Talaba.uz | Ta'lim portali
5.41K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
#Deyarli_hazil

«Kitob va telefon»

Bir kuni maqtanib qoldi TELEFON:
- Odamlar qo‘lidan tushmayman zinhor
Men go‘zal "Samsung"man, men o‘shal "Iphone",
Chunki, mening "ULUGʻ" internetim bor.

KITOB javob berdi sokin va beg‘am:
-Mayli sen har qalbga ziyo solgansan.
Faqat haqiqatni tan olgin, bolam,
Ahir, hammasini mendan olgansan.

Xurshid Karim.

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
«Bolam, bor onangning duosini ol, ishing yurishadi»

Ustoz darsni tugatib:
"Ona duosi dunyoni, ota duosi oxiratni ma’mur qiladi. Birinchisini olgan dunyoda, ikkinchisini olgan oxiratda xor bo‘lmaydi!" dedilar.
Muhammad Zohid hazratlarining huzuriga ishi yurishmagan kishilar kelganida ularga:
«Bolam, bor onangning duosini ol, ishing yurishadi», deb nasihat qilar ekanlar.
©Abdulloh Rahim

Do'stlarga yuboring👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🔥 HP LIFE: mutlaqo bepul onlayn kurslar va bepul sertifikat olish imkoniyati

👉 Batafsil: https://oliygoh.uz/grantlar/hp-life-online-mutlaqo-bepul-kurslar-va-bepul-sertifikat-olish-imkoniyati

Do'stlarga yuboring👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​​Bugun, 10 mart kuni amerikalik aktyor va jang san’ati ustasi Chak Norris 81 yoshga to‘ldi. Chak Norris haqidagi hazillarni yodga olamiz.

▪️Chak Norris cheksizlikkacha sanay olgan. Ikki marta
▪️Chak Norris barcha pokemonlarni shahar telefoni yordamida tutgan
▪️Chak Norris 27 yoshga to‘lguniga qadar harbiy komissariat undan yashirinib yurgan
▪️Chak Norris bolg‘ani mix bilan qoqa oladi
▪️Chak Norris GTA o‘ynagisi kelsa, u shunchaki ko‘chaga chiqadi
▪️Chak Norris granata otib, 50 kishini o‘ldirgan. Keyin esa granata portlagan
▪️Chak Norris piyozni yig‘lashga majbur qiladi
▪️Chak Norrisning soyasi zulmatda ham ko‘rinadi
▪️Chak Norris bumerangni otsa, u qaytib kelmaydi
▪️Chak Norrisning diplom ishi shunchalik zo‘rki, uni himoya qilishga hojat yo‘q
▪️Chak Norris mashinani urib ketishi mumkin
▪️Chak Norris bitta kafti bilan qarsak chala oladi
▪️Chak Norris golf o‘ynaganida aeroport reyslarni bekor qiladi
▪️Chak Norris shunchalar zo‘rki, u benzin bilan olovni o‘chira oladi
▪️Chak Norris bolaligida Chak Norris bo‘lishni orzu qilgan
▪️Quyosh Chakdan himoyalovchi ko‘zoynaklar taqadi
▪️Chak Norris bir quyon bilan ikki ovchini o‘ldira oladi
▪️Chak Norrisni kobra chaqib olgan. Besh kunlik qiynalishdan so‘ng kobra o‘lgan

Do'stlarga yuboramiz😄👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Hazrat ko‘pchilikning xizmatida bo‘lgan ulug‘ zot edilar...

Bundan olti yil avval, 2015 yil, 10 mart kuni yetuk alloma, fazilatli shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh bu foniy dunyodan boqiy dunyoga rixlat qilganlar.

Shu bois, Ahmad Muhammadning «Hilol» jurnali 8-sonida chop etilgan Shayx Muhammad Sodiq «fenomeni» maqolasi asosida u zotni yodga olmoq, hayot yo‘llari, ibrat va o‘rnaklari hamda buyuk mehnatlarini xotirlamoqni istadik.

Maqolani to'liq o'qish

Do'stlarga yuboring 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
⚡️Yangilik! Oʻzbekistonda Turkiya universitetining filiali ochilishi mumkin

Bugun Toshkentda Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻlu bilan uchrashuvi hamda ikki mamlakat TIV rahbarlari boshchiligida Strategik rejalashtirish guruhining ikkinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda Oʻzbekistonda Turkiyaning Baxcheshehir universiteti filialini ochish, shuningdek Xoʻja Bayram Vali nomidagi universitet bilan birgalikda Fargʻona oliy turizm maktabini tashkil etish boʻyicha fikr yuritilgan.

Batafsil ma'lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
OTM tarbiya maskani emas. Talaba faqat bilim olish uchun kelishi lozim — Alisher Qodirov

O‘zbekistonda talaba oliy ta’lim muassasasiga faqatgina bilim olish uchun borishi kerak. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov Buxoro davlat universitetiga tashrifi chog‘ida shunday fikr bildirdi.

“Oliy ta’lim tarbiya maskani emas, bu jarayondan uzilishi kerak. Talaba oliygohga faqat bilim olishi uchun kelishi lozim. Ya’ni, oliy ta’limda faqat yetuk mutaxassis tayyorlanadigan muhit yaratilishi kerak”, deya ta’kidladi Alisher Qodirov.

Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Parlament a’zolari bu yerda cyenator Abira Huseynova hamda oliygoh rahbariyati bilan uchrashib, so‘nggi yillarda ta’limda bo‘layotgan o‘zgarishlar, malakali mutaxassislar tayyorlash, talabalarni yotoqxona bilan ta’minlashdagi muammolar, ularning yechimlari bo‘yicha o‘zaro fikr almashgan.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Ustoz shogirddan soʻradi:
- Hayotdagi maqsading nima?

Shogird javob berdi:
-Quyoshga birinchi boʻlib chiqish.

Shunda ustoz:
-Jinnimisan Quyosh nurini issigʻida kuyib ketasanku.

Shogird boʻsh kelmay:
-Kallani ishlatish kerak. Men kechasi boraman. 👻

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
"15-martgacha to'lovni amalga oshirmasam...."

Termiz Davlat universitetida talabalardan majburan tilxat yozib olinmoqda.

Nimagadir so'nggi kunlar, (balkim, rektor almashgandan keyin) TerDu bo'yicha ko'plab muommolar kelib tushmoqda.

Mutasaddilarga yetkazing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Fanlar majmuasi-2021.pdf
854.9 KB
⚡️⚡️Tezkor!

Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi
tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 10-son bayoni bilan 2021-2022-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
😎 BEPUL UNIVERSITETLAR VA ULARGA HUJJAT TOPSHIRISH JARAYONI

🇩🇪 Germaniya: University of Münster - bakalavr bosqichi kurslaridan birida ingliz tilida bepul o'qish

Hujjatlarni qachon va qay tartibda yuborish borasida batafsil quyidagi havola orqali bilib oling:

👉 BATAFSIL MA'LUMOT

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Абитуриентлар диққатига!

Давлат комиссияси томонидан бу йилги кириш имтиҳонларида саволлар тушадиган фанлар мажмуаси ва уларни баҳолаш мезонлари тасдиқланди.

❗️Демак, бу йилги абитуриентлар 5 та фандан имтиҳон топширади.

Барча тест топширувчилар учун 3 та фан мажбурий ҳисобланади. Максимал тўплаш мумкин бўлган балл – 94,5 балл.

1. Она тили (ўзбек, рус, қорақалпоқ ва бошқа тиллар) – 15 та савол, тўғри жавоб учун – 2,1 балл. Максимал балл – 31, 5.
2. Математика – 15 та савол, тўғри жавоб учун – 2,1 балл. Максимал балл – 31, 5.
3. Ўзбекистон тарихи – 15 та савол, тўғри жавоб учун – 2,1 балл. Максимал балл – 31, 5.

Бакалавриат таълим йўналишига мос 2 та фандан саволлар. Максимал тўплаш мумкин бўлган балл – 186 балл.

👉 1-фан
– 30 та савол, тўғри жавоб учун – 3,1 балл. Максимал балл – 93.
👉 2-фан – 30 та савол, тўғри жавоб учун – 3,1 балл. Максимал балл – 93.

‼️ Абитуриентлар бу йилги кириш имтиҳонларида 5 та фандан жами 105 та савол ишлашади. Максимал балл – 280, 5

Kanalga ulanish
👇👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Harbiy OTM qabul komissiyasi tuziladi

▪️Prezident qarori loyihasiga ko‘ra, kursantlar 3 bosqichda tanlanishi nazarda tutilgan:
▫️harbiy-professional yo‘nalish;
▫️dastlabki tanlash;
▫️test sinovlari.

1-bosqichdan o‘ta olmaganlar keyingi bosqichga qo‘yilmaydi.

Oxirgi test bosqichida abituriyentlar 5ta fandan jami 100ta test ishlaydi va 3 soat 20 daqiqa vaqt beriladi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🇩🇪 Germaniya: The Einstein Fellowship 2022 - 10 000 yevrolik stipendiya va safar xarajatlari moliyalashtirilgan dastur 😎

👉 Batafsil: https://www.oliygoh.uz/grantlar/the-einstein-fellowship-2022-yosh-olimlar-va-izlanuvchilar-uchun

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
⚡️ Harbiy ta’lim muassasalariga nomzodlarni o‘qishga qabul qilish tartibiga o'zgartirilishlar kiritilmoqda

👉 Batafsil:
https://oliygoh.uz/abituriyent/oliy-harbiy-talim-muassasalariga-nomzodlar

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Juma kunida shunday bir vaqt bor-ki, unda duolar albatta ijobat bo'lajak.
Balki, o'sha vaqt hozirdir...

Juma muborak azizlarim! 😊

Allohumma solli a'la sayyidina Muhammad 📿

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Qirg‘iziston yoshlariga O‘zbekiston OTMlarida har yili grantlar ajratish rejalashtirilmoqda

▪️Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov va Shavkat Mirziyoyevning Toshkentdagi muzokaralaridan so'ng ma’lum qilindi.

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
Hech kim gapirmay qo'ydi... Toshkent shahar Yunusobod tumani 235-maktab o'quvchilaridan birida Covid19 virusi aniqlangan. Lekin nimagadir jimjit, hech qayerda e'lon qilingani yo'q. Bizga kelgan ma'lumotlarga qaraganda, bu birinchisi emas va hech qanday maktabda…
Bizga kelgan ma'lumotlarga qaraganda, Toshkent shahar Yunusobod tumani 235-maktabdan Covid-19 virusiga chalinganlar soni ortib borayotgani bois maktab ertandan aprel oyiga qadar yopilar ekan!

Bundan tashqari, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat Pedagogika universiteti Defektalogiya: Maxsus pedagogika fakulteti 9-martdan boshlab online ta'limga o'tilgan. 11-martdan barcha fakultet talabalari qaytishi kerak bo'lgan, lekin afsuslar bo'lsin-ki, online ta'lim hali davom etishini aytib o'tgan.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Keystone Scholarships 2021: Umumiy qiymati 22 000 dollariga teng grant dasturi

Bakalavr va magistratura bosqichlarida o'qimoqchi bo'lgan xalqaro talabalar uchun yana bir ajoyib imkoniyat:

👉 Batafsil: https://www.oliygoh.uz/grantlar/keystone-scholarships-2021-grant-dasturi

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg