Talaba.uz | Ta'lim portali
5.44K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
O‘zbekiston xalq artisti Mirza Azizov 16-aprel, juma kuni 58 yoshida vafot etdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda aktyor koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etgani aytilmoqda. Ushbu ma’lumot hozircha vakolatli organlar tomonidan tasdiqlangani va rad etilgani yo‘q.

Ma’lumot uchun, Mirza Azizov 1963-yil 22-mayda Namangan viloyatining Chust tumanida tug‘ilgan. 2016-yildan bugungi kunga qadar Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri direktori lavozimida faoliyat yuritib kelgan. 1999-yilda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, 2013-yilda O‘zbekiston xalq artisti unvonlariga sazovor bo‘lgan.

Inna lillahi va inna ilayhi roji'un🤲
#rasman

Toshkent davlat texnika universitetining Termiz filiali huzuridagi Angor ko‘p tarmoqli texnikumiga aylantirildi.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Bu yil ham faqat 2ta fandan test olinishi mumkinmi?

▪️Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i Farhod Mirzayevga ko'ra, bu yilgi imtihonlarda nechta fandan test olinishi qabul komissiyasiga kiritilgan takliflardan keyin aniq bo‘ladi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
2021 yilning uch oyida chaqaloqlarga eng ko‘p qo‘yilgan ismlar ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda 2021 yilning birinchi choragida yangi tug‘ilgan o‘g‘il bolalarga MuhammadAli ismi, qizlarga esa Soliha ismi eng ko‘p qo‘yilgan.

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Respublika Lider qizlar harakatining rahbari, Xalqaro Sport Sammitini O'zbekistonda birinchi bo'lib o'tkazgan, juda ko'plab she'rlar egasi bo'lgan Xonzodabegim Jamalova bugun 16-aprel kuni vafot etdi.

Bu qizni taniganlar bir necha tillarni biladigan, sportchi, faol va haqiqiy yetakchi qiz edi deya ta'riflashmoqda. Demak, yaxshi bir ayol va bo'lajak ona oramizdan bevaqt ketdi. Umri qisqa ekan....Joylari jannatdan bo'lsin, ALLOH yaqinlariga sabr bersin🤲🤲

Inna lillahi va inna ilayhi roji'un.
NAFS VA INSON!

• Nafs: - "Mana senga kerak bo‘lsa taxt".
• Inson: - "Yo‘q kerakmas. Islomim bor! Men uchun bu baxt".

• Nafs: - "Balki yoqar oysuluv qizlar?".
• Inson: - "Yo‘q yorim bor, baxtlimiz bizlar".

• Nafs: - "Balki senga kerakdir boylik?".
• Inson: - "Qanoatla xolim chiroylik".

• Nafs: - "Undan ko‘ra sen o‘ynab kulgin...".
• Inson: - "Qiyomat bor sen xayo qilgin".

• Nafs: - "Bu dunyo besh kunlik bilgin".
• Inson: - "Xaqni aytding. Sen taqvo qilgin".

• Nafs: - "Balki senga yoqar kayf safo?".
• Inson: - "Halolga xo‘p, qolgani jafo".

• Nafs: - "Sharoblar bor. Mast bo‘lib ko‘rgin!".
• Inson: - "Uni qo‘y. Iymon lazzatin tuygin".

• Nafs: - "Ko‘zingni och dunyo makrdir...".
• Inson: - "Makrlarga to‘siq zikrdir".

• Nafs: - "Axmoqsan seni hayoting g‘urbat".
• Inson: - "Yo‘q umidim abadiy Jannat".

• Nafs: - "Men nafsingman yengildim senga".
• Inson: - "Kel Haq yo‘lda yordam ber menga".

• Nafs: - "Roziman ho‘p. Iymon shartlarin bildir".
• Inson: - "Maxluq borki Robbiga quldir".

• Nafs: - "Qullik qanday bo‘ladi aytgin?".
• Inson: - "Amriga yur. Nahiydan qaytgin!".

• Nafs: - "Gunohlarim kecharmi Qahhor?!".
• Inson: - "U mehribon rahmli Gʻaffor!"

Ramazon oyida ko‘proq ibodat qilib, nafsimizni tarbiya qilaylik! Bu kunlar g‘animat.

Doʻstlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​Bir vaqtlar inson yolg‘iz qolishga fursat topilardi: avtobusda, ishga piyoda ketayotganda yoki kimnidir kutayotganda odam o‘zi bilan muloqot qilishi mumkin edi. Hozir esa yolg‘iz qoldi deguncha odamlar telefoniga yopishadi, quloqchin taqadi va allaqanday o‘yinlarga berilib ketadi. Ular texnologiyaning quliga aylanib bo‘ldi. O‘tmish moʻjizalari yangiliklar tumani ichra ko‘zdan yo‘qolmoqda.

📖 Den Braun: Ibtido

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️O‘zbekistonda koronavirusga chalinish bo‘yicha 2021-yilgi kunlik antirekord yangilandi — bir kunda 316 kishida kasallik tasdiqlandi.

Batafsil — http://dy.uz/5fkJ4

Bizda esa o'qishlar qizg'in pallada davom etmoqda😊

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Tezkor
❗️ “Prezident hozirgi pandemiya holatidan bezovta” — Respublika maxsus komissiyasi favqulodda yig‘ilish o‘tkazmoqda

17-aprel kuni bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida koronavirusga qarshi kurash komissiyasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov xabar berdi.

Yig‘ilishda butun dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni ortayotgani ta’kidlangan.

“16-aprel holatiga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 119 million kishidan oshdi. Ularning 3 millionga yaqini vafot etgan. Dunyo bo‘yicha o‘tgan bir sutka ichida 837 ming kishida kasallanish holati qayd etilgan, 14 mingga yaqin bemor vafot etgan. Bu pandemiya boshlanganidan buyon qayd etilgan eng yuqori sutkalik ko‘rsatkich hisoblanadi.

Qozog‘istonda ham kunlik kasallanish 2,8 ming kishidan oshgan — ularda ham ko‘rsatkich bunga chiqmagan edi. Qirg‘izistondan esa 3 mingdan oshib ketdi.

O‘zbekistonda oxirgi sutkada koronavirusga chalinganlar soni 300 kishidan oshgani sabab komissiya favqulodda yig‘ilish o‘tkazishga qaror qilindi”
, — deydi Abdulla Aripov.

Bosh vazirning ta’kidlanishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyev ham hozirgi pandemiya holatidan bezovta bo‘lib, Respublika maxsus komissiyasiga e’tiroz bildirgan, joylarda karantin tadbirlarini tashkil etishda tegishli choralar ko‘rilmayotganini ta’kidlagan.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Tezkor

❗️O‘zbekistonda kuchaytirilgan karantin rejimi qayta joriy qilinishi mumkin

Ayni paytda koronavirusga qarshi kurashish komissiyasining bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishida Bosh vazir Abdulla Aripov O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yana keskinlashayotgani, koronavirusning turli shtammlari, xususan, «afrikancha shtamm» kirib kelgani haqida ma’lum qilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yaqin orada karantin qoidalarini kuchaytirish bo‘yicha respublika komissiyasining qarori e’lon qilinishi mumkin.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Rasman

18-apreldan karantin choralari kuchaytiriladi.

Bog‘cha va maktablarda kasallanish holati aniqlangan taqdirda, ularning faoliyatini zudlik bilan to‘xtatiladi hamda 2 haftaga karantinga olinadi.

Qayd etilishicha, ushbu vaqt mobaynida ular onlayn tartibida faoliyat yuritadi.

Batafsil tez orada👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
18-apreldan karantin qoidalarini buzganlar qat'iy javobgarlikka tortiladi

▪️Asosiy cheklovlar:

▫️Tavoreh namozlari ochiq havoda ado etiladi, iftorlik imkon qadar oila davrasida yoki 100 kishidan oshmagan holda o‘tkaziladi.

▫️1-maydan konsert tomosha dasturlarini yopiq madaniyat saroyida o‘tkazish taqiqlanadi.

▫️Umumiy ovqatlanish muassasalarida o‘rinlar 50 foizgacha cheklanadi, lekin 100 kishidan oshmasligi nazorat qilinadi.

▫️Avtobuslarda o‘rindiqlarning soni 50 foizgacha cheklanib, avtobuslar soni ko‘paytiriladi.

▫️Yirik savdo majmualarida, bozor, do‘konlarda karantinga amal qilish qat’iy nazorat qilinadi, kasallik aniqlanganda vaqtincha yopiladi.

▫️OTMlar, maktab va bog‘chalar kasallik aniqlansa, 2 haftalik onlayn ta’limga o‘tkaziladi.

▫️Karantin qoidabuzarlariga nisbatan qat’iy javobgarlik qo‘llanadi.

Batafsil tez orada👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#eslatma

Osiyo Taraqqiyot Banki: Dunyoning 10 ta rivojlangan mamlakatlaridan birida magistratura bosqichida mutlaqo bepul o‘qish imkoniyati

❗️ Tugash muddati: 2021-yil 30-aprel

Batafsil: https://www.oliygoh.uz/grantlar/osiyo-taraqqiyot-banki-magistratura-bosqichini-10-ta-mamlakatdan-birida-oqing

Batafsil tez orada👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Talabalar uchun #lifehack 😁😁

Bitta daftarni ko'p marta ishlatish usuli))

Talabalarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba qanday hollarda oliy ta’lim muassasasidan chetlashtirilishi mumkin?

Talaba oliy ta’lim muassasasidan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin

▪️BATAFSIL: https://oliygoh.uz/uz/talaba/oliygohdan-chetlashtirilishi

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Hayot siz uchun gohida bir lahzada ag‘dar-to‘ntar bo‘lib ketadi, masalan:

– Telefonda aytilgan bir og‘iz so‘z sabab;
– Qon tahlilining natijasi sabab;
– Ko‘chada noo‘rin tashlangan qadam sabab;
– Bir kishini uchratish sabab;
– Bir og‘iz so‘z sabab;
-Biror kutilmagan vaziyat sabab butunlay o‘zgarib ketishi mumkin.


Rejalaringiz, belgilab olgan tartiblaringiz va himoyangiz qanday (kuchli) bo‘lmasin, birgina lahzada atrofingizdagi holat butunlay o‘zgarib ketishi mumkin.

Hayot har kuni (qayta va qayta) siz uchun Robbingizga bo‘lgan ishonch va iymoningizdan boshqa hech qanday kafolat yo‘q ekanini xabar beradi.

Anvar Ahmad tarjimasi

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Rasman

Urgut tumanida 550 ming aholi yashaydi. Shavkat Mirziyoyev bu yerda tadbirkorlikni rivojlantirishga asos borligini qayd etdi:

- “Urgut” erkin iqtisodiy zonasiga berilgan imtiyozlarni barcha tuman va shaharlarga qo‘llash hamda har biriga kamida 50-100 million dollar investisiyalarni jalb qilish hisobiga, 200 gektar maydonda 1 milliard dollarlik qo‘shimcha sanoat loyihalarini amalga oshirish lozim.

Loyihalarni sifatli ishlab chiqish uchun Loyihalar fabrikasining “Urgut ofisi” tashkil qilinadi.

Prezident Urgut tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ikki oy muddatda Hukumat qarori loyihasini tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Bunda Samarqand davlat universitetining Urgut filiali tashkil qilinadi. Hududda aholi ko‘p ekani inobatga olinib, tibbiyot fakulteti ham ochiladi.

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Chilidagi ta’lim tizimi: bizga nimalar o‘rnak?

«Ta'limda biror o‘zgarish qilishdan oldin ilmiy tadqiqotlar natijalariga qaraladi»

Kun.uz'ning Uzbek.Life loyihasi xorijdagi vatandoshlar bilan suhbatlarini davom ettiradi. Loyihaning navbatdagi mehmoni – AQShning Illinoys universiteti doktoranti Ikromjon To‘xtasinov.

Ikromjon Enseña Chile dasturi bo‘yicha Lotin Amerikasidagi Chili mamlakatida stajirovka o‘tagan. Shu bois suhbatimizni ko‘pchilik o‘zbekistonliklarga yaxshi tanish bo‘lmagan Chiliga bag‘ishlashga qaror qildik.
Batafsil...

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Jizzaxda soxta diplom bilan dars berayotgan 10 nafar o‘qituvchi aniqlandi

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida soxta diplom bilan dars berayotgan 10 nafar o‘qituvchi aniqlangan. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Sharof Rashidov tuman prokuraturasi tomonidan tuman Xalq ta'limi bo‘limida o‘tkazilgan tekshiruv davomida oliy ta'lim muassasalarida tahsil olmagan 10 nafar shaxs Jizzax davlat pedagogika instituti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, Samarqand davlat universiteti va Guliston davlat universitetlarining soxta diplomlari asosida o‘qituvchi bo‘lib ishlab kelayotganligi holati aniqlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Sharof Rashidov tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat kodeksining 228-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hozirda tegishli tartibda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
«Uchta ta'lim vazirligi birlashtirilsa, sohada moliyaviy qiyinchiliklar kamayardi» - Aziza Umarova ta'limdagi kamchiliklar haqida

Jamoatchilik faoli, davlat boshqaruvi sohasi mutaxassisi Aziza Umarova Alter Ego loyihasiga bergan intervyusida oliy ta'lim qabul kvotalari yaqin yillargacha keskin kamaytirib kelingani, maktab ta'limiga ham e'tibor susaygani haqidagi fikrlari, vaziyatni yaxshilash uchun takliflarini bildirdi.

“Tahlillarim va hayotiy xulosalarimga ko‘ra, ta'limda chuqur islohot qilolmasligimizga ikki holat sabab bo‘lgan. Shu paytgacha ta'limga bunchalik kam e'tibor berilishiga, avvalo, qo‘rquv sabab bo‘lgan. O‘tish davrida talabalar mitinglari (1992 yil. Talabalar shaharchasi) bo‘lib o‘tgan.

O‘shandan keyin hukumat oliygohlarga qat'iy kvota joriy qilishga qaror qilgan. Oliy ma'lumotga ega bo‘lmaslik uchun barcha choralar ko‘rilgan. Chunki hukumat oliy ma'lumotlilar ko‘p savol berishidan cho‘chib turgan. Bunday munosabat butun ta'lim tizimiga kirib bordi.

Nima uchun vaqt o‘tishi bilan qabul kvotalari kamaytirib borilganiga tushunmayman. Maktab va oliygohlarni isloh qilish uchun moliyaviy ko‘mak va e'tibor pasayib borgan. Ikkinchisi, haligacha individual o‘quvchi ta'limiga juda kam mablag‘ ajratilayotganidir, ya'ni jon boshiga moliyalashtirilmaydi. Hozir 3 ta alohida ta'lim vazirligi bor. Hamma davlatlarda bo‘lgani kabi vazirliklarni birlashtirish ham mumkin edi-ku. Ta'limga sarflanayotgan mablag‘lar birlashtirilib, ko‘proq natijaga erishish mumkin. Balki shunda respublikaning chekka tumanlaridagi ko‘plab maktablar abgor bo‘lmasdi.

Ta'limga budjetdan ko‘p mablag‘ ajratilyapti. Toshkentning o‘ziga pedagoglar uchun 1
trln.so‘mdan ko‘p pul ajratilgan. Lekin bu pul har bir bola uchun yetib boradi, degani emas. Tizim faqat pedagoglarni rag‘batlantiryapti, xolos. Bolalarning ta'lim olishini ham moliyalashtirish kerak. Agar 3 ta vazirlik birlashtirilsa, ta'lim xarajatlari jon boshiga moliyalashtirilsa, ta'limning hozirgi holatdan yaxshilanishiga erishish mumkin. Maktablar moddiy-texnik bazasi ancha o‘zgarardi. Qachondir bu tizimga yetib kelarmiz. Qachon ekanligini vaqt ko‘rsatadi.

Ayni vaqtda maktabgacha ta'lim vazirligi bog‘chalardagi bolalar qamrovini kengaytiryapti, bu yaxshi. Ammo ta'lim bosqichlari o‘rtasida zanjir yo‘q. Masalan, bola 3 yoshdan 18 yoshgacha qanday bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerakligi bo‘yicha yakdil tizim yo‘q. Finlandiya ta'lim tizimini maqtaymiz. U yerda davlat tasdiqlagan darsliklar yo‘q. Har bir maktab mustaqil qaror qabul qiladi va ota-onalar, keng jamoatchilik bilan kelishib, o‘quvchilarga darslik yaratishadi. Bizda ham buni qilsa bo‘ladi. Bilasizmi, nazarimda, ta'lim islohotlari borasida biz 50 yillarga orqada qolyapmiz. Finlandiya yoki Yevropa bilan O‘zbekistonni taqqoslash imkonsiz, deb o‘ylarsiz. Sizga bir misol keltiraman: g‘arb mamlakatlari boshlang‘ich sinflarda ruchka o‘rniga qalamdan foydalanishadi. Chunki o‘quvchilar xato qilishdan qo‘rqmasliklari ongiga singdiriladi. Bizning maktablarimizda bu tajribani qilmaslik uchun katta mablag‘, urinish shartmas.

Undan tashqari, maktablarda sharoitlar yaxshilanishi uchun xalq ta'limi vazirligi tumandagi bo‘limlarini tugatish kerak. Shunda ularga ajratiladigan mablag‘ hududiy maktablarga yo‘naltiriladi. Bunday bo‘limlar hech qaysi mamlakatda yo‘q. Boshqaruv esa viloyat, respublika miqyosida bo‘lishi kerak.

Yana bir taklif: har bir maktabda direktorning iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi joriy etilishi lozim. Rossiya maktablariga borganimda, maktab pullik va bepul xizmatlar ro‘yxatini e'lon qilib qo‘ygan. Hech kim qarshilik qilmayapti. Barchasi ochiqcha bo‘lyapti”
, - dedi Aziza Umarova.

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg