Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
​🔖 Talabalari Rossiyaga kirishi mumkin bo‘lgan xorijiy davlatlar ro‘yxati e’lon qilindi. O‘zbekiston ro‘yxatda yo‘q

Rossiyaga faqat epidemiologik vaziyat barqaror mamlakatlardan keladigan talabalar kirishlari mumkinligi ma’lum qilingan. Mamlakat ichida epidemiologik vaziyat barqarorlashganiga qaramay, Rossiyadagi xorijlik talabalar soni bo‘yicha yetakchilardan biri bo‘lgan O‘zbekistonga ruxsat yo‘q.

Rossiya hukumati xorijlik talabalarning kunduzgi shaklda o‘qish uchun mamlakatga kirishiga ruxsat beruvchi farmoyishni tasdiqlagan edi.

16 martda imzolangan hujjatga ko‘ra, Rossiyaga barcha xorijlik talabalar emas, balki faqat epidemiologik vaziyat barqaror mamlakatlardan keladigan talabalar kirishlari mumkin.

Rossiyaga talabalari o‘qishga qaytish uchun ruxsat berilgan mamlakatlar:

Armaniston, BAA, Belarus, Vyetnam, Gresiya, Janubiy Koreya, Kuba, Maldiv orollari, Misr, Ozarboyjon, Seyshel orollari, Serbiya, Singapur, Tanzaniya, Turkiya, Finlandiya, Shveysariya, Efiopiya, Yaponiya, Qatar, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Hindiston.

Ruxsat berilgan mamlakatlar ichida epidemiologik vaziyat birmuncha o‘nglangan O‘zbekiston, Turkmaniston va Tojikiston yo‘q.

2019 yilda Rossiya ta’lim va fan vazirligi xorijiy talabalar bo‘yicha yetakchi davlatlarni e’lon qilgan edi. Eng ko‘p talaba Qozog‘istondan (65,6 ming talaba), ikkinchi o‘rinda — Turkmaniston (27,4 ming), uchinchi o‘rinda — O‘zbekiston (25,7 ming). Rossiyada 250 mingdan ziyod xorijiy talaba tahsil oladi.

#Rossiya ta’lim va fan vazirligi

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Taʼziya

⚡️Oʻzbek adabiyotida katta yoʻqotish

Oʻzbekiston xalq yozuvchisi, bolalar adabiyotining yirik vakili, ustoz ijodkor, minglab Hoshimjonlarning sevimli bobosi, qadrdon adibimiz Xudoyberdi Toʻxtaboyev 89 yoshida vafot etdi.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Davlat granti asosida ta’lim oluvchi talabalarga fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarining 30 foizi va undan ortiq qismi «qoniqarli» baho (reyting ko‘rsatkichi — 71 balldan kam) bo‘lgan talabalarga (to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi hamda 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan talabalar bundan mustasno) navbatdagi o‘quv semestri mobaynida stipendiya tayinlanmaydi.

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 yanvardagi 59-son qarori

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
📌 O‘zbekistonda karantin choralari kuchaytirilishi mumkin

O‘zbekistonda qat’iy karantin choralari kuchaytirilishi mumkin. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Botir Qurbonov ma’lum qilgan.

“Hozirgi paytda mamlakatda epidemiologik vaziyat stabil xolatda, ammo agar vaziyat yomonlashsa va kasallanish soni ko‘paysa, tegishli choralar ko‘riladi”, deydi Botir Qurbonov.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
TATUda yangi bakalavriat yo‘nalishi ochiladi

Vazirlar Mahkamasining «Muhammad al-Xoraziy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining «Raqamli kutubxona»sini (Digital library) tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori loyihasi muhokamaga e’lon qilindi.

✅ Hujjatda belgilanishicha, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti «Raqamli kutubxona» (Digital Library) qoshida oliy o‘quv yurtlari va ilmiy institutlar uchun yangi axborot-kommunikasiya texnologiyalariga oid yetakchi xorijiy ilmiy bazalari – Springer-Nature, Elsevier, IEEE, SAGE, ProQuest va boshqalardan foydalanish va xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan o‘quv-maslahat markazini yaratish choralarini ko‘radi.

👉 Shuningdek, 2022 yilning yanvaridan boshlab «Raqamli kutubxona» (Digital Library)da ilg‘or axborot texnologiyalarini tadbiq etgan holda kompyuterlashtirish uchun zarur mablag‘lar ajratilishini hamda uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlanishini ta’minlaydi.

🔥 Shu bilan birga, 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab universitetda «Elektron kutubxona» bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish ham belgilangan.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Agar o‘tirib olib, odamlarni senga qilgan yomonliklarini eslayversang, hatto eng yaqin odamlaringga nisbatan ham mehr musaffoligi qolmaydi.

✅Yaxshisi, ko‘zlaringni yumginda, ularni xatolariga beparvo bo‘lib, unutishga harakat qil, shunda atrofingdagi kishilar bilan baxtiyor yashaysan.

Xayrli tong✋

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🇺🇸 AQSh: University of Maryland universiteti tomonidan "Biznes boshqaruvi" yo‘nalishida 5 haftalik bepul onlayn kursda o‘qish imkoniyati taqdim etilmoqda

✍ Ro'yxatdan o'tish: 👇

Batafsil: https://oliygoh.uz/grantlar/university-of-maryland-tomonidan-bepul-onlayn-kurs

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#diqqat

22-mart kuni Toshkent shahridagi INHA universiteti toʻliq dizinfeksiya qilingan. Universitet 23-martdan boshlab ikki hafta muddatga yopilgan. Talabalar ikki hafta davomida onlayn shaklda oʻqishadi. 5-apreldan boshlab yana an’anaviy ta’limga qaytilishi ma’lum qilingan.

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
​🔖 Talabalari Rossiyaga kirishi mumkin bo‘lgan xorijiy davlatlar ro‘yxati e’lon qilindi. O‘zbekiston ro‘yxatda yo‘q Rossiyaga faqat epidemiologik vaziyat barqaror mamlakatlardan keladigan talabalar kirishlari mumkinligi ma’lum qilingan. Mamlakat ichida epidemiologik…
Duma vakili o‘zbekistonlik talabalarning Rossiyaga kirishiga ruxsat berilmaganiga izoh berdi

«Rospotrebnadzor» tomonidan mamlakatdagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat xavfsiz deb topilmagani uchun o‘zbekistonlik talabalarning Rossiyaga qaytishiga hozircha ruxsat berilmagan. Bu haqda Rossiya Davlat dumasi ta'lim qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Lyubov Duxanina ma'lum qildi.

Uning aytishicha, bu yerda nafaqat kunlik koronavirusga chalinganlar soni hisobga olingan, balki davlatlardagi koronavirusga tashxis qo‘yish va davolash hamda umumiy profilaktika holatlari e'tiborga olingan.

Bundan tashqari, tojikistonlik talabalarning ham Rossiyaga kirishiga joriy etilgan taqiq o‘z kuchida qolgan. Rossiyalik deputatning ma'lum qilishicha, Tojikiston COVAX dasturi doirasida ko‘pchilik mamlakatlar qo‘llashni rad qilayotgan AstraZeneca vaksinalarini qabul qilib olgan hamda hozircha ularda boshqacha vaksina mavjud emas.

Avvalroq, talabalari Rossiyaga kirishi mumkin bo‘lgan xorijiy davlatlar ro‘yxati e'lon qilingani, O‘zbekiston ro‘yxatda yo‘q ekani xabar berilgandi.

2021 yil 16 martda imzolangan hujjatda Rossiyaga barcha xorijlik talabalar emas, balki faqat epidemiologik vaziyat barqaror mamlakatlardan keladigan talabalar kirishi mumkinligi qayd etilgan. Ruxsat berilgan mamlakatlar ichida epidemiologik vaziyat birmuncha o‘nglangan O‘zbekiston, Turkmaniston va Tojikiston yo‘q.

Shuningdek, O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi O‘zbekiston fuqarolari Rossiyaga kirishi uchun ochiq davlatlar ro‘yxatiga kiritilgan taqdirda, bu haqida qo‘shimcha ma'lumot taqdim etilishini bildirdi.
Ⓜ️ Kun.uz

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🔖2021-2022 o‘quv yilidan boshlab ichki ishlar organlarida uch yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan, kasbiga fidoyi, tashabbuskor profilaktika (katta) inspektorlarini Toshkent davlat yuridik universiteti, yuridik fakulteti mavjud bo‘lgan oliy ta’lim muassasalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetiga sirtdan o‘qishga qabul qilish tartibi joriy etiladi. Bu borada hukumat qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.

Ichki ishlar vazirining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan sirtqi ta’lim shakliga o‘qishga kirish uchun har yili 200 nafar profilaktika (katta) inspektorlariga tavsiyanomalar beriladi.

O‘qishga qabul qilish to‘lov shartnoma asosida amalga oshiriladi hamda shartnoma mablag‘lari davlat byudjeti hisobidan to‘lab beriladi. Profilaktika (katta) inspektorlari qabul kvotalaridan tashqari o‘qishga qabul qilinadi.

Qayd etilishicha, bir nafar profilaktika (katta) inspektorini o‘qitish uchun bir yilda o‘rtacha 10 mln so‘m mablag‘ talab etiladi, 200 nafar profilaktika (katta) inspektoriga har yili 2 mlrd so‘m, 3 yil o‘qish davomida 6 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ sarflanadi.

Abituriyentlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Universitetga hamma kirsin, lekin hamma bitira olmasin

Taʼlim sohasidagi insondan diplom va umumiy talablardan tashqari, hayotiy tajribalar, oʻz ustida doimiy shugʻullanish, xarizma, auditoriya bilan ishlay olish kabi fazilatlar ham talab etiladi.

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#arxiv

Har gal qalbim qotib, iymonim zaiflasha borsa, nafs dunyo ne'matlari, taom-sharob va libos-u, dabdabalarni istay boshlasa, qalbda ALLOHga nisbatan qo'rquv kamaya boshlasa, shayton changallay boshlasa shu videoni ko'raman.

Ushbu videoni tarjima qilgan insondan ALLOH rozi bo'lsin. Muallifni bilmaganim bois o'zlaridan ruxsat so'ray olmadim. Ushbu lavhalardan kimdir ibrat va xulosa olsa, hosil bo'lajak savobidan muallif ham bahramand bo'lishiga tilakdoshman.

Yaxshilik yo'lida, holis sizlar uchun baham ko'rdim.

Yaqinlaringizga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Tezkor
#Rasman

1-apreldan to‘ylarda mehmonlarni 100 kishidan oshirmaslik talab etiladi

▪️Maxsus komissiya qarori bilan, 1-apreldan boshlab to‘yxonalarda oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni o‘tkazishda tashrif buyuruvchilar sonini 100 kishidan oshirmaslik tartibi belgilandi.

Teatr, kino va konsertlarda karantin nazorati kuchaytiriladi. Tomoshabinlar sonini sig‘imdan 50 foizga oshirmaslik, o‘rindiqlar va kirish-chiqishda oraliq masofani saqlash, chiptalarga “Faqat sog‘lom bo‘lsangizgina tashrif buyuring” yozuvini tushirish, tomosha saroylarida savdo shoxobchalari faoliyatini to‘xtatish (niqob va antiseptik sotish bundan mustasno) kabilar belgilandi.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​ Тошкент шаҳридаги Инҳа университетида ўқув жараён онлайн тизимда давом этмоқда

Оммавий ахборот воситаларида Тошкент шаҳридаги Инҳа университети икки ҳафта муддатга карантинга ёпилди. Бир нафар талабада коронавирус аниқланганлиги сабаб деб ваҳима уйғотувчи информациялар тарқатилди.Шундан келиб чиқиб  шуни маълум қиладики, ҳақиқатда жорий йилнинг 20 март куни Тошкент шаҳридаги Инҳа университетининг иккинчи босқич талбаси COVID -2019 вирусга топширган тест жавоби ижобий натижа чиққанлиги маълум бўлган.

Ҳозирда ушбу талабанинг аҳволи яхши бўлганлиги сабабли тиббиёт муассасаларида эмас, уй шароитида тиббиёт ходимлари назоратида даволанмоқда. Талабанинг ҳолати яхши ва ўз уйида масофадан туриб дарсларда иштирок этмоқда.
Шундан келиб чиқиб маълум қиламизки, Тошкент шаҳридаги Инҳа университети карантинга ёпилгани йўқ. Эҳтиёт чораси сифатида,  Университетда талабаларнинг фақат битта гуруҳда эмас фанлар кесимида турли гуруҳларда таълим олишлари ҳисобга олиниб, университетда академик жараён тўла онлайн тизимга ўтказилди. Бу даврда ҳамма талабалар масофадан туриб дарсларда қатнашишни давом эттиради. Университет тўла ёпилганлиги тўғрисидаги маълумот ҳеч қандай асосга эга эмас.

Профессор-ўқитувчилар университетда замонавий технологиялар билан жиҳозланган аудиторияларда масофадан интерфаол шаклда ўз машғулотларини давом эттирмоқда.

Маълумот учун айтиш жоизки, бугунги кунда Университетда академик жараён тўла онлайн тизимга ўтказилиб ўқитилиши ўз самарасини кўрсатган. Биргина мисол қилиб айтишимиз мумкинки, Тошкент шаҳридаги Инҳа университети 4 курс “Логистика” йўналиши талабалари Жанубий Кореядаги Инҳа университети томонидан масофадан онлайн тартибда  ўқитилмоқда.

Университет охирги бир ярим йил давомида Жанубий Кореядаги Инҳа университети билан ҳамкорликда масофадан таълим берилиши сифатининг анъанавий таълим бериш тизими  сифати даражасига кўтариш бўйича тизимли ишларни амалга оширмоқда. Ўзбекистонда биринчилардан бўлиб 2020-2021 ўқув йилига талабаларни университетга қабул қилиш жараёни онлайн форматда масофадан амалга оширилди. Абитуриентлар мамлакатимизнинг турли ҳудудларидан Жанубий Корядаги Инҳа университетити профессорлари томонидан ташкил этилган имтиҳонларда ўз билимларини синаб кўриб, улардан муносиблари Тошкент шаҳридаги Инҳа университети талабаси бўлишди.

Тошкент шаҳридаги Инҳа университетида онлайн таълим бериш тизимининг юқори даражада таъминлаб бера оладиган махсус платформанинг яратилиши талабаларга масофадан таълим беришнинг юқори сифатда амалга оширилишини таъминлаб бермоқда. Шу билан бирга бу платформа орқали бошқа йўналишларда ҳам натижага йўналтирилган ишлар олиб борилмоқда. Хусусан, Университет томонидан 2020 йилнинг ноябрь ойидан 2021 йилнинг февраль ойигача бўлган даврда Ўзбекистон Республикасининг барча ҳудудларида фаолият олиб бораётган умумтаълим мактабларининг “Информатика ва ахборот технологиялари” фани ўқитувчилари учун масофадан онлайн тарзда махсус курслардан дарслар ташкил этилиб, уларнинг билимлари баҳоланди.

Бугун университетда талабаларнинг онлайн тизимда ёки офлайн тизимда ўқитилишида фарқ кузатилмайди таълим сифати сақланиб қолади.

Ҳозирда, талабалар оралиқ имтиҳонларни университетга келиб анъанавий тарзда топширишлари режалаштирилган.
 
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🔖 Quyida Karl Yungning inson psixologiyasiga oid iqtiboslarini ko‘rib chiqamiz

🗯 Sendan ketishga urinayotgan odamni to‘xtatma, bo‘lmasa senga kelmoqchi bo‘lganlarni kutib ololmaysan.

🗯 Menga psixik sog‘lom odamni ko‘rsating, men sizga uni davolab beraman.

🗯 Agar siz qobiliyatli odam bo‘lsangiz bu siz nimagadir ega bo‘lganingizni emas, balki siz nimalardir bera olishingiz mumkinligini bildiradi.

🗯 Farzandlar gardaniga tushgan eng katta qayg‘uli vazifa, bu ota-onalarining yashay olmagan hayotini yashashdir.

🗯 Boshqalarning g‘ashingizni keltiradigan jihatlari, o‘zingizni tushunishga eng katta yordam beradi.

🗯 Yolg‘izlik bu atrofingda odamlarning yo‘qligi emas, balki atrofdagilar bilan sen ma’nili hisoblagan narsalarni gaplasha olmaslik yoki atrofdagilarga bilan fikrlaringning muvofiq kelmasligidir.

🗯 O‘z o‘zing bilan uchrashib qolish eng yoqimsiz holatdir.

🗯 Daho va telba o‘rtasidagi farq shundaki: telba ko‘radi ammo qanday yetkazib berishni bilmaydi, daho esa ko‘rganini tushuntirib ham berishi mumkin.

🗯 O‘z ichingdagi qorong‘ulikni tushuna olsang, boshqalarnikini tushunish unchalik qiyin bo‘lmaydi.

Yaqinlaringizga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Aslida qoloqlik kiyimda emas, ilmda boʻladi...

Yaqinlaringizga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🇩🇪 Germaniya: Hamburg University of Technology universitetining bakalavr bosqichida bepul o‘qish

Hujjatlarni qachon va qay tartibda yuborish borasida batafsil quyidagi havola orqali bilib oling! 👇

Batafsil: https://oliygoh.uz/grantlar/germaniya-hamburg-university-of-technology-bakalavr-bosqichida-bepul-oqish

Yaqinlaringizga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Savol: Hayotingizni bitta kitob qilganingizda unga nima deb sarlavha bergan bo'lar edingiz?

Javobingizni kommentariyada qoldiring.👇
@talabauz_group