Talaba.uz | Ta'lim portali
5.41K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Yurtimiz masjidlarida ramazon oyi va tarovеh namozlariga tayyorgarlik boshlandi

Oʻzbеkiston musulmonlari idorasi tomonidan muborak Ramazon oyini munosib tarzda kutib olish, uni yuqori saviyada oʻtkazish va Tarovеh namozlarida moʻmin-musulmonlarga qulay shart-sharoitlar hozirlash maqsadida masjidlarda tayyorgarlik ishlari boshlandi.

Jumladan, masjidlarda Tarovеh namozlariga qulay shart-sharoitlarni hozirlash maqsadida, joriy yilning 10 aprеl, shanba kuni «Ozodalik kuni» oʻtkaziladi.

Koronavirus kasalligi bilan bogʻliq murakkab vaziyat davom etayotganini inobatga olgan holda tarovеh namozlarida sanitariya-epidеmiologik nazorat kuchaytiriladi. Xususan, namozxonlar tibbiy niqobda boʻlish, oraliq masofani saqlash, tashrif buyuruvchilar tana haroratini oʻlchash, antisеptik vositalardan foydalanish kabi karantin tartib-qoidalariga rioya qilinadi.

Masjidlarda elеktr, gaz va yongʻin xavfsizligi hamda namoz oʻqiladigan joylar muhofazasiga katta e'tibor qaratiladi, tеxnik jihozlarning sozligi koʻrikdan oʻtkaziladi.

Imom-xatiblar tamonidan OAV va Intеrnеt saytlari, ijtimoiy tarmoqlarda Ramazon oyining mazmun-mohiyatini oʻzida mujassam etgan chiqishlari qilinadi. Shuningdеk masjidlardagi Tarovеh namozlarining shukuhi, moʻmin-musulmonlarning xushkayfiyati ham kеng yoritiladi.

Alloh taolo yurtimiz va dunyo musulmonlarini Ramazon oyiga eson-omon yetkazib, Oʻzi rozi boʻladigan tarzda oʻtkazishimizni nasib aylasin. Ushbu ulugʻ oyda boʻladigan toat-ibodatlar va duo iltijolarimiz sababidan butun dunyodan vabo va ofatlarni koʻtarsin!

Ⓜ️ Oʻzbеkiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Do'stlarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🇨🇦 Kanada: Alberta universiteti tomonidan xalqaro talabalar uchun grantlar

Batafsil: https://oliygoh.uz/uz/grantlar/kanada-bakalavr-bosqichi-kurslari-uchun-grantlar

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​Maymun bo‘lmang...

Bir katakka beshta maymunni qamab qo‘ying. Katak ichida ichida bir nechta zina qo‘ying va zinaning boshiga bir bananni osib qo‘ying. Tez orada qaysidir maymun zinadan chiqib bananni olmoqchi bo‘ladi.

Maymun zinaga oyoq qo‘yishi bilan barcha maymunlarga muzdek suv seping. Birozdan so‘ng boshqa bir maymun shunday qilmoqchi bo‘ladi, natija yana o‘sha, barcha maymunlarga muzdek suv sepiladi. Tez orada yana bir maymun ko‘tarilmoqchi bo‘lganda endi boshqa maymunlar unga halaqit qilishni boshlashadi.

Chunki jazo ularga ham kelishi mumkinligini tushunib yetishadi. Endi suv sepish kerak emas. Katakdagi bitta maymunni olib o‘rniga yangi maymunni qo‘ying, yangi maymun bananga qarab intilishi bilan hali to‘rtta eski maymun unga hamla qilishadi. Yana bir urinishdan keyin maymun bananga intilish mumkin emasligini tushunib yetadi.

Endi yana bir eski maymunni yangi maymun bilan almashtiring, holat yana takrorlanaveradi. Barcha maymunlarni yangilariga almashtirsangiz ham yangi kelgan maymun bananga intilmoqchi bo‘lganda qolgan maymunlar unga hamla qilaveradi.

Birorta ham yangi kelgan maymun nega banan olishga unga halaqit qilishayotganligini o‘ylab ham ko‘rmaydi. Haligi birinchi eski maymunlar o‘z harakatlari uchun jazo olishgan edi, bu yangilar u jazoni ko‘rmasdan turib bir-birini go‘shtini yeydi.

Nega?

Chunki maymunlarda mentalitet degan narsa, ya’ni shunday bo‘lishi kerak degan ko‘nikma shakllandi. Undan narisini o‘ylash shart emas.

P.S. Maymun bo‘lmang. Doimo miyaning kritik tahlil degan funksiyasini yoqib yuring. Ana shunda hayotda o‘z o‘rningizni topishda qiynalmaysiz.

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🇩🇰 LifeAsapa: Daniya davlatida o‘qish uchun umumiy qiymati 75 000 AQSh dollarga teng grant dasturi

🔥 Batafsil: https://oliygoh.uz/uz/grantlar/daniya-davlatida-bakalavr-bosqichida-oqish-uchun-grant-dasturi

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Talabalar haftada kamida ikki kun nazariy bilim oladi, qolgan kunlari korxona va tashkilotlarda ishlaydi.

✔️Professional ta’limda ham o‘qib, ham ishlash uchun keng imkoniyatlar yaratildi

“Professional ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish chora-tadbirlari haqida”gi Hukumat qarori (163-son, 29.03.2021y.) qabul qilindi.

🎓 Qarorga muvofiq, 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich professional ta’lim muassasalari (kollejlar va texnikumlar)da dual ta’lim tashkil etiladi.

Dual ta’lim – ta’limning nazariy qismi ta’lim tashkiloti negizida, amaliy qismi esa ta’lim oluvchining ish joyida amalga oshiriladigan tizim.

🏛 Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi har yili 1 iyulgacha dual ta’lim bo‘yicha kadrlar tayyorlanadigan ta’lim muassasalarini belgilaydi.

📝 Bunda o‘quvchi uchun amaliyot o‘taladigan tashkilotda muayyan ish o‘rni ajratiladi.

💵 Dual ta’lim jarayonida o‘quvchiga ishlagan kunlari uchun haq to‘lanadi.

Batafsil ma'lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Shu yili oliy taʼlim muassasasiga kirmoqchimisiz? IELTS sertifikatini olishga ulgurib qoling!

1-apreldan boshlab Britaniya Kengashi bilan birgalikda IELTS imtihonini kompyuter shaklida, dushanbadan jumaga qadar oʻzingizga qulay boʻlgan kunda topshirishingiz mumkin.

Payme va Apelsin orqali qulay va tezkor toʻlov!

👉 Hoziroq roʻyxatdan oʻting: https://rpst.uz/bHc

Test haqida batafsil maʼlumot oling: https://rpst.uz/bHz
​​✅ Chegara faqat inson ongida joylashgan bo'ladi. Agar sen biror ishni bajarishingga 100% ishonsang, senda buni bajarishingga hech qanday shubxa bo'lmasa, sen buni bemalol bajara olasan. Faqat o'z ongingdagi senga halaqit beruvchi chegarani olib tashla;

- ✅ Men uchun eng yomon narsa - birov bajargan narsani xuddi o'shanday qilib bajarish. Men bundan nafratlanaman;

- ✅ Kuch-quvvat g'oliblikdan kelmaydi. Kurashlarda kuch-quvvating shakllanadi. Agar sen hech kim yurmagan yo'ldan yurib, qiyinchiliklarni qabul qilib, yengilishni tan olmasang, mana shu kuch-quvvat bo'ladi;

- ✅ Men yuzimdan huddi meni yengib bo'lmaydigan shaxsdek ko'rinaman. Ammo men shug'ullanish va musobaqalardan ko'p narsani o'rgandim. Men bildimki, muvaffaqiyat biz kutmagan tomondan kelishi ham mumkin. Men bildimki, biz o'ylaganimizdan ham ko'ra kuchliroqmiz.

- ✅ Musobaqalarda ikki xil og'riq mavjud bo'ladi: chempion bo'lgan tomon his qilgan og'riq va mag'lub bo'lgan tomon his qilgan og'riq. Chempion tomon uchun bu og'riq huzurbaxsh.... mag'lub uchun esa .... juda og'ir ....

- ✅ Men hozir bajarayotgan mashqlarimni 50 yil oldin ham bajarganman va haligacha bajarib kelaman. Men 50 yil oldin tanovvul qilgan taomimni hozir ham sevib iste'mol qilaman. Bu mening hayotdagi formulam.

- ✅ Barchamizning ichimizda juda katta kuch yashiringan. Bu - o'z-o'ziga ishonch. Aynan mana shu narsa sizni g'alabaga olib boradi. O'z-o'ziga ishonch - aynan siz g'olib bo'lishingizga oldin o'zingizni g'olib sifatida tasavvur qilishingizni bildiradi.
© 69 yoshli Arnold Schwarzenegger dan motivatsiya

Батафсил👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Yoshlarni qo‘llab-quvvatlashda ta’limdagi islohotlar muhim o‘rin tutadi

❗️ O‘z takliflarimni berib o‘tmoqchiman.

1️⃣ Magistraturaga ham 2-3 tagacha yo‘nalishlarga topshirish imkoniyati berilishi kerak.

2️⃣ Magistraturada ikki kurs o‘qishni to‘liq amaliyotda o‘tashi lozim. Amaliyotni dissertasiya mavzusi doirasida korxona yoki tashkilotlarda o‘tash kerak. Ya’ni...

3️⃣ Xohlovchilar uchun onlayn o‘qish tizimini joriy qilish kerak...


Batafsil 👉 http://uzlidep.uz/news-of-party/8648

Batafsil 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
⚡️ “El-yurt umidi” jamgʻarmasi 2021-2022-oʻquv yili uchun jami 350 oʻringa moʻljalangan stipendiyalar tanlovini eʼlon qildi.

✅ bakalavriat taʼlim dasturi uchun 100 nafar,
✅ magistratura taʼlim dasturi uchun 150 nafar,
✅ doktorantura taʼlim dasturi uchun 100 nafar stipendiyalar ajratiladi.

👉 Batafsil: https://oliygoh.uz/uz/grantlar/el-yurt-umidi-jamgarmasi-2021-2022-oquv-yili-stipendiyalar-tanlovi

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Toshkent aeroportida “Hizb ut-Tahrir” ta’siriga tushgan yigit ushlandi

Toshkent shahri aeroportlarida IIV xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-surishtiruvlar davomida terroristik tashkilotlar ta’siriga tushib qolgan shaxs aniqlandi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, joriy yilning 18 fevral kuni 1996 yilda tug‘ilgan qashqadaryolik X.R. “Novosibirsk-Toshkent” yo‘nalishida uchib kelgan.

U bilan olib borilgan tezkor profilaktik suhbatga ko‘ra, gumondor Rossiyada ishlashi davomida “Hizb ut-Tahrir” terrorchilik tashkilotining ta’siriga tushgan. Yigitga tegishli Vertex hamda Redmi rusumidagi telefonlar tekshiruvdan o‘tkazilgan va ularning xotirasida diniy mazmundagi taqiqlangan materiallar saqlangani hamda o‘ziga yaqin bo‘lgan tanishlariga tarqatilgani aniqlangan.

Tekshirib ko‘rishlik maqsadida unga tegishli bo‘lgan uyali telefon apparatlari xolislar ishtirokida hujjatlashtirilib olingan.

Holat yuzasidan X.R.ga nisbatan DXX Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 1-qismi (diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlikni targ‘ib qiluvchi materiallarni O‘zbekiston bojxona chegarasidan o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
©️ Sunnatilla Abdullayev

* Ogoh bo'ling azizlar!!!

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Ayrim talabalar karantinni qanday o'tqazishmoqda? 😎

Talabalar kanaliga qo'shiling👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan “2021-2022-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari portaliga joylandi.

✅ Unga ko‘ra, quyidagilar 2021-2022-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga davlat buyurtmasi qabul parametrlarini shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilanishi ko‘zda tutilgan:

👉 birinchidan, davlat buyurtmasi parametrlari doirasida yoshlarni oliy ta’limga qamrab olishni kengaytirish, davlat granti asosidagi davlat buyurtmasi parametrlarini 2020-2021-o‘quv yiliga nisbatan 25 foizga oshirilgan holda belgilash;

👉 ikkinchidan, jamiyatda ayollar rolini oshirish, ehtiyojmand oilalar qizlari uchun “ijtimoiy lift” tamoyili asosida xotin-qizlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini kengaytirish maqsadida alohida grant o‘rinlarini ikki barobarga oshirish;

👉 uchinchidan, oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish davlat buyurtmasi parametrlarini shakllantirish bo‘yicha kadrlar buyurtmachilari ehtiyojlarini “quota.idm.uz” elektron portali orqali aniqlash;

👉 to‘rtinchidan, vazirlik va idoralar, iqtisodiyot tarmoqlarining ehtiyoj yuqori bo‘lgan yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlashda davlat grantini nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga ham berish;

👉 beshinchidan, oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun davlat buyurtmasi parametrlarining davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida maqsadli qabul parametrlarini tuman (shahar)lar kesimida taqsimlash.

✅ Oliy ta’lim muassasalariga Davlat buyurtmasi parametrlari:

👉 bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha:
kunduzgi ta’lim shakliga – 115 343 nafar;
sirtqi ta’lim shakliga – 36 211 nafar;
kechki ta’lim shakliga – 6 325 nafar;

👉 magistrlar tayyorlash bo‘yicha – 12 914 nafar;

👉 nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga davlat buyurtmasi parametrlari 56 nafar etib belgilanishi qayd etilgan.

Shuningdek, Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash vazirligining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha 2000 nafar qo‘shimcha davlat granti ajratilishi kutilmoqda.

Loyiha muhokamasi 10-aprelga qadar davom etadi.

Ⓜ️ Davlat test markazi

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Aytishlaricha, Toshkent shahridagi epidemiologik vaziyat yomonlashayotgani sabab Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalarini vaqtincha onlayn ta’limga oʻtkazish masalasi koʻrib chiqilmoqda ekan.

Hozirda Toshkentdagi bazi bir oliygohlarm to‘liq online ta‘limga o‘tkazilgan, endi esa faqat Toshkent shahridagi oliygohlar online ta‘limga o‘tishi mumkin.
Viloyatlardagi oliygohlar esa offline ta‘limni davom ettiraveradi.Agar viloyatlarda ham vaziyat yomonlashsa aynan shu viloyat oliygohlari to‘liq online ta‘limga o‘tishi mumkin ekan.

"Toshkentda epidemiologik vaziyatning yomonlashayotgani, talabalar hamda pedagoglarning virusga chalinish holatlari ko'p uzatilayotgani sababli OTMlarni vaqtinchalik onlayn ta'limga o'tkazish masalasi ko'rib chiqilmoqda. Hozirgi vaziyatda talabalarni onlayn ta'limga o'tkazib ularni viloyatlariga qay tartibda yuborish, unda virusning boshqa viloyatlarga ham tez tarqalishini oldini olish ko'zda tutilgan" deydi ishonchli manbalarimiz

Batafsil tez orada👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Samarqandda universitet dekani 500 dollar pora bilan qo‘lga tushdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 16:00 da Samarqand shahar Pedagogika kolleji binosining kirish qismida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Samarqand davlat universiteti San’atshunoslik fakulteti dekani o‘rinbosari lavozimida ishlovchi 35 yoshli Sh.P. o‘zining xizmat vazifasidan foydalangan.

Aniqlanishicha, ushbu fakultetning 1-bosqich talabasi Sh.I.ni psixologiya fanidan oraliq nazorati imtihonini ijobiy hal qilishi va uni yakuniy imtihonga kiritishi evaziga 500 AQSH dollar berishini so‘ragan.

Shundan so‘ng u tadbir ishtirokchisi B.B.dan talab qilingan pulni olgan vaqtida ushlangan. Shuningdek, tezkor tadbir davomida Sh.P.dan 500 AQSH dollar pul mablag‘i ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

P.s: Samarqandda "stavka" lar ancha yuqoriyu🤨 Oraliq nazorat imtihonini ijobiy hal qilish 500$ bo'lsa, yakuniy nazorat qancha? U ham mayli, bitiruvchi kurslarni diplom himoyasichi?

🎓Talaba.uz kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
«Institut uchun ajratilgan 1,1 mln dollarlik mablag‘dan haligacha biror texnika olganimiz yo‘q» – Mikrobiologiya instituti direktori

31 mart kuni Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti faoliyati bilan kengroq tanishtirish maqsadida OAV uchun press-tur tashkil qilindi.

Mikrobiologiya instituti direktori Qahramon Davronov
Mikrobiologiya instituti 1977 yilda Fanlar akademiyasi tizimida tashkil etilgan bo‘lib, hozirda 9ta ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Institutning asosiy ilmiy yo‘nalishi qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, oziq-ovqat hamda ekologik muammolar yechimiga qaratilgan.

Institut direktori biologiya fanlari doktori professor Qahramon Davronov institutning asosiy ilmiy yo‘nalishlaridan bo‘lgan qishloq xo‘jaligi, tuproq sho‘rlanishi kabi muammolar haqida ma'lumot berib o‘tdi.
Batafsil...

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Dolzarb

Anons: Bitiruvchi kurslarning "diplom ish" mashmashalari yohud ularni qiynayotgan muommolar

Soat 19:00 (o'tkazib yubormang!)
"Men olim bo'lmoqchi emasman". Diplom ishi bizga kerakmi?

Bugun O'zbekiston oliy ta'lim tizimida bakalavr darajasini olish bo'sag'asida turgan har bir talaba oldida DIPLOM ISHI HIMOYASI jarayoni turadi. Xo'sh, diplom ishi o'zi nima? Bunda siz tanlagan mavzuyingizda chuqur tadqiqotlar olib borishingiz va yangiliklar qilishingiz - hech kim aytmagan gaplarni aytishingiz kerak. Bu, bir qarashda, talaba uchun foydali jarayon. Sababi unda talaba o'z sohasi bo'yicha ancha-muncha ma'lumotlarga ega bo'ladi va bilimlarini mustahkamlaydi.

Ammo masalaning boshqa tomoni ham yo'q emas. Bakalavrda o'qiyotganlarning barchasi ham tadqiqotchilar, yangilik yaratuvchilar emas-da, ularning hammasi ham olim bo'lmoqchi emas-da. Umuman, tabiat ham bunga yo'l qo'ymaydi. U hammani daho qilib yaratmagan. Maktabgacha ta'limda o'qiyotgan talaba yoki o'zbek tili va adabiyotida o'qiyotgan talabadan tadqiqot kutish qanchalik to'g'ri. Undan ko'ra, ana boring, magistraturaga kirish jarayonlarini qiyinlashtirib, faqat haqiqiy ilm odamlari o'qiydigan qilib qo'yilsin, o'shalar qilsin ilmni.

Ishonch bilan ayta olamizki, bugun bakalavr darajasini olish uchun o'qishni tamomlayotgan talabalarning 95%dan ortig'i diplom ishini faqat yozish kerak bo'lganligi uchun yozadi.

Ishonch bilan ayta olamizki, bugun bakalavr darajasini olish uchun o'qishni tamomlayotgan talabalarning 95%dan ortig'i diplom ishini yo internetdan ko'chiradi yo 300-400$ sarflab kimgadir yozdiradi.

Ishonch bilan ayta olamizki, bugun bakalavr darajasini olish uchun o'qishni tamomlayotgan talabalarning 95%dan ortig'i diplom ishi yozishni istamaydi. Bu ular uchun faqat ortiqcha yuk bo'ladi.

Diplom ishi yozishdagi ikir-chikirlar, betlarni raqamlash, snoskalash, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati - bularni yozish ertaga olim bo'laman degan psixolog yoki filologga og'ir tushmasligi mumkin, lekin keyingi hayotini tabiatga, yerga bag'ishlagan Tuproqshunoslik fakulteti talabasiga malol keladi. To'g'rida, unga nima kerak bu narsalar?

Diplom ishi "diplomchi" talabalar va o'qituvchilar ayni "soqqani qiladigan" davr. Ishonchimiz komilki, anonim so'rovnoma o'tkaziladigan va uning javoblarini belgilashda talabalarga ta'sir o'tkazilmaydigan bo'lsa, 90% ta'lim yo'nalishida diplom ishi bilan bog'liq poraxo'rlik holatlari e'tirof etiladi.

Kamiga bizda talabalar ham davlat imtihoni, ham diplom ishi himoyasidan o'tishga majbur.

Xo'sh, nima qilish kerak? Talabaning o'ziga qo'yib berish kerak. Xohlasa davlat imtihoniga kirsin, xohlasa, men ilm odamiman desa, diplom ishi yozsin. Yangilik qilsin, muhimi hech qanday bosim sezmasin. Ana shunda yiliga millionlab internetdan ko'chirilgan, ilmiy yuki yo'q, ko'zbo'yamachilik uchun yozilgan diplom ishlari emas, 10 ta, balki 100 ta haqiqiy, jahon miqyosida yangilik qila oladigan ilmiy ishlar yaratilar balki. Muhimi bunda hech kim bir-biridan nimadir ta'ma qilmaydi. Muhimi bunda hech kim bir-birini yoki, eng yomoni, o'zini aldamaydi!

©Nodirbek Ashirov

Mutasaddilarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
JUMANING SUNNATLARI:

✔ Juma uchun g‘usl qilish.

✔ Xushbo‘y narsalar surtish.

✔ Chiroyli kiyimlar kiyish.

✔ Jumaga viqor va sakina bilan erta borish.

✔ Juma kuni badanni tozalab, hay’atni go‘zal qilish.

✔ Juma kuni Kahf surasini qiroat qilish.

✔ Juma kuni va kechasi duoni ko‘p qilish.

✔ Juma kuni va kechasi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ko‘p salavot aytish.

✔ Imom birinchi rak’atda Fotihadan keyin Jumu’a surasini va ikkinchi rak’atda Munofiqun surasini qiroat qilish.

✔ Juma kuni bomdod namozida "Haa miym sajda" va "Hal ataa alalinsani" suralarini qiroat qilish sunnatdir.

✔ Juma namozining farzidan avval va keyin to‘rt rak’atdan sunnat namozi o‘qish.

✔ Jumada mudragan odam boshqa yerga o‘tib olishi.

Do'stlarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
"TA'LIM KREDITI" - MUOMMOLAR! O’zbekistonda oylik maoshlarining u qadar yuqori emasligi, ish o’rinlarining yetarli emasligi har yili endi talabalik baxtiga musharraf bo’lganlar, “faxriy” talabalar va ularning ota-onalari oldiga kontrakt masalasini ko’ndalang…
💥💥💥‼️ Ta’lim krediti olishning tartibi haqida

🔹Ta’lim kreditlari tijorat banklari tomonidan oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi bo‘limlariga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan talabalarning o‘qishi uchun ularning o‘ziga, ota-onalariga yoki vasiylariga berilishi mumkin.

❗️Ta’lim kreditlari, oliy ta’lim muassasalarida o‘qish davri hisobga olingan holda, bakalavriatga qabul qilingan talabalarga — 10 yilgacha, magistratura bosqichi talabalariga — 5 yilgacha bo‘lgan muddatga beriladi.

💻 Hozirgi karantin davrida ta’lim krediti ajratish xizmatini masofaviy ravishda ko‘rsatilishi tijorat banklari tomonidan mustaqil belgilanadi.

Ta’lim kreditini olish uchun qarz oluvchi bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

✅ a) ta’lim krediti berish to‘g‘risidagi ariza;

✅ b) talaba va oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi to‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma. Ushbu shartnomada o‘qishning belgilangan muddati va bir yil uchun to‘lov miqdori ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.

✅ g) kreditni qaytarishning ta’minlanishi to‘g‘risida hujjat;

✅ d) imtiyozli ta’lim kreditlari olish huquqiga ega bo‘lgan chin yetimlar, “Mehribonlik uylari”da tarbiyalanganlar, bolalikdan I va II guruh nogironlari, kam ta’minlangan oila farzandlari tegishli tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadilar.

Kredit qaytmasligi xavfining oldini olish maqsadida qarz oluvchi quyidagi ta’minlash shakllaridan birini bankka taqdim etishi lozim:

▫️mol-mulk yoki qimmatli qog‘ozlarni garovga qo‘yish;

▫️uchinchi shaxs kafilligi;

▫️sug‘urta kompaniyasining qarz oluvchi kreditni qaytara olmasligi xavfi sug‘urta qilinganligi to‘g‘risidagi sug‘urta polisi;

▫️fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining kafilligi (bu hujjat faqat chin yetimlar va “Mehribonlik uylari”da tarbiyalanganlar, bolalikdan I va II guruh nogironlari va kam ta’minlangan oilalardan chiqqanlar uchun so‘raladi).

📎 Ta’lim kreditini olish tartibi to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlar Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 26 iyuldagi 318-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy o‘quv yurtlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlari berish to‘g‘risidagi nizom”da va tijorat banklarining rasmiy veb-saytlarida keltirilgan.

Talaba.uz rasmiy kanal 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg