Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Talaba.uz | Ta'lim portali
Toshkent davlat texnika universiteti "Ma'naviyat ishlar bo'yicha dekan muovini" guruh murabbiylarga yuborgan xabari ekan. Buni qanday tushunish mumkin? Dekan bergan topshiriq bo'yicha yaxshi gumonda bo'laylikmi? Mutasaddilarga yuboring👇👇 https://telegra…
Toshkent davlat texnika universiteti matbuot kotibi chiqargan postimizga munosabat bildirib o'tibdilar.

"Bu xabarni tashlashdan maqsad universitetda har bir fakultetlarda reja grafik asosida namozxon soqol qo'ygan hamda xijob o'ragan qizlar bilan birgalikda imom xatib bilan bugun soat 14:00 da uchrashuv o'tkazish reja qilingan. Ya'ni hozirgi vaqtda namoz o'qish, soqol qo'yish hamda hijob o'rashning tartib-qoidalari, nima mumkin-u nima mumkin emasligi shariat hukmi bo'yicha imom xatiblar tomonidan batafsil tushuntiriladi. Shu maqsadda talaba-yoshlar bilan uchrashuv o'tkaziladi."

Agar matbuot kotibi bergan xabar haqiqat bo'lsa, bugun soat 14:00 da yig'ilishga kirgan talabalar aloqaga chiqishini iltimos qilib qolamiz.

Murojaat uchun: @NodirUz

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🔥Tezkor

Aytishlaricha, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining bir fakultetida 4-5 nafar talabaning mazasi yo'q ekan.

TATU ning 2-talabalar turar joyida dizenfeksiya jarayonlari boshlanib ketgan.

Bundan tashqari aynan mana shu yotoqxonaning talabalaridan Covid'ga analiz qabul qilinayotgan ekan.

Yuqoridagi rasm, TATU ga aloqasi bor bo'lishi mumkin. Xabar aniqlashtirilmoqda.

Tez orada batafsil ma'lumot berib o'tamiz👇

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
Toshkent davlat texnika universiteti matbuot kotibi chiqargan postimizga munosabat bildirib o'tibdilar. "Bu xabarni tashlashdan maqsad universitetda har bir fakultetlarda reja grafik asosida namozxon soqol qo'ygan hamda xijob o'ragan qizlar bilan birgalikda…
Toshkent davlat texnika universiteti Mexanika fakultetida imom ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda bir qancha savollar javobsiz qolgani aytilmoqda.

Eslatib o'tamiz, soqolli talaba yigitlar va ro'molli qizlardan tashqari boshqa talabalar (hohlovchilar) ham ushbu yig'ilishda ishtirok etgan.

Talabalardan quyidagicha savollar bo'lgan:

1. Juma namoziga chiqqan kunimiz 5 daqiqa darsga kechikib kelamiz, lekin o'qituvchilar darsga kiritmaydi. Biror joyda qat'iy belgilanganmi, namozni qo'yib darsga kirish kerak degan joyi?

Imom: Yo'q bunaqa joyi yo'q, hech kim taqiq ham qo'yolmaydi.

2. "Soqol qo'yish sunnat, lekin institut tomonidan mumkinmas. Shuni nimadir qilsak bo'ladimi?" - degan savolga dekan va yoshlar ittifoqi yetakchisi o'rnidan turib bir birini hurmat qilgan holda javob berishgan, lekin aniq javob bo'lmagan. Shu orada dekan imomdan "Siz nima deysiz? Dars vaqti namoz o'qishi kerakmi yoki darsda o'tirish kerakmi?" (Talabalar qarsak chalib yuborgan)

Imom: Men bunga hech narsa deyolmayman. Hech qanday fatvo ham berolmayman.

(Shu o'rtada qaysidir talaba bilan dekan va yoshlar ittifoqi yetakchisi ozgina bahslashib qolgan)

Soqolga ta'qiq borligini, ro'molga esa hech qanday ta'qiq yo'qligini aytib o'tishgan. (Tushunadigan o'qituvchilar tomonidan soqolli talabalarga ta'qiq qo'yilmagan)

Juma namozi vaqti murabbiylik soatini olib tashlashini iltimos qilishgan, lekin prorektor "yo'q bizga hammasidan shu kerak, yangiliklar aytiladi" deb javob bergan.

Talabalardan biri yuqori qavatdan namoz o'qish uchun joy ajrataylik va o'zimizning kistamizdan pul ajratib shu yerni yaxshi qilaylik deyishganida, prorektor "bu mening qo'limda emas, mumkinmas" degan.

Shu orada Oliy va o'rta maxsus ta'lim Vazirining "Universitetdan biz islomni uzoqlashtirdik..."degan gaplari talabalar uchun uchqun paydo bo'lganini aytgan. Prorektor "din tarixi degan fan bor-ku, maslaxatga tashlab ko'raman. Hozircha hech narsa deyolmayman" deb javob bergan.

Talabalarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥Respect

Oliy va o'rta maxsus ta'lim Vaziri Abduqodir Toshqulov yo'lda ketayotgan NamDU geografiya fakulteti talabalari oldida to'xtab ochiq muloqot qildilar.

Vazir kitobxonlikni rivojlantirish, yaqin atrofdagi mahallalardan ham kelib universitet kutubxonasidan foydalanishni joriy qilish va kitoblar ba'zasini ko'paytirish to'g'risida suhbat va takliflar bo'lib o'tgan.

"Xudo hohlasa 1 yil ichida Oliy ta'limda judayam katta o'zgarishlar bo'ladi" degan Abduqodir Toshqulov

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Daxshat

Aytishlaricha, Namangan Davlat universiteti Ingliz tili fakultetidagi ahvol😳😳

Uchib yurgan ko'rshapalaklar.

Bunisi oshib tushdi hammasidan ham🤦‍♂

Mutasaddilarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
2021/2022 o‘quv yilidan boshlab grant asosida “Sun’iy intellekt” yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlash bosqichma-bosqich boshlanadigan OTM va ilmiy tashkilotlar ro‘yxati

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
📌 4ta OTMda turizm bo'yicha magistratura mutaxassisliklari ochiladi

Prezident farmoni bilan 2021–2022-o‘quv yilidan “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Buxoro va Termiz davlat universitetlarida:
▫️Ziyorat turizmi;
▫️Transport logistikasi;
▫️Ijodiy sanoat (creative industry)
yo‘nalishlarida magistratura mutaxassisliklari ochiladi.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talabalarning biridan kelgan xabarni o'zgartirishsiz sizlarga havola qilamiz!

"Assalomu alaykum. Men Toshkent davlat yuridik universiteti *-kurs talabasiman. TTJ da turaman. Bizda yaqinda prorektor kelib, o'quvchilar xonasini tekshirish orqali joynamoz va islomiy yo'nalishda yozilgan kitoblarni yig'ib ketdi. 2kun o'tib, shaxsan rektorni buyrug'i bilan yotoqxonada namoz o'qiydiganlar ro'yxati shakllantirildi va namoz o'qimanglar degan topshiriq berildi. Rektor namozni o'qishini tugatgandan keyin bemalol o'qiyversin, hozir mumkin emas degan ekan. Namoz o'qimanglar degan va ro'yxatni shakllantirgan insonlar TTJ mudirlari bo'lsa-da, ushbu vaziyatda ular aybdor emas. Unuversitetning eng oldi mansabdorlari topshirig'i bu. Ertasi kuniyoq, zamdekanlar kelib, qayta tekshiruv o'tkazib ketishdi."

P.s: Bu mavzuda qancha gapirmaylik, hal bo'lishi menimcha qiyin. Agar hozirgi Vazirimiz o'zlari bizga yordam bermasalar....

Mutasaddilarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Ayrim OTMlarda “Sun’iy intellekt” yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi

Qarorga ko‘ra, Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi tuzilmasida Sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish departamenti tuzildi.

Tegishli tarkibda Sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma alyans tashkil qilinib, unga jami 200 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishi belgilandi.

⌨️ 2021 yil 1 sentyabrgacha Ochiq ma’lumotlar portali faoliyati doirasida davlat va boshqa ma’lumotlar to‘plamlarini olish imkoniyatini taqdim etuvchi raqamli ma’lumotlar platformasi yaratiladi.

🎓 Qarorga mavofiq, 2021/2022 o‘quv yilidan grant asosida “Sun’iy intellekt” yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlash bosqichma-bosqich boshlanadigan OTM va ilmiy tashkilotlar (5 ta) ro‘yxati tasdiqlandi.

Shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimida sun’iy intellekt texnologiyalarini amaliy qo‘llash bo‘yicha o‘quv kurslari va fanlarini joriy qilish ko‘zda tutilgan OTM ro‘yxati (15 ta) tasdiqlandi.

🗓 2021 yildan sun’iy intellekt sohasida stajyor-tadqiqotchilar hamda tayanch doktoranturada tahsil olish uchun har yili 5 kishilik kvota maqsadli ajratiladi.

“Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt” doktorantura ixtisosligi tashkil qilinadi.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#shunchaki)

Bizni faqat saylovdagina yodga olishadi...😢

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Iroqda kitob bozorida kitoblar tunda ko'chada qoladi. Iroqliklarni aytishicha: kitob o'quvchilar o'g'rilik qilmaydi, o'g'rilar esa kitob o'qimaydi.

Talaba.uz |official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🔥Respect

3 kun oldin Samarqand Veterinariya meditsina instituti bir talabasidan birinchi rasm kelib tushdi. Talaba ushbu daraxtga yordam so'rab, mutasaddilarga yetkazishimizni so'rashgandi. O'sha kunning o'zida matbuot kotibiga bu muommoni yubordik.

Buni qarang-ki, bugun Samarqand Veterinariya meditsina instituti Matbuot kotibi muommo hal bo'lgani to'g'risida 2- rasmni yuboribdilar👍👍👍

Mana qanday bo'lish kerak e'tibor... Bu uchun Samarqand Veterinariya meditsina instituti Matbuot kotibiga va rahbariyatiga alohida tashakkur bildirib qolamiz👍

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalar haqqini yemoqdami?

Bizga kelgan ma’lumotlarga ko‘ra, TTA talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalarga karantin sabab turilmagan kunlar uchun har bir talabaga qaytarilishi lozim bo‘lgan 500 ming so‘mdan ortiqroq pul mablag‘lari hamon qaytarilmay kelmoqda.

TTA buxgalteriya xodimlariga ushbu masala yuzasidan murojaat qilgan talabalarga tegishli tartibda ariza topshirish tavsiya qilingan. Eng qizig‘i, ariza topshirgan talabalar ham pul mablag‘lari qaytishini 4 oydan buyon kutishayotganini aytishmoqda.

Toshkent tibbiyot akademiyasi mutassadilaridan ushbu masala yuzasidan izoh kutib qolamiz. Nega pulini qaytirishni istab ariza bergan talabalar 4 oydan buyon kutishmoqda?

Hurmatli vazirlikdan rektorlikka tushgan Alisher Shodmonov, talabalarning
pulini qaytarish niyatingiz bormi o‘zi?


Mutasaddilarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
😔Shifokor dardi ichida...

Nufuzli davolash muassasalaridan biriga tez yordam mashinasida bemor keltirildi.
Reanimatsiya xonasiga 5 nafar shifokor yig‘ilgan. Aniqlanishicha, 14 yoshli bola ota-onasining bee’tiborligi sabab o‘rik daraxtiga chiqadi va shox sinib ketishi oqibatida daraxtdan yiqilib voqea joyida halok bo‘lgan.

Voqea joyiga borgan tez yordam shifokori bolaning onasida qand kasali borligi, voqea joyida xushini yo‘qotib unga ham tibbiy yordam ko‘rsatgani va unga bu xabarni yetkazish xavfli ekanini, otaning esa yurak xastaligi xuruj qilganligi sabab boshqa mashinada boshqa statsionarga olib ketilganini aytdi.

O‘rtada bitta savol turibdi: Kim va kimga qanday qilib bolaning o‘limi haqidagi xabarni yetkazadi?
Ancha yillik tajribaga ega bo‘lgan yoshi katta shifokor qarindoshlaridan yana kim borligini so‘radi. Surishtirib bolaning tog‘asi shu yerda ekanini aytishdi.

Hamshira orqali tog‘a chaqirildi. Shifokorlar xonasiga olib kirildi. Hamma jim.... Oradagi sukutni yoshi katta shifokorning bosiqlik bilan "uka....(tomog‘i qirildi)..endi buyog‘i bandalik... Jiyaningiz bizga yetib kelgunga qadar vafot etgan" degan qaltiroq ovozi buzdi.

Shu payt tog‘aning birdaniga avzoyi buzuldi. Shart o‘rnidan turib shifokorga otildi. "Uni sen, senlar o‘ldirding!!! To‘laysan!!! Borgan yerimga boraman, yo senlar ishdan ketasan, yo men nima bo‘lsam bo‘laman!" Xonada to‘polon ko‘tarildi. Hamma tog‘ani tinchlantirishga urinardi. Janjal tashqarigacha chiqdi. Tashqarida shifokor sha’niga turli xil gaplar yog‘dirildi. O‘rtaga ichki ishlar noziri aralashdi. Vaziyat bir oz yumshadi. Hamma tinchlandi.

Shifokor tashqariga chiqdi. Chinor daraxti soyasida turib bir oz hayol surdi. Cho‘ntagidan sigaret olib chekishni istadi, lekin qo‘llari qaltirab, gugurtni yoqolmadi. Indamay sigaretni ham gugurtni ham chetda turgan chiqindi idishiga tashladi. Shu paytda chinor daraxti ortidagi maysa ustida ko‘rpacha solib yaqinlarini xolidan xabardor bo‘lish uchun o‘tirgan ayollar o‘rtasida gap boshlandi:

-Essiz bechora yosh edi ekan.
- Xa ota onaga jabr bo‘libdi.
- O‘zi bular (shifokorlar) juda qo‘lga qarashadida.
- Xa, asti aytmang.
- Mana kelganimizga 5 kun bo‘ldiyu bolamda o‘zgarish yo‘q. Gazdagi qaynoq suv ustiga to‘kilib ketib ancha joni qiynaldi bechorani.
- Mayli shifosini bersin.
- Xa... Shularga ham insof bersin.

......

Shifokor indamay xonasiga kirib ketdi. Stulga o‘tirarkan ichidan nimadir uzilganday bo‘ldi. Ko‘z oldi qorong‘ulashdi. Soatga qaradi, ish vaqti tugaganiga 2 soatdan ortiq vaqt bo‘lgandi. Kiyimini almashtirib uyiga yo‘l olarkan qulog‘i ostida hamon bitta gap jaranglardi: "O‘zi bular juda qo‘lga qarashadida.... Xa, asti aytmang...".

PS: Kechirasiz... kim haqida qanday fikrda ekaningiz, bu sizni shaxsiy ishingiz va shaxsiy hayotingiz. Men sizni qaysidir fikringizni o‘zgartirish niyatida emasman. Faqat o‘ylang, siz bir bemor ortidan kelib shuncha tashvishda o‘tiribsiz. Ichkaridachi? Ichkarida o‘nlab najot qidirib kelganlarning yuzlab qarindoshiga boshini o‘rtaga qo‘yib javob berishi kerak bo‘lgan inson, (Ha inson!) ba’zan bir onlik, ko‘pincha o‘n yillar davomida siz rivojlanishiga qo‘yib bergan kasallik bilan kurashyapti.

Siz bir kuningizni, mayli kun emas, shu bir kunning bir soatini sizga daxli bo‘lmagan odam dardini eshitishga sarf qilib ko‘ringchi. Oxirida nima xulosa chiqarasiz ekan. Menga nima? Xa sizga baribir!

©️ Botirjon Baxromjonovich shifokor.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🔥1
Hukumatning tegishli qarori (82-son, 19.02.2021y) bilan:

👉 Komilov Komiljon Sobirovich Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining rektori etib;

👉 Jabborov Nasridin Mirzoodilovich Toshkent shahridagi Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikasiyalar institutining ijrochi direktori etib tayinlandi.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Azon Cinema tomonidan ishlangan "Ibrat" nomli qisqa metrajli film.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​▪️2021 yilda kirish imtihonlari qanday bo‘ladi⁉️

🔺 Joriy yilda 5 ta fandan test bo‘ladi!

✅ Majburiy fanlar bloki:

- Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 15 ta savol, har biri uchun 2.1 balldan;

- Matematika - 15 ta savol, har biri uchun 2.1 balldan;

- O‘zbekiston tarixi - 15 ta savol, har biri uchun 2.1 balldan.

🔺Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 94.5 ball. Ona tili va O‘zbekiston tarixi fanidan xar bir savolga 1 daqiqagacha, matematikadan - 1,5 daqiqagacha vaqt ajratiladi.

🔺 Taʼlim yo‘nalishiga mos asosiy blokdagi fanlar (yo‘nalishiga qarab o‘zgaradi):

✅ 1-fan - 30 ta savol, har biri uchun 3.1 balldan;

✅ 2-fan - 30 ta savol, har biri uchun 3.1 balldan.

🔺 Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 186 ball. Asosiy blokdagi 2 ta fan uchun jami 2 soat vaqt beriladi.

Eng maksimal ball 280,5 ball bo‘ladi (imtiyozli ballar qo‘shilmaganda);

5 ta fandan test bo‘lishga oid tartib, faqat davlat OTMlariga taalluqli. Shu paytgacha bo‘lgani kabi bu yangi tartib harbiy, diniy, xususiy, nodavlat va xorijiy OTMlarga aloqador emas.

3+2 ko‘rinishdagi ushbu tartib. bakalavriatning barcha taʼlim shakllari (kunduzgi, sirtqi, kechki) uchun birdek qo‘llanadi;

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentning tegishli farmoniga binoan bu yil NamDUda tibbiyot fakulteti ochilar ekan. YANGI o‘quv yilida kamida 200 nafar talabani o‘qishga qabul qilish amalga oshiriladi.

P.s: NamDu o'quv xonalaridagi ko'rshapalaklarni ham yo'qotish kerak😊 . Haligacha NamDu'dan bu bo'yicha umuman javob kelmadi😑

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Oʻrdak shikoyat qiladi, burgut samodan aylanadi.

U aytadi:
«Aeroportdan mehmonxonaga bormoqchi bo‘lib taksilarning oldiga keldim. Nasibam o‘sha yerda turgan juda ham toza avtomobil bo‘ldi. Uning haydovchisi ham juda chiroyli va pokiza kiyingan edi.

Haydovchi mashinasidan tushib menga orqa o‘rindiqning eshigini ochdi. Meni o‘tirishga taklif qilib qo‘limga kartochka tutqazib dedi: «Ismim Ahmad. Bugun men sizning haydovchingizman. Yuklaringizni yukxonaga qo‘ygunimga qadar mana bu kartochkadan men ko‘rsatadigan xizmatlar bilan tanishib chiqing»
.

Men kartochkani o‘qiy boshladim: «Alloh vaqtingizni saodatli qilsin! Mening vazifam sizni imkoni boricha ko‘zlagan manzilingizga tez va eson-omon, zarar yetkazmasdan, rohat beruvchi va muhabbatga to‘la havo bilan yetkazishdir...».

Ahmad o‘rindiqqa yaxshi o‘rnashib olgach, mashina ko‘zgusidan menga tabassum ila boqib so‘radi:

- Qahvaga xohishingiz qalay? Menda oddiy va kofeinsiz qahva bor!

Men hazillashib dedim:

- Rahmat! Men sovuq ichimliklarni yaxshi ko‘raman.

U dedi:

- Menda oddiy gazli ichimlik ham bor. Istasangiz shakarsiz apelsin sharbati ham bor.

Men:

- Unda apelsin sharbati bo‘la qolsin.

Ahmad menga apelsin sharbatini uzatar ekan «Bismillah», dedi. So‘ngra mashinini haydab turib dedi:

- Qirq daqiqa vaqtimiz bor ekan. Istasangiz mana bu radiostansiyalarning ro‘yxati. Istaganingizni tanlashingiz mumkin. Yoki yo‘ldagi ko‘rgan narsalaringiz haqida ma’lumot berishim ham mumkin. Xohlasangiz sizni xayollaringiz bilan yolg‘iz qo‘yaman. Agar o‘qishni istasangiz ertalabki gazetalar va haftalik jurnal ham bor!

Men undan so‘radim:

- Sayidim Ahmad! Barcha yo‘lovchilarga doimo shunday xizmat qilasizmi?

Ahmad dedi:

- Afsuski, buni faqatgina ikki yil oldin boshladim. Oldinlari qolgan haydovchilardan farq qilmas edim. Aksar haydovchilarning mashinalari yuvilmagan, ko‘rinishlari bir ahvolda bo‘lar, ular faqat shikoyat qilishar edi. «Tanlash kuchi» nomli ajoyib fikr haqida eshitib qoldim va o‘zimni o‘zgartirishga qaror qildim. Unda «O‘rdak yoki burgut bo‘lish ixtiyori o‘zingda», deyilgan edi. O‘rdak o‘zining nochorligidan shikoyat qilar ekan. Burgut esa xursand bo‘lib qanot qoqar, samoni aylanar ekan. Men sekin-sekin o‘zimni o‘zgartirishga qaror qildim. Ko‘rganingizdek, mana shu darajaga yetib keldim. O‘zim saodatni his qilaman. Mijozlarimga ham saodat ulashaman. Bu yil kirimim ham to‘rt barobar ko‘paydi. Mijozlarim ko‘p. Ular men bilan bog‘lanib manzillariga eltib qo‘yishimni iltimos qilishadi. Men labbay deyman».

O‘rdak bo‘lishdan to‘xtang. Shikoyatni yig‘ishtiring. Burgut kabi hayotni boshlang. Barchaning ustidan parvoz qiling. Bunga birdan erishib bo‘lmaydi. Birinchi qadamni tashlang. So‘ngra unga ikkinchisini ulang. Bir qadam, bir qadam. Haftada bir qadam bo‘lsa ham mayli. Inshaalloh tezda Allohning izni bilan nima bo‘lishini ko‘rasiz.

Yodingizda tuting: «Albatta, toki bir qavm o‘zlarini o‘zgartirmagunlaricha, Alloh ularning holini o‘zgartirmaydi!».

© Abdulqodir Polvonov

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#hazil

Birinchi va oxirgi qoida

1.Sessiyaga kech qolma, yo'qsa birinchi partada o'tirishingga to'g'ri keladi.

2.☝️Imtihonda daftarni birinchilardan yozib bo'lib domlaga topshirishga shoshilma, bu ishingdan keyin hali yozishda davom etayotgan kursdoshlaring seni chinakam sevadiki, asti qo'yaverasan!😂😂😂

Talaba.uz | official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg