Talaba.uz | Ta'lim portali
5.44K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
❗️ Termiz davlat universitetining Tabiiy fanlar fakulteti bugundan masofaviy (online) ta'limga o'tdi.

——————–––––––––––––––
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🎓 Eslab qoling!

💧 Agar ichingizda qo'rquv mavjud bo'lsa, hayot sizni qo'rqitadi.

💧 Agar ichingizda agressiya mavjud bo'lsa, hayot sizga "tashlanadi".

💧 Agar ichingizda kurashish hohishi mavjud bo'lsa, hayot sizga raqiblar beradi.

💧 Agar ichingizda aybdorlik hissi mavjud bo'lsa, hayot sizni "jazolayveradi".

💧 Agar ichingizda xafalik hissi mavjud bo'lsa, hayot sizga yanada ko'proq xafa bo'lishingiz uchun sabablar tortiq etadi.

💧 Bularning hammasidan maqsad: sizning aslida kimligingiz va qalbingizda nima borligini ko'rsatishdir.

💧 Hayot sizni qalban qanday bo'lsangiz, shunday ko'radi.

💧 Hayotga va atrofdagi odamlarga o'zimizni qanaqa ko'rsatishga xarakat qilayotganimizni emas, aslida qandayligimizni ko'radi.

💦 ️Ichingizni nima bilan to'ldirayotganingizga e'tiborli bo'ling....

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#hazil
Bir narsa qiziq ? 🤔
Shu yilgi bitiruvchilar - Oliy ta’lim bitiruvchilari bo’lishadimi yoki “online ta’lim”

Talabalarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Murojaatlar botimizga har kuni 10-15 ga yaqin Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabalaridan xabar kelib tushyapti.

Shulardan ayrimlarini sizlarga havola qilamiz:

❗️"Assalomu alaykum. TDPU talabasiman. Turmushga chiqqanman 4 yarim oylik homilam bor. Guruhimizda men kabi dugonalarim ham kam emas. Ko'pgina ta'lim muassasalari pandemiya sabab karantinga olingan. Biz ham boshqa talabalar singari jamoa transportlarida o'qishga boramiz. Oraliq nazoratlar 60-80 kishilik qilib o'tkazildi. Online ta'limga ariza yozmoqchi bo'lsak 9 oylikda ham mumkin emas. Ariza qabul qilinmaydi deyishyabdi. Axir homilador ayol virus yuqtirsa hamma qatori davolana olmaydiku. Bizga sog'ligimiz muhim. Yoki endi pandemiyani deb o'qishdan voz kechishimiz kerakmi. Bizga yordam berishingizni so'raymiz."

❗️"Assalomu alaykum bizning universitetdan Nizomiy nomidagi TDPU virus chiqqan.
Lekin hali hamon onlinega o'tkazilmayapti. Buni qanday tushunish kerak. Ota-onalar xavotirda.... Karantin qoidalariga esa deyarli amal qilinmayapti, niqob taqishni hisobga olmaganda. Axir kasalni davolashdan ko'ra uni oldini olgan yaxshi emasmi ?!
TTJ larda ham shu holat. Virus chiqqan fakultet onlinega yopildi. Vaholangki, ular bn kontaktda bo'lgan boshqa fakultet talabalari ham borkuuu... Nima endi onlinega o'tkazish uchun virus chiqishi shartmi ?!"


❗️"Assalamu alaykum. Man TDPU talabasiman. Unversitetimizda covid bilan kasallangan talabalar soni kopayib ketgan. Bizni to'liq online ta'limga o'tishimizga yordam berishingizni sorayman."

❗️"Assalomu alaykum. Men TDPU talabasiman. Bizning UNIVERSITET da covid bilan kasallanganlar kòpayib ketgan. Bizning fakultetda 29-martdan 12-aprelgacha Karantin bòlgan edi. 2 haftadan sòng yana karantin deb aytishdi. Biz viloyatidagilar TOSHKENTga borib kelishga qiynalamiz. Shuning uchun shu òquv yilining oxirigacha online ta'lim bòlishi tarafdorimiz. Iltimos bizga yordam bering."

P.s: Negadir TDPU mana shunaqa muommolarni o'rganmay, bu murojaatlarni yuborgan odamlar haqida ma'lumot berishimizni istashadi. Yaxshisi bu muommoni yetarlicha o'rganib chiqinglar. Talabalarni hayotini xavfga qo'ymay!


Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Bu tanish klaviatura, bu bilan bu yil o'qishni bemalol tugatish mumkin nima dedingiz?😂

Talabalarga ulashing👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining axborot xizmati kanalimizda chiqqan postga javob berdi.

✅ Bugungi kunda Toshkent davlat pedagogika universiteti Toshkent shahar va viloyatidagi 9 ta manzilda va alohida 16 ta binoda joylashgan.

✅ Maʼlumki, biror binoni, universitet yoki fakultetni karantin sababli yopish va on-layn talimga oʻtkazish jarayoni tegishli tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boʻlimining qarori bilan amalga oshiriladi.

✅ Shu kunga qadar universitetda koronavirusga chalinganligi ehtimoli bor yoki tasdiqlanganligi haqida hujjat taqdim etgan talaba, oʻqituvchi yoki xodimi bor boʻlgan fakultetlar on-layn oʻqishga koʻchirilmoqda.

✅ Hozirda universitetning “Maxsus pedagogika”, “Maktabgacha taʼlim”, “Musiqa taʼlimi”, va “Chet tillar” fakultetlari ikki haftaga on-layn oʻqishga oʻtkazilgan (bu joriy yilning 10-may muddatigacha). Qolgan fakultetlarda oʻqish anʼanaviy tarzda davom etmoqda.

✅ Barcha binolarda oʻz vaqtida sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmati xodimlari tomonidan sanitariya tozalash oʻtkazilib, oʻqish toʻliq sanitariya-gigiyena talablariga binoan tashkil etilgan.

✅ Binolarga kirishlarda tibbiyot va universitet xodimlari tomonidan pirometrlar yordamida tana harorati oʻlchanib, barchaga tibbiy niqobda yurish talab qilinmoqda. Pollar va eshik tutqichlari xlor va antiseptik vositalari bilan kuniga bir necha marta dezinfeksiya qilinadi. Hojatxona va oshxonalardagi qoʻl yuvgichlar muntazam sovun va antiseptik vositalari bilan taʼminlab turilmoqda.

✅ Universitetdagi vaziyat tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boʻlimi xodimlari bilan birgalikda oʻrganilib, qatʼiy nazoratga olingan. Xavotirga oʻrin yoʻq.

✅ Shu oʻrinda maʼlum qilamizki, tibbiy shifokorlar tomonidan berilgan hujjatlar asosida homiladorlik bilan bogʻliq yoki xronik kasalliklari bor talabalarimizning ushbu tahlikali davrda oʻqishga kelishlari muammoli boʻlsa, ular akademik taʼtilga chiqib, keyingi yillarda, vaziyat barqarorlashganidan soʻng oʻqishni davom ettirishlari mumkin.

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining masofaviy (online) ta'limga o'tgan fakultetlari ro'yxati:

“Maxsus pedagogika”, “Maktabgacha taʼlim”, “Musiqa taʼlimi” va “Chet tillar” fakultetlari ikki haftaga masofaviy (online) ta'limga oʻtkazilgan (bu joriy yilning 10-may muddatigacha). Qolgan fakultetlarda oʻqish anʼanaviy tarzda davom etmoqda...

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Rasman

❗️ Andijon mashinasozlik institutining "Transport logistikasi" va "Texnologik jarayonlar boshqaruvi va kompyuter tizimlari" fakultetlari 14 kunlik masofaviy (online) ta'lim shakliga o'tkazildi. 2-TTJ esa karantinga olindi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 17-maydan an'anaviy darslar boshlanishini ma'lum qilibdi.

Ushbu OTM 19-aprelda 14 kunlik karantinga yopilgan edi, bugundan darslar boshlanishi kerak edi lekin negadir yana 14 kun qo'shilib 17-maydan boshlashga qaror qilishibdi. Eng qizig'i ular Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi bilan kelishib bu qarorni qabul qilishgan, SEOM yoki SSV bilan emas.

P.s: Yana talabalar sarson bo'lmasinda iloyim... Talabalar har xil viloyatdan kelishadi, shuni inobatga oling!

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Rasman

❗️Samarqand Veterenariya meditsinasi instituti professor-o‘qituvchilari va talaba yoshlari diqqatiga!

Institut axborot xizmati 2021 yilning 11 mayiga qadar institutda o‘quv jarayonlari masofaviy (online) tarzda davom etishini maʼlum qiladi.

❗️Bundan tashqari Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida karantin muddati uzaytirildi.

SamDAQI 21-apreldan boshlab 14 kunlik masofaviy ta'limga o'tgan edi.

Bugun matbuot xizmati Respublikamiz hududida kasallanish holati ortayotganligi sababli o'quv jarayonlari yana 1 hafta ya'ni 10-mayga qadar masofaviy tarzda davom etishini ma'lum qildi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Qoraqalpoq davlat universitetining asosiy binosi karantinga yopildi, talabalari esa masofaviy (online) ta'limga o'tkazildi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Toshkent shahar boshqarmasi ma’lum qilishicha, poytaxtda 132 ta maktab, 22 ta bog‘cha, 15 ta o‘rta maxsus ta’lim muassasasi, 35 ta oliy o‘quv yurti, uchta davolash-profilaktika muassasasi, ikkita xizmat ko‘rsatish ob’yekti 14 kunlik karantinga olingan..

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogiga universitetining barcha fakultetlari masofaviy (online) ta'limga o'tdi degan qaror eshitsangiz uyqudan uyg'oning, siz hamon uxlayapsiz 😄.

Assalomu alaykum. Kuningiz hayrli va barakali o'tsin.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#obunachimizdan

"Assalomu alaykum Farg'ona Politexnika institutining "Ishlab chiqarishda boshqaruv" fakulteti yoshlar bilan ishlash bòyicha dekan o'rinbosari Eldor Umronov tomonidan quyidagi xabar guruh murabbiylariga jo'natilgan"Kontrakt to'lovini 2021-yil 10-mayga qadar 100 % qilmaganlar Yakuniy nazoratga qo'yilmaydi." Ushbu xabar qaysi qonunda ko'rsatilgan bu biz talabalarga no'malum. Bu ochiqdan ochiq tahdid emasmi talabalar uchun ushbu holatni boshqa qanday izohlash mumkin bilmadim. Balkim ushbu berilgan axborotni ko'rganlar k...salik qilyapti deb o'ylar ba'zi birlar lekin bu mening fikrimcha o'z xuquqlarini talab qilish deb bilaman"

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Yaqin kunlarda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga tashrif buyurishi kutilmoqda ekan...

Es-xushi joyida va faqat institut haqida kuyib, jo'shib yaxshi gaplar gapiradigan talabalarni "musaffo osmon" ostida tayyorlashyapti ekan))

"Kanalimizda hamma sharoit yetarli, ushbu postni esi xushi joyida talabalar mutasaddilarga yetkazing.))"

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Toshkent moliya institutining "Byudjet hisobi va g'aznachilik" fakulteti bugundan masofaviy (online) ta'lim shakliga o'tkazildi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Moliya va buxgalteriya hisobi fakulteti 3-bosqich talabalari 6-maydan masofaviy (online) ta’limga o‘tkaziladi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#hazil
​​Talabaning izohli lug'ati.

1. Universtitet - “Tom tog‘aning kulbasi"
2. Dekan – “Cho‘qintirgan ota”
3. Jurnal – “Daydi qizning daftari”
4. Konspekt – “Daftar hoshiyasidagi bitiklar”
5. Kafedra – “Shaytanat”
6. Stipendiya –“Hayotga muhabbat”
7. YI yetakchisi – “Choliqushi” yoki “Robingud”
8. Kompyuterdagi test –“Alvido qurol”
9. Supervizor –“Maymun yetaklagan odam”
10. Seminar – “Jimjitlik”
11. Masofaviy ta'lim – “Asrga tatigulik kun”
12. O‘tgan semestr – “Yo‘qotganlarim va topganlarim”
13. Kurator – “Portobello jodugari”
14. Oraliq nazorat – “Jar yoqasidagi chaqmoq”
15. Besh baho – “Tushda kechgan umrlar”
16. Amaliyot –“Yolg‘izlikning yuz yili”
17. Gruppa – “Xo‘rlanganlar”
18. Starostalar majlisi – “Jinlar bazmi”
19. Yotoqxona – “Molxona”
20. Qorovul – “Revizor”
21. Qavat starostasi – “Xarobadan chiqqan millioner”
22. Oshxona – “Ko‘ngil deydiki... ”
23. Stipendiant – “Yashna Quyosh”
24. Otrobotka – “O‘tgan kunlar”
25. Jismoniy kafedra – “Mehrobdan chayon”
26. Ma’ruza - "Otamdan qolgan dalalar"
27. Rektorat – “O‘lim vodiysi”
28. Yozgi ta’til – “Dunyo bo‘ylab 80 kun”

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Rasman

Samarqand davlat chet tillar institutida o‘quv jarayonlari masofaviy (online) shaklda davom etadi

Samarqand shahar sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limining 2021-yil 21-apreldagi 58-son qaroriga asosan Samarqand davlat chet tillar institutida o‘quv jarayonlari 2021-yil 22-apreldan 14 kunlik masofaviy (online) shaklga o‘tkazilgan edi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Eʼlon! #Rasman

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida karantin muddati joriy 2021 yilning 10 mayiga qadar uzaytirilganini va o‘quv jarayonlari masofaviy (onlayn) tarzda davom etishini maʼlum qilamiz.

Vaziyat yumshashiga qarab filialda o‘quv jarayonlarining qay tartibda bo‘lishi to‘g‘risidagi aniq maʼlumotlar filialning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida eʼlon qilinadi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg