Talaba.uz | Ta'lim portali
5.44K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Bugun 25-may. Ko'pchilikning boshidan o'tgan holat😄

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Samarqand shahridagi OTMlar ertadan an'anaviy ta'limga qaytmoqda.

Samarqand shahar hokimligi koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida 25-mayga qadar barcha OTMlar masofaviy ta'limda davom etishi haqida xabar bergan edi.

Bugun Samarqand shahridagi OTMlar ertadan an'anaviy darslar boshlanishi haqida talabalarini ogohlantirmoqda.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​Uch yilcha oldin Facebook’da yozgan ekanman…
...Akam va katta opam shartnoma asosida o'qir edi. Kichkina opam esa abituriyent. Men esa shahar markazidagi litseyda o'qir edim. Bizning yolg'iz ta'minotchimiz dadam edilar. Yaxshi ishda ishlar edi-yu, aynan o'sha yillari zavodda boshliq almashib mansablaridan tushirib oddiy ishchi qilib qo'ygan edi. Shuning uchun uydagi ba’zi narsalarni sotib akam va opamni kontraktini to'lar edilar.

Esimda, hatto gugurtga ham pulimiz qolmagan edi. Uy xarajatlarining bir qismi esa sigirimizning "bo'yniga" tushgan edi go'yo. Ya’ni onam sut sotib mayda-chuyda kamchiliklarga ishlatar edilar.

...Xudoga shukur, keyin kichkina opam grant asosida o'qishga kirdi. Demak, oilada 3 ta talaba va bir abituriyent - men.

Onamning bir gaplari hech esimdan chiqmaydi va chiqmasa ham kerak. Toshkentga o'qishga boraman deganimda (va undan keyin chetga chiqaman degan orzularim bor edi-da), dadam moddiy tomondan qiyinchiliklarni o'ylab (va bunga haqiqatdan asos bor edi!) qarshilik qilgan edilar. Yig'lamsirab uyga kirsam oyim... soddagina oyijonim qo'llarida ozgina g'ijimlangan pul bilan "Xafa bo'lma o'g'lim... O'zim senga sut sotib pul qilib beraman. Toshkentga hujjat topshiraver..." degan edilar. Yig'lagilarim kelib ketgan edi (hozir esa eslasam rostdan ham ko'zimga yosh keladi)... "Eh onajon, Toshkentga sizning sut sotib yiqqan pullaringiz nima ham bo'lar edi?!" degan xayol o'tgan edi. Lekin, o’sha so’zlarning rag’bati katta bo’lgan edi.

...Shukur ota-onamning duolari bilan Milliy Universitet Iqtisodiyot fakultetiga grant asosida qabul qilindim. Bu orada akam ham o'qishni bitirib dadamning "yonlariga kirib qolgan" edi. Shunday, qilib Toshkentda moddiy qiyinchiliklar bilan bo'lsa ham "stipendiya" hisobiga o'qigan edim. Bir-ikki marta Xasanboy tomonlarga mardikorga ham chiqqan edik. Ingliz tili qo’shimcha darslari uchun homiyim akam bo’lgan. Akam meni yutuqlarimdan xuddi o’zining yutuqlaridek faxrlanadigan inson. 2010-yili yozda "Work and Travel" dasturi orqali Amerikaga boradigan bo’lganimda ham akam pasportdagi vizamni hammaga maqtanib ko’rsatib chiqqan edi! Ularning oldida hali qarzim ko’pgina… Rahmat, aka… hammasi uchun!

2011-yilda Milliy Universitetni bitirganimda onam "Seni biron marta ko'rgani ham bormabmiz. Toshkentga o'zing borib, o'zing bitirib kelding-a" degan mazmunda so'z aytgandilar.

2012-yilda Koreyaga magistraturaga qabul qilindim. Koreyaga ketish kunimiz amamning o’g’li mashinasida (dadam ham birga) kuzatib qo'ymoqchi bo'ldi. Toshkentga kelib adashib qolgan edik. Chunki, men o'qish yillari davomida faqat o'quv binosi va yotoqxona orasini bilgan ekanman, o'ylab qarasam (chunki, shahar aylangani pul yo'q edi). O’shanda shopir akam “To’g’a, bu o’g’lingiz universitetdan chiqmagan shekilli… shaharni ham bilmaydi” deb hazil qilgan edi.

Endi, angladimki hayotdagi sinovlar faqat yaxshilikka olib borar ekan. Xuddi, oltin toza oltin bo'lishi uchun qizigan olovdan o'tishi kerakligi kabi! Rumiy aytganidek: "Bilki, gilamning changi qoqilganda zarba gilam uchun emas, undagi chang-g'uborni tushirish uchun bo'ladi".

Balki kimdir uchun kelajak motivatsiyasi, kimdir uchun esa o’tmishdan xotira bo’lar degan maqsadda bu satrlarni yozgim keldi…

©️ Valijon To'raqulov

Dissertatsiyamdagi bag'ishlov so'zining qisqacha tarixi shu edi 👇

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍1
#talabalardan

"Assalomu alaykum!!! Talaba.uz telegram kanalining maʼmuriyatiga qilayotgan murojaatimiz shundan iboratki, biz Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali talabalarimiz. Bizning universitetda talabalar orasida virus tarqalishini oldini olish maqsadida 2021-yil 27-aprel kunidan 10-may kunigacha (14-kunlik) onlayn taʼlimga oʻtildi. 12-may kuni esa talabalar anʼanaviy darslarga chaqirildi. Koʻplab talabalarimiz uzoq viloyatlardan hisoblanadi va ular shuncha yoʻldan kelishdi. 1 kun dars boʻlar-boʻlmas yana hamma talabalarga uyiga javob berdi.Ular yana sarson boʻlib ortlariga qaytishdi. Oradan koʻp oʻtmay Oliy taʼlim vazirimiz Abduqodir Toshqulov onlayn taʼlimga oʻtgan hamma OTM lar oʻquv yilini onlayn tarzda yakunlaydi, chunki oʻquv yili yakunlanishiga juda oz vaqt qoldi,talabalarimiz yana oʻqishga qaytib qoʻshimcha harajat qilib, turli xil noqulayliklarga uchrab yurmasin deb taʼkidlagan edi. Lekin Samarqand viloyatida karonavirus infeksiyasining sezilarli darajada oshishiga,vazirimizning aytgan gaplariga qaramasdan talabalarni ertadan 26-may kunidan anʼanaviy darslaga chaqiryabdi. Bu talabalarni sarson qilishmi yoki boʻlmasam vazirni gapini mensimaslikmi bilmaymiz. Bu holat talabalarni nigohida ataylabdan sessiya uchun chaqiryabdi degan xulosani paydo qilmoqda. Xurmatli Talaba.uz telegram kanalining admini sizdan ushbu murojaatimizni ism-sharifimni sir saqlagan holda umumiy Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali talabalaridan deb qabul qilishingizni va murojaatimizni ijobiy hal qilinishiga amaliy yordam berishingizni soʻraymiz!"

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Biz...

...Biz yuksak tog’lar ham zabt etilgan zamonda yashamoqdamiz, ammo o’zimizni o’zimiz yengib ulgurmadik. Bilimlarimiz yuksaldi, ammo sabr-toqat pasaydi. Mol mulkimiz mo’l, biroq bahtimiz kamroq. Boshimiz to’la, lekin hayotimiz bo’m-bo’sh.

“O’lsang kim yig’laydi?”
Robin Sharma


Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Yangi o'quv yilidan qog'oz "zachyotka", "vedomost"lardan voz kechiladi, baholarni o‘zgartirib bo‘lmaydigan qilamiz — Oliy ta’lim vazirligi

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Endi OTMda kursdan kursga qolgan talaba 8 yil ichida o‘qishni tugatolmasa, o‘qishdan butunlay chetlatiladi — Oliy ta’lim vazirligi

▪️Vazirlik bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Хoliqov bu tartib kredit-modul tizimi uchun xosligini bildirdi.

P.S. 2021–2022-o‘quv yilidan barcha OTM kredit-modul tizimiga o‘tadi, demak, bizda ham yaqin yillarda OTMni bitirish oson bo‘lmay qoladi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Talabalar akademik ta`tilni sirtqi va kechki ta'lim shakliga o'zgartirishi mumkin — A.Mamanazarov

❔Bu yengillik qaysi toifadagi talabalarga nisbatan qo'llaniladi?

❔Kimga murojaat qilish kerak?

❔Qachondan boshlab bu tartib amalda qo'llaniladi?

🔰Shu kabi savollar yuzasidan Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi bo'lim boshlig'i Abdusamad Mamanazarov "O'zbekiston 24" telekaniliga bergan intervyusida javob berdi.

Doʻstlarga ulashing:👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Toshkentda Rossiya kimyo-texnologiya universiteti filiali ochildi

Bu universitetning birinchi filiali hisoblanadi.

Batafsil 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Batafsil

❓ Kontrakt uchun to‘lagan mablag‘ingizning 12% ni qonuniy yo‘l bilan olishingiz mumkinligi haqida bilasizmi?

Batafsil 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Juma kunida shunday bir vaqt bor-ki, unda duolar albatta ijobat bo'lajak.
Balki, o'sha vaqt hozirdir...

Juma muborak azizlarim! 😊

Allohumma solli a'la sayyidina Muhammad 📿

Do'stlarga ulashing
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️2021–2022-o‘quv yili uchun OTMlarga qabul parametrlari e’lon qilindi

▪️Prezident qarori loyihasiga ko‘ra, bakalavrga:
▫️kunduzgi ta’lim shakliga – 115 343 nafar;
▫️sirtqi ta’lim shakliga – 36 211 nafar;
▫️kechki ta’lim shakliga – 6 325 nafar;
▫️magistraturaga – 12 914 nafar talaba qabul qilinishi belgilangan.

Nodavlat OTMlarga ham bu yil 1-marta davlat tomonidan 56ta grant o‘rni ajratilishi reja qilingan.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
O‘zbekistonda qanday yangi OTMlar ochilyapti?

▪️Toshkent shahrida Yaponiya raqamli universiteti tashkil etildi. Qabul – shu yildan.

▪️Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti ochiladi. Qabul – shu yildan.

▪️Jizzax ijtimoy-iqtisodiy universiteti tashkil etiladi. Qabul – shu yildan.

▪️Andijonda tekstil instituti ochiladi. Qabul – shu yildan.

▪️Davlat soliq qo‘mitasi huzurida Fiskal institut tashkil etildi. Qabul – shu yildan.

▪️Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali ochildi. Qabul – shu yildan.

▪️TATUning Nurafshon filiali tashkil etildi. Qabul – shu yildan.

▫️Toshkent amaliy fanlar universiteti tashkil etiladi.

▫️Farmasevtika texnik universiteti tashkil etiladi.

▫️O‘zbekiston davlat psixologiya universiteti tashkil etiladi.

▫️Qibrayda International School of Financye and Technology (ISFT) universiteti ochiladi.

▫️Prezident maktabini tugatadiganlar uchun Yangi O‘zbekiston universiteti ochiladi.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Bitiruvchi ukalarimga...

Kuni kecha katta hayotga ilk qadamlaringizdan birini qoydingiz. Yaqindagina bir necha yillar bir partada yonma-yon oʻtirgan, talashib-tortishib oʻsgan, bir oila aʼzolaridek boʻlib qolgan sinfdoshlarning har biri endi oʻzining shaxsiy hayotini, kelajagi yoʻlida ilk qadamini tashlay boshladi.

Endi sizni oldingizga kelajakdagi rejalaringizni aniqlab olish , toʻgʻri kasb tanlashdek masʼuliyatli vazifa turibdi. Bugungi qilgan qaroringiz kelajagingizga, yaqinlaringiz, farzandlaringiz kelajagiga bevosita taʼsir koʻrsatadi.

Shunday ekan endi ijtimoiy tarmoqlar aro sayohatni, telefondagi sizni mahliyo qilgan oʻyinlar-u, Play Stationni pultini bir chetga qoʻying-da oʻylang. Qanday kasb sizga mos? Nima ishni qilsangiz zerikmaysiz? Ichkaridagi “oʻzingizga“ savol bering. U kim boʻlishni istar ekan? Qaysi yoʻnalish sizga maʼqul ekanligini aniqlang va harakatni bosqichma bosqich boshlang!

Universitetga kira olmasligingiz siz uchun fojia emas imkoniyat boʻlishi mumkin. Diplom bu sizni biror sohani mutaxassisi ekanligingizni anglatmaydi. Hozirgi zamonaviy kasblarni 4 yil universitetda oʻqimasangiz ham kurslar orqali oʻrganishingiz mumkin.

Maqsadlarni kattaroq qoʻying. Oʻzingizga chegara qoʻyib olmang. Qoʻygan maqsadlaringiz qimmatbaho uy, mashina va shunga oʻxshash moddiyat ustida qurilmasin. Maqsadlaringiz jamiyatga, musulmonlarga foyda keltiradigan, millat uchun foydali boʻlsa unda marra sizniki!

Xato qilishdan qoʻrqmang. Aynan xatolar sizni kuchli, masʼuliyatli, irodali qilib tarbiyalab boradi. Biror bir tilni yaxshi oʻrganing kelajakda foyda bersa beradiki zarar emas.

Siz yordam soʻragan kishilar sizga yoʻq deb javob berishlari mumkinligiga ham tayyor turing. Rizq faqat Allohdan! Astoydil harakat qilib, oʻzidan soʻrasangiz albatta amalga oshadi.

Vaqtingizga juda eʼtiborli boʻling. Siz Tik-Tokda vaqt oʻtkazayotganingizda Hindistonda, Yaponiyada tengdoshlaringiz oʻz ustida ishlamoqda. Bugun siz ham bir sohani mutaxassisi boʻlmas ekansiz, yana isteʼmolchi rolida qolib, kelajakda hozirgi vaqtini unumli foydalangan kishilar qoʻlida ishlashga majbur boʻlasiz.

Hamma narsa ham koʻringanidek emas. Tarmoqdagi qoʻyilgan “like”larga aldanib qolmang. Sizning qahramoningiz minglab obunachisi bor ayrim "mashhur bloger", jamiyatga foydasiz kishilar boʻlib qolmasin.

Yon atrofdagilaringizni, doʻstlaringizni tanlashda adashmang. Sizni qoʻllab quvvatlamaydigan, tanqiddan nariga oʻtmaydigan pessimist insonlardan yiroq turing. Maktabda birga oʻqiganligingiz kelajakda ham birga doʻst boʻlishingiz kerakligini anglatmaydi.

Yuqoridigalarga amal qilish, yozilganidek oson emas. Faqat barcha narsada meʼyor boʻlsa nur ustiga aʼlo nur!

P/S : Post biroz uzun boʻlib ketdi, ketkazgan vaqtingizga rozi boʻling!

© Azamat Rashidov

🎓 Talaba.uz kanali 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍1
Orzu ushalishidan oldin sen orzu qilishga odatlanishing kerak.

Ammo unutma: orzu qilish - hayollarni tushda koʻrish degani emas, balki bu odamga uyqu bermaydigan jarayondir.

Doktor Abdul Qalam

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Toshkent shahrida Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti filiali ochildi

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#TDPU
#talabalardan

"Assalomu alaykum admin bizni murojat qilishimizdan maqsadimiz Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika instituti Harbiy ta'lim talabalari har kuni majburiy mehnat jalb qilinayapti bu rasm o'sha jarayonlardan lavha. Darslardan umuman darak yo'q. Tushlikda 39 gradus issiqda ham ishlaymizm Kelganimizga 1yil bo'lgan bo'lsa o'qishdan ko'nglimiz sovub bormoqda."

Mutasaddilarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Toshkent davlat texnika universitetida 1, 2 kurs bakalavriat va 1-kurs magistratura talabalari uchun 2021-yilning 1-iyunidan 30-iyuniga qadar bo‘lgan o‘quv jarayoni online tarzda yakunlanadi.

Bitiruvchi 4-kurs bakalavriat va 2-kurs magistratura talabalari uchun Davlat attestasiyasi imtihonlarini topshirish, BMI va magistrlik dissertasiyalarini himoya qilish jarayonlari hamda maslahat darslari karantin talablariga qat’iy rioya qilgan holda 2021-yilning iyun oyida an’anaviy (offline) tarzda universitetda tashkil etiladi

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#UZMU
#talabalardan

"Assalomu alaykum. Men Milliy Universitet bitiruvchi kurs talabasiman. Bizdan kop narsaga pul yigilvotti. Shu masalani yoritib bersangiz. Özi mumkinmi shunaqa pul yig'ilishi?

Imtihon oluvchilar uchun dasturxoniga
Diplom ilovasiga yozib beruvchilarga
Kutubxona fondiga
Yana qanaqadir umuman keraksiz narsalar uchun.
Nima biz ular uchun bankomadmizmi?

Shaxsim oshkor qilinmasligini sörayman. Aynan qaysi ôqituvchi pul yigayotganini ham aytishim mumkin.
"

Mutasaddilarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
#TDPU #talabalardan "Assalomu alaykum admin bizni murojat qilishimizdan maqsadimiz Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika instituti Harbiy ta'lim talabalari har kuni majburiy mehnat jalb qilinayapti bu rasm o'sha jarayonlardan lavha. Darslardan umuman…
❗️Yuqoridagi post tufayli Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika instituti Harbiy ta'lim fakulteti talabalarining telefonlari yig'ishtirib olingani aytilmoqda:

"Mana bu xabardan keyin qaysi birlari tashlaganini bilish uchun telefonlarini yig'ishtirib tekshirishayotgan ekan

Ukam o'sha yerda o'qiydi

Shu gapimni ham yoritib chiqing iltimos, juda og'ir ishlarga jalb qilishayotgan ekan, lekin chidab kelishayapti.
"


https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg