Talaba.uz | Ta'lim portali
5.41K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
❗️ Qoraqalpoq davlat universitetining asosiy binosi karantinga yopildi, talabalari esa masofaviy (online) ta'limga o'tkazildi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Toshkent shahar boshqarmasi ma’lum qilishicha, poytaxtda 132 ta maktab, 22 ta bog‘cha, 15 ta o‘rta maxsus ta’lim muassasasi, 35 ta oliy o‘quv yurti, uchta davolash-profilaktika muassasasi, ikkita xizmat ko‘rsatish ob’yekti 14 kunlik karantinga olingan..

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogiga universitetining barcha fakultetlari masofaviy (online) ta'limga o'tdi degan qaror eshitsangiz uyqudan uyg'oning, siz hamon uxlayapsiz 😄.

Assalomu alaykum. Kuningiz hayrli va barakali o'tsin.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#obunachimizdan

"Assalomu alaykum Farg'ona Politexnika institutining "Ishlab chiqarishda boshqaruv" fakulteti yoshlar bilan ishlash bòyicha dekan o'rinbosari Eldor Umronov tomonidan quyidagi xabar guruh murabbiylariga jo'natilgan"Kontrakt to'lovini 2021-yil 10-mayga qadar 100 % qilmaganlar Yakuniy nazoratga qo'yilmaydi." Ushbu xabar qaysi qonunda ko'rsatilgan bu biz talabalarga no'malum. Bu ochiqdan ochiq tahdid emasmi talabalar uchun ushbu holatni boshqa qanday izohlash mumkin bilmadim. Balkim ushbu berilgan axborotni ko'rganlar k...salik qilyapti deb o'ylar ba'zi birlar lekin bu mening fikrimcha o'z xuquqlarini talab qilish deb bilaman"

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Yaqin kunlarda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga tashrif buyurishi kutilmoqda ekan...

Es-xushi joyida va faqat institut haqida kuyib, jo'shib yaxshi gaplar gapiradigan talabalarni "musaffo osmon" ostida tayyorlashyapti ekan))

"Kanalimizda hamma sharoit yetarli, ushbu postni esi xushi joyida talabalar mutasaddilarga yetkazing.))"

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Toshkent moliya institutining "Byudjet hisobi va g'aznachilik" fakulteti bugundan masofaviy (online) ta'lim shakliga o'tkazildi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Moliya va buxgalteriya hisobi fakulteti 3-bosqich talabalari 6-maydan masofaviy (online) ta’limga o‘tkaziladi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#hazil
​​Talabaning izohli lug'ati.

1. Universtitet - “Tom tog‘aning kulbasi"
2. Dekan – “Cho‘qintirgan ota”
3. Jurnal – “Daydi qizning daftari”
4. Konspekt – “Daftar hoshiyasidagi bitiklar”
5. Kafedra – “Shaytanat”
6. Stipendiya –“Hayotga muhabbat”
7. YI yetakchisi – “Choliqushi” yoki “Robingud”
8. Kompyuterdagi test –“Alvido qurol”
9. Supervizor –“Maymun yetaklagan odam”
10. Seminar – “Jimjitlik”
11. Masofaviy ta'lim – “Asrga tatigulik kun”
12. O‘tgan semestr – “Yo‘qotganlarim va topganlarim”
13. Kurator – “Portobello jodugari”
14. Oraliq nazorat – “Jar yoqasidagi chaqmoq”
15. Besh baho – “Tushda kechgan umrlar”
16. Amaliyot –“Yolg‘izlikning yuz yili”
17. Gruppa – “Xo‘rlanganlar”
18. Starostalar majlisi – “Jinlar bazmi”
19. Yotoqxona – “Molxona”
20. Qorovul – “Revizor”
21. Qavat starostasi – “Xarobadan chiqqan millioner”
22. Oshxona – “Ko‘ngil deydiki... ”
23. Stipendiant – “Yashna Quyosh”
24. Otrobotka – “O‘tgan kunlar”
25. Jismoniy kafedra – “Mehrobdan chayon”
26. Ma’ruza - "Otamdan qolgan dalalar"
27. Rektorat – “O‘lim vodiysi”
28. Yozgi ta’til – “Dunyo bo‘ylab 80 kun”

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Rasman

Samarqand davlat chet tillar institutida o‘quv jarayonlari masofaviy (online) shaklda davom etadi

Samarqand shahar sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limining 2021-yil 21-apreldagi 58-son qaroriga asosan Samarqand davlat chet tillar institutida o‘quv jarayonlari 2021-yil 22-apreldan 14 kunlik masofaviy (online) shaklga o‘tkazilgan edi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Eʼlon! #Rasman

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida karantin muddati joriy 2021 yilning 10 mayiga qadar uzaytirilganini va o‘quv jarayonlari masofaviy (onlayn) tarzda davom etishini maʼlum qilamiz.

Vaziyat yumshashiga qarab filialda o‘quv jarayonlarining qay tartibda bo‘lishi to‘g‘risidagi aniq maʼlumotlar filialning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida eʼlon qilinadi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️TikTokning kasofati yohud "Xo'rlangan sinf"

Ertaga kechirim so'rab chiqishini bila turib, shunaqa axmoqgarchilik qilayotganlar ko'payib ketyapti.

Eslatma: Videoda dilni xira qiluvchi kadrlar mavjud!

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
1-rasm: Turkiya supermarketlaridagi bolalar uchun bepul "Ko'z haqqi" meva to'ldirilgan savatlari.

Kecha facebookda koʻrib havasim kelgan edi. Bizda ham boshlashibdi. Qoyil!

2-rasm: Buxoro doʻkonlarida "Koʻz haqqi" deb nomlangan bepul mevalar solingan savatlar paydo boʻlibdi.

Mevaga koʻzi tushib yegisi kelgan bolajonlar uchun qilishibdi.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Andijon davlat universitetining asosiy binosidagi fakultet talabalari 6-maydan an'anaviy (offline) ta'limga o'tadi.

Ular 22-apreldan buyon o'quv jarayonlarini masofaviy tarzda davom ettirayotgan edi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Toshkent moliya institutida o‘quv jarayoni 2021-yil 06-maydan 20-may sanasiga qadar (14 kun) bosqichma-bosqich masofaviy shaklda tashkil etiladi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#foydali_manba

🌐 Cambridge English - o'quvchilar, o'qituvchilar, IELTS, CEFR kabi xalqaro imtihonlarga tayyorgarlik ko'rayotganlarning barchasi uchun ORIGINAL manba hisoblanadi. Ushbu internet sahifasidan Ingliz Tilini o'rgatish va o'rganishga aloqador ko'plab "AUTHENTIC" resurslarni olishingiz mumkin!

👉 Cambridge English

◾️ Batafsil: 👇 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti tashkil etildi

🏛 Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 4 maydagi 275-sonli qarori bilan qishloq xo‘jaligi sohasi uchun kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash, hamda fan-ta’lim va ishlab chiqarishning integratsiyasini ta’minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti tashkil etildi.

✔️ Bu oliygoh Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali negizida tuzildi.

🔹 Institutda ta’limning kredit-modul tizimi joriy etilib, unda haftada besh kunlik o‘qish va haftaning shanba kuni mustaqil o‘zlashtirish kuni deb belgilanadi.

🔹 Institutga qabul parametrlari belgilangan tartibda har yili tasdiqlangan respublika OTMlariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Ⓜ️ OO'MTV

◾️ Batafsil: 👇 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Dunyoqarashimizni o'zgartirishimiz shart

Bir tanishim bor bundan bir necha yil avval ingiliz tili o'qib IELTS (Xalqaro Ingiliz tili sertifikati eng yuqorisi 9.0 eng quyisi 1.0) 7.0 olgan edi. Chetga o'qishga ketish niyat qilib, keta olmadi. Kichik o'quv markazi ochib bolalarga dars berdi. Men ham chet elga chiqib ketishimdan avval uning "speaking club" darslariga borib bir muddat qatnashib ingiliz tili so'zlashuvimni ozroq oshirdim.

Chetdan qaytib keldim, u bola IELTS sertifikatini qaytadan topshirib 8.0 olibdi va ozroq muddat poytaxtda o'quv markazida ishlab, viloyatga qaytib kelib, boshqa bir o'quv markazida faoliyat yuritayotgan ekan.

Bir kuni suhbatlashib qoldik, aytishi bo'yicha Toshkent Jahon tillari Universitetida onlayn o'qimoqda ekan.
Men so'radim: nega 8.0 IELTS bo'la turib yana o'qishga kirdingiz? dedim.
U bola: Eee aka ota-onalar bu sertifikat nima ekanligini tushunmaydida, ko'pchiligi farzandini o'quv markaziga olib kelib, mendan "diplomingiz bormi?, qayerni tugatgansiz" deb so'rayapti deb javob berdi.
Men ham tabiiyki: ha uka aksar ota-onalar afsuski IELTS ni ekanligini tushunmaydi-da, ha mayli deb qo'ya qoldim.

Tasavvur qilyapsizmi, 8.0 bal bu 100% lik umumiy o'zlashtirihsdan qariyb 89% degani.

Nega shu darajada o'z sohasini yaxshi biladigan o'qituvchidan diplom so'rashadi, chunki fikirlashlarimiz bir qolibda qolib ketgan.

Tan olaylik hozir bir maktab o'qituvchisini shu IELTS imtihonidan o'tkazilsa 5.0 bal olishi ham qiyin masala. (ba'zi o'qituvchilar bundan mustasno)

Hullas demoqchi bo'lgan narsam, fikrlashni doimo kengaytirib turishimiz kerak va shart.
© Abdullatif Avaz

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#obunachimizdan

" Assalomu alaykum men Toshkent Tuqimachilik va Yengil Sanoat Instituti talabasiman, bizni Institutimizda bir nechta guruhlarda covid19 kasalligiga chalingan talabalar aniqlandi, bu haqida o'qituvchilarni uzlari ham aytishyabdi lekin biz haligacha masofaviy (onlayn) tal'limga utmadik, Institutda karantin qoidalariga deyarli amal qilinmaydi, karidorlarda tiqilinch holatta yuramiz, xullas chora kurishinglarni suraymiz biz uzimizdan xavotirdamiz, axir har kuni 300 400 talab kasallikka chalinganlar aniqlanyabdi."

Mutasaddilarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#obunachimizdan

"Assalomu aleykum, ToshDO'TAU talabasiman. Shu kungacha universitetimiz 2marotaba karantinga yopildi: 29-martdan 12-aprelga qadar va 19-apreldan noma'lum muddatga qadar. Universitetimiz karantinga yopilgan 1-bor poytaxtdagi epidimiolagik vaziyatni sabab qilishgandi, keyingisida esa domlalar va talabalarda koronavirus chiqqanligi uchun yopildi deyilgandi. Shu orqali talabalar 5kun poytaxtda 14kun uy ta'lim olishda. Endi bizni yana 17-maydan boshlab poytaxtga chaqirishmoqda(faqat kunduzgi ta'lim oluvchilarni). Hamma ham offline ta'lim olishni xohlaydi, ammo sog'lik doimo muhim. Bundan tashqari shuncha sarsongarchilikdan so'ng moddiy muammolar ham bor ( to'lov-kontraktlar ham mart-aprel oyida amalga oshiriladi 2-to'lov). Bularning barchasini inobatga olgan holda fakultet dekanlaridan "ta'limni online tarzda davom ettirishimiz mumkinmi" deb so'rasak, ular rad javobini berishmoqda. O'zi umuman buyog'iga faqat sessiya qoldi, uni ham kompyuterda topshiramiz, shunday ekan masofaviy tarzda o'quv yilini yakunlasak ham bo'lardi. Biz shuncha xarajatlar bilan offline ta'limga borsak-u, yana 5kun o'tmay masofaviy ta'limga o'tmasligimizga yoki Alloh asrasinu kasallikka chalinmasligimizga kim kafolat beradi?! (shunday bo'lgan taqdirda ham xarajatlar ota-ona zimmasida) Hozirda poytaxtdagi vaziyat viloyatlardan ko'ra jiddiy! Sizdan iltimos qilardim, bizning universitetimiz o'quv yili yakunlanguncha to'liq masofaviy yoki gibrid ta'limga o'tishiga ko'maklashing!"

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg