Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
​​Oʻzbekistonlik talabalar Kia Motors va Peugeot zavodlarida amaliyot oʻtashlari mumkin

Oʻzbekistonlik talabalar maosh olish imkoniyati bilan Kia Motors va Peugeot zavodlarida amaliyot oʻtashlari mumkin boʻladi, deb xabar bermoqda "_Podrobno.uz" nashri.

Bu *Toshkent davlat transport universiteti* (TDTU) va Varna shahridagi *Xalqaro sanoat kolleji* (Bolgariya) tomonidan imzolangan hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandumda koʻzda tutilgan.

Muzokaralar davomida, shuningdek, Yevropa mamlakatlari korxonalari va fabrikalarida oʻquv va amaliy mashgʻulotlarni muvaffaqiyatli tugatgandan soʻng talabalarga xalqaro sertifikatlar berilishi toʻgʻrisida kelishuvga erishildi.

Bundan tashqari, ikki va uch darajali dasturni joriy etish masalasi *Jilinodagi texnika universiteti*
(sobiq Praga texnika universiteti), Drezden texnika universiteti va *Liberes texnologiya universiteti* bilan muhokama qilindi, uning doirasida talabalar oʻqish imkoniyatiga ega boʻladilar.

*Doʻstlarga ulashing* 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Ham kulguli, ham achinarli....

Talabalar ertagi: O'rganish juda muhim bo'lgan narsa!

1 - kurs: ehhee hali 4 yil bor ulguraman!
2 - kurs: endi sal erkinlikka chiqdim o'ynab kulvolay!
3 - kurs: 1 yilda tog'ni talqon qilsa bo'ladi, keyingi yil...
4 - kurs: ( endi sal "aqlli" inson) hamma ishga borib o'rganadi. Nazariyot boshqa, amaliyot boshqa!☝️
ISHDA: 4 yil o'rganmagan endi o'rganamanmi? Yaxshisi choy damlab kelib yuraveraman...!

Do'stlarga ulashing👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa\lmXyNXkWg
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan Janubiy koreyalik talabalardan tabrik👍👍

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Qabul–2021: Abituriyentlarni qanday yangiliklar kutyapti?

DTM boshqarma boshlig‘i abituriyentlarni qiziqtirayotgan barcha savollarga javob berdi.

Batafsil:
https://oliygoh.uz/abituriyent/qabul2021

Do'stlarga ulashing👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
KURS ISHI, DIPLOM ISHI, DISSERTATSIYA

O'rmondagi to'nka ustida quyon o'tiribdi. U nimalarnidir qog'ozga yozyapti. Uning yonidan tulki o'tib ketayotib so'rabdi:
-Quyon, nima yozyapsan?
-Kurs ishi yozyapman.
-Nima haqda?
-Quyon tulkini qanday yeb qo'yishi haqida.
-Hoy, quyon. Toming ketganmi?
-Yo'q. Yur senga bir nimani ko'rsataman.
Keyingi kuni quyon yana to'nka ustida qog'ozga bir nimalarni yozyapti. Uni yonidan bo'ri o'tib ketayotib so'rabdi:
-Ho'v, g'ilay, nima yozyapsan?
-Diplom ishi yozyapman.
-Nima haqda?
-Quyon bo'rini qanday qilib yeb qo'yishi haqida
-Nimma?! Buni qaydan to'qiyapsan kalamush!
-Yur senga bir nimani ko'rsataman.
Keyingi kuni ham shu ahvol. Quyonni yonidan ayiq o'tib ketayotib so'rabdi:
-Nima yozyapsan shalpang quloq?
-Dissertatsiya!!!
-Nima haqda?
-Quyon ayiqni qanday qilib yeb qo'yishi haqida!!!
-Nimma?!!! Hozir to'nkada rasming qoladi!
-Yur senga bir nimani ko'rsataman, baqaloq.
Quyon ayiqni g'orga boshlab boribdi. G'orda yo'lbars va uning atrofida suyaklar bor ekan.
Quyon ayiqqa qarab: tanish, bu meni ilmiy rahbarim!

Xulosa: ilmiy ish mavzusi muhimmas. Muhimi ilmiy rahbarning kim ekanida!

Talaba.uz | official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Bizga kelgan ma'lumotlarga qaraganda ertaga Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri Namangandagi OTMlarga kelishi kutilyapti.

Namangan Davlat universiteti Vazirni kutib olish uchun tayyorgarliklarni boshlab yuborishgan)

1-surat NamDU rektor topshirig‘a binoan kech bo‘lishiga qaramay talabalar 3-qavat derazasini artishmoqda.

2-surat NamMTI ma’ruza xonalarining oynalari dars jarayonida tozalanmoqda.

Talaba.uz rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
Photo
Namanganlik talabalar bormi? Sizlarda nima gap?!

Abduqodir Toshqulov sizning viloyatingizga kelishi kutilayotgan ekan. Xo‘sh, Sizlarda "imkon bo‘lsa, yorvorardim boru" deganday qanaqa tashabbuslar bor?

Nima muammo sizlarni qiynayapti?

Keling, birgalikda oliy ta’lim vaziri Namangandagi OTMlarda e’tibor qaratishi lozim bo‘lgan masalalarni tuzib chiqamiz.

Takliflarni kommentlarda qoldiring yoki anonim bo'lishni istaganlar
👉 @NodirUz ga yozib qoldiring. Sizning ismingiz sir qolishiga kafolat beramiz!

Shuni unutmang, bizni shaxsan Vazirimizni o'zlari kuzatib bormoqdalar.

Namanganlik talabalarga yuboring👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Ibrat

AXLOQ

Suv, Olov va Axloq – uchovi do‘st tutinishibdi. Bir kuni ular sayrga chiqishibdi. Bir-birlaridan xavotir olib, Suvdan so‘rashibdi:
– Agar yo‘qolib qolsang, seni qayerdan topamiz?
– Qayerda sharillash ovozini eshitsangiz, men o‘sha yerda bo‘laman, – debdi Suv.
So‘ngra Olovdan so‘rashibdi:
– Seni yo‘qotib qo‘ysak, qayerdan topamiz?
– Qayerda tutun ko‘rsangiz, men o‘sha joyda bo‘laman, – debdi Olov.
Navbat Axloqqa kelganida, u shunday javob beribdi:
– Meni yo‘qotsangiz, izlab yurmang. Hech qayerdan topa olmaysiz.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤲🏻💫 Ya Robbim bu Juma shunday bir Juma bo’lsinki:

Afv tilagan avfsiz, shifo tilagan shifosiz, farzand tilagan farzandsiz, ofiyat tilagan ofiyatsiz, jannat so’ragan jannatsiz, hidoyat so’ragan hidoyatsiz, najot tilagan najotsiz, sabr so’ragan sabrsiz, ilm tilagan ilimsiz qoldirilmasin! 🤲🏻💫

Sayyidul ayyom va hajjul masokinning hayri va barakasi sizlarga boʻlsin 😌

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
Tarix takrorlanmoqda... Olaveringlar, yeyaveringlar! https://t.me/TalabaUz/1262 17-avgust 2019-yil Guliston Davlat universiteti haqida achchiq postni e'lon qilgan edik. Buni qarang-ki, tarix takrorlandi) Toʻgʻri bir tiyinlik foydasi yoʻq, qayerdadir yoki…
Nomdor stipendiyalarni berishdagi korrupsiya va qarindosh-urug‘chilik bo‘yicha jiddiy tekshiruvlar boshlanadi - vazir

8 fevral kuni Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tizimidagi boshqaruv kadrlar uchun videokonferensaloqa tarzida yig‘ilish o‘tkazilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan audiolarga ko‘ra, yig‘ilishda vazir Abduqodir Toshqulov iqtidorli talabalar uchun ta'sis etilgan nomdor stipendiyalar saralashidagi korrupsion holatlar va qarindosh-urug‘chilik aloqalari borasida jiddiy tekshiruvlar boshlanishi haqida ham gapirgan.

«Bugun (8 fevral kuni – tahr.) 100 mingdan ortiq a'zosi bo‘lgan kanalda Guliston davlat universitetiga tegishli bir xabar chiqdi. «Tarix takrorlanmoqda. Olaveringlar, yeyaveringlar», deb boshlanadi xabar.

Unga ko‘ra, talabalardan biri shu universitetda nomdor stipendiyaga ega chiqqan deyarli barcha talabalar universitet rahbariyatining farzandi yoki qarindoshi ekani haqida yozgan.

"Men to‘rt kun oldin Guliston davlat universitetida ijro apparati boshlig‘iga topshiriq bergandim. U universitetdagi nomdor stipendiantlarning obektivka ma'lumotnomasini kadrlar bo‘limi boshlig‘iga tasdiqlatib, menga berishi kerak edi. Qarang, shu topshiriqni bugungi xabar chiqishini bilgandek bergan ekanman. Xudo ko‘nglimga solgan ekan. Men endi bu xabarni o‘zim borib tekshiraman», – degan vazir.

Abduqodir Toshqulovning aytishicha, 8 fevral kuni unga Toshkent davlat pediatriya tibbiyot institutidan ham shu mazmunda murojaat bo‘lgan.

«Ibn Sino stipendiyasiga o‘tgan tanlovlarda adolatsizliklar bo‘lgani haqida menga murojaat bo‘ldi. Murojaat qilgan bolani ko‘rsangiz, u vunderkind. Ustozi bilan vazirlikka kelgan. Hammasini bayon etib berdi u.

Bugun topshiriq beraman. Nomdor stipendiantlar bo‘yicha Bosh prokuraturaga vazirlik xati qilinadi.

Prokuratura barcha stipendiantlarning universitetlar rahbariyatiga aloqadorligi, tanish-bilishchilik holatlarini tekshirib beradi», degan u.

Vazirning eslashicha, u Termiz davlat universitetida rektor sifatida ish boshlaganida universitet kassasida kamomadlar juda ko‘p bo‘lgan.

«Bir ogohlantirdim, ikki ogohlantirdim, bo‘lmadi. Shundan keyin holatni o‘zim prokuraturaga yozib berdim. Tekshiruvlarda 60 million kamomad aniqlandi. Shu bilan iqtisodiy kamomadlar yo‘qoldi. Prokuratura barchasini to‘lattirdi. Jarima soldi.

Buni ham prokuratura aniqlab bersin. Agar men tayinlanganimdan keyin ham shunday tanish-bilishchilik aniqlansa, hamma javob beradi. Oliy ta'limda bo‘lsa oliy ta'lim, vazirlik bo‘lsa vazirlik.

Bugun Bosh prokuraturaga xat ketishi kerak. Joylardagi oliy ta'lim muassasalarini joylardagi prokuratura, bu yerda bo‘lsa bu yerdagi prokuratura tekshiradi.

Ha, «o‘zining tizimini o‘zi prokuraturaga berdi», deydiganlar ham chiqadi. Lekin men orqadan pichoq uradigan odamni bilishim kerak», – ta'kidlagan vazir.

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
Photo
Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri Abduqodir Toshqulov Namangan Davlat universitetiga yetib keldilar!

Voqealar rivojini bizda kuzatib boring😉👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#glavniyga

Qadimda o'yin-kulgu, uyqu, yeb ichish va yaqinlardan kecha olganlar AVLIYO deyilgan!

☝️ Hozir ular TALABA deyiladi😆

TALABAlarga yuboring😁👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​❗Buxoroda psixologiya va xorijiy tillar universiteti ochiladi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Vazirlar Mahkamasining “Buxoroda psixologiya va xorijiy tillar universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

✅ Qarorga muvofiq, Kogon tumanida tashkil etiladigan universitetda o‘qitish O‘zbekistonda amalda mavjud ta’lim shakllari hamda o‘zbek, rus va ingliz tillarida to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

👉 Shuningdek, har yili ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli, iqtidorli hamda o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan farzandlari tanlov asosida bepul o‘qishga qabul qilinadi.
Universitet granti asosida o‘qishga tavsiya qilinadigan mazkur toifadagi abituriyentlar ajratilgan kvotaning 10 foizidan kam bo‘lmagan qismini tashkil etadi.

☝Bundan tashqari, universitetda bakalavriat bosqichi uchun quyidagi yo‘nalishlar tashkil etiladi:

— Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili;
— Filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili;
— Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili;
— O‘zga tilli guruhlarda rus tili;
— Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (ingliz tili);
— Psixologiya (yuridik psixologiya);
— Psixologiya (sport psixologiyasi);
— Psixologiya (amaliy psixologiya);
— Psixologiya (oila psixologiyasi).

Shuningdek, magistratura bosqichi uchun esa quyidagi yo‘nalishlar tashkil etiladi:

— Adabiyotshunoslik: ingliz adabiyoti;
— Adabiyotshunoslik: rus adabiyoti;
— Lingvistika: rus tili;
— Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha);
— Psixologiya (yuridik psixologiya).

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga qabul parametrlari hamda to‘lov-kontrakt miqdori ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi yuqori malakali mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojdan hamda Universitetning moddiy-texnik imkoniyatidan kelib chiqqan holda muassis tomonidan belgilanadi.

✅ Universitetda ta’lim faoliyati Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan belgilangan tartibda lisenziya berilganidan so‘ng boshlanadi.

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Maktab 1 tiyinga qimmat biz oʻqitmaymiz deganimi bu?

Kanalga ulanish👇👇 https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​Bugun Rajab oyining birinchi kuni...
Rajab oyi kirganda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
“Ey Allohim, Rajab va Sha’bon oylarida bizlarga baraka ato qilgin va bizlarni Ramazon oyiga yetkazgin!” deb duo qilganlar (Imom Bayhaqiy, Imom Tobaroniy rivoyati).
Ulamolarimizdan biri: “Rajab shamolga, Sha’bon bulutga, Ramazon yomg‘irga o‘xshaydi. Kimki Rajab oyida ekin ekmasa, Sha’bon oyida uni sug‘ormasa, Ramazon oyida qanday hosil oladi?” degan edi. Shunday ekan, Ramazonda olajak hosilimiz mo‘l bo‘lmog‘i uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan o‘rnak olgan holda Rajab oyida ko‘proq solih amallar bilan birga astoydil duolar qilishni ham unutmaylik! Alloh taolo bu muborak oyni ummati Muhammadga barokatli qilsin!

Kanalga ulanish 👉 @TalabaUz