Talaba.uz | Ta'lim portali
5.44K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Toshkentda talabalar turar joyi binosi ichiga yomgʼir oʼtib ketdi

Videoda Toshkent arxitektura-qurilish instituti talabalari yotoqxonasidagi ayni paytdagi holatni koʼrishingiz mumkin.

Mutasaddilar zudlik bilan chora ko'rishini so'rab qolamiz.

Mutasaddilarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#respect
❗️Tog‘li Oltoy xududidagi maktablardan birida ishlovchi o‘qituvchi farzandli bo‘lgani uchun o‘z o‘quvchilarini bitiruv kechasida qatnasha olmadi. Uning minnatdor o‘quvchilari tug‘uruqxona oynalari ostida o‘z ustozlari uchun kichik bitiruv kechasi tashkillab berishdi...

O‘z o‘quvchisi o‘z farzandiday ko‘rib mehr berib o‘qitayotgan o‘qituvchilarni ajrini ALLOH ziyoda qilib bersin! Tashakkur sizlarga!

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Keyingi o‘quv yilidan ota-onasi yo‘q qizlar va boquvchisi yo‘q ayollarning kontrakt pullari to‘lab beriladi

▪️Prezident qaroriga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari har yili 100 nafardan xotin-qizlarning, OTMlar esa 50 nafargacha talaba-qizlarning kontrakt pulini to‘lab beradi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#rezyume

Ayni damda istalgan ishga kirishda sizdan rezyume soʻrashadi. Bu paytda siz juda sodda dizayndagi rezyume bersangiz "oddiy xodim" sifatida taassurot uygʻotasiz. Maslahatimiz shuki, quyidagi sayt orqali juda ajoyib dizayndagi rezyume yaratib koʻring, keyin natijani oʻzingiz koʻrasiz.

Rezyume — ish beruvchiga shaxsingiz, ish faoliyatingiz va muvaffaqiyatlaringiz haqida maʼlumot beruvchi qisqacha hujjat.

resume.io - sayt

Doʻstlarga ulashing
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
BO‘SH VAQTINGIZDA KUZATUVCHANLIK QOBILIYATINGIZNI SINAB KO‘RING🧐

Sizning kuzatuvchanlik qobiliyatingiz qanday?

Sharti: Sekundomerni yoqib, 1 dan 90 gacha bo‘lgan sonlarni ketma-ketlikda belgilab chiqing.

5-10 minut - Sherlok Xolms Sizga havas qilsa arziydi👍.
10-15 minut - hammasi joyida, yaxshi kuzatuvchanlikka egasiz😉.
15-20 minut - o‘rtacha kuzatuvchanlik🤔.
20-25 minut - qoniqarli😞, ammo bardoshingizga 5 baho!🙂👍


Do'stlarga ulashing👇👇

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Guliston davlat universitetining 4-kurs talabalari 24-maydan boshlab an'anaviy tarzda, qolgan 1-, 2- va 3-kurs talabalari masofaviy ta’limda o‘qishni davom ettirib — o‘qishni onlayn yakunlaydi.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Talabalar qaysidir fanni o‘zining OTMsida emas, boshqa OTMda ham o‘qishi mumkin bo‘ladi

▪️"Masalan, Moliya institutida kredit-modul tizimida o‘qiyotgan talaba biror fanni Iqtisodiyot universitetida o‘qishi mumkin. Faqat buning uchun OTMlar o‘rtasida shartnoma bo‘lsa yetarli", – deya ma’lumot berdi Oliy ta’lim vazirligi bosh mutaxassisi Vohid Zayniddinov Xpress.uz'ga bergan intervyusida.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
⚡️ 26-maydan Samarqand Davlat Universitetining 1-bosqich talabalari an'anaviy (offline) ta'limga qaytadi

Batafsil
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Talabalar uchun diniy bilimlarni mustaqil o‘rganish imkoniyati bor – Toshqulov

22 may kuni Toshkent besh tashabbus harakatining ikkinchi kuni doirasida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Muloqot davomida Toshqulov Termiz davlat universiteti rektori bo‘lgan davrda aytgan ta’limdan Islom dini ajratib olinishi haqidagi fikrlariga izoh berdi.

“Men Xalqaro press-klubdagi intervyumda oxirgi yuz yilda ta’limdan din chiqib ketganligi va uni qaytarishimiz kerakligi haqida gapirganimdan keyin ko‘pchilik buni xuddi predmetlarni kiritishday tushundi. Vaholanki, u yerda Islom madaniyati, halollik va adolat haqida gap ketgan edi. Shu bilan birgalikda dinimizdagi, urf-odatlarimizdagi odob-axloq normalarini nazarda tutgan edik”, deydi Abduqodir Toshqulov.

Vazir so‘zida davom etarkan, bir paytlar kitob do‘konlaridan diniy kitoblarni, hatto, so‘rolmagani, bugun esa hech qanday qarshiliklar bo‘lmayotgani va do‘konlarda diniy kitoblarning har xili borligini ta’kidladi.

“Hozir OTMlarda tahsil oladigan talabaning diniy kitob o‘qishiga, mustaqil o‘rganishiga nima mone’lik qilmoqda?! Esimda bor, “Saodat asri qissalari” kitobining narxi bir yarim millon so‘mga chiqib ketgandi. O‘sha paytlar biz uning yangi tirajini so‘rolmaganmiz. Bugungi kunda kitob do‘konlariga kirsangiz bu kabi kitoblarning bir qancha turlari bor. Umuman olib qaraydigan bo‘lsak, bugungi kunda OTMlarda o‘qiydigan talabalar uchun falsafiy va diniy bilimlarni mustaqil o‘rganish imkoniyati bor”, deydi Toshqulov.

Yoshlar, blogerlar va OAV vakillari bilan bo‘lgan ochiq muloqot davomida Oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov hozirgi kunda dinshunoslik fani OTMlarning dars sxemasiga kiritilishi masalasi ko‘rilayotganini ma’lum qildi.

* Shu paytgacha suvga borma cho'kib ketasan deyishdi, lekin suzishni o'rgatishmadi. Endi o'zing o'rganib olaver deyishyapti.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️OTMlarda kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari ro‘yxatiga masofaviy ta’lim shakli ham qo‘shiladi.

▪️Oliy ta’lim muassasalarida 2021/22-o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich masofaviy ta’lim shaklida ham kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi, deb ma’lum qilindi prezidentning maktab bitiruvchilariga yo‘llagan tabrigida.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
O‘zingdan mana bularni so‘ra
O‘tmish va kelajakning temir eshiklarini yop, buguning daqiqalari bilan yasha!


1. Ufq ortidagi sehrlangan bo‘ston ishtiyoqida, kelajakni deb besaranjom bo‘lib hozirgi hayotimni ortga suryapmanmi?

2. Tongda uyg‘onib, oldindagi yigirma to‘rt soatdan unumli foydalanish rejasini tuzyapmanmi?

3. Bu hayotdan, yashayotgan kunimning har daqiqasidan manfaatlanyapmanmi?

4. Bunday qilishni qachon boshlayman, bugunmi, ertagami, yoki keyingi xaftadami?

5. O‘zingdan: Eng yomon ish nima, deb so‘ra, So‘ngra ruhingni o‘sha yomonlikka ro‘para kelish va uni ko‘tarishlikka tayyorlagin.

© Doktor Oiz

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Bugun 25-may. Ko'pchilikning boshidan o'tgan holat😄

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Samarqand shahridagi OTMlar ertadan an'anaviy ta'limga qaytmoqda.

Samarqand shahar hokimligi koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida 25-mayga qadar barcha OTMlar masofaviy ta'limda davom etishi haqida xabar bergan edi.

Bugun Samarqand shahridagi OTMlar ertadan an'anaviy darslar boshlanishi haqida talabalarini ogohlantirmoqda.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​Uch yilcha oldin Facebook’da yozgan ekanman…
...Akam va katta opam shartnoma asosida o'qir edi. Kichkina opam esa abituriyent. Men esa shahar markazidagi litseyda o'qir edim. Bizning yolg'iz ta'minotchimiz dadam edilar. Yaxshi ishda ishlar edi-yu, aynan o'sha yillari zavodda boshliq almashib mansablaridan tushirib oddiy ishchi qilib qo'ygan edi. Shuning uchun uydagi ba’zi narsalarni sotib akam va opamni kontraktini to'lar edilar.

Esimda, hatto gugurtga ham pulimiz qolmagan edi. Uy xarajatlarining bir qismi esa sigirimizning "bo'yniga" tushgan edi go'yo. Ya’ni onam sut sotib mayda-chuyda kamchiliklarga ishlatar edilar.

...Xudoga shukur, keyin kichkina opam grant asosida o'qishga kirdi. Demak, oilada 3 ta talaba va bir abituriyent - men.

Onamning bir gaplari hech esimdan chiqmaydi va chiqmasa ham kerak. Toshkentga o'qishga boraman deganimda (va undan keyin chetga chiqaman degan orzularim bor edi-da), dadam moddiy tomondan qiyinchiliklarni o'ylab (va bunga haqiqatdan asos bor edi!) qarshilik qilgan edilar. Yig'lamsirab uyga kirsam oyim... soddagina oyijonim qo'llarida ozgina g'ijimlangan pul bilan "Xafa bo'lma o'g'lim... O'zim senga sut sotib pul qilib beraman. Toshkentga hujjat topshiraver..." degan edilar. Yig'lagilarim kelib ketgan edi (hozir esa eslasam rostdan ham ko'zimga yosh keladi)... "Eh onajon, Toshkentga sizning sut sotib yiqqan pullaringiz nima ham bo'lar edi?!" degan xayol o'tgan edi. Lekin, o’sha so’zlarning rag’bati katta bo’lgan edi.

...Shukur ota-onamning duolari bilan Milliy Universitet Iqtisodiyot fakultetiga grant asosida qabul qilindim. Bu orada akam ham o'qishni bitirib dadamning "yonlariga kirib qolgan" edi. Shunday, qilib Toshkentda moddiy qiyinchiliklar bilan bo'lsa ham "stipendiya" hisobiga o'qigan edim. Bir-ikki marta Xasanboy tomonlarga mardikorga ham chiqqan edik. Ingliz tili qo’shimcha darslari uchun homiyim akam bo’lgan. Akam meni yutuqlarimdan xuddi o’zining yutuqlaridek faxrlanadigan inson. 2010-yili yozda "Work and Travel" dasturi orqali Amerikaga boradigan bo’lganimda ham akam pasportdagi vizamni hammaga maqtanib ko’rsatib chiqqan edi! Ularning oldida hali qarzim ko’pgina… Rahmat, aka… hammasi uchun!

2011-yilda Milliy Universitetni bitirganimda onam "Seni biron marta ko'rgani ham bormabmiz. Toshkentga o'zing borib, o'zing bitirib kelding-a" degan mazmunda so'z aytgandilar.

2012-yilda Koreyaga magistraturaga qabul qilindim. Koreyaga ketish kunimiz amamning o’g’li mashinasida (dadam ham birga) kuzatib qo'ymoqchi bo'ldi. Toshkentga kelib adashib qolgan edik. Chunki, men o'qish yillari davomida faqat o'quv binosi va yotoqxona orasini bilgan ekanman, o'ylab qarasam (chunki, shahar aylangani pul yo'q edi). O’shanda shopir akam “To’g’a, bu o’g’lingiz universitetdan chiqmagan shekilli… shaharni ham bilmaydi” deb hazil qilgan edi.

Endi, angladimki hayotdagi sinovlar faqat yaxshilikka olib borar ekan. Xuddi, oltin toza oltin bo'lishi uchun qizigan olovdan o'tishi kerakligi kabi! Rumiy aytganidek: "Bilki, gilamning changi qoqilganda zarba gilam uchun emas, undagi chang-g'uborni tushirish uchun bo'ladi".

Balki kimdir uchun kelajak motivatsiyasi, kimdir uchun esa o’tmishdan xotira bo’lar degan maqsadda bu satrlarni yozgim keldi…

©️ Valijon To'raqulov

Dissertatsiyamdagi bag'ishlov so'zining qisqacha tarixi shu edi 👇

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍1
#talabalardan

"Assalomu alaykum!!! Talaba.uz telegram kanalining maʼmuriyatiga qilayotgan murojaatimiz shundan iboratki, biz Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali talabalarimiz. Bizning universitetda talabalar orasida virus tarqalishini oldini olish maqsadida 2021-yil 27-aprel kunidan 10-may kunigacha (14-kunlik) onlayn taʼlimga oʻtildi. 12-may kuni esa talabalar anʼanaviy darslarga chaqirildi. Koʻplab talabalarimiz uzoq viloyatlardan hisoblanadi va ular shuncha yoʻldan kelishdi. 1 kun dars boʻlar-boʻlmas yana hamma talabalarga uyiga javob berdi.Ular yana sarson boʻlib ortlariga qaytishdi. Oradan koʻp oʻtmay Oliy taʼlim vazirimiz Abduqodir Toshqulov onlayn taʼlimga oʻtgan hamma OTM lar oʻquv yilini onlayn tarzda yakunlaydi, chunki oʻquv yili yakunlanishiga juda oz vaqt qoldi,talabalarimiz yana oʻqishga qaytib qoʻshimcha harajat qilib, turli xil noqulayliklarga uchrab yurmasin deb taʼkidlagan edi. Lekin Samarqand viloyatida karonavirus infeksiyasining sezilarli darajada oshishiga,vazirimizning aytgan gaplariga qaramasdan talabalarni ertadan 26-may kunidan anʼanaviy darslaga chaqiryabdi. Bu talabalarni sarson qilishmi yoki boʻlmasam vazirni gapini mensimaslikmi bilmaymiz. Bu holat talabalarni nigohida ataylabdan sessiya uchun chaqiryabdi degan xulosani paydo qilmoqda. Xurmatli Talaba.uz telegram kanalining admini sizdan ushbu murojaatimizni ism-sharifimni sir saqlagan holda umumiy Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali talabalaridan deb qabul qilishingizni va murojaatimizni ijobiy hal qilinishiga amaliy yordam berishingizni soʻraymiz!"

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Biz...

...Biz yuksak tog’lar ham zabt etilgan zamonda yashamoqdamiz, ammo o’zimizni o’zimiz yengib ulgurmadik. Bilimlarimiz yuksaldi, ammo sabr-toqat pasaydi. Mol mulkimiz mo’l, biroq bahtimiz kamroq. Boshimiz to’la, lekin hayotimiz bo’m-bo’sh.

“O’lsang kim yig’laydi?”
Robin Sharma


Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Yangi o'quv yilidan qog'oz "zachyotka", "vedomost"lardan voz kechiladi, baholarni o‘zgartirib bo‘lmaydigan qilamiz — Oliy ta’lim vazirligi

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Endi OTMda kursdan kursga qolgan talaba 8 yil ichida o‘qishni tugatolmasa, o‘qishdan butunlay chetlatiladi — Oliy ta’lim vazirligi

▪️Vazirlik bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Хoliqov bu tartib kredit-modul tizimi uchun xosligini bildirdi.

P.S. 2021–2022-o‘quv yilidan barcha OTM kredit-modul tizimiga o‘tadi, demak, bizda ham yaqin yillarda OTMni bitirish oson bo‘lmay qoladi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Talabalar akademik ta`tilni sirtqi va kechki ta'lim shakliga o'zgartirishi mumkin — A.Mamanazarov

❔Bu yengillik qaysi toifadagi talabalarga nisbatan qo'llaniladi?

❔Kimga murojaat qilish kerak?

❔Qachondan boshlab bu tartib amalda qo'llaniladi?

🔰Shu kabi savollar yuzasidan Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi bo'lim boshlig'i Abdusamad Mamanazarov "O'zbekiston 24" telekaniliga bergan intervyusida javob berdi.

Doʻstlarga ulashing:👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Toshkentda Rossiya kimyo-texnologiya universiteti filiali ochildi

Bu universitetning birinchi filiali hisoblanadi.

Batafsil 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg