Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Ertaga bugungidan yaxshiroq bo'lishning 16 ta qoidasi.

✅Televizor ko'rmang, kitob o'qing.
✅Hech nimaga qaramay oldinga intiling, fikrdamas amalda ham!
✅Yaxshi g'oya hayolga kelsa, darhol yozib qo'ying.📄
✅Kechikyapsizmi, bu haqda ogohlantirib qo'yish yo'lini toping.
✅Birovlarning orzularini ustidan kulmang.
✅Sizga pand bergan insonlardan ogoh bo'ling, ular o'zgarishi qiyin.
✅Ota-onangiz bilan ko'proq vaqt o'tkazing, kun kelib ular mavjud bo'lmasligi, siz esa hech nimaga ulgurmaslingiz mumkin.
✅Xush muomala zabt etish xususiyatiga ega. Xushmuomala bo'lishni o'rganing.
✅Xatolaringizni tan olishni o'rganing, aks holda o'ziga bino qo'ygan haykalga aylanib qolasiz.
✅Hayotdan nolishdan to'xtang! Stop, sizning nolishlaringiz hammasini faqat chigallashtiradi.
✅G'iybat qilmang.
✅Juda tushunarsiz va yoqimsiz vaziyatlarda uxlang, yodda tuting, hammasi o'tkinchi.
✅Juda jiddiy vaziyatlarda ham insonlarning shaxsiyatiga tegmang, vaziyat unutiladi, so'z esa esda qoladi.
✅Rost gapiring, shunda hech narsani eslab qolishga to'g'ri kelmaydi.
✅Kun boshida siz uchun eng yoqimli ishlarni bajaring, kun ohirida charchoq ham sizni sevgan ishlardan chalg'ita olmaydi.
✅Hech kim hech qachon hech kimning oldida qarzdor emas☝️

Do'stlarga ulashamiz👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#18_12

Toshkent metropolitenining Yunusobod liniyasi qurilishida bo'lgan avariyaga ham bir yil bo'libdi😔

Quruvchilarning ko'plari tuproq ostida qolib ketishgan edi. Vafot etganlarni xotiralab, bir duo qilib qo'ying🤲
Hukumat qarori (788-son, 15.12.2020 y.) bilan Agrar ta’lim tizimining 2030 yilgacha bo‘lgan innovasion rivojlanish strategiyasi tasdiqlandi.

☑️ Qarorga muvofiq, qishloq xo‘jaligida “Aqlli qishloq xo‘jaligi” (Smart agriculture) va raqamli texnologiyalar joriy qilinadi.

🔰 Strategiyaga ko‘ra, 2030 yilga qadar, jumladan:

➖ 30 ta xorijiy OTM bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari tashkil etiladi;

➖ qishloq xo‘jaligi sohasida ko‘rsatiladigan interaktiv xizmatlari soni 20 taga yetkaziladi;

📊 Agrar ta’lim tizimidagi OTMlarni dunyoning nufuzli 1000 ta oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati (QS reyting tizimi)ga kiritish choralari ko‘riladi.

🖥 2020/2021 o‘quv yilidan sohadagi barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida ta’limning kredit-modul tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi.

🏢 Toshkent davlat agrar universitetining Nukus, Termiz va Samarqand filiallari institutga aylantiriladi.

Do'stlarga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Ayrimlarning boshqalar haqidagi fikr va munosabatlarini o‘qib, bular inson shaklidagi Allohning yerdagi farishtalarimikan, deb qolaman.

Nahotki birovning aybi, xastaligi va oqibati haqida shunchalar bemalol gapirish mumkin? Ularning shunday balolar bilan sinalmasligiga qo‘lida kafolat xati bormikan? Yoki insonlar oqibatini muhokama qilish vakolatiga egamikan?

Bu dunyoda aybsiz, xatosiz va gunohsiz kim bor?! Bu nuqsonlarimiz o‘zimiz bilan o‘zimizni mashg‘ul qilishi kerak emasmi? O‘z xatolarimiz uchun yig‘lashga buyurilmaganmizmi?

Biz esa boshqalarni muhokama etamiz, kalaka qilamiz va oqibatiga qiziqamiz.

Alloh odil! Alloh muntaqim! Alloh "aldovchi"!

Ehtiyot bo‘laylik, U adolat qilib qolmasin, intiqom olib qolmasin va "aldab"-adashtirib qo‘ymasin va o‘rni kelganda qattiq tutmasin!

©️ Mubashshir Ahmad

Do'stlarga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Hurmatli talaba-yoshlar!

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan maxsus reja-grafik asosida respublikadagi barcha oliy ta’lim va professional ta’lim muassasalarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rildi. Vazirlik huzurida tashkil etilgan Markaziy shtab tomonidan olib borilayotgan kunlik monitoringlar ayrim OTMlarda kamchiliklar borligini ko‘rsatmoqda.

Shu sababli Sizlardan ta’lim olayotgan akademik lisey, kasb-hunar maktabi, kollej va texnikumlar hamda oliy ta’lim muassasalarida, talabalar turar joylarida bu borada kamchiliklar (isitish tizimi, elektr energiyasi, hojatxona, yuvinishxonasi va oshxonalar) mavjud bo‘lsa, aniq faktlar (manzilli)ni ko‘rsatgan holda telegramdagi @otvmurojaat_bot boti orqali bizga ma’lum qiling.

Har bir murojaat vazirlikning Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini nazorat qilish bo‘yicha Markaziy shtabi tomonidan o‘rganib chiqiladi.

👉 Murojaat uchun - @otvmurojaat_bot

☎️Telefonlar: (71) 246-62-29, 246-11-63, 246-27-11

Ⓜ️ OO‘MTV Axborot xizmati

Do'stlarga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Halollik, rostgo'ylik yoxud "shustriy" va "lox"lar haqida

Xorijda uzoq yillar yashagan do'stim oilasi bilan yaqinda O'zbekistonga qaytib bordi. Chet elda tug'ilib ulg'aygan farzandlari O'zbekistondagi bolalarga qo'shilib ketishi qiyin bo'libdi.

Hovlida bolalar bilan o'ynaganda, ular nima desa, hamma aytganini qilarkan. Ya'ni, tengdoshlarining har bir gapiga ishonadi va rioya qiladi.

"Devorga yuzingni qo'yib, 100 gacha sana, biz yashirinamiz", deyishibdi. Bolakay 100 gacha to'liq sanagan va so'ng o'rtoqlarini uzoq vaqt qidirib yurgan. Vaholanki, bolalar sanoq tugamasdanoq uylariga kirib ketgan ekan.

Bu narsa xorijda o'sib ulg'ayayotgan deyarli barcha farzandlarga xos holat. Ya'ni, ular aldashni bilmaydi, har bir gapga ishonadi. Chunki oilada, maktabda ularga har doim rostgo'y bo'lish o'rgatiladi. Ular kattalarga, kitoblarda yozilgan hayotga ishonadi. Ularning ongiga rostgo'ylik eng oliy qadriyat sifatida singdiriladi. Nohaqlikni faqat qonuniy huquqlar doirasidagina hal qilish mumkinligi o'rgatiladi. Xullas, ular "ko'cha" ko'rmagan bolalar.

O'zbekistonda esa bolalar yoshligidan "shustriy"likka o'rgatiladi. Haqqingni birovga oldirib qo'yma, "lox" bo'lma, deb go'dakligidan ularning boshiga "ko'cha" qadriyatlarini singdiramiz; o'zimiz bu ishda, albatta, ularga o'rnak bo'lamiz.

Shu bois jamiyatda hech kim bir-biriga ishonmaydi. Mashina, uy oldi-sottisida yoki istalgan katta savdoni amalga oshirishda, agar yoningizda shu sohani yaxshi tushunadigan odam bo'lmasa, sizni chuv tushirib ketishlari aniq. Bu jamiyatda juda normal qabul qilinadigan qadriyatga aylangan.

Agar sodda, ishonuvchan bo'lsangiz, demak, siz "lox"siz. Huquqbuzarlik haqida davlatga xabar bersangiz, "terpila"siz. Chunki muammolarni joyida "reshat" qiladigan "erkak" bo'lishingiz kerak.

Muammolardan shikoyat qiladiganlar ko'p, lekin haqqini talab qilishni bilmaydiganlar yoki talab qilishdan qo'rqadiganlar undan ham ko'p.

Ko'chada kimningdir yelkasiga turtinib ketsak, mushtlashishga ham tayyormiz; chunki "erkak"miz; bunaqa paytda faqat "lox"lar uzr so'raydi. Lekin tepadagilar bizni xohlaganicha "itarsa" ham, "siyosatga aralashma", "och qornim, tinch qulog'im", deb pusib o'tiramiz.

Davlatga ham umuman ishonch yo'q. Shu bois oldi-berdilarimizning katta qismi naqd, hujjatlarsiz amalga oshiriladi. Chunki davlatni ham "o'zimizga o'xshaganlar" boshqaradi-da.

Balki bizga "ko'cha" ko'rmagan "lox" avlod yetishmayotgandir? Rostgo'ylikni oliy qadriyat deb biladigan, muammolarni "ko'cha"da emas, tegishli davlat institutlari orqali hal qiladigan, shunga ishonadigan odamlar kerakdir?

Balki aynan shu avlod ishlamayotgan davlat institutlarini ishlashga majburlar? Tepadagi "o'zimizga o'xshaganlar"ni saylov orqali jazolab, ya'ni ishdan olib, yaxshiroq ishlaydiganlarni olib kelar?

Xullas, davlatni, amaldorlarni tinmay qoralash asnosida o'zimizga ham bir boqaylik. Qadriyatlarimiz, yashash tarzimiz o'sha amaldorlarnikidan qanchalik farq qiladi?

Ular milliardlarni o'marayotgan bo'lsa, balki biz yolg'onchiligimiz, mas'uliyatsizligimiz, berilayotgan maoshni oqlaydigan darajada halol ishlamayotganimiz uchun minglarni urib qolayotgandirmiz? Hokim milliardlar turadigan joyni tanish-bilishlari uchun arzon garovga olib berayotgandir, lekin biz kassada o'tiradigan oddiy xodim bo'lsak ham, og'aynimiz kelib qolsa, uning ishini "ochered"siz hal qilib beramiz-ku. Miqyos kichkina, lekin natija bir xil. Hokim bo'lib qolsak, bir dumalab adolatparvar, faqat qonun asosida halol ishlaydigan odamga aylanib qolishimizga kafolat bormi?

Xullas, muammo faqat sanoqli shaxslarning muttahamligida emas. Bu muttahamliklar aslida jamiyat hayotiga tutilgan bir oyna, xolos.
©️Vashington kundaligi

Do'stlarga ulashing
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​Qanday qilib effektiv tarzda kitob o‘qish mumkin?

Kitob sizni butun diqqatingizni jamlashingiz uchun qanday bo‘lishi kerak? Qanday qilib o‘qiganingizni uzoq vaqt xotirada saqlab qolish mumkin?

1. Kitoblar ro‘yxati

Juda ko‘plab odamlar kitoblarga o‘zgacha tashnalik bilan qaraydi. Biz kitoblarni sotib olaveramiz, ularni javonlarga to‘playveramiz. Lekin ko‘pincha o‘qimaymiz. O‘qilmagan kitoblar ko‘payib borishi insonni o‘qishga bo‘lgan tashnalikni oz bo‘lsa ham susayishiga olib keladi. Kitoblarni ko‘plab sotib olish kerakmas. Bitta yoki ikkita yetarli. Agarda, baribir sotib olish yoqsa, o‘qimoqchi bo‘lgan kitoblaringiz ro‘yxatini tuzing va qat‘iy o‘sha ro‘yxatga amal qiling.

2. 50 sahifa qoidasi.

Keraksiz kitoblarni o‘qish uchun hayotimiz juda ham qisqalik qiladi. Zerikarli va foydasiz kitoblardan tezroq uzilishga  harakat qiling. Kitob qandayligini bilish uchun uning 50 sahifasini o‘qish yetarli. Agar o‘sha sahifalar davomida sizni o‘ziga torta olmadimi, demak bu kitob sizniki emas.

3. Kim yozgan va nima haqida yozilgan.

Kitobni o‘qishdan oldin u haqda tanishib chiqing. Muallif va kitob haqidagi fikrlarni o‘qing. O‘qishdan oldin o‘zingizga savol bering, kitobdan nima o‘rganmoqchiman? Qaysi muammolarimni yechishga yordam beradi bu kitob? Bu savollar kitobni har bir sahifasini diqqat bilan o‘qishingizga, har bir satrdan o‘zingizga nimadir olishga harakat qilishingizga turtki beradi.

4. Qalam bilan o‘qing yoki yozib boring.

Kitob o‘qiyotgan vaqtingizda qalam bilan o‘zingziga kerakli joylarni belgilab boring. Kitobga hech nima tekkizishni istamaydigan kitobxonlar ham bor. Ularga esa kerakli gaplarni yon daftarchaga yozib borishni tavsiya etamiz. Kitob - ma‘nolar xazinasi. Undan foydali gaplarni yig‘ib borish ham zavqli mashg‘ulot hisoblanadi.

5. Bir kunda kamida 30 bet.

Har bir insonda o‘zining o‘qish ritmi bor. ‘‘Marafonchilar‘‘ bitta kitobni bir oyda tugatishadi. ‘‘Sprinterlar‘‘ esa bitta kitobni bir necha kunda tugatishi mumkin. Ammo hammada vaqt masalasi har xil. Shunday ekan sizga oddiy va qulay qoida yordam beradi. Bir kunda 30 sahifadan kam o‘qimang. Bu sizga kitobni bir haftada tugatish uchun yordam beradi. Bir yilda 60 ga yaqin kitob o‘qib qo‘yasiz. Zo‘r natija!

6. Janrlarni almashtirib turish.

Har bir kitobxonda o‘zining sevimli janri bor. Lekin faqat detektivlarga yoki bisnes adabiyotalarga berilib ketish, sizni bitta qolipga tashlab qo‘yadi. Boshqa janrdagi eng zo‘r asarlarga ham qiziqmay qo‘yasiz. Bunday paytda janrlarni almashtirib turish zarur. Masalan, non-fikshndan keyin rus klassikasini o‘qing. Undan keyin esa fantastikani, keyin detektiv. Albatta, ketma-ketlikni o‘z ta‘bingizga qarab tuzib olishingiz ham mumkin.

7. O‘qiganlaringiz haqida yozing.

Agarda kitob sizga yoqsa, undagi sitatalar, foydali gaplar, kitob haqidagi fikrlaringiz yig‘ilib qoladi. Bu esa juda qimmatli ma‘lumotlar sanaladi. Uni ‘‘sandiq‘‘da saqlash kerakmas. O‘zingizga kundalik tutib oling. O‘qigan kitobingiz haqida retsenziya yozing, sitatalarni yozing. Bu uchun nafaqat kundalik, balki, feysbuk kabi tarmoqlar ham sizga foydali. Yozganlaringizni barcha bilan ulashing. Siz kitobni analiz qilishingiz uchun aynan adabiyotshunos bo‘lishingiz shartmas, ishoning. Boshqalar bilan ulashishingiz ularga ham bu kitob haqida qiziqish uyg‘otishingizga yordam beradi.

8. O‘qiganlaringizni prezentatsiya (taqdimot) qiling.

O‘qilgan kitob yoddan ko‘tarilmasligi uchun uni do‘stlaringizga aytib bering. Kitob haqida oila a‘zolaringizga, do‘stlaringizga ‘‘seminarlar‘‘ o‘tib berishingiz mumkin.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba va oʻquvchilarga poyezd chiptalari uchun 50% chegirma beriladi

2020-yil 28-dekabrdan 2021-yil 10-yanvargacha oliy taʼlim muassasalarining kunduzgi boʻlimlarida taʼlim olayotgan talabalar hamda oʻquvchilarga poyezd chiptalariga tarif qismidan 50% miqdorda chegirma beriladi.
Ⓜ️ Masofata'lim

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba, yaxshilar koʼmagiga muhtoj!

Qadrli talabalar, sizlarning yordamingiz juda zarur.
Toshkent davlat texnika universiteti 3-bosqich talabasi Norqulov Samandar(rasmda oq kuylak kiygan)ga "yurakni koʼchirib oʼtkazish" tashxisi qoʼyilgan va shu oy oxirida chet elda operatsiya qilinishi kerak. Buning uchun juda katta pul kerak boʼladi.

Aziz talabalar, yordamimizni ayamaylik, barchamiz talabamizku. Yordamga muhtoj insonlarga koʼmak berish har bir insonning vazifasi nazarimizda.

Poʼl oʼtkazish uchun:
👉 9860 0301 8993 6997 (Muxiddin Mamirov)

Homiylik va boshqa takliflar uchun: +998973292919, +998995660160(Xurshid, bemorning akasi)

Imkoningiz va sharoitingiz bo'lmasa, ushbu xabarni tarqatishda yordam bering.
Mashaqqatsiz erishilgan baxt namatak gullariga oʻxshaydi, qanchalik goʻzal boʻlmasin sal shabboda essa toʻkilib ketadi.

© Oqil Toraqul

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
📌 Kontrakt to'lashda yengillik berilishi mumkin

Aytishlaricha to'lov shartnoma asosida bitta oilada bir nechta farzand o'qiyotgan bo'lsa ularga kontraktni to'lashda yengillik berish masalasi ko'rilayotgan ekan. Hozirda bitta oilada nechta farzand to'lov shartnoma asosida o'qiyotgani o'rganilmoqda.

Yangiliklarni biz bilan kuzating.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
⚡️ Milliy test tizimi uchun onlayn ro‘yxatga olish 31-dekabrga qadar uzaytirildi

- 2020-yil 1-dekabr kuni milliy test tizimi uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlangan bo‘lib, 20-dekabrga qadar davom etishi belgilangan edi.
Fuqarolarning murojaatlariga asosan, ro‘yxatga olish 31-dekabrga qadar uzaytirildi.

👨🏻‍💻 Ro‘yxatga olish my.dtm.uz sayti orqali ona tili va adabiyot (o‘zbek tili va adabiyot, rus tili va adabiyot, qoraqalpoq tili va adabiyot) hamda matematika fanlari bo‘yicha amalga oshirilmoqda.

- Test sinovi natijasi bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan shaxslarga 3 yil muddatga sertifikat beriladi.

✅ Milliy sertifakat bo'yicha barcha savollaringizga javobni mana bu maqoladan olishingiz mumkin: https://oliygoh.uz/abituriyent/milliy-test-tizimi-haqida

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
1–31-dekabr kunlari oʻtkaziladigan Vikipediya kitob oyligida ishtirok eting!

Marafon ishtirokchilari har kuni biron kitob haqida Oʻzbekcha Vikiepdiyada maqola yaratishlari kerak boʻladi. Marafonning maqsadi Oʻzbekcha Vikipediyada kitoblar haqida keng qamrovli kontent yaratishdir.

Marafonda Vikimedia Jamgʻarmasi loyihalariga hissa qoʻshib kelayotgan yoki hissa qoʻshishni istagan har bir foydalanuvchi ishtirok etishi mumkin.

https://uz.wikipedia.org/wiki/Vikipediya:Vikipediya_kitob_oyligi

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Chizma geometriya va muhandislik grafikasi fanidan qiynalyapsizmi? Yoki bo'lmasa chizma chizishga vaqtingiz yo'qmi?)

Muommongizni men orqali hal qilishingiz mumkin😉

Murojaat qiling: @CHGvaKG
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#hazil

O'qituvchi talabadan 55 ni yozishni so'radi.

Talaba so'radi: Qanday qilib?
O'qituvchi: 5-ni yozing va uning yonida yana 5 ni!
Talaba 5-ni yozdi va to'xtadi.
O'qituvchi: Siz nimani kutyapsiz?
Talaba: qolgan 5 ni qaysi tomonga yozish kerakligini bilmayman!😂

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Jizzax pedinstitutning tarix fakulteti shahardan tashqariga ko‘chirildi: bundan talabalar biroz norozi

Jizzax davlat pedagogika instituti talabalari murojaat qilishdi. Ma'lum bo‘lishicha, institutning tarix fakulteti talabalari joriy o‘quv yilda tahsilni markazdan olisda, Sharof Rashidov tumani So‘loqli qishlog‘idagi sobiq kasb-hunar kollejida boshlashgan.

Yoshlar avvalo, aynan tarix fakultetining markazdan uzoqqa jo‘natilgani, So‘loqlida sifatli ta'lim olish uchun sharoit yo‘qligi, isitish tizimi, oshxona, kutubxona va yotoqxona bilan bog‘liq muammolar borligini bildirishgan.

Kun.uz holatni o‘rganish maqsadida hozirgi kunda Sharof Rashidov tumani So‘loqli mahallasida faoliyat boshlagan JDPIning tarix fakultetida bo‘ldi.
Batafsil...

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg