Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Respublika kollej va texnikumlariga o‘qishga kirish uchun o‘tkazilayotgan test sinovlari to‘g‘risida ma’lumot (2020-yil 28-noyabr)

Respublikadagi 23 ta obyektda test sinovlari 1-smenada soat 09.00 da boshlanib, 11.00 da tugadi va 2-smenada 14.00 da boshlanib, 16.00 da tugadi.

Qoraqolpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Farg‘ona, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida test jarayoni yakunlandi.

Test sinovlarida bir kunda ishtirok etishi rejalashtirilgan 9 698 nafar abituriyentdan 7 484 nafari (77,2%) qatnashdi. 2 200 nafar abituriyent esa test sinoviga kelmadi.

Hududga kirishda 5 nafar, imtihon jarayonida esa 9 nafar abituriyent tartib-qoidalarni buzganligi sababli test sinovidan chetlatildi.

- - -

27-noyabrdagi test sinovi natijalarining tahlili, ayrim hududlardagi abituriyentlar soniga nisbatan yuqori ball to‘plaganini ko‘rsatdi.

Jumladan, eng yuqori natija Toshkent shahridagi Chilonzor Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida – 185,8 ball qayd etildi.
Ⓜ️ Davlat test markazi

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
TDIU talabasi «MDHning eng yaxshi talabasi-2020» xalqaro tanlovida g‘alaba qozondi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Iqtisodiyot fakulteti 3-bosqich talabasi Dostonbek Rustamov Nursulton shahrida o‘tkazilgan «MDHning eng yaxshi talabasi-2020» xalqaro tanlovida 14 mamlakat ichidan «Raqamli iqtisodiyot va innovasiyalarni boshqarish» yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etib, faxrli I o‘rinni egalladi.

Ushbu loyihaning asosiy maqsadi MDH davlatlarining oliy ta’lim muassasalari talabalarini qo‘llab-quvvatlash, ilm-fan, texnika rivojlanishiga hissa qo‘shayotgan yoshlarni aniqlab, ularni munosib rag‘batlantirish hisoblanadi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, Dostonbek Rustamovning ilmiy ishlari, qo‘lga kiritgan yutuqlari va tanlov davomidagi saralash jarayonlari hisobga olingan holda I o‘ringa munosib deb topildi va «MDHning eng yaxshi talabasi-2020» yozuvi tushirilgan ko‘krak nishoni va I darajali diplom bilan taqdirlandi.

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Kontrakt to'lash uchun 1-kurslarning 2 kun vaqti qoldi

▪️Davlat qabul komissiyasi qarori bilan 1-kurs va o‘qishini tiklagan talabalar uchun kontrakt to‘lash muddati 1-dekabrgacha uzaytirilgan edi.

Talabalarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
30 noyabr – Kimyoviy qurollar qurbonlarini xotirlash kuni

1993 yilda BMT tomonidan Kimyoviy qurollarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, to‘plash va qo‘llash hamda ularni yo‘qotish bo‘yicha Konvensiya qabul qilingan va u 1997 yil 29 aprel kuni kuchga kirgan.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan kollej va texnikumlarda yangi yo‘nalish ochiladi

“Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash, ularning urug‘chiligini yo‘lga qo‘yishni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–4901-son, 26.11.2020 y.) qabul qilindi.

🔰Qarorga ko‘ra, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi huzurida davlat muassasasi shaklidagi Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazi tashkil etildi.

Dorivor o‘simliklarni ilmiy asosda yetishtirish va qayta ishlash, ulardan oqilona foydalanishning yagona strategiyasini shakllantirish va amalga oshirish Markazning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Markazning o‘rmon fondi yerlarida xususiy sektorni jalb etgan holda dorivor o‘simliklarni yetishtirish va ilmiy-ishlab chiqarish klasterlari tashkil etiladi.

🌱 Qarorga ko‘ra, Nukus, Xo‘jayli, Qorako‘l, Baxmal, Zomin, Kitob, Uzun, Boysun, Burchmulla, Ohangaron davlat o‘rmon xo‘jaliklari dorivor o‘simliklarni yetishtirishga, Quyi Chirchiq ixtisoslashgan davlat o‘rmon xo‘jaligi dorivor o‘simliklar urug‘ va ko‘chatlarini tayyorlashga ixtisoslashtiriladi.

🌲Shuningdek, G‘allaorol, Kogon hamda Urgut ixtisoslashgan davlat o‘rmon xo‘jaliklari tashkil etiladi.

✅ 2021/2022 o‘quv yilidan:

● respublika oliy taʼlim muassasalari biologiya yo‘nalishlarining 3 va 4-kurslarida tahsil olayotgan iqtidorli talabalar tarkibidan alohida guruhlarda chuqurlashtirilgan o‘qitish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;
● barcha qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan kollej va texnikumlarda “Dorivor o‘simliklar yetishtirish agrotexnologiyasi” yo‘nalishi ochiladi.

📍Hujjat haqidagi to‘liq maʼlumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.
Ⓜ️ Huquqiy axborot

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Yaqin kelajakda yo‘qolib ketishi mumkin bo‘lgan kasblar

Bugungi kunda mashinalar odamlarning o‘rnini egallagan bir qancha kasblar bor. AQSh mehnat vazirligining hisob-kitoblariga qaraganda esa, 2025-yilga kelib bugungi maktab o‘quvchilarining 65 foizi hali o‘ylab topilmagan kasblarning egalari bo‘ladi.

Robotlar qanday kasblarning kushandasiga aylanishi mumkin? “Ideonomika” sayti robotexnika va zamonaviy texnologiyalar tufayli yaqin bir necha yil ichida eskilik sarqitiga aylanishi mumkin bo‘lgan yetti kasbni aniqladi.


1. Taksichi

Qachon ehtiyoj tugaydi: 2038-yilda.

Avtomatik boshqariluvchi mashinalar ustidagi ishlar davom etmoqda, bir necha o‘n yilda nafaqat kirakashlar, balki umuman haydovchilarga ehtiyoj qolmasligi mumkin.

2. Buxgalter

Qachon ehtiyoj tugaydi: 2028-yilda.

Sun’iy ong asosiga qurilgan buxgalterlik dasturlari shu qadar kuchli va arzon mahsulotga aylanadiki, “tirik” buxgalterlar ular bilan bahslasha olmaydi.

3. Yurist yordamchisi

Qachon ehtiyoj tugaydi: 2026-yilda.

Yuristlarga ham avtomatlashtirilgan yordamchilar ko‘proq asqatadi — ular tezroq ishlaydi, ko‘proq narsa biladi va hech qachon dam olmaydi.

4. Aviadispetcher

Qachon ehtiyoj tugaydi: 2038-yilda.

2034-yilda odam aviadispetcher aybi bilan ro‘y berajak qo‘rqinchli halokat tufayli hukumat havodagi harakatni kompyuterlar boshqarishini talab qiladi.

5. Avtoturargoh xodimi

Qachon ehtiyoj tugaydi: 2028-yilda.

Yangi texnologiyalar mashinaning avtoturargohda qancha turganini aniq kuzatish imkonini beradi, bu to‘lov masalasiga aniqlik kiritadi.

6. Turoperator

Qachon ehtiyoj tugaydi: 2025-yilda.

Siz onlayn turistik agentlik saytiga kirasiz, safaringiz haqida hikoya qilib berasiz, sayt aniqlashtiruvchi savollar yordamida sizga qulay yo‘nalishni tanlab beradi.

7. Tarjimon

Qachon ehtiyoj tugaydi: 2031-yilda.

2028-yilda Google og‘zaki nutqni aniq tarjima qilish vositasini ishlab chiqaradi, shu bilan “tirik” tarjimonlarga zarurat qolmaydi.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Yoz o'tdi, kuz o'tdi, qish yetib keldi)))

Qishning birinchi kuni bilan!!!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ushbu qayg'uli ijtimoiy reklama kishini o'ylab ko'rishga majbur qiladi. Bu kabi roliklar imkon qadar kengroq yoyilishi kerak, deb o'ylayman.

İjodkorlar o'z ishlariga mehr bilan yondashganlari shundoq ko'zga tashlanadi. Ularga tasannolar aytib qolamiz.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Nimadir deyishga til ojiz. Na kulishni va na yigʻlashni bilasan kishi 🤦‍♂.

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​Milliy test tizimi uchun onlayn ro‘yxatga olish boshlandi

🔰 Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qarorida 2020-yil 1-dekabrdan boshlab bosqichma-bosqich bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos fanlar majmuasidagi umumta’lim fanlaridan bilish darajasini baholashning milliy test tizimi joriy etilishi belgilangan.

✅ Unga ko‘ra, umumta’lim fanlari bo‘yicha sertifikatlash quyidagi muddatlarda joriy etiladi:

➖ 2020-yil 1-dekabrda ona tili va adabiyot (o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti) hamda matematika fanlari bo‘yicha;
➖ 2021-yil 1-fevralda kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha;
➖ 2022-2024-yillarda fizika, geografiya va tarix fanlari bo‘yicha.

👨🏻‍💻 2020-yil 1-dekabr kuni ona tili va adabiyot (o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti) hamda matematika fanlari bo‘yicha talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

📆 Talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish my.dtm.uz sayti orqali 20-dekabrga qadar davom etadi.

🔖 Qarorda test sinovida ishtirok etish uchun talabgordan bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida to‘lov undirilishi belgilangan.

⏳ Sertifikat test sinovi natijasi bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan shaxslarga 3 yil muddatga beriladi.

📌 2021-2022-o‘quv yili qabulidan boshlab tegishli umumta’lim fanini (chet tili bundan mustasno) bilish darajasi to‘g‘risida davlat namunasidagi sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga sertifikatdagi o‘zlashtirish foiziga mos ravishda oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.
Ⓜ️ Davlat test markazi

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👩🏼‍💻👨🏼‍💻Zoom konferensiyalar haqida qisqacha. Hazilomuz post.

👩🏽‍🏫Onlayn ta’lim tizimi yo’lga qo’yilgandan buyon har kim dars o’tishning o’ziga qulay usulini qabul qilib oldi. Kimdir telegramdan mavzuni, uyga vazifalarni yuboradi-yu, o’zi ma’lum dedlayn belgilab, shu muddat kelguncha “yo’qolib ketadi”. Kimdir universiteti uchun maxsus platformalardan foydalanyapti.

📩Umuman, karantin davrida onlayn ta’limning eng samarali (bo’lib tuyiladigan) va jonliroq turi Zoomda tashkil etiladigan konferensiyaviy darslar bo’lib qoldi. Har holda, bu usul telegramdagiga yo boshqa usullarga nisbatan ancha ko’ngilga yaqini. Bir birimizni ko’ramiz, eshitamiz, yuz amri issiq degan gap bor.

📌Kecha bir o’qituvchimiz Zoomda dars o’tayotganda chiroq o’chib qolsa deng, bo’ldi tomosha. Mayli, biz domlani tushunib, shirin so’zlar ila xayrlashdik. Ammo xuddi shu holat talaba bilan sodir bo’lsa va u darsda ishtirok eta olmay qolsa bormiiii...🤯😅

E’tiborni tortadigan yana bir jihati, agar siz teppa tekinga, faqat internet trafiklari evaziga Zoom konferensiya tashkillashtirmoqchi bo’lsangiz, dastur sizga roppa-rosa 40 daqiqa vaqt “o’lchab beradi”. Dastur shartlarini qabul qilgan holda ma’lum to’lov to’laydigan bo’lsangiz esa bu muddat siz istagan muddatga (telefoningizning zaryadkasi tugab qolgunichadir balki) cho’zilishi mumkin.

❗️Mana shu yerda talabaning qadri, ta’limning qadri bilinib qolsa deng. 40 daqiqalik “tekin osh” tugab qolgach, talaba konferensiyaga qayta kirishi kerak. Bu nima degan gap. Talabalardan kontraktni jarag’-jarag’ sanab oladigan ta’lim tizimining nahot shu norasidalar uchun ozgina pul to’lab pulli konferensiyalar tashkillashtirshga qurbi yetmasa?!

😄Domlalarga, albatta, o’z yonidan pul to’lab bu xizmatni sotib olish malol keladi. Shundoq ham ular internet trafiklarini ishlatyaptilar! (Xuddi talabalar singari😁 Lekin domla bir kishi, talabalar ko’p, shuning uchun ulardan ketgani bilinmaydi!)

🤪Ha mayli. O’zim guvoh bo’lganim talabalarning 80%i darsga kirib olgach kamera va mikrofonning unini o’chirib pinakka ketadilar. Shu o’rinda o’qituvchilarga layfhak — hadeb maruzani o’qib beravermasdan ora-otada talabalarga ham luqma tashlab qo’ying, qani, sizni necha kishi eshitayotgan ekan. (Talabalar, uzr!😅)

😊Hazil o’z o’rnida-yu, yozilayotgan gaplar haq gaplar. Balki ular sizga ham tanishdir? Sizda-chi, sizda onlayn darslar qay shaklda o’tilyapti? Onlayn darslar bilan bog’liq qanday qiziqarli holatlar ko’zga tashlanyapti. Javobingizni kommentlarda qoldiring!

Hohlagan odamizga yuboring😅👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Kasallik va azob- uqubatlarning sababi tashqarida emas, ichimizda joylashganini allaqachon tushinish vaqti keldi.

Sabab bizning kasal dunyoqarashimizda yashiringan.
Davolanish uchun esa dunyoqarashimizni o'zgartirishimiz kerak.

Har bir odam Koinotning bir qismi. Shuning uchun uning qonunlariga muvofiq yashash kerak. Ichkarida uyg'unlik bo'lsa tashqarida ham bo'ladi.

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Test topshiriqlarini tuzish va ekspertizadan o‘tkazishning yangi tartibini joriy etish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Ma’lumki, 2020-yil 6-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4884-son qarori qabul qilindi.

Qarorning 9-bandida 2021-yil 1-yanvardan boshlab davlat oliy ta’lim tashkilotlariga kirish uchun test sinovi topshiriqlarini tuzish va ekspertizadan o‘tkazishning yangi tartibi joriy qilinishi belgilangan.

Mazkur qarorda belgilangan vazifalar ijrosini sifatli ta’minlash maqsadida Davlat test markazida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi (13 nafar), Xalq ta’limi vazirligi (35 nafar), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (14 nafar) hamda Davlat test markazi (22 nafar) xodimlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda sohalar bo‘yicha jami 84 nafar mutaxassis ishtirok etib, kun tartibidagi masalalar guruhlarga ya’ni, chet tili (ingliz, nemis, fransuz tillari), ona tili va adabiyot (o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillari), fizika va matematika, tarix va geografiya, kimyo va biologiya fanlariga bo‘lingan holda muhokama qilindi.

Davlat test markazi mutaxassislari tomonidan umumiy o‘rta ta’lim tizimidagi fanlarning o‘quv dasturlariga moslashtirilgan holda, mantiqiy fikrlash, masala va misollarni bajara olish qobiliyati va ta’limning keyingi bosqichiga tayyorgarligini baholaydigan, kompetensiyaga asoslanib ishlab chiqilgan test topshiriqlari va fan mazmuni loyihasi soha mutaxassislari tomonidan keng muhokama qilinib, masala yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.

Muhokama natijasida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kiruvchilar uchun test sinovlari o‘tkaziladigan fanlar mazmunining tarkibi va test topshiriqlarini tayyorlash talablari qayta ishlab chiqildi.

Ushbu ishlab chiqilgan fan spetsifikatsiyalari asosida test topshiriqlari bazasini yaratish, yangi test topshiriqlarini tuzish ishlari amalga oshirilmoqda.
Ⓜ️ Davlat test markazi

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
“Sport tadbirlarini sharhlovchi” – kelgusi o‘quv yilidan magistraturada sport sohasida yangi mutaxassisliklarga qabul boshlanadi

O‘zR Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 19 noyabrda “Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 735-son qarori qabul qilindi.

Qarorda jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish bo‘yicha ko‘riladigan chora-tadbirlar belgilangan.

✅ Hukumat qaroriga muvofiq, 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab:

👉 ekstremal sport va sport turizmi bo‘yicha kadrlar tayyorlash maqsadida Jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning filiallarida alohida kafedra ochiladi;

👉 “Sport tadbirlarini sharhlovchi”, “Yirik sport tadbirlarini tashkillashtirish (promouter)” hamda “Ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish” bo‘yicha magistratura mutaxassisliklariga qabul boshlanadi.
Ⓜ️ edu.uz

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Muvaffaqiyatga erishishning mo'jizaviy 10 yo'li

1. O'z g'oyangizni egasi bo'ling.
Inson o'z tasavvuriga qarab o'zgarib turadi.

2. O'z oldingizga aniq maqsad qo'ying.
Siz aniq mo'ljalga ola bilasizmi yo faqatgina o'z darvozangizni himoya qilasizmi?

3. So'z berdingizmi - ustidan chiqing.
So'z o'zingiz o'ylayotgan narsaga ham, boshqa odamlarga ham o'z ta'sirini o'tkazadi. Chin so'zingizni aytishga odatlaning.

4. Qat'iy bo'ling. Ikkilanmang!

5. Hayotning o'nqir-cho'nqirlarini chidam bilan bosib o'ting.
O'tgan ishga salovat deng, muvaffaqiyatsizliklardan nolimang, aksincha ulardan to'g'ri hulosa chiqarib ishlang. Ular sizni yo'qqa chiqarishi ham, yutuqlarga erishishga da'vat etishi ham mumkin

6. Ishonchli odamlar bilan hamkor bo'ling.
Siz o'z atrofingizdagi odamlarga o'xshab ketasiz.

7. Aql bilan, lekin shoshilmasdan ishlang.
O'ylang. Masalani qaysi yo'l bilan hal qilgan yaxshi? Mayda-chuydalarga ham e'tibor berish - muvaffaqiyatlar garovi.

8. Sizdan kutganlaridan ko'proq narsaga erishing.
Ortiqcha qadam bosishdan qo'rqmang. Yaxshi va a'lo natijaga erishish o'rtasida ozgina farq bor.

9. Tirishqoq bo'ling.
Taslim bo'lish uchun shoshilmang. Kurashishdan hech qachon qo'rqmang.

10. Berilib ishlang.
Agar aniq maqsad sari berilib ishlamasangiz, hayotda, hech qanday muvaffaqiyatga erisha, olmaysiz.

Doʻstlarga ulashing 👇👇

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
OTMda o‘qiganlik uchun ma’lumotnomani onlayn olish mumkin

▪️Buning uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (my.gov.uz) avtorizatsiyadan o‘tish va xizmatdan foydalanish bo‘yicha so‘rovnomani to‘ldirish kerak bo‘ladi.

Xizmat bepul va ma’lumotnoma 5 ish kuni ichida elektron ko‘rinishda fuqaroning portaldagi shaxsiy kabinetiga yuboriladi.

➡️ Talabalarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
ASSALOMU ALAYKUM VA ROHMATULLOHI VA BAROKATUH!

JUMA AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 MUVAFFAQIYAT SIRLARIDAN BIRI | Murad Nazarov

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari (2021-yil 1-yarim yillik)

📆 Test sinovlari fevral va aprel oylarida ingliz, nemis va fransuz tillaridan, yanvar, mart, iyun oylarida – barcha tillardan o‘tkaziladi.

📚 Fanlar majmuasiga chet tili fani kiritilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan va chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori bo‘lgan sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi.

👨🏻‍💻 Onlayn ro‘yxatdan o‘tish uchun: https://dtm.uz/page/cefr
Ⓜ️ Davlat test markazi

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent, Surxondaryo va Farg‘ona vodiysida 4 dekabr kuni qor yog‘ishi mumkin. Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin.

Videoda esa ajoyib yiqilishlar topligi😅

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg