Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Arxiv

“Biz ta’limdan islomni sug‘urib oldik, islom ma’rifatini faqat imomlar gapirsin, dedik. Poraxo‘rlik rivojlanib ketdi”

P.s: Mana shu inson Abduqodir Toshqulov bo'ladilar va ta'lim tizimimizni o'zgartira olishiga ko'zim yetadi. Adolatparvar inson, shaxsan uzoqdan bo'lsa ham yaxshi taniyman... Bu yog'ini vaqt ko'rsatadi. Lekin chin dildan xursandman😊

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#ana_endi

Rasman: O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi farmoni bilan Abduqodir Hamidovich Toshqulov O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri lavozimiga tayinlandi .

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari bilan:

➖ Inomjon O'rishevich Majidov O‘zbekiston Milliy universiteti rektori;

➖ O‘ktam Rahimovich Salomov Farg‘ona politexnika instituti rektori;

➖ Avazjon Rahimovich Marahimov Termiz davlat universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekiston talabalari ayni vaqtda judayam hursand☺️

Hurmatli Abduqodir Hamidovich Toshqulov! Sizni munosib "Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri" lavozimi bilan tabriklaymiz. Biz talabalar "Yirtilgan" tizimni tiklashingizga va adolat o'rnatishizga, yon atrofingizdagi sizga qarshilik qilayotgan barcha bilan kurashib, ularni yengishingizga qattiq ishonamiz.

O'zbekistonning yosh kelajagi sizning qo'lingizda!

@TalabaUz kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍1
❗️Metsenat.uz: Jurnalistika sohasida tahsil olayotgan talabalar uchun KunUz granti eʼlon qilindi

Grant nomi:
Jurnalist-talabalar uchun Kun.uz granti

Manzili: https://metsenat.uz/uz/grants/68?type=grant

✅ Metsenat: “Web Expert” MChJ (Kun.uz nashri)

📍 Qaysi hudud uchun: barcha hudud talabalari uchun

🏫 Qaysi OTM talabalari uchun: barcha OTMlar uchun

👩🏻‍⚕️ Qaysi soha uchun: Jurnalistika sohasi uchun

🎓 Qaysi daraja uchun: bakalavr

❓Qaysi taʼlim shakli uchun: kunduzgi / sirtqi / kechki

💰Qaysi to‘lov shakli uchun: to‘lov-kontrakt

📶 Qaysi bosqich (kurs) uchun: barcha bosqich talabalari uchun

💵 Grant summasi: bir yillik stipendiyasiz toʻlov-kontraktning 50%i miqdorida (jami 58 mln soʻm)

#️⃣ Grantlar soni: 20 ta

🤷‍♂️ Gʻolibni tanlashda qaysi jihatlar eʼtiborga olinadi: Ehtiyojmandligi, oʻzlashtirishi, ijtimoiy hayotda faolligi

⏳ Ariza topshirishning so'nggi kuni: 24-yanvar

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
ASSALOMU ALAYKUM VA ROHMATULLOHI VA BAROKATUH!

Sayyidul ayyom va hajjul masokin muborak boʻlsin!

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
KIBR KIRGAN BOSHGA ILM KIRMAYDI

Bir ulug‘ zot ko‘chada ketayotsalar, bolalar to‘p o‘ynashayotgan ekan. Shunda u zot so‘rabdilar:

— Bolalarim, bu to‘p sizlarga nima gunoh qildi? Nega uni hadeb tepasizlar?

Bolalar ichidan bir sho‘xrog‘i devonasifat olimga masxaralagannamo debdi:

— Hazrat, to‘pning oldida turibsiz, o‘zidan so‘ray qoling.

Ustoz to‘pga qarab, indamay qolibdi. Shunda haligi bola:

— So‘radingizmi, to‘p nima dedi? – desa, ustoz shunday javob bergan ekanlar:

— To‘p dediki: boshimga ozgina havo to‘lib qolgan ekan, shunga tepki yeyapman.

Ibrat: Kimniki boshiga kibru havo to‘lib qolsa, u odamni Alloh xor qiladi.

* * *

Ibn Sinoning ustozi Kushyorning huzuriga bir kishi yulduz ilmini o‘qish maqsadida kelibdi. 2-3 oy o‘tsa hamki, ustozi dars bermaganidan so‘ng aytibdi:

— Hazrat, endi menga javob bersangiz. Uch oy bo‘ldi hamki dars bermadingiz. Vaqtingiz yo‘q shekilli…

— Men senga bajonidil dars berardimu, lekin sen huzurimga kelgandagi bu ilmda mening uncha-muncha xabarim bor degan kibr-havoing hali ham ketmadi. Men bir idishga qachonki u bo‘sh bo‘lsagina suv quyaman. Afsus, sening kallang havo bilan to‘lib qolgan ekan.

Xulosa o‘zingizdan.

Do'stlarga ulashing
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Metro tunnelida vaqtini o'tkazayotgan talabalar!

Ha bu rasmdagi chindan ham talabalar, afsuski oylik yo'l chiptasi "bahonalar" bilan sotilmayotgani sababli, talabalar metroga kirish uchun mana shunaqa tirbandlikda ko'p vaqtini o'tkazyapti.

Darslar boshlanganiga sal kam bir hafta bo'ldi, talabalarni o'qishga chaqirar ekansiz nima uchun oylik yo'l chiptasini hal qilib qo'ymaysiz???

Kim javob beroladi, mana shunaqa tirbandlikda yana pandemiya boshlanmasligiga?

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Faqat olg‘a yur!
To‘xtab qolma!
O‘zingni o‘zing ruhlantir va rag‘batlantir. Har doim o‘zinga o‘zing ayt:
- Meni hech kim maqsadim yo‘lida to‘xtatib qololmaydi.
- Men kuchliman!
- Men albatta g‘alaba qozonaman!
Agar maqsading aniq bo‘lsa unga kuchli shijoat bilan yondash. Faqat ojizlargina yengiladi. Sen esa ojiz emassan.
Unutma! O‘tmishda yoki hozirda kim bo‘lganing muhim emas.
Kelajakda kim bo‘lishing muhimdir. Kelajaging esa o‘zi qo‘lingda va uni hozirdan boshlab o‘zing yaratasan!
Sizning hayotingiz chegaralangan, shuning uchun uni boshqalarning hayoti bilan yashashga sarflamang.
© Stiv Jobc

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
OTMlarda shaxmat bo‘yicha ta’lim yo‘nalishlari ochiladi.

Prezident qaroriga ko‘ra, shaxmat yo‘nalishi 2021–2022-o‘quv yilidan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Farg‘ona filialida ochiladi.

Boshqa OTMlarda ham shaxmat yo‘nalishiga ehtiyoj hisobga olinib, Shaxmat federasiyasi tavsiyasi bilan kvotalar belgilanadi.

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​#perevod
📌 Uzrli sabablarga ko‘ra o‘qishini ko‘chirish istagida bo‘lgan fuqarolar DIQQATIGA !!!

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 15-bandiga muvofiq uzrli sabablarga ko‘ra o‘qishni ko‘chirish to‘g‘risidagi arizalarni qabul qilish bo‘yicha hududiy ishchi guruhlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

⚠️ Hududiy ishchi guruhlari 2020 yilning 20-dekabridan 2021 yilning 25-yanvar kuniga qadar (o‘sha kuni ham) faoliyat ko‘rsatadi.

Qayd etilgan Nizomga muvofiq fuqarolar quyidagi uzrli sabablarga ko‘ra hududiy ishchi guruhlariga ariza topshirishlari mumkin:

- talaba bir hududdan ikkinchi hududga doimiy yashash uchun yoki turmushga chiqish munosabati bilan ko‘chib o‘tganda;
- talabaning turmush o‘rtog‘i yoki ota-onasi harbiy xizmat o‘tash joyini o‘zgartirganda;
- talabaning ota-onasi (turmush o‘rtog‘i) xorijdagi davlat xizmatidan qaytganda.

❗️Ushbu sabablardan boshqa holatlarda fuqarolar o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha umumiy tartibda har yili 15-iyuldan 5-avgustga qadar ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.

Fuqarolar uzrli sabablarga ko‘ra o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha hududiy ishchi guruhlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
- o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);
- talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
- pasport nusxasi;
- yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

O‘qishni qayta tiklash bo‘yicha (ko‘chirib tiklash bundan mustasno) arizalar talabaning chetlatilganligiga necha yil bo‘lganligidan qat’iy nazar bevosita muayyan OTMga taqdim etiladi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati

Talabalarga ulashing
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Hindistonlik sartarosh o'z ish joyiga televizor o'rnatish o'rniga, o'z navbatini kutayotgan mijozlar uchun kichik bir kutubxonacha tashkil qilibdi va "O'qigan insonga 30% chegirma bor" deb yozib qo'yibdi.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
⚡️⚡️⚡️Toshkentda Prezident universiteti ochiladi

Bu haqda Shavkat Mirziyoyev 15-yanvar kuni poytaxt tuman hokimlari, sektor rahbarlari, mahalla raislari va Yunusobod tumani yoshlari bilan uchrashuvda ma’lum qildi

«Biz prezident universitetini quramiz. Oksford ta’limini birinchi marta O‘zbekistonda joriy qilmoqchimiz. Britaniyaning ta’lim sohasi dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Biz yangi prezident maktablarini ochdik, endi 8000 talabaga mo‘ljallangan yangi prezident universitetini ochamiz. Barcha domlalari chet eldan bo‘ladi», - dedi davlat rahbari.

«Bizning bolalarimiz chet elga ketishadi - ularning 50 foizi qaytib kelmaydi. «Eng katta aql» ketayapti. U yerdagi sharoit ularga yoqadi, oylik katta. Ammo endi men shu sharoitlarni yaratib, ularni o‘zimizda o‘qitmoqchiman. Ketmasin bolalarimiz», — deya ta’kidladi prezident.

Universitetning ochilish sanasi haqida xabar berilmagan.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tasirli_video

56 soniya vaqtingizni olaman...

Bir-biringizga mehribon bo'ling! Bu dunyoda hamma narsa o'tkinchi. Sizdan faqat yaxshiliklar qoladi.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
«Talabalarga erkinlik berish kerak. Ulardan davomat va forma talab qilish amaliyotini bekor qilish zarur». Professor Baxtiyor Mengliyev oliy ta'limga oid 10 ta taklif bilan chiqdi

Hukumat ko‘rayotgan choralarga qaramay, O‘zbekistonda oliy ta'lim hanuz depsinishdan chiqib keta olmayapti, deydi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professori Baxtiyor Mengliyev.

Professor taqdim etgan maqolasida sohadagi muammolar yechimi yuzasidan o‘z takliflarini ilgari suradi. Maqolani to'liq o'qish.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Salmon - 8 yoshda. Jazoirning Shlef viloyatidan, aqlli va mag‘rur bola, u o‘z maqsadiga erishdi va bo‘yiga teng keladigan kitoblarni o‘qiy oldi. Salmon arab dunyosida birinchi va dunyoda ikkinchi bo‘lib bunday yutuqqa erishdi, chunki u kitoblar va hikoyalar aralash 276 kitobni o‘qishga muvaffaq bo‘ldi. 20.09.2020 dan 14.12.2020 gacha har hafta uni sinovdan o‘tkazishdi va o‘qiganlari haqida so‘rab borishdi.

Balki siz xam buni udalarsiz? 2021 yil nechta kitob o‘qimoqchisiz?

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Yon-atrofdagi insonlarni muhokama qilamiz. Ularning oila ichi masalalarigacha gap otamiz. Lekin o‘z pulimizni xizmatkorimiz bo‘lgan mansabdorlar talon-toroj qilayotgani haqida gap ochilsa, buni "g‘iybat, fitna, ig‘vo, noshukurlik..." deb ataymiz.

Bosh Prokuratura bergan ma'lumot bu hali rasmiysi. Norasmiyini siz tahmin qiling!

Agar,
Bu holat Yaponiyada bo‘lsa, Bosh vazir emaklab, tiz cho‘kib xalqidan kechirim so‘raydi;
Bu holat Janubiy Koreyada bo‘lsa, xalqi Prezidentning iste'fosini talab qiladi;
Bu holat G‘arb davlatlarida bo‘lsa, xalqi Bosh vazirning "patini yuladi"...

Chunki u xalqlar byudjet mablag‘i o‘z puli ekanini, davlatning egasi xalq ekanini biladi va amaldorlar xalqning xizmatkori-mardikori ekanini idrok qiladi.

Dunyoni yomonlik qilganlar emas, ularni jimgina tomosha qilganlar barbod qiladi!
Albert Eynshteyn

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Kimki intilmasa, u hech narsaga erishmaydi, kimki shijoat ko‘rsatmasa, u hech narsalik bo‘lmaydi, kimki o‘zining ma’naviy quvvatidan foydalanmasa, bu quvvat uni tark etadi.

Donolar debdilarkim: eng kam bahslashuvchilar eng oqil muallimlardir.

©Tohir Malik

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tezkor #Rasman
⚡️8 fevraldan O‘zbekiston milliy universiteti kredit-modul tizimiga o‘tadi. Tizim joriy qilingach:

📌 Talaba bir universitetda o‘qib turib, ixtiyoriy fanni boshqa universitetda o‘qishi mumkin bo‘ladi;

📌Qaysi professor o‘qituvchida qaysi-qaysi fanni o‘qish tanloviga ega bo‘ladi;

📌Agar biror fanni "yopa olmasa", «ochisleniya» qilinmaydi. 8 yilgacha talaba bo‘lib qolishi mumkin. Faqat to‘lov kontraktlarini amalga oshirgan holda.

P.s: TATU talabalari sizlarga sabr tilaydi. Hurmat bilan TATU😅

Batafsil ma'lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg