Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Talaba.uz | Ta'lim portali
Photo
Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri Abduqodir Toshqulov Namangan Davlat universitetiga yetib keldilar!

Voqealar rivojini bizda kuzatib boring😉👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#glavniyga

Qadimda o'yin-kulgu, uyqu, yeb ichish va yaqinlardan kecha olganlar AVLIYO deyilgan!

☝️ Hozir ular TALABA deyiladi😆

TALABAlarga yuboring😁👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​❗Buxoroda psixologiya va xorijiy tillar universiteti ochiladi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Vazirlar Mahkamasining “Buxoroda psixologiya va xorijiy tillar universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

✅ Qarorga muvofiq, Kogon tumanida tashkil etiladigan universitetda o‘qitish O‘zbekistonda amalda mavjud ta’lim shakllari hamda o‘zbek, rus va ingliz tillarida to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

👉 Shuningdek, har yili ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli, iqtidorli hamda o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan farzandlari tanlov asosida bepul o‘qishga qabul qilinadi.
Universitet granti asosida o‘qishga tavsiya qilinadigan mazkur toifadagi abituriyentlar ajratilgan kvotaning 10 foizidan kam bo‘lmagan qismini tashkil etadi.

☝Bundan tashqari, universitetda bakalavriat bosqichi uchun quyidagi yo‘nalishlar tashkil etiladi:

— Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili;
— Filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili;
— Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili;
— O‘zga tilli guruhlarda rus tili;
— Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (ingliz tili);
— Psixologiya (yuridik psixologiya);
— Psixologiya (sport psixologiyasi);
— Psixologiya (amaliy psixologiya);
— Psixologiya (oila psixologiyasi).

Shuningdek, magistratura bosqichi uchun esa quyidagi yo‘nalishlar tashkil etiladi:

— Adabiyotshunoslik: ingliz adabiyoti;
— Adabiyotshunoslik: rus adabiyoti;
— Lingvistika: rus tili;
— Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha);
— Psixologiya (yuridik psixologiya).

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga qabul parametrlari hamda to‘lov-kontrakt miqdori ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi yuqori malakali mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojdan hamda Universitetning moddiy-texnik imkoniyatidan kelib chiqqan holda muassis tomonidan belgilanadi.

✅ Universitetda ta’lim faoliyati Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan belgilangan tartibda lisenziya berilganidan so‘ng boshlanadi.

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Maktab 1 tiyinga qimmat biz oʻqitmaymiz deganimi bu?

Kanalga ulanish👇👇 https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​Bugun Rajab oyining birinchi kuni...
Rajab oyi kirganda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
“Ey Allohim, Rajab va Sha’bon oylarida bizlarga baraka ato qilgin va bizlarni Ramazon oyiga yetkazgin!” deb duo qilganlar (Imom Bayhaqiy, Imom Tobaroniy rivoyati).
Ulamolarimizdan biri: “Rajab shamolga, Sha’bon bulutga, Ramazon yomg‘irga o‘xshaydi. Kimki Rajab oyida ekin ekmasa, Sha’bon oyida uni sug‘ormasa, Ramazon oyida qanday hosil oladi?” degan edi. Shunday ekan, Ramazonda olajak hosilimiz mo‘l bo‘lmog‘i uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan o‘rnak olgan holda Rajab oyida ko‘proq solih amallar bilan birga astoydil duolar qilishni ham unutmaylik! Alloh taolo bu muborak oyni ummati Muhammadga barokatli qilsin!

Kanalga ulanish 👉 @TalabaUz
Astronomlar Quyosh tizimidagi eng uzoqda joylashgan obyektni ro‘yxatga oldi

Farfarout nomini olgan 2018 AG37 obyekti Quyosh tizimida kuzatilgan barcha obyektlar orasida haqiqatan ham eng uzoqda joylashgan yulduz hisoblanadi. Olimlar bu kabi xulosaga bir qator tadqiqotlarni tekshirib ko‘rganidan so‘ng kelgan.

Farfarout birinchi bor 2018-yilning yanvarida Gavayidagi Maunakea orolida joylashgan Subaru teleskopi yordamida aniqlangan.

Gemini xalqaro observatoriyasi va boshqa yer usti teleskoplari yordamida astronomlar yaqindagina obyektning parametrlarini, uning orbitasi va ungacha bo‘lgan masofani hisoblashga muvaffaq bo‘ldi.

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​Qabul–2021: Abituriyentlarni qanday yangiliklar kutyapti?

2021 yilda O‘zbekistondagi OTMlar bakalavriatiga 1,6 million abituriyent hujjat topshirishi taxmin qilinmoqda. DTM boshqarma boshlig‘i abituriyentlarni qiziqtirayotgan savollarga javob berdi.

📌 Davlat test markazi Test sinovlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i Farhod Mirzayev xpress.uz'ga bergan intervyusida OTMlar bakalavriatiga kirish imtihonlari yuzasidan qator savollarga javob berdi.

🔹 Bu yil 5ta fandan imtihon olish rejalashtirilmoqda
Bu yil kirish imtihonlari 5ta fandan o‘tkaziladi. Prezident qarorida kirish imtihonlari 2ta mutaxassislik va 3ta majburiy fanlardan o‘tkazilishi belgilangan.

O‘tgan yili pandemiya sharoiti hisobga olinib, istisno tariqasida imtihonlar 2ta fanga qisqartirilgan edi.

🔹 Tanlov imkoni cheklanmasligi mumkin
DTM yuqori tashkilotlarga kirish imtihonlarida abituriyentlarning istalgancha ta'lim yo‘nalishlarini tanlash imkonini berish to‘g‘risida taklif kiritgan. Agar taklif qabul qilinsa, abituriyentlar oldingi yilgidek 5ta yo‘nalishni emas, o‘z fanlariga mos 20 yoki 25ta yo‘nalishni tanlashi mumkin bo‘ladi.

Hozir yo‘nalishlar cheklangani uchun yuqori ball to‘playdigan abituriyentlarning imkoniyati ba'zida cheklanishi mumkin. Tanlov cheklanmaydigan bo‘lsa, bilimli yoshlarning talaba bo‘lish imkoni yana oshadi.

🔹 Bu yil savollar o‘tgan yilgidek oson bo‘lmaydi
Kirish imtihonlarida mantiqiy savollar soni ko‘paytiriladi. Hozirgacha shu turdagi savollar tuzilib, ularning aprobatsiyasi ham o‘tkazilmoqda. Bunday savollar matematika, tarix, biologiya, kimyo kabi fanlarda ko‘p bo‘ladi.

O‘tgan yili pandemiya sharoiti bo‘lgani uchun abituriyentlarning imkoniyatlari hisobga olinib, to‘rtinchi qiyinlik darajasidagi savollar olib tashlangan edi. Bu yil unday bo‘lmaydi. To‘rtinchi qiyinlik darajasi o‘rniga mantiqiy savollar tuziladi.

🔹 Turli fanlardan olingan sertifikatlar abituriyentga maksimal ball berilmaydi
Ayni paytda ona tili, matematika, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha milliy sertifikat olish uchun ro‘yxatdan o‘tkazish ishlari boshlangan. Oldindan imtihon topshirib, sertifikat olgan abituriyentlarga ular to‘plagan foizdan kelib chiqib, kirish imtihonida ball beriladi.

Abituriyentda 2ta tanlov bo‘ladi: xohlasa, sertifikat olishda yig‘gan ball foiziga qarab tegishli ballga ega bo‘lishi yoki sertifikati bo‘lsa ham, o‘z xohishiga ko‘ra imtihonda test ishlab ball to‘plashi mumkin.

Demak, bu yilgi kirish imtihonlarigacha 5ta fandan: matematika, ona tili, kimyo, biologiya va ingliz tilidan sertifikat olib, oldindan ballga ega bo‘lish mumkin.

🔹 Kirish imtihonlari bu yil ham ochiq havoda o‘tkazilishi mumkin
DTM imtihonlarni ochiq havoda o‘tkazish variantini ham, yopiq binolarda o‘tkazish variantini ham ko‘rib chiqmoqda. Imtihon vaqti mavjud epidemiologik vaziyat hisobga olinadi va agar vaziyat taqazo qilsa, imtihonlar ochiq havoda o‘tkazilishi ham mumkin.

Abituriyentlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Aytishlaricha, Namangan Davlat universitetida hojatxonalar pulli emish.

Bu qanchalik haqiqat bilmayman. Lekin haqiqat bo'lsa, uzr-u, bu qanchalik aqlga sig'adi? Tasavvur qiling, yoningizda pul yo'q, darsdan chiqib borishingiz zarur... Kimdandir pul olib turib, hojatingizni chiqarasizmi?

Uzr bu judayam hunuk holat. Lekin yozmasak bo'lmasdi(

Boshqa OTM larda ham shunday holat mavjudmi?

*O'zgartirish kiritildi.

Samarqand Davlat universiteti va Qarshi Muhandislik institutida ham pulli ekanligi aytilmoqda

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Diqqat rasmni ochib ko'rishingizdan oldin ogohlantiramiz!

Dilni xira qiluvchi kadrlar mavjud.

Bu Samarqand Veterinariya instituti hojatxonasi. Hojatxona juda achinarli holatda.

Bundan tashqari ayrim fakultetlarda pulli ekan) 1000 so'mdan. Aks holda remontga talabalardan pul so'rayotgan ekan)😊 Essiz...

Yotoqxonasida ahvol undan ham battar ekan. Kechqurun soat 21:00-22:00 gacha ochilar ekan))


P.s: Haqiqatni yolg'onga yo'yishga harakat qilmang va xalqni asl haqiqatdan chalg'itmang... Bizga asoslar kelyapti😑

Mutasaddilarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Hurmatli akalarim, ukalarim, opalarim, singillarim!

So'zlarimni diqqat bilan o'qing. Men qaysidir oliygohni yomon ko'rganim uchun yoki qanaqadir pul evaziga post chiqarganim yo'q!

To'g'ri bugun ozgina dilimizmi hira qiladigan postlar chiqaryapmiz. Lekin bu mavzu shu vaqtgacha ko'tarilmagan ekan. Qarang, mana shu mavzuni ko'targanimizdan keyin kommentariyalarda bir nechta OTMlarda ham hojatxona pulli ekanligini yozishyapti.

Qachongacha bunaqa yashamoqchisiz? Nimaga haqiqatni yashirib yoki qo'rqib yashash kerak?

Mutasaddilar bu masalaga ham alohida to'xtalib o'tishsa yaxshi bo'lar edi.
Ta’limni talab qilib, tarbiyadan seskanadiganlarni tushunsa bo‘ladi. Tarbiya nafsni qiynash evaziga yuzaga keladi. Uning betizgin harakatini aql doirasiga kiritish tarbiya deyiladi. Bu esa nafsi hakalak otganlar uchun o‘ta og‘ir jarayon.

Tarbiyasiz ilm va ta’lim insoniyatni halokat sari yetaklaydi. Atom va biologik qirg‘in qurollari ixtirosi, ekologiyani abgor qilish evaziga iqtisod yuksalishi, misli ko‘rilmagan axloqiy tanazzul vositalari.. va hokazolar misol.

Demak, ta’lim va tarbiya et va tirnoq kabi. Bu haqiqatdan seskanish tarbiyasizlik yoki haqiqatdan ko‘z yumish xolos.
© Mubashshir Ahmad

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
📙 Kitob — bu insoniyatning asrlar davomida mobaynida yaratgan eng buyuk mo‘jizasi va ixtirosidir, u insonni aqlan yetuk darajaga erishishiga va ma’naviy kamolotga yetishida yordam beradi.

14-fevral Xalqaro kitob hadya qilish kuni
- International Book Giving Day minnesotalik maktab kutubxonachisi Emmi Brodmur tomonidan ta’sis etilgan.

☺️ Bu kunda yaqinlaringizga kitob ulashish esa eng foydali va manfaatli sovg‘a bo'ladi. Keling, bu bayramni birgalikda nishonlaymiz, faqat hech kim bilmasin. )))

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Bugungi kun shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 538 yilligi barchamizga muborak bo'lsin!

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov Namangan muhandislik-texnologiya instituti talabalar oshxonasida tushlik qilmoqda.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Shunchaki hazil)

"Dilbizirda" nimalar bo'lmaydi deysiz😂🙊

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Moda tomosha qilmoqchimisizlar marhamat 😢.

Yana nima kam senda ey INSON?

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#hazil_time

Rektorni jiyani ekanligingni aytganingda😁🤭

Talaba.uz|official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg