Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
SAKKIZLIK

1️⃣ Keksalarni uzoq umr ko‘rganligi uchungina emas, hayot sinovlariga uzoq bardosh bergani uchun ham hurmat qilmoq kerak.

2️⃣ Yaxshigayam, yomongayam birdek yaxshi ko‘rinishga urinadigan odam eng xavfli odamdir.

3️⃣ Sartaroshni suvoqchi qilib qo‘ysangiz, devorga sovun ko‘pigi surtadi. Etikdo‘zni sartarosh qilsangiz, odamni boshiga mix qoqadi...

4️⃣ Ertalab turganingda, kunduzi yurganingda, kechasi uxlaganingda hech qayering og‘rimasa shuning o‘zi baxt!

5️⃣ Dunyoda mehrdan arzon narsa yo‘q. Bir og‘iz shirin so‘z, bir chimdim mehr kimni o‘ldiribdi! Biz esa shuni ham bir-birimizdan ayaymiz..

6️⃣ Mushuk o‘zi itdan qochib daraxtga chiqadi-yu, yana daraxtdagi qushlarga dag‘-dag‘a qiladi...

7️⃣ Insonning bahosi bu dunyoda o‘zi olgani bilan emas, o‘zidan qolgani bilan belgilanadi.

8️⃣ Daraxt bir joyda ko‘karadi, deyishadi. To‘ppa-to‘g‘ri, bu gap daraxtlarga juda mos tushadi. Odamlarga emas!
©️ O‘tkir Hoshimov

Do'stlarga ham ulashing
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
📌 Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchi talabalari hududlarda aholining antropometrik ma’lumotlarini yig‘ishga majburiy safarbar etilganlik holatlarini Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish Milliy komissiyasi o‘rganishni boshladi — Senat.

Yaqin kunlardan beri ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent Tibbiyot Akademiyasida bo'lib o'tgan majlisda 6-bosqich talabalarini uyma-uy yurib aholining antropometrik ma'lumotlarini yig'ishga safarbar etayotgani yozib olingan audiolar tarqalgan.

Ushbu audio yozuvda "Qashqadaryo allaqachon rejani bajarib bo'lgan"i aytilgan.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️O‘zbekistondagi tibbiyot oliygohlarining talabalari antropometrik ma’lumotlarni yig‘ishga majburiy safarbar etilganini komissiya o‘rganadi

Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish Milliy komissiyasi tomonidan Davlat mehnat inspeksiyasi bilan birgalikda tibbiyot yo‘nalishidagi OTM bitiruvchi talabalari hududlarning ambulator-poliklinika muassasalariga aholining antropometrik ma’lumotlarini yig‘ishga majburiy safarbar etilganligi to‘g‘risida holatlarni o‘rganishni boshladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tibbiyot ta’lim muassasalari bitiruvchi kurslari birlamchi tibbiyot muassasalariga amaliyotga yuborilayotgani hamda ular tibbiy xatlov jarayonlarida qatnashib, aholining antropometrik o‘lchovlarini olish ishlariga jalb etilayotgani haqida turli mazmundagi ma’lumotlar berilmoqda.

“Bularning barchasi pandemiya davrida amalga oshirilmoqda!”, — deydi talabalar ishini muvofiqlashtirishga jalb etilgan o‘qituvchilardan biri.

Shuningdek, internetda talabalarga birlashish va “25-yanvardan majburiy mehnat bilan shug‘ullanishga bormaslik” borasidagi murojaat ham paydo bo‘lgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati 21-yanvar kuni vazirning birinchi o‘rinbosari Amrillo Inoyatovning bu boradagi bayonoti bilan bo‘lishdi.

U talabalar antropometrik ma’lumotlarni yig‘ishga majburan jalb etilayotgani to‘g‘risidagi xabarni yolg‘on deb atagan: “Ular aholining antropometrik o‘lchovlarini olayotgani yo‘q. Bu ishni hamshiralar ham qilishi mumkin”.

“Bu tadbirga jalb qilingan bitiruvchi kurs talabalari, klinik ordinatorlar, oilaviy shifokor sifatida har bir fuqaroni ham salomatligi, ham kasallanish ko‘rsatgichlarini o‘rganadilar, ularni kerakli ko‘rik va tekshiruvlardan o‘tkazadilar. Bu faoliyat ularni o‘qituvchi-domlalari ishtirokida va nazoratida olib borilishi lozim hamda o‘quv jarayonining muhim qismi bo‘lib hisoblanadi”, — deydi vazirning birinchi o‘rinbosari.

Inoyatovning ma’lum qilishicha, hududlarda amaliyot o‘tayotgan talabalar shu yilning 25-yanvar kuni odatiy o‘quv jarayonlariga qaytadi.
Ⓜ️ masofata'lim

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Kimgadir o'xshatdingizmi?😅

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Tezkor

📌 Talabalar orasida ilk virusga chalinish holati aniqlandi.

Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universitetidagi bir biridan mustaqil manbaalarimizning xabar berishicha xorijiy fakultetda ta'lim olayotgan talabalarning birida virus aniqlangan.

Shu munosabati bilan ertadan boshlab fakultet talabalari 2 haftalik masofaviy ta'limga o'tishi ma'lum qilindi.

#vahimasizkarantin

Boshqa fakultet talabalari vahima ko'tarmasliklari so'raladi. 2 hafta dezinfektsiya ishlaridan so'ng yana offlayn ta'limni davom ettiraverasizlar.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
⚡️«Kvotaboz» – o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi faoliyatini tugatish taklif qilindi

Senatning Fan, ta'lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasining ekspertlar ishtirokidagi yig‘ilishida shu haqda so‘z borgan.

Senator Odil Iminov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasini keskin tanqid qilib, uning faoliyatini tugatish taklifi bilan chiqdi.

«Biz Davlat qabul komissiyasiga 2 oy avval xat yozdik. Lekin ulardan haligacha javob yo‘q. Yo‘q. Shunchaki javob yo‘q. Senatning xatiga javob yo‘q.

Buni tugatish kerak. Qabulni to‘liq universitetlarning o‘ziga berish kerak. Keyin universitetlar rektorlari ta'lim jarayoni va sifatiga o‘z boshi bilan javob bersin. Dekanlar esa ta'lim tarbiya uchun javob bersin.

Nega bu ishlarni Vazirlar Mahkamasida o‘tirgan chinovnik hal qilishi kerak? O‘quv dasturlarini ham hamma universitet o‘zi qilsin.

Davlat qabul komissiyasi deganining o‘zi tagi yo‘q organ-ku. Nima keragi bor buning?», – deya yig‘ilganlarga savol bilan murojaat qilgan Odil Iminov.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
AQSH milliy gvardiyasining bir qancha xarbiylari Yangi prezident Bayden avto karvonini qarshi olish vaqtida teskari ya’ni orqa tomonlari bilan turib olishdi. Xozircha buning sababi noma’lum.

Lekin askarlarni orqasini qilib olishi oliy toifali komandirga nisbatan xurmatsizlik belgisi xisoblanadi.
Avval tarixda jazolanib unovonidan maxrum qilingan xarbiylar orqasi bilan saf tortib turgan askarlar safi orasidan o‘tkazilib izza qilingan.


Nima deb o'ylaysiz, Bayden izza qilindimi?

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
📌 Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi COVID-19ga chalingan talaba haqida xabar berdi

22-yanvar kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining rus tili va adabiyoti fakulteti talabasida COVID-19 infektsiyasi aniqlangan. Bu haqida Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi Repost.uz ga xabar bergan.

Ushbu talaba bilan muloqotda bo'lganlar va fakultet hududida bo'lganlarga 14 kunga o'zini-o'zi yakkalash tavsiya etildi.

Hozircha 4-etaj butunlay karantinga olingan va dezinfektsiya qilinmoqda. Fakultetdagi barcha talabalar 2 haftaga masofaviy ta'limga o'tkazilgan.

"Yangi haftadan, ya'ni 24-yanvardan boshlab 2-3-4-bosqich talabalar sessiyani onlayn topshirishadi. 1-bosqich talabalari 8-fevraldan boshlab offlayn rejimga o'tishadi" — deydi vazirlik.

Xorijiy fakultetdan boshqa barcha fakultetlar offlayn rejimda o'qishni davom ettiraverishadi. OTMda gigiyena qoidalariga amal qilgan holda darslarga qatnashish tavsiya etilmoqda.
Manba

Talabalarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
TO'XTANG! KELING, IKKI DAQIQA TAFAKKUR QILAMIZ! VA SIZ BAXTLISIZ 😊

🔘 Biror yoqimsiz so‘zni aytishdan oldin umuman gapira olmaydiganlarni yodingizga oling.

🔘 Taomdan shikoyat qilishdan oldin, yeyishga bir tishlam noni yo‘qlarni esga oling.

🔘 O‘z turmush o‘rtog‘ingizni birovga yomonlashdan oldin Allohga o‘zining yolg‘izligini aytayotganlarni ko‘z oldingizga keltiring.

🔘 Hayotingizdan shikoyat qilishdan oldin, umri ayni gullagan, yoshligida tugaganlarni eslang.

🔘 Farzandlaringizdan shikoyat qilishdan oldin, tirnoqqa zor bo‘lgan minglab odamlar borligini biling.

🔘 Uyni tozalash, kim pol yuvishi haqida janjal ko‘tarishdan oldin, millionlab uysiz odamlar ham borligini bilib qo‘ying.

🔘 Ishingiz og‘irligidan nolishdan oldin, qanchadan-qancha odamlarga sizningdek ishi bo‘lishi orzu ekanligini ham bilib qo‘ying.

🔘 Birovni barmog‘ingiz bilan ko‘rsatib, uning gunohlarini sanashdan oldin, o‘zingizning ham gunohkor banda ekanligingiz va bir kun Alloh oldida javob berishingiz ko‘z oldingizda tursin.

🔘 Dilingizni g‘am-alam qamrab olsa, hali tirik ekanligingiz uchun Allohga shukrona ayting. Hayot – bu bebaho hadya. Doimo shukrda boʻlaylik, tafakkur qilaylik.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​Dunyo va ta’lim

📗 Bugun – Xalqaro ta’lim kuni
International Day of Education


Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 2018 yil 3 dekabrdagi (A/RES/73/25) rezolyusiyasi bilan 24 yanvarni Xalqaro ta’lim kuni deb e’lon qilgan.

Ushbu rezolyusiya loyihasi ta’lim masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan Bryussel shahrida bo‘lib o‘tgan konferensiyada Nigeriya davlati tomonidan taklif etildi va 58 ta a’zo mamlakat tomonidan quvvatlangan edi.

Ta’lim – bilim berish, malaka va ko‘nikmalar hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasidir. Inson huquqlari umumjahon Deklarasiyasining 26-moddasida ta’lim olish har bir insonning huquqi ekani belgilab qo‘yilgan. U davlatlarni barcha uchun bepul boshlang‘ich ta’lim olishni ta’minlashga chaqiradi.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda 258 million nafar bola va o‘smir hali ham maktabga borish yoki uni tamomlash imkoniga ega emas. Ularning 20% esa ta’lim olishi lozim bo‘lgan yoshdagi bolalardir.

Ushbu xalqaro kunni nishonlash bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish BMTning ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti – YUNESKO zimmasiga yuklangandir. (Manba: www.calend.ru)

📚 Yurtimizda ta’lim tizimi esa quyidagilardan iborat:

-Davlat ta’lim standartlariga muvofiq ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim muassasalari;

-Ta’lim tizimi ishlashi va rivojlanishi uchun kerakli tadqiqot ishlarini olib boruvchi ilmiy-pedagogik tashkilotlar;

-Ta’lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari shuningdek ular boshqaruvi ostidagi korxona, muassasa va tashkilotlar.

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi yagona va yaxlitdir.

O‘zbekiston Respublikasida ta’lim quyidagi ko‘rinishlarda amalga oshiriladi:

-maktabgacha ta’lim;
-umumiy o‘rta ta’lim;
-maktabdan tashqari ta’lim;
-o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi;
-oliy ta’lim;
-oliy ta’limdan keyingi ta’lim;
-malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash.


📂 O‘zbekistonda ta’lim tizimlari faoliyatining bevosita boshqaruvini ikki vazirlik – Xalq ta’limi vazirligi va Oliy ta’lim va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi- amalga oshiradi. (Manba: ziyonet.uz)

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
O‘zbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni 653,7 ming kishiga oshdi

2021- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra, respublikaning doimiy aholisi soni 34,5 mln. kishini tashkil etmoqda.

Aholi soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 653,7 ming kishiga ko‘paygan.

2021- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra, respublikamiz hududlarining doimiy aholisi soni quyidagicha:

Qoraqalpog‘iston R. – 1 923,8 ming kishi
Andijon – 3 188,2 ming kishi
Buxoro – 1 946,9 ming kishi
Jizzax – 1 410,6 ming kishi
Qashqadaryo – 3 334,5 ming kishi
Navoiy – 1 013,8 ming kishi
Namangan – 2 867,4 ming kishi
Samarqand – 3 947,4 ming kishi
Surxondaryo – 2 681,0 ming kishi
Sirdaryo – 861,1 ming kishi
Toshkent – 2 994,0 ming kishi
Farg‘ona – 3 819,9 ming kishi
Xorazm – 1 893,1 ming kishi
Toshkent sh. – 2 677,2 ming kishi

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
U-Report Davlat test markazi (DTM) bilan hamkorlikda yoshlarning oliy ta’lim muassasalarining (OTM) bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari jarayoniga munosabatini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash maqsadida so’rov o’tkazgan edi.

U-REPORTYORLARNING BA’ZI FIKRLARI: (mualliflarning imlosi saqlanib qolgan)

❗️ Baribir nazoratni ushlash qiyin buldi. Kamera muammosi. Bunday sharoitga bulsa korrурsiya bo’lib qolishi mumkin.

В целом все хорошо, однако не выдавали кепки от солнца, как обещали, было жарко очень сидеть на открытой местности, не было социальной дистанции.

❗️ Quyosh tushgani sababli fikrlash qiyin bòldi.Nazoratchilarda ham òz ishida sustkashliklar kòp kùzatildi.Hammaga ham kepka berilmadi.Muammolar juda kòp,lekin aytganimni foydasi yòq

❗️ Quyosh nuriga teskari joylagan edi stullar yorug'lik orqa tomonda tushdi menimcha chap tarafdan bo'lishi kerak edi

Жарко, солнце било прямо в лицо. На просьбу повернуть парту отказали. Парты и стулья были грязные, с сантиметровым наростом пыли и никто не удосужился дать хотя бы салфетки чтобы мы сами их протерли

❗️ Men kechki smenada topshirdim va Ohirgacha ecdim ohirida Javoblar varaqasiga korishda korongi bolib yahwi koraolmadim

❗️ Man eshitishim bo'yicha davlat har bitta abuturent uchun kepka va suv ajratgan edi. Lekin men test topshirgan hiyobonda na suv berildi va na kepka.

❗️ Gigiena uchun berilgan kepka va qo‘lqoblar ishlatilgan edi bu juda yomon pandemyada

❗️ Test yechishga qiynaldim chunki issiq boshimni og‘ritib qo‘ydi ham biroz shabada bo‘lgani un test varaqasi, javoblar varaqasini ushlash muammo tug‘dirdi. Biroz qiynaldim.

❗️ Nazorat sust bo‘ldi,a'loqa vositalaridsn foydalanishga sharoit bo‘ldi.

❗️ Guruh nazoratchilari bir-biri bilan gaplashib xalal berganini va havoni keskin isib ketishini hisobga olmasak chidasa bo'ladi.

❗️ Ayrim joylarga kamera ham qo'yilmagan ekan, telefondan foydalanilgan holatga ham guvoh bo'ldim

❗️ Yaqqol noxaqlikka yol qoyildi. Shaffoflik bolmadi

❗️ Juda sovuq bo'ldi kirish uchun ko'p vaxt ketdi.

♻️ A'lo darajada õtdi,toza xavo fikrimni jamlashga,diqqatimni testga qaratishimga yordam berdi.

♻️ Zo'r o'tdi, ochiq joyda bòlgani erkinlik va dadillik hissini berdi lekin shamol bilan ozroq muammo bòldi.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🇺🇿 DIQQAT, VAKANT ISH!
Boʻsh vaqtingizni foydali va daromadli ishga sarflamoqchimisiz? Agar oʻz bilim va koʻnikmalaringizni boshqalar bilan oʻrtoqlashishni xohlasangiz, unda bizning taklifimiz aynan siz uchun!

Biz ta’lim loyihalari bilan shugʻullanuvchi yosh jamoamiz va oʻzbek tilida soʻzlashuvchi ilgʻor oʻqituvchi qidirmoqdamiz. Biz izlayotgan odam texnologiyalar bilan yaqin doʻst, u bilim olishni va eng muhimi, uni boshqalarga berishni juda yaxshi koʻradi.

Ish nimadan iborat?
Oldindan tayyorlangan reja boʻyicha oʻzbek tilida videodarslar yaratish. Gapning po‘st kallasi — o‘zbek tilida “screencasting”.

Minimal talablar:
- Ingliz tili (“Londn iz ze kepital of Greyt Britan”dan yaxshiroq daraja)
- Oʻzbek tilida ravon gaplashish
- Yoqimli ovoz
- Kompyuter, Microsoft Office va Google mahsulotlaridan yaxshi foydalanish
- Yoshi 20+
- Jinsi muhim emas
- Analitik fikrlash qobiliyati
- Qidiruv xizmatlaridan foydalanish va kerakli ma’lumotlarni topish qobiliyati
- Oʻsish va rivojlanish istagi

Sharoitlar:
- Ofis Gangada (Toshkent), barcha sharoitlar mavjud
- To'lov ishbay, 3 mln. dan boshlanadi
- To'liq stavkada bandlik
- Moslashuvchan ish vaqti

Qiziqqan bo'lsangiz, iltimos, quyidagi arizani to‘ldiring.
https://forms.gle/3dpyr4fofBpxZ47S9

--------------------------------------------------------

🇷🇺 ВНИМАНИЕ, ВАКАНСИЯ!
У вас много свободного времени? Готовы его инвестировать в прибыльное и интересное дело? У вас котелок варит и вы умеете и любите делиться знаниями (на узбекском языке)?
Тогда наше предложение именно вам!

Мы молодая команда работающая над образовательными проектами. И мы ищем продвинутого преподавателя, того, кто дружит с технологиями, и умеет получать, и самое главное передавать свои знания другим.

Суть работы ― создание видеоуроков/видеокурсов на узбекском языке по заданному каркасу (плану). Проще говоря - screencasting на узбекском языке.

Минимальные требования:
- Начальный уровень английского
- Очень хороший уровень узбекского
- Грамотная речь и приятный голос на узбекском (Важно!)
- Уверенный пользователь ПК, офисных продуктов Microsoft и сервисов Google
- Возраст 20+
- Пол не имеет значения
- Аналитический склад ума
- Умение пользоваться поисковыми сервисами и находить нужную информацию
- Умение и желание расти и развиваться

Условия
- Офис на Ганге (г. Ташкент), со всеми условиями для комфортной работы.
- Оплата сдельная, ориентировочно от 3 млн сумов
- Работа на полную ставку
- Гибкий график

Чтобы попасть на собеседование, пожалуйста, заполните форму ниже, и мы обязательно свяжемся с вами:
https://forms.gle/3dpyr4fofBpxZ47S9

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
⚡Test sinovlarida yangi tartib joriy qilinadi. Kirish imtihonlari yangi test savollari asosida oʻtkaziladi

Prezident qaroriga koʻra, 2021 yil 1 yanvardan boshlab davlat OTMlariga kirish uchun test sinovi topshiriqlarini tuzish va ekspertizadan oʻtkazishning yangi tartibi joriy qilinadi, unga muvofiq:

👉 test sinovi topshiriqlari davlat taʼlim standartlari va oʻquv dasturlari asosida tuziladi;

👉 test sinovi materiallarining maʼno-mazmuni umumiy oʻrta taʼlim tizimidagi fanlarning oʻquv dasturlariga moslashtiriladi;

👉 abituriyentlarning nazariy bilimlarni oʻzlashtirish darajasi bilan birga mantiqiy fikrlashi, masala va misollarni bajara olish qobiliyati va taʼlimning keyingi bosqichiga tayyorgarligini baholaydigan, kompetensiyaga asoslangan test topshiriqlari ishlab chiqiladi;

👉 amaldagi ABITUR dasturini takomillashtirish hisobiga yangi dasturiy mahsulot ishlab chiqiladi hamda 2021/2022 oʻquv yili uchun saralash test sinovlari yangi test savollari asosida oʻtkaziladi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​O‘qituvchining sochini olayotgan professional sartarosh so‘rabdi:

- nega maktab va Oliy ta’lim tizimimiz borgan sari yomonlashib ketmoqda?

O‘qituvchi ozgina o‘ylanib javob beribdi:
- tasavvur qiling, soch olish uchun ishlatadigan har bir instrumentingizni qo‘llanilishini yozma shaklda isbotlashingiz va tushuntirishingiz kerak, xar bir odamning sochini olish bo‘yicha kunlik, haftalik, oylik, choraklik, yillik, 3 yillik, 5 yillik rejalar va istiqbol rejalaringizni tuzishingiz lozim, sochni yuvish tartibini, shampun va boshqa soch uchun kosmetik moddalarni izoxlab yozma xisobot tayyorlashingiz kerak. Bu ishlardan tashqari Sizning statusingizni belgilash “Bosh yuvish va sochga e’tibor” kabi mavzularda ma’ruza qilish xamda “Soch oldirish axborot texnologiyalari sharoitida tarixiy urf” mavzusidagi seminar va konferensiyalardagi chiqishlaringizga mijozlaringizning fikr-muloxazalari, taqrizlari asosida belgilanadi. Yuqoridagilarning qarori asosida o‘tkir tig‘li qaychidan foydalanish ta’qiqlanadi.
Har oyda bir necha marta nazoratga missiya keladi. Har bir mijoz bilan “avvalgi va keyingi holat” haqida selfi qilib, rasm chiqarib, uni hisobotga qo‘shib tikib, komissiyaga topshirasiz va bu haqiqat ekanligini og‘zaki suhbat o‘zingiz yoki salon raxbari bilan birga isbotlab berishingiz kerak. Davriy ravishda xar bir mijozingiz va qo‘shnilaringizning kommunal to‘lovlarini to‘lashayotganligi xaqida ma’lumotnomalarini to‘plab, topshirib borishingiz kerak.
Yana ba’zida mijozlaringizning uyiga borib, ularning sochlari yaxshi o‘sayotganligini, muammolari yo‘qligini, xech qanday psixologik yordam kerakmasligini so‘rashingiz kerak.
Yana oyda bir necha marta ixtiyoriy ravishda ko‘cha supurishga, yo‘l chetlarini va daraxtlarni oqlashga chiqishingiz kerak. Yilda bir marta metalolom va paxta yig‘ish mavsumida ishtirok etishingiz kerak.
Undan keyin ishdan bo‘sh vaqtingizda yana .....

- TO‘XTANG TO'XTANG, YeTADI!!! Sochni qachon olaman!! debdi. 😅

P.S: Xulosa o'zingizdan

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
📌 Qat'iy karantin yana qaytadimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda koronavirusning yangi shtammi O‘zbekistonda ham aniqlangani, bu kasallik oldingisidanda og‘ir kechishi to‘g‘risidagi audio tarqaldi. Shuningdek, Toshkent davlat pedagogika universitetida ham virusning yangi shtammi qayd etilgani aytiladi.

“Gap bundoq, fevral oyidan boshlab karantin qaytarkan. Kovid markazlar yana ochilarkan. Yangi shtammda burun bitib, tomoq yiringlashi, ich ketishi bilan kecharkan. Kasallik juda keskin kecharkan. Kimda kuzatilsa darhol shifokorga murojaat qilsin”, – deydi kimligi noma'lum bo‘lgan erkak.

Kun.uz mish-mishlar bo‘yicha izoh olish uchun Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a'zosi Nurmat Otabekov bilan bog‘landi.

“O‘zbekistonda koronavirusning yangi shtammi qayd qilinmagan. Yuqoridagi audioda aytilgan belgilar oldingi shtammga ham xos bo‘lishi mumkin. Yangi shtamm qayd qilinmagani tufayli ehtiyot choralarini susaytirish yaramaydi. Biz hamon pandemiya davrida yashayapmiz.

Karantin choralarining fevral oyida kuchaytirilishi haqidagi gaplar o‘rinsiz. Bu borada faqat respublika maxsus komissiyasi qaror chiqarishi mumkin. Bunday qaror chiqarilganda esa rasman e'lon qilinadi.

O‘zbekistonda har kuni turli hududlarda koronavirus aniqlanmoqda. Shu jumladan, Toshkent davlat pedagogika universitetining talabasida ham koronavirus infeksiyasi qayd etilgani rost. Ammo bu yangi shtamm emas, umuman epidemiologik vaziyat ham barqaror. O‘sha fakultet talabalariga ma'lum muddat javob berilgani esa standart amaliyot.

Takror aytaman, kasallik bizga kirib kelmabdi, deya xotirjamlikka berilish, himoya va gigiyena qoidalarini unutish to‘g‘ri emas. Ehtiyot choralari hamon amalda”
, – dedi Nurmat Otabekov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda.

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
📌 2021-yil 1-fevraldan boshlab barcha turdagi (talaba, o‘quvchi, nafaqa hamda aholi uchun) mo‘ljallangan qog‘oz ko‘rinishidagi oylik yo‘l chiptalari sotuvga chiqarilmasligini ma’lum qilamiz.

🔹Shuningdek, 2021-yil 1-fevraldan boshlab imtiyozli elektron oylik yo‘l chiptalari uchun belgilangan kunlik tariflar faollashtiriladi (aktivlashtiriladi).

Shu bilan birga, elektron oylik yo‘l chiptalarini birinchi bor xarid qilayotgan yo‘lovchilarning transport kartalarida 30 kunlik tarif avtomatik tarzda yoqiladi.

❗️Eslatib o‘tamiz, sotib olingan elektron oylik yo‘l chiptalaridagi tariflar birinchi to‘lovni amalga oshirgan kundan boshlab, tarifda belgilangan kunga qadar amal qilinadi.

📝Qo‘llanma: Barcha turdagi transport kartalari 3 yil muddat foydalanish uchun taqdim etiladi. Har oy yangi elektron oylik yo‘l chiptalari harid qilish lozim bo‘lmaydi. Faqatgina o‘zingizga qulay tariflarni yuklab olish kifoya bo‘ladi.

"Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik Jamiyati

Talabalarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Maqsad qo'yish muhim

1979-yilda Garvard Universitetida bir ajoyib tadqiqot o’tkaziladi.
MBAning barcha bitiruvchilarga quyidagi savolni berishadi:

- “Hayotda Siz doim intiladigan aniq bir maqsadingiz bormi?”
Javoblar esa quyidagicha:

84% bitiruvchilar maqsadi yo’q ekanligini aytishgan

13% bitiruvchilar o’z maqsadlarini ayta olishgan faqat unga erishish uchun aniq bir strategiya yoki reja qilishmagan

3% bitiruvchilar esa ularni harakatga keltiruvchi maqsad borligini va boshqalardan farqli ravishda ularni yozib, erishish uchun aniq bir strategiya yoki reja tuzib qo’yishganliklarini e’tirof etishgan.

Keyinchalik tadqiqotchilar ularning hayotlarini 10 yil davomida kuzatishdi va quyidagi qiziqarli xulosaga kelishdi:

13% tasavvurida maqsadi bor bitiruvchilar bemaqsad yashayotgan 84% ga nisbatan hayotda 2 barobar muvaffaqiyatli bo’lishgan.

3% maqsadini yozib qo’ygan va har kuni unga qarab intilayotganlar esa jami 97% bitiruvchilardan 10 barobar muvaffaqiyatliroq bo’lishgan.

Demak inson hayoti davomida biror maqsad qo’ysa va unga intilsa, o’zining yashirin salohiyatlaridan 10-20 barobar unumliroq foydalanishi mumkin ekan.

©Shaxsiy Rivojlanish kitobidan

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Yoshlarning “Respublika yosh kimyogarlar forumi” ni o‘tkazish hamda “O‘zkimyosanoat” stipendiyasi”ni ta’sis etish taklifi ma’qullandi

“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Boshqaruv raisining tizimdagi korxona va tashkilotlarning yoshlar yetakchilari bilan uchrashuvi tashkil etildi. Videokonferensaloqa orqali o‘tkazilgan uchrashuvda “O‘zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxona va tashkilotlar yoshlar yetakchilari, korxona rahbar-xodimlari va faol yoshlar ishtirok etdi.

Uchrashuvda Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yilida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar muhokama qilindi va yoshlar yetakchilarining takliflari tinglandi. Mamlakatimiz kimyo sanoati va tizimdagi korxonalar faoliyatini yanada rivojlantirish borasida yoshlar yetakchilari tomonidan bildirilgan takliflar qo‘llab-quvvatlandi. Hususan, yoshlar tomonidan D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiyalari universiteti Toshkent shahridagi filialida Toshkent shahri va respublika oliy o‘quv yurtlari, o‘rta maxsus ta’lim muassasalarining kimyo sohasi bo‘yicha talaba va mutaxassislari, kimyo va biologiyaga ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilarini jalb qilgan holda “Respublika yosh kimyogarlar forumi”ni tashkil etish va tizim korxonalarida faoliyat yuritayotgan, talabalikka qabul qilingan salohiyatli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va tizim uchun kadrlar zahirasini yaratish maqsadida “O‘zkimyosanoat” stipendiyasi”ni ta’sis etish bo‘yicha berilgan takliflar qo‘llab-quvvatlandi hamda “Respublika yosh kimyogarlar forumi”ni tashkil etish va “O‘zkimyosanoat” stipendiyasi”ni ta’sis etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

“Respublika yosh kimyogarlar forumi” har yil may oyining so‘nggi yakshanba kuni keng nishonlanadigan “Kimyogarlar kuni” kasb bayrami arafasida tashkil etiladi.

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Bizga kelgan ma'lumotlarga qaraganda Farg'ona Politexnika instituti shahar qurilishi hamda komunal infratuzilmani tashkil etish va boshqarish (shahar qurilish fakulteti deya xabar beriladi) fakulteti yotoqxonasining 3 qavatidan koronavirus chiqqanligi va majlis qilinib rostan ham virus aniqlanganligi ushbu qavat tezda dezinfeksiya qilinganligi to'g'risida ma'lumotlar kelib tushdi.

Bu ma'lumot hali rasmiy tasdiqlanmagan.
Institut ma'muriyatidan ushbu holatga nisbatan rasmiy ma'lumot berishlarini so'rab qolgan bo'lardik!

P/S: Biz pandemiya davrini hali yengib o'tganimiz yo'q. Karantin qoidalariga rioya qilinglar. Talabalar yotoqxonalari jim bo'lib ketdi. TTJ larni dezinfeksiya qilish holatlarini to'xtatmasligimiz kerak!

Talabalarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg