning qutlug' 29 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo'lsin😊

Kelinglar bayram munosabati bilan telegramdagi profilimizga asosiy rasm sifatida ushbu bayroq rasmini o'rnataylik!!!
(Albatta barcha o'z hohishiga ko'ra)

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bunday qilmaganman demang! Ishonmayman! Siz ham shunday qilib ko'rgansiz...

Birinchi qor bilan❄️

Do'stlarga ulashing🙃👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​#tarixdabugun

Bugun Xalqaro erkaklar kuni. Ushbu kun nima uchun nishonlanadi?

Har yili 19-noyabrda Xalqaro erkaklar kuni (International Men's Day, IMD) nishonlanadi.

Ilk bor uni 1999-yilda Karib dengizining janubiy qismida joylashgan ikkita yirik oroldan iborat Trinidad va Tobago Respublikasi aholisi nishonlagan. Keyinchalik bu bayram Karib ko‘rfazining boshqa mamlakatlari, Avstraliya, Shimoliy Amerika, Osiyo, Yevropa hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Bugungi kunda ushbu bayram dunyoning 60 dan ortiq mamlakatlarida nishonlanadi.

Bunday baryamni o‘tkazish g‘oyasi 1960-yillardayoq jaranglagandi. Ammo 30 yil davomida bu borada amaliy ish qilinmadi.
Bugungi Xalqaro erkaklar kunining tashabbuskori Vest-Indiya universitetidan doktor Djerome Tiluksingx bo‘ldi. U erkaklarning oiladagi va jamiyatdagi ijobiy roliga urg‘u berish uchun bayram belgilashni taklif qildi.
Uni o‘tkazish uchun doktor Tiluksingx 19-noyabr sanasini tanladi – shu kunda uning otasi tug‘ilgan ekan.

Kunning maqsadi – erkaklarning oila va bolalar tarbiyasidagi roli muhimligini belgilashda gender diskriminatsiyaga e’tibor qaratishdir. Shuningdek, bayram tashkilotchilari o‘g‘il bolalar va erkaklar salomatligini saqlash, ularning ijtimoiy, jismoniy va ruhiy farovonligiga e’tibor qaratishni so‘raydilar.

Ushbu kunda erkaklarning jamiyatdagi roliga bag‘ishlab butun dunyo bo‘ylab turli seminarlar, maktablarda tadbirlar, radio va televideniyeda dasturlar, tinch namoyishlar, aylana stollar, art-obyektlar namoyishi bo‘lib o‘tadi.
Bayramni nishonlash tartibi uning mavzusi singari majburiymas. Har bir davlatga nishonlash uchun ma’lum bir mavzu (masalan, “Erkaklar salomatligi”, “Erkaklarning pozitiv roli” singari mavzular) berilsa-da, har bir davlat va har bir shahar o‘zi uchun aktual bo‘lgan mavzuni tanlash huquqiga ega.

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Fanlar majmuasi - @rasmiydtm.pdf
534.8 KB
Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, topshiriqlar soni hamda ularni baholash mezonlari

Test sinovlari mutaxassisliklarga mos 2 ta fandan o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida o‘tkaziladi. Test topshiriqlari soni har bir fan bo‘yicha 30 tadan, jami 60 tani tashkil etadi.

✅ Bunda, ballar quyidagicha belgilanadi:

1️⃣-fan – 30 ta savol. Har biri uchun 3.2 balldan. Maksimal ball – 96 ball.

2️⃣-fan – 30 ta savol. Har biri uchun 3.1 balldan. Maksimal ball – 93 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball.

Test topshiriqlarini bajarish uchun (javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga) har 30 ta test topshirig‘iga 1 soat vaqt ajratiladi.

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​O‘zbekiston Milliy universitetida Gidrometeorologiya fakulteti ochiladi

“O‘zbekiston Respublikasi gidrometeorologiya xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
Prezident qarori (PQ-4896-son, 17.11.2020 y.) qabul qilindi.

Qaror bilan 2020–2025 yillarda O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmatini rivojlantirish konsepsiyasi va uni 2020–2022 yillarda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazi (O‘zgidromet) O‘zbekistonda gidrometeorologiya, iqlim o‘zgarishi va atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi sohasida vakolatli davlat organi etib belgilandi.

O‘zgidromet huzuridagi “Meteoinfosistem” axborot-texnik boshqarmasi negizida “Gidrometeorologiyada axborot texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat muassasasi tashkil etildi.

Toshkent gidrometeorologiya kolleji negizida Toshkent gidrometeorologiya texnikumi tashkil etildi va u O‘zgidromet tizimiga o‘tkazildi.

Texnikum gidrometeorologiya sohasida o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha bazaviy o‘quv muassasasi hisoblanadi.

Texnikumda kadrlar tayyorlash davlat buyurtmasi va to‘lov-shartnoma asosida amalga oshiriladi.

Texnikum Jahon meteorologiya tashkilotining Mintaqaviy o‘quv markazi funksiyalarini bajaradi.

Qaror bilan “Gidrometpribor” ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi tugatildi.

O‘zgidromet tuzilmasida Toshkent shahar gidrometeorologiya boshqarmasi tashkil etildi.

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida Gidrometeorologiya fakulteti tashkil etiladi.

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab Rossiya davlat gidrometeorologiya universiteti va boshqa xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha gidrometeorologiya yo‘nalishida kadrlar tayyorlash tashkil etiladi.

“Gidrometeorologiya faoliyati to‘g‘risida”gi va “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan gidrometeorolog” unvonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi qonunlar loyihalari ishlab chiqiladi.

Talaba.uz rasmiy kanal 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Siz qanday insonsiz?

Screenshot qilib komentga yozing, sizda nima chiqdi😅

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Darsga kechikib kiradiganlarga yuboring😂

Talabalarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Joriy yil 18-24 noyabr kunlari bo'lib o'tadigan "Mikroblarga qarshi dori vositalarni to'g'ri foydalanish umumjaxon xaftaligi"da o'z hissangizni qo'shing va qimmatbaho vaqtingizni ajratib shu so'rovnomadan o'tishingizni so'rab qolamiz. Har biringizni javoblaringiz biz uchun muhim!
#WAAWUzbekistan2020

👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇https://forms.gle/n9yKz9iMP3R5SVg99

Ko'proq ma'lumot olish istagida bo'lsangiz:
Instagram - https://www.instagram.com/uzmsa_phenomenon/

Facebook - Phenomenon Uzbekistan
Telegram - @phenomenon_uz
Fidokorlik cho'qqisi - yerga egilib turgan bolada.

Odob cho'qqisi - do'stining ustiga chiqishdan oldin poyafzalini yechgan bolada.

Hayrat cho'qqisi - bu ikkovi o'zi nima qilishyapti?! 😳

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​#UzMUga_alangalik_salomlar

Kalla desa salla yoxud muammolar faqat pandemiya bilan birga tugaydimi?

Esingizda bo’lsa, ilgariroq talabalarning hammasi yo onlayn yo oflayn tarzda o’qishga majburlanayotgan OTMlar haqida yozgan edik. O’sha maqoladan so’ng bizga shunday holatlar ro’y berayotganligi haqida ko’plab murojaatlar kelib tushdi. Murojaatchilarning ba’zilari isbot taqdim qilishda cho’chiganligi, ba’zilari esa ismi oshkor bo’lishidan va bosim ostida qolishdan qo’rqib vaziyatni oshkor qilish fikridan qaytganligi tufayli biz ularni e’tiboringizga havola qila olmadik.

Va nihoyat, bugun bizga shunday skrinshotlar kelib tushdi. Biz skrinshotlardagi ismlarni imkon qadar berkitishga va holatni ochib berishga harakat qilamiz. Zero, aslida bunday yashirinishlar bo’lishining o’zi ta’lim tizimimizning bosimlar va tazyiqlardan holi emasligini ko’rsatadi. Hech kim 100% ayta olmaydi haqiqatni yuzaga chiqargan talaba bosimlarga uchramay qoladi deb. Nachora, bu holatlar ham qachondir barham topar deymiz va shunga umid qilib qolamiz.

O’zMU talabasi bo’lgan murojaatchimizning so’zlariga ko’ra, fan o’qituvchisi talabalarni 19-noyabrdam boshlab onlayn darslar mutlaqo to’xtatilishidan ogohlantirgan va hammani majburiy oflayn ta’limga chaqirgan. Skrinshotlardan ko’rishingiz mumkin: “Akadem ol, kelasi yil soppa-sog’ bo’lib qayta o’qiysan” deydi o’qituvchi. Bu bosimning yumshoqlashtirilgan formasi emasmi?

Oxirgi kecha-kunduzda iqlim sharoitining keskin o’zgarishi, ob-havoning sovib ketishi yo’l haqlari va ijara haqlari narxini yana bir bor qalqitib yubordi.

So’zimiz oxirida O’zMUning skrinshotlarda zikr etilgan o’qituvchisi va shu kabi boshqa o’qituvchilar, OTMlarga murojaat qilib qolamiz. - darajali havo haroratida o’z farzandingizni sarsonlikka tashlab qo’yishga yuragingiz chidagan bo’larmidi? Siz oflayn o’qiysan deb majburlayotgan talaba viloyatidan poytaxtga kelib turar joy topishga qanchalik qiynalishini tasavvur qila olasizmi? Tasavvur qilolmasligingiz aniq, agar boshingizdan o’tmagan bo’lsa. Yo o’sha talabangizga issiq uyingizdan joy bera olasizmi?

Bir fikr o’ylantirib qoldi, nazarimda oliy ta’limning pandemiya bilan bog’liq muammolari pandemiyaning o’zi tamom bo’lmaguncha tugamasa kerak. Balki pandemiyadan keyin ham davom etar. Kim biladi deysiz...

Mutasaddilarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Eng muhimi pul emas insoniylik). Insoniylikni unutmaylik qadrdonlarim 😊.

Hayrli kun, kuningiz yaxshi kayfiyat ila sermazmun oʻtsin.

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mehringiz birdek barchaga boʻlsin,
Qalbingiz iymon nuriga toʻlsin.
Kuningiz doim quvonch-la oʻtsin,
Juma ayyomingiz muborak boʻlsin.

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Taʼlim olish uchun Googleʻdan grant

Muddat: 2020-yil 4-dekabr

Google kompaniyasi Generation Google Scholarshipʻda taʼlim olish uchun grant tashkillashtirildi. Ushbu grant texnologiya va kompyuter sohalarini oʻrganayotgan talabalarni qoʻllab-quvvatlash uchun taʼsis qilingan.

Google quyidagi hajmdagi grantlarni taqdim etadi:
- AQSHdagi biror universitetga topshirayotgan talabalar uchun 10 000 AQSH dollari
- Kanadadagi biror universitetga topshirayotgan talabalar uchun 5 000 Kanalada dollari
- Yevropadagi universitetda oʻqish uchun 7 000 yevro
- Irlandiyada taʼlim olish uchun 5 000 yevro

Talablar:
- Kompyuterga aloqador sohalardagi yoʻnalishlarga kirish kerak (informatika, kompyuter muhandisligi va shu kabi yoʻnalishlar).
- Yetakchilik qobiliyatiga ega va kompyuter fanlari va texnologiyalariga qiziqishi lozim.
- Oʻzlashtirish darajasi aʼlo darajada boʻlishi lozim.
- Moliyaviy koʻmakka ehtiyoji bor nomzod boʻlishi lozim.

Grantga oid savollar bilan tashkilotchilarga ingliz tilida murojaat qilish mumkin: generationgoogle@google.com

Batafsil rasmiy saytda:
AQSH/Kanada davlatlari uchun: https://bit.ly/2KlzjGY
Yevropa/Yaqin Sharq/Afrika davlatlari uchun: https://bit.ly/3nBcqh3

Kanalga ulanish👇👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
20 noyabr – Butunjahon bolalar kuni

BMT 1954 yilgi rezolyusiyasida barcha mamlakatlarga 20 noyabrni Butunjahon bolalae kuni sifatida nishonlashni tavsiya etgan.

Shuningdek, 20 noyabr sanasida 1959 yilda "Bola huquqlari haqidagi Deklarasiya", 1989 yilda "Bola huquqlari to‘g‘risida Konvensiya" qabul qilingan.

Bayram bolalar farovonligini oshirishga, dunyo miqyosida bolalar manfaatlari yo‘lida BMT tomonidan olib borilayotgan ishlarni kuchaytirishga qaratilgan.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Respublika kollej va texnikumlariga o‘qishga kirish uchun o‘tkazilayotgan test sinovlari to‘g‘risida ma’lumot (2020-yil 20-noyabr)

Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlaridagi 20 ta obyektda test sinovlari 1-smenada soat 09.00 da boshlanib, 11.00 da tugadi va 2-smenada 14.00 da boshlanib, 16.00 da tugadi.

Andijon viloyati Paxtaobod tumanida 1-smenada test sinovlari 10.00 da boshlanib, 12.00 da tugadi.

Test sinovlarida bir kunda ishtirok etishi rejalashtirilgan 9 300 nafar abituriyentdan 6 681 nafari (71,8%) qatnashdi.

Jami 2 613 nafar abituriyent test sinoviga kelmadi.

Abituriyentlar hududga kirish joyida chetlatilmadi.

Imtihon jarayonida tartib-qoidalarni buzganligi sababli 6 nafar abituriyent chetlatildi.

Eng ko‘p holat Andijon viloyatida aniqlanib, 2 nafari shpargalka, 2 nafari telefon va elektron qurilmalarni olib kirgani uchun chetlatildi.

Farg‘ona va Namangan viloyatlarida 1 nafardan abituriyent telefon va elektron qurilmalarni olib kirgani uchun chetlatildi.
Ⓜ️Davlat test markazi

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#hazil_time

👨‍💻 Bir bola do‘konga tuxum olish uchun kiribdi.

Sotuvchi bolaga mayda-mayda tuxumlarni tanlab beribdi. Bola sotuvchiga debdi:
– Nimaga menga eng kichik tuxumlarni tanlab beryapsiz?

– Ko‘tarib ketishingga oson bo‘lsin deyman-da, jiyan, – debdi sotuvchi.

Bola tuxumlarni olib, sotuvchiga kamroq pul berib chiqib ketayotsa, ortidan sotuvchi baqiribdi:
– Hoy, bola. Bergan puling kam-ku!

– Sanashingizga oson bo‘lsin dedim-da,

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bahona qilib, kimnidir ayblash hammani qoʻlidan keladi. Lekin siz unday boʻlmang. Maqsad qoʻying va u tomon intiling.

Hayrli kun, kuningiz yaxshi kayfiyat ila sermazmun oʻtsin.

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
DQK 7-sonli bayoni.pdf
6.9 MB
💠 O'zbekiston Respublika ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilish bo'yicha Davlat komissiyasi majlisining 7-son bayoni

Magistratura imtihonlarida mutaxassislik fanidan 55%dan kam ball to'plagan abituriyentlarni qabul qilishga ruxsat berilgani haqida birinchilardan bo'lib yozgan edik😉

Yuqoridagi tasdiqlangan qarorning 4-betida shu haqida yozilgan.

☝️ Bundan tashqari yana ko'plab muammo bo'layotgan savollarga shu qarordan javob olishingiz mumkin!

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg